Qozoqboy Yo‘ldosh adabiy-estetik qarashlarining o‘ziga xosligi

HAC
Google Scholar
To share
Abdialimova, M. (2024). Qozoqboy Yo‘ldosh adabiy-estetik qarashlarining o‘ziga xosligi. Modern Science and Research, 3(1), 1–3. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27877
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada hozirgi o‘zbek adabiyoti namunalaridagi o‘zgarishlar professor Qozoqboy Yo‘ldosh adabiy-estetik qarashlari misolida tahlil etilgan. Adabiyotshunoslik va tanqidchilik munosabati yoritilgan.

Similar Articles


background image

Qozoqboy Yo‘ldosh adabiy-estetik qarashlarining o‘ziga xosligi

Abdialimova Maxfuza Safarboy qizi

Toshkent Amaliy fanlar universiteti

(mahfuzaabdualimova@gmail.com)

https://doi.org/10.5281/zenodo.10439345

Kalit so‘zlar: Adabiy tafakkur, adabiyotshunoslik, adabiy tanqid, adabiy janrlar, she’riy asarlar, nasriy asarlar, adabiy ta’lim

Annotatsiya:

Ushbu maqolada hozirgi o‘zbek adabiyoti namunalaridagi o‘zgarishlar professor Qozoqboy Yo‘ldosh
adabiy-estetik qarashlari misolida tahlil etilgan. Adabiyotshunoslik va tanqidchilik munosabati yoritilgan.

KIRISH

Adabiy tafakkur, adabiyot sohasidagi bir konsept

bo‘lib, adabiy asarlarini o‘rganish, tahlil qilish va
tushunchalarni o‘z ichiga olgan fikrlash va tadqiqot
jarayonidir. Bu adabiyotning o‘ziga xos tahlil uslubi
va tarzi bilan bog‘liqdir. Yozuvchi yoki
adabiyotshunosning

o‘z

tushunchalarini,

tasavvurlarini va tafakkurini ifodalashga yordam
beradi. Adabiy tafakkur adabiyotshunoslikning eng
yuqori darajasi deb hisoblanadi. Ushbu tafakkur
o‘zining atrof-muhitni, zamonaviy, ijtimoiy va
falsafiyligi,

shuningdek,

shaxsiy

tajribalarni

yaxshilashga

qaratilgan.

Adabiy

tafakkurda

muallifning adabiy asari, uning o‘zaro munosabatlari,
ijodiy jarayoni va yaratish tarzining o‘ziga xosligi
muhim ahamiyatga ega. Adabiy tafakkur odatda turli
adabiy janrlar, shular o‘rtasida hikoya, roman, she’r,
drama, maqola va boshqa uslubiy janrlar orqali
ifodalangan bo‘lishi mumkin. Bu tafakkur asar yoki
shaxsiy maktublar orqali ham bo‘lishi mumkin.
Adabiy tafakkur yozilgan yoki keltirilgan adabiy
asarlardan

o‘rganiladi.

Shunga

ko‘ra,

adabiyotshunoslar o‘zlarining o‘qishlarida va
tadqiqotlarida ko‘plab mualliflar asarlari, ijodiy
qobiliyatlari va tarixiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha
tahlillar olib borishadi. Bu jarayonlarda, muallifning
o‘zining zamoniga va o‘zining tabaqasiga nisbatan
qanday o‘zgarishlarga olib kelishi, uning asarlari va
g‘alati, haqiqati muammo va masalalariga doir
fikrlarini ifodalash lozim. Adabiy tafakkur asosan

o‘zbek, rus, ingliz, fransuz, nemis va boshqa tillar
adabiyotshunoslari

tomonidan

o‘rganiladi

va

o‘rgatiladi. Bu, adabiyot fanlarini o‘qituvchilar,
talabalar,

o‘zbek

adabiyotshunoslari,

adabiy

tanqidchilar va adabiyotni sevgan har qanday
insonlar uchun o‘ziga xos tarbiyalovchi va o‘zini
yaxshilashga yo‘l ochadigan amaliy fan bo‘lib
hisoblanadi.

Adabiy tafakkur shakllanishi uchun o‘z hissasini

qo‘shuvchi insonlar qatoriga nafaqat yozuvchi va
shoirlarni, balki adabiyotshunos va tanqidchilarni
kiritishimiz maqsadga muvofiqdir. Aynan shunday
olimlarizdan biri adabiyotshunos, pedagogika fanlari
doktori, professor Qozoqboy Yo‘ldoshni alohida
ta’kidlash zarur. Qozoqboy Yo‘ldosh ustoz mahoratli
adabiyotshunos, benazir adabiy tanqidchi, mohir
pedagog va adabiyot sohasida yangi yo‘nalish
yaratgan olim. Hozirgi adabiy jarayonga befarq
bo‘lmagan, o‘z munosabatlarini faol ravishda e’lon
qilib boruvchi tanqidchi,adabiyotshunos olim shu
bilan bir qatorda “Adabiyot o‘qitishning ilmiy-
nazariy asoslari” [1] kitobida adabiy ta’lim tizimini
tubdan yangilashning ilmiy-nazariy va tashkiliy
tamoyillari ishlab chiqilgan. Ushbu nashrda tayyor
tushunchalar shunchaki berish bilan emas, balki,
badiiy matn asosida ma’naviy qarashlar, estetik did
qaror topdirish birlamchi ahamiyatga ega ekanligini
ko‘rish mumkin. Ustoz adabiy ta’limni “Yangi
ijtimoy ong talablari darajasida tashkil etishning
tamoyillarini belgilash pedagogika nazariyasi
uchun ham, adabiyot o‘qitish metodikasi uchun ham
kechiktirib bo‘lmaydigan zarurat” ekanini alohida


background image

ta’kidalashi adabiyot o‘qitishni tubdan yangilashning
muhim masalalarini ko‘zda tutadi. Milliy va chet
eldagi ilg‘or pedagogik qarashlarni qiyoslab
o‘rganish, adabiyot o‘qitishda tayaniladigan metodik,
pedagogik va estetik asoslarga yangilanayotgan
pedagogik tafakkur nuqtayi nazaridan yondoshuv
olimning ilmiy tadqiqotlari qimmatining oshishiga
sabab bo‘ldi.

Qozoqboy Yo‘ldosh Usmon Azim ta’biri bilan

aytganda “Qozoqboy Yo‘ldosh -o‘qimishli odam. U
jahon va o‘zbek adabiyotidagi belgilovchi mualliflar
Yozuvchiga to‘g‘ri gap kerakligini biladi. Madad
bo‘lsin deb aytyapti-da.” [2] deb yodga oladi. So‘nggi
jumlaga e’tiborimizni qaratadigan bo‘lsak, insonga
yoxud shoirga nima madad bo‘ladi? Qaysi holatdan
yonida madadkorlar borligini his qiladi? O‘rinli
savol. Shoir yoxud yozuvchiga yangi yozilgan asari
yuzasidan asarni his eta oladigan, badiiyatini to‘la
qila oladigan adabiyotshunosdan asar haqidagi
fikrlarini eshitish madad bo‘ladi. Darhaqiqat,
Qozoqboy Yo‘ldosh o‘tgan asrning 90-yillari
boshlaridan boshlab o‘zining adabiy-tanqidiy
maqolalari bilan matbuotda faol qarnashib, adabiy-
badiiy jarayonga, millat badiiy estetik didiga sezilarli
ta’sir o‘tkazib keladi.Munaqqid e’lon qilgan adabiy-
tanqidiy materiallar: maqola, tezis, taqriz, so‘zboshi
va so‘ngso‘zlari, shuningdek, davra suhbatlari va
bahslardagi

ishtiroki,

suhbatlardagi

mulohazalari,so‘rovnomalarga javoblari ko‘zdan
kechirilsa, adabiy jarayonni muntazam kuzatib
borishiga amin bo‘lish mumkin.Adabiy jarayonni
muntazam kuzatish-haqiqiy tanqidchiga xos muhim
xususiyat.

Ustoz Qozoqboy Yo‘ldoshning faoliyatini

o‘rganish chog‘ida “Haqiqiy olim har sohadan bitta
ma’lumotni, bir sohadan esa hamma ma’lumotni
bilishi kerak” degan ibora o‘z tasdig‘ini topadi. Yillar
davomidagi bildirilgan fikrlari, o‘ylari, darsliklari va
qo‘llanmalarini

o‘rganib

chiqish

jarayonida

ustozning adabiyotshunoslik, metodika, tilshunoslik,
pedagogika sohasida alohida birdey o‘z so‘zini ayta
olish mahoratiga lol qoldim. Shu o‘rinda usozning
sermahsul ishlarini “So‘z yolqini” risolasiga ko‘ra
quyidagi guruhlarga bo‘lib oldim.

She’riy asarlar tahlili qismidan joy olgan adabiy

o‘ylar

1

So‘zga joylangan o‘zlik Azim Suyun

2

Ikki elning shoir

Turshunboy

Adashboyev

3

Mayin isyon ohanglari

O‘ktamoy

4

Ko‘ngil jilvalari

Shahlo Ahrorova

5

El yuragidagi ijodkor

Hamid Olimjon

6

Eskirmas tuyg‘ular
kuychisi

Mirtemir

7

Tuyg‘ular hayqirig‘i

Usmon Azim

8

Ezgu so‘z umri

Shavkat Rahmon

9

Jozib tuyg‘ular jilvasi

Oydinniso

10

Parda ortidagi nafis
tuyg‘ular

Halima

Hudoyberdiyeva

11 Tuyg‘ular navqironligi

Shukrullo

12 Nozik tuyg‘ular ifodasi

Sa’dulla Hakim

13 Erk va g‘urur ohanglari

Xurshid Davron

14

Ko‘ngilga yo‘nalgan
satrlar

Nosirjon

Toshmatov

15

To‘fonga evrilgan
shivirlar

Abdulla Sher

16

Poetik xotiraning
yangilanishi

Xol Muhammad

Hasan

17 Zavolsiz yaproqlar

Jamol Muslim

18

Buyuk qushning
parvozi

Halima

Xudoyberdiyeva

19 Go‘zal iztirob talqinlari

Muhammad

Yusuf

20

Ayriliqning umidbaxsh
tasviri

Zulfiya

21 Suvratlangan ruhiyat

Abdunabi

Boyqo‘zi

22 She’riy ifoda milliyligi

To‘ra Sulaymon

23 Suvratlangan milliy ruh Abdulla Orif
24 Beorom yurak zarblari

Erkin Vohidov



She’riy asarlar tahlili qismida shoirlarning

she’rlari shakl va mazmun jihatdan tahlil etiladi.
Xususan, Buyuk qushning parvozi nomli qismda
Halima Xudoyberdiyevaning she’riyatini tahlil
etarkan I.G‘afurov kitobga yozgan so‘zboshisida:
“She’r bu-xarakter.Shoir qanday bo‘lsa she’ri ham
shunday” [3] degan gaplarini eslaydi Shoir boshqa
,she’rning lirik qahramoni boshqa degan nazariy
qarash hamisha ham oqlamasligini alohida ta’kidlab
o‘tdi.

Nasriy asarlar tahlili qismidan joy olgan adabiy

o‘ylar

1

Badiiyat qirralari

Tog‘ay Murod

2

Nurli tafakkur

Pirimqul Qodirov

3

Sindirilgan taqdirlar
tasviri

Zulfiya Qurolboy
qizi

4

Tasvir harorati

Erkin A’zam

5

Kulgiga esh tasvirlar

Ahmad A’zam

6

Yuksalish manzillari

Omon Muxtor

7

Ruhiy po‘rtanalar
shiddati

Odil Yoqubov

8

Ruhiyat jilolari

Ahmad A’zam

9

Bugunning odami
tasviri

Muhammad Ali

10 Isyonkor ohanglari

Zohir A’lam


background image

11

Badiiy konsepsiyaning
yangilanishi

Ismoil Shomurod

12

O‘ziga xos taqdirlar
tasviri

Abduqayum
Yo‘ldosh

13

Yorqin shaxsiyatning
serqirra ifodasi

Soyim Isoq

14 Milliy nasrdagi voqea

Muhammad
Salom

XULOSALAR

Xulosa o‘rnida shuni aytish joziki, hozirgi

o‘zbek adabiyotining eng o‘zgarmas belgisi uning

to‘xtovsiz

o‘zgarishlar

kechimida

ekanligida.Shuning

uchun

ham

bugungi

adabiyotning taraqqiyot tamoyillarini tayin etish
bajarilishi mushkul yumushlardan hisoblanadi.Bir
zamonlar adabiy asarlarning saviyasi mavzuning
dolzarbligi, ba’zi paytlar tavvirlanayotgan
voqealarning qiziqarli ekani, ayrim davrlarda
badiiy san’atlarning qancha va qanday qo‘llangani
bilan belgilangan bo‘lsa, endilikda adabiyotning

bosh xususiyati hech kimga o‘xshamaslik,
betakrorlik bo‘lib qoldi. Bugun adabiyot uchun
mavzu emas, odam muhimligi sabab olamshumul

mavzular o‘rnini odamshumul tasvirlar egallab
boryapti.Shu bois bir-biriga o‘xshamagan qator
tasvir yo‘nalishlari yuzaga kelmoqda va bu milliy
adabiyotning taraqqiyot darajasini yuksaltirishga
xizmat qilyapti.

FOYDALANILGAN

ADABIYOTLAR

[1]

Yo‘ldosh Q. Adabiyot o‘qitishning ilmiy-nazariy
asoslari.-T.: “O‘qituvchi”,1996. Hajmi: 7,5 bt

[2]

“Deydilarki…”

maqolalar

to‘plami.Toshkent:

PRAVO-PRESS, 2019, 392 b

[3]

Yo‘ldoshev Q. So‘z yolqini.-.: Toshkent: G‘afur

G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2018-
504 b

References

Yo‘ldosh Q. Adabiyot o‘qitishning ilmiy-nazariy asoslari.-T.: “O‘qituvchi”,1996. Hajmi: 7,5 bt

“Deydilarki…” maqolalar to‘plami.Toshkent: PRAVO-PRESS, 2019, 392 b

Yo‘ldoshev Q. So‘z yolqini.-.: Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2018-504 b

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов