Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi davriga oid yozma manbalar tahlili va uning zamonaviy ta’lim vositalarida o’qitilish uslublari

HAC
Google Scholar
To share
Yunusova, D. . (2024). Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi davriga oid yozma manbalar tahlili va uning zamonaviy ta’lim vositalarida o’qitilish uslublari . Modern Science and Research, 3(1), 1–8. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28018
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mazkur maqolada raqamli texnologiyalarning (Digital History) qo’llash orqali tarixni o’rganish va uni keng ommaga yetkazishdagi o’rni va ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, mazkur zamonaviy ta’lim vositalarini qo’llagan holda Xorazmshoh Anushteginlar sulolasining oxirgi hukumdori Jaloliddin Manguberdining faoliyatini o’rganish haqida.

Similar Articles


background image

Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi davriga oid yozma manbalar

tahlili va uning zamonaviy ta’lim vositalarida o’qitilish uslublari

Dilnoza Yunusova

1

1

University of Tashkent for Applied Sciences, Gavhar Str. 1, Tashkent 100149, Uzbekistan

(

yunusovadilnoza425@gmail.com

)

https://doi.org/10.5281/zenodo.10458998


Anatotsiya

Mazkur maqolada raqamli texnologiyalarning (Digital History) qo’llash orqali tarixni o’rganish
va uni keng ommaga yetkazishdagi o’rni va ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, mazkur
zamonaviy ta’lim vositalarini qo’llagan holda Xorazmshoh Anushteginlar sulolasining oxirgi
hukumdori Jaloliddin Manguberdining faoliyatini o’rganish haqida.

Kalit so’zi

Digital History, Raqamli tarix, vizualizalashtirish, interaktiv, xronologik, kreativlik, integratsiya,
“data science”, totor, miqdoriy metodini.

KIRISH

O’zbekiston qadimgi davrdan turli bosqinlar iskanjasida bo’lgan, lekin xalqimiz o’zining ozodligi va

hurligi uchun tinmay kurash olib borishgan. O’z vatani mustaqilligi yo‘lida jonini fido etgan buyuk

sarkardalardan biri Xorazmshoh Sulton Jaloliddin Manguberdir.

Uning qahramonligi davrlar o’tsada doimiy

xotirada bo’lib kelajak avlod uchun faxr va o’rnak bo’lib kelmoqda. Uning mo’g’ullarga qarshi jangda qo’llagan

strategiya va taktikalari bugungi kunda ham ilmiy tadqiqotlarning dolzarb masasalalari qatorida

bo’lib kelmoqda.

Jaloliddin Manguberdi

o‘ttiz ikki yillik (1199

-1231 yy) hayoti davomida ulkan ishlarni amalga oshirib tarixdan

nomini mangu muhrlab ketdi.

Iroqda yashagan arab tarixchisi

Izzuddin Ali ibn Muhammad ibn al-

Asirning “Al

-Komil fi-t-

tarix”

(“Tarix bo‘yicha mukammal to‘plam”) (1160—

1234 yy) asari Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Asar

zamonaviy o‘zbek tiliga tarjima qilinmagan. (Hozirgi kunda O‘zFA Sharqshunoslik intituti qo‘lyozmalari
fondida saqlanadi. № 825) IBN AL

-

ASIR «AL

-KOMIL FI-T-

TARIX»dan

.[8]

Olti yuz o’n yettinchi yili totor

(mo’g’ul) lashkarlarining bilodi islomga bostirib kirgani bayoni

Mazkur olti yuz o‘n yettinchi (1220) yili totor

(mo‘ g‘ul) toifasi bilodi islomga yurish boshladi. Totorlar turk jamoasiga mansub ko‘p toifadan iborat. Ularning
maskanlari bilan bilodi islomning orasidagi masofa olti oylik yo‘ldan ortiqroqdir. Ularning podshosi Tamuchin,
ya’ni Chingizxon o‘z yurtidan c

hiqib Turkiston navohiysiga yurish qildi. Ushbu yurishda bir jamoa tujjor va

atrok (turklar) ni oltii, kumush va yana bir qancha naqdinalar bilan Movarounnahrga yubordi. Ular turk

shaharlaridan biri bo‘lmish

O’tror qal’asiga yetib keldilar. Bu (shahar) Xor

azm viloyatining (shimoli-sharqiy

tomondan) oxiri sanaladi. Toifayi totor mazkur qal’aga kelgandan so‘ng, qal’a hokimi Xorazmshohga bu haqda
ma’lum qilish uchun Xorazmga odam jo‘natdi. U odam xabar yetkazgach, Xorazmshoh qal’a hokimiga totor

jamoasining ha

mmasini (687 b varaq) qatl qilib, barcha mollarini Xorazmga yuborishni buyurdi. Qal’a hokimi

farmonni bajardi va mollarni Xorazmga jo‘natdi. Ba’zilar, u toifaning bilodi islomga bostirib kelishining boshqa

sababi bor, deydilar, lekin kitoblarda bu haqda an

iq biror ma’lumot qayd etilmagan. Alqissa, jamoavyi totor

g‘azablanib bilodi islom tomon yurdilar, bir qancha joyni zabt etib, taladilar, Buxoro va Samarqandni ham

oldilar.[8]

JAMOAYI TOTOR KЕLIB SHAHZODA JALOLIDDIN BILAN URUSHG‘ONINIG BAYENI[18]

Shahzoda Jaloliddin bilodi Ismoiliyada qa l’ayi Girdko‘hni xarob qilib turgan paytda, toifayi totor katta lashkar
bilan qal’ayi Damg‘onga kelgan ermish, degan xabar yetdi. Mazkur shahzoda lashkarini yig‘ib jangga kirishdi.
Ikkala tomondan ham ko‘p odam halok bo‘ldi. Nihoyat totor askari mag‘lubiyatga uchrab, (jang maydonidan)
yuz o‘girib qochdi.

Mustaqillik davrida ko’plab tarixiy manbalar o’zbek tilida nashr qilindi. Shular qatorida quyidagi asar

ham o’zbek tiliga tarjima qilindi.Jaloliddin Manguberdining harbiy yurishlarida hamroh bo‘lgan tarixchi


background image

Shixobiddin Muhammad an-Nasaviyning

(vafoti 1249

—50 y.) “Siyrat as

-

sulton Jaloliddin Mangburni” (“

Sulton

Jaloliddin Manguberdining hayot tafsiloti

”) asari Jaloliddin Xorazmshoh haqida turli davrlarda bitilgan barcha

asarlar orasida eng ishonchlisi, xolis yozilgan tarixiy manbadir.Sulton (Jaloliddin)ning siyrati, sifati
hukumlari,

boshqalar bilan muomalasi haqida so’z[21]

Bug’doymag’iz ranglik, o’rta bo’yli, turkiy qiyofalik va turkiyda gapiradigan odam edi, shu bilan birga

forsiyda ham so’zlasha olardi. Uning mardligi jasurligiga kelsak, janglardagi faoliyatini o’zi kifoya. U sherlar
orasida eng zo’r sher edi, qo’rqmas cha

vandoz, lashkarlar orasinda eng botiri edi.U yuvosh, muloiyim odam edi,

jahldor emasdi, faqat jilmayib qo’yardi, kam gapirardi. U haqgo’ylikni, adolatni ulug’lardi, ammo u yashagan
davrdagi g’alayonlar, alg’ov

-

dalg’ovlar fe’l

-

atvorini o’zgartirdi. U qo’l ostidagi odamlarning og’ir hayotini

yengillashtirishni xohlardi, ammo u yashagan davr qonunlari uni zulm qilishga majbur etardi. [21]

Jaloliddin Alovuddin Qayqubodga, Misr, ash-

Shom hukmdorlariga noma yo’llaganda o’zining va

otasining nomlarini to’liq yozdirar, o’zini Sulton deb atar edi. Ularda maktublarda bitiladigan odatdagi
“xizmatkoriningiz”, “dildan sevuvchi”, kabi so’zlar yozilmas

di.

Uning farmonlari, yorliqlaridagi tamg’asida

“Yordam faqat yagona Allohdan” degan so’zlar bitilgan. Agar u Mo’sul hukumdori Badriddin yoki shu kabilar
bilan yozishmalar olib boradigan bo’lsa yuqoridagi so’zlar chiroyli qilib bitilgan tamg’asini bosardi.Tamg’asidagi
so’zlar chiroyli bitilishi uchun qalam uchi ikkiga ajratilgan bo’lib, bunda yozilgan harflar yirik ko’rinardi.

Nasaviyning asarida sultonning xalqparvar, adolatpesha, bag‘rikeng va kechirimli bo‘lganini ko‘rsatuvchi

misollar bisyor. Jumladan, Jaloliddin Tabriz va uning atrofi aholisi qiyin ahvolda qolganini ko‘rib, xalqni “uch yillik
xirojdan ozod etdi”, odamlarni non, otlarni yem bilan "ta’minlash imkoniyati yo‘qligini bilgach, Sharafulmulkning

don saqlanadigan omborlarini ochishga buyruq berdi, bu yerdagi donni novvoyxona va otxonalarga berishni

buyurdi”.

Isyon ko‘targan Balbon “omonlik so‘rab qo‘lida qilichi va kafanligi bilan

sulton huzuriga chiqdi. Sulton

uni kechirdi, ko‘nglini ko‘tardi”. Shuningdek, Jaloliddin o‘ziga qarshi qilich ko‘targan Igan Toisiyga “omonlik berdi
va himoyasiga oldi”. Manguberdi “eng yaxshi xizmat qilganlarga mehribonlik ko‘rsatar”, ularga bergan “va’das

ining

ustidan chiqar” edi. Ayni chog‘da sulton xiyonat va sotqinlik ko‘chasiga kirgan, qasamini buzgan amaldorlarni, kim
bo‘lishidan qat’i nazar, jazolagan. Nasaviy asarida bunga ha

m misollar bisyor.

Jaloliddin Xorazmshoh ozodlik kurashining yalovbardori bo‘ldi, to‘xtovsiz o‘tgan kurash yillarida

uddaburon tashkilotchi, atoqli sarkarda va ulkan davlat arbobi sifatida o‘zini ko‘rsatdi. U qisqa vaqt ichida
Xorazmshohlar imperiyasining janubi g‘arbida, Eron, Xuroson, Ozarbayjon, Iroq hududida davlatni tikladi, qo‘shin
boshini birlashtirdi, butun bilimi, kuchini vatan mudofaasiga qaratdi va bu yo‘lda katta muvaffaqiyatlarga erishdi

ham. Biroq pirovardida, islom davlatlari hukmdorlarining kaltabinligi, ichki ziddiyatlar, amaldorlarining sotqinligi

oqibatida Jaloliddin mo‘g‘ullarga dosh bera olmadi va 1231 yil avgustda shahid ketdi.[21]

XIII asrda o‘tgan yirik olim va davlat arbobi

Alouddin Atomalik ibn Bahouddin Muhammad Al-

Juvayniyning “Tarixi Jahongushoyi”

(“Jahongir (Chingizxon) tarixi”) asaridan

sulton Jaloliddin haqida

[13]

Tong chog‘i, tun nuri kunduz jamolidan yorishganda,Sulton (Jaloliddin) suv bilan olov o‘rtasida qolgan

edi. Bir yonda Sind daryosn bo‘lsa, boshqa tomonda olovdek kuydnrib yuboruvchi lashkar turardi. Shunga
qaramasdan, Sulton o‘zini yo‘qotmadi va mardlarcha

kurashmoqqa bel bogladi. (Chingizxon ham) intiqom otini

egarladi; yetti kishvar podshosining jinoyatlar qilmoqqa fidoyilarcha tashlanguvchi golib lashkari Amin Malik
boshqarib turgan maymanaga yopirilib, uni yakson qildnlar, ularning aksari qismini qirib tashladilar.

Amin Malik

qochdi, o‘zini Barshovur (Peshavar) tomonga urdi; aniqrog‘i, jonini halokat poyi ostiga tashladn. Chunki mo‘g‘ul
lashkarlari yo‘llarni to‘sib olgandilar va u o‘sha o‘rtada o‘ldirildi. (Mo‘g‘ullar) so‘l qo‘lni ham yo‘q qildilar. Sulton

(Jalolidd

in) qalbda yetti yuzta matonatli jangchilari bilan erta tongdan to tushgacha so‘g‘ishdi; u chapdan o‘ngga ot

surardi, so‘ldan qalbga hamla qilardi va har bir hamlada bir necha g‘animni qulatardi. Chingizxon lashkari esa tobora

bostirib kelardi

va har soatsayin ko‘payardi, Sulton (Jaloliddin) uchun otsurmoq maydoni tobora torayib borardi.

(Jaloliddin) ko‘rdiki ahvol juda og‘ir, or

-

nomus kuchliligidan ko‘zda nam va lablari qurishgan holatda borardi.

Sultonning xolavachchasi Ajosh Malik uni otining jilovidan tutib (maydondan) olib chiqdi. Sulton bagri-dili qon va

ko‘zdan yoshlar oqib bola

-cha

qa hamda yaqinlari bilan vidolashdi. So‘ngra xos otini keltirmoqni buyurdi. U ushbu

otga minib, nahanglar maskani bo‘lmish balo ummonida yana bir marta javlon

urdi va dushman lashkarini yana ortga

surgandan so‘ng jilovini burib, sovutini egnidan olib uloqtirdi va otiga qamchi urdi. Daryo bo‘yidan to suvgacha
bo‘lgan oralig‘ o‘n gazcha (6 metr) yo undan ko‘proq kelardi (Jaloliddin) o‘sha yerdan otni daryoga soldn

.

Chingizxon uning daryodan o‘tib ketayotganini ko‘rgach, suv bo‘yiga ot surdi. Mo‘gullar ham o‘zlarini daryoga
otmoqchi bo‘ldilar, biroq Chingizxon ularni to‘xtatdi. (G‘animlar kamondan) o‘q otmoqqa kirishdilar. Bu holnn o‘z
ko‘zlari bilan ko‘rgan kishilarning aytishnga qaraganda, daryoda (o‘q zaxmidan) halok bo‘lganlar qonidan suv

qizarib ketgan ekan. Sulton bitta qilich

, nayza va qalqon bilan daryodan o‘tdi;


background image

Nazm:

Jahonda biror kishi bundayin mardni ko‘rmagan

Ilgari nomdorlar orasida bo’lganini ham eshitmagan

Chingizxon va barcha

mo‘g‘ullar

hayrat

barmog‘ini

tishlar edilar. Chingizxon ul holni mushohada

etgach,

o‘g‘illariga

yuzlandi

va: «Otadan

ana shunday

o‘g‘il

qolishi kerak.Modomiki,uikkita sel

suv va olov

selidan o‘tib salomatlik sohiliga yetar ekan, demak undan ko‘p ishlar va sanoqsiz jang

-

jadallar zohir bo‘lajak.

Uning ishlariga oqil kishi qanday qilib

ko‘z

yumishi

mumkin»,—

dedi.

Mo’g’ul lashkarboshilaridan biri Taynal No’yon Jaloliddinning bu jangdagi misilsiz jasoratini ko’rib,

bunday degan edi: “ Haqiqatdan ham u o’z davrining bahodiri va tengqurlarining dohiysidir!”[24]

Darhaqiqat, sulton Jaloliddin og‘ir, eng murakkab sharoitlarda ham qat’iy tura oluvchi, eng qiyin

sinovlardan ham sira qo‘rqmaydigan betakror fazilat egasi edi. Lekin shuni ham unutmaslik kerakki, Jaloliddin
ham o‘z davrining, o‘z sinfining vakili ham edi.

Endi Xorazmshohlarning eng yirik dushmani

Bag‘dod

xalifaligida yashab ijod etgan arab tarixchisi Ibn al-

Asirning Jaloliddinga bergan ta’rifiga nazar tashlaylik:

“Jaloliddin juda johil odam bo‘lib, o‘z davlatini yomon boshqardi. Barcha qo‘shni hukmdorlar

bilan dushmanlik

munosabatlarida bo‘ldi, ularni mulklariga doimo ko‘z olaytirdi. Shuning uchun ham zarur paytda hech kim unga
yordam qo‘lini cho‘zmadi, barcha uni tashlab ketdi”

. [14] Ayni vaqtda al-

Asir o‘zi bildirgan fikrlarning asl

mohiyatini, sabablarini izohlamaydi, bu gaplar uning o‘zini ko‘rmay, hech qachon muloqotda bo‘lmay aytilgan
gaplardir. Qolaversa, o‘z asarini yozishda keltirib o‘tgan va unga ma’lumotlar yetkazgan ax

borotchilari ham

unga ishonchli ma’lumotlarni bergan deb bo‘lmaydi. Ibn al

-

Asirning vorisi, mo‘g‘ullar Bag‘dodni bosib olganda

1258 yil dahshatlarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan, biroq Xorazmshoh Jaloliddinni hech qachon ko‘rmagan va u bilan

gaplashmagan arab tarixchisi Ibn Vosil ham buyuk sarkarda haqida bemalol quyidagi fikrlarni bildiradi:

“Jaloliddinning halokati mo‘g‘ullar tomonidan musulmonlarning halok qilinishiga sabab bo‘ldi.”, deb yozishi
bilan uning mo‘g‘ullarga qarshi kurashda musulmon xalqining tayanchi bo‘lganligini ham e’tirof etgan.

Sulton

Jaloliddin Manguberdi hayoti va faoliyati yozma manbalarda juda batafsil berilganki, ularni o‘rganish
tadqiqotchiga qiyinchilik tug‘dirmaydi. Voqealar bayoni sodda, voqealar xronologik ketma

- ketlikda keltirilgan.

Dastlab manbalar rus tiliga, mustaqillik yillarida esa o‘zbek tiliga ilmiy izohli tarjimasi amalga oshirilgan. Shuni
ta’kidlash joizki, Shixobiddin Nasaviy nafaqat tarixni oddiy bayon etdi, balki uni mushohada etib tahlil asosida

yoritdiki, har bir qa

dam haqida o‘z munosabatini bildirar ekan, Muhammad Xorazmshohning yo‘l qo‘ygan

qo‘pol xatolarini yoritish bilan birga, Chingizxon va mo‘g‘ullarning ham yo‘l qo‘ygan kamchiliklarini bayon

etishi bilan asar nihoyatda qimmatlidir. Xuddi shunday talqinni Atomalik Juvayniyda ham kuzatish mumkin.

O‘zbekistonda ta’lim sifatini xalqaro raqobatbardoshligini ta’minlash, milliylikni saqlagan holda

rivojlangan davlatlar ta’lim tizimini, jumladan Boloniya deklaratsiyasini atroflicha o‘rganish orqali xalqaro
ta’lim tizimiga kirib borish, ta’limda hamkorlikni ta’minlash maqsadida ko‘pgina Qarorlar qabul qilingan.

Prezident Sh.Mirziyoyev 2020 yil 30 oktabr kuni “Mamlakatimiz taraqqiyotning yangi davriga qadam

qo‘ygan bugungi kunda inson kapitaliga sarmoya kiritish, ta’limni isloh qilish ustuvor vazifalardan biri”
mavzusidagi ta’lim

-tarbiya tizimini takomillashtirish

masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida

yangi metodikani joriy etish masalasiga asosiy e’tiborini qaratib, strategik vazifalar belgilab olindi. Eng asosiy
masala o‘quv yuklamasi va darslar sonini qayta ko‘rib chiqish (finlarda o‘quvchil

ar soni kam guruhlarda,

yuklamalari ham kam),

o‘quvchilarni faqat yodlashga emas, balki mulohaza va fikrlashga chorlaydigan

metodikani yaratish zarurligi, bu borada Finlyandiya ta’lim tizimi tajribasini o‘rganish

vazifasi ham qo‘yildi.

Ma’lumki, xalqaro tadqiqotlar ilg‘or ta’lim amaliyotini kuzatish, innovatsion ta’lim siyosati hamda

amaliyotini ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonlari, o‘rganishimiz mumkin bo‘lgan ko‘pgina

muvaffaqiyatli misollar bilan tanishish imkonini beradi.

Tarixshunoslar olib borayotgan ilmiy tadqiqot faoliyati davomida turli shakldagi, turli tildagi va

hajmdagi manbalardan o‘zining tadqiqoti uchun zarur bo‘lgan qismni ajratib olish va o`rganish imkonini beradi.

Shuning uchun raqamli tarixda hisoblash usullari matn tahlilidan keng foydalaniladi. Shu bilan birga bu fanda

“data science” va miqdoriy metodlar ham qo‘llaniladi. Jumladan,

Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi davri

tarixini o`rganish yuzasidan olib borgan tadqiqot natijalarimiz asosida ishlab chiqilgan jadvalimizni ham misol
qilib keltirishimiz mumkin.

Jaloliddin Manguberdining qahramonona olib borgan janglari [30]

Janglar nomi

Sana

Joy toponimikasi

Kuchlar nisbati

Natijasi

Jaloliddin

Manguberdi

dushmanda


background image

1

Niso jangi

1220-yil

Turkmaniston

300 otliq

700 otliq

G‘alaba

2

Qandahor himoyasi 1221-yil fevral

Afg‘oniston

10 000

G‘alaba

3

Valiyon qal’asi
himoyasi

1221-yil

Afg‘oniston

130 000

G‘alaba

4

Parvon janggi

1221-yil

G‘azna

60.000-70

000

Shiki

Kutuxu

lashkarida
30-45 000

G‘alaba

5

Sind (Hind) daryosi

1221-yil

25-noyabr 9-

dekabr

Hindiston

250 000

30 000

Chingizxonda

Jaloliddinda

mag‘lubiyat

6

Shatra

1221 yil

dekabrda

Hindistonning Shatra

viloyati

4000-6000

Hindlar

5000

G‘alaba

7

Basra yaqinidagi
jang

1225-yil

Bag‘dod atrofida

20 000

G‘alaba

8

Garni janggi

1225-yil 8

avgust

Sharqiy

Armanistonning Dvin

shahri yaqinida

Tvan

Mxagordzeli

boshchiligida

gi Gruzinlar

60 000

G‘alaba

9

Ray

1227

Eron

G‘alaba

10

Isfahon yaqinidagi
Sind qishlog‘idagi
jang

1227-yil

senyabr

Eron

mo‘g‘ullarni

ng Taynal

no‘yon

qo‘shini

boshlig‘i

G‘alaba

11

Arman podshosi
Xettum I

1228-yil

Kavkazda

Arman

podshosi

Xettum I, Misr

sultoni Ashra,

Rum sultoni

Alouddin

ittifoqligida

mag‘lubiyat

12

Arzinjon
yaqinidagi Yassi
Chaman
tekisligidagi jang

1230-yil 7 -
10 avgust

Kurdiston

700 otliq

3000

suvoriy

ittifoqdoshlar

Alouddin

Kaykubod

mag‘lubiyat

13

Ozarbayjon

1231-yil

Ozarbayjon

mo‘g‘ullarni
ng Ugedey

lashkari

mag‘lubiyat

Shu bilan birga raqamli texnologiyalardagi taraqqiyotning jadallashuvi, raqamlashtirishda yoshlarning

ishtirokining oshishida hamda raqamli axborotlar olish imkoniyatini yana osonlashtirmoqda. Ayniqsa raqamli
texnologiyalar hayotimizga chuqur kirib borgan gadjetlar, elektron qurilmalar, raqamli texnologiyalar va elektron
dasturlardan fan ta`lim sohasida qo`llash katta samara berishi bugun o`z tasdig`ini topdi.

Shu qatorda XX asrning 90-yillarida AQShda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida tarixni

raqamlashtirish maqsadida “Digital History” tushunchasi paydo bo`ldi. “Digital History” tushunchasi
arxivlardagi materiallar, muzey eksponatlari va boshqa tarixiy-madaniy meroslarni raqamlashtirish va ulardan


background image

amaliyotda foydalanivchilar o`rtasida yuzaga kelgan va keyinchalik uni tarixshunoslar orasida asosiy manba
sifatida keng qo`llanila boshlashiga olib keldi.

“Raqamli tarix” tarixni chuqur o‘rganish va uni ommaga taqdim etish maqsadida tarixiy materiallarni

to‘plash, tizimlashtirish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyaladan foydalanishni
o‘rganadigan bir yo`nalishga aylandi.[8] Raqamli tarix sohasidagi dastlab qilinga asosiy ishlar arxivlarni
ma`limotlari, teleko`rsatuvlar, vizualizal tarixiy ma’lumotlar, tarixiy voqeyalarning interaktiv xaritalari hamda
ushbu obyekt bo`yicha audio va video fayllarni yaratishda mazkur “data science” va miqdoriy metodini qo`lash
maqsadga muvofiq.

“Digital History” termining paydo bo’lishi va taraqqiy etishida AQSh tadqiqotchilarning o`rni juda

yuqori. Jumladan, Edvard Linn Eyers, Uilyam G. Tomas III misol qilib keltirish mumkin. Shuningdek,
AQShning Virginiya universitetida “Virginia Center for Digital History, VCDH” (“Virginiya raqamli tarix
markazi”) markazi tashkil etilgan.[8]

Raqamli tarix sohasidagi dastlab qilinga asosiy ishlar arxivlarni raqamlashtirish, ko`rsatuvlar, tarixiy

ma’lumotlarni vizualizalashtirish, tarixiy voqeyalarning interaktiv xaritalari, xronologik vizuval ma`lumotlar,
audio va video fayllarni yaratishga qaratilgan. Mamlakatimizda ham so’ngi yillarda bu sohada jadal ishlar olib
borilmoqda. Oʼzbekiston arxivlarida 16,1 million hujjat mavjud. Davlat arxivlarida saqlanayotgan 8,3 million
arxiv fondi hujjatlari elektron shaklga ega.[31]

Tarixni o`rganishda va uni keng ommaga yetkazish tadqiqotchila va soha mutaxasisilarida kreativlik,

integratsiya, intellektual tahlil qilish imkonini berishi bilan birga mazkur resurslardan foydalanish tarixni
o`rganuvchilarga keng bilim olish imkoniyatini bermoqda.

GIS bilan tanish bo'lmagan, ammo turli sabablarga ko'ra geografik tadqiqotlar olib borishi kerak bo'lgan

ko'plab odamlar

Google Earth

bilan ishlashni boshlaydilar.


Bu uch o'lchamli muhitda yuqori aniqlikdagi sun'iy yo'ldosh tasvirlarini ko'rishga imkon beruvchi ajoyib

dastur, ammo tadqiqotchining ko'rish qobiliyatini cheklaydi va sifat jihatidan yangi ma'lumotlarni yaratishga
imkon bermaydi.

Google Earth - bu Googledan bepul yuklab olinadigan dastur bo'lib, u sizga yer yuzidagi har qanday

joyning juda batafsil havo fotosuratlarini yoki sun'iy yo'ldosh rasmlarini ko'rish uchun kattalashtirish imkonini
beradi.


background image


Google Earth foydalanuvchiga qiziqarli joylarni kattalashtirishda yordam berish uchun ko'plab

professional va jamoatchilik uchun taqdimotlarni o'z ichiga oladi. Masalan, Xorazm viloyati Urgan shahrida 2022
yilda Sulton Jaloliddin Manguberdi sharafiga qo`yilgan 25 metrlik haykalning geografik joylashuvini Google
Earth dasturi orqali onlayn tarzda ko`rishimiz mumkin.

Xulosa

Oliy ta’limda ushbu mavzuni zamonaviy ta’lim vositalari bilan o’qitilishi talabalarda bilim, ko’nikma va

malakani shakllanishida yordam beradi hamda ta’lim sifati samaradorligini oshiradi.Janglarning xronologik va
toponimik ketma-ketligi jadvalda aks ettirildi.Sulton Jaloliddin Manguberdining Vatanimiz tarixidagi o‘rni va
ahamiyati manbalardagi talqini orqali tahlil qilindi va baho berildi.

Jaloliddin Manguberdining sarkardalik dahosi haqida kechirib bo‘lmas darajada oz kitob yozilgan. Bor

kitoblar ilmiy-ommabop asarlar yoki badiiy adabiyotlardir. Ammo ilmiy nuqtai nazardan, sulton olib borgan
janglar soni, janglar jarayoni, janglarning sxematik kartasi, g‘alaba yoki mag‘lubiyat sabablari, oqibatlari, jang
taktikasi va strategiyalari umuman tadqiq etilmagan. Shuningdek, Jaloliddin tuzgan davlat, zarb etilgan tangalar
haqida uncha-muncha tarixchilar bilmaydi ham. Jaloliddin Manguberdining ibratli hayoti va sarkardalik faoliyatini
barcha qirralari bilan o‘rganish bugungi tarixshunoslikning muhim va dolzarb vazifalaridandir.



background image



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

1.

Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – T.: O‘zbekiston, 2017.

– 488 b.

2.

Рашид ад-дин. Сборник летописей /Пер.: А.К. Арендс, Ю.П. Верховский, О.И. Смирнова, Л.А.

Хетагуров. - М., 2002. Т. 1-2.

3.

Ан-Насави. Жизнеописание султана Джалал ад-дина Манкбурны/Пер. З.М. Буниятова. Баку, 1973. 450

с.

4.

Шихабад-Дин Мухаммад ибн Ахмад ан Насави. Сират ас-султан Джалал ад-Днн Манкбурня

(Жизнеописание султана Джалал ад-Дина Манкбурни). Критич. текст, пер. с араб., предисл., коммент., примеч. и
указ. 3.М. Буниятова. - М.: Издательская фирма «Восточная литература» РАН, 1996. —778 с. (Памятники
письменности Востока. СУП).

5.

Ан-Насави. Жизнеописание султана Джалал ад-Дина Манкбурны/ Пер. З.М. Буниятов. - Баку, 1973.

Раши Д-ад-Дин. Сборник летописей. Т. И,, кн. 1, перевод с персидского Л.А. Хетагурова, редакция и примечания
А.А. Семенова, М.-Л., 1952; т. И, кн. 2, перевод с персидского 0.И. Смирновой, примечания Б.И. Панкратова и О. И.
Смирновой, редакция А.А. Семенова, М.-Л:, 1952; т. II, перевод с персидского Ю.П. Верховского, примечания
Ю.П.Верховского и Б.И.Панкратова, редакция III. Петрушевского, М.-Д., 1960.

6.

Джувейни. Чингиз-хан. История завоевателя мира /Пер. Е.Е. Харитонова. М., 2004. 690 с.

7.

Ибн ал-Асир. «Ал-Камил фи-т-тарих» «Полный свод по истории». Избранные отрывки / Пер. П.Г.

Булгакова, Ш.С. Камолиддина. - Т., 2006. 560 с.

8.

Ибн ал-Асир. Ал-Камил фи-т-таʼрих. Полный свод истории / Перевод с арабского языка, примечания и

комментарии П.Г. Булгакова [дополнения к переводу, примечаниям и комментариям, введение и указатели Ш.С.
Камолиддина]. – Ташкент; Сюрих: Изд-во АН РУз, 2005. – 595 с.

9.

Рашид ад-Дин. Сборник летописей: в 3 т / Пер.: А.К.Арендс, Ю.П. Верховский, О.И. Смирнова, Л.А.

Хетагуров. - М., 2002. Кн. 1-2.2-3.

10.

Shihobiddin Muhammad an-Nasaviy. Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti tafsiloti / Kamol Matyoqubov

tarjimasi. – T.: O’zbekiston, 2006. – 384 b.

11.

Shihobiddin Muhammad an-Nasaviy. Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti / Matyoqubov K. tarjimasi – T.:

O’zbekiston - Yozuvchi, 1999. – 432 b.

12.

Shihobiddin Muhammad an-Nasaviy. Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti tafsiloti / Kamol Matyoqubov

tarjimasi. – T.: O’zbekiston, 2006. – 384 b.

13.

Juvayniy Alouddin Atomalik. Tarixi Jahonkusho. (Jahon fotihi tarixi) / Mas’ul muharrirlar: H.Boltaboyev,

M.Mahmudov. – Tos’hkent: MUMTOZ SO’Z, 2015. – 504 b.

14.

Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. - T.: Sharq, 2000.

15.

Ahmedov B. A. O’zbekiston tarixi manbalari. - Toshkent, 1991.

16.

Бартольд В.В. Туркестан в поху монголmского нашествия// Сочинения. - М., 1963. Т. 1. 760 с.

17.

Бунёдов З. Ануштагин Хоразмшоҳлар давлати (1097-1231).Т.:Ғофур ғулом ,-1998. -254 б.

18.

Buriyev Omonullo, Toshev Nuryog‘di. Jaloliddin Manguberdi (Davri. Sarkardalik faoliyati. Manbalar). – T.:

Fan, 1999. – 69

19.

Doniyorov A. Markaziy Osiyo xalqlari tarixshunosligi. – T., 2020. - B. 147-156.

20.

Ибн ал-Асир. «Ал-Камил фит-тарих» «Полный свод по истории». Избранные отрывки / Пер. П.Г.

Булгакова, Ш.С. Камолиддина. - Т., 2006. 560

21.

Shihobiddin Muhammad an-Nasaviy. Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti tafsiloti / Kamol Matyoqubov

tarjimasi. – T.: O’zbekiston, 2006. – 384 b.

22.

Juvayniy Alouddin Atomalik. Tarixi Jahonkusho. (Jahon fotihi tarixi) / Mas’ul muharrirlar: H.Boltaboyev,

M.Mahmudov. – Tos’hkent: MUMTOZ SO’Z, 2015. – 504 b.

23.

Бартольд В.В. Туркестан в поху монголmского нашествия// Сочинения. - М., 1963. Т. 1. 760 с.

24.

Buriyev Omonullo, Toshev Nuryog‘di. Jaloliddin Manguberdi (Davri. Sarkardalik faoliyati. Manbalar). – T.:

Fan, 1999. – 69 b.

25.

Digital History – Study Material // University of Calicut

26.

Мўминов Х. Рақамли тарих [Матн]: дарслик. –Тошкент: Nurafshon business, 2022.

27.

Azamat Ziyo O‘zbek davlatchilik tarixi. Toshkent:. Sharq, 2001.

28.

Oydin Tonariy. Jaloliddin va uning davri. (Turk tilidan Boboxon Muhammad Sharif tarjimasi.) - T.: Sharq,1999

29.

http://www.vcdh.virginia.edu/index.php?page=VCDH

30.

Y.D Mametsharipovna “Umumiy o ‘rta ta’lim tizimida sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti va faoliyatini

o‘qitish texnologiyalari” PEDAGOGS jurnali 10 (1), 169-179.

31.

@centerasiastudy kanali ma`lumotlari


background image

32.

http: //enc /mail.ru /article /1900129112;

33.

http: //www.sngnews.ru /frame artikle /20 /60529.html.

34.

https://news.stanford.edu

References

Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – T.: O‘zbekiston, 2017. – 488 b.

Рашид ад-дин. Сборник летописей /Пер.: А.К. Арендс, Ю.П. Верховский, О.И. Смирнова, Л.А. Хетагуров. - М., 2002. Т. 1-2.

Ан-Насави. Жизнеописание султана Джалал ад-дина Манкбурны/Пер. З.М. Буниятова. Баку, 1973. 450 с.

Шихабад-Дин Мухаммад ибн Ахмад ан Насави. Сират ас-султан Джалал ад-Днн Манкбурня (Жизнеописание султана Джалал ад-Дина Манкбурни). Критич. текст, пер. с араб., предисл., коммент., примеч. и указ. 3.М. Буниятова. - М.: Издательская фирма «Восточная литература» РАН, 1996. —778 с. (Памятники письменности Востока. СУП).

Ан-Насави. Жизнеописание султана Джалал ад-Дина Манкбурны/ Пер. З.М. Буниятов. - Баку, 1973. Раши Д-ад-Дин. Сборник летописей. Т. И,, кн. 1, перевод с персидского Л.А. Хетагурова, редакция и примечания А.А. Семенова, М.-Л., 1952; т. И, кн. 2, перевод с персидского 0.И. Смирновой, примечания Б.И. Панкратова и О. И. Смирновой, редакция А.А. Семенова, М.-Л:, 1952; т. II, перевод с персидского Ю.П. Верховского, примечания Ю.П.Верховского и Б.И.Панкратова, редакция III. Петрушевского, М.-Д., 1960.

Джувейни. Чингиз-хан. История завоевателя мира /Пер. Е.Е. Харитонова. М., 2004. 690 с.

Ибн ал-Асир. «Ал-Камил фи-т-тарих» «Полный свод по истории». Избранные отрывки / Пер. П.Г. Булгакова, Ш.С. Камолиддина. - Т., 2006. 560 с.

Ибн ал-Асир. Ал-Камил фи-т-таʼрих. Полный свод истории / Перевод с арабского языка, примечания и комментарии П.Г. Булгакова [дополнения к переводу, примечаниям и комментариям, введение и указатели Ш.С. Камолиддина]. – Ташкент; Сюрих: Изд-во АН РУз, 2005. – 595 с.

Рашид ад-Дин. Сборник летописей: в 3 т / Пер.: А.К.Арендс, Ю.П. Верховский, О.И. Смирнова, Л.А. Хетагуров. - М., 2002. Кн. 1-2.2-3.

Shihobiddin Muhammad an-Nasaviy. Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti tafsiloti / Kamol Matyoqubov tarjimasi. – T.: O’zbekiston, 2006. – 384 b.

Shihobiddin Muhammad an-Nasaviy. Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti / Matyoqubov K. tarjimasi – T.: O’zbekiston - Yozuvchi, 1999. – 432 b.

Shihobiddin Muhammad an-Nasaviy. Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti tafsiloti / Kamol Matyoqubov tarjimasi. – T.: O’zbekiston, 2006. – 384 b.

Juvayniy Alouddin Atomalik. Tarixi Jahonkusho. (Jahon fotihi tarixi) / Mas’ul muharrirlar: H.Boltaboyev, M.Mahmudov. – Tos’hkent: MUMTOZ SO’Z, 2015. – 504 b.

Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. - T.: Sharq, 2000.

Ahmedov B. A. O’zbekiston tarixi manbalari. - Toshkent, 1991.

Бартольд В.В. Туркестан в поху монголmского нашествия// Сочинения. - М., 1963. Т. 1. 760 с.

Бунёдов З. Ануштагин Хоразмшоҳлар давлати (1097-1231).Т.:Ғофур ғулом ,-1998. -254 б.

Buriyev Omonullo, Toshev Nuryog‘di. Jaloliddin Manguberdi (Davri. Sarkardalik faoliyati. Manbalar). – T.: Fan, 1999. – 69

Doniyorov A. Markaziy Osiyo xalqlari tarixshunosligi. – T., 2020. - B. 147-156.

Ибн ал-Асир. «Ал-Камил фит-тарих» «Полный свод по истории». Избранные отрывки / Пер. П.Г. Булгакова, Ш.С. Камолиддина. - Т., 2006. 560

Shihobiddin Muhammad an-Nasaviy. Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti tafsiloti / Kamol Matyoqubov tarjimasi. – T.: O’zbekiston, 2006. – 384 b.

Juvayniy Alouddin Atomalik. Tarixi Jahonkusho. (Jahon fotihi tarixi) / Mas’ul muharrirlar: H.Boltaboyev, M.Mahmudov. – Tos’hkent: MUMTOZ SO’Z, 2015. – 504 b.

Бартольд В.В. Туркестан в поху монголmского нашествия// Сочинения. - М., 1963. Т. 1. 760 с.

Buriyev Omonullo, Toshev Nuryog‘di. Jaloliddin Manguberdi (Davri. Sarkardalik faoliyati. Manbalar). – T.: Fan, 1999. – 69 b.

Digital History – Study Material // University of Calicut

Мўминов Х. Рақамли тарих [Матн]: дарслик. –Тошкент: Nurafshon business, 2022.

Azamat Ziyo O‘zbek davlatchilik tarixi. Toshkent:. Sharq, 2001.

Oydin Tonariy. Jaloliddin va uning davri. (Turk tilidan Boboxon Muhammad Sharif tarjimasi.) - T.: Sharq,1999

http://www.vcdh.virginia.edu/index.php?page=VCDH

Y.D Mametsharipovna “Umumiy o ‘rta ta’lim tizimida sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti va faoliyatini o‘qitish texnologiyalari” PEDAGOGS jurnali 10 (1), 169-179.

@centerasiastudy kanali ma`lumotlari

http: //enc /mail.ru /article /1900129112;

http: //www.sngnews.ru /frame artikle /20 /60529.html.

https://news.stanford.edu

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов