THE ROLE OF INTERNATIONAL AGREEMENTS IN THE PROTECTION OF INTELLECTUAL PROPERTY RIGHTS

HAC
Google Scholar
To share
Ismoilov, A. (2024). THE ROLE OF INTERNATIONAL AGREEMENTS IN THE PROTECTION OF INTELLECTUAL PROPERTY RIGHTS. Modern Science and Research, 3(1), 487–492. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28277
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

As Uzbekistan joins important international agreements in the field of intellectual property, the creation of a favorable environment for entrepreneurship is recognized as an important factor in attracting foreign investments. After all, one of the main conditions of the country's investment attractiveness is the provision of intellectual property protection. Along with ensuring protection of intellectual property objects, establishing and implementing mechanisms for their effective protection, as well as improving practice in this direction, is an urgent issue of the times. This article talks about the positive aspects of Uzbekistan's accession to international agreements.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

487

INTELLEKTUAL MULK HUQUQINI HIMOYA QILISHDA XALQARO

SHARTNOMALARNING TUTGAN O‘RNI

Ismoilov Adxam Baxodirovich

Jizzax viloyat yurdik texnikumi “Ommaviy huquqiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10524951

Annotatsiya.

O‘zbekistonning intellektual mulk sohasidagi muhim xalqaro

shartnomalarga qo‘shilishi barobarida tadbirkorlik uchun qulay muhit yaratilishi xorijiy
investitsiyalarni jalb qilishda ham muhim omil sifatida eʼtirof etilmoqda. Zero, mamlakatning
investitsion jozibadorligining eng asosiy shartlaridan biri ham intellektual mulk himoyasi
taʼminlangani bilan belgilanishidir. Intellektual mulk obyektlari muhofazasini taʼminlash bilan
birga ularni samarali himoya qilish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish va amalga oshirish hamda bu
yo‘nalishdagi amaliyotni takomillashtirish dolzarb masala ekanligini zamonning o‘zi taqozo
etmoqda. Ushbu maqolada O‘zbekistonning xalqaro shartnomalarga qo‘shilishining ijobiy
jihatlari haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar: Intellektual mulk, xalqaro shartnomalar, nomoddiy aktivlar, patent, bitim,

konvensiya, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, integral mikrosxema topologiyalari.

THE ROLE OF INTERNATIONAL AGREEMENTS IN THE PROTECTION OF

INTELLECTUAL PROPERTY RIGHTS

Abstract. As Uzbekistan joins important international agreements in the field of intellectual

property, the creation of a favorable environment for entrepreneurship is recognized as an
important factor in attracting foreign investments. After all, one of the main conditions of the
country's investment attractiveness is the provision of intellectual property protection. Along with
ensuring protection of intellectual property objects, establishing and implementing mechanisms
for their effective protection, as well as improving practice in this direction, is an urgent issue of
the times. This article talks about the positive aspects of Uzbekistan's accession to international
agreements.

Key words: Intellectual property, international agreements, intangible assets, patent,

agreement, convention, industrial samples, selection achievements, integrated microcircuit
topologies.

РОЛЬ МЕЖДУНАРОДНЫХ СОГЛАШЕНИЙ В ЗАЩИТЕ ПРАВ

ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОЙ СОБСТВЕННОСТИ

Аннотация. По мере присоединения Узбекистана к важным международным

соглашениям в сфере интеллектуальной собственности создание благоприятной среды для
предпринимательства признается важным фактором привлечения иностранных
инвестиций. Ведь одним из главных условий инвестиционной привлекательности страны
является обеспечение защиты интеллектуальной собственности. Наряду с обеспечением
защиты объектов интеллектуальной собственности, создание и внедрение механизмов их
эффективной защиты, а также совершенствование практики в этом направлении
является актуальной задачей времени. В данной статье говорится о положительных
аспектах присоединения Узбекистана к международным соглашениям.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

488

Ключевые слова: Интеллектуальная собственность, международные договоры,

нематериальные активы, патент, соглашение, конвенция, промышленные образцы,
селекционные достижения, топологии интегральных микросхем.

Ma`lumki, keyingi yillarda O‘zbekistonda intellektual mulk muhofazasini taʼminlash

borasida olib borilayotgan jadal ishlar, sohaga oid xalqaro shartnomalarga qo‘shilish hamda ochiq
tashqi siyosat mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi nufuzi va obro‘sini mustahkamlashga
xizmat qilmoqda. Qolaversa, yangi O‘zbekiston rahbariyatining olib borayotgan siyosati o‘laroq,
O‘zbekistonning intellektual mulk sohasidagi muhim xalqaro shartnomalarga qo‘shilishi
barobarida tadbirkorlik uchun qulay muhit yaratilishi xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda ham
muhim omil sifatida eʼtirof etilmoqda. Zero mamlakatning investitsion jozibadorligining eng
asosiy shartlaridan biri ham intellektual mulk himoyasi taʼminlangani bilan belgilanishidir.

Bugungi kunda O‘zbekistonda intellektual mulk huquqi muhofazasini taʼminlash

doirasida xalqaro meʼyorlar talablaridan kelib chiqib, sohaning barcha yo‘nalishlarini qamrab
olishga qaratilgan “Intellektual mulk sohasini rivojlantirish milliy strategiyasi”ni ishlab chiqish
ishlari olib borilyapti va bu jarayonga Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda
xorijdan malakali mutaxassislar jalb qilingan. Bundan tashqari davlatimiz ko‘zlagan maqsadlardan
biri Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish va Yevropa ittifoqi bilan hamkorlik va kengaytirilgan
sheriklik bitimini tuzish jarayonida intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish va himoyasini
to‘laqonli taʼminlash maqsadida mazkur sohaga oid qonunchilik meʼyorlari samaradorligini
oshirish borasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.

1

O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish, muallif va boshqa

huquq egalarining qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga alohida eʼtibor berilmoqda.
Aynan intellektual mulkni rag‘batlantirishga doir normalar Bosh qomusimizdaham o‘z ifodasini
topgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasidahar kimga ilmiy, texnikaviy
va badiiy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanib, intellektual mulk
qonun bilan muhofaza qilinishi va davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishi
haqida g‘amxo‘rlik qilishi qatʼiy belgilab qo‘yilgan.

2

Intellektual mulk obyektlari muhofazasini taʼminlash bilan birga ularni samarali himoya

qilish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish va amalga oshirish hamda bu yo‘nalishdagi amaliyotni
takomillashtirish dolzarb masala ekanligini zamonning o‘zi taqozo etmoqda.

Umuman olganda

Intellektual mulk

bu– ijodiy aqliy faoliyat mahsulidir. Ixtirochilik va

mualliflik obyekti huquqi majmuiga kiruvchi, fan, adabiyot, sanʼat va ishlab chiqarish sohasida
ijodiy faoliyatning boshqa turlari, adabiy, badiiy, ilmiy asarlar, ijrochi aktyorlik sanʼati, jumladan
ovoz yozish, radio, televideniye asarlari, kashfiyotlar, ixtirolar, ratsionalizatorlik takliflari, sanoat
namunalari, kompyuterlar uchun dasturlar, maʼlumotlar bazasi, nou-xauning ekspert tizimlari,
tovar belgilari, firma atamalari va boshqa aqliy mulk obyektlariga kiradi.

3

Dunyo bo‘yicha eng qimmatbaho mulk – bu intellektual mulkdir. Zamonaviy dunyoda

intellektual mulk himoyasini taʼminlash muhim ahamiyatga ega. Nomoddiy aktivlar ulushi 1975-

1

https://uza.uz/posts/208024

2

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y. 21-b.

3

https://uz.wikipedia.org/wiki/Intellektual_mulk


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

489

yilda 17 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2020-yilda 90 foizga ko‘tarilib, ularning taxminiy qiymati 21
trillion AQSH dollarini tashkil etadi. Hozirgi kunda intellektual mulk Yevropada YAIMning 45
foizini, Xitoyda 12 foiz, Rossiyada 7 foizini tashkil etadi. Lekin O‘zbekistonda intellektual mulkni
tijoratlashtirish darajasi juda past.

4

Ushbu huquqni Konstitutsiyaviy darajada eʼtirofini amalga

oshirmasdan turib, samarali iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishni taʼminlash qiyin. Kelajakda biz uchun
eng ko‘p foyda keltiradigan jihat ham ayni shudir. Sababi kelgusida bizning intellektual
mahsulotlarimiz, ixtirolarimiz dunyo bozorlarini egallashi kerak. Agar olimlarimiz tomonidan
yaratiladigan ixtirolar jahon ilmiy maydonlarining markazidan joy egallasa va butun jahon ulardan
ilmiy-texnik taraqqiyot yo‘lida foydalansa, mamlakatimiz uchun bu narsa oddiy obro‘-eʼtibor
emas, balki ulkan darajada manfaat keltiradi.

Intellktual mulk huquqini himoya qilishda O‘zbekiston Respublikasining bir qator qonun

hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, jumladan, Fuqarolik kodeksi

,

“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat

namunalari to‘g‘risida”,

“Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”, “Integral mikrosxemalar

topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari
va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”, “Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida”, “Firma
nomlari to‘g‘risida”, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”, “Raqobat to‘g‘risida”,
“Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”, “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi qonunlari va
intellektual mulk sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy
hujjatlarni sanab o‘tish mumkin.

Intellektual mulk sohasiga oid O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilgan quyidagi xalqaro

shartnomalarini eʼtirof etib o‘tish mumkin, xususan: "Butunjahon intellektual mulk tashkilotini
taʼsis etish to‘g‘risida"gi konvensiyasi (1967-yil 14-iyul, Stokgolm va 1979-yil 2-oktyabrda
o‘zgartirilgan; O‘zbekiston Respublikasi uchun 1991-yil 25-dekabrdan kuchga kirgan); “Sanoat
mulki muhofazasi bo‘yicha” Parij konvensiyasi (Parij, 1883-yil 20-mart, Bryussel, 1900-yil 14-
dekabr, Vashington, 1911-yil 2-iyun, London, 1934-yil 2-iyun, Lissabon, 1958-yil 31-oktyabr,
Stokgolm, 1967-yil 14-iyulda qayta ko‘rilgan va 1979-yil 2-oktyabrda o‘zgartirilgan. O‘zbekiston
Respublikasi mazkur konvensiyada huquqiy voris sifatida 1991-yil 25-dekabrdan ishtirok etadi);

“Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Bern konvensiyasi (Parij, 1971-

yil 24-iyul, 1979-yil 28-sentyabrda o‘zgartish kiritilgan. Mazkur konvensiya O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining 2004-yil 27-avgustdagi 681-II-sonli “Adabiy va badiiy asarlarni
muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Bern konvensiyasiga qo‘shilish haqida”gi qaroriga asosan
qo‘shilgan);

“Patent huquqi to‘g‘risida”gi shartnoma (2000-yil 1-iyunda Jenevada Diplomatik

konferensiya tomonidan qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasi ushbu shartnomaga
O‘zbekiston

Respublikasining

2006-yil

15-martdagi

O‘RQ-25-sonli

“O‘zbekiston

Respublikasining 2000-yil 1-iyunda Jenevada Diplomatik konferensiya tomonidan qabul qilingan
Patent huquqi to‘g‘risidagi Shartnomaga qo‘shilishi haqida”gi Qonuniga asosan qo‘shilgan. 2006-
yil 19-iyuldan kuchga kirgan);

“Tovar belgilariga doir qonunlar to‘g‘risida”gi shartnoma (Jeneva, 1994-yil 27-oktyabr.

O‘zbekiston Respublikasi mazkur Shartnomaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-

4

О.Abdullayeva “Xalq so‘zi” gazeta № 185 05.09.2023


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

490

yil 1-maydagi 630-I-sonli “Tovar belgilariga doir qonunlar to‘g‘risidagi Shartnomaga qo‘shilish
haqida”gi qaroriga asosan qo‘shilgan. O‘zbekiston Respublikasi uchun 1998-yil 4-sentyabrdan
kuchga kirgan);

“O‘simliklarning yangi navlarini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi xalqaro konvensiya (1961-

yil 2-dekabr, 1972-yil 10-noyabr, 1978-yil 23-oktyabr va 1991-yil 19-martda Jenevada qayta
ko‘rib chiqilgan. Mazkur konvensiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2004-yil 27-
avgustdagi 680-II-sonli “O‘simliklarning yangi navlarini muhofaza qilish to‘g‘risidagi Xalqaro
konvensiyaga qo‘shilish haqida”gi qarori bilan ratifikatsiya qilingan);

“Belgilarni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Madrid bitimiga doir bayonnoma

(Madrid, 1989-yil 27-iyun. O‘zbekiston Respublikasi mazkur Bayonnomaga O‘zbekiston
Respublikasining 2006-yil 18-iyuldagi O‘RQ-40-sonli “O‘zbekiston Respublikasining belgilarni
xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida"gi Madrid bitimiga doir bayonnomaga (Madrid, 1989-yil
27-iyun) qo‘shilishi haqida”gi Qonuniga asosan qo‘shilgan);

“Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida”gi shartnoma (Vashington, 1970-yil 19-iyun.

O‘zbekiston Respublikasi uchun 1991-yil 25-dekabrdan kuchga kirgan);

“Patent protsedurasi maqsadlari uchun mikroorganizmlarni deponentlashning xalqaro

eʼtirof etilishi to‘g‘risida”gi Budapesht shartnomasi (Budapesht, 1977-yil 28-aprel. O‘zbekiston
Respublikasi mazkur Shartnomaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 30-
avgustdagi 277-II-sonli “Patent tartiboti maqsadlari uchun mikroorganizmlarni to‘plashni xalqaro
eʼtirof etish to‘g‘risida"gi Budapesht shartnomasiga qo‘shilish haqida”gi qaroriga asosan
qo‘shilgan. 2002-yil 12-yanvardan kuchga kirgan);

“Belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tovar va xizmatlarning xalqaro tasnifi to‘g‘risida”gi

Nissa bitimi (Nissa, 1957-yil 15-iyun. O‘zbekiston Respublikasi mazkur Bitimga O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 30-avgustdagi 275-II-sonli “Belgilar ro‘yxatga olinadigan
Xalqaro tovarlar va xizmatlar tasnifi to‘g‘risidagi Nissa shartnomasiga qo‘shilish haqida”gi
qaroriga asosan qo‘shilgan. 2002-yil 12-yanvardan kuchga kirgan);

“Xalqaro patent tasnifi to‘g‘risida”gi Strasburg bitimi (Strasburg, 1971-yil 24-mart.

O‘zbekiston Respublikasi mazkur Bitimga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil
30-avgustdagi 276-II-sonli “Xalqaro patent tasnifi to‘g‘risidagi Strasburg bitimiga qo‘shilish
haqida”gi qarori bilan qo‘shilgan. 2002-yil 12-oktyabrdan kuchga kirgan);

“Sanoat namunalarining xalqaro tasnifini taʼsis etish to‘g‘risida”gi Lokarno bitimi (1968-

yil 8-oktyabrda Lokarnoda imzolangan. O‘zbekiston Respublikasi ushbu Bitimga O‘zbekiston
Respublikasining 2006-yil 14 martdagi O‘RQ-24-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 1968-yil
8-oktyabrda Lokarnoda imzolangan sanoat namunalarining xalqaro tasnifini taʼsis etish
to‘g‘risidagi Lokarno bitimiga qo‘shilishi haqida"gi Qonuni bilan qo‘shilgan);

“Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Mualliflik huquqi bo‘yicha shartnomasi”

(Jeneva, 1996-yil 20-dekabr. O‘zbekiston Respublikasi ushbu shartnomaga O‘zbekiston
Respublikasining 2019-yil 16-fevraldagi O‘RQ-520-sonli “Butunjahon intellektual mulk
tashkilotining Mualliflik huquqi bo‘yicha shartnomasiga (Jeneva, 1996-yil 20-dekabr)
O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan qo‘shilgan. O‘zbekiston
Respublikasi uchun 2019-yil 17-iyuldan kuchga kirgan);


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

491

“Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Ijrolar va fonogrammalar bo‘yicha

shartnomasi” (Jeneva, 1996-yil 20-dekabr. O‘zbekiston Respublikasi ushbu shartnomaga
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-fevraldagi O‘RQ-519-sonli “Butunjahon intellektual
mulk tashkilotining ijrolar va fonogrammalar bo‘yicha shartnomasiga (Jeneva, 1996-yil 20-
dekabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan qo‘shilgan.
O‘zbekiston Respublikasi uchun 2019-yil 17-iyuldan kuchga kirgan);

“Fonogrammalarni tayyorlovchilarning manfaatlarini ularning fonogrammalarini

noqonuniy takrorlashdan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi konvensiya (Jeneva, 1971-yil 29-oktyabr.
Mazkur Konvensiya O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-511-sonli
“Fonogramma tayyorlovchilarning manfaatlarini ularning fonogrammalari noqonuniy
takrorlanishidan muhofaza qilish to‘g‘risidagi Konvensiyaga (Jeneva, 1971-yil 29-oktyabr)
O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida”gi Qonuni bilan ratifikatsiya qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi uchun 2019-yil 25 apreldan kuchga kirgan);

“Ko‘zi ojiz, ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan va bosma axborotni idrok etishda boshqa jihatdan

qobiliyati cheklangan shaxslarning nashr etilgan asarlardan foydalanishini yengillashtirish
to‘g‘risida”gi Marokash shartnomasi (Marokash, 2013-yil 27-iyun. O‘zbekiston Respublikasi
mazkur shartnomaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PQ-80-
sonli “Xalqaro shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risida”gi qarori bilan qo‘shilgan).

Xulosa sifatida aytish mumkinki, intellektual mulk huquqini himoya qilishda rivojlangan

davlatlar tajribasini qo‘llash, ulardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Istiqbolda bizning
yurtimizda ham ushbu sohadagi mexanizmlarni takomillashtirish, mavjud tashkiliy-huquqiy
muammolarni bartaraf etish uchun, birinchi navbatda, Intellektual mulk huquqlarining savdo
jihatlari bo‘yicha kelishuvi va unda ishtirok etish masalalarini va kelgusida intellektual mulk
huquqi buzilgan tovarlarni chegarada ushlab qolish imkonini beruvchi qonunchilik
mexanizmlarini takomillashtirish, ikkinchidan, mazkur kelishuvda belgilangan intellektual mulk
masalalari bo‘yicha alohida sudlar tashkil etish.


REFERENCES

1.

Sh.Mirziyoyev. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qatʼiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga
ko‘taramiz. 1-jild. :-T. 2017 yil. 16-bet.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

3.

O‘zbekiston respublikasi Fuqarolik Kodeksi. 21.12.1995 y. https://lex.uz/docs/111189.

4.

O‘zbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari
to‘g‘risida”gi 29.08.2002 yildagi 397-II-son qonuni https://lex.uz/docs/76671.

5.

O‘zbekiston Respublikasining “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi 29.08. 2002 yildagi 395-
II-son qonuni https://lex.uz/docs/69237.

6.

O‘zbekiston Respublikasining “Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy
muhofaza

qilish

to‘g‘risida”gi

12.05.2001

yildagi

218-II-son

qonuni

https://lex.uz/docs/69237.

7.

O‘zbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib
chiqqan

joy

nomlari to‘g‘risida”gi 30.08.2001 yildagi 267-II-son qonuni

https://lex.uz/docs/24925.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

492

8.

O‘zbekiston Respublikasining “Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida”gi 03.03.2022 yildagi
757-II-son qonuni https://lex.uz/docs/5889882.

9.

O‘zbekiston Respublikasining “Firma nomlari to‘g‘risida”gi 18.09.2006 yildagi 51-II-son
qonuni https://lex.uz/docs/1055517.

10.

O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi
20.07.2006 yildagi 42-II-son qonuni https://lex.uz/docs/1022944.

11.

O‘zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi 29.10.2019 yildagi
576-II-son qonuni https://lex.uz/docs/4571490.

12.

O.Oqyulov. Intullektual mulk huquqi. Risola. Falsafa va huquq instituti, -T.: 2005 yil.

13.

Sh.Ro‘ziyev. O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk himoyasining o‘ziga xos
xususiyatlari. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali №2. Mart-
aprel, 2019 y.

14.

O‘zbekiston Respublikasi

Oliy Sudi Plenumining 23.06.2023 yildagi 19-sonli “Intellektual

mulkka oid ishlarni ko‘rib chiqishning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi

qarori.



References

Sh.Mirziyoyev. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qatʼiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. 1-jild. :-T. 2017 yil. 16-bet.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

O‘zbekiston respublikasi Fuqarolik Kodeksi. 21.12.1995 y. https://lex.uz/docs/111189.

O‘zbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi 29.08.2002 yildagi 397-II-son qonuni https://lex.uz/docs/76671.

O‘zbekiston Respublikasining “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi 29.08. 2002 yildagi 395-II-son qonuni https://lex.uz/docs/69237.

O‘zbekiston Respublikasining “Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 12.05.2001 yildagi 218-II-son qonuni https://lex.uz/docs/69237.

O‘zbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi 30.08.2001 yildagi 267-II-son qonuni https://lex.uz/docs/24925.

O‘zbekiston Respublikasining “Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida”gi 03.03.2022 yildagi 757-II-son qonuni https://lex.uz/docs/5889882.

O‘zbekiston Respublikasining “Firma nomlari to‘g‘risida”gi 18.09.2006 yildagi 51-II-son qonuni https://lex.uz/docs/1055517.

O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi 20.07.2006 yildagi 42-II-son qonuni https://lex.uz/docs/1022944.

O‘zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi 29.10.2019 yildagi 576-II-son qonuni https://lex.uz/docs/4571490.

O.Oqyulov. Intullektual mulk huquqi. Risola. Falsafa va huquq instituti, -T.: 2005 yil.

Sh.Ro‘ziyev. O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk himoyasining o‘ziga xos xususiyatlari. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali №2. Mart-aprel, 2019 y.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 23.06.2023 yildagi 19-sonli “Intellektual mulkka oid ishlarni ko‘rib chiqishning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов