DEVELOPMENT OF NUTRITION STANDARDS FOR THE GROWTH AND DEVELOPMENT OF COTTON

HAC
Google Scholar
To share
Abduraxmanov , O., Shukurov, S. ., Bozorova, F., & Chabikova, A. (2023). DEVELOPMENT OF NUTRITION STANDARDS FOR THE GROWTH AND DEVELOPMENT OF COTTON. Modern Science and Research, 2(12), 40–44. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/26470
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Researches and measures are being carried out on the scientific basis of the development of new, promising and regionalized cotton varieties care technology created by scientists today in our republic. Five countries account for 76% of the total cotton raw materials grown in the world, including India 7.1 million, China 6.5 million, Brazil 2.9 million, and Pakistan 2.7 million. tons". The use of water and resource-saving technologies in the effective use of available water reserves in agriculture is one of the urgent tasks. High results are achieved by using cotton irrigation, feeding and resource-saving technologies. In the growth and development of cotton, when favorable conditions of air, heat, moisture and nutrition are created, it grows and develops rapidly, and it is possible to grow industrial cotton raw materials of high and fiber type IV. Based on this, special attention is being paid to scientific research aimed at the application of integrated modern water-saving irrigation technologies and effective use of available resources in cotton agrotechnics.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

40

UDK.634.6

G’O’ZANING O’SISHI VA RIVOJLANISHIDA OZIQLANTIRISH ME’YORLARINI

ISHLAB CHIQISH

Abduraxmanov Obidjon Xamidovich

Toshkent davlat agrar universiteti katta o‘qituvchi

obijon_8108@mail.ru

Shukurov Shavkat Shukurovich

Toshkent davlat agrar universiteti talabasi

shavkat@com.uz

Bozorova Fotima Mahmud qizi

Toshkent davlat agrar universiteti talabasi

fotima@mail.ru

Chabikova Ayimxon Nuraddin qizi

Toshkent davlat agrar universiteti talabasi

ayimxan@com.uz

https://doi.org/10.5281/zenodo.10277923

Annotatsiya.

Respublikamiz bugungi kunda olimlar tomonidan yaratilayotgan yangi,

istiqbolli va rayonlashtirilgan g‘o‘za navlarining parvarishlash texnologiyasini ilmiy asosda
ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlar va chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Dunyo bo‘yicha

yetishtiriladigan umumiy paxta xom-ashyosining 76 foizi 5 ta davlat ulushiga to‘g‘ri keladi,

jumladan Hindiston 7,1, Xitoy 6,5, Braziliya 2,9, Pokiston 2,7 mln. tonna». Qishloq xo‘jaligida

mavjud suv zaxiralaridan samarali foydalanishda suv hamda resurs tejovchi texnologiyalarni

qo‘llash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.G‘o‘zani sug‘orish, oziqlantirish va
resurstejamkor texnologiyalarni qo‘llash orqali yuqori natijalarga erishilmoqda. G‘o‘za o’sishi

va rivojlanishida qulay havo, issiqlik, namlik va oziqa tartiblari yaratilganda jadal o‘sib-

rivojlanadi, yuqori va tolasi IV-tipga mansub sanoatbop paxta xomashyosi yetishtirishga

erishiladi. Shundan kelib chiqib, g‘o‘za agrotexnikasida integratsiyalashgan zamonaviy suv
tejovchi sug‘orish texnologiyalari qo‘llash, mavjud resurslardan samarali foydalanishga

yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Kalit so’zlari:

G’o’zaning o’sishi va rivojlanishida

oziqlantirish me’yorlarini

hosildorlik mineral o’g’itlar.

DEVELOPMENT OF NUTRITION STANDARDS FOR THE GROWTH AND

DEVELOPMENT OF COTTON

Abstract.

Researches and measures are being carried out on the scientific basis of the

development of new, promising and regionalized cotton varieties care technology created by

scientists today in our republic. Five countries account for 76% of the total cotton raw materials
grown in the world, including India 7.1 million, China 6.5 million, Brazil 2.9 million, and

Pakistan 2.7 million. tons". The use of water and resource-saving technologies in the effective

use of available water reserves in agriculture is one of the urgent tasks. High results are
achieved by using cotton irrigation, feeding and resource-saving technologies. In the growth and

development of cotton, when favorable conditions of air, heat, moisture and nutrition are created,

it grows and develops rapidly, and it is possible to grow industrial cotton raw materials of high

and fiber type IV. Based on this, special attention is being paid to scientific research aimed at

the application of integrated modern water-saving irrigation technologies and effective use of

available resources in cotton agrotechnics.

Keywords:

Fertilizers and mineral fertilizers for the growth and development of cotton.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

41

РАЗРАБОТКА НОРМ ПИТАНИЯ ДЛЯ РОСТА И РАЗВИТИЯ ХЛОПКА

Аннотация.

Исследования и мероприятия проводятся на научной основе

разработки новых, перспективных и районированных технологий ухода за сортами
хлопчатника, созданных сегодня учеными нашей республики. На пять стран приходится

76% всего хлопкового сырья, выращиваемого в мире, в том числе на Индию — 7,1

миллиона, Китай — 6,5 миллиона, Бразилию — 2,9 миллиона и Пакистан — 2,7 миллиона.
тонн». Использование водо- и ресурсосберегающих технологий при эффективном

использовании имеющихся водных запасов в сельском хозяйстве является одной из

актуальных задач.Высокие результаты достигаются за счет применения технологий

орошения, подкормки и ресурсосбережения хлопчатника. При росте и развитии

хлопчатника при создании благоприятных условий воздуха, тепла, влаги и питания он
быстро растет и развивается, и можно выращивать техническое хлопковое сырье

высокого и IV типа волокна. Исходя из этого, особое внимание уделяется научным

исследованиям, направленным на применение комплексных современных водосберегающих
технологий орошения и эффективное использование имеющихся ресурсов в агротехнике

хлопчатника.

Ключевые слова:

Удобрения и минеральные удобрения для роста и развития

хлопчатника.

Kirish

. Dunyoda o‘rta tolali Gossypium hirsutum

L.

turiga mansub g‘o‘za navlarini

yetishtirishda tuproqning ildiz tizimi tarqalgan qatlamini bir tekis namlantirish va o‘simlikning

fiziologik talabidan kelib chiqib, mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan talabini aniqlash va oziqlantirish

me’yorlarini ishlab chiqish dolzarb bo‘lib hisoblanadi. G‘o‘za agrobiotsenozida qulay havo,

issiqlik, namlik va oziqa tartiblari yaratilganda jadal o‘sib- rivojlanadi, yuqori va tolasi IV-tipga

mansub sanoatbop paxta xomashyosi yetishtirishga erishiladi. Shundan kelib chiqib, g‘o‘za

agrotexnikasida integratsiyalashgan zamonaviy suv tejovchi sug‘orish texnologiyalari qo‘llash,

mavjud resurslardan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlarga alohida e’tibor

qaratilmoqda.

Bugungi kunda respublikamiz olimlar tomonidan yaratilayotgan yangi, istiqbolli va

rayonlashtirilgan g‘o‘za navlarining parvarishlash texnologiyasini ilmiy asosda ishlab chiqish

bo‘yicha tadqiqotlar va chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. G‘o‘zani sug‘orish, oziqlantirish va

resurstejamkor texnologiyalarni qo‘llash orqali yuqori natijalarga erishilmoqda. Dunyoda g‘alla

etishtiruvchi mamlakatlarda boshoqli don ekinlari maydonlaridan olinayotgan yumshoq bug‘doy

don hosili asosan aholini non va un mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji uchun ishlatilsa, qattiq

bug‘doy doni makaron va konditer sanoatida keng qo‘llaniladi. Qattiq bug‘doy biologik jihatdan

yumshoq bug‘doyga nisbatan qurg‘oqchilikka, yuqori haroratga chidamliligi, sariq va qo‘ng‘ir

zang hamda qorakuya kasalliklari bilan kam zararlanishi, doni etilganda to‘kilib ketmacligi bilan

ajralib turadi. 2012 yilda Bunyodkor va Mingchinor navlaridan yakka tanlash usulida tanlab

olingan oilalarni ekish 16 oktyabrda oldindan jo‘yak olinib, qator oralig‘i 30 sm kenglikda, har

bir oila bir metr uzunlikda qo‘lda ekildi.

Tajriba maydonini sug‘orish 21-24 oktyabrda amalga oshirildi. Sug‘orilgandan keyin 8-

10 kunda urug‘lar to‘liq unib chiqdi va maxsus shnurlangan jarnalga qayd qilib borildi. Maysalar


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

42

3-4 barg holatida birinchi yil ko‘chatzoriga ekilgan oilalarni rivojlanishini tezlashtirish

maqsadida gektariga fizik holda 100 kg (Ammiakli selitra) miqdorida azotli mineral o‘g‘itlar

bilan oziqlantirildi. Ekilgan oilalarning tuplash fazasi 5-11 dekabrda qayd qilindi.

T.Ya.Rajabov, N.S.Omonovlarning [47; 108-111-b.] ilmiy izlanishlarida yer osti suvlari sathi 3

m va undan chuqur joylashgan taqir tuproqlarida Qarshi-9 g‘o‘za navini sug‘orish oldi tuproq

namligi ChDNSga nisbatan 70-75-65% sug‘orish tartibida 1-3-1 tizimda 5 marta sug‘orish va

jami mavsum davomida 4499 m

3

/ga miqdorda suv berish, mineral o‘g‘itlar me’yorini NPK 250;

175; 100 kg/ga me’yorda oziqlantirilib gektaridan 37,0 s/ga paxta hosili olishga erishgan.

F.Teshaev va boshqalarning tahlillariga ko‘ra, yer osti suvlari yaqin joylashgan tuproqlarda

sug‘orishda hisobiy namlanish qatlami 50-70-50 sm olinganda 70-100-70 sm ga nisbatan

sug‘orish suvlari 32% ga tejalib hosildorlik 0,9 s/ga yuqori hosil olishga erishgan [62; 5-b.].

A.Axmedjonov va boshqalarning tajribasida Zafar g‘o‘za navida ekish bilan birga yillik

me’yorning 15-20 %, fosforli o‘g‘itlarni kuzgi shudgorlashdan oldin yillik me’yorining 70% va

gullash fazasida 30 %, kaliyli o‘g‘itning shudgorlashdan oldin 60% va shonalash davrida 40% ni

qo‘llash tavsiya qilingan [17; 34-b.].

Tadqiqot uslublari.

Dala tajribalarini o‘tkazishda quyidagi uslubiy qo‘llanmalardan

foydalanildi ya’ni «Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari», «Metodika polevogo opыta»,

tuproqning agrofizik va agrokimyoviy tahlillari «Metodы agroximicheskix i agrofizicheskix

issledovaniy v polivnыx xlopkovыx rayonax polevыx i vegetatsionnыx opыtov s

xlopchatnikom» hamda urug‘lik chigitning unuvchanligini aniqlashda «Urug‘lik paxta,

Texnikaviy shartlar». O’zDst 642:2013 uslubnomalari asosida o‘tkazilib, olingan

ma’lumotlarning aniqligi va ishonchliligini B.A.Dospexovning ko‘p omilli dispersion

Tadqiqot natijalari.

Jumladan, o‘rganilgan Jarqo‘rg‘on va Kelajak g‘o‘za navlarining

suvga bo‘lgan talabi pastroq ekanligi sababli yuqori sug‘orish tartibida o‘simlik bo‘yi o‘sib, hosil

elementlari kamroq to‘planishi natijasida ko‘saklar soni kam bo‘lganligi kuzatildi. Shuningdek,

o‘rganilgan barcha g‘o‘za navlarida sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 65-65-60%

sug‘orish

tartibida

70-75-65 % sug‘orish

tartibiga

nisbatan

ko‘saklarning

ochilishi

yuqori

bo‘lganligi aniqlandi.

Bu

esa

tuproqda

namlik

kamayishi

o‘simlikning

vegetatsiya davrini

tezroq tugatib tezroq

avlod

qoldirishga

bo‘lgan

reaksiyasi

bilan izohlanadi.

yillar

davomida


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

43

o‘rganilgan g‘o‘za navlarini o‘sish rivojlanishi o‘rganilib, fenologik kuzatuvlar olib borilganda

g‘o‘za navlarining suvga bo‘lgan talabiga ko‘ra quyidagicha qonuniyat aniqlandi. Ya’ni, yuqori

sug‘orish tartibi va mineral o‘g‘itlar me’yorlarida g‘o‘za navlarining bosh poya balandligi yuqori

bo‘lishi hamda ko‘saklarning ochilish va pishib yetilishi pastroq bo‘lishi kuzatildi. Ko‘chat

qalinligi qanchalik siyrak bo‘lsa, o‘simlikning yer yuzasini qoplashi past darajada bo‘ladi,

aksincha ko‘chat qalinligi keskin ko‘payib ketganda birinchidan hosil elementlari soni kamaygan

holda havo almashinuvi yomonlashib, pastki yaruslardagi ko‘saklarga bir qism zarar yetishi

kuzatildi.

O‘tkazilgan tadqiqotlarimizda amal davri boshida yagonalashdan so‘ng va terim

oldi ko‘chat qalinligi har bir variant va qaytariqlarning hisobiy qatorlaridagi ko‘chatlarni to‘liq

sanab chiqish yo‘li bilan aniqlandi. Bunda mavsum boshidagi ko‘chat soni mavsum oxiriga kelib

birmuncha kamayganligi kuzatildi. Buning asosiy sabablaridan biri mavsum davomida

o‘tkazilgan qator oralariga va boshqa turli xil ishlovlar, ma’lum foiz kasallik va zararkunandalar

yetkazgan zarar ko‘chatlar sonining birmuncha kamayishiga olib keldi. O‘rganilgan g‘o‘za

navlari hosildorlik ko‘rsatkichlariga turli sug‘orish va oziqlantirish tartiblari hamda

me’yorlarining ta’sirini o‘rganish uchun tajriba maydonidagi har bir variantning 5 ta hisobiy

qatorlaridagi jami ochilgan paxtalar terib olinib, g‘o‘za navlarining hosildorlik yoqoriligi va

samaradorligi o‘rganildi.

Xulosa.

Sug‘oriladigan maydonlarda bir xil agrotexnika qo‘llanilganda, taqir va taqirsimon

tuproqlarga nisbatan och tusli va tipik bo‘z tuproqlar sharoitida hosildorlik sezilarli ravishda

oshib borishi, bo‘z tuproqlari sharoitida tezpisharligi turlicha bo‘lgan S-8295, Kelajak g‘o‘za

navlaridan yuqori va sifatli paxta hosili olishni ta’minlovchi maqbul sug‘orish va oziqlantirish

tartiblari ilmiy asosda ishlab chiqilgan va aynan ushbu g‘o‘za navlari Toshkent viloyatida katta

maydonlarda parvarishlash uchun tavsiya etilgan. Kelajak g‘o‘za navlarida eng yuqori iqtisodiy

samaradorlik sug‘orish oldi tuproq namligi nisbatan 60-65-60% va mineral o‘g‘itlar NPK

220:150,5:110 kg/ga qo‘llanilganda kuzatilib, Kelajak g‘o‘za navida qo’llanilganda yuqori

samaraga erishildi.

REFERENCES

1. Axmedjonov A., va boshqalar. G‘o‘zaning istiqbolli yangi “Zafar” navi. //O‘zbekiston

qishloq va suv xo‘jaligi jurnali. Toshkent, 2020 y. -№ 3. B. 34.

2. Boltaev S., Ishimov S. Respublikaning sug‘oriladigan maydonlari tuproqlarining

unumdorlik holati va uni oshirishning imkoniyatlari. “Qishloq xo‘jaligi ekinlari genetikasi,

seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalarining dolzarb muammolari

hamda rivojlantirish istiqbollari” mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

materiallari to‘plami. Toshkent, 2018 y. –B. 248-251.

3. G‘aniev S., va boshqalar. Turli darajada sho‘rlangan tuproqlar unumdorligi va paxta

hosiliga resurstejovchi innovatsion texnologiyalarning ta’siri. “Qishloq xo‘jaligi ekinlarini

yetishtirishda dolzarb masalalar va uni rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro

ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to‘plami 2020 yil. –B. 704-707.

References

Axmedjonov A., va boshqalar. G‘o‘zaning istiqbolli yangi “Zafar” navi. //O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi jurnali. Toshkent, 2020 y. -№ 3. B. 34.

Boltaev S., Ishimov S. Respublikaning sug‘oriladigan maydonlari tuproqlarining unumdorlik holati va uni oshirishning imkoniyatlari. “Qishloq xo‘jaligi ekinlari genetikasi, seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalarining dolzarb muammolari hamda rivojlantirish istiqbollari” mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to‘plami. Toshkent, 2018 y. –B. 248-251.

G‘aniev S., va boshqalar. Turli darajada sho‘rlangan tuproqlar unumdorligi va paxta hosiliga resurstejovchi innovatsion texnologiyalarning ta’siri. “Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda dolzarb masalalar va uni rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to‘plami 2020 yil. –B. 704-707.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов