BUGUNGI KUNDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING O‘RNI VA AHAMIYATI

HAC
Google Scholar
To share
Yusupkhodjaeva , G., & Akimkulova, . Z. (2024). BUGUNGI KUNDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING O‘RNI VA AHAMIYATI . Modern Science and Research, 3(1). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28092
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning har mamlakat uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan dunyoning rivojlangan mamlakatlarida raqamli iqtisodiyotga o‘tish darajasi tahlil qilingan.


background image

BUGUNGI KUNDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING O‘RNI VA

AHAMIYATI

Yusupkhodjaeva Gulchehra. Akimkulova Ziuar

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent, Olmazor, Universitet koʻchasi, 2, 100095 Uzbekistan

Email:

i.bairam@bk.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.10467715

Kalit so‘zlar: raqobat, iqtisodiyot, raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, axborot kommunikasiya, YIM.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning har mamlakat uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan dunyoning
rivojlangan mamlakatlarida raqamli iqtisodiyotga o‘tish darajasi tahlil qilingan.

Jahonda pandemiyadan keyingi davrda zamonaviy

jamiyat

hayotining

barcha

sohalariga

raqamli

texnologiyalarning faol kirib borishi yangi dunyo
iqtisodiyotining

rivojlanayotgan

raqamli

makonida

raqobatbardosh mavqega erishish uchun iqtisodiyotni
raqamlashtirish va raqamli o‘zgartirish jarayonlarini
tezlashtirish zarurati juda katta ahamiyat kasb etmoqda. Bu
kabi o‘zgarishlarning analitik, ilmiy va uslubiy
rivojlanishini, raqamli iqtisodiyot uzoq muddatli istiqbolda
mikro, mezo, makro darajalarning ijtimoiy-iqtisodiy
tizimlari

rivojlanish

vektorini

belgilash,

raqamli

transformasiya jarayonlarini tadqiq etish va har tomonlama
tahlil qilish muhim masalalar qatoriga kiritilgan.

Bugungi kunda raqamli texnologiyalar va tarmoq

effektlari jahon iqtisodiy tizimining barcha sub’ektlarining
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotining ajralmas
qismi va umuman ijtimoiy taraqqiyotning asosidir.
O‘zbekiston, dunyoning aksariyat davlatlari singari,
hayotning barcha sohalarida bilim, fan, texnika va
axborotning asosiy roli bilan tavsiflanadigan yana bir
texnologik inqilob, yangi tsivilizasiya paydo bo‘lish
arafasida turibdi.

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidenti

Sh.M.Mirziyoev 2020 yil uchun eng muhim ustivor vazifalar
haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Yurtimiz
Xalqaro

axborot

kommunikatsiya

texnologiyalarini

rivojlantirish indeksi bo‘yicha 2019 yilda 8 pog‘onaga
ko‘tarilgan bo‘lsa-da, hali juda ham orqadamiz. Aksariyat
vazirlik va idoralar, korxonalar raqamli texnologiyalardan
mutlaqo yiroq, desak, bu ham haqiqat. Albatta, raqamli
iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko‘p
mablag‘ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi
bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu ishga bugun
kirishmasak, qachon kirishamiz? Ertaga juda kech bo‘ladi.
Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish – kelgusi 5 yildagi
eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘ladi,

1

va shu bilan

birga, «... Raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida
30 foizga oshirish va korrupsiyani keskin kamaytirish
imkonini beradi.

2020 yil 2 mart kuni “Ilm, ma'rifat va raqamli

iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid
Davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Prezidenti
Farmoni imzolandi.

1

Mirziyoyev SH.M 2020 yil 24 yanvardagi 2020 yil uchun eng

muhim ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi.

Dastur 284 ta banddan iborat bo‘lib, unda umumiy

qiymati 18,2 trln. so‘m va 10,3 mlrd. AQSh dollariga teng
loyihalar

tasdiqlandi.

Bundan

tashqari,

Axborot

texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi tomonidan “Raqamli O‘zbekiston - 2030” dasturi
loyihasini ishlab chiqish, “Elektron hukumat” tizimi
takomillashtirish,

mahalliy

IT-texnologiyalari

bozori

salohiyatni oshirish, davlat ma'lumotlarini boshqarish tizimi
yaratish kabi bir qator vazifalar yuklatildi.

Hozirgi kunda olimlar va amaliyotchilarning

raqamlashtirishning mamlakatlar iqtisodiy o‘sishiga, mehnat
unumdorligini oshirishga ta'siri qanchalik muhimligi,
shuningdek,

multiplikator

va

tarmoqlararo

ta'sirlar

mumkinligi to‘g‘risida yakdil fikrlari ishlab chiqmagan
bo‘lsada. Biroq, har bir kishi raqamli inqilob ta'siri ostida
yuzaga

keladigan

o‘zgarishlarning

kattaligi

va

muqarrarligini tan olishmoqda. O‘zbekiston uchun raqamli
davrga majburan o‘tish global o‘sib borayotgan global
raqobat sharoitida milliy xavfsizlikni ta'minlash va
resurslarga bog‘liq iqtisodiyotning salbiy tashqi tomonlarini
neytrallashtirishning muhim masalasidir.

“Raqamli texnologiyalar odamlarning kundalik

hayotini tubdan o‘zgartirdi, uni soddalashtirdi, ishlab
chiqarish munosabatlari va ishlab chiqarish kuchlarini
o‘zgartirdi, mamlakatlarning ma'muriy-hududiy tuzilishini
va iqtisodiyot infratuzilmasini yaxshilaydi, aloqa va
kommunikatsiya, hisoblash kuchi, axborot tizimlari va
xizmatlariga yangi talablarni paydo qilmoqda. Axborot
an'anaviy ishlab chiqarish omillaridan (ishchi kuchi, yer,
kapital) asta-sekin siljish va foydalanish xususiyatini
o‘zgartirib, ishlab chiqarishning eng muhim omiliga
aylanadi.”

2

Hozirgi vaqtda raqamli iqtisodiyot zamonaviy

jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hodisasidir.
Uning qarama-qarshilik tabiati bevosita mamlakatlarni, bir
tomondan, ijobiy iqtisodiy va ijtimoiy ta'sirlarni boshqarish
mexanizmlarini

izlashga,

ikkinchidan,

umumiy

raqamlashtirishdan

kelib

chiqadigan

tahdidlarni

zararsizlantirishga majbur qiladi. Raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solish bo‘yicha
xorijiy mamlakatlarning (AQSh, Evropa Ittifoqi, Xitoy,
Koreya, Yaponiya, Rossiya) tajribasini o‘rganish maqsadga
muvofiq hisoblanadi.

2

Егина Н. А. Экономика знаний: глобальный тренд и

перспективы России // Финансовая экономика. – 2018. – № 3. –
c. 44–47.


background image

“Jahon iqtisodiy forumining 2018 yilgi hisobotiga

ko‘ra, kompaniyalar biznes strategiyasini raqamlashtirish
uchun taxminan 1,2 trillion AQSh dollari sarflagan.

3

Mikro

darajada ishlab chiqarishning har bir bosqichida raqamli
usullarni qo‘llashni o‘rganishdan iborat bo‘lgan raqamli
transformatsiyani shakllantirishga jarayonli yondashuv
asosida, raqamli usullarning ta’siri iqtisodiyotning barcha
tarmoqlariga ta’sir qiladi degan xulosaga kelish mumkin.

Bugungi kunda dunyo aholisining deyarli yarmidan

ko‘pi internetga ulangan. “Dunyo aholisining 53 foizidan
ko‘prog‘i yoki 4,1 milliard kishi internetga ulangan va bu
raqam o‘sishda davom etmoqda. Shu bilan birga, 2018
yildan 2019 yilgacha o‘sish 5,3 foiz punktni tashkil etgan.
Bu haqida Xalqaro elektraloqa ittifoqining (XEI) Jenevada
chop etilgan "Raqamli rivojlanishni o‘lchash: 2019 yil uchun
faktlar va raqamlar" ma'ruzasida ma'lum qilgan.

4

Shu bilan birga, sayyoramizdagi 3,6 milliard odam

Butunjahon internet tarmog‘iga kirish huquqiga ega emas.
Ularning aksariyati rivojlanish darajasi past bo‘lgan
mamlakatlar fuqarolari bo‘lib, o‘rtacha har o‘n aholidan
ikkitasi internetdan foydalanish imkoniyatiga ega emas.
Internetdan foydalanish darajasi Evropada eng yuqori
(82,5%), Afrikada esa eng past (28,2%).

Evropa Komissiyasining tadqiqotiga ko‘ra, samarali

ishlaydigan

raqamli

bozor

bevosita

iqtisodiyotni

rivojlantirishga yaxshi hissa qo‘shishi mumkin. “Evropa
Ittifoqi (EI) misolida raqamlashtirish yiliga 415 milliard
yevro miqdorida iqtisodiy vaziyatning o‘sishiga hissa
qo‘shmoqda va yuz minglab yangi ish o‘rinlarini
yaratmoqda. Masalan, Buyuk Britaniyaning raqamli
iqtisodiyotining o‘sish sur'ati 5,4% teng bo‘lgan, bu shu
davrdagi YaIMning 2% o‘sish sur'atidan ham yuqori,
Xitoyda raqamli iqtisodiyotining o‘sish sur'ati 16,6% teng
bo‘lgan bo‘lsa, mamlakat YaIMni o‘sish sur'atlari 6,6% teng
bo‘lgan.

5

McKinsey kompaniyasi ma'lumotlariga ko‘ra,

“AQSh YaIMdagi raqamli iqtisodiyot ulushini 10,9%, Xitoy
- 10,0%, Evropa Ittifoqi mamlakatlari - 8,2%, Rossiya -
3,9% deb hisoblaydi va 2025 yilga kelib Rossiyaning
raqamli iqtisodiyoti uch baravar ko‘payishini va YaIM
o‘sishiga qo‘shgan hissasi 19 dan 34% gacha bo‘lishini
taxmin qilmoqda. BCG kompaniyasi ma'lumotlariga ko‘ra,
rivojlangan

mamlakatlarning

YaIMdagi

raqamli

iqtisodiyotning ulushi 2010 yildan beri 1,2 foiz darajaga
o‘sdi va 2016 yil oxirida 5,5 foizni tashkil etdi.

6

“Buyuk

Britaniya 2010 yilda “Raqamli iqtisodiyot to‘g‘risida”gi
(Digital Economy Act), qonunni qabul qilgan va raqamli
iqtisodiyotni ulushini YaIMning 12 foiziga baholangan.

7

Raqamli iqtisodiyot bu raqamli texnologiyalarga

asoslangan iqtisodiy faoliyatdir. Axborot texnologiyalari
(dasturlar, ma'lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari,
avtomatlashtirilgan tizimlar va boshqalar)ni rivojlantirish va
ulardan foydalanish bilan bog‘liq an'anaviy axborot
iqtisodiyoti haqida emas, balki elektron tovar va xizmatlar,
internetda virtual tovarlarni sotish, elektron - Amazon, e-
Bay, Alibaba kabi tijorat, elektron pul va kripto-
valyutalardan foydalanish, maxsus Internet xizmatlari,
birinchi navbatda ijtimoiy tarmoqlar, narsalarning interneti
(IoT), katta ma'lumotlar (Big Data), bulutli hisoblash (Cloud
Computing) hisoblanadi. Bizning fikrimizcha, raqamli
tovarlar

va

xizmatlar sanoati,

jismoniy

aktivlarni

raqamlashtirish kabi tor ma'noda raqamli iqtisodiyot haqida
gaplashishimiz mumkin, ammo keng ma'noda, bu aksariyat
sohalar

(aniqrog‘i,

muvofiqlashtiruvchi

innovatsion

uskuna). moddiy ishlab chiqarishdan tashqari mavjud
bo‘lmaydigan real iqtisodiyot hisoblanadi. Har qanday
raqamli platforma analog asosga ega, u asosiy va yo‘q
bo‘lganda raqamli uskuna haqiqatdan ajralgan virtual
abstraksiyaga aylanadi. Shunday qilib, neftni yetkazib berish
bo‘yicha raqamli shartnomalarning mavjudligi hali ham
sotish uchun neftning asl qiymati zarurligiga asoslanadi.
Raqamli iqtisodiyot sanoat, qishloq xo‘jaligi kompleksi,
qurilish, xizmat ko‘rsatish va davlat boshqaruvini
rivojlantirishga, mamlakatning global raqobatbardoshligi va
milliy xavfsizligini oshirishga qodir bo‘lgan real
iqtisodiyotga qo‘shimcha vazifasini bajaradi. Shunday qilib,
raqamli texnologiyalarni joriy etish an'anaviy ishlab
chiqarishni parallel ravishda rivojlanishi bilan amalga
oshirilishi kerak, chunki raqamli iqtisodiyotdan asosiy
dividendlar faqatgina AT-kompaniya tomonidan emas, balki
jamiyat tomonidan olinadi.

2020 yil 28 aprelda davlatimiz rahbarining “Raqamli

iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4699-son qarori qabul qilindi.

8

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalasini

dolzarbligidan chuqur anglagan holda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Raqamli
iqtisodiyotsiz mamlakat iqtisodiyotining kelajagi yo‘q,

9

deya ta'kidladi.

Yuqorida keltirilgan raqamlar va fikrlardan kelib

chiqqan holda umumiy xulosa qiladigan bo‘lsak,
avvalambor raqamli iqtisodiyot-bu milliy iqtisodiyotni
rivojlantirish vositasi sifatida axborot texnologiyalari hamda
internet orqali xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatini
shaffof amalga oshirishga ko‘maklashuvchi va aholining
turmush darajasini sezilarli darajada oshirishga xizmat
qiluvchi tizimdir.

3

The Digital Enterprise: moving from experimentation to

transformation: [Электронный ресурс] // Insight Report of the World
Economic Forum in collaboration with Bain & Company. 2018. URL:
https://www.weforum.org/reports/the-digital-enterpise-moving-from-
experimentation-to-transformation.

4

Xalqaro elektraloqa ittifoqining (XEI) Jenevada chop etilgan “Raqamli

rivojlanishni o’lchash: 2019 yil uchun faktlar va raqamlar” ma’ruzasi.

https://www.itu.int/ru/mediacentre/Pages/2019-PR19.aspx

5

Autor D.H. Why Are There Still So Many Jobs? The History and Future of

Workplace Automation // Journal of Economic Perspectives. 2015. Т. 29(3).
С. 3–30.

6

The Internet Economy in the G-20. The $ 4.2 Trillion Growth

Opportunity [Electronic resource] // The Boston Consulting Group. URL:

https://www.bcg.com/documents/file100409.pdf

7

https://ru.wikipedia.org/wiki/Digital_Economy_Act_2010

8

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 apreldagi

Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi PQ -4699-son qarori

https://lex.uz/docs/4751561

9

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning veb

sayti

https://president.uz/uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов