TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI BANKROTLIGINI OLDINI OLISHNING HUQUQIY MASALALARI

HAC
Google Scholar
To share
Xudaybergenov, B. . (2024). TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI BANKROTLIGINI OLDINI OLISHNING HUQUQIY MASALALARI. Modern Science and Research, 3(1). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28166
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada toʻlovga qobiliyatsizlik qarzdorning kreditorlar talablarini qanoatlantira olmasligi, qaysi holatlarda ishi qoʻzgʻatilishi, toʻlovga qobiliyatsizlikning zaruriy belgilari sifatida majburiyatning (qarzning) belgilangan miqdordan ortib ketishi va majburiyatning (qarzning) tegishli muddatlarda bajarilmaslik holatlari ilmiy-huquqiy jihatdan asoslantirib berilgan. Mazkur maqolada tadbirkorlik subyektlari bankrotligini oldini olishga qaratilgan ilmiy xulosalar ishlab chiqilgan.

Similar Articles


background image

TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI BANKROTLIGINI OLDINI

OLISHNING HUQUQIY MASALALARI

Xudaybergenov Bexzod Baxtiyorovich

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent shahri, Mustaqillik ko

ʻ

chasi, 54-uy

(xudaybergenovbexzod@gmail.com)

https://doi.org/10.5281/zenodo.10467827

Tayanch soʻzlar

: bankrotlik, kreditor, qarzdor, toʻlovga qobiliyatsizlik, sanatsiya, moratoriy

Annotatsiya

: Ushbu maqolada toʻlovga qobiliyatsizlik qarzdorning kreditorlar talablarini qanoatlantira olmasligi, qaysi

holatlarda ishi qoʻzgʻatilishi, toʻlovga qobiliyatsizlikning zaruriy belgilari sifatida majburiyatning (qarzning)
belgilangan miqdordan ortib ketishi va majburiyatning (qarzning) tegishli muddatlarda bajarilmaslik holatlari
ilmiy-huquqiy jihatdan asoslantirib berilgan. Mazkur maqolada tadbirkorlik subyektlari bankrotligini oldini
olishga qaratilgan ilmiy xulosalar ishlab chiqilgan.

1 KIRISH

Davlat iqtisodiyotiga ishlab chiqarishi past, zarar

koʻrib ishlayotgan korxonalarni bankrot deb topish
ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Biroq turli obyektiv
sabablarga koʻra kreditorlar talablarini qanoatlantira
olmayotgan, oʻzining toʻlov qobiliyatini vaqtincha
yoʻqotgan korxonalar ham mavjud va odatda bunday
korxonalar bankrot deb topilmasdan sanatsiya
qilinadi.

Sanatsiya (lot. sanatio – davolanish, qarzdor

tashkilotlarni

sogʻlomlashtirish)

qarzdor

tashkilotlarga davlat yoki boshqa tashkilotlar
tomonidan moliyaviy yordam berishi boʻlib, qarzdor
tashkilotlarning jamoalari qarz beruvchilar va
qarzdor tashkilotlar sanatsiyada qatnashish huquqiga
ega

1

.

Iqtisodchi olimlar tomonidan qarzdorni sanatsiya

qilishga doir bir qator prinsiplar ishlab chiqilgan: oʻz
vaqtida va tezkorlik bilan qarzlarni qaytarish, chora-
tadbirlarning oshkoraligi, qarzdor toʻlov qobiliyatini
tiklashda xodimlarning faol ishtiroki, xodimlar,
menejerlar, taʼsischilar, kreditorlar, investorlar,
davlat tashkilotlari manfaatlarini himoya qilish
kabilar

2

. Ushbu prinsiplarga rioya qilish kreditorlar

talablarini qanoatlantirishda va qarzdorning iqtisodiy
holati tiklanishida ijobiy samara beradi.

Sanatsiya

chora-tadbirlarini

tanlash

va

oʻtkazishda quyidagi iqtisodiy jihatlarni inobatga
olish lozim:

– qarzdor ishlab chiqargan mahsulotga (ish

bajarish va xizmat koʻrsatishiga) boʻlgan talab va
uning bozor salohiyati;

– qarzdorning ichki zaxiralari;
– qarzdorlik miqdori va uni bartaraf qilish

muddati;

– kreditorlarning toifalari va ularning talablarini

qanoatlashtirish tartibi va boshqalar.

Ayrim iqtisodchi olimlar sogʻlomlashtirishning

30 ga yaqin turi mavjudligini taʼkidlashadi

3

.

M.V. Telyukina qarzdor faoliyatini oʻrgangan

holda uning moliyaviy ahvolini tiklash uchun
iqtisodiy holatni bashorat qilish, sogʻlomlashtirish
tadbirlarini amalga oshirish, ishlab chiqarishni qayta
ixtisoslashtirish,

qarzdor

boshqaruv

tizimini

takomillashtirish lozimligini taʼkidlaydi

4

.

G.A. Pliyevning sudgacha sanatsiya qarzdor

toʻlov qobiliyatini tiklashning iqtisodiy choralarini
koʻproq qamrab olishini, uning tarkibiga ayrim
huquqiy

vositalar

kiritilganligini

yozadi

5

.

Darhaqiqat, korxonalar faoliyatida ishlab chiqarish
jarayonlari muhim oʻrin tutadi, odatda iqtisodiy
choralar samara bermaganda, huquqiy yoki tashkiliy
sogʻlomlashtirish tadbirlariga murojaat qilinadi.


background image

Iqtisodchi olim A.M. Korotchenkov sanatsiyani

iqtisodiy kategoriya sifatida baholaydi va uni qisqa
muddatlarda qarzdor korxonaning toʻlov qobiliyati,
rentabelligi

va

raqobatbardoshligini

tiklashga

qaratilgan texnik, ishlab chiqarish, moliyaviy,
iqtisodiy, tashkiliy-huquqiy choralar tizimi ekanligini
bildiradi

6

. Shubhasiz, tadbirkorlik faoliyatining

keng taraqqiy etishi, ishlab chiqarishda inqiroz paydo
boʻlishi natijasida koʻplab iqtisodiy kategoriyalar
singari sanatsiya ham qonun hujjatlariga kirib keldi.

2

MATERIALLAR VA

METODLAR

Milliy huquqiy asoslar va xorijiy davlatlar

qonunchiligini tahlil qilgan holda sanatsiya chora-
tadbirlarini toʻrt yoʻnalishga ajratish mumkin.

Birinchi yoʻnalish

– iqtisodiy sogʻlomlashtirish

hisoblanib, u oʻz ichiga bevosita iqtisodiy
mexanizmlar bilan bogʻliq boʻlgan norentabel ishlab
chiqarishni yopish, ishlab chiqarishlarni qayta
ixtisoslashtirish kabi choralarni qamrab oladi.

Ikkinchi yoʻnalish

– tashkiliy sogʻlomlashtirish

boʻlib,

unda

qarzdorning

boshqaruvchilari

almashtiriladi yoki tadbirkorlik faoliyati toʻxtatib
turiladi yoxud sud boshqaruvchining funksiyalari
kengaytiriladi.

Uchinchi yoʻnalish

– bevosita huquqiy

vositalardan foydalanishni talab qiladi, yaʼni qarzdor
toʻlov qobiliyatini tiklash debitorlik qarzdorliklarni
undirish, bitimlarni va harakatlarni haqiqiy emas deb
topish, qarzdor tomonidan tuzilgan shartnomalar
ijrosini davom ettirish, qarzdor talabidan boshqa
shaxs foydasiga voz kechish, boshqa shaxslar
(taʼminotchi) yordamida qarzlarni bartaraf qilish,
qarzdor ustav fondini koʻpaytirish (qoʻshimcha
aksiyalarini joylashtirish) kabilardan iborat boʻlishi
mumkin. Kreditorlar talablarini qanoatlantirish
maqsadida mol-mulkni saqlash va uning hajmini
oshirish lozimdir. Uning asosiy vositalaridan biri
qarzdorning kontragentlaridan debitorlik qarzlarni
undirishdir

7

.

Toʻrtinchi yoʻnalish

– qarzlarni qayta tashkil etish

(restrukturizatsiya)

choralari.

Bunda

faoliyat

koʻrsatayotgan tijoratchi tashkilotni qismlarga
ajratgan holda tugatib yubormaslik uchun maʼlum bir
qiymatga ega biznes yangi mulkdorga topshiriladi
yoki sotiladi yoxud korxonaning tashkiliy-huquqiy
shakli

oʻzgartiriladi.

Yaʼni

restrukturizatsiya

quyidagi chora-tadbirlarni qamrab olishi mumkin:

– qarzdorning biznesini (korxonasini) qisman

yoki toʻliq sotish yoxud boshqa yuridik shaxsga
oʻtkazish.

Potensial

xaridor

uchun

mulkiy

kompleksning

oʻzi

emas,

balki

faoliyat

koʻrsatayotgan mulkiy kompleks koʻproq ahamiyatga
ega boʻladi. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi
qonunning 126-moddasida qarzdor korxonasini
mulkiy majmua qilib sotish mumkinligi koʻrsatilgan.
Korxona (biznes) sotilayotganda qarzdor yuridik
shaxsga tegishli tadbirkorlik uchun moʻljallangan
barcha mol-mulklari, xususan, yer uchastkalari,
inshootlari, binolari, inventari, uskunalari, mahsuloti,
xomashyosi, huquqlari (talab qilish), bundan tashqari
qarzdor yuridik shaxsning xususiy alomatlarni
ifodalovchi vositalari (tovar belgilari, firma nomi,
xizmat koʻrsatish belgilari), uning ishlari, xizmatlari
va tovarlari boshqa shaxslarga oʻtkaziladi. Ammo bu
mexanizmdan lozim darajada foydalanilmayapti. B.
Shvexr fikricha, ushbu choralar Germaniyada
toʻlovga qobiliyatsizlik rejasi doirasida, AQSHda esa
qayta tashkil etish tartib-taomili tarkibida amalga
oshiriladi

8

. Demak, biznesni mulkiy majmua

sifatida sotish sanatsiya rejasida aks etishi lozim;

– qarzdor mol-mulkini toʻliq yoki bir qismini

sotish.

Toʻlovga

qobiliyatsizlik

toʻgʻrisidagi

qonunning 111-moddasida qarzdor mol-mulkining
bir qismini sotish mumkinligi koʻrsatilgan boʻlib,
unga

muvofiq

qarzdorning

mol-mulki

inventarizatsiya qilinadi, baholanadi va undan soʻng
auksionda sotiladi. Buyuk Britaniya, Hindistonda
mol-mulkni sotish jarayonlari uchun maxsus pre-
pack administration va administrative receivership
tartib-taomillari qoʻllanadi

9

.

Mamlakatimizda

bozor

iqtisodiyotini

takomillashtirish yoʻlida tadbirkorlik faolitini har
tomonlama

qoʻllab-quvvatlashga

eʼtibor

qaratilmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
tartibga solishga qaratilgan normativ-hujjatlar sifati
oshirildi,

tadbirkorlik

faoliyatini

boshlashga

toʻsqinlik qiluvchi holatlarga chek qoʻyildi, ularni
nazorat qilishlar qisqartirildi, homiylikka jalb qilish,
umuman ularning erkigini taʼminlash uchun barcha
sharoitlar yaratilmoqda

10

. Qarzdor korxonaning

bankrot boʻlishidan bir tomondan kreditorlar zarar
koʻrsa, ikkinchi tomondan mahsulot ishlab chiqarish
yoki

xizmat

koʻrsatish

toʻxtaydi,

soliqlar

undirilmaydi, hodimlar bilan tuzilgan mehnat
shartnomalari bekor boʻladi, uchinchi tomondan, agar
u ishlab chiqarish salohiyati yuqori korxona
hisoblansa, davlat iqtisodiyotiga salbiy taʼsir
koʻrsatadi. Bankrot deb topilgan barcha qarzdorlar
toʻlovga qobiliyatsiz hisoblansa, toʻlovga qobiliyatsiz
qarzdorlarning barchasi ham bankrot deb topilmasligi
mumkin

11

.

Shu

oʻrinda,

tadbirkorlik

subyektlarining

bankrotligi tadbirkorlik faoliyatining davomi sifatida
qarzdorning toʻlov qobiliyatining yoʻqolishi va


background image

natijada kreditorlar talablarini qanoatlantirish uchun
amalga oshiriladigan sud taomillarini oʻz ichiga oladi.
Yakka tadbirkorning qarzdorligi eng kam oylik ish
haqining 20 baravarini tashkil etsa, kreditorlar
(majburiy toʻlovlar boʻyicha soliq organi, pul
majburiyatlari boʻyicha turli korxona va tashkilotlar),
prokuror, vakolatli organ va qarzdor iqtisodiy sudga
ariza berish huquqiga ega boʻladi. Qonunga asosan
qarzdor yuridik shaxsning toʻlovga qobiliyatsizlik
toʻgʻrisidagi ish koʻrilayotganda kuzatuv, sud
sanatsiyasi, tashqi boshqaruv, tugatishga doir ish
yuritish, kelishuv bitimi taomillari, yakka tartibdagi
tadbirkorning toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi
ish koʻrilayotganda tugatishga doir ish yuritish,
kelishuv bitimi taomillari qoʻllaniladi.

Oʻzbekiston

Respublikasining

qonunchiligi

nisbatan kreditorlar talablarini

qanoatlantirish,

qarzdorni tugatish, uning mol-mulkini kreditorlarga
taqsimlashga

yoʻnaltirilgan

desak,

notoʻgʻri

boʻlmaydi. Quyida umumiy tartibdagi toʻlovga
qobiliyatsizlik ishlari koʻrilayotganda tadbirkorlik
faoliyatiga toʻsiq boʻlayotgan holatlarni va ularni
bartaraf qilishga qaratilgan fikr-mulohazalarni bayon
qilamiz:

Qarzdorni bakrot deb topish haqida iqtisodiy

sudga ariza beriladi. Aslida, toʻlovga qobiliyatsizlik
toʻgʻrisidagi ishni qoʻzgʻatish boʻlishi lozim. Bu
holat protsessual jarayonlarga, sud tomonidan
keyingi qoʻllaniladigan bankrotlik taomillariga hech
qanday taʼsiri boʻlmasada, mazmun jihatdan arizada
ishni qoʻzgʻatish soʻralishi lozim. Chunki, sud
bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni qoʻgʻatish haqida va
kuzatuvni tayinlash haqida ajrim chiqaradi. Ariza va
ajrim bir-biriga moslashadi. Shuningdek, kuzatuv
davrida qarzdorni bakrot deb topish va tugatish yoki
sogʻlomlashtirish masalasi kreditor yigʻilishida
muhokama qilinishini inobatga olsak, qarzdorni
bankrot deb topish keyingi protsessual jarayonlarda
hal qilinadi.

Iqtisodiy sud tomonidan qarzdorni bankrot deb

topish va tugatishga doir ish yuritish haqida hal qiluv
qarori qabul qilinadi. Sud sanatsiyasi, tashqi
boshqaruv taomillarini qoʻllash haqida esa ajrim
chiqariladi. Bizga maʼlumki, hal qiluv qarori
iqtisodiy protsessining soʻnggi bosqichini belgilab
beruvchi, nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega
hujjat

hisoblanadi.

Ushbu

holat

ham

qonunchiligimizning qarzdorni tugatishga xizmat
qilishini koʻrsatmoqda. Sud sanatsiyasi, tashqi
boshqaruv, tugatishga doir ish yuritish haqida sud
ajrimi chiqarilishi, tugatishga doir ish yuritishdan
keyin qarzdorni davlat roʻxatidan chiqarish haqida
hal qiluv qarori qabul qilinishi, qarzdorning toʻlov
qobiliyati tiklanishi natijasida ish yuritish tugatilishi

lozim

12

. Ushbu qoidalarning qonunchilikka

kiritilishi qarzdor va kreditorlarda, umuman toʻlovga
qobiliyatsizlik protsessi ishtirokchilarida qarzdorning
toʻlov qobiliyatini tiklash alohida ahamiyatga egaligi
toʻgʻrisida tasavvurlarning kengayishiga olib keladi.

Yuqoridagi ikkita xulosadan kelib chiqib,

bankrotlik toʻgʻrisidagi qonunchilikdan “bankrot deb
topish” atamasini chiqarib tashlash tavsiya qilinadi.
Tugatishga doir yuritish taomilining oʻzi qarzdorning
mol-mulkini auksion savdolariga qoʻyish, undan
tushgan pul mablagʻlarini kreditorlar talablarini
qanoatlantirishga yetarli boʻladi.

Qonunda alohida toifadagi yuridik shaxslarning

bankrotligi bilan bogʻliq qoidalar keltirilgan boʻlib,
alohida toifa sifatida shaharni tashkil etuvchi
korxona,

bank,

qimmatli

qogʻozlar

bozori

professional ishtirokchilari, sugʻurtalovchi, qishloq
xoʻjaligi korxonalari koʻrsatilgan. Ularning oʻziga
xos hususiyatlarining mavjudligi alohida toifaga
kiritishga sabab boʻlgan. Masalan, bank, qimmatli
qogʻozlar

bozori

professional

ishtirokchilari,

sugʻurtalovchilarning asosiy kreditor yoki debitorlari
mijozlar hisoblanadi. Mijozlarning har biri bilan
hisob-kitob qilishning murakkabdir. Shaharni tashkil
etuvchi korxonaning hodimlar sonining koʻpligi,
qishloq xoʻjaligi korxonalida yerning davlatga
tegishliligi alohida yondoshuvni talab qiladi. Ayrim
rivojlangan davlatlarda ushbu yuridik shaxslar va
ularning kreditorlari huquqlarini himoya qilish
maqsadida alohida qonunlar qabul qilingan. Masalan,
“Kredit tashkilotlarining bankrotligi”, “Qishloq
xoʻjaligi korxonalarining bankrotligi” va hokazo.
Bizning Qonunda banklar bankrotligi bilan bogʻliq
deyarli norma mavjud emas. Balki, amaliyotda
banklar bankrotligini uchratish qiyindir. Biroq, qonun
kelajakda

paydo

boʻlishi

mumkin

boʻlgan

munosabatlarni ham tartibga solishi lozim.

Qarzdorni

sogʻlomlashtirishga

qaratilgan

taomillar qonun bilan sud sanatsiyasi va tashqi
boshqaruv koʻrsatilgan. Tashqi boshqaruvda qarzdor
yuridik shaxsga nisbatan uning toʻlov qobiliyatini
tiklash maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish
vakolatlari tashqi boshqaruvchiga oʻtkaziladi, sud
sanatsiyasida

bu

vakolat

sanatsiya

qiluvchi

boshqaruvchiga oʻtkazilmaydi. Bizga maʼlumki,
bankrotlik ishi qoʻzgʻatilgandan keyin barcha
masalalar kreditorlar yigʻilishida muhokama qilinadi.
Jumladan, qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash
masalasi, kreditorlar talablarini qondirish tartibi,
qarzdor rahbar organlarini saqlab qolish yoki
qolmaslik va hokazo. Shunga koʻra, tashqi boshqaruv
va sud sanatsiyasi alohida boʻlmasligi, yagona taomil
sifatida birlashishi maqsadga muvofiq

13

.


background image

Bu oʻz navbatida Qonun normalarini qisqartirish,

protsessual jarayonlarni soddalashtirish imkonini
beradi. Kuzatuvdan keyingi qarzdorning toʻlov
qobiliyatini tiklashga qaratilgan taomil qanday
nomlanadi, degan savol paydo boʻlishi tabiiy.
“Reabilitatsiya” atamasi nisbatan Amerika, Yevropa
va Uzoq Sharq davlatlari qonunchiligida keng
qoʻllaniladi,

Oʻzbekistonda

koʻproq

jinoyat-

protsessual qonunchiligida koʻproq uchratish
mumkin. Boshqaruvning bir shakli sifatida tashqi
boshqaruv (

external management

) korporatsiyalarda

ichki boshqaruv oʻz samarasini bermagach,
taʼsischilar

tomonidan

vaqtinchalik

tashqi

boshqaruvchi tayinlanadi. Sanatsiya (lot. sanatio –
davolanish, qarzdor tashkilotlarni sogʻlomlashtirish)
– davlat yoki boshqa tashkilotlar tomonidan qarzdor
tashkilotning toʻlov qobiliyatini tiklash; qarzdor
tashkilotning jamoalari, qarz beruvchilar va qarzdor
tashkilotlar sanatsiyada qatnashish huquqiga ega.
Tashqi

boshqaruvning

maqsadi

korxonaning

korporativ boshqaruvini toʻgʻri yoʻlga qoʻyishdan
iborat boʻlsa, sanatsiya qarzdorning toʻlov
qobiliyatini tiklashga qaratilgan taomildir. Shunga
koʻra, “sud sanatsiyasi” atamasi mantiqan toʻgʻri
boʻladi;

Bankrotlik jarayonida muddatlar masalasiga

alohida eʼtibor qaratish lozim. Kuzatuv muddati
bayon qilinmagan. Tugatishga doir yuritishning
muddati bir yil belgilangan boʻlsada, uzaytirish
mumkin, qachongacha uzaytirish mumkinligi noaniq.
Tashqi boshqaruv va sud sanatsiyasining muddati
jami oʻttiz olti oydan oshmasligi lozim deyilgan
boʻlsada, qaysi biri qancha muddat boʻlishi aniq
koʻrsatilmagan. Shuningdek, eng asosiysi, bankrotlik
taomillarining umumiy muddatini aniq belgilash
maqsadga muvofiq. Fikrimizcha, ushbu muddatlarni
belgilash uchun, birinchi navbatda, chet el
investitsiyasi

ishtirokidagi

korxonalarning

bankrotligi, chet eldagi kreditorlik qarzlarni undirish
tartibini qonun bilan tartibga solish lozim.

Shuni alohida taʼkidlash oʻrinliki, sudgacha

sanatsiya oʻtkazish va yetishmayotgan kapitalni
bartaraf qilish kreditorlarning toʻlovga qobiliyatsiz
qarzdorga nisbatan ishonchining mavjudligi yoki
yoʻqligiga bogʻliq. Bu kapital miqdorini kreditorlar
kamaytirishi mumkin yoki qarzdan butunlay voz
kechishi mumkin. Kreditorlarning ishonchi mavjud
boʻlganda, yetishmayotgan kapital miqdori minimal
darajaga tushadi va bunday ishonch boʻlmasa,
maxsus tartiblar belgilanadi.

Kreditorlarning ishonchi mavjudligi sharoitida

qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklashni huquqiy
tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari haqida
toʻxtaladigan boʻlsa, birinchidan, kreditorlarning

toʻlovga qobiliyatsiz qarzdorga boʻlgan ishonchining
mavjudligi – qarzni toʻlashning kechikishida
namoyon boʻladi. Bu esa pul majburiyatlarini bajarish
shartlarini keyinga qoldirishga imkon beradi.

Ikkinchidan, kreditorlarning ishonchi mavjudligi

sharoitida kapitalning yetishmaslik holati fuqarolik
huquqining umumiy normalari asosida bitimlar tuzish
orqali

bartaraf

qilish

mumkin.

Bu

yerda

kreditorlarning

ishonchi

ham,

kapital

yetishmovchiligini yengishga qaratilgan harakatlar
ham oddiy fuqarolik-huquqiy bitimlarda (qarzni
kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash, kredit yoki
qarz shartnomasi, toʻlovni kechiktirish sharti bilan
mahsulot yetkazib berish shartnomasi, predmeti
ishlab chiqarishda foydalanilmayotgan narsalarning
oldi-sotdi shartnomasi va boshqalar) aks etadi.
Demak, kreditorlarning ishonchi

mavjudligida

sudgacha sanatsiyani qoʻllashga doir munosabatlar
fuqarolik huquqining umumiy normalari bilan
tartibga solinadi, maxsus qoidalar ishlab chiqishga
zarurat yoʻq.

Kreditorlar

tomonidan

qarzdorga

nisbatan

ishonch mavjud boʻlmasa, qarzdor toʻlov qobiliyatini
tiklash ikki holatda amalga oshirilishi mumkin:

birinchisi, qarzdorga yetishmayotgan kapital

toʻliq jalb qilinadi va juda qisqa muddatlarda qarzdor
sanatsiya qilinadi. Bu yerda yetishmayotgan kapitalni
jalb qilishdan kelib chiqadigan munosabatlarga
kreditorlarning ishonchi sharoitida toʻlov qobiliyatini
tiklash

munosabatlariga

oʻxshash

fuqarolik

huquqining umumiy normalari qoʻllanadi;

ikkinchisi, qarzdor ishlab chiqarish faoliyatini

davom ettirish uchun uchinchi shaxslar tomonidan
taʼminot taqdim qilinadi va uzoq muddat davomida
ushbu taʼminot qarzdorni sanatsiya qilishning
“himoyachisi” boʻlib turadi. Biroq ushbu vaziyatda
toʻlov qobiliyatini tiklashga toʻsiqlar va xavflar
boʻlmaydi, deyish qiyin. Chunki kreditorlar oʻzaro
kelishuvga

erishilmaganligi

uchun

sudgacha

sanatsiya davrida kreditorlar oʻz talablarini
qondirishni soʻrab qarzdorga murojaat qilishi tabiiy.
Amaldagi

qonunchilik

toʻlovga

qobiliyatsiz

qarzdorning kapitalini majburiy undiruvdan himoya
qilinishini taʼminlamagan. Natijada taʼminot asosida
sudgacha sanatsiya qoʻllangan toʻlovga qobiliyatsiz
qarzdorga nisbatan kreditorlar oʻz talablarini
qoʻyishga va nizoni ikki tomonlama hal qilish uchun
harakat qilaveradi. Ushbu vaziyatni samarali hal
qilish uchun davlatlar moratoriy institutiga murojaat
qiladi.

Moratoriy instituti sudgacha toʻlov qobiliyatini

tiklash paytida toʻlovga qobiliyatsiz qarzdorning
kapitalini kreditorlardan himoya qilishning huquqiy
mexanizmidir. Uni qoʻllash kreditorlarning ishonchi


background image

boʻlmagan taqdirda kreditorlarning talablarini
qondirish uchun moʻljallangan pul mablagʻlarini
majburiyatlarni bajarmasdan tadbirkorlik faoliyatiga
yoʻnaltirishga imkon beradi.

Umuman olganda, moratoriyni taraflar oʻzlari

kelishgan holda bitim orqali rasmiylashtirishlari ham
mumkin.

Standstill

agreements

– moratoriy

toʻgʻrisidagi bitim boʻlib, u qaysidir harakatni
toʻxtatishga qaratilgan

14

.

Standstill agreement

qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash maqsadida
kreditorlarning talablarini qondirishni vaqtinchalik
toʻxtatib

qoʻyadi.

Ayrim

olimlar standstill

agreementni qarzdor toʻlov qobiliyatini tiklash
jarayonida eng dastlabki bitim deb hisoblashadi.
Ammo kreditorlarning oʻz talablarini qisqa
muddatlarda undirib olishga harakat qilishi oʻzaro
moratoriy kelishuvini tuzishga toʻsqinlik qiladi.

Bundan tashqari, sud hokimiyati tomonidan

individual moratoriy va ijro etuvchi hokimiyat
tomonidan ommaviy moratoriy berilishi mumkin.
Lekin ikki moratoriyni ham birlashtirib turuvchi
mezon – qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligidir.
Qarzdorning

yordam

muhtojligini,

inqiroz

holatida ekanligini aynan toʻlovga qobiliyatsizlik
belgilari orqali aniqlash mumkin. Shunday holatlar
borki, davlat iqtisodiyotiga bevosita taʼsir qiluvchi
ayrim korxonalarning qarzi moratoriy eʼlon qilish
orqali davlat tomonidan kechiktiriladi. Masalan,
kredit tashkilotlariga ijro etuvchi hokimiyat
tomonidan moratoriy berish maqsadga muvofiq
deb hisoblanadi. Shuning uchun umumiy qoidalar
bilan bir qatorda, istisno holatlar sifatida
qarzdorlarning ayrim toifalariga moratoriy berish
huquqi davlat organi tomonidan amalga oshirilishi
qonunda nazarda tutilishi mumkin.

CONCLUSIONS


Yuqoridagilarga tayanib xulosa qilish mumkinki,

iqtisodiy va huquqiy kategoriya sifatida sanatsiya –
qarzdor

bankrotligining

oldini

olish,

uni

sogʻlomlashtirishga

qaratilgan

texnik,

ishlab

chiqarish, moliyaviy, iqtisodiy, tashkiliy-huquqiy
chora-tadbirlar tizimidir. Kreditorlarning ishonchi
mavjudligida sudgacha sanatsiyani qoʻllashga doir
munosabatlar

fuqarolik

huquqining

umumiy

normalari bilan tartibga solinadi. Kreditorlar
tomonidan qarzdorga nisbatan ishonch mavjud
boʻlmasa, qarzdor ishlab chiqarish faoliyatini davom
ettirish uchun uchinchi shaxslar tomonidan taʼminot
jalb qilinadi, kreditorlar qarzdorga yakka tartibda
murojaat qilmasligi va penya, jarimalarni toʻxtatib
qoʻyish uchun moratoriy qoʻllanadi.

Qarzdorga

moratoriy

joriy

qilinganda

kreditorlar tomonidan toʻlovga qobiliyatsizlik
ishini qoʻzgʻatish haqida sudga murojaat qilish
mumkin emasligi toʻgʻrisidagi qoida sudgacha
sanatsiyani uzluksiz va toʻsiqlarsiz oʻtkazishga
imkon beradi.

EPMIRIK BAZA


Ushbu maqolani tayyorlashda Oʻzbekiston

Respublikasining Fuqarolik kodeksi (1995, 1996),
Soliq kodeksi (2019), Iqtisodiy protsessual
kodeksi

(2018),

Jinoyat

kodeksi

(1994),

Oʻzbekiston

Respublikasining

“Toʻlovga

qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni (2022)
(keyingi oʻrinlarda Toʻlovga qobiliyatsizlik
toʻgʻrisidagi qonun), Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish,
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish
tizimini

va

kapital

bozorini

tubdan

takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
(2019) Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining “2022-2026-yillarga moʻljallangan
Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi
toʻgʻrisida”gi (2022) Farmoni, Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va
Xalqaro

moliya

korporatsiyasining “Biznes

yuritish”

yillik

hisobotida

Oʻzbekiston

Respublikasining reytingini yanada yaxshilash
chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (2018) qarori,
Oʻzbekiston

Respublikasi

Prezidentining

“Bankrotlik taomillarini yanada soddalashtirish va
sud

boshqaruvchilari

faoliyatini

tubdan

takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
(2019) qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining “Sud boshqaruvchilari faoliyatini
tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori
(2019) va mavzuga oid boshqa qonun hujjatlarida
belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu
dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat
qiladi.

ADABIYOTLAR

[1]

Ўзбекистон юридик энциклопедияси / Нашр учун

масъул Р.А.Муҳитдинов ва бошқ.; масъул

муҳаррир Н.Тойчиев. – Т.: Адолат, 2010. – Б. 394.

[2]

Антикризисное управление. Учеб. пособие /

В.Д.Дорофеев и др. – Пенза: Изд-во. Пензенского

института

экономического

развития

и

антикризисного управления. 2006. – С. 174.

[3]

Дондуков А.Н., Рябцева Н.Б., Юн Г.Б.

Антикризисное управление и ресруктуризация

предприятий в Российской Федерации. – М., 2001.

– С. 91–99.


background image

[4]

Телюкина

М.В.

Способы

предупреждения

банкротства юридического лица // Адвокат. 1999.

№ 9. – С 17-21.

[5]

Плиев Г.А. Гражданско-правовой механизм

предупреждения несостоятельности (банкротства)

юридического лица: дис. ... канд. юрид. наук. – М.:

– С. 137.

[6]

Коротченков А.М. Санация предприятия в

отрасли. Учебное пособие. – М.: Проспект, 2015.

– С. 20.

[7]

Полевая

К.Д.

Передача

дебиторский

задолженности должника по договорам уступки

права требования (цессии) как способ выведения

активов в деле о банкротстве // Юрист. 2017. №4. –

С. 14.

[8]

Schwehr B. Corporate rehabilitation proceedings in
the United States and Germany // International
Insolvency Review. – 2003. № 1. – P. 11–35.

[9]

Walton P. Pre-packin’ in the UK // International
Insolvency review. Vol. 18. 2009. – P. 85–108.

[10]

Худайбергенов, Бехзод Бахтиёрович. "ВОПРОСЫ

ПРАВОВОГО РЕГУЛИРОВАНИЯ СУДЕБНОЙ

САНАЦИИ КАК ПРОЦЕДУРЫ БАНКРОТСТВА

В

РЕСПУБЛИКЕ

УЗБЕКИСТАН."

Журнал

Правовых исследований ISSN

2181 (2017): 9130.

[11]

Худайбергенов, Б. Б. (2020). ИНСТИТУТ

НЕПЛАТЕЖЕСПОСОБНОСТИ КАК ИНСТИТУТ

ПРАВОВОГО РЕГУЛИРОВАНИЯ САНАЦИИ И

БАНКРОТСТВА.

Вестник

Ошского

государственного университета

, (1-3), 260-264.

[12]

Худайбергенов,

Б.

Б.

"РАЗВИТИЕ

ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВА О БАНКРОТСТВЕ В

РЕСПУБЛИКЕ

УЗБЕКИСТАН."

Herald

pedagogiki. Nauka i Praktyka

1.5 (2021).

[13]

Худайбергенов, Б. Б. (2020). ПРАВОВЫЕ

АСПЕКТЫ

ВЫЯВЛЕНИЯ

ПРИЗНАКОВ

НЕПЛАТЕЖЕСПОСОБНОСТИ: CASH FLOW И
BALANCE SHEET.

Review of law sciences

, (4).

[14]

Шинкаренко

А.

Банкротство

или

реструктуризация долга? // Корпоративный юрист.
2009. № 3. – С.25.

References

Ўзбекистон юридик энциклопедияси / Нашр учун масъул Р.А.Муҳитдинов ва бошқ.; масъул муҳаррир Н.Тойчиев. – Т.: Адолат, 2010. – Б. 394.

Антикризисное управление. Учеб. пособие / В.Д.Дорофеев и др. – Пенза: Изд-во. Пензенского института экономического развития и антикризисного управления. 2006. – С. 174.

Дондуков А.Н., Рябцева Н.Б., Юн Г.Б. Антикризисное управление и ресруктуризация предприятий в Российской Федерации. – М., 2001. – С. 91–99.

Телюкина М.В. Способы предупреждения банкротства юридического лица // Адвокат. 1999. № 9. – С 17-21.

Плиев Г.А. Гражданско-правовой механизм предупреждения несостоятельности (банкротства) юридического лица: дис. ... канд. юрид. наук. – М.: – С. 137.

Коротченков А.М. Санация предприятия в отрасли. Учебное пособие. – М.: Проспект, 2015. – С. 20.

Полевая К.Д. Передача дебиторский задолженности должника по договорам уступки права требования (цессии) как способ выведения активов в деле о банкротстве // Юрист. 2017. №4. – С. 14.

Schwehr B. Corporate rehabilitation proceedings in the United States and Germany // International Insolvency Review. – 2003. № 1. – P. 11–35.

Walton P. Pre-packin’ in the UK // International Insolvency review. Vol. 18. 2009. – P. 85–108.

Худайбергенов, Бехзод Бахтиёрович. "ВОПРОСЫ ПРАВОВОГО РЕГУЛИРОВАНИЯ СУДЕБНОЙ САНАЦИИ КАК ПРОЦЕДУРЫ БАНКРОТСТВА В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН." Журнал Правовых исследований ISSN 2181 (2017): 9130.

Худайбергенов, Б. Б. (2020). ИНСТИТУТ НЕПЛАТЕЖЕСПОСОБНОСТИ КАК ИНСТИТУТ ПРАВОВОГО РЕГУЛИРОВАНИЯ САНАЦИИ И БАНКРОТСТВА. Вестник Ошского государственного университета, (1-3), 260-264.

Худайбергенов, Б. Б. "РАЗВИТИЕ ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВА О БАНКРОТСТВЕ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН." Herald pedagogiki. Nauka i Praktyka 1.5 (2021).

Худайбергенов, Б. Б. (2020). ПРАВОВЫЕ АСПЕКТЫ ВЫЯВЛЕНИЯ ПРИЗНАКОВ НЕПЛАТЕЖЕСПОСОБНОСТИ: CASH FLOW И BALANCE SHEET. Review of law sciences, (4).

Шинкаренко А. Банкротство или реструктуризация долга? // Корпоративный юрист. 2009. № 3. – С.25.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов