XALQ NASRINING KICHIK JANRLARI XUSUSIDA

HAC
Google Scholar
To share
Oripov, A. . (2024). XALQ NASRINING KICHIK JANRLARI XUSUSIDA. Modern Science and Research, 3(1), 1–2. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27880
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek xalq nasrining arxaik namnuasi bo‘lgan To‘maris haqidagi epik syujetning voqeilikning tasvirlash uslubi va epik folklorning faysi janriga mansubligi borasida bahs yuritiladi. Epik voqeilikning bizgacha yetib kelish manbalari qadimgi yunon tarixchilarining asarlarida keltirilgan dallillar tahlilga tortilib, yakuniy xulosaga kelingan. Muallif To‘maris bilan bog‘liq epik syujetda tasvirlangan voqealarni xayoliy uydirma ekanligini asoslagan va bu matnni afsona sifatida talqin etilishini taklif etadi.

Similar Articles


background image

XALQ NASRINING KICHIK JANRLARI XUSUSIDA

Azizjon Oripov, O.S.Qayumov

University of Tashkent for Applied Sciences, Gavhar Str. 1, Tashkent 100149, Uzbekistan Toshkent amaliy fanlar universiteti

O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi. Ilmiy rahbar:TAFU professori, filologiya fanlari doktori.

(oripovazizbek5909@gmail.com)

https://doi.org/10.5281/zenodo.10439361

Annotatsiya :

Mazkur maqolada o‘zbek xalq nasrining arxaik namnuasi bo‘lgan To‘maris haqidagi epik syujetning voqeilikning

tasvirlash uslubi va epik folklorning faysi janriga mansubligi borasida bahs yuritiladi. Epik voqeilikning bizgacha yetib kelish
manbalari qadimgi yunon tarixchilarining asarlarida keltirilgan dallillar tahlilga tortilib, yakuniy xulosaga kelingan. Muallif
To‘maris bilan bog‘liq epik syujetda tasvirlangan voqealarni xayoliy uydirma ekanligini asoslagan va bu matnni afsona sifatida
talqin etilishini taklif etadi.

Kalit so‘zlar

: badiiy tafakkur, epik, janr, bahs, afsona, rivoyat, xayoliy uydirma, hayotiy uydirma.

Xalq badiiy tafakkurining tadrijiy takomilini

oydinlashtirishda ajdodlarimiz epik tafakkuri mahsuli
bo‘lgan mif, afsona va rivoyat singari kichik janrlarni
o‘rganishning alohida o‘rni bor. Sababi katta epik
asarlarning maydonga kelishiga zamin tayyorlagan
kichik janrlar poetik mohiyatida ilk badiiy tasavvur
shakllarini ko‘rishimiz mumkin. Shuning uchun xalq
nasrining kichik janrlari syujeti, motivlar tizimi
o‘zidan keyingi katta epos namunalariga ko‘chgan va
xalq eposining maydonga kelishiga asos bo‘lgan.
Bashariyat tafakkurining ilk bosqichlarida qadimgi
odamlar kichik-kichik hikoyalar ijro etishganlar.
Mana shu hikoyalarda ularning olam va odamga
munosabatlarini ifodalash, inson hayotiga dahldor
bo‘lgan ijtimoiy hodisalarni tasvirlash uslublari o‘ylab
topilgan.

Folklorshunoslar mif ibtidoiy odamlarning

olamni yaratilishi haqidagi g‘oyalarini tashuvchi
tasavvur[Jo‘rayev M.1995. S. 66.], xalqning ilk
og‘zaki nasriy asari [Qayumov O. 2020. – B. 134.],
xalq ertaklarining tarixiy asosini tashkil etuvchi
unsur[

Propp V. Ya. 1998.

] sifatida talqin etilib

kelinadi. Shaklan bir-biriga yaqin bo‘lgan bu uch
janrning o‘xshash va farqli tomonlari bor albatta.
Ularning

mushtarak

tomonlari

quyidagilarda

ko‘rinadi:

1.

Hajm jihatdan ixcham syujetli.

2.

Og‘zaki asarda tasvirlangan hodisalar
birgina voqea zaminiga quriladi.

3.

Istalgan shaxs tomonidan, istalgan joyda
ijro etiladi.

Ammo, mif afsonadan va rivoyatlardan

keskin farq qiluvchi tomonlarga ham ega.Mifda
tasvirlangan

voqealar

fantastikaga

asoslanadi,

afsonalarda

xayoliy

uydirma

gap

asoslanadi,

rivoyatlarda

esa

hayotiy

uydirmaga

asoslaniladi[Imomov K. 2008. – B. 87-88; Jo‘rayev M.
1996.– B. 28-34; Sattorov U.F. 2000.– B. 45-48;
Jumayev Z. 1999. – B. 44-46.]. Afsona va
rivoyatlarning janr tabiati ustoz folklorshunos
olimlarimiz tomonidan aniqlanganligi uchun biz

birgina tarixiy og‘zaki mantning tabiati borasida baxs
yuritishni lozim topdik. Zero, ayni shu matn maktab
o‘quv adabiyotlarida ham chalkash holda berilib
kelinmoqda.

Milliy

qahramonimiz,

qadimgi

davr

folklorining yorqin obrazlaridan biri To‘maris
haqidagi epik nasrga fikrimizni qaratamiz.Tarixning
otasi bo‘lgan Geradodning ”Tarix” kitobida To‘maris
ishtirok etgan jang voqealarni yozib qoldirgan.
To‘maris qahramonligi va uning Kir II bilan jangi
borasida

antik

davr

yozuvchilari

Strabon, Polien, Kassiodor i Iordan

larning asarlarida

ham ma’lumotlar qayd etilgan [The Origin And Deeds
Of The Goths.
2023]. To‘maris manbalarda Eron
malikasi, forsiylar hukmdori buyuk Kir II bosqiniga
qarshi tura olganligi aytiladi. Biroq gʻarb olimlari Eron
malikasining turkiy qavmga daxldorligi masalasida
gapirmaydilar. Aslida Eron hududlarida ham qirm
turkiylar

istiqomat

qilishgan.

Turkiylar

va

forsiylarning tili turli bo‘lganligi sababli ular ajralib
turishgan. Massagetlar esa bizningcha asl turkiy
ajdodlar bo‘lishi mumkin. To‘maris Turon xalqining
axmoniylar bosqiniga qarshi kurashda rahbarlik qilgan
dastlabki mard ayol bo‘lgan. Axmoniylar sarkardasi
Kir II bilan o‘tmishda bu jang bo‘lib o‘tganligi tarixiy
fakt. To‘marisning yosh, navqiron bo‘lgan o‘g‘li
Spargapisni [Dovatur A.I., Kallistov D.P., Shishova
I.A. 1982. – S.91] hiyla yo‘li bilan o‘ldirgan. Bu
mudhish

hodisadan

g‘azablangan

To‘maris

keyinchalik massaget qabilasining so‘nggi umidi
sifatida o‘zi jangga kirishadi. Jangda To‘maris yengib
chiqadi. Jang dahshatli bo‘ladi va ko‘p odam halok
bo‘ladi xalq qiynaladi. To‘maris Kir II ni “tirikligida
qonga to‘ymadi zero o‘lganida to‘ysin” deb kallasini
chopib qon to‘ldirilgan mesh(xum)ga bo‘ktiradi. Ba’zi
manbalarda odam qoni degan ba’zilarida esa faqat
qon. Tarixchi A.I.Davarturning aniqlashicha, boshqa
manbalarda Tumaris, raqibining boshsiz tanasini
maydalab tashlagan. Olim Gerodotning tarix kitobi 1-
tom 214-sahifasida Tumaris Kirning tanasidan uzilgan
boshini vino to‘ldirilgan meshga bo‘ktiradi, - deb qayd
etilganligini yozadi. Geradodning kitobi bo‘yicha
mulohaza qilyapmiz unda daryoning oldida jang


background image

bo‘lganligi tufayli daryoda suvni o‘rnida qon oqqan
deb tasvirlaydi. Tasavvurga sig‘masa-da, faktlarda
keltirilgan. Mazkur epik voqealarni tasvirlagan
xalqning og‘zaki asari nima bo‘lganda ham
Gerodotning sharofati bilan bizgcha yetib kelgan. Bu
epik matnning afsona yoki rivoyat ekanligi unda
tasvirlangan

detallar

mohiyatidan,

tasvirlangan

voqealarning tinglovichi tomonidan qay tariqa qabul
qilinishi bilan belgilanishi lozim.

Komiljon Imomovning yozishicha, afsonani

shakllantiradigan xossalari mavjud bo‘lgan oltinchi
xossasiga e’tibor qaratamiz “Oltinchidan, bu janrda
zamon va makon talqini alohida axamiyat kasb etgan.
Voqea vaqti kankret emas, tarixiy fakt, hodisalar
noaniq zamonda yuz bergan qadimda, bir zamonlarda,
bir vaqtlarda kabi detallarda tavsiflangan. Biroq
makon va qahramon tarixda o‘tgan mashhur shaxs
nomi aniq ko‘rsatiladi. Afsona vaqti uzoq o‘tgan
zamonga yo‘naltirilgan”bo‘ladi[Imomov K. 2008. –
B. 87-88].

Gerodot keltirgan mantdagi To‘maris bilan

bog‘liq bu xossalarga ma’lum miqdorda mos kelyapti,
tarixiy shaxs haqida hikoya qilingani va tarixiy dalil
keltirilgani tinglovchini biroz chalg‘itadi. Tinglovchi
uni

rivoyat

deb

tushunishi

ham

mumkin.

Folklorshunos M.Raxmonova o‘z risolasida tarixiy
asarning yetakchi belgisi muayyan tarixiy shaxs yoki
tarixiy voqea-hodisa haqida hikoyaning badiiy
ifodasida deb hisoblaydi. Shuningdek, olima tarixiy
rivoyatlarda tasvirlangan tarixiy voqealar xayoliy
uydirmaga asoslanadi, - deb uqtiradi[Raxmonova M.
2001. – B. 24.]. To‘maris bilan bog‘liq epik
voqelikning rivoyat bo‘lishiga to‘sqinlik qilayotgan
asosiy detal Kir II ni boshini qon to‘ldirilgan meshga

bo‘ktirish bo‘lyapti. Raqibning boshini qon
to‘ldirilgan meshga bo‘ktirish motiviga tinglovchi
tomonidan shubha tug‘iladi, ya’ni bu hodisaga u qadar
ishonmaydi. Chunki jang bo‘lib yotgan paytda bir
mesh qonni qayerdan oladi? Yoki daryoda qon oqish
motivi ham xayoliy uydirmadir. Tarixiy xaqiqatni aks
ettirish va bayon qilingan voqealar tinglovchi
tomonidan haqiqat sifatida qabul qilinishi – bu
rivoyatga xosdir[Imomov K. 2008. – B. 87-88]. Lekin
istisno tariqasiyam bor. Urush vaqtida jonliq so‘yib
qonini olib qo‘ygan, buni o‘sha halok bo‘lgan
o‘g‘lining o‘limidan so‘ng rejalashtirib qo‘ygan degan
fikr ham yo‘q emas. Biroq buni inson qoni deydiganlar
ham bor. Geradotning “Tarix”kitobida guvohi
bo‘lganman daryoda suvni o‘rniga qon oqqan deb
aytgan joyini ta’kidlagan edik. To‘marisning bundan
maqsadi xalqqa bizga dushman bo‘lganlarni ahvoli
shu bo‘ladi,- deb ko‘rsatib qo‘ygan, bo‘lishi ham
mumkin.

Bundan

tashqari

To‘maris

haqidagi

qaraqalpoq afsonasida To‘maris raqib bilan jangda
nayzasining uchiga bir sanchganda uch-to‘rtta Kirning
askarlarini tizib chetga uloqtirib yuborganligi
aytiladi

1

. To‘maris hikoyasining qaraqalpoq versiyasi

uning to‘laqonli afsona ekanligini ko‘rsatib turibdi.

Xullas, To‘maris bilan bog‘liq epik matn

tinglovchi tomonidan shubha bilan qabul qilinadi.
Undagi qon detali bilan bog‘liq motivlar xayoliy
uydirma mahsuli sifatida qaralishi maqsadga muvofiq
keladi. Garchi bu epik nasr uzoq o‘tmishda sodir
bo‘lgan tarixiy voqea-hodisaning tavsiloti ifodasiga
bag‘ishlangan bo‘lsa-da, janr nuqtai nazardan afsona
sifatida baholanmog‘i lozim

.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1

.Геродота:

тексты,

перевод,

комментарий. – М.: Наука, 1982. – С.91. (455 с)

2.

Доватур А. И., Каллистов Д. П., Шишова И.

А. Народы нашей страны в «Истории»
Геродота :

тексты,

перевод,

комментарий. – М.: Наука, 1982. — 455 с. —
(Древнейшие источники по истории народов
СССР).

3. Жўраев М. Ўзбек халқ самовий афсоналари.
– Тошкент, Фан, 1995. – С. 66.
4. Жўраев М. Ўзбек халқ насри намуналарини
тасниф қилиш мезонлари// Ўзбек тили ва
адабиёти. 1996. 5-сон. – Б. 28-34;

5.Жумаев З. Тарихий ривоятларнинг ўзига хос
хусусиятлари// Ўзбек тили ва адабиёти. 1999.
2-сон. – Б. 44-46.
6.Имомов К. Ўзбек халқ насри поэтикаси, –
Тошкент, Фан, 2008. – Б. 87-88;

7.Пропп
В. Я. Исторические корни волшебной сказки.
– М.: Лабиринт 1998.

8.Сатторов У.Ф.Топонимик ривоятларнинг
Ўзига хос хуссиятлари // Ўзбек тили ва
адабиёти. 2000. 6-сон, – Б. 45-48.
9.Рахмонова

М.

Ўзбек

халқ

тарихий

афсоналари. – Тошкент, Фан, 2001. – Б. 24.
10. Қаюмов О. Ўзбек шомон маросим
фолклори. – Тошкент, Иқтисод-молия, 2020. –
Б. 134.

1

Afsona biz tomonimizdan 2022-yil 10-oktabrda

qaraqalpog‘istonlik 20 yoshar Danagul Orazovadan yozib
olingan.

References

.Геродота: тексты, перевод, комментарий. – М.: Наука, 1982. – С.91. (455 с)

Доватур А. И., Каллистов Д. П., Шишова И. А. Народы нашей страны в «Истории» Геродота : тексты, перевод, комментарий. – М.: Наука, 1982. — 455 с. — (Древнейшие источники по истории народов СССР).

Жўраев М. Ўзбек халқ самовий афсоналари. – Тошкент, Фан, 1995. – С. 66.

Жўраев М. Ўзбек халқ насри намуналарини тасниф қилиш мезонлари// Ўзбек тили ва адабиёти. 1996. 5-сон. – Б. 28-34;

Жумаев З. Тарихий ривоятларнинг ўзига хос хусусиятлари// Ўзбек тили ва адабиёти. 1999. 2-сон. – Б. 44-46.

Имомов К. Ўзбек халқ насри поэтикаси, – Тошкент, Фан, 2008. – Б. 87-88;

Пропп В. Я. Исторические корни волшебной сказки. – М.: Лабиринт 1998.

Сатторов У.Ф.Топонимик ривоятларнинг Ўзига хос хуссиятлари // Ўзбек тили ва адабиёти. 2000. 6-сон, – Б. 45-48.

Рахмонова М. Ўзбек халқ тарихий афсоналари. – Тошкент, Фан, 2001. – Б. 24.

Қаюмов О. Ўзбек шомон маросим фолклори. – Тошкент, Иқтисод-молия, 2020. – Б. 134.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов