POETICS OF THE IMAGE OF THE STORY "SAODAT SOHILI"

HAC
Google Scholar
f
273-276
1
0
To share
Adilova , F. . (2023). POETICS OF THE IMAGE OF THE STORY "SAODAT SOHILI". Modern Science and Research, 2(12), 273–276. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/26692
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

In this article, one of the great figures of modern Uzbek literature, Khayriddin Sultanov, discusses how the events of life are artistically reflected in the story "Saodat Sahil" by Khayriddin Sultanov. Through this work, Adib expresses an opinion about the reality of life, historical truth, the impressive artistic reflection of the complex inner experiences of a person, and the view of reality from the point of view of high humanity.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

273

“SAODAT SOHILI” QISSASINING OBRAZ POETIKASI

Adilova Fanuza Shodiyor qizi

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU tayanch doktaranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10341038

Annotatsiya.

Mazur maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyoti yirik namoyandalaridan biri

Xayriddin Sultonovning “Saodat sohili” qissasida hayot hodisalari qay tarzda badiiy aks
ettirilishi to‘g‘risida mulohaza yuritiladi. Adib ushbu asari orqali hayot voqeligi, tarixiy haqiqat,
insonning murakkab ichki kechinmalari ta’sirchan tarzda badiiy aks ettirilishi, voqelikka yuksak
insonparvarlik nuqtayi nazaridan qaralishi to‘g‘risida fikr bildiradi.

Kalit so‘zlar:

Bobur, qissa, badiiy obraz, syujet.

POETICS OF THE IMAGE OF THE STORY "SAODAT SOHILI"

Abstract.

In this article, one of the great figures of modern Uzbek literature, Khayriddin

Sultanov, discusses how the events of life are artistically reflected in the story "Saodat Sahil" by
Khayriddin Sultanov. Through this work, Adib expresses an opinion about the reality of life,
historical truth, the impressive artistic reflection of the complex inner experiences of a person,
and the view of reality from the point of view of high humanity.

Key words:

Babur, story, artistic image, plot.

ПОЭТИКА ОБРАЗА РАССКАЗА «САОДАТ САХИЛИ»

Аннотация.

В данной статье один из крупнейших деятелей современной узбекской

литературы Хайриддин Султанов рассматривает, как события жизни художественно
отражены в повести Хайриддина Султанова «Саодат Сохили». Через это произведение
Адиб выражает мнение о реальности жизни, исторической правде, впечатляющем
художественном отражении сложных внутренних переживаний человека, взгляде на
действительность с точки зрения высокой человечности.

Ключевые слова:

Бабур, рассказ, художественный образ, сюжет.

Xayriddin Sultonov Boburning hayoti va ijodiga qiziqish paydo bo‘lishi haqida bunday

deydi: “O‘n to‘rt yoshlarimda ilk bor bu nuroniy siymoning tasviri chekilgan suvratni ko‘rdim.
Olis qishloq maktabi, qahraton qishning dilgir kunlari, adabiyot xonasi devoriga osilgan
muhtasham portret va undan muloyim tabassum ila boqib turgan, shohona sallasiga ukpar jig‘a
qadalgan ulug‘sifat insonning bori-borlig‘i murg‘ak tasavvurimga shu qadar teran o‘rnashdik, dars
paytida ham, tanaffus chog‘lari ham uning mardona chehrasidan ko‘z uzolmas edim. Bu nurli
qiyofa mujassam shijoat, mujassam iztirob bo‘lib tuyular, suvrat ostidagi “Tole‘ yo‘qi jonimg‘a
balolig‘ bo‘ldi, Har ishniki ayladim xatolig‘ bo‘ldi, O‘z yerni qo‘yib Hind sori yuzlandim, Yo Rab,
netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi” degan sodda, hazin misralar bir o‘qishdayoq yod bo‘lib ketgan,
shu satrlarni ko‘cha-ko‘yda ham, dala-dashtda ham takrorlab yurar edim. Ularning ma’yus
ma’nosi, shikasta ohangi dilimga qattiq ta’sir qilar, o‘z-o‘zidan yig‘lagim, uzoq bir joylarga bosh
olib ketgim kelar edi. Shu yo‘sinda Bobur Mirzoning mardlik va muruvvatda, zakovat va
matonatda tengsiz shaxsiyatiga maftun bo‘lib qoldim. Men uni otamday, onamday, farzandimday
yaxshi ko‘rib qoldim”

“Saodat sohili” – Xayriddin Sultonovning birinchi yirik asari. Bu qissa jozibador badiiy

tilda yozilgan, qahramonlar holati, ichki kechinmasini ta’sirchan gavdalantirgani bois darhol


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

274

o‘quvchilar e’tiborini tortdi. Ushbu qissa tili tarixiy mavzudagi eng yaxshi asarlarga xos jihatlar
yorqin aks etgan. Unda tarixiy muhit, voqealar kechayotgan manzil-makonlar manzarasi jozibador
tasvirlangan. Qahramonlarning dialog, monologlarida ham tarix nafasi yaqqol seziladi. Qissa
Hindistonga, Bobur huzuriga borish maqsadida yo‘lga chiqqan Hofiz Ko‘ykiy va usta Binoqulning
boshidan kechirganlari tasviri bilan boshlanadi. Binoqul Bobur bilan birga Hindistonga kelgan
otasini daraklab, Hofiz Ko‘ykiy bilan birga yo‘lga chiqadi. Ammo yo‘lda ular ketayotgan karvonni
qaroqchilar talaydi. Qochayotib Binoqul oyog‘i toyganidan tog‘ unguridagi chuqurlikka yiqilib
tushadi. Umurtqasi qattiq shikastlanganidan yo‘l yurolmay halok bo‘ladi. U o‘limidan oldin Hofiz
Ko‘ykiyga: “Armonim ichimda qoldi, taqsir. Padarimning daragini bilsam edi. Bobur shohni bir
ko‘rsam... Taqsir, mana shu kitobni men unga ixlos bilan tortiq etmoqchi edim. O‘zim kitobat qilib
edim. Bilmaysiz, taqsir, o‘zim ham bilmayman, lekin nechundir xudo mening mehrimni ul zotga
tushirgan. So‘nggi tilagim ham, vasiyatim ham shu: bu kitobni Bobur hazratlariga eltib, duoi
salomimni yetkaz gaysiz” deydi . Qissada Hofiz Ko‘ykiyning Hind diyoriga borib, Bobur shoh
bilan uchrashib, shogirdi usta Binoqulning vasiyatini amalga oshir gani ta’sirchan hikoya qilinadi.
Hofiz Ko‘ykiy ilm o‘rganishga umrini bag‘ishlagan, bu yo‘lda cheksiz mashaqqatlar tortgan
mutafakkir zotlarning mujassam siymosi sifatida taassurot uyg‘otadi. Hofiz Ko‘ykiy qissada
dunyoning qariyb yarmini kezgan jahongashta odam, hayotning qadrini, tiriklikning nechog‘li
ulug‘ ne’mat ekanini teran anglagan, so‘qqabosh, vorasta – ozod, erkin odam deb ta’riflanadi.
Boshidan kechirganlari-yu kechinmalari haqiqatan uning shunday zot bo‘lganligi haqida tasavvur
uyg‘otadi. Xayriddin Sultonov Hofiz Ko‘ykiy xarakterini dastlab Binoqulning ustozi to‘g‘risidagi
mulohazalari orqali ta’riflanadi. Bu ta’rif quyidagicha: "Ustozi so‘qqabosh, vorasta ko‘ngil odam
bo‘lib, umri muttasil safarlarda o‘tardi. U ba’zan ikki-uch yillab benom-u nishon ketar, safardan
qaytgach, masjid xonaqosiga tutash hujrasida mutolaadan bosh ko‘tarmay, allanarsalar yozgani
yozgan edi. Binoqul bu bitiklarning nimaligini bilmas, so‘ragani botinolmas, ammo ustozining
yosh bo‘lsa-da, ulug‘ odam ekanini sezardi: masjid eshigiga Toshkand, Samarqand va boshqa
shahr-u kentlardan otliqlar, hashamatli soyabon aravalar tez-tez kelib turar – zarbof to‘n kiyib,
salobiy salla o‘ragan turli-tuman basavlat kishilar Hofiz Ko‘ykiyni ziyorat qilib chiqar edilar”.

Hofiz Ko‘ykiyning uzoq yo‘l bosib, mashaqqatlar kechirib, Hind tuprog‘ida shoh saroyida

Bobur bilan uchrashganidan so‘ng syujet voqealarida Bobur bevosita ishtirok eta boshlaydi.
Qissada Boburning holati uning vatanni sog‘inib yashashini ta’kidlash bilan boshlanadi. Butun
asar davomida Boburning vatan sog‘inchi bilan yashab o‘tganligi uning ichki kechinmalari tasviri
orqali gavdalantiriladi. “Saodat sohili” qissasida Boburning qalbidagi og‘riqli kechinmalar
ta’sirchan gavdalantiriladi. Bobur she’riyatni sevgani, ilm-fan qadrini chuqur his qilgani uning
ichki kechinmalarida ko‘rsatiladi. Vatani to‘g‘risidagi har bir xabar Bobur xayolida o‘tmishni
jonlantirgani, yurt sog‘inchi, u bilan hamroh bo‘lgan, to‘qnashgan kishilar siymosini eslatgani
qissada bu tarzda ta’kidlanadi: “Abdulvohid Firog‘iy yana allanarsalarni gapirar, ammo Bobur
endi eshitmas – teran xayolga cho‘mgan edi. “Farkat” degan so‘z unga sovuq yomg‘ir savalab
turgan izg‘irinli tunlarni, kuzak osmonida favqulodda chaqnagan chaqmoqlarni eslatdi, umrining
rutubatli, hazin onlarini yodiga soldi. O‘sha voqealarga qancha bo‘ldi ekan? Yo rabbiy, yigirma
yetti yil! Qarchig‘aydek bir yigit umri! O‘shanda yonida hamroh-u hamkor bo‘lganlardan kimlar
bor? U turli-tuman nomlarni eslashga urinarkan, ularning bari barmoq orasidan shuvillab to‘kilgan
qum singari xotirasi qatlaridan bir-bir sirg‘alib tushayotganini sezdi. No‘yon ko‘kaldosh, G‘ulda


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

275

Qosimbek, Xoldor, Mirshoh Qavchin, Qo‘chbek... evoh, qayda ular? Qayerdalar? Barchasi endi
«rahmatli»! Ba’zilarni shiddatli janglarda boshidan ayrildi, ba’zilari g‘anim nayrangiga duchor
bo‘ldi, ayrimlarining umri qisqa ekan, ayrimlari esa... xiyonat qildi... Oqibat, o‘sha kunlardan bu
kun achchiq, mahzun xotiralar yodgor, xolos. Bobur alamli o‘ylardan egilgan boshini ohista
ko‘tardi. Abdulvohid Firog‘iy jimgina qo‘l qovushtirib turardi”.

Xayriddin Sultonov Boburning kechinmalarini tasvirlashda obrazli ifoda, tashbehlar

qo‘llaydi. Bu bilan uning shoirona qalbini aniq ifodalaydi. Ayni o‘rinda ishlatilgan “ularning bari
barmoq orasidan shuvillab to‘kilgan qum singari xotirasi qatlaridan bir-bir sirg‘alib
tushayotganini sezdi” degan jumla Boburning xayolga botib turgan holatini aniq gavdalantiradi.
Hofiz Ko‘ykiy Boburga hayotda juda ko‘p narsalarni ko‘rgan, kechirgan, mushohada qilgan
odamlarga xos muomala qiladi. Hofiz Ko‘ykiy dastlabki uchrashuv chog‘idayoq Boburga: “Ona
vataningizdan, ko‘z ochib ko‘rgan viloyatlaringizdan sizlarga ko‘pdan ko‘p duoi salomlar
keltirdim. Ota yurtimizning tabarruk yodi muborak xotirlaridan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak...” deb
aytadi. U bu tarzda gap boshlash bilan Boburning kayfiyatini, vataniga, vatandoshlariga
munosabatini bilmoqchi bo‘ladi. Bobur ham alloma Hofiz Ko‘ykiyning ko‘nglidagi o‘yini
sezganday ovozi titrab: “Ul viloyatlarning latofatlarini kishi nechuk unutgay? Unutgan kishining
ko‘zlariga tiriklayin tuproq to‘lmasmi?” deb javob beradi. Vatanidan ayrilgan, dushmanlari
tomonidan o‘z diyoridan quvib chiqarilgan Boburning o‘rnida bir kishi bo‘lganida u alamzadaga
aylanardi va vatanini bu qadar sog‘inib eslamasdi. Hofiz Ko‘ykiy shuni aniqlash maqsadida ham
“Ota yurtimiz”ning tabarruk yodi muborak xotiralaridan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak” deb savol
beradi. Boburning vatanini sog‘inib yashashini bilganidan keyin mamnun bo‘lgach: “Haq so‘zni
aytdingiz, olampanoh. Komil inson kindik qoni to‘kilmish yurtni hargiz unuta olmas. Xotiringiz
jam bo‘lsin, olampanoh, ul diyorlarda muborak nomingizni hanuz yod eturlar. Inchunun, sizga
atalmish bir omonatni topshirmoq menga qismatlig‘ qarz edi. – U qo‘ynidan nafis saxtiyon
muqovali kitobni olib, Boburga avaylab uzatdi”.

Ushbu qissada Bobur xarakterining eng muhim jihati – uning doimo vatani sog‘inchi bilan

iztirob chekib yashagani, o‘z umrini, ko‘rgan-kechirganlarini taftish qilib yurgani, ilm-ma’rifatga
mehr qo‘ygan kishilarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatgani ta’sirchan tasvirlangan.

Xayriddin Sultonov qissalari asosiy qahramonlari xarakterida halollik asosiy xislat sifatida

bo‘rtib turadi. Ammo ularning halolligi kimlar bilandir keskin to‘qnashuvlarda, murosasiz
olishuvlarda emas, balki ularning ichki iztiroblari ko‘rinadi. Yozuvchi qahramonlari
muammolarga duch kelganida aybni boshqalardan emas, avvalo, o‘zlaridan izlashadi. Bu ularning
qalbidagi ziddiyatli kechinmalar tahlili orqali ko‘rsatiladi. Xayriddin Sultonov asarlaridagi
qahramonlar qalb kechinmalari tahlili o‘quvchi e’tiborini jalb etadi. Yozuvchi qahramonlari
ruhiyatini ko‘rsatishni asosiy maqsadi deb biladi. Xayriddin Sultonov “Meni inson ruhiyatining
cheksiz g‘alayonlari qiziqtiradi” deydi.

Xayriddin Sultonov qissalarida tuyg‘ulari go‘zal, o‘z o‘tmishi, kechmishi, tevarak-

atrofidagi hodisalar haqida mushohada yuritadigan ta’sirchan qahramonlar xarakteri ko‘rsatiladi.





background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

276

REFERENCES

1.

ХХ аср ўзбек адабиёти тарихи. 1999. Университетлар ва педагогика институтлари
бакалавр ихтисослигини олувчилар учун дарслик. Н.Каримов, С.Мамажонов,
Б.Назаров ва бошқалар. 2019. Тошкент: Ўқитувчи.

2.

Султонов Х. 2019. Ҳақиқат жамоли. Адабий ва публицистик мақолалар. Тошкент:
MASHHUR-PRESS.

3.

Султонов Х. Уч юз олтмиш тўрт кун. 2019. Тошкент: “O’zbekiston” НМИУ.

4.

Султонов Х. 1988. Умр эса ўтаверади: Ҳикоялар. Тошкент: Ёш гвардия.

5.

Султонов Х. 1983. Саодат соҳили. Тошкент: Адабиёт ва санъат.

6.

Султонов Х. 2021. Навоий – 30. Тошкент: MASHHUR-PRESS.

7.

Султонов Х. 1980. Қуёш барчага баробар. Тошкент: Адабиёт ва санъат.

8.

Султонов Х. 1993. Бобурнинг тушлари: Қиссалар. Ҳикоялар, Эсселар. Тошкент:
Адабиёт ва санъат.

References

ХХ аср ўзбек адабиёти тарихи. 1999. Университетлар ва педагогика институтлари бакалавр ихтисослигини олувчилар учун дарслик. Н.Каримов, С.Мамажонов, Б.Назаров ва бошқалар. 2019. Тошкент: Ўқитувчи.

Султонов Х. 2019. Ҳақиқат жамоли. Адабий ва публицистик мақолалар. Тошкент: MASHHUR-PRESS.

Султонов Х. Уч юз олтмиш тўрт кун. 2019. Тошкент: “O’zbekiston” НМИУ.

Султонов Х. 1988. Умр эса ўтаверади: Ҳикоялар. Тошкент: Ёш гвардия.

Султонов Х. 1983. Саодат соҳили. Тошкент: Адабиёт ва санъат.

Султонов Х. 2021. Навоий – 30. Тошкент: MASHHUR-PRESS.

Султонов Х. 1980. Қуёш барчага баробар. Тошкент: Адабиёт ва санъат.

Султонов Х. 1993. Бобурнинг тушлари: Қиссалар. Ҳикоялар, Эсселар. Тошкент: Адабиёт ва санъат.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов