RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O‘QUVCHILARINI INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANI BO‘YICHA KASB HUNARGA YO‘NALTIRISH IMKONIYATLARI

HAC
Google Scholar
To share
Nizomxonov, S. . (2024). RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O‘QUVCHILARINI INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANI BO‘YICHA KASB HUNARGA YO‘NALTIRISH IMKONIYATLARI. Modern Science and Research, 3(1), 1–4. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28244
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar asosida umumta’lim muassasalari o‘quvchilarini informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha kasb hunarga yo‘naltirish ishlarining samaradorligi va natijadorligini oshirish maqsadida kasblar mehnat bozorining istiqbolli rivojlanishiga qaratilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda tadbirlar o‘tkazilishini keng miqyosda tashkil etish kerakligi haqida bayon etilgan.


background image

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA

O‘QUVCHILARINI

INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANI

BO‘YICHA KASB HUNARGA YO‘NALTIRISH

IMKONIYATLARI

Nizomxonov Sanjarxon Erkinxon o‘g‘li

1

1

University Tashkent of Applied Sciences, Gavhar Str. 1, Tashkent 100149, Uzbekistan.

(sanbestmamax@gmail.com, sanjarxonnizomxonov@utas.uz)

https://doi.org/10.5281/zenodo.10471585

Kalit so‘zlar:

Kasb tanlash, kasb hunarga yo‘naltirish, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, platforma, Dasturlash, IT
mutaxassislik, Proforiyentator, Profmaster, Profnavigator, Virtual kasbga yo‘naltirish, Internet
texnologiyalari, multimedia taqdimotlari, videofilmlar, onlayn konferentsiya.

Annotasiya:

Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar asosida umumta’lim muassasalari o‘quvchilarini informatika va
axborot texnologiyalari fani bo‘yicha kasb hunarga yo‘naltirish ishlarining samaradorligi va natijadorligini
oshirish maqsadida kasblar mehnat bozorining istiqbolli rivojlanishiga qaratilgan zamonaviy axborot-
kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda tadbirlar o‘tkazilishini keng miqyosda tashkil etish
kerakligi haqida bayon etilgan.

1. KIRISH

Bugungi kunlarda mamlakatimizda hamda

jahon hamjamiyati nigohida zamonaviy axborot
kommunikatsiya

texnologiyalarining

jadal

sura’tlarda rivojlanib borishi tufayli yangicha axborot
muhitini va elektron tizimli texnologiyalar xizmatlari
bilan bog‘liq hayot faoliyati vujudga kelmoqda,
axborot

jamiyatining

shakllanishi

tobora

rivojlanmoqda.

Taraqqiyotning yangi bosqichlarida ta’lim

tizimining hal qilishi kerak bo‘lgan vazifalar sifatida
raqamli texnologiyalar asosida axborot muhitidagi
kasbiy faoliyatlarga yosh avlodni tayyorlash, ularning
mustaqil qaror qabul qilishi va mas’uliyatli
harakatlariga

yo‘naltirish

muhim

zaruriyat

hisoblanadi. Shuning uchun zamonaviy ta’lim
jarayonini axborotlashtirish zamonaviy ta’lim
tizimini

rivojlantirishning

eng

muhim

yo‘nalishlaridan biridir.

Ta’lim tizimining kasb hunarga yo‘naltirib

o‘qitilishi munosabati bilan maktab o‘quvchilarining
shaxsiy va kasbiy o‘zini o‘zi belgilash muammosi
tobora dolzarb bo‘lib boradi.

Kasb tanlash – inson hayotida qabul qiladigan

eng muhim qarorlardan biridir, chunki har bir kishi
kasbiy faoliyatiga qiziqishi va uning imkoniyatlariga
mos kelishini, quvonch keltirishini shuningdek, eng
muhimi evaziga munosib maosh olishini xohlaydi.
Kasb tanlashga ko‘plab omillar ta’sir qiladi, misol
uchun aytish mumkinki, bular o‘z qiziqishlari,
qobiliyatlari, do‘stlar va ota-onalarning fikrilari kabi
sabablardir.

Mustaqil kasb tanlashda mavjud toʻsiqlardan

biri sifatida bu turli mutaxassisliklar haqida etarlicha
bilim va ma’lumotlarni olish mumkin bo‘lgan o‘quv
ta’lim resurslari hamda kasb tanlashga yo‘nalritilgan
o‘qitish metodlari to‘g‘risida ma'lumotlarning
etishmasligida ko‘rinadi. Raqamli texnologiyalar
asosida ta’lim tizimida kasb hunarga yo‘naltirish
bo‘yicha o‘qituvchilarning vazifasi ustoz-shogird
munosabatlari orqali yuqori sinf o‘quvchilarning
mustaqil kasbiy o‘zini o‘zi belgilashga bo‘lgan
motivatsiyasini oshirishdir. Bu o‘rinda axborot-
kommunikatsiya

texnologiyalariga

asoslangan

vositalardan foydalanish mumkin.

O‘quvchilarga darsdan tashqari to‘garak

mashg‘ulotlarida

raqamli

texnologiyalardan

foydalanish

orqali

global

ustoz-shogird

munosabatlari asosida kompyuter tarmog‘ida o‘zlari


background image

qiziqish bildirgan ma’lumotlarga erkin kira olishini
ta’minlanishi

natijasida

ularda

psixologik

mashg'ulotlarga ham, kompyuter texnologiyalariga
ham qiziqish yanada faollashadi.

Internetda ta’lim muassasalarining reytinglari,

ularning bitiruvchilariga bo‘lgan talab, ta’lim sifati
to‘g‘risida munozaralar bo‘lib o‘tadigan forumlar
haqida juda ko‘p ma’lumotlar mavjud. Bundan
tashqari, internet hozirda nafaqat kuchli axborot,
balki ta’lim resursiga ham aylanmoqda. So‘nggi
paytlarda masofadan turib ta’lim olish imkoniyati
tobora ommalashib bormoqda, endi bu tizim
allaqachon amalga oshirilmoqda.

2. ADABIYOTLAR TAHLILI VA

METODOLOGIYA

Ta’lim mazmunini modernizatsiualash, ta’lim

sifatini

oshirish,

ta’limda

innovatsion

texnologiyalarni joriy yetishga yo‘naltirish, axborot
texnologiyalari sohasidagi zamonaviy taraqqiyot
hamda yangi raqamli media va o‘quv vositalari keng
qo‘llanilib, media savodxonlik, axborot madaniyatini
rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda.

Resrublikamizda so‘nggi yillarda umumta’lim

maktablarida o‘quvchilarning axborot savodxonligi
ko‘nikmalarini

mustahkamlash

va

raqamli

texnologiylarni joriy etishning asosiy elementlarini
belgilashning

meyoriy

asoslari

yaratilmoqda.

"Mustaqil ta’lim soatlari ulushini oshirish, talabalarda
mustaqil ta’lim olish, tanqidy va ijodiy fikrlash,
tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik ko‘nikmalarin
shakllantrish, o‘quv jarayonida kompetensivalarni
kuchaytirishga

qaratilgan

metodika

va

texnologiyalarni joriy etish, o‘quv jarayonini amaliy
ko‘nikmalarini shaklantriga yo‘naltirish, bu borada
o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga
asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv
dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallamrini keng
joriy etish"

1

ustuvor vazifalar etib belgilandi. Bu esa,

o‘quvchilarda

axborot

madaniyatini

rivojlantirishning

pedagogik

imkoniyatlarini

kengaytiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

2022 uil 28 yanvardagi PF-60-son “2022-2026
yillarga mo’ljallangan Yangi O‘zbekistonning
taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”, 2019 yil 29
apreldagi PF-5712-son “O‘zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgasha rivojlantirish
konsersiuasini tasdiqlash to‘g‘risida”, 2020 yil 29
oktabrdagi PF-6097-son “Ilm fanni 2030 yilgasha

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-

5847-son "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'limi tizimini 2030 yilgacha

rivojlantirish konsersiuasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
Farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2021 yil 30 dekabrdagi 792-son
“Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-
sinflari o‘quvchilarini kasb-hunarga tayorlash chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda mazkur
faoliyatga

tegishli

boshqa

meyoriy-huquqiy

hujjatlarda

belgilangan

vazifalarni

amalga

oshirishdagi o‘rni va ahamiyati sifatida raqamli
texnologiyalar asosida o‘quvchilarini informatika va
axborot texnologiyalari fani bo‘yicha kasb hunarga
yo‘naltirish imkoniyatlaridan ta’lim jarayonlarida
foygalanish muhim darajada xizmat qiladi.

3. NATIJALAR VA MUHOKAMA

Natijada, kasbga yo‘naltirish funktsiyasini

bajaradigan va nafaqat ushbu sohada ishlaydigan
psixologlar va

o‘qituvchilar, balki

maktab

o‘quvchilari va ularning ota-onalari tomonidan
mustaqil ravishda ma’lumot to‘plash uchun
ishlatilishi mumkin bo‘lgan Internetdagi saytlar va
faol ijtimoiy tamoqlarning quyidagi guruhlarini
ajratish mumkin:

kasbga

yo‘naltirish

masalalariga

bag‘ishlangan saytlar;

maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalari

uchun turli xil ta’lim muassasalariga kirish masalalari
bo‘yicha turli xil ma’lumotlarni taqdim etadigan
ta’lim portallari;

ushbu muassasa haqida talabalar va

abituriyentlar uchun barcha ma’lumotlarni taqdim
etadigan maktablar, kollejlar va universitetlarning o‘z
veb-saytlari.

Demak, ushbu saytlarni qishqacha mazmunda
yo‘ritishni lozim bildik:
1.

O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish

va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi
tomonidan ta’sis etilgan “Kasbim kelajagim” nomli
platforma

http://profnavigator.uz/

.

Ushbu

o‘quvchilarni

kasb-hunarga

yo‘naltirish

va

psixologik pedagogik respublika tashxis markazi
tomonidan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida
ta’lim olayotgan o‘quvchilarning tug‘ma kasbiy
qiziqishi, moyilligi va layoqatini aniqlash maqsadida
“Kasbim-kelajagim” deb nomlangan yagona onlayn
platforma yaratildi. Platforma orqali o‘quvchi o‘z
qiziqishlari va qobiliyatlarini aniqlay oladi. O‘z
imkoniyatlarini anglagan holda ongli ravishda
kelajakdagi kasb haqida tasavvurga ega bo‘ladi.
Maktabda ta’lim olish jarayonida turli xil

rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi Farmoni // qonun
hujatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2019 y., 06/19/5847/3887-son;
30.04.2020 y., 06/20/5987/0521-son.


background image

to‘garaklarni, sport va musiqa maktablarini tanlaydi.
Maktabni tugatgach kasb tanlashi oson kechadi.
Hozirgi kunda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi
tizimidagi professional ta'lim muassasalari to‘g‘risida
to‘liq ma'lumotlar berish bo‘yicha hamkorlik ishlari
olib borilmoqda.

Shu bilan bir qatorda “Muvaffaqiyatli

insonlar” ruknida “Muvaffaqiyatli insonlar tajribasi”
hamda “Muvoffaqiyatga erishgan o‘quvchilar” orqali
hayotda o‘z o‘rni va mavqeiga erishgan insonlar
hayot yo‘li to‘g‘risida videoroliklar berilgan.
“Psixologik maslahat” ruknida

esa mutaxassislar

tomonidan o‘quvchilarni kasb tanlashda fiziologik
holatlarni e'tiborga olish zarurligi to‘g‘risidagi
tavsiyalar va maslahatlar

berilgan.

2.

“Dasturlashga oid kasblarni o‘rgatamiz”

mazmunidagi Mohirdev onlayn ta’lim platformasi

https://mohirdev.uz.

Bu platforma orqali istalgan

joyda, o‘zingizga qulay vaqtda o‘qish imkoniyati
taklif ertadi. Kurs mualliflari o‘quvchilarga kasbga
yo‘nalitirilgan amaliyotlar yordamida eng tez va
samarali yo‘llar bilan dasturlashga oid kasb egalari
qatoriga qo‘shilishlarini ta’kidlaydilar. Platformada
18 xildagi axborot texnologiya (IT) sohalarida kasb
mutaxassisliklari bo‘yicha 34 xil o‘quv kurslar
mavjud bo‘lib, mashhur pullik va bepul kurslar
tashkil etilgan. Har bir kurs amaliyotlari malakali
axborot texnologiya (IT) soha mutaxassislari
tomonidan eng zamoaviy o‘quv reja asosida
tayyorlangan. Bunda taxsil olgan o‘quvchilar o‘quv
kurslar

yakunida

tasdiqlangan

namunadagi

sertifikatlarga ega bo‘ladilar.

3.

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va

maktab ta'limi vazirligi kasb maktabi platformasi

https://kasb.maktab.uz.

Bu platformada kasbga

yo‘naltirish va karyerani qurishga yordam beruvchi
bepul loyiha bo‘lib, umumta’lim maktablarining
yuqori

sinf

bitiruvchi

o‘quvchilarga

ish

beruvchilarning talablariga mos keluvchi rezyume
yaratishga, kasbiy qiziqishlarni aniqlashga, yangi va
zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishga
yordam berish maqsadlariga qaratilgan.

4.

O‘zbekiston Respublikasi o‘rta-maxsus,

kasb-hunar ta’limi tizimining o‘quvchilarni kasb-
hunarga maqsadli yo‘naltirish axborot tizimli
platformasi

http://kasbtanla.uz. Ushbu

axborot tizimi

Haydarov

Ozodjon

Aslamkulovichning

"Iqtisodiyotni

rivojlantirishning

istiqbol

ko'rsatkichlari asosida o'quvchilarni kasb-hunarga
maqsadli yo'naltirish tizimi" mavzusidagi ilmiy-
tatqiqoq ishi doirasida ishlab chiqilgan. Bu tizim
mamlakatimizning barcha viloyatlaridagi kasb-hunar
kollejlarida 21 xil yo‘nalishlar bo‘yicha 6 turdagi

sohada 239 xil Kasbiy mutaxassisliklar haqida
ma’lumotlar berilgan.

5.

“MyWay Proforientation” kompaniyasi

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab
ta'limi vazirli ko‘magida kasb-hunarga yo‘naltirish
bo‘yicha

https://myway.uz

kasb-hunarga yo‘naltirish

va rivojlantirish markazi platformasini taskil etilgan.
Ushbu platformada Kasb-hunarga yo‘naltirilgan
loyiha

o‘quvchilarga

shaxsiy

xususiyatlarini,

qiziqishlari va qobiliyatlarini aniqlash imkonini
beradi hamda mazkur ma'lumotlarga tayanib,
ularning shaxsiy imkoniyatlariga mos keluvchi
kasbni

tanlash

imkonini

beradi.

“MyWay

Proforientation” kompaniyasi Moskva davlat
universitetining

(Rossiya)

“Gumanitar

texnologiyalar” Test markazining rasmiy hamkori va
“Proforiyentator”, “Profmaster”, “Profnavigator” va
boshqa dasturlardan foydalanish bo‘yicha eksklyuziv
huquqqa ega bo‘lib, Toshkentda shahridagi beshta
maktabda tashkil etilgan.

Maktab

o‘quvchilari

“Proforiyentator”

dasturidagi “Shaxs va kasb” blokining maxsus
testidan o‘tadilar, bu bolalarning individual
xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Olingan
ma'lumotlarga asoslanib, “MyWay Proforientation”
kompaniyasi mutaxassislari bolalar bilan guruhlarda
suhbatlar o‘tkazadilar, kelajakda qanday kasb tanlash
bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berishadi va o‘g‘il-
qizlarning savollariga javob berishadi.

Kasb tanlash – bu hayotda qabul qilinadigan

eng muhim qarorlardan biridir. Kasb tanlashda
qanday xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik kerak?, Kasbga
yo‘naltirish bo‘yicha maslahatlarni qaerdan olish
kerak?, Qaysi kasb ko‘proq eng mos keladi? kabi shu
va boshqa savollarga javoblarni

https://myway.uz -

kasb-hunarga yo‘naltirish va rivojlantirish markazi
platformasining kasbga yo‘naltirishning virtual
kabinetida topish mumkin.

Virtual kasbga yo‘naltirish kabineti (kasbga

yo‘naltirish kabineti) - kasbga yo‘naltirish ishlarini
innovatsion tashkil etish shakllaridan biri bo‘lib, u
umumta’lim tashkiloti veb-saytida interaktiv aloqa
shakli sifatida yaratilgan va elektron axborot manbai
hisoblanadi.

Virtual kasbga yo‘naltirish kabineti (kasbga

yo‘naltirish kabineti) o‘quvchiga kasblar dunyosi
bilan tanishishga yordam beradi;

Ta’lim muassasalari haqida ma’lumot olish;

Kasbga yo‘naltirish va psixologik testlardan

o‘tish;

Individual psixologik xususiyatlari va

kasbiy rivojlanishni qurishda nimalarga e’tibor
berishni hisobga olish haqida maslahat olish;


background image

Kasblar haqida video, foto materiallarni

tomosha qiling.

Virtual kasbga yo‘naltirish kabinetining

barcha ishlari talabani faollashtirishga, uning
qobiliyatlari, kasbiy yo‘lining istiqbollari to‘g‘risida
olgan bilimlarini hisobga olgan holda mustaqil kasb
tanlash istagini shakllantirishga qaratilgan.

AKT

korxonalarga

ekskursiyalar,

ish

beruvchilar bilan uchrashuvlar va boshqalar kabi
an’anaviy ish shakllarini to‘ldiradi, masalan, yashash
joyi bilan bog‘liq cheklovlarni olib tashlash orqali
imkoniyatlarni sezilarli darajada kengaytiradi.

4. XULOSA

Internet texnologiyalari ishlab chiqarishga

virtual ekskursiya o‘tkazishga imkon beradi, unga
texnologik jarayonning o‘ziga xos xususiyatlari yoki
hududiy jaylashuvga ko‘ra uzoq masofa tufayli
tashrif buyurish qiyin bo‘lgan, korxona rahbari yoki
muvaffaqiyatli

biznesmen

bilan

on-layn

konferentsiyada ishtirok etish imkoniyatlaridan
foydalanishlari mumkin.

Raqamli texnologiyalar asosida o‘quvchilarini

informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha
kasb hunarga yo‘naltirish ishlarining samaradorligi
va natijadorligini oshirish maqsadida kasblar mehnat
bozorining

istiqbolli

rivojlanishiga

qaratilgan

zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalaridan
(multimedia taqdimotlari, videofilmlar, kasbga
yo‘naltirish bo‘yicha onlayn konferentsiyalar)
foydalangan holda tadbirlar o‘tkazilishini keng
miqyosda tashkil etish kerakligi bildiriladi.

5.

ADABIYOTLAR

[1]

2018 yil 25 yanvardagi PF-5313-sonli “Umumiy o‘rta,
o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan
takomillashtirish

choratadbirlari

to‘g‘risida”gi

Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari

to‘plami, 2018 y;

[2]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8
oktyabrdagi PF-5847-son "O'zbekiston Respublikasi
oliy ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish

konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi Farmoni //

qonun

hujatlari

ma’lumotlari

milliy

bazasi,

09.10.2019 y., 06/19/5847/3887-son; 30.04.2020 y.,
06/20/5987/0521-son.

[3]

M.Aripov, A.Haydarov, A.Tillaev “Informatika
asoslari akademik litsey va kasb-hunar kollejlari

uchun (elektron qo’llanma)”. Toshkent 2002y;

[4]

Komilova Z.M. Innоvаtsiоn tа’lim-tаrbiyа jаrаyоnidа
10-11 sinf о‘quvсhilаrini ахbоrоt mаdаniyаtini

rivоjlаntirishning реdаgоgik shаrt-shаrоitlаri. //
International

conference

on

developments

in

education, sciences and humanities. Germany. №15th,
March, 2022. -B. 90-95;

[5]

D.P.Mirzoyev

Bo‘lajak

mutaxassis

kadrlarni

innovatsion

kasbiy

faoliyatga

tayyorlashning

takomillashtirilgan modeli// Tadqiqotlar jahon ilmiy –

metodik jurnal № 6, Buxoro. 2023.01.01. 162-174 b;

[6]

O.E.Mamarajabov Ta’lim tizimini modernizatsiyalash

sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda
zamonaviy yondoshuvlar//KASB-HUNAR TA'LIMI.
Ilmiy-uslubiy, amaliy, ma'rifiy jurnal 2021-yil, 2-son
20-22 b (13.00.00, №19);

[7]

I.E.Tursunov Talabalarni kasbiy tayyorgarligida
axborot texnologiyalarining ahamiyati. Toshkent

davlat pedagogika universiteti “Ilmiy axboroti” №7.

2021 (13.00.00. №32);

[8]

Qodirov H. Sh. Kasb ta’limi o‘qituvchilarining bilim

va

ko‘nikmalarini

shakllantirishda

axborot-

kommunikatsiya

texnologiyalarini

qo‘llash

metodikasini takomillashtirish. Ped. fan. bo‘yicha
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. 2017.

[9]

http://profnavigator.uz/ - “Kasbim kelajagim” nomli
platforma;

[10]

https://mohirdev.uz - “Dasturlashga oid kasblarni

o‘rgatamiz” mazmunidagi Mohirdev onlayn ta’lim
platformasi;

[11]

http://kasbtanla.uz

-

kasb-hunarga

maqsadli

yo‘naltirish axborot tizimli platformasi;

[12]

https://myway.uz - kasb-hunarga yo‘naltirish va
rivojlantirish markazi platformasi.

References

2018 yil 25 yanvardagi PF-5313-sonli “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018 y;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi Farmoni // qonun hujatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2019 y., 06/19/5847/3887-son; 30.04.2020 y., 06/20/5987/0521-son.

M.Aripov, A.Haydarov, A.Tillaev “Informatika asoslari akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun (elektron qo’llanma)”. Toshkent 2002y;

Komilova Z.M. Innоvаtsiоn tа’lim-tаrbiyа jаrаyоnidа 10-11 sinf о‘quvсhilаrini ахbоrоt mаdаniyаtini rivоjlаntirishning реdаgоgik shаrt-shаrоitlаri. // International conference on developments in education, sciences and humanities. Germany. №15th, March, 2022. -B. 90-95;

D.P.Mirzoyev Bo‘lajak mutaxassis kadrlarni innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashning takomillashtirilgan modeli// Tadqiqotlar jahon ilmiy –metodik jurnal № 6, Buxoro. 2023.01.01. 162-174 b;

O.E.Mamarajabov Ta’lim tizimini modernizatsiyalash sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda zamonaviy yondoshuvlar//KASB-HUNAR TA'LIMI. Ilmiy-uslubiy, amaliy, ma'rifiy jurnal 2021-yil, 2-son 20-22 b (13.00.00, №19);

I.E.Tursunov Talabalarni kasbiy tayyorgarligida axborot texnologiyalarining ahamiyati. Toshkent davlat pedagogika universiteti “Ilmiy axboroti” №7. 2021 (13.00.00. №32);

Qodirov H. Sh. Kasb ta’limi o‘qituvchilarining bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash metodikasini takomillashtirish. Ped. fan. bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. 2017.

http://profnavigator.uz/ - “Kasbim kelajagim” nomli platforma;

https://mohirdev.uz - “Dasturlashga oid kasblarni o‘rgatamiz” mazmunidagi Mohirdev onlayn ta’lim platformasi;

http://kasbtanla.uz - kasb-hunarga maqsadli yo‘naltirish axborot tizimli platformasi;

https://myway.uz - kasb-hunarga yo‘naltirish va rivojlantirish markazi platformasi.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов