THE ROLE AND SIGNIFICANCE OF FAYZULLA KHOJAEV IN THE HISTORY OF UZBEK STATEHOOD.

HAC
Google Scholar
f
213-216
2
1
To share
Aytmuratova , J., & Quvatboeva, C. (2023). THE ROLE AND SIGNIFICANCE OF FAYZULLA KHOJAEV IN THE HISTORY OF UZBEK STATEHOOD. Modern Science and Research, 2(10), 213–216. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/26038
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article we will focus on the activities of Fayzulla Khojaev, one of the most prominent figures in the political arena of Bukhara at the beginning of the 20th century. Faizulla Khojaev, one of the leaders of young Bukhara contemporaries, Faizulla Khojaev, statesman, historian and economist, publicist, journalist, left a rich scientific heritage in the Uzbek and Russian languages.

Similar Articles


background image


213

FAYZULLA XO‘JAYEVNING O‘ZBEK DAVLATCHILIGI TARIXIDA

TUTGAN O‘RNI VA AHAMIYATI.

J.Aytmuratova

Tarix fanlari buyicha PhD.

Ch.Quvatboeva

Tarix bakalavr bosqichi 2-kurs talabasi

Qoraqalpoq Davlat universiteti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10205704

Annotatsiya.

Ushbu maqolada XX asr boshlarida Buxoro siyosiy maydonida eng ko‘zga

ko‘ringan shaxslardan biri Fayzulla Xo‘jayevning faoliyati haqida to’xtalib o’tamiz. Fayzulla

Xo‘jayev Yosh buxorolik jadidlar yetakchilaridan biri,

Fayzulla Xoʻjayev davlat arbobi, tarixchi

va iqtisodchi olim, publitsist, jurnalist sifatida samarali ijod qilgani, Oʻzbek va rus tillarida

oʻzidan boy ilmiy meros qoldirgani haqida malumotlarni keltirib o’tamiz.

Kalit so’zlar:

Yosh buxoroliklar, jadidlar,

davlat arbobi,

oppozitsion siyosiy kuch.

THE ROLE AND SIGNIFICANCE OF FAYZULLA KHOJAEV IN THE

HISTORY OF UZBEK STATEHOOD.

Abstract.

In this article we will focus on the activities of Fayzulla Khojaev, one of the most

prominent figures in the political arena of Bukhara at the beginning of the 20th century. Faizulla

Khojaev, one of the leaders of young Bukhara contemporaries, Faizulla Khojaev, statesman,

historian and economist, publicist, journalist, left a rich scientific heritage in the Uzbek and

Russian languages.

Key words:

Young Bukharians, Jadids, statesman, opposition political force.

РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ФАЙЗУЛЛЫ ХОДЖАЕВА В ИСТОРИИ УЗБЕКСКОЙ

ГОСУДАРСТВЕННОСТИ.

Аннотация.

В данной статье мы остановимся на деятельности Файзуллы

Ходжаева, одной из самых видных фигур на политической арене Бухары начала XX века.

Файзулла Ходжаев, один из лидеров молодых бухарских современников, Файзулла Ходжаев,

государственный деятель, историк и экономист, публицист, журналист, оставил богатое

научное наследие на узбекском и русском языках.

Ключевые

слова:

младобухарцы,

джадиды,

государственный

деятель,

оппозиционная политическая сила.


background image


214

Atoqli davlat va jamoat arbobi Fayzulla Xo'jaevning O'zbekiston tarixida alohida o'rin

egallagan. F. Xo'jaev tavalludining 100 yilligi 1996 yilda Vazirlar Mahkamasi qaror bilan

mamlakatimizda keng miqyosda nishonlandi. Yubiley sanasiga bag'ishlanib F. Xo'jaev haqidagi

xotiralar to'plami F. Xo'jaev hayoti va ijodi bo'yicha keng qamrovli tadqiqot ishlari olib borildi.

O'zbekiston davlat kinokompaniyasi F. Xo'jaev hayoti va ijodi haqida hujjatli film yaratildi.

Buxoro shahridagi Fayzulla Xo‘jayevning uy-muzeyi XIX asr me’morchiligining yorqin namunasi

bo‘lib,

Ushbu memorial inshoot oʻz ichida 500 dan ziyod eksponatlarni saqlagan.

Buyuk davlat arbobi, tarixchi,siyosatshunos, mohir diplomat Fayzulla Xo‘jayev 1986-

yilning iyulida Buxoro shahrida badavlat savdogar Usmonxo‘ja Qosimxo‘ja o‘gli oilasida dunyoga

keladi. U boshlang‘ich ma‘lumotni Buxoro shahrida oladi. 1907-yilda o‘n bir yoshli Fayzullani

otasi Moskvaga olib ketadi. Moskvada u 5 yil davomida uyda yollangan rus o‘qituvchilaridan

saboq oladi. Fayzullaning Moskvada uzoq yashab qolishi Buxoroning iqtisodiy, siyosiy va

madaniy jihatdan rivojlanishi kapitalistik mamlakatlardan juda ham orqada qolganligini chuqurroq

his etishga imkon berdi. 1913-yilda F.Xo‘jayev Buxoroga qaytdi va inqilobiy kurash yo‘liga kirdi.

U bu yo‘lga kirar ekan, Buxoroni asriy qoloqlikdan taraqqiyot yo‘liga olib chiqishni o‘z oldiga

asosiy maqsad qilib qo‘yadi. F. Xo‘jayev Buxoroning iqtisodiy va madaniy jihatdan qoloqligiga

sabab amirlik istibdodining mavjudligi deb bilardi. Lekin u amirlikka qarshi kurashni xalq bilan

birga emas, 1913-yilda jadidlar harakatiga qo‘shilib, ular bilan birga harakat qilgan. Uning amirlik

istibdodiga qarshi kurash olib borish uchun bu yo‘lni tanlashining sababi o‘zi o‘sgan ijtimoiy

muhitgina emas, balki o‘sha vaqtlarda Buxoroni rivojlantirish yo‘lini qidirgan yagona oppozitsion

siyosiy kuch - jadidlar harakati edi.

1

Fayzulla Xo‘jayev niyati pok, maqsadlari ulug‘vor edi. U

Buxoro xalqini amir zulmidan ozod qilgan 1920-yildagi "inqilob"ga yetakchilik qilar ekan, Buxoro

"inqilobi" xalqiga ro‘shnolik, ozodlik, qolaversa, bir butun yurt - Turonzaminga mustaqillik olib

keladi, deb o‘ylagan edi. U Buxoro davlatiga boshchilik qilar ekan, juda murakkab sharoitda ish

olib borgan hamda turli xatolar va kamchiliklarga yo‘l qo‘ysada, mustaqil siyosat yuritishga

harakat qilgan. Davr og‘ir va beshavqat edi. Fayzulla Xo‘jayevga hukumat ichida so‘ldan ham,

o‘ngdan ham xujumlar ko‘paydi. Bir tomondan Turkkomissiya mustaqil davlat - Buxoro

jumxuriyatining ichki ishlariga qo‘pol suratda aralasha boshladi. 1922-yil boshlariga kelganda

Buxoro masalasi keskinlashdi. Ana shunday og‘ir holatda ish olib borayotgan Fayzulla Xo‘jayev

shu kunlarda RFSRning Turkiston ishlari bo‘yicha komissiya raisiga yo‘llagan xatida

1

A.Nurullin, Q.X.Hasanov, Fayzulla Xo‘jayev. "Yosh gvardiya" nashriyoti Toshkent 1977


background image


215

achchiq kinoya va g‘azab bilan Markazning Buxoro ishlariga aralashayotganini qoralaydi,

qo‘g‘irchoq rahbar bo‘lishni xoxlamay va behuda qon to‘kilishini istamay, hokimiyatni ular maqul

ko‘rgan kishi qo‘liga topshirishga tayyor ekanini bildiradi.

Tarixdan ma‘lumki, 1924-yil oxiri va 1925-yil boshlarida O‘rta Osiyoda milliy hududiy

chegaralanish o‘tkazilib, O‘zbekiston SSR tashkil topdi. Fayzulla Xo‘jayev bu murakkab davrda

O‘zbekiston SSR Inqilobiy qo‘mitasi -Muvaqqat ishchi-dehqon hukumati raisi(1924-yil noyabr -

1937-yil fevral) lavozimida ishladi. U 1925-1937-yillarda O‘zbekiston SSR Xalq komissarlari

Soveti raisi va SSSR MIQ raislaridan biri bo‘ldi.

Fayzulla Xo‘jayev o‘z faoliyati davomida o‘zbek xalqining iqtisodiy va madaniy ravnaqiga

xizmat qiluvchi tadbirlarni amalga oshirishga intildi. U VKP MK Orta Osiyo byurosi va

O‘zbekiston Kompartiyasi MK ga nisbatan muxolifat mavqeida turgan o‘n sakkizlar guruhi(1925-

yil noyabr)ning g‘oyaviy rahnamosi bo‘lgan, quloqlarni sinf sifatida tugatisha siyosatini

yoqlamagan, O‘zbekustonda yoppasiga chigit ekilishi paxta yakkahokimligiga olib keladi, deb

hisoblagan. O‘zbekistonning ishlab chiqarish kuchlarini o‘rganishga bag‘ishlab Leningradda

o‘tkazilgan maxsus ilmiy konferensiyasida (1932-yil 19-28-dekabr) Fayzulla Xo‘jayev qilgan

ma‘ruzada O‘zbekiston manfaatlari himoya qilingan. Ayni paytda Fayzulla Xo‘jayev

O‘zbekistonda zamonaviy sport inshootlari qurilishida tashabbuskor bo‘lgan

2

. Nozirlar Kengashi

raisi Fayzulla Xo‘jayev 1921-yil bahorida respublika hududidagi Rossiya harbiylari soni 15 ming

kishidan oshmasin degan talabni qo‘ydi

3

. Yana u Turkkomissiyadagi kengashda Buxorodan olib

ketilayotgan oziq -ovqat va xomashyo mollari narxiga teng keladigan mollar berish masalasini

ilgari surdi. Bu narsa Turkkomissiyaga yoqmadi. Davlat qurilishi masalasida Fayzulla Xo‘jayev

tribunallar, xavfsizlik organlari bo‘limlarining Buxoro respublikasida tashkil etilishini tanqid qilib

chiqdi

4

U shuningdek O‘rta Osiyo respublikalarining iqtisodiy birlashtirishga e‘tiroz bildirdi.

Milliy chegaralanish masalasiga ijobiy yondashgan bo‘lsada, 1924-yil fevralda e‘lon qilgan

tezislarida mintaqa turkiy xalarining ildizlari mushtarakligi g‘oyasini bayon qildi

5

. Fayzulla

Xo‘jayev mashhur davlat arbobi, kuchli siyosatchi va mohir diplomat sifatida faol tashqi siyosat

olib borgan. U BXSR respublikasi mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritishga, mamlakatda

iqtisodiy islohotlar o‘tkazish va demokratik erkinliklarni joriy qilishga alohida e‘tibor qaratib,

sovet Rossiyasidan tashqari Eron, Turkiya, Afg‘oniston, Xitoy, Ozarbayjon, XXSR,

2

Qahramon Rajabov. “Fayzulla Xo‘jayev” (tarixiy esse). T. 2011

3

История Бухарской Народной Советской Республики. Сборник документов. Ташкент-1976. с.196

4

Buxoro axbori gazetesi 1921-yil 23-iyun

5

Fayzulla Xo‘jayev hayoti va faoliyati haqida yangi mulohazalar. Toshkent, Fan-1997.


background image


216

shuningdek, Germaniya va Yaponiya bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan. U talabalarni xorijga

jo‘natib o‘qitishning tashabbuskorlaridan biri bo‘lgan. Fayzulla Xo‘jayev Fitrat, Mukammal

Burxonov tashabbusi bilan 100ga yaqin turkistonlik talaba BXSR hukumati hisobidan

Germaniyada, 10 lab talabalar Turkiya va boshqa davlatlarda o‘qishgan. Fayzulla Xo‘jayev Eron,

Turkiya, Afg‘oniston, Ozarbayjon kabi Sharq mamlakatlaridan tashqari G‘arb mamlakatlari

Angliya, Germaniya, shuningdek, Yaponiya bilan diplomatik aloqalar o‘rnatishga kuch-g‘ayrat

sarflagan. Buxoro bilan Germaniya o‘rtasida madaniy va iqtisodiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilib,

savdo sotiqni avj oldirgan. Fayzulla Xo‘jayev 1922-yili oktyabr-noyabr oylarida Germaniyada

bo‘lib, turli bank va kompaniyalar bilan shartnomalar tuzgan. 1923-yilning boshlarida Fayzulla

Xo‘jayev bilan Mukammal Burxonov yana Germaniyada bo‘lishgan

6

. Ular Berlinda BXSR,

Buxoroda esa Germaniya vakolatxonasini Buxoroda ochish orqali yosh respublikaning siyosiy

mustaqilligini ta‘minlash barobarida iqtisodiy hamkorlik munosabatlariga ham keng yo‘l

ochilishini nazarda tutgan. Xulosa o’rnida aytishimiz mumkinki, Fayzulla Xo‘jayev hayotida

1920-1924-yillarni o‘z ichiga olgan Buxoro davri alohida ajralib turadi. Bu paytda u bir vaqtning

o‘zida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Nozirlar Sho‘rosining raisi (1920-1924), BXSR tashqi

ishlar noziri (1920-1922), Harbiy ishlar noziri (1921-1924), Ichki ishlar noziri(1922), BXSR

Mehnat va Mudofaa Kengashi raisi (1922-1924) kabi ma‘sul lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan edi.

Bugingi kunda yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Fayzulla Xo’jaev ijodiy faoliyati

misolida ko’rsatishimiz mumkin.

REFERENCES

1.

A.Nurullin, Q.X.Hasanov, Fayzulla Xo‘jayev. "Yosh gvardiya" nashriyoti Toshkent 1977

2.

Qahramon Rajabov. “Fayzulla Xo‘jayev” (tarixiy esse). T. 2011

3.

История Бухарской Народной Советской Республики. Сборник документов.

Ташкент-1976. с.196

4.

Buxoro axbori gazetesi 1921-yil 23-iyun

5.

Fayzulla Xo‘jayev hayoti va faoliyati haqida yangi mulohazalar. Toshkent, Fan-1997.

6.

O‘zbekiston MDA, 86-fond, 1-ro‘yxat, 1934-ish. 9-varoq

6

O‘zbekiston MDA, 86-fond, 1-ro‘yxat, 1934-ish. 9-varoq

References

A.Nurullin, Q.X.Hasanov, Fayzulla Xo‘jayev. "Yosh gvardiya" nashriyoti Toshkent 1977

Qahramon Rajabov. “Fayzulla Xo‘jayev” (tarixiy esse). T. 2011

История Бухарской Народной Советской Республики. Сборник документов. Ташкент-1976. с.196

Buxoro axbori gazetesi 1921-yil 23-iyun

Fayzulla Xo‘jayev hayoti va faoliyati haqida yangi mulohazalar. Toshkent, Fan-1997.

O‘zbekiston MDA, 86-fond, 1-ro‘yxat, 1934-ish. 9-varoq

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов