THE RIGHTS OF THE DISABLED ARE PROTECTED BY LAW

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Abdurahimov, S. (2023). THE RIGHTS OF THE DISABLED ARE PROTECTED BY LAW. Modern Science and Research, 2(12), 233–237. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27187
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

As long as we live in a land where the value of man is glorified – the people are pleased with the fact that they put the laws into practice. The main goal of the state is to ensure the peace of the people and create all the conditions for them. This article talks about ensuring adequate service and assistance to people with disabilities and persons with non-identity, as well as ensuring the rights of people with disabilities and preventing them from being discriminated against.

Similar Articles


background image

233

NOGIRONLARNING HUQUQLARI QONUN HIMOYASIDA

Abdurahimov Samandar Abdusattor o‘g‘li

Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi

o‘quvchisi 1-bosqich talabasi.

Samandarabdurahimov341@gmail.com

Annotatsiya.

Inson qadri ulug‘lanadigan diyorda yashayotgan ekanmiz – xalq

qonunlarni amalda qo‘llanishidan bilan mamnundir. Davlatning asosiy maqsadi xalqni
tinchligini ta’minlash va ular uchun barcha sharoitlar yaratishdan iboratdir. Ushbu maqolada
nogironlarga va nogoronligi bor shaxslarga yetarlicha xizmat va yordam ko‘rsatilishi
ta’minlash, shuningdek nogironlarning huquqlarini ta’minlash va ularni kamsitilishga yo‘l
qo‘ymaslik to‘g‘risida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

Nogironlik, nogironlarning huquqlarini himoya qilish, huquqiy baza,

mehnatga layoqatsiz

,

tibbiy yordam, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi.

THE RIGHTS OF THE DISABLED ARE PROTECTED BY LAW

Abstract.

As long as we live in a land where the value of man is glorified – the people are

pleased with the fact that they put the laws into practice. The main goal of the state is to ensure
the peace of the people and create all the conditions for them. This article talks about ensuring
adequate service and assistance to people with disabilities and persons with non-identity, as well
as ensuring the rights of people with disabilities and preventing them from being discriminated
against.

Key concepts:

Disability, protection of the rights of people with disabilities, legal

framework, incapacity for work, medical care, medical and social expert commission.

ПРАВА ИНВАЛИДОВ ЗАЩИЩЕНЫ ЗАКОНОМ

Аннотация.

Пока мы живем на земле, где почитается человеческое достоинство –

народ доволен тем, что законы применяются на практике. Главная цель государства-
обеспечение мира народа и создание для него всех условий. В этой статье
рассматривается обеспечение того, чтобы инвалидам и лицам с ограниченными
возможностями были предоставлены адекватные услуги и помощь, а также обеспечение
прав инвалидов и недопущение их дискриминации.

Ключевые понятия:

Инвалидность, защита прав инвалидов, правовая база,

нетрудоспособность, медицинская помощь, медико-социальная экспертная комиссия.


background image

234

Mamlakatimizda iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida jamiyat va

nogironlarning faolligini oshirish, ularning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishi shakillanishi,
rivojlanishi va bandligini ta’minlashga har tomonlama ko‘maklashish, nogironlar uchun barcha
sharoitlarni yaratish, nogironlarning muammolari va ehtiyojlarini qo‘llab-quvvatlash va ularni
qiziqishlarini tizimli o‘rganish, tahlil qilish va hal etish borasidagi ishlarni sifat jihatdan yangi
bosqichga olib chiqish maqsadida ushbu sohani tartibga solish va huquqiy bazasini yanada
takomillashtirish masalasiga doimiy e’tibor qaratilib kelinmoqda.

Jumladan nogironligi bo‘lgan va nogiron shaxslarni huquqlarini himoya qilish va

ehtiyojlarini qo‘llab quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida alohida
norma belgilangan. Konstitutsiyaning 57-moddasida

1

mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz keksalar,

nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarning
huquqlari davlat himoyasi ekanligi, davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy va
ma’daniy sohalar obyektlari va xizmatlaridan to‘laqonli foydalanishi uchun shart-sharoitlar
yaratishi, ularning ishga joylashishiga, ta’lim olishga ko‘maklashadi, ularga zarur bo‘lgan
axborotni to‘sqinliksiz olish imkoniyatini ta’minlashi o‘z ifodasini topdi.

O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi

2020 yil 15 oktyabrdagi O‘RQ-641-son qonunining

2

4-moddasida nogironligi bo‘lgan

shaxslarning qadr-qimmatini, ularning shaxsiy mustaqilligini, tanlash erkinligini hurmat qilish,
nogironlik belgisiga ko‘ra nogironlikni aniqlash va oldini olish, ularning taʼlim olishi va ishga
joylashishiga ko‘maklashish, ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatishning zamonaviy shakl va
mexanizmlarini belgilash, nogironlikni belgilashda qo‘llanilayotgan usullarni tubdan
takomillashtirish va boshqa qoidalarni nazarda tutish belgilangan.

Qonun bilan nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini taʼminlashning muhim

prinsiplari belgilab berildi. Shuningdek, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari faoliyati yanada
takomillashtirildi. Unga ko‘ra, tekshiruvdan o‘tkazish tibbiy hujjatlar qabul qilingan kundan
eʼtiboran 10 kun ichida bepul amalga oshirilishi begilandi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot sifati va ijtimoiy faolligini yana-da oshirish,

nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalariga qarashli yuridik shaxslarni davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish bo‘yicha tizimli ishlarni izchil
davom ettirish, inson huquqlari, jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarining

1

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

2

O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi 2020 yil 15 oktyabrdagi

O‘RQ-641-son qonuni.

https://lex.uz/docs/5049511

.


background image

235

kafolatlarini mustahkamlash, inklyuziv rivojlanish, aholining barcha qatlamlari teng huquq va
imkoniyatlarga ega bo‘lishlarini taʼminlashning samarali mexanizmlarini joriy etish, nogironligi
bo‘lgan shaxslarning jamiyat hayotining barcha sohalarida ishtirok etishlari uchun zarur shart-
sharoitlar yaratish maqsadida 12.10.2022 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlariga tegishli tashkilotlarni davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashishga oid qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-390-son qarori

3

, 27.02.2023 yilda O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga
doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-74-son qarorlari

4

ham qabul qilindi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish va ularning huquqlarini

kafolatlashga oid qator masalalar Qonun darajasida belgilandi.

Bugungi kunda hukumatimiz tomonidan nogironlarga berilatgan eʼtibor asnosida

O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi 2020
yil 15 oktyabrdagi O‘RQ-641-son qonunining 11-moddasida belgilangan nogironligi bo‘lgan
shaxslarning huquqlarini taʼminlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlariga ham
alohida urg‘u berib o‘tib joiz deb hisoblaymiz, yaʼni nogironligi bo‘lgan shaxslarning
huquqlarini taʼminlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilar
eʼtirof etilgan:

- nogironligi bo‘lgan shaxslarning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan kompleks

chora-tadbirlar ko‘rish;

- nogironligi bo‘lgan shaxslarning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish;
nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari va imkoniyatlari tengligini boshqa fuqarolar

bilan teng ravishda taʼminlash;

- nogironligi bo‘lgan shaxslarni jamiyat va davlat hayotiga jalb etish;
- nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari va qadr-qimmatini hurmat qilish masalalari

bo‘yicha jamiyatda maʼrifiy-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish;

- nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini

3

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlariga tegishli tashkilotlarni davlat

tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashishga oid qo‘shimcha

chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 12.10.2022 yildagi PQ-390-son qarori. https://lex.uz/docs/6233345.

4

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini

takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 27.02.2023 yildagi PQ-74-son qarori.

https://lex.uz/docs/6391378.


background image

236

- davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining nogironligi bo‘lgan shaxslarning

huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir faoliyatining ochiqligi
va shaffofligini taʼminlash;

- nogironligi bo‘lgan shaxslarning inklyuziv taʼlim (maktabgacha, maktabdan tashqari,

umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional, oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi taʼlim) olish
imkoniyatini taʼminlash;

- davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida nogironligi bo‘lgan

shaxslarning huquqlarini taʼminlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish.

Qonunning 18-moddasida nogironligi bo‘lgan shaxslarning tengligini taʼminlash va

kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmasligi, ular uchun teng imkoniyatlarni taʼminlash va nogironlik
belgisiga ko‘ra kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun davlat organlari nogironligi bo‘lgan
shaxslarning obyektlar hamda xizmatlardan, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalardan, sog‘liqni
saqlashdan, taʼlimdan, ishga joylashishdan, shuningdek axborotdan va aloqa vositalaridan teng
ravishda foydalanish imkoniyatlarini taʼminlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishi,
kamsitilishning barcha shakllaridan nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy jihatdan teng
ravishda va samarali himoya qilinishini kafolatlanishi, insonning asosiy huquqlari va
erkinliklaridan foydalanish imkoniyatini berishda nogironligi bo‘lgan shaxslarning kamsitilishiga
yo‘l qo‘yilmaslik choralarini ko‘rilishi haqidagi me’yorlar o‘z ifodasini topgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-

quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 27.02.2023
yil PQ-74-son qarori

5

bilan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, nogironligi bo‘lgan bolalar

va ularga g‘amxo‘rlik qiluvchi bir nafar fuqaro uchun davlat idoralari va tashkilotlari tomonidan,
shu jumladan davlat xizmatlari markazlari, sog‘liqni saqlash, taʼlim, madaniyat muassasalarida
fuqarolarning bevosita hozirligida ko‘rsatiladigan xizmatlardan navbatsiz foydalanish, davlat
idoralari rahbarlari qabuliga navbatsiz kirish bo‘yicha imtiyoz berilishi, 2023 yil 1 maydan
boshlab tibbiyot muassasalarida davolanayotgan nogironligi bo‘lgan bolaga g‘amxo‘rlik qilish
uchun shu muassasada uning otasi yoki onasiga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxsga) yoxud
oilaning bolani bevosita parvarishlayotgan boshqa aʼzosiga nogironligi bo‘lgan bolaning yonida
birga bo‘lish uchun sharoit yaratilishi, jumladan: statsionar tibbiyot muassasalarida nogironligi
bo‘lgan bolani parvarishlayotgan shaxsga mazkur davr uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi

5

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini

takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 27.02.2023 yildagi PQ-74-son qarori.

https://lex.uz/docs/6391378.


background image

237

berilishi, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga g‘amxo‘rlik qiluvchi shaxslar (ota-onasi va
boshqalar) uchun davolash davrida davlat statsionar tibbiyot muassasalarida bepul ovqatlanish
yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

So‘zimiz yakunida aytish mumkinki, nogironligi bo‘lgan shaxslarga hukumatimizning

bunday e’tibori ularga o‘zlarining jamiyatning barcha a’zolari singari his qilishi, o‘z iste’dod va
qobiliyatlarini namoyon qilishlari va davlat hamda jamiyat ravnaqi yo‘lida mehnat qilishga
bo‘lgan intilishlariga benazir turtki beradi.

REFERENCES

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi

2020 yil 15 oktyabrdagi O‘RQ-641-son qonuni. https://lex.uz/docs/5049511.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlariga

tegishli tashkilotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda nogironligi bo‘lgan
shaxslarning bandligiga ko‘maklashishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
12.10.2022 yildagi PQ-390-son qarori. https://lex.uz/docs/6233345.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-

quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
27.02.2023 yildagi PQ-74-son qarori. https://lex.uz/docs/6391378.

References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi 2020 yil 15 oktyabrdagi O‘RQ-641-son qonuni. https://lex.uz/docs/5049511.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlariga tegishli tashkilotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 12.10.2022 yildagi PQ-390-son qarori. https://lex.uz/docs/6233345.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 27.02.2023 yildagi PQ-74-son qarori. https://lex.uz/docs/6391378.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов