STUDENT - THE ROLE OF FOLK'S ORAL CREATION IN FORMING THE SPIRITUAL EDUCATION OF YOUTH

HAC
Google Scholar
To share
Kurbanova , D. (2023). STUDENT - THE ROLE OF FOLK’S ORAL CREATION IN FORMING THE SPIRITUAL EDUCATION OF YOUTH. Modern Science and Research, 2(12), 352–356. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27274
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides information on the types and tasks of folk art, examples of folk art, and comments on the importance of folk art in raising human spirituality.


background image


352

O‘QUVCHI - YOSHLARDA MA’NAVIY TARBIYASINI SHAKLLANTIRISHDA XALQ

OG‘ZAKI IJODINING O‘RNI

Kurbanova Dilrabo Xaitbayevna

Guliston Davlat Pedagogika Instituti

kurbanovadilrabo858@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10407678

Annotatsiya.

Ushbu maqolada xalq og‘zaki ijodi turlari va vazifalari, xalq og‘zaki ijodi

namunalari haqida ma’lumot keltirilgan bo‘lib, xalq og‘zaki ijodining inson ma’naviyatini

yuksaltirishdagi ahamiyati haqida fikr va mulohazalar yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

folklor, qadriyat, ma’naviyat, madaniyat, san’at, xalq san‘ati.

STUDENT - THE ROLE OF FOLK'S ORAL CREATION IN FORMING THE

SPIRITUAL EDUCATION OF YOUTH

Abstract.

This article provides information on the types and tasks of folk art, examples of

folk art, and comments on the importance of folk art in raising human spirituality.

Key words:

folklore, value, spirituality, culture, art, folk art.

СТУДЕНТ - РОЛЬ НАРОДНОГО УСТНОГО ТВОРЧЕСТВА В ФОРМИРОВАНИИ

ДУХОВНОГО ВОСПИТАНИЯ МОЛОДЕЖИ

Аннотация.

В данной статье представлены понятия фольклора, его виды и

функции, образцы, значение народного творчества в воспитании духовности человека.

Ключевые слова:

фольклор, ценность, духовность, культура, искусство, народное

творчество.

Xalq og‘zaki ijodi - mehnatkash omma ijodi, xalq san’atining boshqa, ya’ni musiqa, teatr,

raqs, o‘yin, tasviriy va amaliy san’at kabi turlaridan o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadigan

og‘zaki so‘z san’atidir.

Xalq og‘zaki ijodi - insoniyatga tengdosh eng qadimiy san’at. Har bir xalqning og‘zaki

ijodi o‘sha xalqning fe’l - atvori, estetik didi, ruhiyati, urf-odat va an’analari, orzu- intilishlari,

geografik sharoiti va tabiatini aks ettiruvchi o‘ziga xos ko‘zgudir. Biz ana shu ko‘zgu vositasida

olamshumul ezgu niyatlar, insoniy fazilatlar, yovuzlik, zulm, adolatsizlikka qarshi nafrat

tuyg‘ularini ko‘ramiz. Ma’naviyat qadim zamonlardan inson dunyoqarashini, xatti-harakatini,

jamiyatda tutgan o‘rnini, xalqqa, vatanga, atrofidagi odamlarga bo‘lgan munosabatini

boshqaruvchi omil hisoblanadi. Ma’naviy qashshoq kimsa hayotda ro‘y berayotgan voqealarga

loqayd bo‘ladi. Loqaydlik esa tuzatib bo‘lmas oqibatlarga olib keladi. Ma’naviy qashshoq odam


background image


353

uchun Vatan, xalq, oila kabi muqaddas tushunchalar yot. Shuning uchun keksa avlod, avvalo,

farzandning ma’naviy dunyosini shakllantirish chorasini rejalashtirgan. Aslini olganda, xalq

dostonlari, ertaklari, qo‘shiqlari, maqollari va boshqa o‘nlab janrdagi asarlar yosh avlodning

ma’naviyatini boyitish, uni haqiqiy inson darajasiga yetishini ta’minlash maqsadini nazarda tutgan

holda yaratilgan. O‘tgan asrgacha bugungi kundagi matbuot, o‘quv dargohlari, madaniyat

markazlari, radio, televidenie, internet kabi ta’lim, ma’rifat tizimi bo‘lmagan. Bu vazifalarni

bajarish, asosan, xalq og‘zaki ijodi zimmasiga yuklatilgan. Natijada, xalq og‘zaki ijodi xalq

pedagogikasi zaminini tashkil etgan. To‘g‘ri, umumta’lim maktablari- ning boshlang‘ich sinflarida

ham xalq og‘zaki ijodidan namunalar beriladi.

Ma’lum bo‘ladiki, madaniyat, san’at, til xalqning xalq sifatida ravnaq topishining bosh

omili ekan. Xalq ijodi esa madaniyat, san’at, tilning asosini tashkil etuvchi tarkibiy qismdir.

Shuning uchun ham 1997-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasida “Ma’naviy-

axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlar” alohida bo‘lim sifatida tasdiqlanishi bejiz emas. Unda yosh

avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, madaniy- tarixiy an’analariga, urf-

odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va

vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishi ta’kidlanadi.

Qadimdan ota-bobolarimiz o‘z orzu-umidlarini turmush haqiqatlari bilan uyg‘unlashtirgan

holda go‘zal mo‘jizakor manzaraga, sodda va o‘ta teran mazmunga ega ertaklarni yaratganlar.

Hayot haqiqati va kishilarning ruhi, psixologiyasini o‘zida aks ettirgan ertaklarning badiiy

kuchi hanuzgacha kattalar va kichiklar uchun ham birday qiziqarli, jozibali xalq kitobi sifatida

ta’sir etib kelmoqda.

Ertaklar - yaxshilikka yetaklar, deb xalqimiz bejizga aytishmagan. Ertaklarning tarbiyaviy

ahamiyati katta. Ertaklarda voqealar, asosan, mo‘jizali tarzda ifodalanadi. Binobarin, mo‘jiza yoki

fantaziya voqea va hodisalarni hayot bilan bog‘lab, haqiqat, ozodlik, to‘g‘rilik, odamiylik kabi

didaktik g‘oyalarni tashviq etadi, syujet rivojiga kuch bag‘ishlaydi, tinglovchi e’tiborini o‘ziga

jalb qilib, ajoyibotlar olamiga olib kiradi, shirin tuyg‘ular dunyosiga g‘arq etadi.

Umumlashtirilgan holda ertakka xos quyidagicha ta’rif e’tirof etilgan: “Hayot haqiqati

bilan bog‘liq bo‘lib, fantastik hamda hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan, didaktik g‘oya

tashuvchi og‘zaki hikoyalar ertak deb ataladi”. Darhaqiqat, ertaklar bolalarga mo‘ljallangan ijod

turi bo‘lib, ularni tuzilishi jihatidan bolalarning yosh xususiyatiga ko‘ra quyidagicha tasniflash

mumkin:

Kichik yoshdagi bolalar ertaklari (2 yoshdan 6 yoshgacha); o‘rta yoshdagi bolalar ertaklari


background image


354

(7 yoshdan 11 yoshgacha); o‘smir yoshdagi bolalar ertaklari (12 yoshdan 16 yoshgacha).

Kichik yoshdagi (2 yoshdan 6 yoshgacha) bolalarga aytiladigan ertaklarning voqeasi juda

sodda, ishtirok etuvchi ertak qahramonlari va personajlarining ham soni 3-4 nafardan oshmaydi.

Ularning ham aksariyati bolalarga tanish uy hayvonlari, parrandalari, qushlar yoki o‘rmon

hayvonlari, shuningdek, oila a’zolariga o‘xshagan nomlari tanish (ota-ona, bobo-buvi, tog‘a va

shu kabi) kishilardan iborat. Bunday ertaklar, xususan, bolalarni ovutish, fikrini biror narsaga jalb

qilish, biror foydali odatga o‘rgatish, ularga notanish hayvonlarning o‘zini, xarakterini tanishtirish

maqsadida aytiladi. O‘rta yoshdagi (7 yoshdan 11 yoshgacha) bolalar ertaklari - u yoshdagi

bolalarning xotirasi, fikrlash doirasi ancha takomillashgan bo‘lib, ular oila, turmush haqida qisman

tushunchaga ega bo‘ladilar. Ularga yanada fikran chuqurroq, biroz bo‘lsa- da o‘ylab, xulosa

chiqarishga undaydigan ertaklar tavsiya etiladi. Shunday qilib, o‘zbekning butun fazilati, falsafasi,

donoligi, dunyoqarashi, oliy himmatliligi, turli hayotiy vaziyatlarga munosabati maqollarda aks

etgan. Insondagi mehnatga muhabbat, ishq tuyg‘ulari qo‘shiqlarda eng go‘zal ichki kechinmalar

sifatida ifodalangan. Ertaklarda xalqimizning eng oliy orzu-havaslari namoyon bo‘ladi. Ular bilan

tanishgan yosh avlod o‘zbek uchun vatan, xalq, oila, mehnat, ilm, g‘urur naqadar muqaddas

tushunchalar ekanini anglab yetadi.

REFERENCES

1.

Адизова Нигора Бахтиёровна. Оқсоқол Бува, Бола Ва Хон Образлари Қизиқмачоқлар

Талқинида. Journal of innovations in social sciencesjournal of innovations in social

sciences. 02 Issue: 01 | 2022.

2.

Adizova Nigora Bakhtiyorovna. The Arrival of Great, Child and Khan Images in Interesting.

European journal of life safety and stability (ejlss). www.ejlss.indexedresearch.org Volume

14, 2022.

3.

Nigora Adizova Baxtiyorovna. 3-4-sinf ona tili darslarida qo'llanadigan tayanch

kompetensiyalar. Journal of Advanced Research and Stability. Volume: 02 Issue: 01 | 2022.

4.

A.B. Rakhmonovich, A.N. Bakhtiyorovna. The main motives and tasks of children’s

folklore. Emergent: Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL).

5.

Нигора Бахтиёровна Адизова, Ҳилола Худойбердиева. Қизиқмачоқларда оқсоқол ва

хон образлари. Scientific progress.

6.

Nigora Baxtiyorovna Adizova. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini o‘stirishda mustaqil

ishlarning o‘rni va ahamiyati. Scientific progress.

7.

N.B. Adizova, M. Raimqulova. Use of alisher navoi’s spiritual and enlightenment views in


background image


355

textbooks for grades 1-4. AKTyajibHbie Bonpocbi coBpeMeHHofi Hayku u

o6pa3OBaHUH, 121-123.

8.

N.A. Bakhtiyorovna, N.A. Bakhtiyorovna. Anvar obidjon is a children’s poet. Middle

European Scientific Bulletin.

9.

A.N. Bakhtiyorovna, E. Dilsora. Visual Aids, Which Are Used in The Educational Process

In The Use Of Didactic Games. The American Journal of Social Science and Education

Innovations 3 (31), 540-545.

10.

A.N. Bakhtiyorovna, A.N. Bakhtiyorovna. The role of the fun genre in children’s spiritual

development. Middle European Scientific Bulletin 4, 38-40.

11.

Adizova Nigora, Adizova Nodira. Alisher Navoiyning tibbiy qarashlari. Conferences.

12.

Н. Адизова, Ш. Нусратова. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning mustaqil o‘qish

ko‘nikmalarini shakllantirish usullari. Общество и инновации. 2022/5/17.

13.

Н. Адизова, Ф. Ибрагимова. Pirls program for student assessment in primary schools.

Общество и инновации. 2022/5/17.

14.

Нигора Бахтиёровна Адизова. Оқсоқол Бува, Бола Ва Хон Образлари Қизиқмачоқлар

Талқинида. Ижтимоий Фанларда Инновация онлайн илмий журнали. 2022/1/1.

15.

Nigora Adizova Baxtiyorovna. 3-4-sinf ona tili darslarida qoʻllanadigan tayanch

kompetensiyalar. Барқарорлик ва етакчи тадқиқотлар онлайн илмий журнали.

2022/1/28.

16.

Adizova Nigora Bakhtiyorovna. The Arrival of Great, Child and Khan Images in Interesting.

European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630). 2022/2/24.

17.

Bakhtiyorovna, Adizova Nodira, and Boymuradova Sadoqat. “Use Foreign Experience to

Improve the Reading Literacy of Primary School Students”. Spanish Journal of Innovation

and Integrity 5 (2022): 306-309.

18.

Bakhtiyorovna, Adizova Nodira, and Jamolova Lyubat Ilkhomovna. “Таълим

Муассасаларида

Таълим-Тарбия

Жараёнларида

Интерфаол

Методлардан

Фойдаланишнинг Ҳозирги Кундаги Ҳолати”. Spanish Journal of Innovation and Integrity

5 (2022): 330–333.

19.

Адизова Н. Mikrotoponimlar tasnifi (Buxoro viloyati misolida) // Общество и инновации.

– 2022. – Т. 3. – №. 3/S. – С. 128–132.

20.

Адизова, Нодира. “Mikrotoponimlar tasnifi (Buxoro viloyati misolida)”. Общество и

инновации 3.3/S (2022): 128–132.

21.

A.N. Bakhtiyorovna Work on Fairy Tales in Extracurricular Activities - Spanish Journal of


background image


356

Innovation and Integrity, 2022.

22.

Bakhtiyorovna, Nodira Adizova. “Place Names and Related Concepts Study”. European

Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 14 (2022): 153-157.

References

Адизова Нигора Бахтиёровна. Оқсоқол Бува, Бола Ва Хон Образлари Қизиқмачоқлар Талқинида. Journal of innovations in social sciencesjournal of innovations in social sciences. 02 Issue: 01 | 2022.

Adizova Nigora Bakhtiyorovna. The Arrival of Great, Child and Khan Images in Interesting. European journal of life safety and stability (ejlss). www.ejlss.indexedresearch.org Volume 14, 2022.

Nigora Adizova Baxtiyorovna. 3-4-sinf ona tili darslarida qo'llanadigan tayanch kompetensiyalar. Journal of Advanced Research and Stability. Volume: 02 Issue: 01 | 2022.

A.B. Rakhmonovich, A.N. Bakhtiyorovna. The main motives and tasks of children’s folklore. Emergent: Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL).

Нигора Бахтиёровна Адизова, Ҳилола Худойбердиева. Қизиқмачоқларда оқсоқол ва хон образлари. Scientific progress.

Nigora Baxtiyorovna Adizova. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini o‘stirishda mustaqil ishlarning o‘rni va ahamiyati. Scientific progress.

N.B. Adizova, M. Raimqulova. Use of alisher navoi’s spiritual and enlightenment views in textbooks for grades 1-4. AKTyajibHbie Bonpocbi coBpeMeHHofi Hayku u o6pa3OBaHUH, 121-123.

N.A. Bakhtiyorovna, N.A. Bakhtiyorovna. Anvar obidjon is a children’s poet. Middle European Scientific Bulletin.

A.N. Bakhtiyorovna, E. Dilsora. Visual Aids, Which Are Used in The Educational Process In The Use Of Didactic Games. The American Journal of Social Science and Education Innovations 3 (31), 540-545.

A.N. Bakhtiyorovna, A.N. Bakhtiyorovna. The role of the fun genre in children’s spiritual development. Middle European Scientific Bulletin 4, 38-40.

Adizova Nigora, Adizova Nodira. Alisher Navoiyning tibbiy qarashlari. Conferences.

Н. Адизова, Ш. Нусратова. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish usullari. Общество и инновации. 2022/5/17.

Н. Адизова, Ф. Ибрагимова. Pirls program for student assessment in primary schools. Общество и инновации. 2022/5/17.

Нигора Бахтиёровна Адизова. Оқсоқол Бува, Бола Ва Хон Образлари Қизиқмачоқлар Талқинида. Ижтимоий Фанларда Инновация онлайн илмий журнали. 2022/1/1.

Nigora Adizova Baxtiyorovna. 3-4-sinf ona tili darslarida qoʻllanadigan tayanch kompetensiyalar. Барқарорлик ва етакчи тадқиқотлар онлайн илмий журнали. 2022/1/28.

Adizova Nigora Bakhtiyorovna. The Arrival of Great, Child and Khan Images in Interesting. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630). 2022/2/24.

Bakhtiyorovna, Adizova Nodira, and Boymuradova Sadoqat. “Use Foreign Experience to Improve the Reading Literacy of Primary School Students”. Spanish Journal of Innovation and Integrity 5 (2022): 306-309.

Bakhtiyorovna, Adizova Nodira, and Jamolova Lyubat Ilkhomovna. “Таълим Муассасаларида Таълим-Тарбия Жараёнларида Интерфаол Методлардан Фойдаланишнинг Ҳозирги Кундаги Ҳолати”. Spanish Journal of Innovation and Integrity 5 (2022): 330–333.

Адизова Н. Mikrotoponimlar tasnifi (Buxoro viloyati misolida) // Общество и инновации. – 2022. – Т. 3. – №. 3/S. – С. 128–132.

Адизова, Нодира. “Mikrotoponimlar tasnifi (Buxoro viloyati misolida)”. Общество и инновации 3.3/S (2022): 128–132.

A.N. Bakhtiyorovna Work on Fairy Tales in Extracurricular Activities - Spanish Journal of Innovation and Integrity, 2022.

Bakhtiyorovna, Nodira Adizova. “Place Names and Related Concepts Study”. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 14 (2022): 153-157.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов