TO GIVE ACCURATE KNOWLEDGE ABOUT THE ANIMATE AND INANIMATE NATURE OF THE EARTH

HAC
Google Scholar
To share
Lаtipovа S. (2023). TO GIVE ACCURATE KNOWLEDGE ABOUT THE ANIMATE AND INANIMATE NATURE OF THE EARTH. Modern Science and Research, 2(12), 259–263. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/26569
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, animate and inanimate nature, their interrelationship. The cell is the basis of life and one of the most difficult and at the same time most interesting issues of modern natural science, the origin of life has been studied separately.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

259

YERDAGI JONLI VA JONSIZ TABIAT TO’G’RISIDA ANIQ BILIMLAR BERISH

Lаtipovа Surаyyo Xаkimovnа

Buxoro Innovаtsiyalаr Universiteti. 2-kurs magistranti.

https://dоi.оrg/10.5281/zenodo.10300697

Annotatsiya.

Mazkur maqolada jonli va jonsiz tabiat, ularning o’zaro aloqadorligi.

Hujayra hayotning asosi va zamonaviy tabiatshunoslikning eng qiyin va shu bilan bir vaqtda eng
qiziqarli masalalaridan biri hayotning kelib chiqishi alohida o’rganilgan.

Kalit so’zlar:

jonli va jonsiz tabiat, hujayra hayotning asosi, zamonaviy tabiatshunoslik.

TO GIVE ACCURATE KNOWLEDGE ABOUT THE ANIMATE AND

INANIMATE NATURE OF THE EARTH

Abstract.

In this article, animate and inanimate nature, their interrelationship. The cell is

the basis of life and one of the most difficult and at the same time most interesting issues of modern
natural science, the origin of life has been studied separately.

Key words:

animate and inanimate nature, cellular basis of life, modern natural science.

ДАТЬ ТОЧНЫЕ ЗНАНИЯ О ЖИВОЙ И НЕЖИВОЙ ПРИРОДЕ ЗЕМЛИ

Аннотация.

В данной статье живая и неживая природа, их взаимосвязь. Клетка –

основа жизни и отдельно изучается один из сложнейших и в то же время интереснейших
вопросов современного естествознания – происхождение жизни.

Ключевые слова:

живая и неживая природа, клеточная основа жизни, современное

естествознание.

Bugungi kunda olimlar hayotning paydo bo’lish jarayonini bir necha milliyard yil ilgari

ro’y berganidek aniq ta’kidlash imkoniga ega emaslar.Bu qiyinchilik metodologik xususiyatga ega
bo’lib, hayotning paydo bo’lishi yuzasidan to’g’ridan – to’g’ri eksperement o’tkazishning iloji
yo’qligidir (ushbu jarayonning takrorlanmas, qaytarilmas xususiyatga ega ekanligi asosiy ilmiy
usuldan foydalanishga halaqit beradi).

Hayotning paydo bo’lishi to’g’risidagi masala faqatgina o’z – o’zicha qiziqarli bo’lmasdan,

balki jonlilikning jonsizlikdan farqi muammosi, shuningdek hayotning evolyutsiyasi muammosi
bilan chuqur bog’langandir. Jonlilikning mohiyati nimada? Hayotning vujudga kelishida
evolyutsiya mexanizmlari qanchalik ta’sir ko’rsatgan?

Jonli hayotning jonsiz hayotdan farqi moddiy struktura va funksional jihatlardan bir qancha

tafovutlar mavjuddir. Moddiy jihatdan olganda jonli mavjudlik tarkibiga doimo yuqori tartibdagi
makromolekulyar organik brikmalar, biopolimerlar deb ataluvchi oqsillar va nuklein kislotalar
(DNK va RNK) kiradi. Struktura jihatidan esa tiriklik jonsizlikdan hujayraviy tuzilishi bilan
farqlanadi.Funksional jihatdan esa jonli mavjudlik uchun o’zini qayta ishlab chiqarish xosdir.

Barqarorlik va qayta ishlab chiqarish jonsiz tizimlar uchun ham xosdir.Ular nimadir ishlab

chiqarmaydi, balki, ular o’z-o’zidan hosil bo’lishadi. Shuningdek jonli mavjudotlarda modda
almashinuvi, o’z-o’zini tiklash, o’sish, rivojlanish, o’z tarkibini va funksiyalarini faol tartibga
solish, harakat qilish, qo’zg’aluvchanlik, muhitga moslanish va h.k. belgi va xususiyatlari mavjud.
Jonli mavjudlikning ajralmas xususiyati faoliyatda bo’lishi va faolligidir.

Biroq jonlilikni jonsizlikdan qatiy ilmiy chegaralash muayyan qiyinchiliklarga olib keladi.

Jonsizlikdan jonlilikka o’tishning go’yoki oraliq shakllari uchraydi.. Masalan, viruslar boshqa


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

260

organizm hujayrasidan tashqarida, jonlilikning hech bir belgisiga ega bo’lmaydi. Ularda ko’payish
(nasl qoldirish) apparati mavjud, lekin moddalar almashinuvi uchun zarur bo’lgan fermentlar
mavjud emasdir, shuning uchun ular faqatgina xo’jayin – organizm hujayrasiga kirgan va uning
ferment tizimlardan foydalangan holdagina o’sishi va ko’payishi mumkin.

Bundan kelib chiqqan holda, qaysi belgilarni biz muhim deb hisoblashimizga

ko’ra, viruslarni jonli tizimlarga kiritishimiz yoki kiritmasligimiz mumkin.Virus so’zi –zahar
ma’nosini anglatadi.

U yoki bu tarzda jonli tuzilmalar shakllanishida membranalar hosil bo’lishi lozim, ular

organik moddalar aralashmasini atrof-muhitdan chegaralab tirar edi. Ularning paydo bo’lishi bilan
“hayot birligi bo’lgan” hujayra ham hosil bo’lib, u jonsizdan jonlilikning asosiy tuzilmaviy
farqidir. Tirik organzmlarni xulq-atvorini belgilovchi, barcha asosiy jarayonlar hujayralarda ro’y
beradi. Minglab kimyoviy reaksiyalar bir vaqtda ro’y beradiki, natijada hujayra o’zi uchun zarur
bo’lgan oziq moddalarni oladi, maxsus biomolekulalarni sintezlaydi va chiqindilarni chiqarib
tashlaydi.

Hujayradagi biologik jarayonlar chun fermentlar katta ahamiyatga ega. Ular ko’pincha o’ta

yuqori darajada bitta reaksiyaga ta’sir etish qobilyatiga egadirlar. Ularning ta’sir etish tamoili
shundan iboratki, boshqa moddalar molekulalari ferment molekulasining aktiv qismiga
qo’shilishga harakat qiladi. Bu bilan ularning to’qnashish ehtimoliligi kuchayadi, natijada
kimyovuy reaksiyaning tezligi ortadi.

Oqsil sintezi hujayra sitplazmasida amalga oshiriladi. Inson hujayrasining har birida

10000dan ortiq turli oqsillar sintezlanadi. Hujayralar kattaligi 1 mikrometrdan 1 metrdan
ortiqroqqa yetadi (nerv hujayralar, o’simtalari bilan birga). Hujayralar differensiyallashgan
bo’lishi mumkin (nerv, muskul va h.k.). Ularning ko’pchiligi tiklanish qobilyatiga egadir, lekin
ba’zilari esa masalan nerv hujayralari tiklanmaydi.

Yadrosiz hujayralar, lekin DNK ipchalariga ega bo’lmaganlari, hozirgi bakteriyalar va ko’k

yashil suv o’tlarini eslatadi. Bunday eng qadimgi organizmlarning yoshi 3 milliyard yilga yaqindir.
Ularning xususiyatlari xilma-xildir: harakatchanlik, oziqlanish va ozuqa-energiyani jamg’arish
qobilyati noqulay ta’sirlardan himoyalanish, ko’payish, qo’zg’aluvchanlik, o’zgarayotgan tashqi
sharoitlarga moslashish, o’sish qobilyati.

Keyingi bosqichda (taxminan 2 milliard yil oldin) hujayrada yadro paydo bo’ladi. Yadroga

ega bo’lgan bir hujayrali organizmlar oddiy organizmlar deb ataladi. Ularning turi 25-30 minghni
tashkil etadi. Ularning eng oddiylari amyobalardir. Infuzoriyalar esa kipriklarga ega bo’ladi. Oddiy
yadrolar ikki membranali qobiq bilan o’ralgan bo’lib, u xromosoma va hukleolalarga egadir. Qazib
olinadigan oddiy-radiolariyalar va foramineferalar-cho’kma tog’ jinslarining asosiy qismlaridir.
Ko’pgina oddiylari murakkab harakatlanish apparatiga egadir.

Taxminan 1 milliard yil oldin birinchi ko’p hujayrali organizmlar paydo bo’ldi va o’simlik

yoki hayvonot turmush tarziga ajralish ro’y berdi. O’simliklar faolyatining birinchi muhim
natijasi-fotosintez bo’lib, unda xlorofillar yordamida ushlab qolinadigan, quyosh energiyalaridan
foydalanilgan holda uglekislotalar va suvdan organic moddalar yaratiladi. Fotosentez mahsuloti
atmasferadagi kisloroddir

O`simlik dunyosining yuzaga kelishi va tarqalishi , dastlab juda kam miqdorda erkin

kislorodga ega bo`lgan, atmasfera tarkibining tubdan o`zgarishiga olib keladi . Uglekislotalar


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

261

gazlarida uglerod assimilyasiya qiluvchi o`simliklar , shunday atmosfera yaratishdiki , bunda
erkin kislorod – faqatgina faol kimyoviy agent bo`lib qolmasdan , balki ozon manbai bo`lib
ham hizmat qiladi, u esa o`z navbatida yer yuzasiga qisqa ul`trabinafsha yetib kelishini yo`liga
to`siq bo`ladi.

Asrlar davomida to`planib qolgan o`simlik qoldiqlari yer qobig`ida organic

birikmalarni (ko`mir , torf) – ulkan energetik zahiralarni hosil qildi. Dunyo okeanida hayotning
rivojlanishi esa cho`kma tog` jinslarining hosil bo`lishiga olib keldiki , ular skeletlar va
dengiz organizmlarining boshqa qoldiqlaridan tarkib tapgandir .

Jonli tizmlarninng hususiyatlariga quyidagilar kiradi : Ixchamlik 5x10

’’ 15

g DNK , ya`ni

kitning urug`lantirilgan tixum xujayrasida 5x 10~

7

urug`likdagi (massa 22 barobarga ortadi) ,

hayvonning butun belgilari to`g`risidagi axbarot jamlangandir .

Molekulalarning tartibsiz issiqlik harakatidan tartib yaratish qobiliyati va bu bilan

entropiya o`sishiga qarshilik ko`rsatildi . Jonli organizmlar manfiy entropiyani istemol qiladilar
. Agarda jonli modda qanchalik murakkab qurilgan bo`lsa unda yashirin energiya va
entropiya shunchalik ko`pdir .

Atrof muhit bilan modda energiya va axborot almashish . Jonli organizmlar

tashqaridan olingan moddalarni assimilyasiya qilish qobilyatiga ega bo`lib , ularni shahsiy
maddiy tuzilmalariga muofiq holda qayta tuzadi va buning hisobiga ularni ko`p marotaba
ishlab choqaradi.

Metobolik funksiyalarda teskari aloqa tugunlari katta ahamiyat kasb etib, ular

avtokataliz reaksiyalarida hosil bo`ladi. Yangi tuzilmalar hosil qilish uchun musbat teskari
aloqa kerak bo`lsa, barqaror mavjudlik uchun esa manfiy teskari alo kerakdir. Jonsiz
tizimlarning tashkil etilishida molekulalar oddiy, reaksiyalar mehanizmlari esa murakkabdir;
jonli tizmlarning tashkil etilishida esa, aksincha reaksiyalar sxemalari oddiy, molekulalar esa
murakkabdir.

Jonli tizmlarning o`t`mishi bor, jonsizlarda esa u yo`qdir. Atom fizikasining yaxlit

tuzilmalari muayyan miqdordagi elementar yacheykalar, atom yadrosi va elektronlardan tarkib
topadi va zamonda hechqanday o`zgarishga duchor bo`lmaydi. Agarda tashqi tomondan ta`sir
bo`adigan bo`lsa, ular unga reaksiya (javob) qilishadi, agarda o`zgarish unchalik katta
bo`lmasa tasir to`xtagandan so`ng yana boshlang`ich holatiga qaytadi. Lekin organizmlar
static tuzilmalar emas. Qadimgi qiyoslashga ko`ra jonli organizmlar alanga kabi shunday
shakl hosil qiladiki u orqali materiya muayyan manoda oqim kabi oqib o`tadi

Jonli organizmlar ikki omilga bog`liqdir. Genetik apparat bilan belgilanadigan - insiyat

va atrof muhit shart sharoitlariga bog`liq bo`lgan va unga indivitning reaksiyasidan iborat
bo`lgan-o`zgaruvchanlik.

Shunisi qiziqki hozirgi vaqtda kislorodli atmasfera tufayli va boshqa organizmlarning

qarshiligi natijasida qaytadan yuzaga kelaolmaydi .Bir tug`ulgach doimiy evolyutsiya
jarayoniga yalanadi.

Ortiqcha qayta ishlash qobiliyati. Ko`payish progressiyasi shunchalik yuqoriki u hayot

va uning oqibatlari uchun kurashga - tabiiy tanlanishga olib keladi.

Hayotning paydo bo’lish muammosidan jonli organizmlar tuzilish muammosiga o’ta turib,

ta’kidlash lozimki, ushbu sohadagi ilmiy bilimlar ko’proq yangi fan – molekulyar biologiya


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

262

hisobiga yuqori darajadagi ishonchlilikka ega bo’lmoqda. XX asr o’rtalarida biologiyada ilmiy
inqilob ro’y berdi.Hujayraning moddiy tuzilishi va unda ro’y berayotgan jarayonlar aniqlandi.
Hujayra biologiyadagi o’ziga xos atomdir. Xuddi shu kabi turli kimyoviy birikmalar atomlardan
qanday tarkib topsa, jonli organizmlar ham hujayraning ulkan to’plamlaridan tarkib topadi.
Fiziklar ishidan biz bilamizki, barcha atomlar bir-biriga juda o’xshashdir: har bir atomning
markazida qalin, musbat xaryadlangan yadro, uning atrofida esa elektronlar buluti aylanadi-bu
quyosh tizimi kabidir.Hujayralar, atomlar kabi, bir-biri bilan juda o’xshashdir. Har bir hujayra
o’rtasida zich tuzilma, yani, yadroga ega bo’ladi, u esa “yarim suyuqlik” holidagi sitoplazmada
suzib yuradi. Ularning barchasi birgalikda hujayra membranasi ichida joylashgandir.

Hujayraning asosiy moddasi – oqsillar bo’lib, uning molekulalari bir necha yuzta

aminokislotalardan iborat bo’ladi va asosiy hamda yonbosh zanjirlarni tashkil etadi. Barcha jonli
turlarda o’zining maxsus oqsillari mavjud bo’lib, u genetik apparat bilan belgilanadi.Aynan
hujayra qayta ishlab chiqarish apparati uchun kerak bo’lib, u yadroda mavjud bo’ladi. Hjayrasiz
genetik apparat mavjud bo’la olmas edi.

Hujayra kattaligi va undagi mavjud moddalar mazmuni to’g’risida D Kendryu tamonidan

taklif etilgan o’;xshatish guvohlik beradi:”Tasavvur qiling, biz insonni Buyuk britaniya
kattaligigacha kattalashtiraylik, bunda uning bitta hujayrasi, bitta fabrika binosi kattaligi kabi
bo’ladi. Hujayraning ichida katta molekulalar mavjud bo’lib, ularda minglab atomlar mavjuddir,
jumladan nuklein kislota molekulalari ham mavjuddir. Shunday qilib tasavvurimizda yuqorida
aytganimizdek shunchalik katta o’lchamlarda kattalashtirsak ham, huklein kislota molekulalari
elektr simlaridan ingichkaroq bo’ladi.”

Hujayrani fabrika bilan bunday taqqoslash tasodif emasdir. “Har qanday tirik organizmni

yirik fabrikaga qiyoslash mumkinki, unda ko’plab xilma-xil kimyoviy maxsulotlar ishlab
cgiqariladi; unda butun fabrikani harakatga keltiruvchi, energiya ham ishlab chiqariladi. Jonli
organizmda barcha jarayonlar o’zaro muofiq bo’lishi uchun, qandaydir uning tuzilmalarining
muayyan tashkil etuvchisi bo’lishi zarurdir”. Olimlar, ushbu fabrika qanday ishlashini va uning
qayta ishlab chiqarish mexanizmi qandayligini aniqlashmoqdalar.

Organizmlarga tushgan oqsillar aminokislotalarga ajratiladi, keyin esa organizm oqsillari

qurilishi uchun ishlatiladi. Nuklein kislotalar reaksiyalarni boshqaruvchi fermentlar yaratadi.
Masalan, bitta achitish jarayoni uchun o’nlab fermentlar zarur bo’lib, ularning har biri faqat bitta
reaksiyani boshqaradi va faqatgina qatiy belgilangan molekula turlarigagina ta’sir qiladi. Barcha
fermentlar – oqsillardir.

Molekulyar biologiya molekula darajasida biologik jarayonlarni o’rganuvchi fan bo’lib-

fizika va biologiya kabi ikkita fan konvergensiyasiga yaqqol misoldir.

Hayotni qayta ishlab chiqarish. Organizm rivojlanishi jarayonining 3ta muhim elementi

mavjuddir: jinsiy ko’payishdagi urug’lanish;

Hujayrada berilgan matrisa bo’yicha belgilangan moddalar va tuzilmalarni qayta ishlab

chiqarish;

Hujayralarning bo’linishi, uning natijasida organizm bitta urug’langan tuxum hujayrasidan

o’sadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

263

Hujayralar bo’linishining ikkita usuli mavjuddir. Mitoz- bu hujayra yadrosinining

shhunday bo’linishi bo’lib, bunda ota- ona hujayra to’plamiga aynan bo’lgan, xromosomalar
to’plamidan iborat ikkita qiz yadro hosil bo’ladi.

Meyoz – bu hujayra yadrosining tortta qiz yadro hosil qilishidan iborat shunday

bo’linishiki. Bunda larning har biri boshlang’ich yadroga qaraganda ikki barobar kam
xromosomalarga ega bo’ladi.

Birinchi usul barcha hujayralar uchun xosdir, faqat jinsiy hujayralardan tashqari, ikkinchi

jinsiy hujayralar uchun xosdir. Hujayraviy bo’linishning barcha shakllarida har bir xromosomaga
DNK si takror hosil bo’ladi.

Inson hujayrasida DNK 23 juft xromosomalarga taqsimlangan 1 milliard juft asoslarga

egadir; uzunligi 1 metrga yaqindir. Agarda bitta insonning barcha hujayralari DNK si zanjirini
birlashtirsa u butun quyosh tizimini aylanib chiqishi mumkin. Axborot tashuvchilar nuklein
kislotalar bo’lib tarkibida azotli asoslar saqlaydi. Nuklein kislota monomerlari axborot
tyashiydilar, uning asosida aminokislotalar quriladi ya’ni triplet asosida. DNK molekulalari
shunday to’plam-ki unda organizm tabiat tipografiyasida chop etiladi.Bitta oqsil qilish uchun
xizmat qiladigan matritsa, DNK molekulasi, gen deb ataladi. Gen xromosomalarda joylashgan.

Qayta ishlab chiqish jarayoni 3 ta qismdan iborat: replikatsiya, trahskripsiya, translyatsiya.
Replikatsiya-bu DNK molekulasining ikki hissa ortishidir. Transkripsiya-bu DNK

molekulasining kodini ko’chirishdir. Translyatsiya-bu ribosomalarda iRNK sining genetik kodi
asosida sintezni amalga oshirishdir.

REFERENCES

1.

Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari T.:O’zbekiston. 1998.

2.

Axmedov A.L. Muxammad ibn Muso al-Xorazmiy. T.: sharq. 1983.

3.

Bulgakov P.G. o’rta Osiyo olimlarining Bog’doddagi faoliyati. T.: SHarqshunoslik
jurnali.1-son 1990.

4.

Gorelov A.A. Konsepsii sovremennogo estestvoznaniya. M.: Misl. 1998.

5.

Gumelov L.N. Ontogenez I biosfera zemli. M.: Visshaya shkola. 1983.

6.

Kocherin A.N. Nauchnaya poznanie: forme , metodi , padxodi. M.: Visshaya shkola. 1998.

7.

Solonov V.S. Konsepsii sovremennogo estestvoznaniya. M.: Misl. 1998.

8.

Xayrullayev M.M.Abu Nasr al Farobiy. M.: Nauka. 1992.

9.

G’ulomov P.N. Inson va tabiat. T.: Universitet. 1994.

10.

O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi. (1-2-jildlar). T. 2000, 2001.


References

Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari T.:O’zbekiston. 1998.

Axmedov A.L. Muxammad ibn Muso al-Xorazmiy. T.: sharq. 1983.

Bulgakov P.G. o’rta Osiyo olimlarining Bog’doddagi faoliyati. T.: SHarqshunoslik jurnali.1-son 1990.

Gorelov A.A. Konsepsii sovremennogo estestvoznaniya. M.: Misl. 1998.

Gumelov L.N. Ontogenez I biosfera zemli. M.: Visshaya shkola. 1983.

Kocherin A.N. Nauchnaya poznanie: forme , metodi , padxodi. M.: Visshaya shkola. 1998.

Solonov V.S. Konsepsii sovremennogo estestvoznaniya. M.: Misl. 1998.

Xayrullayev M.M.Abu Nasr al Farobiy. M.: Nauka. 1992.

G’ulomov P.N. Inson va tabiat. T.: Universitet. 1994.

O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi. (1-2-jildlar). T. 2000, 2001.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов