Ta’limda individuallashtirish gʻoyasining rivojlanish genezisi.

HAC
Google Scholar
To share
Xudayberdiyeva , J. (2024). Ta’limda individuallashtirish gʻoyasining rivojlanish genezisi . Modern Science and Research, 3(1), 1–6. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28154
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ta’lim tizimi zimmasiga yuklatilayotgan zamonaviy talablar uni rivojlantirishda istiqbolli yoʻnalish sifatida individuallashtirishning ahamiyatini tobora oshirib bormoqda. Chunki, individuallashtirish ta’lim amaliyotining bosh vazifalaridan biri boʻlgan inson kapitalini rivojlantirish, faoliyatini ongli tushunish va oʻz salohiyatini namoyon qilishi uchun zaruriy sharoitlarni yaratishga imkon beradi..


background image

1

Ta’limda individuallashtirish gʻoyasining rivojlanish genezisi.

Xudayberdiyeva Janona

Toshkent amaliy fanlar universiteti, , Gavhar Ko’chasi 1, Toshkent 100149, Uzbekiston.

janona.rustamovna@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10467003

Annotatsiyasi:

Ta’lim tizimi zimmasiga yuklatilayotgan zamonaviy talablar uni rivojlantirishda istiqbolli yoʻnalish sifatida

individuallashtirishning ahamiyatini tobora oshirib bormoqda. Chunki, individuallashtirish ta’lim
amaliyotining bosh vazifalaridan biri boʻlgan inson kapitalini rivojlantirish, faoliyatini ongli tushunish va
oʻz salohiyatini namoyon qilishi uchun zaruriy sharoitlarni yaratishga imkon beradi..

Kalit so'zlar:

Ta’lim,,kreativlik, faoliyat, muloqot, pedagog,ta’lim-tarbiya, genez, tahlil

Kirish

Ta’lim tizimi zimmasiga yuklatilayotgan

zamonaviy talablar uni rivojlantirishda istiqbolli
yoʻnalish sifatida individuallashtirishning ahamiyatini
tobora oshirib bormoqda. Chunki, individuallashtirish
ta’lim amaliyotining bosh vazifalaridan biri boʻlgan
inson

kapitalini

rivojlantirish,

faoliyatini

ongli

tushunish va oʻz salohiyatini namoyon qilishi uchun
zaruriy sharoitlarni yaratishga imkon beradi. Shunga
mutanosib

ravishda,

pedagogika

nazariyasi

va

amaliyotida ham individuallashtirish gʻoyasining paydo
boʻlishi ta’lim jarayonida shaxsning individual
xususiyatlari, imkoniyatlari, qiziqishlari, qobilyaitini
inobatga olish va shu asosda oʻqitish usullarini tanlash
zaruriyatining vujudga kelishi bilan bogʻliq.

Tadqiqotchilar

tomonidan

ta’limni

individuallashtirish gʻoyasi bilan bogʻliq turlicha
qarashlar

ilgari

surilgan.

Jumladan,

pedagogik

bilimning (unga individuallashtirish ham daxldor)
rivojlanishini oʻrganishda uning mohiyatini gʻoya
shaklida tushunish tayanch nuqtani bildirishi bilan
bogʻliq qarashlar shular jumlasidandir. Mazkur
yondashuv tarafdorlaridan biri Ye.I.Ivanovning qayd
etishicha: “...gʻoya umumlashtirishning eng yuqori
shakli boʻlib, unda sintez qilingan nazariy bilimlar va
oʻrganilayotgan obyekt haqidagi fikrlar birlashtiriladi,
shuningdek, moʻljallar va uni amalga oshirish usullari
belgilanadi” [2 ; 39-b.]. Demak, ilmiy gʻoyalar mavjud
bilimlarni rivojlantirish, sintezlash, nazariya va
amaliyotni birlashtirish, avvalgi tajribalarni oʻrganish,
tahlil qilish asosida tizimga aylantirish orqali vujudga
keladi. Ushbu holat tadqiqotchining keyingi fikrlarida
ham dalillanadi, ya’ni “...gʻoyani aniqlash ilmiy
bilimlarning butun tizimini aniqlash, uning shakllanish
va rivojlanish jarayoni demakdir” [2 ; 39-b.]. Mazkur
yondashuv G.B.Kornetov tadqiqotlarida ham qoʻllab-
quvvatlanadi va ilmiy gʻoyani shakllanttirishning
tarixiy

shartlarini

aniqlash

nuqtayi

nazaridan

quyidagicha rivojlantiriladi “...ilmiy gʻoyalar ta’lim va
tarbiyada tarixiy tajribani inobatga olish imkonini
beradi hamda zamonaviy pedagogik jarayonning paydo

boʻlishini tushuntiradi. U pedagogik muammolarga
yoʻnaltirilgan koordinatalar va vositalarni taqdim etadi,
ularning

vujudga

kelish

sabablarini

tushunish,

yechimini topish va bartaraf etishga doir tajribalardan
foydalanishga imkon beradi” [3; 76-b.].

ADABIYOTLAR

TAHLILI

VA

METODOLOGIYA.

Ta’limni individuallashtirish va individual

yondashuvning shakllanish jarayonlarini oʻrganishga
doir bir qator tarixiy-pedagogik tadqiqotlar olib
borilgan.

Jumladan,

Z.A.Kargina,

N.V.Gerdo,

M.V.Klarin

[ilinsim],

K.Ye.Sumnitelniy,

I.L.Chernyakova,

L.S.Slavina,

Ye.S.Rabunskiy,

I.E.Unt,

I.M.Cheredov,

I.A.Zimnyaya,

V.A.Slobodchikov,

Ye.I.Isayev,

A.P.Tryapisina,

A.V.Xutorskoy va yana bir qator olimlar tomonidan
individuallashtirishning tarixiy rivojlanish bosqichlari,
turli mamlakatlarda shakllanish davrlari, ijtimoiy-
madaniy ta’sir holatlari, xususiyatlari hamda modellari
tadqiq qilingan.

Yuqorida koʻrsatilgan tadqiqotchilarning ilmiy

izlanishlari, xulosalari, ilgari surgan farazlari tahlili
asosida individual ta’lim gʻoyasi shakllanishini
muammoli-xronologik usulda bayon qilamiz, chunki bu
yondashuv

rivojlanish

jarayonini

ketma-ket,

tartiblashgan holda koʻrib chiqishga sharoit yaratadi.

Ta’limni

individuallashtirish

gʻoyasi

pedagogik bilimlarni shakllantirishning umumiy ilmiy
mantigʻida

mos

ravishda

rivojlanganligi

I.L.Chernyakova tomonidan oʻrganilgan [chern]. Uning
izlanishlarini tahlillash va umumlashtirish asnosida
individuallashtirish

gʻoyasining

shakllanish

va

rivojlanish bosqichlarini quyidagicha pogʻonalash
mumkin (1.1-rasm):

-

nazariyagacha boʻlgan bosqich – falsafiy

bilimlar doirasida inson individualligini tushunishning
shakllanishi bilan ifodalanadi;

-

klassik ratsionallik bosqichi – oʻqitishning

yetakchi tamoyillaridan biri sifatida oʻquvchilarning
individual xususiyatlarini inobatga olinishi bilan


background image

2

ifodalanadi;

-

noklassik ratsionallik bosqichi – ta’limni

individuallashtirishning pedagogikaga oid boʻlgan turli
nazariyalari

va

amaliyotining

yaratilishi

bilan

ifodalanadi;

-

postneklassik

ratsionallik

bosqichi

ta’limni individuallashtirish muammosining zamonaviy
antropologik va gumanitar bilimlar nuqtayi nazaridan
yechimlarini izlash bilan ifodalanadi.

Ta’limda individuallashtirish gʻoyasining

shakllanish va rivojlanish bosqichlari

Ma’lumki, Qadimgi Sharq mamlakatlari

pedagogik tafakkurning vatani hisoblanadi. Bunday
qarashni ta’limga individual yondashuv gʻoyalariga
ham bogʻlash mumkin. Chunki, tarixiy manbalarga [1;
24-b.] koʻra eramizdan avvalgi birinchi ming yilliklar
oʻrtalarida Hindistonda ustoz-shogirdlik gʻoyasi, ya’ni
individual yondashuv mavjud boʻlgan. Bunday
munosabatlar

Qadimgi

Sharqning

boshqa

mamlakatlarida ham ustuvorlik kasb etgan. Ularda
ta’lim individual boʻlib, guruhda turli yoshdagi va har
xil tayyorgarlik darajasiga ega talabalar boʻlishiga
qaramay, jarayonning boshlanishidayoq har birining
qobiliyati, ishtiyoqi, mehnatga munosabati, moddiy
imkoniyatlari inobatga olingan. O’qituvchilarga ham
shogirdlarini oʻz farzandiday ardoqlash, ularni bilimini
yashirmaslik, ma’nan va jismonan kamol toptirish
talabi qoʻyilgan.

Qadimgi Xitoy falsafasida ilgari surilgan

ta’lim me’yorlari va tamoyillari ham oʻquvchiga
individual yondashuvning muhimligiga katta ahamiyat
qaratilganligiga ishora qiladi. B.M.Bim-Bad [4 ;34-b.]
mazkur gʻoyalarni Konfutsiy ta’limotiga bogʻlaydi
hamda oʻqituvchiga yuqori talablar qoʻyilganligi, oʻzini
doimiy

barkamollashtirib

borgan,

“donolikni

anglash”ga erishgan hamda muayyan qobiliyatlarga ega
boʻlgan insongina unga loyiqligi kabi talablar
mavjudligi bilan asoslaydi.

Rus olimasi T.V.Burlakovaning koʻrsatishicha

[1;94-b.] “individuallashtirish” atamasi antik davr
faylasuflari tomonidan qoʻllanilgan. Tushuncha dastlab
Levkipp va Demokritning asarlarida borliqni falsafiy
tushunishning asosi sifatida qaralgan. Ularning fikricha
individuallashtirish muammosini obyektiv dunyo va
makon bilan bogʻliq holda koʻrib chiqish va inson
shaxsini uning tarkibiy qismi sifatida qarash lozim.
Arastu shaxsni borliqni bir qismi sifatida belgilab,
individuallashtirish tamoyili gʻoyalarga emas, balki
materiyaning oʻziga asoslanadi, u amorf va passiv
boʻlib, faqat individual narsalar orqali oʻzining aniq
haqiqatini topa oladi, degan nuqtayi nazarini bildiradi.
Aflotun esa, undan farqli ravishda borliqning oʻrnini
mutlaqlashtiradi va narsalar oʻzining individualligi
tufayli emas, balki ularning empirik mavjudligiga ega
boʻladi deb hisoblagan. Shu bilan birgalikda oʻqitishda
“kasb erkinligi (shaxsiy moyilliklar)”ni ta’minlash,

oʻquvchilarni rivojlantirish, ta’lim modellarini passiv
idrok etishdan koʻra mustaqil yechimlarni faol izlashga
yoʻnaltirish zarurligini ham qayd etadi. Suqrot ta’lim
inson va uning ruhi haqidagi bilimdan kelib chiqishi
yoki asoslanishi kerakligini ta’kidlagan. U har bir
oʻquvchini

shaxsi

oʻz-oʻzini

axloqan

takomillashtirishga bogʻliq ravishda ta’lim insonni
kamolotga olib keladigan, ichki tuygʻusiga asoslangan,
bilimlarini qalban qayta ishlashga yoʻnaltirilgan
jarayon deb hisoblaydi.

Tadqiqotchi izlanishlarini davom ettirar ekan,

inson individualligi muammosi kech antik davr
falsafasida ham dolzarb boʻlib, turli maktablar
tomonidan individuallikni oʻz-oʻzini qadrlash va
shaxsning avtonomligi, individuallashuvni esa uning
“men”i bilan bogʻlanishini aniqlaydi. Mark Fabius
Kvintillian tomonidan oʻquvchining oʻziga xos
xususiyatlari, kuchli tomonlari va individualligiga
e’tibor berish kabi tamoyillari ilgari surilgan. U maktab
mashgʻulotlarini har bir oʻquvchining manfaatlari,
ularning ichki va tashqi rivojlanish davri, darajasiga
qarab individual yondashuvni inobatga olgan holda
tashkil etish, bir xil chora-tadbirlarni barcha talabalarga
nisbatan qoʻllamaslik lozimligini uqtiradi. Seneka oʻz
oʻquvchilarining

qalbiga

toʻgʻridan-toʻgʻri

yoʻl

topishga intilayotgan oʻqituvchi dars boshlanishidan
avval u bilan yaqindan tanishish, doʻstlik taklif qilish
va shu asosda toʻgʻri ta’sir qila olish mumkinligini
aytgan. Uningcha, oʻqituvchining tarbiyaviy ishi ikki
unsurdan: ya’ni har bir oʻquvchi bilan individual
darslar hamda oʻqituvchi uchun xotirjamlik va
muvozanat fonidagi darslar tizimidan tashkil topadi.

O’rta Osiyolik buyuk mutafakkirlarning

(Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu
Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Burhoniddin
Zarnujiy, Ahmad Yugnakiy, Umar Xayyom, Alisher
Navoiy) oʻrta asrlar davrida shaxs, uni tarbiyalash,
oʻqitish, har tomonlama rivojlantirish, kamolotga
yetkazishga

doir

pedagogik

qarashlari

ham

insonparvarlik gʻoyalarini mazmunan boyitish asnosida
ta’lim

oluvchilarning

xislatlari,

imkoniyatlarini

inobatga olinishi zarurligini ham ilgari suradi. Ularning
asarlarida insonning imkoniyatlariga ishonch bildirish,
aql darajasini hisobga olish, shaxsiy xislatlariga
tayanish, mustaqil fikrlash faoliyatini tashkil qilish,
ijodiy faollik, tugʻma iste’dodi va qobiliyatini
rivojlantirish, har bir oʻquvchiga alohida yondashuv
tamoyillariga jiddiy ahamiyat qaratilishi lozimligi
ta’kidlangan.

Yuqorida keltirilgan tahlillar qadimgi dunyo

olimlari va ularning falsafiy qarashlari ta’limni
individuallashtirish unsurlarining paydo boʻlishi va
rivojlanishiga

zamin

yaratganligini

koʻrsatadi.

Shuningdek, pedagogik faoliyat olib borish, uning
shakllari va uslublari, individual yondashuvni amalga
oshirish uchun shartlar belgilana boshlangan. Oqibatda
qadimgi dunyo faylasuflari, olimlari, oʻqituvchilarining


background image

3

ilgari surgan gʻoyalari keyingi davrlar ta’limi va
madaniyatini shakllanishiga jiddiy ta’sir koʻrsatgan.

Klassik ratsionallik bosqichi, ya’ni XVIII-XIX

asrlarda ta’limni individuallashtirish muammosi
bolaning yetuklik, yosh, etnik kelib chiqishi bilan
bogʻliq boʻlgan individual xususiyatlarini hisobga olish
zarurati bilan ifodalanadi. Koʻrsatilgan davrning atoqli
pedagoglari Ya.A.Komenskiy, I.G.Pestalossi, D.Lokk,
J.J.Russo, K.D.Ushinskiylarning asarlarida oʻqitishning
eng muhim tamoyillaridan biri boʻlgan individual
yondashuv tamoyili ilgari surilgan. Uning bosh gʻoyasi
tabiatga muvofiqlik, oʻquvchining ichki dunyosiga
asoslanishni bildiradi. Mazkur sohada izlanishlar olib
borgan tadqiqotchi N.V.Gerdoning fikricha bu davrga
“...oʻqituvchining shaxsiy mahoratiga qarab individual
yondashuvning intuitiv qoʻllanilishi; oʻquvchilarning
individual xususiyatlari haqida ma’lumotlarning
yetishmasligi;

individuallashtirish

oʻquvchilar

qiziqishiga koʻra paydo boʻlishi” xos edi [4 ; 31-b.].

Ya.A.Komenskiy tabiatga moslik tamoyilini

didaktik tizimni qurishning asosi hamda insonni
tarbiyalashning

bosh

qadriyati,

maqsadi

va

muvaffaqiyat mezoni deb hisoblaydi. Uningcha,
tabiatga muvofiqlik borliqning universal qonuni sifatida
“...oʻt,

daraxtlar,

hayvonlar

turli

xil

tabiiy

xususiyatlarga ega boʻlgandaridek, odamlarda ham
xuddi shunday tabiiy qobiliyatlar mavjud. Ularning har
biriga alohida munosabatda boʻlishi talab etiladi,
barchasini

yagona

maqsadda

biri

xil

ishlatib

boʻlmaydi... Qobiliyating seni yetaklamagan joyda
ularni shu tarafga itarib yuborma” [2 ; 81-b.] shaklida
namoyon boʻladi. Demak, tabiatga muvofiqlik tamoyili
oʻquvchilarning turli xil xususiyatlariga koʻra
pedagogik

jarayonning

borishi

va

natijalarini

belgilaydi. Ya’ni, ta’lim jarayoni tabiiy boʻlishi, inson
tabiatining obyektiv qonuniyatlariga mos holda
qurilgan boʻlishi kerak.

Tabiatga muvofiqlik tamoyili I.G.Pestalossi

asarlarida yanada toʻldiriladi. U quyidagi fikrlarni
keltiradi: “...har qanday ilmiy mavzuning bosh maqsadi
inson tabiatini eng yuqori darajada rivojlantirish orqali
tubdan yaxshilashdir. Ilm-fanni rivojlantirish emas,
balki uni inson tabiati orqali rivojlantirish muqaddas
vazifadir. Ya’ni, inson tabiatini ilmiy obyektlarga emas,
balki ilmiy obyektlarni inson tabiatiga moslashtirish
kerak” [ 3; 216-b.]. I.G.Pestalossining ta’kidlashicha,
barcha bilimlar tafakkurdan kelib chiqishi va unga
qaytishga qodir boʻlishi kerak. Tafakkur oʻquvchining
oʻziga taalluqli boʻlganligi uchun fikrlashga aylanadi va
ijodiy tarbiyalashga xizmat qiladi.

Mazkur tamoyil D.Lokkning qarashlarida

oʻquvchining tabiatini chuqur oʻrganish va unga
individual yondashuv axloqiy tarbiya tamoyillari
sifatida koʻrsatiladi. Tadqiqotchi ta’limning asosiy
maqsadini jamiyatga eng yaxshi moslasha oladigan
yangi avlodni yaratishda, deb biladi. Shuningdek,
oʻquvchining tabiiy imkoniyatlarini takomillashtirish

maqsadida ularni jiddiy oʻrganishni taklif qiladi, aks
holda tarbiya “mevasiz mehnat”ga olib kelishi mumkin,
deb hisoblaydi. Uningcha: “...har bir insonning qalbiga
ma’lum bir tamgʻa qoʻyilganki, uning tashqi qiyofasini
biroz tuzatish mumkin boʻlsada, butunlay oʻzgartirish
dargumon.

Shuning

uchun,

bolalar

bilan

shugʻullanadigan ixtiyoriy kishi turli sinovlar
yordamida ularning tabiati va qobiliyatlarini chuqur
oʻrganishi, qaysi yoʻnalishda osonlikcha oʻqishi, u
qanday natijalar berishi, moyilliklari nimadaligi,
qanday yoʻllar bilan yaxshilash mumkinligini
kuzatishlari va aniqlashlari zarur” [3; 104-b.].

Tabiatga

muvofiqlik

tamoyili

J.J.Russo

tadqiqotlarida bolaning oʻzi tomonidan idrok etilgan
hissiy dunyoni tasvirlash gʻoyasi bilan toʻldirildi hamda
tafakkur va aqliy jarayonlarning zaruriy shart sifatida
muloqot koʻrsatildi. U ta’lim maqsadi insonning
erkinlik huquqi asosida belgilanishi va himoya qilinishi
kerak, deb hisoblaydi. Shuning uchun ta’lim bepul
boʻlishi va tabiatga muvofiqlik tamoyiliga asoslanishi,
bolaning qiziqishlari va ehtiyojlarini hisobga olgan
holda shaxsiyatini hurmat qilish lozimligi gʻoyasini
ilgari

suradi.

J.J.Russo

oʻquv

jarayonining

harakatlantiruvchi kuchini qiziqishda, deb biladi va oʻzi
oʻtkazayotgan mashgʻulotlarda majburiy dastur,
tizimlilikdan voz kechadi [bimbad].

Shu

davrning

yana

bir

namoyondasi

A.Disterveg “...pedagogikaning bosh vazifasi insonni
tarbiyalash” ekanligini ta’kidlaydi va uni bolaning
shaxsini hisobga olish, tabiiy xususiyatlariga mos
ravishda shakllantirilishi, milliy oʻziga xoslik va
umuminsoniy qadriyatlarga muvofiq boʻlishi lozimligi
kabi qismlarga boʻladi [4; 197-b.]. Uning
fikricha,

shaxsning

oʻzi

tomonidan

amalga

oshiriladigan harakatlar va intilishlarsiz ruhiy quvvat va
qobiliyatlarni rivojlantirish mumkin emas, ta’lim
tashqi, ichki va ijtimoiy manbalarni inobatga olgan
holda shakllanadigan rivojlantiruvchi va tarbiyaviy
xossaga ega, tabiiy va madaniy muvofiqlik tamoyillari
uzviy bogʻliqlikka ega.

NATIJALAR.

Demak,

klassik

ratsionallik

bosqichi

namoyondalari ta’limni individuallashtirish gʻoyalarida
tabiatga muvofiqlik tamoyilini mustahakamladilar.
Mumtoz ta’lim mazmuni va shaklida roʻy bergan
mazkur yondashuvni individuallashtirish mohiyatiga
yangicha qarash sifatida qabul qilish mumkin.

Ta’limni

individuallashtirishga

boʻlgan

navbatdagi, ya’ni noklassik ratsionallik bosqichi XIX
asr oxiri va XX asr boshlarida sodir boʻldi. Bu davr
Yevropa mamlakatlari va AQSh kabi davlatlarda
jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy oʻzgarishlar va
ilmiy-texnologik kashfiyotlar shiddati bilan ajralib
turadi. Bu esa ijtimoiy faol, erkin va ijodiy fikrlaydigan
shaxsga boʻlgan ehtiyoj hamda yangi an’ana, tartib-
taomillar shakllanishiga turtki berdi. Natijada, bolalik
muammosi bilan faol shugʻullanuvchi, uni faol, oʻz-


background image

4

oʻzini boshqara oladigan, muloqotchanlik asosida
yaxlit, koʻp qirrali qabul qilishga yoʻnaltirilgan
islohotlar pedagogikasi vujudga kela boshladi. Koʻplab
yetuk pedagoglar, olimlar ishlarida “kimga, nimani
oʻqitayapmiz, zamonaviy bolalik qanday koʻrinishga
ega?” kabi savollarga javob izlana boshladi. Izlanishlar
jarayonida oʻquvchilarning mustaqil bilim olish
faoliyatini tashkil qilish, uning individual qobiliyati,
qiziqishlari, tashabbuslari, tabiiy faolligi, mas’uliyat
hissi, yakka va jamoaviy faoliyatini rivojlantirishga
doir yangi, samarali pedagogik gʻoyalar maydonga
keldi. Pedagogika tarixi bilan shugʻullangan bir qator
olimlar

bu

jarayonni

quyidagicha

izohlaydilar:

“...islohotlar

pedagogikasida

turli

sohalarning

kesishishi nuqtasida haqiqiy maktabni tashkil qilish,
muloqot muhitini yaratish bolaning aqliy va ijodiy
qobiliyatlarini rivojlantirishga ta’sir koʻrsatishi tan
olinadi” [5; 217-b.]

Bir guruh tadqiqotchilarning [bimbad; burlak]

fikricha bu davr pedagogik nazariyalar, gʻoyalarning
xilma-xilligi,

qarama-qarshiliklar,

ba’zan yaxlit,

ba’zida qutbli yoʻnalishlar, reaksion va progressiv
izlanishlar birligini ifodalagan, oʻz-oʻzini anglash va
fikrlashning

yuksalishi,

tabiatga

muvofiqlik

tamoyilining ta’lim jarayoni asosiga aylanishi, ya’ni
diqqat markazida inson muammosining turishi bilan
xarakterlanadi.

MUHOKAMA.

Nazariy gʻoyalarni pedagogik amaliyotga

kiritish uchun AQSh va Yevropa mamlakatlaridagi
ommaviy

maktablarda

oʻquv

jarayoniga

individuallashtirish unsurlarini joriy etishga doir keng
koʻlamli tajribalar boshlandi. Tajribalar bir nechta,
ya’ni oʻquv va kognitiv faoliyatning individual tartibini
tashkil etish, oʻquv faoliyatining individuallashtirilgan
tartibini jamoaviy ish bilan uygʻunlashtirish, maxsus
yaratilgan oʻquv materiallari asosida individual ishlarni
olib borish yoʻnalishlarida oʻtkazildi. Jarayonda
individual ta’limning turli modellarini amaliyotga joriy
qilish, oʻquvchilarning qobiliyati va tayyorgarlik
darajasiga koʻra guruhlash, ularning mustaqil
faoliyatiga urgʻu berish, oʻqituvchining yordami,
aralashuvini cheklash, turli darajali topshiriqlar berish
orqali nazorat va baholashning samarali vositalaridan
foydalanishga e’tibor qaratildi.

Islohotlar pedagogikasining yana bir, sun’iy-

antropologik oqimi vakillari bolaning individual
rivojlanishini harakatlantiruvchi kuchlari muammosini
va bu jarayonga pedagogik aralashuvning rolini
oʻrgandilar. Ular muvaffaqiyatlar negizini ta’lim
jarayonida har bir insonning erkin, individual
rivojlanishi

uchun

mumkin

qadar

koʻproq

imkoniyatlarni ta’minlash, oʻz-oʻzini tarbiyalash
konsepsiyasida koʻrdilar va uning asosini shaxsning
faoliyati va ijodkorligida, deb bildilar.

Taniqli olim J.Dyui pedagogik jarayonda ikki

tomonlama natija beruvchi obyektiv va subyektiv

yondashuvlarni ishlab chiqishga muvaffaq boʻldi.
Uning izdoshlaridan boʻlgan E.Parkxerst, V.Kilpatrik,
E.Kollins va boshqalar tomonidan bolalarning tugʻma
qobiliyatlari va va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda
shaxsiy tajribasini qayta qurishda, deb bildilar va
amaliyotga asoslangan oʻqitish ususlini ishlab chiqdilar.
M.Makmillan

va

M.Montessorining

izlanishlari

natijasida pedagogikada bolaning individual rivojlanish
davrlari tabiati, miqdor va sifat jihatidan oʻziga xos
oʻzaro ta’sirlarga sezgirligini bildiruvchi senzitivlik
gʻoyalari paydo boʻldi.

Umumiy holatda bu bosqichdagi nazariyalar

tahlili sun’iy-antropologik oqim qarashlari shaxs
kamolotida ma’naviy tamoyilning oʻrni, ta’lim
jarayonida oʻqitiuvchining mutlaqligidan voz kechish,
individuallikka yoʻnaltirish bilan tavsiflanishi, tabiatga
muvofiqlik yoʻnalishi tarafdorlari esa pedagogikadagi
individuallikni ta’lim san’ati, bola shaxsini tarbiyalash
va kamol toptirishda tashqi va ichki omillarning
tengligi sifatida qaralishi, tajribaviy pedagogika
yaratuvchilari

oʻquvchining

xatti-harakatlarini

oʻrganishda laboratoriya kuzatuvlariga asoslanilishi,
pedagogik muammolarni hal etishda yosh psixologiyasi
va fiziologiyasi xususiyatlaridan foydalanilishi, shaxsga
yoʻnaltirilgan ta’limni ilgari suruvchilar pedagogik
jarayonni talaba shaxsiga bosim oʻtkazish, qat’iy
tartibga solishni istisno qilgan holda u va murabbiyning
oʻzaro ta’siri

sifatida

koʻrilishi,

qadriyatlarga

asoslangan holda mukammal shaxsni shakllantirishga
yoʻnaltirilishiga urgʻu berilishini koʻrsatadi. Bu
qarashlarni

birlashtirsak,

ta’lim

oʻquvchining

manfaatlariga asoslanishi, individualliginng inobatga
olinishi, shaxsining har tomonlama kamol topishi
uchun qulay sharoitlar yaratilishi, bosim oʻtkazishdan
voz kechilishi, oʻrganish ularga quvonch baxsh etishi,
bilimlarni egallashda ichki motivlarni uygʻotishga
qaratilganligini guvohi boʻlamiz.

Shu asnoda, oʻquvchilarning individual

xususiyatlari, qobiliyati, imkoniyatlari va qiziqishlarini
oʻrganish asosida ta’lim jarayonini tashkil etishga
boʻlgan e’tibor AQSh va Yevropa mamlakatlaridan
boshqa

davlatlarga

ham

yoyila

bordi.

I.L.Chernyakovaning

keltirishicha

rossiyalik

tadqiqotchi N.V.Petrovskiy ta’limni individuallashtirish
gʻoyalarining tarqalishi yuzasidan quyidagilarni
bildiradi: “...pedagogik texnikani individuallashtirish
tamoyili shubhasiz zamonaviy ta’limda asosiy oʻrinni
egallaydi. Yuqori iqtidorga ega boʻlgan va qobiliyatsiz
oʻquvchilarni bir guruhga aralashtirib oʻqitish ularning
ikkalasiga ham zarar keltiradi. Sinfda barchani oʻrtacha
oʻquvchiga tenglashtirish pedagogik nuqtayi nazardan
jamiyat va oʻquvchining manfaati uchun juda xavfli
usuldir. ...oʻquvchilar manfaati doimo oʻqituvchining
diqqat markazida boʻlishi, har qanday muvaffaqiyatli
yoki muvaffaqiyatsizlik holatlari aniq asoslari bilan
tushuntirilish zarur” [5; 20-b.].

Mazkur fikrlarni XIX-XX asrlar boshidagi


background image

5

davr ta’limni individuallashtirish gʻoyalarini toʻplash
va boyitishga katta hissa qoʻshganligini ta’kidlagan
N.V.Gerdo toʻldiradi: “...bu davr quyidagilar bilan
tavsiflanadi:

-

pedagogika

va

psixologiyaning

rivojlanishi;

-

talabalarning

individual

xususiyatlari

haqidagi amaliy bilimlarning kengayishi;

-

maktablarni

tabaqalash,

talabalarning

qobiliyatlariga tayanishning ustunligi;

-

oʻqitishni individuallashtirish zarurligini

asoslash uchun psixologik ususllardan foydalanish;

-

oʻqitishni

individuallashtirishning

tajribadan oʻtkazilgan shakllarini amaliyotga keng joriy
etish;

-

loyihalash metodiga tayanish;

-

talabalar

mustaqil

bilim

olishlari

ahamiyatini oshirish;

-

mobil guruhlar tarkibiga turli yoshdagi va

tayyorgarlik darajasidagi talabalarni biriktirish” [; 31-
b.].

Shuningdek,

ushbu

bosqichning

muhim

natijalaridan biri individuallashtirish muammosini
tushunish, oʻquvchilarning individualligini, shaxsiyatini
inobatga olish, ta’lim jarayonida ularning oʻziga xos
xususiyatlarini oʻrganish, oʻzini namoyon qilishi va
rivojlanishi uchun zaruriy sharoitlar yaratish va
kengaytirishga qaratilganligi boʻldi.

Amalga

oshirilgan

ishlarga

qaramasdan,

ta’limni individuallashtirish gʻoyalari rivojlanishining
noklassik ratsionallik bosqichi tugallanmasdan qoldi va
natijada bir qator pedagogik muammolarning vujudga
kelishiga sabab boʻldi. Bu muammolar pedagogika fani
va

amaliyotida

“individual

yondashuv”,

“individuallashtirish”,

“individual

xususiyatlarni

inobatga olish” kabi tushunchalarini koʻp qirrali hamda
noaniq talqin qilinishi bilan bogʻliq edi. Shuningdek,
amaliyotchi

oʻqituvchilar

tomonidan

oʻqitishni

individuallashtirishni

cheklash,

oʻquvchilarni

oʻzlashtirish darajalariga koʻra tabaqalashni unga
tenglashtirish, bolalarning individual xususiyatlarini
inobatga olishga doir ilmiy izlanishlarning yetarli
emasligi

ham

mazkur

yondashuvning

katta

masshtablarda tarqalmasligiga sabab boʻldi. Oqibatda
oʻtgan asrning 1930-1950-yillari oraligʻida ta’limni
individuallashtirish muammosiga boʻlgan qiziqish biroz
susaydi.

AQSh

va

Yevropa

mamlakatlarida

individuallashtirishni joriy etish bilan bogʻliq tajribaviy
ishlar qisqartirildi, ayrim davlatlarda esa mafkuraviy
nuqtayi nazardan rad etildi.

XX asrning oʻrtalaridan boshlab ta’limni

individuallashtirish muammolari yana dolzarblasha
boshladi. Bu jarayon nafaqat xorij pedagogikasida balki
mamlakatimizda ham sekinlik bilan amaliyotga kirtila
boshlanganligi

bilan

ahamiyatlidir.

Bu

davrda

individuallashtirish gʻoyalarining dolzarblashishiga
xorijda, jumladan, AQShda ta’lim tizimlariga

dasturlashtirilgan, modulli, talabaga yoʻnaltirilgan
oʻqitish yondashuvlarining kiritilishi turtki bergan
boʻlsa, mamlakatimiz pedagogik muhitida oʻquv va
kognitiv faoliyatni faollashtirish, talabalarning mustaqil
ishlarini tashkil etish usullarini topishga boʻlgan
qiziqish

natijasida

oʻquvchilarning

individual

qiziqishlarini

hisobga

olish

muammosi

ehtiyoj

tugʻdirdi.

Bu

davr

“ta’limni

individuallashtirish”

tushunchasining “individual yondashuv”, “ta’limni
tabaqalashtirish”

tushunchalari

bilan

birgalikda

oʻrganilganligi bilan oʻziga xosdir. Bunday qarash bilan
Rossiyalik pedagog-olimlar tomonidan bir qator
tadqiqotlar oʻtkazildi. Ulardan, Ye.S.Rabunskiy []
oʻquvchilarning oʻquv faoliyati, oʻquv mustaqilligi va
kognitiv

qiziqish

darajasi,

yoʻnalishlari

kabi

xususiyatlaridan kelib chiqadigan tipologiyasi asosida
uyga vazifalarni individuallashtirish, L.S.Slavina []
maktab oʻquvchilarining ta’lim faoliyatiga boʻlgan
salbiy

munosabatlarini

individuallashtirish

bilan

oʻzgartirish orqali oʻzlashtirish muammolarini hal
qilish,

I.Ye.Unt

[5]

talabalar

mustaqil

ishini

individuallashtirish

muammolarini

ularning

tayyorgarlik

darajalariga

qarab

oʻrganish,

I.M.Cheredov

oʻqitishning

sinf-dars

tizimida

tabaqalashtirish

imkoniyatlarini

aniqlashga

doir

izlanishlar olib borishgan. Shu asnoda ta’limni
individuallashtirish haqidagi nazariy va metodik
bilimlar jadallik bilan toʻplana boshladi. Xorijiy
mamalakatlardagi yondashuvlar bilan taqqoslagan
N.V.Gerdo [4;32-b.] oʻz tahlillari asosida quyidagi
natijalarga erishilganligini qayd etadi:

-

ta’lim jarayonlarini individuallashtirishni

pedagogika

va

psixologiya

fanlari

kesishuvida

oʻrganish;

-

oʻquvchilarning individual xususiyatlari

haqidagi nazariy bilimlarning oʻsishi;

-

oʻquvchilarning

uzluksiz

ta’limga

tayyorlash va muvaffaqiyatsizliklarni bartaraf etishga
yordam

berish

uchun

oʻquv

jarayonini

individuallashtirish zarurati;

-

oʻquvchilarning individual xususiyatlari

tipologiyasi hamda tabaqalashgan pedagogik ta’sir
imkoniyatlarini aniqlash.

Kuzatishlar falsafa, psixologiya va pedagogika

fanlarida insonning individualligi muammosini tadqiq
qilishga qiziqishning tobora kuchayib borayotganligini
koʻrsatdi. V.I.Ginesinskiyning koʻrsatishicha bu
jarayonning leytmotivi boʻlib: “...muayyan shaxs
individualligining unikalligi oʻzining hech kimnikiga
oʻxshamaydigan, takrorlanmaydigan sifatlari yigʻindisi
emas, balki oʻz hayot yoʻlini tanlash erkinligini amalga
oshirish oʻlchami va mahsulotidagi individualligini” [1;
61-b.] isbotlashga qaratilganligi bilan belgilanadi.

Inson

shaxsining

individualligi

haqidagi

zamonaviy falsafiy va psixologik bilimlar asosida
pedagogika fanida ta’limni individuallashtirishning


background image

6

pedagogik bilimlarning insonparvarlik yoʻnalishini
ochib beruvchi, shaxsga, bolaga, bolalikka e’tiborni
markazlashtiruvchi

antropologik

konsepsiyasi

(Sh.A.Amonashvili,

B.M.Bim-Bad,

G.B.Kornetov,

A.I.Piskunov va boshqalar) ishlab chiqilmoqda. O’quv
jarayonida shaxsni ta’lim faoliyati maqsadi va omili
sifatida belgilovchi shaxs yoʻnaltirilgan oʻqitish
gʻoyalari ham faol rivojlanib bormoqda. Pedagogika
nazariyasi

va

amaliyotida

individuallashtirish

muammosi shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim sharoitida
talabaning shaxsiy va kasbiy oʻz oʻrnini aniqlashi,
takomillashuvi

(I.A.Zimnyaya,

V.A.Slobodchikov,

A.P.Tryapisina, A.V.Xutorskoy va boshqalar) bilan
bogʻliq holda oʻrgnanishning rivojlanishi hamda
“individual ta’lim trayektoriyasi”, “individual ta’lim
yoʻnalishi”,

“individual

ta’lim

dasturi”

kabi

tushunchalarning paydo boʻlishi va amaliyotga
kirishida oʻz ifodasini topa boshladi. Yuqorida nazarda
tutilgan

izlanishlarda

ta’lim

jarayonini

individuallashtirishda

nafaqat

oʻquvchilarning

individual xususiyatlari, qiziqishlari va imkoniyatlarini
inobatga olishga, balki ularning shaxsiy ta’lim
faoliyaitining faol subyekti sifatida harakat qilishi
uchun yetarli sharotlar yaratilishi zarurligi tadqiq
qilindi.

Xulosa

oʻrnida aytish mumkinki, ta’limni

individuallashtirish tushunchasining retrospektiv tahlili
mazkur yondashuvning pedagogika fani va amaliyotida
an’anaviy va uzoq tarixga borib taqalishini koʻrsatdi.
Pedagogika nazariyasi va tarixiga doir oʻtkazilgan
tadqiqotlar

tahlili

ta’limda

individuallashtirish

konsepsiyasining qadimgi, antik, oʻrta va hozirgi
davrdagi tadrijiy taraqqiyotini tushunish orqali uning
rivojlanish trayektoriyasini aniqlashga imkon berdi.
Shuningdek,

zamonaviy

sharoitlarda

ta’limni

individuallashtirishning rivojlanishiga doir tahlillarni
umumlashtirish, konsepsiyasini takomillashtirish, uning
tarkibiy

qismlarini

mavjud

vazifalarga

muvofiqlashtirish

uchun

yetarlicha

ilmiy-nazariy

asoslar paydo boʻlganligini ham qayd etish joiz boʻladi.
Shu bilan birgalikda ta’kidlashimiz mumkinki,
rivojlangan

xorijiy

davlatlar

pedagogikasidagi

individuallashtirish sohasiga doir bilimlarning sezilarli
darajada kengayib borayotganligi, yangi tajribalar bilan
boyitilayotganligi, ta’limning fundamental tushunchasi
sifatida qaralayotganligi hamda barqarorlikka ega
ekanligi natijasida erishilgan muvaffaqiyatlarni milliy
pedagogikamizga singdirish mamlakatimizda ta’lim
maqsadlariga erishish va sifatini ta’minlash uchun
mustahkam zamin yaratadi.


Foydalanilgan adabiyotlar

ro‘yxati

[1]

Андреева И.Н., Буторина Т.С., Васильева З.И.

История образования и педагогической мысли за

рубежом и в России: учебное пособие – М.:

Академия, 2001. – 416 с.

[2]

Бим-Бад Б.М. Очерки по истории и теории педагогики. –
М.: Изд-во УРАО, 2003. – 272 с.

[3]

Бурлакова Т.В. Индивидуализация профессиональной
подготовки студентов в современном педагогическом вузе:
дисс... док. пед. наук. – Ярославль, 2012. – 372 с.

[4]

Гердо Н.В. История и тенденции развития идей
дифференциации и индивидуализации обучения // Вестник
ЧГПУ им. И. Я. Яковлева. – 2012. – № 1 (73). Ч. 1. – С.30-
33.

[5]

Дистервег

А.

О

природосообразности

и

культуросообразности в обучении // Народное образование.
– 1998. – №7-8. – С. 193-197.

References

Андреева И.Н., Буторина Т.С., Васильева З.И. История образования и педагогической мысли за рубежом и в России: учебное пособие – М.: Академия, 2001. – 416 с.

Бим-Бад Б.М. Очерки по истории и теории педагогики. – М.: Изд-во УРАО, 2003. – 272 с.

Бурлакова Т.В. Индивидуализация профессиональной подготовки студентов в современном педагогическом вузе: дисс... док. пед. наук. – Ярославль, 2012. – 372 с.

Гердо Н.В. История и тенденции развития идей дифференциации и индивидуализации обучения // Вестник ЧГПУ им. И. Я. Яковлева. – 2012. – № 1 (73). Ч. 1. – С.30-33.

Дистервег А. О природосообразности и культуросообразности в обучении // Народное образование. – 1998. – №7-8. – С. 193-197.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов