REGULATION OF THE WORK OF PERSONS WITH DISABILITIES BASED ON THE NEW VERSION OF THE LABOR CODE

HAC
Google Scholar
To share
Xasanova, Z., & Avulova, F. (2024). REGULATION OF THE WORK OF PERSONS WITH DISABILITIES BASED ON THE NEW VERSION OF THE LABOR CODE. Modern Science and Research, 3(2), 870–872. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/31201
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article deals with the regulation of the work of persons with disabilities based on the new version of the Labor Code.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

870

YANGI TAHRIRDAGI MEHNAT KODEKSIGA ASOSAN NOGIRONLIGI BO‘LGAN

SHAXSLAR MEHNATINING TARTIBGA SOLINISHI

Xasanova Zilola Erkinovna

Navoiy viloyati yuridik texnikumi Ichki nazorat va arxiv bo‘lim uslubchisi

Avulova Feruza Ravshanovna

Navoiy viloyati yuridik texnikumi o‘quv-uslubiy bo‘lim uslubchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11002435

Annotatsiya. Mazkur maqolada yangi tahrirdagi Mehnat kodeksiga asosan nogironligi

bo‘lgan shaxslar mehnatining tartibga solinishi haqida so’z yuritiladi.

Kalit so’zlar: kodeks, mehnat qonunchiligi, nogironligi bo’lgan shaxslar, modda, jamoat

shartnomasi, mehnat sharoitlari.

REGULATION OF THE WORK OF PERSONS WITH DISABILITIES BASED ON THE

NEW VERSION OF THE LABOR CODE

Abstract. This article deals with the regulation of the work of persons with disabilities

based on the new version of the Labor Code.

Key words: code, labor legislation, persons with disabilities, article, public contract,

working conditions.

РЕГУЛИРОВАНИЕ ТРУДА ИНВАЛИДОВ НА ОСНОВАНИИ НОВОЙ РЕДАКЦИИ

ТРУДОВОГО КОДЕКСА

Аннотация. В данной статье речь пойдет о регулировании труда лиц с

ограниченными возможностями в соответствии с Трудовым кодексом в новой редакции.

Ключевые слова: кодекс, трудовое законодательство, лица с ограниченными

возможностями, статья, общественный договор, условия труда.

Mehnat har qanday jamiyat boyligining manbai, insoniyat tomonidan moddiy va ma'naviy

boylik yaratishning asosiy omilidir. Jamiyatning ijtimoiy shakli qanday bo'lishidan qat'i nazar,
mehnat moddiy va nomoddiy ne'matlar ishlab chiqarishda zarur faoliyat bo'lib qolaveradi. 2022-
yil 28-oktyabr kuni mamlakatimiz tarixidagi muhum sanalardan biri sifatida muhrlandi. Ya’ni
Prezidentimiz SH.Mirziyoyev mazkur sanada “O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini
tasdiqlash to'g'risida”gi qonunni imzoladi.

Yangi Mehnat kodeksi xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarining

muvozanatini ta’minlash hamda ularni muvofiqlashtirish asosida yakka tartibdagi
mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy
munosabatlarni tartibga soladi. Shuningdek, kodeks

ijtimoiy ehtiyojmand toifalarni ishga

joylashtirish bo'yicha qo'shimcha kafolatlar belgilangani bilan ahamiyatlidir.

Yangi kodeksda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari va ularning aniq mezonlari

ko’rsatilgan. Xususan, 14 yoshga to'lmagan, nogironligi bo'lgan bolalari bor yolg'iz ota-ona,
shuningdek, ko'p bolali oilalardagi ota-onalar, umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim tashkilotlarini,
kasb-hunar maktablari va kollejlari hamda texnikumlarini tamomlab kasbga ega bo'lgan yoshlar,
“Mehribonlik” uylari bitiruvchilari, oliy ta'lim tashkilotlarining davlat granti bo'yicha ta'lim olgan
bitiruvchilari, nogironligi bo'lgan, pensiyaoldi yoshdagi shaxslar, Mudofaa, Ichki ishlar,
Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati qo'shinlaridagi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

871

muddatli harbiy xizmatdan bo'shatilgan, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud
qaroriga ko'ra o'ziga nisbatan tibbiy yo'sindagi majburlov choralari qo'llanilgan shaxslar hamda
odam savdosidan jabrlanganlar aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga kiritildi.

Bugungi kunda Prezidentimiz Sh. Mirziyoev tomonidan nogironligi bo‘lgan

shaxslarga katta e’tibor qaratilgan. Shu jumladan, yangi mehnat kodeksiga ham bir qancha
o‘zgartirishlar kiritilgan.

Avvalambor, shuni ta’kidlash lozimki, yangi kodeksga asosan

mehnat va mashg‘ulotlar

sohasida xodimlarning huquqlarini mehnatning muayyan turiga xos bo‘lgan talablar yoki
yuqoriroq ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslar (oilaviy vazifalarni bajarish bilan band
bo‘lgan shaxslar, voyaga yetmaganlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, homilador ayollar va
boshqalar) to‘g‘risidagi alohida g‘amxo‘rlik bilan bog‘liq holda asoslangan tarzda farqlash, istisno
etish, ularga afzallik berish, shuningdek ularni cheklash kamsitish deb hisoblanmaydi.

Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni

tashkil etishning o‘zgarishiga, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarishiga bog‘liq bo‘lgan
tashkilot (uning alohida bo‘linmasi), yakka tartibdagi tadbirkor xodimlarining soni (shtati)
o‘zgarganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishda qoldirishga doir
imtiyozli huquqqa egadir.

Ma’lumot o’rnida shuni aytib o’tish lozimki, yangi tahrirdagi kodeksning aynan 3-bobi

nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos
xususiyatlariga bag’ishlangan.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi

Qonuniga muvofiq belgilangan ish o‘rinlarining eng kam soni hisobidan zaxiradagi ish o‘rinlariga
mahalliy mehnat organlari yo‘llanmasiga ko‘ra ishga joylashish kafolatlanadi.

1

424-moddaga asosan

nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatidan ularga sog‘lig‘ining holatiga

ko‘ra qarshi ko‘rsatma bo‘lgan ishlarda foydalanish ta’qiqlanadi. Tibbiy-ijtimoiy ekspert
komissiyasining nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘liqsiz ish vaqti rejimi to‘g‘risidagi,
yuklamani kamaytirish haqidagi va mehnatning boshqa shart-sharoitlari to‘g‘risidagi tavsiyalari
ish beruvchi tomonidan bajarilishi majburiydir.

Yangi Mehnat kodeksining

425-moddasida nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat

huquqlari aniq ko’rsatib o’tilgan.

Birinchidan, nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatga oid yakka tartibdagi huquqiy

munosabatlarda boshqa xodimlar kabi huquqlarga ega, mehnatni muhofaza qilish sohasida, ish
vaqti, ta’tillar va boshqa mehnat shart-sharoitlari borasida esa ular o‘zi uchun qonunchilikda,
shuningdek mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan qo‘shimcha
imtiyozlardan foydalanadi.

Ikkinchidan, jamoa shartnomasida yoki mehnat shartnomasida belgilanadigan mehnat

shart-sharoitlari, shu jumladan, ish haqi, ish vaqti va dam olish vaqti rejimi, yillik mehnat
ta’tilining davomiyligi qonunchilikda belgilanganidan kam bo‘lishi hamda boshqa xodimlarga

1

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2020-y., 03/20/642/1396-son; 02.04.2021-y., 03/21/681/0264-

son


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

872

nisbatan nogironligi bo‘lgan shaxslarning holatini yomonlashtirishi yoki ularning huquqlarini
cheklashi mumkin emas.

Uchinchidan, nogironligi sababli nogironligi bo‘lgan shaxs bilan mehnat shartnomasi

tuzishni yoki ishda uning yuqori lavozimga ko‘tarilishini rad etishga, u bilan tuzilgan mehnat
shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan
tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyaning xulosasiga ko‘ra nogironligi bo‘lgan shaxsning sog‘lig‘i
holati kasbiy vazifalarini bajarishga monelik qiladigan yoxud uning yoki boshqa shaxslarning
hayotiga yoki sog‘lig‘iga, mehnat xavfsizligiga tahdid soladigan hollar mustasno.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga o‘ttiz

olti soatdan oshmasligi lozim. I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun kunlik ishning
(smenaning) davomiyligi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining tavsiyalariga muvofiq
belgilanadi, lekin olti kunlik ish haftasida — olti soatdan, besh kunlik ish haftasida — yetti soat-u
o‘ttiz daqiqadan ortib ketmasligi kerak.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarga davomiyligi kamida o‘ttiz kalendar kundan

iborat yillik mehnat ta’tili beriladi va ular bu ta’tildan yilning o‘zlari uchun qulay bo‘lgan vaqtida
foydalanishga haqli.

Bulardan ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda nogironligi bo’lgan shaxslar, ularning to’la-

to’kis yashab, mehnat qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

REFERENCES

1.

Mehnat huquqi. Darslik. – T.:TDYU nashriyoti, 2021.

2.

Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. 29.10.2022 г., № 02/22/798/0972

3.

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2020-y., 03/20/642/1396-son;
02.04.2021-y., 03/21/681/0264-son


References

Mehnat huquqi. Darslik. – T.:TDYU nashriyoti, 2021.

Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. 29.10.2022 г., № 02/22/798/0972

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2020-y., 03/20/642/1396-son; 02.04.2021-y., 03/21/681/0264-son

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов