Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Muhammadrizo Ogahiy g‘azallarini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish

HAC
Google Scholar
To share
Fayzullayeva, M. (2024). Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Muhammadrizo Ogahiy g‘azallarini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish. Modern Science and Research, 3(1), 1–3. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27958
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Muhammadrizo Ogahiy g‘azallarini o‘qitishda interfaol usullardan foydalanish va uning samarasi haqida fikr-mulohazalar yuritilgan.

Similar Articles


background image

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Muhammadrizo Ogahiy g‘azallarini

o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish

Fayzullayeva Maftuna Odil qizi

TAFU “Pedagogika” kafedrasi o‘qituvchisi

fayzullayevamaftuna52@gmail.com

+998933160693

https://doi.org/10.5281/zenodo.10443858

Kalit so‘zlar:

interfaol usul, faol o‘qish metodi, adabiyot darsligi (9-sinf)

Annotatsiya:

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Muhammadrizo Ogahiy g‘azallarini o‘qitishda interfaol

usullardan foydalanish va uning samarasi haqida fikr-mulohazalar yuritilgan.

1 KIRISH

Bugun adabiyot fanini o‘qitishda

integrativ

yondashuv, interfaol usullar

ham ta‘lim sifatini

yuqori bosqichlarga olib chiqishda muhim
faktorlardan bo‘lib xizmat qilmoqda. Jumladan,
bugun xalqaro miqyosda olib borilayotgan
tadqiqotlarning aksariyati integrativ yondashuv
konsepsiyasi, uning mazmun-mohiyati, shakl-
shamoyili, tamoyillari konsepsiyasi, adabiyot
o‘qitishda interfaol usullar kabi masalalarga
bag‘ishlanganligini kuzatish mumkin. Yanayam
aniqroq qilib aytganda, integrativ yondashuv,
interfaol usullar ta’lim oluvchilarning ta’lim
jarayonidagi faol ishtirokiga asoslangan (о‘quvchi
ta’lim markazida turadigan muhitning yaratilishiga
sabab bо‘ladigan), ularning muvaffaqiyatlari,
ijodiy, tanqidiy fikrlashlariga, adabiyotga, badiiy
asarga munosabatiga ijobiy ta’sir kо‘rsatishga
xizmat qiladigan yondashuvlardan biridir. Bunday
yondashuvda o‘quvchilarda adabiyot о‘qitishda
fanlarning о‘zaro bog‘liqligi, о‘zaro munosabatlari
haqida tasavvur hamda fanga nisbatan qiziqish
uyg‘onadi. Interfaol jarayon o‘quvchining avvaldan
mavjud bilimlar yig‘indisiga bog‘liq bo‘lib, uning
dunyoqarashi, tafakkur tarzi, puxta bilimi matn
mazmunini anglashda va tahlil qilishda muhim omil
bo‘lib xizmat qiladi. Bunday ta’lim shaklining
foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

-

ta’lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-
o‘rganish;

-

o‘quvchining

yuqori

darajada

rag‘batlantirilishi;

-

ilgari orttirilgan bilimlarning ham e’tiborga
olinishi;

-

ta’lim jarayoni o‘quvchining maqsad va
ehtiyojlariga muvofiqlashtirilishi;

-

o‘quvchining

tashabbuskorligi

va

mas’uliyatining qo‘llab-quvvatlanishi;

-

amalda bajarish orqali o‘rganilishi;

-

ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit
yaratilishi.

2 ADABIYOTLAR TAHLILI

VA METODOLOGIYASI

Biz quyida mumtoz adabiyotimizning yetuk

namoyandalaridan Muhammadrizo Ogahiy ijodini
o‘qitishda interfaol usullardan foydalanish yo‘llarini
ko‘rib chiqamiz. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari
darsliklariga e‘tibor qaratadigan bo‘lsak, Ogahiy
ijodidan

namunalar

sifatida

g‘azallar

keltirilganligining

guvohi

bo‘lamiz.

Maktab

o‘quvchilari aynan mumtoz lirika namunalari,
jumladan, g‘azal yod olish, uni tahlil qilish va ifodali
o‘qish borasida biroz qiynaladi. Mana shu
qiyinchiliklarni yengillashtirish uchun o‘qituvchi
o‘quvchilarga g‘azal janri xususiyatlari, uni yod
olishning usullari haqida ham nazariy va amaliy
yordam bersa, ko‘zlangan natijaga erishish mumkin.

O‘quvchidan g‘azal janrini tushunishi va yod

olishi uchun quyidagilar talab etiladi:

g‘azal janrining qanday janr ekanligini
bilishi;

lug‘atlar bilan ishlay olishi;

aruz vaznini tushunishi;

vazn haqida ma’lumot;

misra, bayt, hijo, rukn, matla’, maqta,
qofiya, radif tushunchalari;

bahr,

vazn,

taqte’lar

haqida

ma’lumotga ega bo‘lishi;

g‘azalni

ifodali

o‘qish

qonun-

qoidalarini bilishi;

qanday badiiy san’atlar borligini
bilishi.

Faol o‘qish modeli

xorijda adabiyot

darslarida keng qo‘llanilaniladigan usullardan
biri bo‘lib, o‘quvchini turli janrlarga

mansub

badiiy asar olamiga olib kirishga, o‘quvchining
asarni chuqurroq tushunishiga yordam beradi.

She’riy asarlar

bilan ishlashda faol o‘qish

modelining o‘zgartirilgan variantini qo‘llash
mumkin. Bu model quyidagi strategiyalarni o‘z
ichiga oladi:

Eshitish:

She’rni ovoz chiqarib o‘qing.


background image

She’rning qanday jaranglashiga va she’r ritmiga
e’tibor bering. Shoir tovushlardan qanday
foydalanganligiga,

ular tinglovchiga qanday

ta’sir qilishiga diqqat qiling.

Tasavvur qilish:

She’r sezgi organlaringizga

qanday ta’sir qilayotganini kuzating. She’rni
o‘qish (tinglash) davomida nimalarni tasavvur
qildingiz, nimalarni eshitdingiz, nimalarni his
qildingiz?

Reaksiya bildirish:

She’r sizga qanday ta‘sir

qildi? Xayolingizdan nima o‘ylar, ko‘nglingizdan
nima kechinmalar o‘tdi? Qanday xotiralarni
yodga soldi?

Savol berish:

shoir nimalar demoqchiligini tahlil

qiling. Bu qatorda (misrada, to‘rtlikda) nima
haqda gap ketyapti? Shoir kimga (nimaga)
murojaat qilyapti? Ushbu simvol (obraz) nimani
bildiradi?

Shoir

nimaga

ayrim

so‘zlarni

(misralarni) qaytaryapti?

Aniqlashtirish:

Misralarni (to‘rtliklarni yoki

butun she’rni) o‘z so‘zingiz bilan aytib bering.

Talqin qilish:

She’r sarlavhasi she’rning

mazmunini ochib berishga qanday xizmat qiladi?
Shoir o‘quvchiga qanday asosiy g‘oyani
yetkazmoqchi? She’rning har xil ma’nolari
bo‘lishi mumkinmi?

Ushbu oltita strategiya asosida

Ogahiyning

darslikdagi

barcha

(“Qish”,

“Navro‘z”, “Ilohi, har kuning navro‘z bo‘lsun”,
“Ustina”

)

g‘azallarini tahlil qilish mumkin. Biz

darslikdagi “Qish” va “Navro‘z” g‘azallarini
tanlab oldik. Dastlab o‘qishdan oldingi (pre-
reading) topshiriq uchun qish mavzusiga oid
kichik suhbat tashkil qilinsa ham bo‘ladi. Bunda
qish manzarasi tushirilgan suratlardan foydalansa
bo‘ladi. Bu

mutolaaga tayyorlanish bosqichi

bo‘lib xizmat qiladi. Buning uchun o‘quvchilarga
quyidagicha savollar bilan murojaat qilish
mumkin:

Mutolaaga tayyorlanamiz

Qish siz uchun qanday fasl? Fasllar

inson uchun noqulaylik tug‘dirishi mumkinmi?
Fikringizni misollar bilan isbotlang.

3 MUHOKAMA

So‘ng g‘azallar o‘qilib, g‘azallardagi

lug‘atlar bilan ishlanadi. So‘ng yuqoridagi
savollar asosida
g‘azallar tahliliga o‘tiladi. Bu

muhokama

bosqichi

hisoblanadi.

So‘ng qo‘shimcha quyidagi savol va

topshiriqlar ham bajartirilsa bo‘ladi:

1.

G‘azalni o‘qing. Qofiyalarga e’tibor bering.
G‘azal siz uchun qanday jaranglaydi?

2.

Ikkinchi misradagi

holatni

ko‘z

oldingizga keltiring. Qanday manzarani
ko‘rdingiz?

3.

Uchinchi baytda shoir qanday badiiy

san’atni qo‘llagan?

4.

Beshinchi baytda shoir qish borish-kelishdan

mahrum qildi deganda nimani nazarda tutgan?

5.

Oltinchi misra mazmunidan kelib chiqib,
shoirning hamda u yashagan davrning
iqtisodiy ahvoli haqida fikringizni bildiring va
bu haqida tarix ustozingiz yordamida
ma’lumotlar to‘plang.

6.

G‘azalning g‘oyasini tushunishga yordam
beradigan rasm chizing yoki hikoya tuzing.

Guruhlarda ishlang. Ushbu g‘azalnining asosiy
g‘oyasini tushunishga yordam beradigan rasm chizing
yoki hikoya tuzing.
Keyingi g‘azal

“Navro‘z”

radifli g‘azal.

Mutolaaga tayyorlanamiz

Navro‘z so‘zining lug‘aviy ma’nosini bilasizmi?
Navro‘z bayrami tarixi haqidachi?Ushbu bayramni
eslaganingizda ko‘z oldingizda nimalar gavdalanadi?
So‘ng

faol o‘qish metodi

bo‘yicha savollar

beriladi.

1.

G‘azalni ovoz chiqarib o‘qing. G‘azalning
qanday jaranglashiga va g‘azal ritmiga
e’tibor bering. Shoir tovushlardan qanday
foydalanganligiga, ular tinglovchiga qanday
ta’sir qilishiga diqqat qiling.

2.

G‘azal sezgi organlaringizga qanday
ta’sir qilayotganini kuzating. G‘azalni
o‘qish (tinglash) davomida nimalarni
tasavvur qildingiz, nimalarni eshitdingiz,
nimalarni his qildingiz?

3.

G‘azal sizga qanday ta‘sir qildi?
Xayolingizdan

nima

o‘ylar,

ko‘nglingizdan nima kechinmalar o‘tdi?
Qanday xotiralarni yodga soldi?

4.

Shoir nimalar demoqchiligini tahlil
qiling.
Birinchi baytda nima haqda gap
ketyapti?

Ikkinchi

baytda

shoir

Navro‘zning kirib kelishini qanday
tasvirlayapti? Uchinchi va to‘rtinchi
baytlarda

shoir

qanday

badiiy

san’atlardan foydalangan? Beshinchi va
oltinchi baytlar mazmunidan kelib
chiqib, shoir yashagan davr ijtimoiy-
iqtisodiy hayoti haqida fikr bildiring.
Sakkizinchi va to‘qqizinchi baytlar
orqali shoir nimalarga ishora qilgan deb
o‘ylaysiz?

5.

G‘azalning mazmunini o‘z so‘zingiz
bilan aytib bering.

6.

She’r sarlavhasi she’rning mazmunini
ochib berishga qanday xizmat qiladi?

7.

Shoir o‘quvchiga qanday asosiy g‘oyani
yetkazmoqchi?

Loyiha

Muhokama qilamiz


background image

So‘ng quyidagi

topshiriq

beriladi:

Tasavvur qiling, g‘azal asosida kichik

sahna ko‘rinishi tayyorlamoqchisiz. Guruhlarga
bo‘lining.

1-guruh

Rassomlar

Sahna ko

‘rinishi

uchun dekoratsiyalar

(atrof-muhitni

ko‘rsatuvchi rasmlar)

chizing.

2-guruh

Libos ustalari

Qahramonlar uchun
kiyimlar chizing.

3-guruh

Bastakorlar

Sahna ko

‘rinishi

uchun musiqa

tanlang yoki

bastalang.

So‘ng quyidagi

topshiriq

beriladi:

O‘xshatishga misol

Shaxs, narsa yoki

holatning xususiyati

4 XULOSA

Bugungi globallashgan texnika asrida
o‘quvchi-yoshlarni yuqoridagi kabi zamonaviy
usullar vositasida o‘qitish o‘zining samarasini berishi
so‘nggi yillarda ko‘p bora o‘z isbotini topib
kelmoqda. Ta’lim sohasida bu borada yanada chuqur
izlanishlar olib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Negaki, ta’lim sohasi ana shunday islohot, o‘zgarish
va yangilanishlarga muhtoj ekanligi hech kimga sir
emas. Darslarda yuqorida keltirilgan kabi metodlar
yordamida dars tashkil qilish yuqori samaraga
erishishga yordam beradi.

FOYDALANILGAN
ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinfi
uchun darslik. Q.Yo‘ldoshev, V.Qodirov,
J.Yo‘ldoshbekov. –T.:“O‘zbekiston” NMIU,
2019.

2.

Mirzayeva

Z.,Jalilov

K.

Adabiyot

o‘qitish metodikasi. (An’anaviylikdan
zamonaviylikka) Uslubiy qo‘llanma. –
T.: 2020.

References

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik. Q.Yo‘ldoshev, V.Qodirov, J.Yo‘ldoshbekov. –T.:“O‘zbekiston” NMIU, 2019.

Mirzayeva Z.,Jalilov K. Adabiyot o‘qitish metodikasi. (An’anaviylikdan zamonaviylikka) Uslubiy qo‘llanma. – T.: 2020.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов