ADVANTAGES OF REMOTE BANKING SERVICES IN COMMERCIAL BANKS

HAC
Google Scholar
f
932-936
0
0
To share
Artikova, M. (2024). ADVANTAGES OF REMOTE BANKING SERVICES IN COMMERCIAL BANKS. Modern Science and Research, 3(2), 932–936. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30459
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The state contains proposals for the development of remote management of commercial banks in Uzbekistan, further development of digital services through the introduction of modern technologies, and an increase in the popularity of banking services. At the same time, he emphasizes the possibilities of introducing innovative technologies when introducing a digital bank.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

932

TIJORAT BANKLARIDA MASOFAVIY BANK XIZMATLARINING AVZALLIKLARI

Artikova Mervert Kobeyevna

Bank-moliya Akademiyasi 70411302-Biznesni boshqarish (MBA Banking) mutaxassisligi

tinglovchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10893316

Аnnotatsiya.

Ushbu maqolada Oʼzbekistonda tijorat banklarining masofadan

boshqariluvchi xizmatlarni yoʼlga qoʼyishda, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali
raqamli xizmatlarni yanada rivojlantirish, bank xizmatlari ommabopligini oshirishga doir taklif
va xulosalar shakllantirilgan. Shuningdek, raqamli bankni joriy etishda yangi innovatsion
texnologiyalarni amaliyotga qoʼllash imkoniyatlari yoritib berilgan.

Kalit soʼzlar:

raqamli banking, xizmatlar, toʼlov tizimi, bank xodimlari, omnikanal

bankingning, tijorat banklari.

ADVANTAGES OF REMOTE BANKING SERVICES IN COMMERCIAL BANKS

Abstract.

The state contains proposals for the development of remote management of

commercial banks in Uzbekistan, further development of digital services through the introduction
of modern technologies, and an increase in the popularity of banking services. At the same time,
he emphasizes the possibilities of introducing innovative technologies when introducing a digital
bank.

Keywords:

digital banking, services, payment systems, bank staff, omnancially banking,

commercial banks

.

ПРЕИМУЩЕСТВА ДИСТАНЦИОННОГО БАНКОВСКОГО ОБСЛУЖИВАНИЯ В

КОММЕРЧЕСКИХ БАНКАХ

Аннотация.

В данное статье содержатся предложения и выводы по развитию

дистанционного обслуживания коммерческих банков, дальнейшему развитию цифровых
сервизов за счет внедрения современных технологий, повышению популярности банковских
услуг в Узбекистане. Также подчеркивает возможности внедрения новых инновационных
технологий при внедрении цифрового банка.

Ключевые слова:

цифровой банкинг, услуги, платежные системы, банковский

персонал, финансово-банковские услуги, коммерческие банки.

Mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligi ko`p jihatdan bank tizimiga va

ularning samarali faoliyatiga boǵliq. Shu o`rinda banklarning samarali faoliyat olib borishi,
banklar ko`rsatayotgan bank xizmatlarini sifat jihatidan oshishi avvalo banklar tomonidan
mijozlari bozorini o`rganish va ular talabidan kelib chiqib bank xizmatlarini ko`rsatilishiga
boǵliqdir.

O’zbekistonda bank infratuzilmasini rivojlantirishda bank xizmatlari ommabopligini

oshirish, to‘lov tizimida raqobatni rivojlantirish, shuningdek, uni yangi zamonaviy to‘lov tizimi
vositalari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son «2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi[1], 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son
«2020-2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish
strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonlari,[2] 2018-yil 23-martdagi PQ-3620-son «Bank xizmatlari


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

933

ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi [3] qarorlari hamda
ushbu sohaga oid boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda
muayyan darajada xizmat qiladi.

Tijorat banklarining masofaviy xizmatlari iste`molchilarining huquqlarini himoya qilishni

ta`minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish va innovatsion rivojlanishning
tendentsiyalarini inobatga olgan xolda moliyaviy ochiqlik darajasini oshirish maqsadida
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi PQ-3620 son «Bank xizmatlari
ommabopligini oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`ǵrisida»gi qarori qabul qilingan.
Qarorda «bank xizmatlari ommabopligining oshirilishini va bank xizmatlari iste`molchilari
huquqlarining himoya qilinishini ta`minlash O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy
vazifalaridan biri ekanligi va bank xizmatlari iste`molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari
himoyasini ta`minlash, moliyaviy ochiqlikni hamda aholi va tadbirkorlik subyektlarining
moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish asosiy vazifalari bo`lgan bank xizmatlari
iste`molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati tashkil etilganligi ta`kidlangan»[3].

2020 —2025 yillarga mo`ljallangan O`zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh

qilish strategiyasida “aholi va kichik biznes uchun masofaviy xizmatlarni keng joriy qilish”
vazifasi –masofaviy bank xizmatlarini ko`rsatish orqali banklarning nafaqat o`z daromadlarini
oshirib borishini, balki xalqimizning turmush darajasini yaxshilashga ham xizmat qilishini
e`tiborga olgan holda belgilanganligi bevosita bugungi kunda masofaviy bank xizmatlari
bo`yicha amalga oshirilishi lozim bo`lgan chora-tadbirlar ko`lami kengligidan dalolat beradi.

Shu nuqtai nazardan, tijorat banklari tomonidan xizmatlari sifati hamda bank

xizmatlarining zamon talablari asosida shakllanishi doimiy e`tibor markazida bo`lmoǵi lozim. [4]

Masofaviy bank xizmatlarini ko`rsatish turli bank operatsiyalarni masofadan amalga

oshirish imkoniyatini beradigan xizmatlar kompleksidir. Buning uchun bank muassasasiga tashrif
buyurmasdan turib kompyuter yoki mobil telefondan foydalanish kifoya. Masofaviy
texnologiyalar mijozga bank xizmatlaridan foydalanishda maksimal qulaylik va bank bilan ishlash
jarayonida vaqt hamda moliyaviy xarajatlarni minimallashtirish imkonini beradi.

Masofadan xizmat ko`rsatish tizimi mijozlarga taqdim etilayotgan xizmatlarning

xarakteriga ko`ra ikki turga bo`lish mumkin:

- informatsion;
- tranzaktsion.
Informatsion banking mijozlarga moliyaviy ma`lumotlarni taqdim etishga yo`naltirilgan

bo`lsa, tranzaktsion banking moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.

Masofaviy bank xizmatlarining asosiy tamoyili mijoz va bank o`rtasida turli axborotlarning

masofadan almashinuvi hisoblanadi. Bunda bank tomonidan mazkur amaliyotning xavfsizligi
ta`minlanadi.

Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko`rsatish tizimlarining turlari:
Bank-Mijoz – bu kompyuter orqali amalga oshiriladigan tizim bo`lib, bunda mijozning

kompyuteriga maxsus dastur o`rnatiladi. Ushbu dastur kompyuterda barcha mijoz ma`lumotlarni
saqlaydi (asosan to`lov hujjatlari va hisobvaraqlardan ko`chirmalar). Bank va mijozning
kompyuteri o`rtasida modem orqali to`ǵridan-to`ǵri aloqa amalga oshiriladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

934

Internet-banking – bu mijozlarning depozit hisobvaraqlarini, jumladan bank kartalariga

ochilgan hisobvaraqlarini, internet orqali boshqarish huquqini beruvchi tizimdir. Bu xizmat turi
mijozning masofadan bank bilan boǵlangan holda real vaqt davomida to`lovlarni o`tkazish uchun
mo`ljallangan tizimdir. Foydalanuvchi tizimga veb-brauzer orqali qiradi. Internet-banking tizimi
bankning veb-serverida joylashtiriladi. Foydalanuvchi bankning veb-saytida barcha o`z
ma`lumotlari (to`lov hujjatlari va hisobvaraqlardan ko`chirmalar)ni ko`rib chiqish imkoniyatiga
ega.

Internet-banking xizmati orqali mijoz o`z ish joyida yoki boshqa o`ziga qulay sharoitda:
-to`lovlarni o`tkazish;
-to`lov o`tishi bosqichlarini kuzatish;
-barcha hisobotlarni olish kabi amaliyotlaridan istalgan vaqtda foydalanish imkoniyatini

yaratadi.

Internet-banking orqali mijoz o`z ish joyidan internet orqali bank saytiga ulanib, o`z

hisobraqamiga tushayotgan pullarni ko`rishi va pul o`tkazmalarini tayyorlab bankka uzatishi
mumkin bo`ladi.

Mobil banking tizimi internet-banking texnologiyasi asosida yaratiladi.
SMS-banking–bu bank mijozlarga ularning depozit hisobvaraqlaridagi hamda bank

kartalariga ochilgan hisobvaraqlaridagi operatsiyalar haqida SMS ko`rinishdagi ma`lumotlarni
olish tizimidir. Hisobvaraǵidan ma`lumot olish uchun mijoz bankning maxsus telefon raqamiga
belgilangan SMS-so`rovni yuborish kerak.

Mijoz uchun SMS-banking xizmati quyidagi amallarni bajarish imkoniyatlarini beriladi:
hisobvaraǵiga kelib tushgan mablaǵlar;
hisobvaraǵidan qilingan xarajatlar;
hisobvaraq balansi;
kun davomida o`tkazilgan bank operatsiyalari haqida operativ ma`lumot olish.
Bugungi kunda aholi tijorat banklarining mobil ilova dasturlari orqali real vaqt rejimida

kartadan kartaga pul o`tkazish (P2P) operatsiyalarini bajarish, soliq, byudjet, kommunal va boshqa
to`lovlarni amalga oshirish, mikroqarz olish va kreditlarni so`ndirish, onlayn omonatlarni
rasmiylashtirish, depozit hamda ssuda (kredit) hisobvaraqlarini masofadan ochish, xalqaro bank
karta hisobvaraǵidan to`lovlarni amalga oshirish, onlayn konversiya operatsiyalarini amalga
oshirish va boshqa masofaviy bank xizmatlaridan keng foydalanmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

935

1-rasm. Masofadan bank xizmatlarini ko`rsatuvchi tizimlardan foydalanuvchilarning soni

(2023 yil 1-yanvar xolatiga) [4]


O`z navbatida, korxona va tashkilotlar uchun bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish

tizimlari orqali real vaqt rejimida bank hisobvaraqlaridagi mablaǵlarni tasarruf etish va to`lovlarni
amalga oshirish, valyuta mablaǵlari sotib olish (konvertatsiya) uchun buyurtmanomani elektron
shaklda xizmat ko`rsatuvchi bankka yuborish, oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to`lovlarni
o`tkazish uchun elektron qaydnomani bankka uzatish va boshqa xizmatlardan foydalanish
bo`yicha imkoniyatlar yaratildi.

Tijorat banklari tomonidan ko`rsatilayotgan masofaviy bank xizmatlari, uning

samaradorligi va sifati tahlili shuni ko`rsatadiki, hozirgi kunda banklar o`z mijozlariga taklif
etayotgan masofaviy xizmat turlarining ko`lami anchaga kengaygan. Birgina bank mobil ilovasi
orqali mijoz bankka kelmasdan turib bank xizmatlaridan foydalanishi, milliy valyutadagi
mablaǵlarini xorij valyutasiga komission to`lovsiz erkin konvertatsiya qilishi, onlayn omonatlar
qo`yishi va oladigan mablaǵlarini hisoblab borish, overdraft kreditlarini olishi va kreditlarni
so`ndirib borish, shuningdek, bank mobil ilovasi orqali mijoz o`z mablaǵlarini doimo monitoring
qilish imkoniga ega bo`ladi.


REFERENCES

1.

2022-2026 yillarga mo`ljallangan yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to`ǵrisida”gi
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022 yildagi PF-60-sonli Farmoni - www.lex.uz

2.

https://lex.uz/docs/-4811025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 12.05.2020

yildagi PF-5992-son «2020-2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank
tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 23.03.2018 yildagi PQ-3620-son. «Bank
xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

936

4.

Aytmuratova, U. J., & Sabirbaev, N. (2022). IJTIMOIY SOHANI QO'LLAB-QUVVATLASHDA
DAVLAT BYUDJETINING AHAMIYATI (QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASI
MISOLIDA). Евразийский журнал академических исследований, 2(6), 314-320.

5.

https://cbu.uz/oz/payment-systems/remote-banking-services/

6.

Khakimova, Muabara Khalilovna. "USE OF THE BRAINSTORMING METHOD IN THE
TEACHING OF SOIL SCIENCE AS A FACTOR OF ACHIEVEMENT OF EFFECTIVENESS."
Bulletin of Science and Education 6-3 (109) (2021): 56-61.

7.

Rakhimov, D., et al. "Application of hyperspectral and multispectral datasets for mineral
mapping." E3S Web of Conferences. Vol. 386. EDP Sciences, 2023.

8.

Ubaydullayev, S., Shamsutdinov, N., Yoziyev, L., Kurbanov, A., Yuldashev, S., & Hakimova, M.
(2020, December). The influence of different aged Black Saxaul plants on distribution, growth and
accumulation of aboveground phytomass of Poa Bulboza L. In IOP Conference Series: Earth and
Environmental Science (Vol. 614, No. 1, p. 012163). IOP Publishing.

References

2022-2026 yillarga mo`ljallangan yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to`ǵrisida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022 yildagi PF-60-sonli Farmoni - www.lex.uz

https://lex.uz/docs/-4811025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 12.05.2020 yildagi PF-5992-son «2020-2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 23.03.2018 yildagi PQ-3620-son. «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori.

Aytmuratova, U. J., & Sabirbaev, N. (2022). IJTIMOIY SOHANI QO'LLAB-QUVVATLASHDA DAVLAT BYUDJETINING AHAMIYATI (QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASI MISOLIDA). Евразийский журнал академических исследований, 2(6), 314-320.

https://cbu.uz/oz/payment-systems/remote-banking-services/

Khakimova, Muabara Khalilovna. "USE OF THE BRAINSTORMING METHOD IN THE TEACHING OF SOIL SCIENCE AS A FACTOR OF ACHIEVEMENT OF EFFECTIVENESS." Bulletin of Science and Education 6-3 (109) (2021): 56-61.

Rakhimov, D., et al. "Application of hyperspectral and multispectral datasets for mineral mapping." E3S Web of Conferences. Vol. 386. EDP Sciences, 2023.

Ubaydullayev, S., Shamsutdinov, N., Yoziyev, L., Kurbanov, A., Yuldashev, S., & Hakimova, M. (2020, December). The influence of different aged Black Saxaul plants on distribution, growth and accumulation of aboveground phytomass of Poa Bulboza L. In IOP Conference Series: Earth and Environmental Science (Vol. 614, No. 1, p. 012163). IOP Publishing.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов