ISLOM DINIDA ER-XOTIN MUNOSABATLARININING TALQIN ETILISHI

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Bo‘riуeva M. (2024). ISLOM DINIDA ER-XOTIN MUNOSABATLARININING TALQIN ETILISHI. Modern Science and Research, 3(1), 1–3. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28101
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

Ushbu maqolada oila borasidagi diniy qarashlarni ko‘rib chiqar ekanmiz, oila barqarorligida er-xotin munosabatlaridagi asosiy joy egallaydigan nikoh orqali oilani mustahkamlash, erkak hamda ayollarning huquq-majburiyatlari, oila tinchligi, sha’nini saqlashga katta e’tobor berilgan.


background image

ISLOM DINIDA ER-XOTIN MUNOSABATLARININING TALQIN

ETILISHI

Mahbuba Bo‘riуeva

“Oila va xotin qizlar” ilmiy tadqiqot instituti

100047, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Istiqbol ko‘chasi, 51-uy,

mahbubaburieva6@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10462786

Tayanch so‘zlar:

Oila, tarbiya, munosabatlar, farzand, qadriyatlar,

nikoh, o‘zaro xurmat, o‘zaro tushunish, burch, ma’suliyat.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada oila borasidagi diniy qarashlarni ko‘rib chiqar ekanmiz, oila barqarorligida er-xotin
munosabatlaridagi asosiy joy egallaydigan nikoh orqali oilani mustahkamlash, erkak hamda ayollarning huquq-
majburiyatlari, oila tinchligi, sha’nini saqlashga katta e’tobor berilgan.


1

KIRISH

Oila haqida gapirishdan oldin insonning

yaratilishidan ko‘zlangan maqsadlari uning bahti,
saodati, ayniqsa erkak hamda ayolning nima uchun
juft qilib yaratilishi kabi savollarga javob topamiz. Shu
boisdan Qur’oni Karimning Fotir surasiga murojat
qilar ekanmiz unda “Alloh sizlarni tuproqdan, so‘ngra
nuftadan yaratib, keyin juft-juft qilib qo‘ydi” degan
yorqin dalillarni o‘zi ulkan mo‘jizadir [1]. Insonni
erkak hamda ayoldan iborat juftlik yaratish hikmatini
o‘zida “sokinlik topishingiz uchun” deya bayon
qilinadi [2].

Demak

erkak

va

ayolni

juft

qilib

yaratilishining hikmatida ular orasidagi mehr-
muhabbat, sevgi, bir-birini qo‘llab-quvvatlash hamda
marhamatni

shakillantirmay

turib

oilaviy

qiyinchiliklarga chidab yashay olishmasdi.

Qur'oni

Karim

orqali

Alloh

taolo

bandalarining umrlarini ma’lum tartib-nizomga
solgan. Ushbu tartib-nizomni o‘rnatishning yo‘l-
yo‘rig‘ini ko‘rsatishda muallim qilib Payg‘ambar
alayhissalomni yuborgan. Ibn Obidin rahmatulloh
aytishlaricha: «Dunyoda ham, oxiratda ham insonni
bog‘lab turadigan ikkita rishta bor. Birinchisi – inson
qalbidagi iymoni. Inson iymoni sog‘lom bo‘lsa
nafaqat bu dunyoda, balki jannatda ham birga bo‘ladi.
Ikkinchisi – o‘zining pokiza oilasi. Insonning bu
dunyodagi halol oilaviy munosabati jannatlarda ham
yo‘ldosh bo‘ladi» [3].

Bundan tashqari Nahl surasida “Alloh

sizlarga o‘zlaringizdan juft qildi va sizlarga
juftlaringizdan bolalar hamda nabiralar berdi va pok
narsalardan rizq ulashdi” deya Alloh taolo marhamat
qiladi. Islom shariatida musulmon insonnig amaliy
hayotini tartibga soluvchi zakot, ro‘za, namoz, haj
kabilar bilan bir qatorda nikoh, oilaga oid qarashlar
ham bandalariga targ‘ib qilingan [2].

Har bir musulmon uyli joyli, oilali bo‘lishga

harkat qilishi kerak deya Abdulloh roziyallohu
anhudan rivoyat qilinadi [4]. Chunki Alloh oila
qurmay, uylanmay yurushni musulmomlarga hos
bo‘lmagan ish, inson uchun unig baxt-saodati kelajagi

uchun kerakli narsadir, bo‘lmasa u insonlarni bunday
yaratmas edi deya ayon etadi.

2

MATERIAL VA METODLAR

Nikoh sababli oila deb atalmish muhtasham

oshyon quriladi. Bu oshyonda er-xotinlar farzandlari,
nevaralari bilan birga bog‘lanib yashaydilar. Ular
orasidagi qarindoshlik aloqalari yo‘li bilan oila deb
atalmish kichik bir guruh yuzaga keladi. Bu guruhning
kengayishi oqibatida esa katta bir jamiyat yuzaga
keladi.

Insonlarning turli holatlariga qarab, nikohda

bo‘lishlari quyidagicha bo‘ladi.

1.

Farz-vojib.

Inson

harom

ishga

bormasligi uchun nikoh – uylanishi
lozim -oila qurish vojib bo‘ladi.

2.

Harom. Haromga olib boruvchi har narsa
haromdir degan Islom shariatining
qoidasi bunga asos bo‘ladi;

3.

Makruh. O‘zining jufti haloliga zulm
qilishdan qo‘rqadi biroq unga to‘liq
ishonmasli o‘sha odam uchun nikoh
makruh bo‘ladi;

4.

Sunnati muakada. Zinodan, juftiga
zug‘m qillishdan qo‘rqmaydigan inson
uchun oila qurish sunnati muakadir;

5.

Muboh. Oila qurishga rag‘batlantiruvchi
hamda

man

etuvchi

narsalarni

bo‘lmasligi nikohni mubon etadi [5].

Islom ta’limotlarida oila qurishga asos hamda

maqsadlar quyidagilar hollarda quriladi:

-oila odob va ahloq, mehribonlik, adolat,

o‘zaro yordam, islomiy odoblar bilan o‘zini ziynatlash
orqali iliymaqom, mustahkam makon yaratish uchun
quriladi;

-oilaviy hayotni er-xotin ulug‘ hamda

ma’suliyatlarni

yuklovchi,

sharafli

maqsadlar

ko‘zlangan go‘zal bir hayot deb qarashi kerak;


background image

- er-xotin o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro

muhabbat, o‘zaro tushunish, intilish orqali bo‘lishi
lozim.

Er-xotin orasidagi munosabatlar faqat jinsiy

aloqadan iborat bo‘libgina qolamay, balki ularning
qalblari, his-tuyg‘ulari hamda butun vujudlari bilan
bog‘lanishadi. Shunday ekan ular bir-birlari bilan
muloqat muomalarida chiroyli tartib ila so‘zlashishlari
lozim bo‘ladi. Alloh taolo erkakka erkaklik, ayolga
ayollik xususiyatlarini berib yaratgan ekan, ularning
har ikkalasiga ham mos vazifalar yuklatilgan. Shu
bilan birga vazifalar bilan bir qatorda haq-huquqlari
ham biriktirilgan. Erkakning oiladagi rahbarlik
vazifasini afsuski ko‘p erkaklar qahr, g‘azab, zulum
o‘tkazish deb tushunadi. Aslida rahbarlik qilish
ma’suliyati olilani jumladan ayolini boqish, homiylik
qilish, muhofaza qilish lozimdir.

Er-xotin o‘zaro birga yahshilik bilan

yashamoqlari, har ikki taraf bir-biridan lazzat va orom
topishi, sirlarini oshkor etmasligi, ehtiyojlarini
qondirish imkoniga ega bo‘lishlari kerak. Rasuli
akram alayhissalomning hadislarida: «Agar kim
uylansa, yaxshi niyat bilan oila qursa, uning dinining
yarmi mukammal bo‘ldi, qolgan yarmida Allohga
taqvo qilsin, Allohdan qo‘rqsin», deya ta’kidlab
o‘tganlar. Oilada er va ayolning vazifalari,
majburiyatlari, burch hamda huquqlari bor. Er hamda
ayol bularni to‘liq bilishi lozim. Islomda erning ayoli
oldidagi hamda, ayolning eri oldida burchlarini ko‘rib
o‘tamiz.

Xotinnig o‘z erlari oldida bir necha burchlari

borligi shariatda bayon etilgan.

1.Xotinning eriga itoat qilmog‘i;
2.Huzurida eri bor vaqtda ayol kishi erining

ruxsatisiz nafl ro‘za tutmasligi;

3.Ayol kishi eri xohlagan vaqtda, sha’riy uzr

bo‘lmasa, uning jinsiy ehtiyojini qondirish kerak;

4. Ayol kishi eri yomon ko‘radigan kishilarni

uyga kiritmasligi hamda unig yonida o‘tirmasligi
lozim;

5. Erga nisbatan barcha ishlarda yahshi

munosabatda bo‘lish;

6. Xotin har bir narsani eridan so‘rab qilish;
7. Erga yordam berish va uning rioyasini ado

etish.

Shu bilan birga erning ayoli oldidagi

burchlari ikki qismga ajratiladi:

1.Moilaviy burchlari;
2. Muammoviy burchlari.
Erning moliyaviy burchlaridan tashqari

muomalaviy burchlarini ado etishi ham lozim. Er
xotiniga yahshi muomalada bo‘lishi, ular orasidagi
munosabatlar sev-muhabbat, his-tuyg‘ular, orzu-
umidlar, baxt-saodat asosida yuzaga keladi.

Er-xotinlar nafaqat jisman balki ruhan ham

birlashishadi.

Er

ayoliga

hazil-mutoyiba

va

ko‘ngilxushlik qilish bilan erkalatib turishi, ayoliga
doimo yahshilik qilishi, er xotinini behuda rashk
qilmasligi, er xotiniga nisbatab kechirimli bo‘lishi ular
orasidagi munosabatlarni yanada rivojlanishiga turtki
bo‘ladi.

Oilada munosabatlari ijobiy bo‘lgan er

xotiniga lutf bilan muamila qilib, uni eng chiroyli

ismlar

bilan

chaqiradi

hamda

kamchiliklarini

kechiradi.

Er-xotin bir-birlari bilan o‘zaro yahshi

munosabatda bo‘lishlari uchun o‘zaro hislatlarini
bilishlari lozim bo‘ladi. Nimadan hursand yoki hafa
bo‘lishlarini bilish uchun erkak kishi ayolining
xislatlari tabiatiga e’tibor qaratish darkor. Er
ayollardagi bilishi ekrak bo‘lgan hislatlardan aqli
hamda dini borasidagi kamchiliklaridir.

Hadisda keltirilishicha “Ayollarga nisbatan

yahshi muomilada bo‘ling, ayol qovurg‘adan
yaratilgan. Uni to‘g‘irlayman desangiz sindirib
qo‘yasiz, agar shu holda qoldirsangiz egriligicha
qoladi. Shu bois ayollarga yahshi muomalada
bo‘lingizlar” deya Rasululloh (sollalohu alayhi va
salam) aytadilar. Demak, er xotiniga shunga qarab
muomila qlishi lozim bo‘ladi. Chunki boshqa insonlar
bilan ularning xususiyatidan kelib chiqib muomila
qilish munosabatlarda bo‘ladigan madaniyatni hosil
qilganidek er xotining xatolarini muhokama qilib
o‘tirmasligi kerak [6].

Demak, er xotiniga shunga qarab muomala

qilishi, barcha xatolarini borasida gaplashsin hamda
ahamiyatsizlariga e’tibor qaratmasligi kerak.

Oilaviy muammolar er tarafidan va hotin

tarafidan bo‘ladigan muammolarga ajratishimiz
mumkin. Er tomonidan ayoliga e’tibor bermaslik,
unga uyidagi qiymatsiz buyum sifatida qarashi, oilaga
tegishli bo‘lgan masalalarda ayolining fikrini inobatga
olmaslik, ayolini haqorat qilishi, mensimasligi, qilgan
vizifalarini minnat qilishi, boshqalarga yahshi
munosabatda bo‘lib ayoliga yomon munosabatda
bo‘lish kabi muammolar bo‘ladi.

Ayollari

tomonidan

bo‘ladigan

muammolarga

quyidagilarni

sanab

o‘tishimiz

mumkin: uy hamda bolalar ozodaligiga e’tibor
bermaslik, behuda rashk qilishi, erini rozi qilish haqida
o‘ylamasligi, his-tuyg‘ularini inobatga olmaydi, eriga
bo‘ysunmalik, erining yaqinalriga yahshi muomila
qilmaslik, keraksiz sarf-harajat qilish.

Demak, er-xotin o‘rtasida muammo yuzaga

kelganda,

ular

o‘rtasida

bo‘lib

o‘tgan

kelishmovchilikni o‘ylab ko‘rishlari darkor. Erning
jahli chiqsa yohud ayoli achchiqlansa, har ikkisi ham
Allohdan panoh so‘rashlari, shaytonning hiylalariga
uchmasdan biri boshqasini kechirsin, xató qilgan
bo‘lsa kechirim so‘rasin, bag‘riga bossin [6].

Rasululloh (sollalohu alayhi va salam)

o‘zlarining hayotlarida bo‘lib o‘tgan oila muammolari
haqida gapirib o‘tmaganlarida biz hozirgi kunda bular
haqida bilmas edik. Muammolarni hal qilishda aql,
mehribonlik hamda yahshilik bilan hal qilish yo‘lini
tutar edilar. Ular bu muammolarni hal qilishda
quyidagi usullaridan foydalanganlar.

Birinchi usul tabassum ulashish hamda

hazillashish.

Ba’zi

oilaviy

muammolar,

kelishmovchlikliklarni qaysarlik hatto achchiq qilish
yo‘li bilan ham hal qilish foyda bermaydi, ana
o‘shanda ushbu usul yordamida hal qilinadi.
Muammolarni vaqtida ular kattarib ketmasdan,
yechim topish qiyin bo‘lmasdan hal qilish darkor.
Rasululloh (sollalohu alayhi va salam) ayollari bilan
kelishmovchilik paytida ushbu usulda tabassum


background image

qilganlari birasida quyidagi rivoyat keltirilgan: “Oisha
(roziyallohu anho) Rasululloh (sollalohu alayhi va
salam) ga qarata qayerda ekanliklarini so‘raganda ular
“Ey Humayro, Ummu Salamaning oldida edim”,
deydilar bunga javoban Oisha (roziyallohu anho)
“Ummu Salamadan to‘ymadingizmi” deganlarida
Rasululloh (sollalohu alayhi va salam) bunga javoban
kulib qoyadilar”.

Ikkinchi usul e’tiborsizlik. Rasululloh

(sollalohu alayhi va salam) oilaviy kelishmovchilikni
bartaraf etishda ushbu usuldan ham foydalanganlar.
Ko‘p kelishmovchilik, tortishuv janjal bilan hal qilib
bo‘lmaydi, chunki muammo chigallashgan sari uni
yechish murakkablashib boradi. Oilada er-xotinlar
o‘rtasida yuzaga keladigan nizolarda erning beparvo
qarashi, baqirmasligi yoki foydali ishga diqqatini
qaratganida hal bo‘lishi kuchayadi.

Uchunchi usul gaplashish hamda ko‘ndirish.

Rasululloh (sollalohu alayhi va salam) er-xotinlik
muammolarida gaplashib, qilayotgan xatо ishi,
fikrlaridan qaytarish yo‘li orqali xotinini ishontirish
yоrdamida muammolar yechimini toрganlar. Bunday
yechim oilaning mustahkam kelalagini ta’minlaydi,
hamda o‘zaro fikr almashish esa yuzaga kelga
muammoni birgalikda bartaraf etishga turtki bo‘ladi.

To‘rtinchi usul nasihat va eslatma. Xotin

Allohning

hamda

erning

shariat

tomonidan

belgilangan vazifalarni ado qilishda xatoga yo‘l
qo‘yganda ushbu usuldan foydalaniladi.

Beshinchi usul jahl chiqqanda qattiq

ma’lomat qilish. Biror bir muammo yana
takrorlanganda Rasululloh (sollalohu alayhi va salam)
uylarida bu yana takrorlanmasliklari uchun shu
usuldan foydalanilgan.

Oltinchi usul qaror qabul qilishdan oldin

yahshilab o‘ylab ko‘rish, ishonch hosil qilish va
aniqlash. Oilada yuzaga keladigan muammoni o‘ylab
ko‘rish, aniqlash hamda ishonch hosil qilish orqali hal
etiladi.

Yettinchi odillik bilan hukm chiqarish usulu.

Oilaviy muammolarni hal qilishda ushbu usul juda
foydali bo‘ladi.

Sakkizinchi usul turtib qo‘yish bilan ham

oiladagi kelishmovchilikni bartaraf etsa bo‘ladi.

Oilaviy muammolarni hal etishda nasihat

hamda chiroyli so‘z bilan malomat qilganlaridan so‘ng
to‘qqizinchi tark qilish usulidan foydalanganlar.
Rasululloh sollalohu alayhi va salam oilada xotin
ehtiyojidan ortiq narsani so‘raganda yuzaga keladigan
moddiy muammolarda ushbu usuldan foydalanganlar.

Va ohirgi usul ihtiyor berish hamda maslahat

qilish orqali oilaviy muammolarni hal etishda
qo‘llaganlar [6].

Demak, er-xotin o‘rtasida muammo yuzaga

kelganda,

ular

o‘rtasida

bo‘lib

o‘tgan

kelishmovchilikni o‘ylab ko‘rishlari darkor. Erning
jahli chiqsa yohud ayoli achchiqlansa, har ikkisi ham

Allohdan panoh so‘rashlari, shaytonning hiylalariga
uchmasdan biri boshqasini kechirsin, xató qilgan
bo‘lsa kechirim so‘rasin, bag‘riga bossin [6].

Alloh taolo ayolni shunday ulug‘ zot etib

yaratganki, u o‘zining aql-zakovati, fahm-farosati
bilan eriga huzur, xonadoniga fayz olib kiradi. Mana
shunday ayol sababli er ikki dunyo saodatiga
yetishadi. Alloh taolo Odam alayhissalomni yaratar
ekan, uni jannat ne'matlari bilan siyladi. Jannatda
hamma

narsa

muhayyo

edi,

biroq

Odam

alayhissalomga nimadir yetishmayotganday tuyular
edi. Shu sababli Alloh Odam alayhissalomni chap
qovurg‘asidan Momo havo onamizni yaratib, Odam
alayhissalomning qalbi shodon etdi. Soliha, odobli,
dono bo‘lgan ayol erkak hayotini Jannat qiladi.

Erkak ayoliga oilada uy ishlarida yordam

berib, og‘irini yengil qilib koʻnglini koʻtarishi, ular
oʻrtadagi mehr-oqibat rishtalari mustahkamlanishiga
turtki boʻladi. Bu borasida Alloh taolo: “Ayollarga
yaxshi muomalada boʻlib hayot kechiringlar”, deb
ta’kidlaganlar. Shundan kelib chiqib yetuklikka
intilgan har bir erkak oilada unga hamroh boʻlayotgan
ayolining barcha axloq va hislatlarini to‘liq anglab,
unga yaxshi muomalada boʻlishi darkor.

HULOSA

Xulosa

qilib aytadigan bo‘lsak oilaning har

bir a’zosi, eng avvalo er-xotinlar o‘z ma’suliyati
hamda majburiyatini teran his qilishi, Alloh roziligi
yo‘lida burchlarini ado etishlari, jamiyatda chiroyli
hamda pok-halol oilani shakllantirishi lozimdir.
Buning uchun eng avvalo oilaviy hayotlarini
yaxshilash, oiladagi baxtni mukammal bo‘lishiga
hissa qo‘shish, har ikki taraf ham bir-birini rozi
qilishga intilish, muammolarni hal qilish, juftini rozi
qilish lozimdir. Zero oilalarning mustahkamligi
jamiyat uchun ahamiyatlidir

FOYDALANILGAN

ADABIYOTLAR RO`YXATI

[1] Qur’оni Kаrim. Аlоuddin Mаnsur tаrjimаsi. – T.:
Chо‘lpоn, 1992.– B. 3-237
[2] Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Baxtiyor
oila. – T.: “Hilol-Nashr”, 2023. – B.174-241
[3]

https://kun.uz/uz/news/2020/04/27/oila-mustahkam-

bolishining-asosiy-shartlari

nima

[4] Qur’оni Kаrim mа’nоlаrining tаrjimа vа tаvsifi. –
Tоs’hkent: “Tоs’hkent islоm universiteti” nаs’hriyоt-
mаtbаа birlаs’hmаsi, 2018.-B.35
[5] Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Baxtiyor
oila. – T.: “Hilol-Nashr”, 2023. – B.174
[6] Islomda oila: muammo va yechimlar / M.Ahmad. – T.:
Imom Buxoriy halqaro markazi nashriyoti. 2019. – B. 20-46

References

[1] Qur’оni Kаrim. Аlоuddin Mаnsur tаrjimаsi. – T.: Chо‘lpоn, 1992.– B. 3-237

[2] Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Baxtiyor oila. – T.: “Hilol-Nashr”, 2023. – B.174-241

[3] https://kun.uz/uz/news/2020/04/27/oila-mustahkam-bolishining-asosiy-shartlari nima

[4] Qur’оni Kаrim mа’nоlаrining tаrjimа vа tаvsifi. –Tоs’hkent: “Tоs’hkent islоm universiteti” nаs’hriyоt-mаtbаа birlаs’hmаsi, 2018.-B.35

[5] Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Baxtiyor oila. – T.: “Hilol-Nashr”, 2023. – B.174

[6] Islomda oila: muammo va yechimlar / M.Ahmad. – T.: Imom Buxoriy halqaro markazi nashriyoti. 2019. – B. 20-46

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов