INNOVATIVE METHODS OF ORGANIZING MOTHER LANGUAGE LESSONS AND THEIR SIGNIFICANCE

HAC
Google Scholar
To share
Rashidov , S. . (2024). INNOVATIVE METHODS OF ORGANIZING MOTHER LANGUAGE LESSONS AND THEIR SIGNIFICANCE. Modern Science and Research, 3(1), 406–409. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28479
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article presents the interactive methods recommended for use in mother tongue classes and their content.


background image


406

ONA TILI DARSLARINI TASHKIL ETISHNING INNOVATSION USULLARI

VA ULARNING AHAMIYATI

Rashidov Saydulla To'lqinjono'vich

O’zbekiston Jurnalistika va Ommaviy Komunikatsitalar Universiteti

teleradio jurnalistikasi 1-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10565862

Annotatsiya. Ushbu maqolada ona tili darslarida foydalanishga tavsiya etiladigan

interfaol metodlar va ularning mazmuni xususidagi fikrlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: innovatsion texnologiya, metod, texnologiya, interfaol, bayon qilish, suhbat,

muammoli vaziyat.

INNOVATIVE METHODS OF ORGANIZING MOTHER LANGUAGE LESSONS

AND THEIR SIGNIFICANCE

Abstract. This article presents the interactive methods recommended for use in mother

tongue classes and their content.

Key words: innovative technology, method, technology, interactive, presentation,

conversation, problem situation.

ИННОВАЦИОННЫЕ МЕТОДЫ ОРГАНИЗАЦИИ УРОКОВ РОЖДНОГО

ЯЗЫКА И ИХ ЗНАЧЕНИЕ

Аннотация. В статье представлены интерактивные методы, рекомендуемые к

использованию на занятиях по родному языку, и их содержание.

Ключевые слова: инновационная технология, метод, технология, интерактив,

презентация, беседа, проблемная ситуация.

Mustaqillik sharofati bilan respublikamizda yangilanish, rivojlanish davri boshlanib,

ijtimoiy hayotimiz umumjahon andozalariga mos taraqqiyot yo'nalishlariga jadal sur'atlar bilan

kirib bormoqda. "XXI asr yoshlarini har tomonlama rivojlangan, yetuk dunyoviy fikr yuritadigan,

bilimli barkamol shaxslarni jahon ta'lim standartlariga mos ravishda tarbiyalash dolzarb

vazifalardan biridir" [1]. Yangi asr o'qituvchisini tayyorlashda uning pedagogik psixologik

jihatdan chuqur bilimga egaligi, intellektual salohiyatning yuksak darajadaligi, innovatsion ta'lim

texnologiyalari, ta'limning interfaol usullari va ilg'or samarali metodlariga oid ijodiy faollikni

oshirishning samarali usullaridan xabardor bo'lishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi kunda barcha ta'lim muassasalarida o'qitish jarayonida interfaol usullardan

foydalanishga erishilmoqda. Bu esa interfaol ta'lim asosida tashkil etilayotgan pedagogik


background image


407

jarayonlarning mazmun-mohiyatini to'liq tushunib yetishga va ularni samarali, qiziqarli, sifatli

bo'lishini ta'minlashga ko'maklashadi. Interfaol usullaridagi darslar o'quvchini ijodiy fikrlashga,

olingan axborotlarni faollikda hal etishga, fikrni erkin bayon etishga, tashabbuskorlikka,

guruhlarda masalalar yechimini topishga, hamkorlikda ish yuritishga, fikrni yozma ravishda bayon

etishga chorlaydi. Interfaollik bu o'zaro ikki kishi faolligi, ya'ni bunda o'quv-biluv jarayoni o'zaro

suhbat tariqasida dialog shaklida (kompyuter yordamida) yoki o'quvchining o'zaro muloqotiga

asosan kichadi. [2]. Interfaol ta'lim asosini interfaol metodlar tashkil etadi. Talim jarayonida

o'quvchilar hamda o'qituvchi o'rtasida hamkorlikni qaror toptirish, faollikni oshirish, ta'lim

oluvchilar tomonidan bilimlami samarali o'zlashtirish, ularda shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga

xizmat qiladigan metodlar interfaol metodlar sanaladi.

Ona tili darslarida zamonaviy usullardan foydalanish o'quvchilarning mustaqil fikrlash

qobilyatini shakllantirish hamda mavzuni o'zlashtirishda yaxshi samara beradi. Ona tilini

o'qitishda o'qituvchi bilan o'quvchining birgalikdagi faoliyatini tashkil etish shakllari, metodlari

va usullari ta'lim tizimining takomillashuvi bilan bog'liq holda rivojlanib, yangilanib bormoqda.

XX asrning oxirgi yillariga qadar o'qitish metodlari sifatida tushuntirish bayon metodi,

suhbat metodi, analiz - sintez metodi, mustaqil ish metodi, induktiv va deduktiv metodlar ona tili

ta'limi darslarini tashkil etishda ko'proq qo'llanilib kelinmoqda. Bayon qilish metodi ona tili

darslarida qo'llangan asosiy metodlardan biri bo'lgan. Bunda o'qituvchi bayon qilishdan oldin

o'quvchilarning o'rganilayotgan mavzu yuzasidan bilimlarini aniqlab olgan.

Bu o'quvchilarni o'qituvchi bayonini kuzatib, tinglab borishga, faol bo'lishga undagan.

O'qituvchining bayoni, ya'ni bayon qilish metodida grammatik mavzuning xususiyatidan kelib

chiqib, o'qituvchi ma'lumotlarni o'z so'zlari bilan bayon qilib bergan. Bunda o'qituvchi zimmasiga

o'rganilayotgan grammatik mavzuning muhim o'rinlarini aniq, lo'nda, misollar tahlili bilan izchil

bayon qilib berish vazifasi yuklangan. Boshlang'ich sinflarda bayon qilish metodi o'quvchilarning

yoshi va eslab qolish holatidan keiib chiqqan holda 3-5 daqiqaga mo'ljallangan. Suhbat metodi

boshlang'ich sinflarda ona tilini o'qitishda keng qo'llaniladigan va shu bosqich o'quvchilari

tabiatiga mos metod sanaladi.

Suhbat metodi savo - ljavob metodi deb ham yuritiladi. Suhbat metodi o'qituvchidan

mavzuning xususiyatini o'zida aks ettirgan o'quv materialini topishni, grammatik mavzuning

muhim belgilarini aniqlash, ularning o'xshash va farqli jihatlarini ajratish, o'xshash va farqli

jihatlariga qarab guruhlash, umumlashtirishga, xulosa chiqarishga yo'naltirilgan savollar tuzishni,

ularni o'quvchilarga izchil berib borishni talab etadi. Boshlang'ich sinflarda suhbat metodining

muammoli o'qitish metodi sifatida qo'llanilishi ta'limda o'quvchilarni faollashtirishga katta ta'sir


background image


408

ko'rsatadi. Muammoli o'qitish metodiga amerikalik pedagog va psixolog Dyun 1894-yilda asos

solgan. Bu metodning maqsadi ilmiy tushunchalarni o'zlashtirishga yordam berishgina emas, balki

o'quvchilarning bilish qobiliyatini ham rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini o'stirish hamdir. Bunda

suhbat davomida o'qituvchining topshirig'i bilan o`quvchining oldiga biror muammo qo'yiladi va

darsda muammoli vaziyat yaratiladi.

Bu muammoni o'quvchi oldin egallagan bilimlari asosida hal etadi. Boshlang'ich sinf

o'quvchilarining hayotiy tajribalari kamligi sababli o'qituvchi muammoni hal qilishga

yordamlashuvchi savollar beradi. Muammoni o'quvchi hal qila olmasa, uni o'qituvchining hal

qilishiga to'g'ri keladi. Shuning uchun boshlang'ich sinfda muammoli o'qitish metodi yarim

izlanishli muammoli metod deb ham yuritiladi. Masalan, muammoli o'qitish metodini leksik

semantik va grammatik mashqlarni tashkil etishda ham qo'llash mumkin. Bu metoddan I sinfdan

boshlab foydalanish mumkin.

Boshlang'ich sinf ona tili darslarida mustaqil ish metodi asosan o'rganilgan mavzuni

mustahkamlash qismida mashqlar ishlash jarayonida qo'llaniladi. O'quvchilar o'qituvchining

topshirig'i bilan mustaqil ishlarni og'zaki yoki yozma shaklda bajaradilar. Topshiriq qiyin va ko'p

vaqtni olmasligi, o'quvchilar kuchi yetadigan qilib, muayyan vaqt ichida bajarishga mo'ljallangan

bo'lishi kerak. Mustaqil ishlash uchun topshiriq Isinfdan boshlab beriladi va u asta-sekin

murakkablashtirilib boriladi. I sinfdan Yozgan so'zlaringizni lug'atdan tekshiring", Rasmga qarab

sabzavot nomlarini alifbo tartibida yozing",,,Rasmni kuzating.

Unda tasvirlangan narsalarni aniqlang va ularning nomini yozing" kabi topshiriqlar

beriladi. Analizsintez metodi savod o'rgatish darslariga rustuzem maktablari va tatar

o'qituvchilarining faoliyati orqali kirib kelgan. Ona tili ta'limi jarayoniga analiz tahlil grammatik

hodisaning muhim belgilarini aniqlash maqsadida, o'rganilgangrammatik tushunchaning yangi

qirralarini ochish va mustahkamlash maqsadida tatbiq etiladi. Fonetik, leksik, morfologik va

sintaktik tahlil shu metodning amalda namoyon bo'lishidir. Sintez qismlarga bo'lib o'rganilgan

grammatik materialni yaxshilashdir.

Masalan, ot, sifat, fe'l, son kabi so'z turkumlari o'rganilayotganda ularga oid so'zlar berilib,

ular ishtirokida gap tuzish, aralash berilgan so'zlardan gap tuzish, aralash berilgan gaplarni

voqealar rivoji asosida tartiblashtirib matn tuzish, mazmunan tahlil qilingan rasm asosida

hikoyacha tuzish kabi ishlarda sintez metodi namoyon bo'ladi. Analiz - sintez metodida ham

o'quvchilarni faollashtirish o'qituvchining o'quvchilarga beradigan savol va topshiriqlariga, ishni

tashkil etish shakllariga bog'liq bo'ladi.


background image


409

Induksiya metodida o'quvchilar o'qituvchi tavsiya etgan til dalillarini kuzatadi, tahlil qiladi

va shu asosda xulosa va ta'riflar keltirib chiqaradi. Deduksiya metodida o'quvchi tayyor qoida ta'rif

bilan tanishadi va uning mohiyatini til dalillari asosida ochadi. Bu metodlarning samarasi

o'qituvchining savol topshiriqlari mazmuni grammatik hodisaning muhim tomonlariga

yo'naltirilganligiga, izchilligiga, faoliyatni tashkil etish shakllariga, o'quv vositalari (darslik, turli

xarakterdagi lug'atlar, rasm, jadvallar, texnik vositalar)ga bog'liq bo'ladi.

Xulosa qilib aytganda yuqoridagi barcha metodlarning muvaffaqiyati o'qituvchining

beradigan savol - topshiriqlariga bog'liq. Yo'l-yo'lakay duch kelgan savollar bilan kichik yoshdagi

o'quvchining anglash faoliyatini ishga solish kutilgan natijani bermaydi. So'nggi yillar davomida

ta'lim tizimiga an'anaviy metodlar bilan birga zamonaviy pedagogik texnologiya usullari kirib

keldi. Ulardan ona tili ta'limi jarayonida foydalanish bo'yicha yutuqlar qo'lga kiritilib kelinmoqda.

REFERENCES

1.

Mirziyoyev Sh. Niyati ulug' xalqning ishi ham ulug' va kelajagi farovon bo'ladi.

T.:"O'zbekiston", 2019.

2.

Yo'ldoshev J., Yo'ldosheva F., Yo'ldosheva G. Interfaol ta'lim sifat kafolati. -Toshkent,

2008.

3.

Rafiyev A., G'ulomova N. Ona tili va adabiyot (kasb-hunar kollejlari uchun darslik). T..

"Sharq", 2013.

4.

Erkaboyeva N. Q. Adabiyot fanidan savol-javoblar to'plami. T. "Navro'z" 2018.

5.

Golish L. V., Fayzullayeva D. M. Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va

rejalashtirish. T., "Iqtisodiyot", 2012.

6.

"Umumta'lim fanlari metodikasi" jurnali, 1-, 2-, 3-, 4-sonlar, 2018.

7.

"Til va adabiyot ta'limi" jurnali, 1-12 sonlar, 2018.

References

Mirziyoyev Sh. Niyati ulug' xalqning ishi ham ulug' va kelajagi farovon bo'ladi. T.:"O'zbekiston", 2019.

Yo'ldoshev J., Yo'ldosheva F., Yo'ldosheva G. Interfaol ta'lim sifat kafolati. -Toshkent, 2008.

Rafiyev A., G'ulomova N. Ona tili va adabiyot (kasb-hunar kollejlari uchun darslik). T.. "Sharq", 2013.

Erkaboyeva N. Q. Adabiyot fanidan savol-javoblar to'plami. T. "Navro'z" 2018.

Golish L. V., Fayzullayeva D. M. Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va rejalashtirish. T., "Iqtisodiyot", 2012.

"Umumta'lim fanlari metodikasi" jurnali, 1-, 2-, 3-, 4-sonlar, 2018.

"Til va adabiyot ta'limi" jurnali, 1-12 sonlar, 2018.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов