THE ROLE OF ACTIVITY CENTERS IN THE COMPREHENSIVE DEVELOPMENT OF CHILDREN IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS

HAC
Google Scholar
To share
To‘raqulova , M., & Jo‘rayeva , Y. (2024). THE ROLE OF ACTIVITY CENTERS IN THE COMPREHENSIVE DEVELOPMENT OF CHILDREN IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS. Modern Science and Research, 3(1), 440–444. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28546
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In our country, attention is paid to the education system at the level of Public Policy. Therefore,pedagogical analysis of the work carried out, ensuring the effective course of educational educational processes occurs. These requirements are also taluqli for the training of qualified personnel in the direction of preschool education of pedagogical higher educational institutions, and specialists trained in this specialty are obliged to be active with their innovations in activity centers. The educator gives children the opportunity to choose activities in development centers, in which children independently acquire their knowledge of nature, develop skills and abilities, curiosity in the child, join research processes.

Similar Articles


background image


440

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNING HAR

TOMONLAMA RIVOJLANISHIDA FAOLIYAT MARKAZLARINING ROLI

To‘raqulova Malohat

Guliston davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi

Jo‘rayeva Yulduz

Guliston davlat pedagogika instituti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10572194

Annotatsiya.

Mamlakatimizda ta‘lim tizimiga davlat siyosati darajasida e’tibor

qaratilmoqda. Shu boisdan ham amalga oshirilayotgan ishlarni pedagogik tahlil qilish,ta’limiy

tarbiyaviy jarayonlarining samarali kechishini ta’minlash yuzaga keladi. Bu talablar pedagogika

oliy o‘quv yurtlarining maktabgacha ta’lim yo‘nalishida bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlashga

ham taluqli bo‘lib, bu ixtisoslik bo‘yicha tayyorlangan mutaxassislar faoliyat markazlarida o‘z

yangiliklari bilan faol bo‘lishlari shart. Pedagog bolalarga rivojlanish markazlarida faoliyatni

tanlash imkoniyatini berish, bunda bolalar tabiat haqida bilimlarini mustaqil ravishda egallashi,

ko‘nikma va qobiliyatlarini rivojlantirish, bolada qiziquvchanlik, tadqiqot jarayonlariga

qo‘shilish imkoniyatini beradi.

Kalit so‘zlar:

Maktabgacha ta’lim, pedagog, faoliyat, texnologiya, malaka, rivojlanish,

zamonaviy.

THE ROLE OF ACTIVITY CENTERS IN THE COMPREHENSIVE

DEVELOPMENT OF CHILDREN IN PRESCHOOL EDUCATIONAL

ORGANIZATIONS

Abstract.

In our country, attention is paid to the education system at the level of Public

Policy. Therefore,pedagogical analysis of the work carried out, ensuring the effective course of

educational educational processes occurs. These requirements are also taluqli for the training of

qualified personnel in the direction of preschool education of pedagogical higher educational

institutions, and specialists trained in this specialty are obliged to be active with their innovations

in activity centers. The educator gives children the opportunity to choose activities in development

centers, in which children independently acquire their knowledge of nature, develop skills and

abilities, curiosity in the child, join research processes.

Keywords:

preschool education, educator, activity, technology, qualification,

development, modern.

РОЛЬ ЦЕНТРОВ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ВО ВСЕСТОРОННЕМ РАЗВИТИИ

ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ


background image


441

Аннотация.

В нашей стране системе образования уделяется внимание на уровне

государственной политики. Поэтому происходит педагогический анализ проводимой

работы,обеспечение эффективного протекания учебно-воспитательных процессов. Эти

требования касаются и подготовки квалифицированных кадров по направлению

дошкольного образования педагогических вузов, специалисты, подготовленные по данной

специальности, обязаны активно внедрять свои инновации в центрах деятельности.

Педагог предоставляет детям возможность выбора деятельности в развивающих

центрах, позволяя детям самостоятельно приобретать знания о природе, развивать

навыки и умения, проявлять любознательность у ребенка, включаться в

исследовательские процессы.

Ключевые слова:

дошкольное образование, педагог, деятельность, технология,

квалификация, развитие, современность.

Zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari bola rivojlanishi uchun ahamiyatli soha va

jihatlarda o‘z o‘rni, hissiy amaliy tajriba egallaydigan joydir. Maktabgacha yoshdagi bolalarga

ta’lim tarbiya berish ,ularni barkamol, sog‘lom, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash biz

pedagoglarning vazifamiz ekanligini yaxshi bilamiz. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida

markazlar faoliyatini yuqori saviyada tashkil etish va uning samaradorligini yanada

takomillashtirish maqsadida tarbiyachi mashg‘ulot uchun berilgan vaqtdan unumli foydalanishi

zarur.

Mashg‘ulotlarni markazlarda turli zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda tashkil

etishi, yangicha usul va metodlardan foydalanib mashg‘ulotlar o‘tishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Tarbiyachi rivojlanish markazlarida bolaning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda

tashkil etishi lozim. Shuningdek tarbiyachi bir xil yoshdagi bolalarning qiziqishlari va

qobiliyatlaridagi farqlarga e’tibor bilan munosabat bildirishini mutaxassislar alohida

ta’kidlashadib. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida quyidagi rivojlanish markazlari faoliyatida Ilk

qadam o‘quv dasturiga muvofiq faoliyat yuritilishi nazarda tutilgan. Qurish va kanstruksiyalash

markazi, syujetli rolli o‘yinlar va sahnalashtirish markazi, til va nutq markazi, ilm fan va tabiat

markazi, san’at markazi. Shu o‘rinda Maria Montessorining bolalarni erkin hamda faol ruhda

tarbiyalagan tajribalaridan misollar keltiramiz.

Montessori maktabi sinf xonasidan partalar olib

tashlangan. Ular nafaqat vosita faoliyatini, balki bolaning kognitiv qobiliyatlarini ham cheklaydi,

deb ishonilgan. Stollar o‘rniga yorug‘lik stollari va gilamchalar qo‘yiladi, ulardan mqsad bola o‘z

xohishiga ko‘ra xonaning istalgan burchagiga o‘tishi bo‘lgan. Bir guruhda bir vaqtning o‘zida 20


background image


442

dan 40 tagacha bola bo‘lishi mumkin va har bir bola o‘z rejasiga muvofiq individual ishlaydi.

Voyaga etgan odamning vazifasi unga o‘zining individualligini anglashga yordam

berishdir. Montessori tomonidan qabul qilingan zonalar va ularning faoliyati haqida ko‘rib

chiqamiz.

Birinchi zona amaliy hayot

- bunda bola o‘ziga va boshqalarga xizmat qilishni o‘rganadi.

Bu erda bolajonlar narsalarni yuvishlari va ularni issiq dazmol bilan dazmollashi, o‘tkir

pichoq bilan salat uchun sabzavotlarni kesishi, tugmachani tikishlari va hokazolarni qilishlari

mumkin bo‘lgan.

Ikkinchi zona ijtimoiy

-hissiy rivojlanish- bola ob’ektlarni ma’lum xususiyatlarga ko‘ra

farqlashni o‘rganadi. Bu yerda teginish hissi, ko‘rish, eshitish va hidni rivojlantiradigan materiallar

mavjud.

Uchinchi zona matematik miqdor tushunchasi

va uning belgi bilan bog‘lanishini

o‘zlashtirishga, matematik amallarni bajarishni o‘rganishga yordam beradigan materiallar mavjud.

To‘rtinchi zona til zonasi-

bolalar M. Montessorining usullaridan foydalanib o‘qish va

yozishni o‘rganadilar. Uning maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o‘qish emas, balki yozish

ustuvorligi haqidagi bayonoti haqiqiy inqilobga aylandi.

Beshinchi zona kosmik zonasi-

bola atrofidagi dunyo, hodisalar va narsalarning o‘zaro

aloqalari va o‘zaro ta’siri, turli xalqlarning tarixi va madaniyati haqida birinchi tasavvurga ega

bo‘lishi mumkin bo‘ladi. M. Montessori usulining mazmuni - bolani o‘z-o‘zini o‘rganish, o‘z-

o‘zini tarbiyalash va o‘z o‘zini rivojlantirishga undashdir. Bizdagi markazlarda faoliyat

yuritganda bolajonlar o‘z-o‘zini tarbiyalaydilar.

O‘z-o‘zini tuzatuvchi materiallar bolaning manfaatlarini qamrab oladi.

Tarbiyachilar rivojlanish markazlarida bolaning yordamchisi vazifasini bajaradilar.

Maktabgacha ta’lim sohasida ta’limni sifatli tashkil etish uchun maktabgacha ta’lim

sohasini kadrlar bilan ta’minlashga talab ortib bormoqda. Markazlarda bolalar bilan o‘yin orqali

ishlash muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun biz tarbiyachi pedagoglar markazlarni

bolajonlarga jihozlab, barcha sharoitlarni yaratib berishimiz lozim.

Masalan: Til va nutq markazi bunda to‘rtburchak shaklidagi qutidan akvarium yasab olib

ichiga baliqcha shakllarini solamiz. Har bir baliqcha ustida rasmlar va bolajonlar bu rasmlar

ishtirokida hikoyalar tuzishadi yoki she’r aytadi. Qurish yasash va matematika markazi: bunda

bolalar geometrik shakllardan lego va konstrukturalardan foydalanadilar shu bilan bolalar qurish,

yasash, hisob, sanoqni o‘rganadilar.

San’at markazi: Bu markaz bolajonlarimizning sevimli markazi hisoblanadi. Chunki bolalar


background image


443

rasmlar chizib o‘zlari xohlagan narsalarni yasab erkin faoliyat olib borishadi. Masalan: Bayroq

mavzusidagi mashg‘ulotimiz uchun markazlarda bayroq rasmini chizamiz,qani kim qanday

bayroqni o‘z rasmlarida aks ettiradi deyiladi. Bolajonlardan esa kimdir hilpirab turgan bayroqni

kimdir bino ustiga o‘rnatilgan bayroqni, kimdir askar ushlab turgan bayroqni chizishadi. Bu bilan

bola bayroq haqida tasavvurga va erkin fikrlashga o‘rganadi. Fan va tabiat markazi.Tabiat bag‘rida

yoki xonadagi tabiat markazida mashg‘ulot o‘tsa bo‘ladi. Bu markazda tarbiyachi har xil tajribalar

ham o‘tkazsa bo‘ladi. Masalan: Kamalakni aks ettiramiz . Buning uchun bir martalik qog‘oz va

rangli bayroqlar kerak bo‘ladi. Qog‘ozni ketma ketlikda xar hil ranglarga bo‘yaymiz va uni suvga

solamiz, shunda ranglar birlashib tepaga bo‘yaladi va kamalak hosil bo‘ladi.

Bunday tajribadan bolalar juda ham zavqlanadilar va o‘zlari bajarib ajoyib tabiat

manzarasidan quvnaydilar. Syujetli va rolli markaz. Bu markaz bolajonlarining eng sevimli

markazlaridan biri hisoblanadi, chunki bolajonlar bu markazda ertaklar tinglab, o‘zlari yoqtirgan

qahramonlariga taqlid qilishadi va o‘zlari uning rolini bajaradilar. Kimdir quyoncha, kimdir

Zumrad, kimdir kenja Botir rolini o‘ynashni istaydilar. Bunda bolaning nutqi, jismoniy

harakatlari, tasavvuri, xotirasi va bir qancha bilish jarayonlari rivojlanadi.

Xulosa qilib aytganda, bolalar ongini rivojlantirishda asosiy faoliyat turi o‘yin hisoblanadi.

O‘yin orqali o‘rgatilgan mashg‘ulotlar bola xotirasida tez va mustahkam saqlanadi. Shu

bilan birga bolajonlar mashg‘ulot orqali har bir kunini, har soatini qiziqarli va maroqli o‘tkazadi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning bilishlarini, qiziqishlarini rivojlantirib har

tomonlama komil va barkamol etib tarbiyalash biz tarbiyachilarning ustuvor vazifamiz burchimiz

sanaladi.

REFERENCES

1.

Montessori M. Ilmiy pedagogika usuli. M .: AST. 2010. 26 b. Atashkina N.V.

2.

Individual mutaxassis sifatida zamonaviy mutaxassisni tarbiyalash vizuallik // Bugungi

kunda oliy ta’lim. 2007 yil. № 7. 78-bet.


background image


444

3.

Peregudov F.I. Uzluksiz ta’lim: muammolar va istiqbollar tivs. Mintaqada uzluksiz ta’lim

tizimi. Saransk. 1993. 13 b.

4.

Montessori M. Ijtimoiy va axloqiy tarbiya. So‘rilgan bolaning aqli. M. "Ko‘ngillilar"

xayriya fondi. 2009. 83 b.

5.

Ilk qadam davlat o‘quv dasturi T-2022 y.

6.

Ilhomovna, M. S. (2021). Eco-friendly environment-the foundation of a healthy

generation. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(6),

892-895.

7.

Musurmonova, S. I. (2021). THE ROLE OF PARENTS IN ENVIRONMENTAL

EDUCATION FOR SMALL CHILDREN. In НАУКА И СОВРЕМЕННОЕ

ОБРАЗОВАНИЕ: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ, ДОСТИЖЕНИЯ И ИННОВАЦИИ

(pp. 104-106).

8.

Tovbayevna, M. N., & Nosirova, M. (2021). Methods Of Organizing Geography Lessons

For Childrenpeople With Disabilities Inclusive Education. JournalNX, 7(03), 187-190.

9.

Khudayberdievich, R. B., Tavbaevna, M. N., Muratovna, N. S., Djumanovna, T. M., &

Kurbanovna, T. R. (2019). Educating research approach in future teachers. Journal of

Critical Reviews, 7(4), 2020.

10.

Ilhomovna, M. S. (2022). SIGNIFICANCE AND ROLE OF PEDAGOGICAL

CREATIVITY.

11.

Rozimatov, J. (2023). ENHANCING THE METHODOLOGY FOR UTILIZING

DIGITAL EDUCATIONAL TECHNOLOGIES AMONG FUTURE PRIMARY

SCHOOL

TEACHERS

(USING

NATURAL

SCIENCE

AS

AN

EXAMPLE). Евразийский журнал академических исследований, 3(12 Part 2), 11-13.

12.

Ravshan, A., Sirojiddin, G., Azamat, Z., & Gulizahro, T. (2023). DEVELOPING

EFFECTIVE APPROACHES TO THE USE OF MODERN INFORMATION

TECHNOLOGY IN EDUCATION. Horizon: Journal of Humanity and Artificial

Intelligence, 2(6), 53-55.

References

Montessori M. Ilmiy pedagogika usuli. M .: AST. 2010. 26 b. Atashkina N.V.

Individual mutaxassis sifatida zamonaviy mutaxassisni tarbiyalash vizuallik // Bugungi kunda oliy ta’lim. 2007 yil. № 7. 78-bet.

Peregudov F.I. Uzluksiz ta’lim: muammolar va istiqbollar tivs. Mintaqada uzluksiz ta’lim tizimi. Saransk. 1993. 13 b.

Montessori M. Ijtimoiy va axloqiy tarbiya. So‘rilgan bolaning aqli. M. "Ko‘ngillilar" xayriya fondi. 2009. 83 b.

Ilk qadam davlat o‘quv dasturi T-2022 y.

Ilhomovna, M. S. (2021). Eco-friendly environment-the foundation of a healthy generation. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(6), 892-895.

Musurmonova, S. I. (2021). THE ROLE OF PARENTS IN ENVIRONMENTAL EDUCATION FOR SMALL CHILDREN. In НАУКА И СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ, ДОСТИЖЕНИЯ И ИННОВАЦИИ (pp. 104-106).

Tovbayevna, M. N., & Nosirova, M. (2021). Methods Of Organizing Geography Lessons For Childrenpeople With Disabilities Inclusive Education. JournalNX, 7(03), 187-190.

Khudayberdievich, R. B., Tavbaevna, M. N., Muratovna, N. S., Djumanovna, T. M., & Kurbanovna, T. R. (2019). Educating research approach in future teachers. Journal of Critical Reviews, 7(4), 2020.

Ilhomovna, M. S. (2022). SIGNIFICANCE AND ROLE OF PEDAGOGICAL CREATIVITY.

Rozimatov, J. (2023). ENHANCING THE METHODOLOGY FOR UTILIZING DIGITAL EDUCATIONAL TECHNOLOGIES AMONG FUTURE PRIMARY SCHOOL TEACHERS (USING NATURAL SCIENCE AS AN EXAMPLE). Евразийский журнал академических исследований, 3(12 Part 2), 11-13.

Ravshan, A., Sirojiddin, G., Azamat, Z., & Gulizahro, T. (2023). DEVELOPING EFFECTIVE APPROACHES TO THE USE OF MODERN INFORMATION TECHNOLOGY IN EDUCATION. Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence, 2(6), 53-55.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов