RELATIONS BETWEEN THE STATE AND RELIGION IN UZBEKISTAN

HAC
Google Scholar
To share
Shuhrat , D. (2024). RELATIONS BETWEEN THE STATE AND RELIGION IN UZBEKISTAN. Modern Science and Research, 3(1), 1252–1256. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28788
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, a number of principles defining the essence of the relationship between the state and religion in the Republic of Uzbekistan and the role of religion and politics in the national ideology of Uzbekistan are discussed.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1252

O’ZBEKISTONDA DAVLAT VA DIN MUNOSABATLARI

Djabborov Shuhrat Baxtiyorovich

Aniq va Ijtimoiy Fanlar universiteti tarix yo’nalishi, 1-bosqich magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10608183

Annotatsiya. Mazkur maqolada O’zbekiston Respublikasida davlatning din bilan

munosabatlari mazmun-mohiyatini belgilovchi qator tamoyillar hamda O’zbekiston milliy
mafkurasida din va siyosatning o‘rni masalalariga alohida to’xtalib o’tilgan.

Kalit so’zlar: davlat va din munosabatlari, millif mafkura, asosiy tamoyillar, fuqarolar

e’tiqodi.

RELATIONS BETWEEN THE STATE AND RELIGION IN UZBEKISTAN

Abstract. In this article, a number of principles defining the essence of the relationship

between the state and religion in the Republic of Uzbekistan and the role of religion and politics
in the national ideology of Uzbekistan are discussed.

Key words: relations between the state and religion, national ideology, basic principles,

faith of citizens.

ОТНОШЕНИЯ ГОСУДАРСТВА И РЕЛИГИИ В УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация. В данной статье рассмотрен ряд принципов, определяющих сущность

взаимоотношений государства и религии в Республике Узбекистан, а также роль религии
и политики в национальной идеологии Узбекистана.

Ключевые слова: отношения государства и религии, национальная идеология,

основные принципы, вера граждан.


O’zbekiston respublikasida davlatning din bilan munosabatlari mazmun-moxiyatini

belgilovchi qator tamoyillarga quyidagilar kiradi:

dindorlarning diniy tuyg‘ularini xurmat qilish;

diniy e’tiqodni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish;

diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning

ham xuquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik;

ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy

uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yo‘llarini izlash
zaruriyati;

dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini e’tirof etish.
Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishni ko‘zlagan davlatimizning dinga

munosabatini belgilovchi yuqoridagi mezon va tamoyillardan ikki asosiy xulosani chiqarish
mumkin.

Birinchidan,

O’zbekistonda din madaniy-mafkuraviy omillar umumiy silsilasiga kiruvchi

barcha milliy qadriyatlar qatorida teng xuquqli qadriyat sifatida tan olinadi.

Ikkinchidan,

sof diniy extiyojlarni qondirishdan tashqari xar qanday g‘arazli maqsadga

erishish yo‘lida diniy omillardan foydalanish qat’iyan man etiladi.

Ekstremizm va fundamentalizmga qarshi kurashnint asosiy yo‘nalishi islom diniga emas,

balki islomning muqaddas aqidalarini niqob qilib olgan diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi
qaratilishi lozim. Biroq, ayrim xorijiy mamlakatlar matbuotidagi maqolalarda islom dini, siyosiy


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1253

islom, terrorizm va diniy ekstremizm bir biri bilan qorishtirib yuborilmoqda. Hatto ayrim davlat
arboblari (masalan, AQSh Prezidenti J. Bush) terrorizm bilan bevosita botiq bo‘lgan siyosiy
islomga xam beixtiyor islom dinining tarkibiy qismi, deb qarashmoqda. Vaholanki, terrorizm va
islom ekstremizmi islom dini bilan faqat konfessional jihatdan bog‘liqdir.

Islom dinini agressivlikda, terrorchilikda ayblash jaxon miqyosida islom nufuzining, islom

mavqeinint oshib borishidan talvasaga tushish, global iqtisodiy, siyosiy madaniy va demografik
jarayonlarda gegemonligini tarixan yo‘qotayotgan postindustrial jamiyatlarning siyosiy kuchlari
uchun xosdir.

O’zbekiston milliy mafkurasida din va siyosatning o‘rni.
O’zbek davlatchiligi tarixiga nazar solinsa, diniy bag‘rikenglik, vijdon va e’tiqod erkinligi

asosiy prinsip va davlat siyosati darajasiga ko‘tarib kelinganiga ishonch xosil qilamiz. Masalan,
Toshkent Islom universiteti islom xuquqi kafedrasi mudiri Abdulxakim Juz-joniyning yozishicha,
kushonlar davrida zarb qilingan tangalarning bir tomonida budda dini — davlat rasmiy dinining
ramzi bo‘lsa, ikkinchi tomonida boshqa bir dinning ramzi aks etgan. Islom dini kirib
kelganda Buxoroda turli din tarafdorlari bo‘lgan: budda, zardush-tiylik, nasroniylik, moniy va
shamanizm kabi. Barcha din tarafdorlari bir-birlari bilan axil, inoq yashaganlar.

Xorazmshoxlar davlatida bundan 1000 yil avval faoliyat ko‘rsatgan Ma’mun

akademiyasida yirik siymolar - Ibn Sino, Beruniy, Ibn Iroqlar qatorida ikkita mashxur xristian
olimlari — Abu Saxl Masixiy, Abul Xayr Xammor ijod qilishgan. Masixiy — bu xristian degani.

U Beruniyning Ibn Iroqdan keyingi ikkinchi ustozi bo‘ladi. Ular bir akademiyaning a’zosi

sifatida ko‘p yillar birga ishlashgan. Yoki Sultoniya cherkovi (Eron Ozarbayjoni) ruxoniysining
Amir Temur elchisi sifatida Yevropaga yuborilganligi diniy bag‘rikenglik o‘zbek xalqi
mentalitetida chuqur ildizga ega bo‘lganligidan dalolat beradi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, Markaziy Osiyoning tub xalqlari, xususan, o‘zbek xalqi

mentaliteti negizida asosan, islom dini yotgani inkor etib bo‘lmas xaqiqatdir. Lekin, o‘rta asrlarda
umuman Markaziy Osiyo, xususan, o‘lkamiz musulmonlari uchun diniy firqachilik yot xodisa
bo‘lgan. Buning sababini mintaqamizda o‘ziga xos Movarounnaxr musulmon qonunchiligi — fiqx
maktabining (jumladan, xanafiylik mazxabining) yuksak rivojlangani, uning boshqa maktablar
ta’sirida emas, aksincha, u musulmon qonunshunosligining boshqa maktablariga o‘z ta’sirini
ko‘rsatib turgani bilan bog‘liq edi deyish mumkin. Shuning uchun xam musulmon dunyosi
Markaziy Osiyoga nisbatan ta’sir o‘tkazish mintaqasi emas, aksincha, diniy masalalarda xam
undan o‘rganishga munosib sarchashma sifatida qaragan.

Biroq, Rossiya istilosidan so‘ng, xususan, sovet davrida islom diniga nisbatan o‘tkazilgan

tazyiq natijasida eng saloxiyatli iloxiyotchi olimlar qirib tashlandi. Maxalliy xayot darajasida
saqlangan maxalliy islomga, asosan, diniy bilimlari sayoz, uzluksiz ta’qib ta’sirida o‘ta
radikallashgan shaxslar

„rahnamolik”

qila boshladilar.

Islomning Markaziy Osiyo ijtimoiy xayotidagi maqomining zaiflashib borishi bilan unga

tashqi musulmon dunyosining munosabati xam o‘zgarib bordi. Uzoq yillar davomida tashqi olam,
xususan, musulmon dunyosi uchun „yopiq” bo‘lib qolgan Markaziy Osiyoga diniy taassubga va
zo‘ravonlikka (ekstremizmga) moyil ajnabiy diniy tashkilotlarning qiziqishi ortib bordi.

O’zbekistan raxbariyati tomonidan mustaqillikning ilk bosqichida mazkur soxaga oid qator

chora-tadbirlarning amalga oshirilishi diniy ekstremizm va fundamentalizm yoyilishi dinamikasini


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1254

pasaytirishni ta’minladi. Ayni paytda xayotiy tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, unga butunlay barxam
berishga qaratilgan sa’y-harakatlar natijasi, ko‘rilayotgan ma’muriy jazo choralari bilan bir
qatorda, din xaqida chuqur bilimlarga ega bo‘lgan saloxiyatli mutaxassislarning mafkuraviy
xayotdagi faolligi bilan chambarchas bog‘liq.

Mazkur omil bizning anchagina zaif nuqtalarimizdan ekanligi dunyoviy taraqqiyot yo‘lini

tanlagan O’zbekiston oldida qator qiyinchiliklarni keltirib chiqardi. Ushbu muammoni xal etishga
diniy bilimlarni chuqur egallagan mutaxassislarni tayyorlash ishiga samarali xissa qo‘shayotgan
O’zbekistondagi mavjud madrasalar tizimiga Imom al-Buxoriy nomidagi Mir Arab madrasasi va
shu nomdagi Toshkent Islom ma’hadi boshchilik qilmoqda. Ular Qohira shahridagi Al-Azhar
dorilfununi va Iordaniya qirolligining Islom dorilfununi kabi yirik islomiy ilm markazlari bilan
aloqa bog‘laganlar.

O’zbekiston — dunyoviy davlat. Demak, dunyoviy davlatlarda amal qiladigan davlat va

din munosabatlari prinsiplari O’zbekistonda xam amal qiladi. Bu prinsiplar moxiyatini yanada
teranroq tushunish uchun BMTning „Inson xuquqlari umumjaxon Deklaratsiyasi", mamlakatimiz
Konstitutsiyasi va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1998 yilning 1 mayida yangi
taxrirda qabul qilingan 23 moddadan iborat „Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi
qonun bilan batafsil tanishib chiqmoq lozim.

Vijdon erkinligi demokratiyaning tarkibiy qismidir. Shuning uchun xam BMTning 1948

yilda qabul qilingan „Inson xuquqlari umumjaxon Deklaratsiyasi"ning 18-moddasida

„har bir

inson... vijdon va din erkinligi xuquqiga egadir

" deb yozilgan.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 75-moddasida

Diniy tashkilotlar davlatdan

ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy tashkilotlarning faoliyatiga aralashmaydi.

Davlat qonunda belgilangan tartibda faoliyat ko‘rsatayotgan diniy tashkilotlar faoliyatining

erkinligini kafolatlaydi

deb belgilangan.

Dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g‘oyalariga asoslanadi, yaxshilik, tinchlik, do‘stlik

kabi fazilatlarga tayanadi. Odamlarni xalollik va poklik, mehr-shafqat va bag‘rikenglikka da’vat
etadi. Xozirgi zamonda bu g‘oya ezgulik yo‘lida nafaqat dindorlar, balki butun jamiyat
a’zolarining xamkorligini nazarda tutadi, tinchlik va barqarorlikni mustaxkamlashning muxim
sharti xisoblanadi.

Dunyoviy davlatda siyosat va din munosabatining huquqiy me’yorlari.
Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan borayotgan davlatimizning dinga

bo‘lgan munosabati nimalar bilan belgilanadi, degan savolga javob berishdan avval „dunyoviylik"
degan tushunchaning o‘zi nimani anglatishini aniqlashtirish lozim.

Dunyoviylik diniy e’tiqodning ijtimoiy-madaniy xayot va qolaversa, umummilliy

taraqqiyotdagi ahamiyatini inkor etadimi? Agar inkor etmasa, dinning xayotiy voqelikdagi rolini
u qanday tushunadi? Ana shu savollarga oydinlik kiritsakkina mustaqil O’zbekistonda dunyoviy
jamiyat qurish yo‘lida amalga oshirilayotgan sa’y-xarakatlarning, shuningdek siyosat, din va
mafkura o‘rtasidagi aloqaning, munosabatlarning tub moxiyati ravshanlashadi. Fikrimizcha,
taraqqiyotning dunyoviy yo‘li sobiq kommunistik mafkura „qoliplari"ga tushmasligi, ya’ni uning
daxriylik xamda diniylik emasligiga bog‘liq. Bundan dunyoviylik moxiyatan, zikr etilgan ikki
qarama-qarshi qutbning, ya’ni diniylik va daxriylikning oralig‘ida joylashgan ma’naviy-madaniy


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1255

xolat degan xulosaga kelish mumkin. Chunki, u diniylikni xam, daxriylikni xam inkor etmaydi,
ularning xar ikkalasini ob’ektiv ijtimoiy xodisa deb e’tirof etadi.

Bundan kelib chiqadigan mantiqiy xulosa shuki, dunyoviylik tushunchasi plyuralizm, ya’ni

xurfikrlilikka asoslanadi. Dunyoviy taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatlardagi dinga
bo‘lgan munosabat demokratik plyuralizm, ya’ni xurfikrlilik tamoyiliga asoslangani tufayli ularda
din xayotdagi ijtimoiy-madaniy va ma’naviy-ruxiy muxit rang-barangligini ta’minlovchi xilma-
xil tarixiy qadriyatlar silsilasidagi teng xuquqli bo‘g‘in sifatida qabul qilingan.

Endi Oʻzbekistonda din va davlat oʻrtasidagi munosabatlar haqida toʻxtalib oʻtsak, XX

asrdagi Oʻzbekiston tarixida 80 yillardagi diniy vaziyat nihoyatda keskin tus olganligi
barchamizga ma'lum. 1991 yilga kelib, Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng, oʻzga
sohalar qatori diniy sohada ham ma'lum vaziyatni tartibga soluvchi instrumentlar yaratilishiga
ehtiyoj yuzaga keldi.

Bunga asosiy sabab sifatida, XX asr 90 yillarida avj olgan diniy tarqoqlik va turli

qarashdagi diniy oqimlarning ta'siri avj olishi deb aytish mumkin.

Shu maqsadlarni oʻzida ifoda etgan huquqiy asoslar sifatida OʻzR Konstitutsiyasining 61-

moddasida: “Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida
tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi” deb belgilangan. Shu bilan
birga, Konstitutsiyaning 18, 31, 48 va 57 moddalarida ham davlat va din munosabatlarida
Oʻzbekiston siyosatining mazmunini ochib beradigan normalar aks etgan.

Dinning davlat ishlaridan ajratilganligi tamoyili davlat tomonidan diniy tashkilotlarning

ichki faoliyatiga aralashmaslikni anglatadi. Biroq bu diniy tashkilotlarning faoliyatiga qonunning
daxli yoʻq degani emas. Diniy tashkilotlarning a'zolari ayni paytda oʻz davlatining fuqarolari ham
hisoblanadi va ular Konstitusiyamizning 48-moddasiga koʻra: “… Konstitusiya va qonunlarga
rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga
majburdirlar”. Mazkur moddada belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida 1992 yilda
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita tashkil etilgan. Tashkilot har bir
shaxsning vijdon va diniy e'tiqod erkinligi huquqi, fuqarolarning dinga boʻlgan munosabatidan
qat'iy nazar tengligini ta'minlash, shuningdek, diniy tashkilotlar faoliyati bilan bogʻliq
munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vazifalarni hal etish vakolati berilgan davlat boshqaruvi
organi hisoblanadi.

Sohani tartibga soluvchi asosiy Qonun vazifasini “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar

toʻgʻrisida”gi qonun hisoblanib, u bugungi kunga qadar 3 bora qabul qilingan. Buning asosiy
sabablaridan biri sifatida, unda ma'lum moddalar davlat-din oʻrtasidagi munosabatlarni toʻla ifoda
etmaganligidadir. Xususan, 1998-yil 1-mayda qabul qilingan Qonun 23 moddadan iborat boʻlgan
boʻlsa, 2021-yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi qonun loyihasidagi moddalar soni 35 tani tashkil
etadi.

Soʻnggi qabul qilingan Qonun bevosita Global jalb etish instituti prezidenti J.Chen

(AQSh), BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashining Din va e'tiqod erkinligi boʻyicha maxsus
ma'ruzachisi Ahmad Shahid va boshqa bir qancha ekspertlar tavsiyalari asosida qayta ishlab
chiqilgan. Buning natijasi sifatida Oʻzbekiston AQShning “Maxsus kuzatuv ostidagi davlatlar
roʻyxatidan chiqarilishi boʻldi”.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1256

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, Oʻzbekistonda davlat va din munosabatlari xorij tajribasini

inobatga olgan holda oʻrnatilgan. Bundan tashqari, davlat diniy tashkilotlar faoliyatini
muvofiqlashtirib, turli dinlar va konfessiyalar oʻrtasida vositachi rolini oʻynaydi va ularning
bagʻrikenglik tamoyillariga rioya etishlarini nazorat qilib boradi. Bu borada davlatning roli
naqadar muhimligi bugunimiz aytib turibdi.

REFERENCES

1.

Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегияси. Т.: “Ўзбекистон”-2021. 464 Б.

2.

Бағрикенгик тамойиллари Декларацияси. // ЮНЕСКО Халқаро меъёрий ҳужжатлари.
Т.: Адолат, 2004.

3.

Синягина В. Будет уважать друг друга не только в Международнқм день
толерантности. // Новый век. №48. 24 ноября 2005 г.

4.

Очилдиев, А. Бағрикенглик – барқарорлик ва тараққиёт омили. – Тошкент: “Тошкент
ислом университети” нашриёт матбаа бирлашмаси, 2007. – 132 б.

5.

Глебкин, В.В. На пути к толерантному сознанию. – М.: Смысл, 2000. – С. 255.

6.

Мчедлова, М.П. Толерантность. – М.: Республика, 2004. – 416 с.

7.

Ҳасанбоев, Ў. Ўзбекистонда давлат ва дин муносабатлари: диний ташкилотлар,
оқимлар, мафкуравий курашнинг долзарб йўналишлари / Ў.Ҳасанбоев; масъул
муҳаррирлар К.Камилов, А.Мансуров. – Тошкент: Тошкент ислом университети,
2014. - 552 б.

References

Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегияси. Т.: “Ўзбекистон”-2021. 464 Б.

Бағрикенгик тамойиллари Декларацияси. // ЮНЕСКО Халқаро меъёрий ҳужжатлари. Т.: Адолат, 2004.

Синягина В. Будет уважать друг друга не только в Международнқм день толерантности. // Новый век. №48. 24 ноября 2005 г.

Очилдиев, А. Бағрикенглик – барқарорлик ва тараққиёт омили. – Тошкент: “Тошкент ислом университети” нашриёт матбаа бирлашмаси, 2007. – 132 б.

Глебкин, В.В. На пути к толерантному сознанию. – М.: Смысл, 2000. – С. 255.

Мчедлова, М.П. Толерантность. – М.: Республика, 2004. – 416 с.

Ҳасанбоев, Ў. Ўзбекистонда давлат ва дин муносабатлари: диний ташкилотлар, оқимлар, мафкуравий курашнинг долзарб йўналишлари / Ў.Ҳасанбоев; масъул муҳаррирлар К.Камилов, А.Мансуров. – Тошкент: Тошкент ислом университети, 2014. - 552 б.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов