“Mehrobdan chayon” asari leksikasining statistik tahlili
Surayyo Ziyotova
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko‘chasi 1-uy, Tashkent 100149,
O‘zbekiston
https://doi.org/10.5281/zenodo.10439717
Kalit so‘zlar:
statistik metod, termin, leksema, turkiy, arabiy, fors-tojik ma’no torayishi, sema, ma’no kengayishi,
diaxron aspekt.
Annotatsiya:
Til – jamiyatda sodir bo‘lgan voqelik va o‘zgarishlarni o‘zida namoyon qiladigan, tadrijiy rivojlanib
boradigan hodisadir. Til va jamiyat uzviy tarzda bir-biri bilan bog‘liq ekan, lug‘at tarkibi asrlar
davomida o‘zgaradi. Jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy muhit, davr, jamiyatdagi o‘zgarish, shu jarayonni
ifodalovchi ijtimoiy-siyosiy leksemalarda o‘z aksini topadi. Ma’lumki, har bir asar tili o‘ziga xos
leksik ko‘lamiga ega. Bunga shu asar yaratilgan va asar voqealari ifodalangan davr, intralingvistik va
ekstralingvistik omillar ta’sir qiladi. “Mehrobdan chayon” asari leksikasi XIX asr oxiri xonliklar
davri XX asr jadidlar davriga oid ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy, ma’rifiy-maishiy
tushunchalarni aks ettiruvchi lug‘aviy birliklarni qamrab oladi. Mazkur maqolada Abdulla
Qodiriyning “Mehrobdan chayon” asari leksikasi statistik tahlil qilingan hamda leksik birliklar
tarixiy-etimologik jihatdan tadqiqi qilingan.
1. KIRISH
Xalq tafakkurining rivojlanishi, bevosita til
taraqqiyotiga ta’sir qiladi. XX asr boshlari jadidchilik
g‘oyasi keng tarqalgan, har bir jabhada yangilanish
yuz berayotgan bir davr edi. Jadid adabiyoti leksikasi
shu davrda yaratilgan yozma manbalar, asarlar orqali
tadqiq qilinadi. Abdulla Qodiriy – o‘zbek millatining
suyukli adibi, o‘zining yuksak ma’naviy adabiy-
estetik tafakkuri bilan bir qancha durdona asarlar
yaratdi. Ma’lumki, har bir asar tili o‘ziga xos leksik
ko‘lamiga ega. Bunda asar voqealari ifodalangan
davr, intralingvistik va ekstralingvistik omillar katta
o‘rin tutadi. “Mehrobdan chayon” asari leksikasi XIX
asr oxiri xonliklar davri, XX asr jadidlar zamoniga
oid ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy, ma’rifiy-
maishiy tushunchalarni aks ettiruvchi lug‘aviy
birliklarni qamrab oladi. Abdulla Qodiriy nafaqat o‘z
davri, balki bugungi kun uchun muhim bo‘lgan
“O‘tgan kunlar” va “Mehrobdan chayon” romanlarini
yozdi. Adib so‘zdan foydalanish mahorati, tilga
munosabat borasida talabchan ijodkordir. Keltirilgan
ushbu parcha fikrimiz isbotidir:
“Yo‘sinsiz ravishda
xotiraga kelgan har bir so‘zdan jumlalar to‘qimoq
fazilat sanalmaydi. So‘z qolip, fikr uning ichiga
quyilgan g‘isht bo‘lsin, ko‘pchilik xumdonidan pishib
chiqqach yangi hayot ayvoniga asos bo‘lib yotsin.
So‘z so‘zlashda va ulardan jumla tuzishda uzoq
andisha kerak. Yozuvchining o‘zigina tushunib,
boshqalarning tushunmasligi katta ayb, fikrning
ifodasi xizmatiga yaramagan so‘z va jumlalarga
yozuvda aslo o‘rin berilmasligi kerak” [Qodiriy,
1969: 186].
2. MAVZUGA OID
ADABIYOTLAR TAHLILI
Tilshunoslikda
yozma
va
qo‘lyozma
manbalar leksikasini statistik usulda o‘rganish
bo‘yicha ilmiy ishlar qilingan. Xususan, Navoiy
asarlari tilida 26035 ta [Bafoyev, 1983: 19], “Devoni
Munis”da 5500 atrofida [Abdulxayrov, 1996: 23],
Boburning “Mubayyin” asarida 2616 ta, “Aruz”
asarida 2230 ta “Devon” ida 3304 ta so‘z
qo‘llanilganligi [Ibrohimov, 2008: 16], shuningdek,
“Boburnoma” lug‘at tarkibini 27970 ta leksik birlik
tashkil etishi [Xolmanova, 2007: 21], “Qisasi
Rabg‘uziy”da 5111 ta [Abdushukurov, 2017: 16],
“Alisher Navoiyning manoqib asarlari leksikasi”da
takrorlarsiz 3862 ta [Xo‘janiyazova, 2022: 11],
“Qutadg‘u bilig”da 3370 ta [Xolmuradova, 2020: 15],
Navoiy asarlarida 1400 ga yaqin qadimgi turkiy va
eski turkiy tilga oid so‘zlar [Egamova, 2008: 25]
mavjudligi mutaxassislar tomonidan hisoblab
chiqilgan.
3. TADQIQOT
METODOLOGIYASI
Ma’lumki, “so‘nggi yillarda statistik usul
turli sohalar kabi filologiyada, xususan, lingvistikada
keng qo‘llanmoqda va ushbu usul lingvostatistika
nomini oldi. Tilshunoslikda statistik usulni qo‘llash
shunchaki maqsad emas, balki tilning nihoyatda
murakkab tuzilishi, uning amal qilish sirlarini
bilishda an’anaviy usul bilan birgalikda qo‘llanadigan
vositadir” [Ibragimov, 2008: 5]. S.Rizaev “hozirgi
tilshunoslikda til hodisalarini tekshirishda uch
bosqich mavjudligi haqida ma’lumot beradi. Bular: 1)
statistik
kuzatish
yoki
hisoblash.
Bunda
tekshirilayotgan hodisa haqida aniq ma’lumotlar olish
uchun faktlar qayd qilinadi; 2) raqamlar bilan
berilgan ma’lumotlarning to‘plangan natijasi. Bunda
statistik kuzatuv natijasida to‘plangan barcha faktlar
har tomonlama sistemalashtiriladi, guruhlashtiriladi
va ma’lum tartib asosida joylashtiriladi; 3) tahlil
qilish.
Bu
bosqichda
ikkinchi
bosqichdagi
natijalarning asosiy mazmuni oydinlashadi, ya’ni
miqdoriy xarakteristikasi beriladi” [Rizayev, 2006:
8]. “Tilshunoslikda statistik usul shunchaki
qo‘llanmaydi, balki ma’lumotlarni asosli va ishonchli
bo‘lishini ta’minlaydi” [Ibragimov, 2008: 13].
4. TAHLIL VA NATIJALAR
Statistik metodga asoslangan tadqiqotlar
ma’lum bir davr tili, yozuvchining uslubi va tildan
foydalanish mahorati to‘g‘risida kerakli xulosalar
beradi. Shu bois, Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan
chayon” romani leksikasini tarixiy-etimologik tahlil
qilish jarayoni statistik metod orqali amalga oshirildi.
Tadqiqot obyekti qilib olingan “Mehrobdan chayon”
asarida foydalanilgan umumiy so‘zlar soni takrorlar
bilan – 53224, takrorlarsiz – 5387 tani tashkil etadi.
Kompyuterning
maxsus
dasturlari
yordamida
“Mehrobdan chayon” asarining elektron matni
yaratildi hamda alfavitli-chastotali lug‘at tuzildi.
Mazkur dastur orqali asardagi eng faol ishlatilgan
so‘zlar miqdori aniqlandi va tahlil qilindi.
“Mehrobdan chayon” leksikasining genetik
tarkibi quyidagi diagrammada keltirilgan:
Statistik tahlil natijasi quyidagilarga
asoslanildi:
1. Barcha so‘z turkumlariga oid so‘zlar
(otlar bosh kelishik, fe’llar infinitiv shaklida olindi).
2. Qo‘shma so‘zlar bir lug‘aviy birlik
sifatida olindi.
3. Paremiologik, frazeologik birliklar, izofali
birikmalar bir leksik birlikka teng deb hisoblandi.
Asarda turkiy so‘zlar 70,1%, arabiy so‘zlar
17,9%, fors-tojikcha so‘zlar 11,6% va boshqa
tillardan o‘zlashgan so‘zlar 0,2 foizni tashkil qiladi.
Demak, asar lug‘at tarkibida turkiy so‘zlar asosiy
o‘rinni egallaydi. Maishiy leksika, inson a’zolari,
qavm-qarindoshlikka doir so‘zlarda turkiy so‘zlar
samarali qo‘llanilgan. Arabcha va fors-tojikcha
so‘zlar asosan diniy, ijtimoiy-siyosiy, ta’lim
sohalarida keng ishlatilgan. Turkiy leksemalarning
asosiy mavqega ega ekanligi Abdulla Qodiriyning
ona tili so‘z boyligiga bo‘lgan munosabati, asar
voqealari tasvirlangan davrda o‘z qatlamning tutgan
o‘rnini belgilashga imkon yaratadi.
Ilm ahliga yaxshi ayonki, muayyan tildagi
so‘zlar
grammatik
belgilari
va
semantik
xususiyatlariga ko‘ra guruhlarga ajratiladi. Shu
ma’noda, Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon”
asarida ham turli so‘z turkumlariga doir leksemalar
keltirilganki, quyida ularning statistikasi xususida
ma’lumot berishga harakat qilamiz.
Shaxs, narsa-predmetni ifodalovchi so‘zlar.
“Mehrobdan chayon” lug‘at tarkibida takrorlarsiz
2789 ta, takrorlar bilan 21743 ta ot turkumiga oid
leksema qo‘llanilgan, uning 2539 tasi turdosh ot, 250
tasi atoqli ot hisoblanadi. 2539 ta turdosh otdan 2290
tasi tub so‘zlar, 249 tasi yasama leksemalarni qamrab
oladi. 250 ta onomastik birlikdan 206 tasi
antroponimlar, 37 tasi toponimlar, 7 tasini asar
nomlari tashkil etadi. Shuningdek, o‘rganilayotgan
manbada 39 ta izofali birikma ishlatilgan.
Shaxs, narsa-predmetni ifodalovchi so‘zlar
quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin:
a) shaxsni bildiruvchi otlar:
ayol, erkak,
yigit, qiz, bola, go‘dak, beva, tul, er, xotin, rafiqa,
yor, oshiq, mashuq, yov, dushman, do‘st, oshna,
raqib, guvoh, qo‘shni, hamsoya, zarnoshunos,
ziyoratchi, iltimoschi, zakotchi, sarkor, munshiy,
arizachi, doya, xizmatchi, soqchi, qalamkash, tabib
va h.k.;
b) narsa-buyumni anglatuvchi otlar:
arava,
arqon, koptok, kiyiz, kitob, qalam, dovot, barkash,
mo‘ndi, nil, oybolta, shol, chilcharog‘, childirma,
chiviq, savag‘ich, xurjun, xalta, xum, polos, taqim,
tavq, jevak, buloqi
va h.k.;
d) o‘rin-joyni bildiruvchi otlar:
axtaxona,
bog‘, bozor, bo‘ston, g‘or, g‘aribxona, gulshan,
dahliz, diyor, do‘kon, ishxona, karvonsaroy,
ko‘pruk, ko‘cha, qir, qirg‘oq, qishloq, qozixona,
qorixona, madrasa, maydon
va h.k.;
e) mavhum tushunchani ifodalovchi otlar:
adab, adovat, adolat, ajal, azm, azob, aql, alam,
andisha, araz, axloq, baraka, baxt, bo‘hton, vijdon,
g‘azab, g‘am, dard, dil, do‘stliq, jabr, janjal,
jasorat, jafo, zavq, zakovat, ilinj, insof, iroda, ishq,
kahr, ko‘ngil, quvonch, qo‘rqunch
va h.k;
f)
faoliyat-jarayoni
anglatuvchi
otlar:
adabsizlik, azkiyachilik, amaliyot, bandachilik,
baxtiyorliq, biylik, bolaliq, bo‘yoqchiliq, bo‘zchiliq,
vijdonsizlik,
dasturxonchilik,
daftardorliq,
dushmanlik,
zarnoshunosliq,
itoatsizlik,
yo‘lboshchiliq,
kambag‘alchiliq,
qiziqliq,
nag‘manavozliq
va h.k.
Belgi-xususiyatni
bildiruvchi
so‘zlar.
Predmet, holat va voqea-hodisaning belgisini,
xossa-xususiyatini ifodalash uchun xizmat qiluvchi
so‘zlar sifat [Sodiqova, 1975: 6] deb ataladi. Sifat
leksemalardan nutq jarayonida, jumladan, badiiy
matnlarda o‘rinli va oqilona foydalanish uslubiy
ta’sirchanlikni oshirish, ma’noni kuchaytirishning
muhim vositalardan biri sanaladi [Pardayev, 2004:
19]. Asar lug‘at tarkibida sifatlar soni takrorlarsiz
825 ta, takrorlar bilan 3500 tani tashkil qiladi.
Ushbu sifatlar quyidagicha guruhlarga ajratildi:
a) belgini bildiruvchi sifatlar:
alamzada,
asabiy, baxil, badjahl, dudama, jasur, jiddiy, jirtak,
johil, loqayd, laqma
va h.k.;
0
5000
10000
15000
20000
25000
30000
35000
40000
takror
takrorsiz
b) holatni ifodalovchi sifatlar:
baquvvat,
bulg‘anch, bo‘liq, go‘zal, yangi, eski, issiq, sovuq,
boy, badavlat, qashshoq, tinch
va h.k.;
d) rang-tusni anglatuvchi sifatlar:
gungurt,
zangor, zafar, zarcha, ko‘k, qizil, qora, lojuvard,
malla, niligun, olan, pushti, sariq, xazro
va h.k.;
e) shakl-o‘lchovni bildiruvchi sifatlar:
azim,
baland, bahaybat, burda, g‘o‘labur, jajji, jikkak,
ingichka, yirik, keng, og‘ir, egri, yumaloq
va h.k.;
f) maza-ta’mni ifodalovchi sifatlar:
achchiq,
bemaza, laziz, tansiq, tuzsiz, shirin
va h.k;
g) hidni anglatuvchi sifatlar:
muattar;
h) makon-zamonni bildiruvchi sifatlar:
burung‘i, ichki, keyingi, qishin, oxirg‘i, tashqi,
hozirgi, ertalabki
va h.k.
Miqdor-sanoqni
anglatuvchi
so‘zlar.
Predmetning sanog‘i, miqdorini bildirib keluvchi
so‘z sonlar hisoblanadi. Til sistemasida ma’lum bir
guruh so‘zlar borki, ular abstrakt sonni, miqdorni,
sanoqni,
to‘g‘rirog‘i,
predmetning
sanash,
joylashish,
bajarilish
tartibini
bildiradi
[Abdushukurov, 2017: 31]. O‘rganilayotgan asar
lug‘at tarkibida takrorlarsiz 41 ta sanoq son mavjud,
takrorlar bilan 1623 ta son so‘z turkumiga doir
so‘zlar ishtirok etgan va ular ikki ma’noviy guruhga
bo‘lindi:
a) tartib sonlar:
birinchi, ikkinchi, uchinchi,
to‘rtinchi,
sakkizinchi,
to‘qqizinchi,
yigirma
ikkinchi
va h.k.;
b) miqdor sonlar:
bir, besh, bir yuz yigirma,
bir yuz elliy besh, еtti, ikki, ikki yuz, yigirma,
yigirma besh
va h.k.
Asarda predmetning o‘lchovini numerativ
so‘zlar vositasida ifodalangan o‘rinlar mavjud va
ular quyidagilar:
a) yakkalab hisoblash uchun ishlatilgan
numerativlar:
dona, nafar, tup;
b)
to‘dalab,
guruhlab
hisoblashda
qo‘llanadigan numerativlar:
to‘p, quchoq, hovuch;
d) butun va to‘daning qismi sifatida
foydalaniladigan numerativlar:
paysa, hovich,
shingil, og‘iz, burda, qatra, poy;
e) og‘irlikni hisoblash uchun ifodalovchi
numerativlar:
botmon, qadoq, paysa;
f) uzunlik va masofani o‘lchash uchun
ishlatiladigan numerativlar:
adim, gaz, qadam,
qarich, quloch, tanob, chaqirim;
g)
vaqt
tushunchasi
bilan
bog‘liq
numerativlar:
soat, oy, yil;
h)
qiymat
o‘lchovini
bildiruvchi
numerativlar:
tanga, aqcha, chaqa, oltin.
Holatning belgisini ifodalovchi so‘zlar
.
Ravishlar mustaqil ma’noli o‘zgarmas so‘z turkumi
bo‘lib, u belgi, miqdor yoki holatni, o‘rin, payt
ma’nosini ifodalaydi va bu jihatidan ot, sifat, songa
yaqin turadi [Sayfullayeva, 2010: 255].
Mazkur
o‘rganilayotgan manbada takrorlarsiz 226 ta ravish,
takrorlar bilan 3136 ta ravish ishtirok etgan.
Ularning ma’noviy guruhlari quyidagicha:
a) holat ravishi:
arang, arslonlarcha,
banogoh, birdan, butunlay, jim, jasurona, qat’iyan,
qo‘rqa-pisa, mazlumona, tasodifan
va h.k.;
b) payt ravishi:
avval, burun, bultur, darrov,
darhol, nihoyat, oylab, tokay, hali, hamisha,
hamon, hanuz, endi, ertalab, yana
va h.k.;
d) o‘rin ravishi:
ichkarida, narida, ostida,
tashqarida, tagida
va h.k.;
e) miqdor-daraja ravishi:
andak, atigi,
behad, biroz, bisyor, ko‘p
va h.k.;
f) maqsad ravishi:
ataynoq, jo‘rttaga.
Ishora bildiruvchi so‘zlar.
Asar tilida
takrorlarsiz 77 ta, takrorlar bilan 5172 ta olmosh
qatnashgan. Ma’noviy turlari quyidagicha keltirildi:
a) kishilik olmoshi:
biz, man/men, san/sen,
siz, u/ul, ular;
b) ko‘rsatish olmoshi:
ana, andog‘, anovi,
bu, mazkur, mana, manovi, munday, mundan, ul,
o‘sha, ushbu, shu
va h.k.;
d) o‘zlik olmoshi:
o‘z;
e) so‘roq olmoshi:
qaysi, qanaqa, qanday,
qani, qancha, qachon, nachuk, ne, nega, negaki,
necha, nechta, nima
va h.k.;
f) gumon olmoshi:
allakim, allaqayoq,
allaqaysi, allaqancha, birav, kimdir, qandaydir,
nedir, nimadir
va h.k.;
g) belgilash olmoshi:
bari, barcha, jami,
hamma, har bir, har kim, har qaysi, har qanday,
har qancha, har qachon, har narsa, har nachuk
va
h.k.;
h) bo‘lishsizlik olmoshi:
hech bir, hech kim,
hech narsa.
Harakat va holatni anglatuvchi so‘zlar.
“Mehrobdan chayon” leksikasida takrorlarsiz 1255
ta, takrorlar bilan 12968 ta fe’l qatnashgan. Ular
quyidagi semantik guruhlarga ajratildi:
a) harakat fe’llari:
aylanmoq, bukmoq,
bormoq, jo‘namoq, yugirmoq, kavlamoq, kezinmoq,
qayirmoq, qoqmoq, qochmoq, qo‘zg‘almoq
va h.k.;
b) holat fe’llari:
azoblamoq, aynimoq,
bo‘zarmoq,
garangsimoq,
g‘ingshimoq,
darmonsizlanmoq,
zavqlanmoq,
ivimoq,
kunchilamoq
va h.k.;
d) nutqiy faoliyat fe’llari:
aljiramoq, bayon
qilmoq,
baqirmoq,
bahslashmoq,
gapirmoq,
so‘zlamoq, javramoq, koyimoq
va h.k.;
e) aqliy faoliyat fe’llari:
bilmoq, idrok
qilmoq, anglamoq, tusmollamoq, fahmlamoq, fikr
qilmoq, xotirlamoq
va h.k.;
f) sezgi fe’llari:
ko‘rmoq, hidlamoq,
iskamoq,
og‘rimoq,
sovqotmoq,
isimoq,
salqinlamoq
va h.k.
Yordamchi so‘zlar.
Roman lug‘at tarkibida
takrorlarsiz 74 ta yordamchi so‘z turkumi ishtirok
etgan, takrorlar bilan 3988 marta qo‘llangan:
a) ko‘makchilar:
binoan, birla, bilan, bois,
bo‘ylab, kabi, ko‘ra
va h.k.;
b) bog‘lovchilar:
agar, agarchandi, ammo,
basharti, voloki, illo, to
va h.k.;
d) yuklamalar:
aslo, asti, bamisoli, -ku,
misli, faqat, hatto, hech
va h.k.
Alohida so‘zlar.
Asarda taqlid, undov, modal
so‘zlari takrorlarsiz 101 ta, takrorlar bilan 1142 marta
keltirilgan:
a) taqlid so‘zlar:
g‘uldir-g‘uldir, gum-gum,
qir-qir, ho‘ngir-ho‘ngir
va h.k;
b) undov so‘zlar:
borakallo, vax, voy,
voyboyov, dod, yopiray, labbay
va h.k;
d) modal so‘zlar:
avvalo, alalxusus, albatta,
attang, aftidan
va h.k.
Asarda 40,8 foiz so‘zlar ot so‘z turkumiga
tegishli. Romanda takrorlarsiz son, olmosh so‘z
turkumi kam ishtirok etsa-da, lekin takrorlar hisobiga
asar tarkibida keng qo‘llangan.
“Mehrobdan chayon” asarida qo‘llanish
chastotasiga ko‘ra koeffitsenti yuqori bo‘lgan so‘zlar
statistikasi:
Mavjud statistik ma’lumotlarga ko‘ra, asar
so‘z boyligida yuqori chastotadagi Anvar
antroponimi bo‘lsa-da, eng baland chastotali so‘zlar
olmoshlar hisoblanadi.
O‘z qatlam.
Asar
leksikasi
tarixiy-
etimologik genezisiga ko‘ra o‘z va o‘zlashgan qatlam
so‘zlaridan tashkil topgan. Har bir tilning taraqqiyoti,
rivojlanishi o‘z qatlamga oid birliklar bilan
chambarchas bog‘liqdir. O‘z qatlam deganda aslan
shu tilniki bo‘lgan leksemalar va shular asosidagi
yasalishlar, shuningdek, o‘z affiks bilan boshqa til
so‘zlaridan hosil qilingan leksemalar tushuniladi
[Tursunov, 1992: 173]. O‘z qatlam doirasidagi
so‘zlar avvalo, tilimizning umumiy boyligini o‘zida
namoyon qiladi va bu, o‘z navbatida, ularni tarixiy
yodgorliklar tili bilan solishtirish negizida til tarixi va
etimologiyasi uchun qimmatli xulosalar chiqarishga
imkon beradi [Egamova, 2007: 24]. Shu bois,
“Mehrobdan chayon” asarida foydalanilgan o‘z
qatlamga
oid
leksemalarni
quyidagi
tartibda
tasnifladik: a) tub turkiy so‘zlar; b) turkiy so‘zlardan
yasalgan leksemalar; d) o‘zlashmalarga turkiy
affikslar yoki birliklar qo‘shish orqali yasalgan.
Asar tilida umumiy 2973 ta turkiy
leksemalar mavjud bo‘lib, 2291 tasi sof turkiy, 540
tasi arabcha, 156 tasi fors-tojikcha o‘zlashmalarga
turkiy vositalar qo‘shish orqali hosil qilingan.
Tub turkiy so‘zlar.
Abdulla Qodiriyning
“Mehrobdan chayon” romani so‘z boyligida turkiy
so‘zlar soni 2973 ta tashkil etib, ularning 2291 tasi
sof turkiy so‘z hisoblanadi. Bu, o‘z navbatida, turkiy
so‘zlarning qadimdan paydo bo‘lgani, ularning bosh
asosi, ya’ni genetik manbalarining ko‘hnaligi bilan
xarakterlanadi. Umumturkiy leksika genetik jihatdan
barcha turkiy tillar uchun taalluqli bo‘lsa-da, ular
negizida har bir turkiy tilda keyinchalik yangi so‘zlar
hosil bo‘lishi mumkin [Rahmatullayev, 1981: 57].
Asar tilida qo‘llanilgan sof turkiy so‘zlarni
leksik-semantik xususiyatlariga ko‘ra quyidagi
mavzuviy guruhlarga ajratish mumkin:
qarindoshlikni ifodalovchi leksemalar:
aka,
uka, ota, er, xotin, kelin, kuyov
va h.k.;
inson tana a’zolari:
bel, bet, biqin, bilak,
boldir, bosh, bo‘g‘iz, bo‘g‘im, bo‘yin,
bo‘qoq, burun, gavda, еlka, jimjiloq, ilik,
irin
va h.k.;
zoonimlar:
ari, arslon, baytal, baqa, bit,
budana, it, qo‘ng‘uz, quralay, qurbaqa, ot,
ho‘kuz,
chayon,
chigirtka,
chumoli,
chumchuq
va h.k.;
vaqtni ifodalovchi birliklar:
yoz, yil, kuz,
ko‘klam, kun, qish
va h.k.;
tabiat hodisalari:
yolg‘in, еl, yomg‘ur,
izg‘iriq, ko‘laga, qor
va h.k.;
maishiy leksemalar:
bo‘g‘joma, buloqi,
kiyiz, qozon, to‘n, o‘choq
va h.k.;
ijtimoiy-siyosiy leksemalar:
bek, o‘rda, xon,
xoqon, cho‘g‘ol
va h.k.;
shaxs tushunchasini anglatuvchi so‘zlar:
bola, yov, yigit, erkak
va h.k.;
belgi-xususiyatni bildiruvchi so‘zlar:
bo‘sh,
yovosh, jizzak, dag‘al
va h.k;
sonlar:
bir, ikki, uch, to‘rt, besh, olti, еtti
va
h.k;
harakat-holatni
ifodalovchi
fe’llar:
aylanmoq, ayirmoq, ko‘rmoq, bormoq,
kelmoq, burmoq
va h.k.
Turkiy so‘zlarning qadimgi va eski turkiy
tilga munosabati.
Asar tilidagi tub turkiy so‘zlarning
aksariyat qismini qadimgi, eski turkiy til hamda eski
o‘zbek tili manbalarida uchratishimiz mumkin.
Umumturkiy so‘zlar qadimgi turkiy til davri turkiy
tillarning
umumtaraqqiyot
bosqichiga
xos
xususiyatlarning to‘laligicha namoyon bo‘lishi bilan
xarakterlanadi
[Abduvaliyeva,
2017:
13].
Tekshirilayotgan asarda ham genezisi qadimgi turkiy
til bilan aloqador leksemalar mavjud. Maishiy
leksikaga kiruvchi
o‘choq
leksemasi qozon o‘rnatib,
o‘t yoqish uchun mo‘ljallangan qurilma ma’nosini
bildirib, asli
o:t (olov)
so‘ziga kichraytirish ma’nosini
ifodalovchi
-chuq
qo‘shimchasini qo‘shib “otchuq”
hosil qilingan (DTS,373). Dastlab, “kichik olov”
semasini anglatgan, “olov yoqiladigan qurilma”
(O‘TEL, I, 496-497) ma’nosi keyinchalik ma’no
taraqqiyot natijasida paydo bo‘lgan. Tilda uzoq
vaqtlar davomida insonlar muloqoti uchun xizmat
qilib kelayotgan leksemalarga yangi ma’no
yuklatilishi bilan bog‘liq lisoniy hodisani ham
diaxron, ham sinxron aspektlarda tadqiq etish muhim
masalalar sirasiga kiradi [Брагина, 1981: 28].
E.Sevortyan
lug‘atida o‘choq so‘zi quyidagi
ma’nolari berilgan: 1) qozon o‘rnatib, o‘t yoqish
uchun mo‘ljallangan maxsus qurilma; 2) har qanday
o‘t yoqiladigan joy; 3) o‘t, olov; 4) mo‘ri; 5) chuqur;
6) o‘rin-joy; 7) markaziy qismida o‘choq bo‘lgan
№ So‘z
Soni
№ So‘z
Soni
1.
Anvar
970 ta
11. u
398 ta
2.
bu
842 ta
12. kelmoq
395 ta
3.
bir
769 ta
13. mirzo
405 ta
4.
shu
701 ta
14. siz
328 ta
5.
bo‘lmoq
660 ta
15. yana
305 ta
6.
bilan
650 ta
16. olmoq
284 ta
7.
o‘z
636 ta
17. qaramoq
258 ta
8.
Ra’no
507 ta
18. ko‘rmoq
255 ta
9.
men
503 ta
19. qilmoq
245 ta
10.
maxdum
405 ta
20. qiz
232 ta
bino; 8) oila (ESTYa, I, 423-424). Sh.Usmonovaning
ta’kidicha,
o‘choq
so‘zining proto-turk tilidagi shakli
hötčuk
(qad.turk.
otčuq
, xal.
höčaq
) bo‘lib, u:
höt
“o‘t”, “o‘t yoqmoq” +
čuk
“chuqur” dan tashkil
topgan, ya’ni
hötčuk
qadimda “o‘t yoqiladigan
chuqur”ni anglatgan. O‘choq so‘zining semantik
qamrovida “chuqur” ma’nosining dominantligi
ko‘zga tashlanadi [Usmonova, 2011: 34]. Asarda
o‘choq so‘zi “o‘t yoqish uchun mo‘ljallangan
ro‘zg‘or buyumi” ma’nosida keladi:
Ra’no o‘choqqa
olov yoqib qozonni yuvar, Anvar
o‘choq
boshining
sufasiga enggashkan ko‘yi sabzi to‘g‘rar edi
(MCh,276).
Ot
– yirik ish-ulov hayvoni. Qadimgi turkiy
tilda
at
tarzida talaffuz qilingan va shu ma’noni
anglatgan (PDP,361; DTS,65). Mahmud Koshg‘ariy
esa ushbu so‘zni “qattiq talaffuz qilinadigan alif
bilan”
(DLT,I,70)
ifodalanishini
ta’kidlaydi.
Keyinchalik
a
unlisi
â
unlisiga o‘zgargan:
at˃ât
(O‘TEL,I,258). Asar tilida bu leksema o‘z va
ko‘chma ma’noda uchraydi:
Manim so‘zimga
kirsangiz, albatta, bir
ot
olingiz,
–
dedi Sultonali
mirzo,
–
ayniqsa, sizga endi
piyoda yurish
kelishmaydir
(MCh,141).
Maxdum, mehmonxonadan
yurib kelgan oyoq tovshini eshitib, yomonlag‘an
ot
dek tipirchiladi
(MCh,209).
Dastlabki jumlada ot
leksemasi denotativ ma’noda qo‘llangan bo‘lsa,
keyingi misolda asar personaji maxdumning ruhiy
holatidagi o‘zgarish “yomonlagan otdek” o‘xshatishi
orqali konnotativ semasi yuzaga kelgan.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida “yupqa ustki
kiyim” ma’nosini anglatgan ko‘ylak atamasi ilk bor
“Devonu lug‘atit turk” asarida
köŋlak
tarzida
uchraydi
(DTS,315).
Leksemaning
taraqqiyot
silsilasini
quyidagicha
ko‘rsatish
mumkin:
köjlek//köjnek//könlek < köŋlek
<köŋlak
“qo‘y
terisidan tikilgan kiyim”
<köŋ “teri”< “qo‘y
terisi”< “qo‘y” + -lek//-lak
otdan kiyim nomi
yasovchi affiks [Usmonova, 2011: 20] qo‘shiluvi
natijasida hosil bo‘lgan. XIV asr manbasi sanalgan
“Attuhfatuz zakiyatu fillug‘atit turkiya” asarida
kömläk, köngläk, kuŋlek, konchak
shakllari ko‘zga
tashlanadi. Eski o‘zbek tili davrida
libos,
libosot
(ANATIL,II,173),
ko‘nglak,
ko‘ynak,
lachak
(NAL,326,334) sinonim va fonetik variantlari
ishlatilgan. Asarda ham ustki kiyim ma’nosida
keltirilgan:
Balli, Ra’no, ana jinnilik! – dedi maxdum,
- atlas
ko‘ylak
senga hayf, senga bo‘zdan boshqasi,
albatta, hayf
(MCh,7).
Et
so‘zi qadimgi turkiy tilda “go‘sht”
ma’nosini anglatgan. Dastlab
ät / ӭt
tarzida talaffuz
qilingan (PDP,366; DLT,I,70) o‘sha davrlardayoq
ä
/ӭ
unlisi
e
unlisiga almashgan (DTS,186):
ät / ӭt ˃ et
(O‘TEL,I,470). Eski o‘zbek tilida ham
et
(NAL,710)
qayd etilgan sememani ifodalagan. Qodiriy asarida et
“go‘sht” va “inson terisi, badani” ma’nolarida
keltirilgan:
Solih mahdumning jo‘mardligi ko‘pincha
yigirma paysa
et
dan nariga oshmas
(MCh,8);
Qizlardan to‘rttasi Nozikni ta’qib etdilar va shart-
shurt bir-birining yalang‘och
et
iga urishib shartak
olishdilar
(MCh,197).
Tahlil
qilingan
misollardan
ma’lum
bo‘ladiki, asarda qo‘llanilgan tub turkiy so‘zlar
gneologik jihatdan qadimgi va eski turkiy til hamda
eski o‘zbek tili manbalariga borib taqaladi.
Turkiy so‘zlarning hozirgi o‘zbek adabiy
tiliga munosabati.
“Mehrobdan chayon” asaridagi
qo‘llangan turkiy so‘zlarning aksariyat qismi hozirgi
kunda ishlatiladi. Chunonchi,
arslon
leksemasi
qadimgi turkiy tilda
ars
tovushga taqlid so‘zidan
-la
qo‘shimchasi bilan yasalgan fe’lga
-i
affiksini qo‘shib
yasalgan:
(ars+la)=arsla- + n =arslan ˃ ärslän
(O‘TEL,I,32). Mazkur zoonim mushuksimonlar
oilasiga mansub bahaybat yirtqich sutemizuvchi
hayvonni bildirib (O‘TIL,I,100), “Qutadg‘u bilig”da
astroponim sifatida “burj” nomini ifodalagan, XIV
asr Xorazm yodgorliklarida
arslan, arsalan
, Navoiy
asarlarida
arslan
tarzida uchraydi [Abdushukurov,
2020; 19]. Asarda ushbu zoonim ham o‘z, ham
ko‘chma ma’noda keltirilgan:
Xon borib,
arslon
terisiga o‘lturdi
(MCh,225);
Shunday: o‘rda arbobi
bu kun peshindan bir oz ilgariroq mujassam bir
vijdon, tog‘yurak bir yigit va o‘lim sari kulib
kelguvchi bir
arslon
ni o‘z tarixida birinchi martaba
ko‘rdi va tong ajabda qoldi
(MCh,375). Birinchi
gapda
mazkur
leksema
denotativ
ma’noni
bildirayotgan bo‘lsa, keyingi gapda muallif metafora
ma’no
ko‘chishidan
foydalangan.
Arslon
leksemasining “jasur”, “qat’iyatli” semalari asar
personaji Anvarga nisbatan qo‘llanilmoqda.
Romanda ayrim turkiy so‘zlarning fonetik
jihatdan o‘zgargan variantini uchratamiz:
Uzoqdan
bir necha tup yalang‘och daraxtlarning
ko‘lagasi
ko‘rinar edi
(MCh,381).
Ko‘laga
so‘zi “oftob nuri
tushmaydigan
joy”,
“soya”
(O‘TIL,II,454)
mazmunini voqealantiradi. Bu leksema qadimgi
turkiy tilda “soya bo‘l-” ma’nosini anglatgan
kölӳ-
fe’lidan (DTS,314)
-ӊ
affiksi orqali yasalgan otga
kuchaytiruv mazmunini ifodalovchi
-ä
affiksini
qo‘shish orqali shakllangan, keyinchalik
ӊ
undoshi
nk
undoshlariga, ikkinchi bo‘g‘indagi
o‘
unlisi
ä
unlisiga
almashgan,
ö
unlisining
yumshoqlik
belgisi
yo‘qolgan:
(kölӳ- + ӊ =) + a = kölӳӊä ˃ kölӳnkä ˃
kölänkä ˃ kolänkä
(O‘TEL,I,226). Koshg‘ariyda
kölȉk
(DLT,I,467),
Navoiy
asarida
ko‘laka
(NAL,326) shaklida kelsa, bugungi kunda
ko‘lanka
tarzida qo‘llaniladi.
Asar tilida ayrim turkiy so‘zlar semantik
o‘zgarishga uchragan. Xususan, hozirgi o‘zbek tilida
“bir joydan boshqa joyga olib boriladigan ro‘zg‘or
buyumlari” mazmunini ifodalovchi
ko‘ch
so‘zi asarda
“rafiqa, xotin” sememasida kelgan:
Tanisalaringiz
kerak, o‘rgulay, men mirzo Sultonalining
ko‘ch
lari
bo‘laman
(MCh,310). Asar tilida semantik, fonetik
jihatdan
o‘zgarishga
uchragan
so‘zlar
soni
salmoqlidir.
Hozirgi o‘zbek shevalarida ishlatiladigan
so‘zlar.
Til ichki leksik qatlami rivojlanishida
bevosita sheva so‘zlarining o‘rni katta. Fonetik,
leksik, grammatik jihatdan ma’lum bir hudud
doirasiga xos bo‘lgan so‘zlar shevalar hisoblanadi.
Xalq tilining hududiy namunalari bo‘lmish shevalar
benihoya nodir boylik, ular adabiy tilimizning asosiy
boyish manbalaridan biridir [Mahmudov, 2012: 46].
Har bir til va uning shevalardagi holati va
taraqqiyotiga shu tilning funksional holatiga qarab
baho berish lozim [Ashirboyev, 2020: 137]. O‘zbek
adabiy tili o‘zining dastlabki davridan boshlab, o‘z
taraqqiyotining barcha bosqichlarida lahja va
shevalar bilan o‘zaro aloqada bo‘lib kelgan [Rajabov,
1996: 55].
Abdulla Qodiriy xalq tilida unutilib
borayotgan so‘zlarning shakllanib borayotgan yangi
o‘zbek adabiy tili doirasida saqlanib qolishini nazarda
tutgan hamda xalq tilida qo‘llanayotgan shevaga xos
so‘zlarni adabiy tilga olib kirish orqali uni boyitish
mumkinligiga e’tiborni qaratgan [Normamatov,
2019: 120]. Darhaqiqat, “Mehrobdan chayon” asari
da
ham xalqning boy manbasi sanalgan shevalardan
keng foydalangan
. Roman leksikasining bugungi
o‘zbek shevalariga munosabati bo‘yicha olib borgan
kuzatishlarimiz asar tili bilan shevalarda qo‘llanilgan
so‘zlar o‘rtasida yaqinlik va ba’zi farqlar borligini
ko‘rsatdi. Buni quyida amalga oshirilgan qiyosiy
tahlil jarayonida ham kuzatish mumkin.
Xususan,
jevak
so‘zi Janubiy Turkiston qarluqlari shevasida
“cho‘ntak” (O‘XShL,102) ma’nosida ishlatilgan,
asarda esa xotin-qizlarning bo‘yniga taqadigan ziynat
buyumi mazmunida kelgan:
Menim uchun bir zirak,
Ra’nobonuga
jevak
, desa oyim ne kerak, yumma
talar, taqsirim
(MCh,37). Bog‘at shevasida
jirtǝk
so‘zi
“tortinchoq,
uyatchang”
(O‘XShL,104)
mazmunda qo‘llansa-da, asar tilida insonga xos
nomaqbul xatti-harakatni ifodalamoqda:
Kalonshoh
mirzo qo‘lini og‘ziga karnal qilib, Anvarga
to‘g‘riladi, ya’ni
jirtak
chaldi
(MCh,239).
Asar
leksikasida shevaga xos fe’llar soni ham еtarlicha.
Tutal kelmoq
fe’li hozirgi o‘zbek adabiy tilida
tutilmoq, duduqlanmoq fe’li mazmunini beradi.
Laqaylar shevasida bugungi kunda tutala so‘zi
“duduq” [Nazarov, 2010: 264] semani bildirar ekan.
Qodiriy esa aniq gapirmaslik, so‘zda adashish
holatini shu leksema bilan bergan:
Bolaning so‘zi
ko‘b
tutal keldi
, taqsir
(MCh, 270). O‘zbek tilining
barcha sheva va lahjalarida turkiy qabila tillariga xos
xususiyatlar bilan birga boshqa tillarda so‘zlashuvchi
etnik elementlarning ta’siri ham bor [Reshetov, 1978:
25]. Jumladan,
domangir bo‘lmoq
fe’lida domangir
so‘zi fors-tojikcha “etakdan tutuvchi” ma’nosini
bildirsa, Qorako‘l shevasida “gumonsiramoq”,
“da’vogar bo‘lmoq” [G‘aybullayev, 2017: 43]
sememalarini ifodalaydi. Asarda “gina qilmoq”,
“xafa bo‘lmoq” mazmunida keltirilgan:
Na Shahodat
mufti va na shoirning qo‘lidan bir pullik ish kelsa,
mendan
domangir bo‘la beringiz
,
–
dedi Sultonali
(MCh, 142).
Hamsoya/ hamsiya
so‘zi bugungi kunda
Qorako‘l shevasida yonma-yon hovlida yashovchi,
qo‘shni [G‘aybullayev, 2017: 186] mazmunni
anglatib, asarda ham shu ma’noda kelgan:
Zinhor ba
saddi, zinhor
hamsoya
lardin xotirjam bo‘linmasin
(MCh, 350). Shuningdek, romanda kiyim-kechakni
bildiruvchi sheva so‘zlariga ham o‘rni bilan murojaat
qilingan.
Lachak
so‘zi “engakning tagi, yuzning
yarmi va ikki qoshning ustini yopib turuvchi
ayollarning
oq
doka
yoki
surp
ro‘moli”
[G‘aybullayev, 2017: 77] ma’nosida voqealangan:
Ko‘zi Ra’noda ekan fotiha o‘qub, ro‘ymol-
lachag
ini
tuzatdi
(MCh, 310). Qodiriy asar tilida boshqa
hududdan kelgan personajlarni aynan o‘z hududi
shevasida so‘zlatadi. “Barimta” bobida
shaparak,
chuvak, tek, ebi, akun
kabi leksemalar buxorolik
do‘stlar tilidan keltirilgan, bu badiiy asar tilida
xalqonalik, jonlilikni ta’minlay olgan.
XULOSA VA TAKLIFLAR
1.
Kompyuterning
maxsus
dasturlari
yordamida “Mehrobdan chayon” romanining elektron
matni yaratildi hamda alfavitli-chastotali lug‘at
tuzildi. Mazkur dastur orqali asardagi eng faol
ishlatilgan so‘zlar miqdori aniqlanib tahlil qilindi.
Tadqiqot
natijalari
bolalaradabiyoti.uz
loyiha
grandida foydalanildi hamda o‘quv, jadid lug’atlari
uchun asos vazifasini bajara oladi.
2. Asar so‘z boyligining 70,1 foizini turkiy
so‘zlar, 17,9 foizini arabiy istilohlar, 11,6 foizini
fors-tojikcha leksemalar va 0,2 foizini boshqa
tillardan o‘zlashgan so‘zlarni tashkil qiladi. Demak,
asar leksikasi tarkibida turkiy so‘zlar salmoqli bo‘lib,
maishiy leksika, inson a’zolari, qavm-qarindoshlikka
doir so‘zlarni qamrab oladi. Arab va fors-tojikcha
o‘zlashmalar esa asosan diniy, ijtimoiy-siyosiy,
ta’limga oid leksikalarda keng ishlatilgan.
3. Tub turkiy so‘zlarni gneologik jihatdan
qadimgi turkiy til, eski turkiy til, eski o‘zbek tili bilan
qiyosiy o‘rganish natijalari umumiy xususiyatlar
bilan birga farqli tomonlar borligini ko‘rsatdi. Bu
tafovutlar aslida ularni ayiruvchi emas, balki
yaqinligini dalillovchi farqlar hisoblanadi.
4.
Shevaga
oid
so‘zlar personajning
ijtimoiy-hududiy holatini ifodalash bilan birga
hozirgi davr shevalaridan farqli semalarni bildirishiga
ham guvohi bo‘lishimiz mumkin. Shuningdek, asarda
qo‘llanilgan
jevak, jirtak, tutul kelmoq, domangir
bo‘lmoq
so‘zlarining bugungi kunda shevalar bilan
farqli tomonlari dalillandi.
ADABIYOTLAR
shirboyev S. Adabiy va dialektal norma,
so‘zlashuv tili // Наука и образование
современном мире: вызови XXI века.
Материалы VII Международной научно-
практической конференции. – Нур-Султон,
2020. – С. 137.
[2]
Qodiriy A. Mehrobdan chayon. – Toshkent:
Adabiyot uchqunlari, 2018. – B. 398.
ayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G.,
Qurbonova M., Yunusova Z., Abuzalova M.
Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent, 2010. – B.
[4]
Xo‘janiyazova Sh. Alisher Navoiyning manoqib
asarlari leksikasi. Filol. fan. bo‘yicha falsafa
doktori (PhD). … diss. avtoref. – Toshkent, 2022.
– B. 11.
[5]
Xo‘janiyazova Sh. Alisher Navoiyning manoqib
asarlarida sinonimlarning ifodalanishi // Oriental
renaissance: Innovative, educational, natural and
social sciences. Vol 2, Issue 4/2, April 2022.
(ISSN 2181-1784. Impact Factor: 5.947). – P.
505-512.
[6]
Абдувалийева Д. Алишер Навоий тарихий
асарлари лексикаси. Филол. фан. бўйича
фалсафа доктори (PhD). … дисс. – Тошкент,
2017. – Б. 13.
бдулхайров М. “Девони Мунис” тилининг
лекцик қатламлари. – Тошкент, 1996. – Б. 23.
бдушукуров Б. “Қисаси Рабғузий” лекcикаси.
– Тошкент: Академия, 2017. – Б. 16.
[9]
Абдушукуров Б. ХI – ХIV асрларга оид ёзма
манбалар тили. – Тошкент: Нодирабегим,
2020. – Б. 19.
афоев Б. Навоий асарлари лексикаси. –
Тошкент: Фан, 1983. – Б. 19.
рагина А. Лексика языка и культуры страны. –
М., 1981. – С. 28.
брагимов А. Бобур асарлари лексикасининг
лингвостатистик, семантик ва генетик тадқиқи
(“Девон”, “Мубаййин”, “Аруз”). Филол. фан.
докт. ... дисс. автореф. – Тошкент, 2008. – Б. 5.
брагимов А. Бобур асарлари лексикасининг
лингвостатистик, семантик ва генетик тадқиқи
(“Девон”, “Мубаййин”, “Аруз”). Филол. фан.
докт. ... дисс. – Тошкент, 2008. – Б. 13.
аҳмудов Н. Тилимизнинг тилла сандиғи. –
Тошкент: Ғафур Ғулом, 2012. – Б. 46.
[15]
Назаров Н. Лақайлар: диалектология ва
фразеология. – Тошкент, 2010. – Б. 264.
ормаматов
С.
Ўзбек
луғатчилигининг
шаклланиши ва ривожланишида жадид
маърифатпарварларининг ўрни. Филол. фан.
д-ри (ДСc). ... дисс. – Тошкент, 2019. – Б. 120.
[17]
Пардаев З. Ўзбек тили сифатларининг
семантик-услубий хусусиятлари. Филол. фан.
номз. ... дисс. автореф. – Самарқанд, 2004. –
Б. 19.
ажабов Н. Ўзбек шевашунослиги. – Тошкент:
Ўқитувчи, 1996. – Б. 55.
[19]
Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тили лекцикологияси.
– Тошкент: Фан, 1981. – Б. 57.
изаев
С.
Ўзбек
тилшунослигида
лигвостатистика муаммолари. – Тошкент:
Фан, 2006. – Б. 8.
одиқова М. Ҳозирги ўзбек тилида сифат. –
Тошкент: Фан, 1975. – Б. 6.
урсунов У., Мухторов Ж., Раҳматуллаев Ш.
Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент:
Ўзбекистон, 1992. – Б. 173.
[23]
Усмонова Ш. Олтой тилларидаги муштарак
маиший лексика тадқиқи. Филол. фан. докт.
… дисс. автореф. – Тошкент, 2011. – Б. 34.
олманова З. “Бобурнома” лексикаси. –
Тошкент: Фан, 2007. – Б. 20-21.
олмуродова М. “Қутадғу билиг” лексикаси. –
Тошкент: Нодирабегим, 2020. – Б. 15.
[26]
Зиётова С. “Меҳробдан чаён” асарида кўчим
ва унинг турлари // Oriental renaissance:
Innovative, educational, natural and social
sciences. Vol 2, Issue 4/2, April 2022. (ISSN
2181-1784. Impact Factor: 5.947). – P. 663 –
671.
[27]
Эгамова Ш. Алишер Навоий асарлари
тилидаги қадимги туркий лексика тадқиқи. –
Тошкент: Фан, 2008. – Б. 25.
гамова Ш. Алишер Навоий асарлари тилидаги
қадимги туркий лексика тадқиқи. Филол. фан.
номз. ... дисс. – Тошкент, 2007. – Б. 24.
SHARTLI QISQARTMALAR:
[1]
ANATIL
– Алишер Навоий асарлари
тилининг изоҳли луғати. – Тошкент, I-IV.
1983-85. Т. I. 1983. – 655 б.; T. II. 1983. – 642
б.; T. III. 1984. – 622 б.; T. IV. 1985. – 633 б.
[2]
DLT
– Маҳмуд Қошғарий. Девону луғотит
турк. I-III. – Тошкент: Фан, 1960-1963. Т. I.
1960. – 499 б.; Т. II. 1961. – 427 б.; Т. III. 1963.
– 461 б.
[3]
DTS
– Древнетюркский словарь. – Ленинград:
Наука, 1969. – 676 с.
[4]
NAL
– Иброҳимов С., Шамсиев П. Навоий
асарлари луғати. – Тошкент: Адабиёт ва
санъат, 1972. – 784 б.
[5]
TjRS
– Таджикско-русский словарь. – М.:
Государственное издательство иностранных и
нaциональный словарей, 1954. – 789 с.
[6]
O‘TIL
– Ўзбек тилининг изоҳли луғати. I-V. –
Тошкент: Ўзбекистон миллий
энциклопедияси, 2006-2008. Т. I. 2006. –680
б.; Т. II. 2006. –672 б.; Т. III. 2007. –688 б.; Т.
IV. 2008. –608 б.; Т. V. 2008. – 592 б.
[7]
O‘TEL
– 1) Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг
этимологик луғати I. (туркий сўзлар). –
Тошкент: Университет, 2000. – 599 б. 2)
Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик
луғати. II. (араб сўзлари ва улар билан
ҳосилалар). – Тошкент: Университет, 2001. –
599 б. 3) Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг
этимологик луғати. III. (форс-тожикча,
тожикча бирликлар ва улар билан ҳосилалар).
– Тошкент: Университет, 2009. – 284 б.
[8]
O‘XSHL
– Шоабдураҳмонов Ш. Ўзбек халқ
шевалари луғати. – Тошкент: Фан, 1971. – 409
б.
[9]
ESTYa
– Севортян Э. Этимологический
словар тюркских языков. Общетюркские и
межтюркские основы на гласные. – М.: Наука,
1974. –767 с.
[10]
FZT
– Фарhанги забони тоҷикӣ – М.:
Советская энциклопедия, 1969. Т. И. 1969. –
951 с.; Т. ИИ. 1969. – 947 с.
[11]
ARS
– Баранов Х.К. Арабско-русский словар.
М.: Русский язык, 1976. – 595 с.
[12]
PDP
– Малов С.Е. Памятники
древнетюркской писменности. – М., 1951. –
451 с.
[13]
MCh
– Qodiriy A. Mehrobdan chayon. –
Toshkent: Adabiyot uchqunlari, 2018. – 416 b.
[14]
SSTTN
– Будагов Л.З. Сравнителный словар
туруцко-татарских наречий. –СПб: Наука,
1869. – 814