GENERAL INFORMATION ABOUT THE MICROSOFT EXCEL PROGRAM

HAC
Google Scholar
To share
Mo‘minov, A. . (2024). GENERAL INFORMATION ABOUT THE MICROSOFT EXCEL PROGRAM. Modern Science and Research, 3(2). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29400
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article explores general information about Microsoft Excel and the basic elements of an Excel spreadsheet.

Similar Articles


background image


300

MICROSOFT EXCEL DASTURI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR

Abduvali Yusupaliyevich Mo‘minov

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani 1-son kasb-hunar maktabi

Informatika fani o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10658749

Annotatsiya.

Bu maqolada Microsoft Excel dasturi haqida umumiy ma’lumotlar va Excel

elektron jadvalining asosiy elementlari tadqiq qilinadi.

Kalit so‘zlar:

Microsoft Excel dasturi, ma’lumotlar, formula, hujjatlar.

GENERAL INFORMATION ABOUT THE MICROSOFT EXCEL PROGRAM

Abstract.

This article explores general information about Microsoft Excel and the basic

elements of an Excel spreadsheet.

Keywords:

Microsoft Excel program, data, formula, documents.

ОБЩАЯ ИНФОРМАЦИЯ О ПРОГРАММЕ MICROSOFT EXCEL

Аннотация.

В данной статье рассматриваются общие сведения о программе

Microsoft Excel и основные элементы электронной таблицы Excel.

Ключевые слова:

программа Microsoft Excel, данные, формулы, документы.

MS Excel dasturi asosan hisob-kitobga oid masalalarni yechishga mo‘ljallangan

bo‘lsada, uning tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa sohaga tegishli masalalarni yechishga ham,

masalan, formulalar bo‘yicha hisoblash ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar qurishga ham

katta yordam beradi. Shuning uchun Excel dasturini o‘rganish muxim ahamiyat kasb etadi va xar

bir foydalanuvchidan Excel bilan ishlay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish talab etiladi. Inson o‘z

ish faoliyati davomida ko‘pincha biror kerakli ma’lumot olish uchun bir xil, zerikarli, ba’zida esa,

murakkab bo‘lgan ishlarini bajarishga majbur bo‘ladi. Microsoft Excel dasturi mana shu ishlarni

osonlashtirish va qiziqarli qilish maqsadida ishlab chiqilgandir.

Microsoft Excel dasturidagi barcha ma’lumotlar jadval ko‘rinishida namoyon bo‘lib,

bunda jadval yacheykalarining (xonalarining) ma’lum qismiga boshlang‘ich va birlamchi

ma’lumotlar kiritiladi. Boshqa qismlari esa xar xil arifmetik amallar va boshlang‘ich ma’lumotlar

ustida bajariladigan turli amallar natijalaridan iborat bo‘lgan axborotlardir.

Elektron jadval yacheykalariga uch xil ma’lumotlarni kiritish mumkin:

— matnli;

— sonli ifodalar;

— formulalar.


background image


301

Matnli ma’lumotlar sarlavha, belgi, izohlarni o‘z ichiga oladi.

Sonli ifodalar bevosita jadval ichiga kiritiladigan sonlardir.

Formulalar — kiritilgan sonli qiymatlar bo‘yicha yangi qiymatlarni hisoblaydigan

ifodalardir.

Formulalar har doim «=» belgisini qo‘yish bilan boshlanadi. Formula yacheykaga

kiritilgandan keyin shu formula asosida hisoblanadigan natijalar yana shu yacheykada hosil

bo‘ladi. Agar shu formulada foydalanilgan sonlardan yoki belgilardan biri o‘zgartirilsa, Excel

avtomatik ravishda yangi ma’lumotlar bo’yicha hisob ishlarini bajaradi va yangi natijalar hosil

qilib beradi.

MS Excel dasturining asosiy ishlov berish obyekti

hujjatlar (Dokumentlar)

hisoblanadi.

MS Excel dasturi hujjatlari (Dokumentlari) ixtiyoriy nomlanadigan va XLS kengaytmasiga ega

bo‘lgan fayllardir. MS Excel dasturida bunday fayllar

«Ishchi kitob»

deb ataladi. Har bir ishchi

kitob ixtiyoriy sondagi elektron jadvallarni o‘z ichiga olishi mumkin. Ularning har biri

«ishchi

varaq»

deb ataladi. Har bir ishchi varaq o‘z nomiga ega bo‘ladi. Ishchi kitobni hosil qilish uchun

Microsoft Excel dasturini ishga tushirish zarur. Excel dasturida ishchi kitobning tarkibiy

elementlaridan biri

ishchi varaq,

ya’ni elektron jadval hisoblanadi.

Elektron jadvalning asosiy elementlari esa

yacheyka

va

diapazonlardir

.

Yacheyka

— bu jadvaldagi manzili ko‘rsatiladigan hamda bir qator va bir ustun

kesishmasi oralig‘ida joylashgan elementdir. Yacheyka kesishmalarida hosil bo‘lgan ustun va

qator nomi bilan ifodalanadigan manzili bilan aniqlanadi. Masalan, A — ustun, 4 — qator

kesishmasida joylashgan yacheyka — A4 deb nom oladi. Yacheykaga sonli qiymatlar, matnli

axborotlar va formulalarni joylashtirish mumkin.

Bir necha yacheykalardan tashkil topgan guruh

diapazon

deb ataladi. Diapazon manzilini

ko‘rsatish uchun uni tashkil etgan yacheykalarning chap yuqori va o‘ng quyi yacheykalar

manzillari olinib, ular ikki nuqta bilan ajratilib yoziladi. Masalan -A1:A4

MICROSOFT EXCEL dasturini ishga tushirish

Microsoft Excel dasturini bir necha usul bilan ishga tushirish mumkin:

1. Ish stoli menyusidan quyidagilarni bajarish orqali:

«Пуск» → «Все программы» → «Microsoft Office» → «Microsoft Excel »

(1-rasm).

2. Microsoft Excel dasturi da yozilgan ixtiyoriy hujjatni ochish yordamida

(1-rasm), bunda MS Excel dasturi dasturi avtomatik ravishda ishga tushiriladi.


background image


302

MS Excel ishga tushirilgandan so‘ng ekranda ikkita oyna hosil bo‘ladi:

ilovalar oynasi

va

hujjatlar oynasi.

1

.

Sarlavha satri

.

Unda dasturning nomi, joriy (ayni vaqtda ish yuritilayotgan) ishchi

kitobning nomi beriladi.

2

.

Menyu satri (gorizontal menyu).

Unda quyidagi bo‘limlar mavjud:

«Файл»

(Fayl),

«Правка»

(Тahrirlash),

«Вид»

(Ko‘rinish),

«Вставка»

(Qo‘yish),

«Формат»

(Bichim),

«Сервис»

(Хizmat ko‘rsatish),

«Данныe»

(Ma’lumotlar),

«Oкно»

(Oyna),

«Справка»

(Ma’lumotnoma). Ulardan biri bilan ishlash uchun satrdagi ixtiyoriy bo‘lim ustiga sichqoncha

ko‘rsatkichini olib kelib bosiladi, natijada tanlangan bo‘lim menyusi elementlari ro‘yxati ochiladi.

Menyular bilan ishlash MS Excel ning asosiy buyruqlarini berish usullaridan biri hisoblanadi.

3. Vositalar paneli.

MS Excel ning buyruqlari bilan ishlashni osonlashtirish maqsadida

ushbu buyruqlar ilovalar oynasida vosita (piktogramma, tugmacha) lar shaklida tasvirlanadi. Bu

vositalar bajaradigan vazifalariga ko’ra bir nechta panellarga bo’lingan. Odatda ilovalar oynasida

Стандартная

(Standart) va

Форматирование (

Bichimlash) panellari joylashgan bo’ladi.


background image


303

Foydalanuvchi o’ziga kerakli panellarni oynaga joylashtirishi, kerakmaslarini esa olib tashlashi

mumkin.

4. Formulalar satri

.

MS Excel ga ma’lumotlar kiritilayotganda barcha ma’lumotlar,

matnlar, sonlar va formulalar mana shu satrda aks ettiriladi.

5.

Nom maydoni

.

Bu maydonda joriy ishchi kitobning faol kataklarining manzili va nomi

ko‘rsatiladi. Nom maydoni diapazon (kataklar guruhi)ga yoki tanlangan katakka tezda nom berish

uchun ham ishlatiladi. Agar sichqoncha ko‘rsatkichini nom maydonidan o‘ng tomonda joylashgan

strelka ustiga olib borib sichqonchaning chap tugmasini bossak, unda faol ishchi kitobdagi

nomlangan kataklar va diapazonlarning ( agar ular mavjud bo‘lsa) hamma nomlarini birma-bir

ko‘rib chiqish mumkin.

Xulosa qilib aytsak, MS Excel dagi barcha ma’lumotlar jadval ko‘rinishida namoyon

bo‘lib, bunda jadval kataklarining ma’lum qismiga boshlang‘ich va birlamchi ma’lumotlar

kiritiladi. Boshqa qismlari esa har xil arifmetik amallar va boshlang‘ich ma’lumotlar ustida

bajariladigan turli amallar natijalaridan iborat bo‘lgan ma’lumotlardir.

REFERENCES

1.

Джон Уокенбах. Excel 2013: профессиональное программирование на VBA. М.:

«Диалектика», 2014.

2.

Грег Харвей. Microsoft Excel 2013 для чайников. М.: «Диалектика», 2013.

3.

A. N. Komorowski Dinamik taʼsiri MS Excel[sayt ishlamaydi] (Rus.) // informatika. —

M., 2007. — № 05. — S. 20-25 (Wayback Machine saytida 2014-09-04 sanasida

arxivlangan).

4.

A. N. Komarovsky Foydalanish shartli formatlash MS Excel uchun tahlil dinamik mantiq

davrlari[sayt ishlamaydi] (Rus.) // informatika. — M., 2007. — № 06. — S. 10-20

(Wayback Machine saytida 2014-09-04 sanasida arxivlangan).

5.

Usenkov D. Y. 3D yuzasi Excel (Wayback Machine saytida 2018-01-19 sanasida

arxivlangan) (Rus.) // informatika. — M., 2013-yil. — Jan. — pp.

6.

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Microsoft_Excel

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов