STUDY OF THE LIFE AND WORK OF ABDULLAH AVLANI AND INTRODUCTION TO CURRENT YOUTH

HAC
Google Scholar
f
832-834
6
1
To share
Saidova , E., & Eshmetov , A. (2023). STUDY OF THE LIFE AND WORK OF ABDULLAH AVLANI AND INTRODUCTION TO CURRENT YOUTH. Modern Science and Research, 2(10), 832–834. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/25990
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

In this article, a brief analysis of the life and work of Abdulla Avloni and his works is presented.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

832

ABDULLA AVLONIY HAYOTI VA IJODINI O‘RGANISH VA

HOZIRGI YOSHLARGA TADBIQ QILISH

Saidova E’zoza Ravshan qizi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika Universiteti

Maxsus pedagogika va inklyuziv ta’lim fakulteti

Surdopedagogika yo‘nalishi 201-guruh talabasi

Eshmetov Alibobo Yangiboy o‘g‘li

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika Universiteti

Kechki bo‘lim Tabiiy fanlar fakulteti

Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishi 101-guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10203807

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Abdulla Avloniy hayoti va ijodi hamda asarlarini qisqacha

tahlili yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar:

jadidchilik,”Birinchi Muallim”,”Ikkinchi Muallim”, “Turkiy guliston yoxud

axloq” “Maktab gulistoni”, “O‘zbekiston maorifi zarbdori”.

STUDY OF THE LIFE AND WORK OF ABDULLAH AVLANI AND

INTRODUCTION TO CURRENT YOUTH

Abstract.

In this article, a brief analysis of the life and work of Abdulla Avloni and his

works is presented.

Key words:

competition, "First Teacher", "Second Teacher", "Turkish culture or morals",

"School culture", "Education champion of Uzbekistan".

ИЗУЧЕНИЕ И ПРИМЕНЕНИЕ ЖИЗНИ И ТВОРЧЕСТВА АБДУЛЛЫ

АВЛАНИ К СОВРЕМЕННОЙ МОЛОДЕЖИ

Аннотация.

В данной статье представлен краткий анализ жизни и творчества

Абдуллы Авлони и его творчества.

Ключевые слова:

борьба, «Первый учитель», «Второй учитель», «Турецкая

культура или мораль», «Школьная культура»,

«Педагог Узбекистана».


Tug‘ub tashlov ila bo‘lmas bola, bo‘lgay balo sizga,

Vujudi tarbiyat topsa, bo‘lur ul rahnamo sizga.

(Abdulla Avloniy)

Shunday insonlar borki, ular inson hayotida juda ham kuchli taassurot qoldiradilar va inson

qalbini amalga kirgan daraxtlarday uyg‘otadilar, ko‘ngil novdalariga ezgulik mujdalarini ila
boshlaydilar. Shunday sevimli inson va ijodkorlardan biri mashhur o‘zbek ma’rifatpari uyg‘onish
davri o‘zbek adabiyotining taniqli vakili, shoir, yozuvchi va jamoat arbobi Abdulla Avloniy 1878-
yil 12-iyulda Toshkentda Mergancha mahallasida hunarmand-to‘quvchi oilasida dunyoga kelgan.
Shoirning ota-onasi savodli kishilar bo‘lgan va otasi – Miravlon aka, onasi – Fotima opa adibning
shunday yetuk shaxs bo‘lib yetishishiga juda katta hissa qo‘shishgan. Abdulla Avloniy 7 yoshida
O‘qchi mahallasidagi eski maktabga borib Akromxon domladan savod chiqaradi. Eski maktabni
tamomlagandan keyin 1890-yilda 12 yoshida shu mahalladagi madrasaga o‘qishga kiradi. U yoz
paytlari ishlar va ota-onasiga yordam qilar, boshqa vaqtlarda o‘qir edi. Oiladagi moddiy
qiyinchiliklar tufayli bolaligidan odamlar eshigida mehnat qilgan. Duradgorlik, binokorlik kabi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

833

kasblar bilan shug‘ullanganligi uchun “Imoratchi usta” degan nom olgan. Ilmga bo‘lgan mehri
tufayli keyinchalik u Shayxontohurdagi Abdumalikboy madrasasida Mulla Umar Oxundan tahsil
oladi.Ammo tirikchilikning og‘irlashuvi o‘qishga imkon bermaydi: “1891-yildan boshlab faqat
qish kunlarida o‘qidim, boshqa fasllarda mardikor bo‘lib ishladim”

1

, - deb yozadi. Garchi

adibning bolalik davri og‘ir kechgan bo‘lsada, u barcha mashaqqatlarni yengib, o‘z maqsadi sari
olg‘a intiladi.

O‘ta iqtidorli bo‘lgan Avdulla Avloniy she’riyatga qiziqishi bolalik chog‘laridanoq

shakllangan bo‘lsa-da ilk she’rlarini 1894-yildan boshlab 15-16 yoshlarida yoza boshlaydi.
Afsuski adibning ushbu davrlarda yozgan she’rlari bizgacha saqlanmagan. Yosh adib Alisher
Navoiy she’riyatiga, Fuzuliy g‘azallariga mehr qo‘ygan va so‘ngra ishtiyoq bilan fors tilini
o‘rgangan. Adibning 1905-yildan boshlab yaratilgan asarlarigina bizga yetib kelgan. Dastlabki
she’rlarida va “Hijron” degan maqolasida xalqni yangi usul maktablarida o‘qib-o‘rganishga targ‘ib
qilgan. 1904-yilda Avloniy Mirobodda usuli jaded maktabini ochadi. Toshkent davlat
universitetida (hozirgi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti) uzoq yillar
dars bergan taniqli pedagog, marhum Yusuf Tohiriy mazkur Maktab haqidagi xotiralarida shunday
yozgan edi:

“Shaharning qarama-qarshi chekkasida, temiryo‘l ishchilari istiqomat qiladigan

Mirobodda yangi tipdagi maktabning fazilatlar haqida shov-shuvlar, uning muallimi Avloniyning
dovrug‘i butun shaharga tarqaldi. Hammaning tilida: “Miroboddagi maktab 6 oyda o‘qish-
yozishni o‘rgatarmish, jug‘rofiya, hisob, tabiatni o‘rganish degan darslar o‘qitilarmish” , - degan
gap yurardi.

Abdulla Avloniy 1907-yilda “Shuhrat”, “Osiyo” nomli yangi gazetalar chiqara boshlaydi,

lekin chor amaldorlari tez orada gazetalarni yoptirib qo‘yadi. Abdulla Avloniy keyinroq “Sadoyi
Turkiston” (1914-1915), “Turon” (1917), “Ishtirokiyun” (1918) gazetalarida, “Kasabachilik
harakati” (1921) jurnalida muharrir bo‘lib ishlaydi.

1

Adibning 1909-1917-yillar davomida maxsus maktab bolalari uchun yozilgan 10 dan ortiq

kitobi maydonga keldi. Uning “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud
axloq”, “Maktab gulistoni” singari darsliklari, “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” to‘plami inqilobga
qadar bir necha bor qayta bosilib chiqdi va Turkistonning juda ko‘p yangi usul maktablari uchun
qo‘llanma bo‘lib xizmat qildi. “Muallim afandilar va adabiyot muhiblari banim bu asari nochiz
onalarimni iltifotsiz qoldurmadilar. Turkistonning eng mashhur muallimlari dars jadvalina kiritub,
maydoni ta’lima qo‘ydilar

”, - deb yozgan edi Avloniy mamnuniyat bilan.

Abdulla Avloniy o‘zbek ziyolilari ichida birinchilardan bo‘lib, o‘zbek xalq teatrini

professional teatrga aylantirish uchun 1913-yilda “Turon” nomi bilan teatr truppasini tashkil
qiladi. 1916-yili ozarbayjonlik mashhur aktyor Sidqiy Ruhillo Toshkentga kelib, “Turon” truppasi
bilan birga “Layli va Majnun” spektaklini qo‘yadi. Avloniy bu spektaklda Qaysning otasi rolini
ijro etadi. Truppa a’zolari bilan Abdulla Avloniy 1914-1916-yillari Farg‘ona vodiysida
gastrollarda bo‘ladi. Abdulla Avloniy 1917-yilgi to‘ntarishga qadar Turkistonda juda katta
ijtimoiy-ma’rifiy

ishlarni amalga oshirgan jadidlar harakatining ko‘zga ko‘ringan

namoyondalaridan edi. Abdulla Avloniy ilg‘or ziyoli kishilar bilan hamkorlikda teatr tomoshalari

1

A.Avloniy Toshkent tongi . T .. 1979. 373-bet


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

834

va matbuotdan tushgan mablag‘larga dunyoviy ilmlarni o‘qitadigan “Usuli jadid”, ya’ni yangicha
ilg‘or usuldagi maktablar ochdi va bu maktablarda xalq bolalarini o‘qitadilar.

Abdulla Avloniy 1918-yildan boshlab respublikamizda o‘qituvchilar uyushmasi,

qorovullar, tunukachilar, konchilar, hunarmandlar va bosmaxona xodimlarining kasaba
uyushmalarini tashkil qilib, ularga rahbarlik qiladi. 1919-1920-yillarda Avloniy Afg‘onistonning
Hirot shahrida Sovet elchixonasida bosh konsul bo‘lib ishladi. Avloniy 1920-yildan boshlab
Toshkentda tashkil qilingan o‘lka bilim yurtida, so‘ngra xotin-qizlar bilim yurtida mudirlik qildi.
Ma’rifatchilik va ijtimoiy mavzu Abdulla Avloniy she’riyatida markaziy o‘rin egallaydi. Shoir
ilm-fanning fazilatlarini zavq bilan kuylaydi. “Maktab”, “Maorif”, “Ilm”, ”Fan”, kabi tushunchalar
shoir she’rlarida ezgulikning betimsol ramzi, obrazi darajasiga ko‘tariladi, “Jaholat” va
“Nodonlik” esa zulmat va yovuzlik timsoli sifatida talqin qilinadi.Uning pedagogik qarashlari
bugungi kunda o‘zbek milliy maktabini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Abdulla Avloniyning mehnati yuksak taqdirlanib, unga o‘zbek madaniyati va adabiyotini

yuksaltirishda, xodimlar tayyorlashda, uzoq yillik halol mehnati uchun 1925-yilda “Mehnat
qahramoni” unvoni, 1930-yilda mehnatsevarligi, ilmiy ishlari va asarlari uchun “O‘zbekiston
maorifi zarbdori” unvoni berildi.Abdulla Avloniy 1934-yilning 25-avgustida Toshkentda vafot
etdi.

2

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, Abdulla Avloniy - o‘zbek farzandi va xalqi

dardiga hamdard bo‘libgina qolmay, xalqiga baxt va ozodlik yo‘lini izlagan,мmuqaddas g‘oyalar
uchun kurashishga da‘vat etgan millat o‘g‘loni.

Chin ma’noda o‘zbek tamadduniga tamal toshini qo‘ygan jadid. Abdulla Avloniy

aytganidek har bir o‘zbek fuqarosi o‘z ona tilini mukammal bilishi, har bir so‘zni o‘z o‘rnida
ishlatishi, milliy adabiy tilining taraqqiysi uchun jonkuyarlik qilishi zarur. Hozirgi kunda biz
Abdulla Avloniyning - “hozirgi zamonga muvofiq kishi bo‘lmoq uchun ilm va ma’rifatni
egallashimiz kerak” - degan shiori ila yashamog‘imiz zarur. Abdulla Avloniyning hozirgi kelajak
avlod uchun qoldirgan boy ma’naviy merosi, yoshlarning ilm-fan va tarbiyasi uchun juda katta
tarbiyachi bo‘lib xizmat qilmoqda. Biz shunday ajdodlarimiz borligidan har doim fahrlanamiz va
Abdulla Avloniy hayoti ijodi hamda asarlarini yanada chuqurroq o‘rganishimiz va kelajak avlod
uchun tadbiq qilishda davom etishimiz shart va zarur.

REFERENCES

1.

Avloniy A.Toshkent tongi . T..1979. 373-bet

2.

”Abdulla Avloniyning o‘zbek tamaddunidagi o‘rni xususida ba’zi mulohazalar “

3.

”Bir- ikki so’z, 4-juz, 1-tab’, Orifjonov litogr., T.,1916, 2-bet.

4.

M 31 Xodjayev Begzod, Matkarimova Nilufar.

5.

“Abdulla Avloniyning hayoti va ijodi”ni o‘rganish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma. “Ijod
nashr” nashriyoti, 2021.-64 b

2

Bir- ikki so’z, 4-juz, 1-tab’, Orifjonov litogr., T.,1916, 2-bet.

References

Avloniy A.Toshkent tongi . T..1979. 373-bet

”Abdulla Avloniyning o‘zbek tamaddunidagi o‘rni xususida ba’zi mulohazalar “

”Bir- ikki so’z, 4-juz, 1-tab’, Orifjonov litogr., T.,1916, 2-bet.

M 31 Xodjayev Begzod, Matkarimova Nilufar.

“Abdulla Avloniyning hayoti va ijodi”ni o‘rganish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma. “Ijod nashr” nashriyoti, 2021.-64 b

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов