2024
DECEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 10
216
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI TARBIYACHILARDA PEDAGOGIK
MAHORATNI SHAKILLANTIRISHNING O’ZIGA XOS JIHATLARI.
Botirova Yorqinoy
Guliston Davlat Pedagogika Instituti o’qituvchisi.
Toshtemirova Mavjuda
Guliston Davlat Pedagogika Instituti talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14496273
Annotatsiya. Pedagogikada o’qituvchilarning tarbiyachilik mahorati doimiy o’zgarib
turadigan, jamiyat talablaridan kelib chiqib, to’ldirilib boriladigan bir butun tizimga ega. Uning
bir -biri bilan bog’liq quyidagi tarkibiy qisimlari o’qituvchining tarbiyaviy faoliyatida muhim
yo’nalishlar bo’lib, doimo mazmunan boyitilib boriladi. Tarbiyachi-o’qituvchilarning mahorati
har bir o’qituvchiga alohida yondashuv imkoniyatlarini topish, tarbiyachi iste’dodida nomoyon
bo’ladigan holatlarda uning faolligini oshirishga qaratiladi. Tarbiyachi tomonidan
uyushtiriladigan tarbiyaviy tadbirlarga qo’yiladigan asosiy talablar; tarbiyaviy tadbirlar hech
qachon tasofidiy bo’lmasligi va har bir tadbirga puxta tayyorgarlik ko’rilishi lozim.
Kalit so’zlar: pedagogik mahorat, ijtimoiy psixalogik tizim, etnik tizim, tarbiyaning
uzluksizligi, ixtiyoriyli, o’z-o’zini anlash, tarbiya jarayoni ko’p qirrali jarayon, tarbiyaviy ishlarni
rejalashtirish, tarbiyachilarni malaka almashinuvi.
KIRISH
O’zbekiston Respublikasining Prizidenti Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil 30
sentabrdagi PF- 152-son “Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish
bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar” to’g’risidagi
Farmoniga muvofiq maktabgacha ta’lim
tashkiloti hodimlarini malakasini oshirish va ularni malaka almashinuvi haqida belgilab berdilar.
Hususan 3-4-bandlarida aynan tarbiyachilarni kasbiy maxoratlarini rivojlantirish bo’yicha
bayon etilgan va ‘Metodik mahorat’ ‘Metodik mahorat kuni’ ‘Metodik mahorat soatlari ‘ kabi
yangi metodlar takommillashuvlar keltirilgan. Shunday ekan bugungi kunni tarbiyachisi har kuni
har soatda bilimini yangilab borishi va malakasini to’laligicha rivojlangan davlatlar miqyosida
oshirib borishi shunga mos ravishda bugungi kunni farzandlarini rivojlangan davlatlarni
farzandlari qatoridagiday tarbiyalamog’i lozim.
Asosiy qisim.
Ijtimoiy psixalogik tizim. Tarbiyachi – pedagogning tarbiyachi sifatidagi mahorati –bu
tarbiyalanuvchilarni ma’lum bir maqsadga muvofiq tarbiyalash uchun mo’ljalga olish san’atidir.
2024
DECEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 10
217
Bolalar har kuni quvonchli daqiqalarni, katta-kichik ko’ngilsizliklarni boshdan
kechirishadilar. Ular tarbiyachilarni o’zlariga nisbatan yaxshi va yomon yoki insoniy
munosabatlarini tez ajrata oladilar va bunga darhol o’zlarini javoblarini qaytaradilar. Ijtimoiy –
psixalogik bilim va malakaga ega bo’lish tarbiyachida uddaburonlikni va sezgirkikni
shakillantiradi. U bolalar jamoasini uyistira oladi, bolalar qalbiga yol topa oladi. Chunki bolalar
jamoasi umumiy maqsad asosida tashkil topgan, yuqori darajada birlashgan bo’lib, shaxs
shakillanishining yetakchi omili sifatida ijtimoiy munosabatlar ichida muhim yacheyka
hisoblanadi.
Bolalarning jamoa bilan yaxshi munosabatda bo’lishi uchun tarbiyachi quyidagi omillarga
e’tibor berishi shart;
-har bir bolaga pedagogic topshiriqlar qo’yishi;
- jamoada o’zaro xayrihohlik, o’zaro yordam muhitini shakillantirish;
- bolalarning o’zaro aloqalarini kuchaytirish, ijodiy faoliyatini rivojlantiruvchi
faoliyatlarni tashkil qilish;
- bolalarga o’zaro teng va adolatli munosabatda bo’lish.
Agar tarbiyaviy vosita, usul, metodlar orqasida yetakchi g’aya turmasa, texnalogik tizim
va ijtimoiy psixalogik munosabatlar tizimi maqsadli tarbiyaviy natijalar bermaydi. Etnik tizimda
ulkan tarbiyaviy maqsadlarga erishishi uchun tarbiyachi-pedagoglardan nihoyatda mohirona
talabchanlik, ijodiy ta’sir etish vositalarining birligiga erishish talab qilinadi;
-
Tarbiyada bolalar jamoasi muhitining birligi;
-
bolalar mustaqilligi va o’z – o’zini tarbiyalashning birligi;
-
fuqorolik va insoniylikning birligi;
-
talabchanlik va ishonchbirligi;
-
Bola shaxsiga ehtiyotkorona munosabat;
-
Jinsiy tafovutlarni hisobga olish;
-
Bolaning axloqiy va jismoniy sog’lig’i haqida qayg’urish;
-
Axloqiy me’yorlarga qayg’urish.
Tarbiya mazmunini eng muhim xususiyatlaridan biri – bu, insonni o’z –o’zini anglashi,
uning shaxsiy hayoti va faoliyati o’zi yashab turgan muhitning subekti sifatida e’tirof etilishi bilan
tavfsiflanadi. Insonni kamolotida fuqorolik, kasbiy va axloqiy jihatdan o’z- o’zini anglashi, uning
shaxsiy hayoti va faoliyati o’zi yashab turgan muhitning subekti sifatida e’tirof etilishi bilan
tavsiflanadi. Bolalarni o’z - o’zini tarbiyalash metodlariga ko’nikma hosil qildirish tarbiyachi –
pedagoglarning mahoratiga, tarbiyaviy faoliyatini to’g’ri tashkil etishga bog’liq.
2024
DECEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 10
218
Bolalar odatda yaqin kishisining xulq- atvoriga taqlid qiladilar. Shuning uchun tarbiyachi
pedagoglarda o'z pedagogik mahoratlariga tayanib, bola qalbida o'ziga nisbatan ishonch, mehr
tuyg'ularini uyg'ota olishi lozim. Tarbiyalanuvchilar pedagogning bevosita nazoratida ta’lim va
tarbiya jarayonida, dam olishda, jamoat ishlarida, o’z-o’zini tarbiyalash usullariga ko’nikma hosil
qiladilar, bu usullar o’quvchilarni tashabbuskorlikka, mustaqil fikr-mulohaza yuritishga undaydi.
Pedagog tarbiya jarayonida quyidagi metodlardan foydalanishi mumkin;
-
o’z-o’zini tahlil qilish va nazorat qilish;
-
o’z – o’zini baholash (tengdoshlariga taqlid qilish asosida);
-
izohlash (o’quvchining siyosiy, madaniy, estetik, huquqiy mavzularda og’zaki ta’sir
o’tqazish).
“Kadirlar tayyorlash milliy dasturi” da va ta’lim –tarbiyani yanada takomillashtirishga
qaratilgan qator hujjatlarda shaxsning erkinligi, mustaqil fikirlay olish qobiliyatini
shakillantirishga birlamchi e’tibor berilmoqda. zero, erkinlik ta’minlangan joyda fikir rivojlanadi
va jamiyat kuchli bolish garovini ta’minlaydi. Hususan, bir necha imkoniyatlardan birni ixtiyoriy
tanlab olishga sharoit bo’ladi.
Tarbiya jarayoni ko’p qirrali jarayon bo’lib, unda tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat
qiluvchi ichki va tashqi subektiv va obektiv omillar ko’zga tashlanadi. Tarbiyaning yana bir
xususiyati uzoq muddat davom etishidir / tarbiya natijalari tez su’ratda yaqqol ko’zga
tashlanmaydi. O’zida insoniylik sifatlarini shakillantirgan insonni tarbiyalash uchun uzoq muddat
talab etiladi. Shunday ekan bugungi kunni ilg’or pedagogi ota-onalar bilan hamkorliklari ostida
tarbiyaviy ishlarni ta’lim bilan uzviy bog’lagani holda rejalashtirishi lozim. Mohir pedagog
tarbiyaviy ish rejasiga aniq bir maqsadni qo’yadi. Dastur asosida quyidagi yo’nalishlar bo’yicha
alohida tarbiya ishlatini olib boradi;
1.
Tarbiyalanuvchilar olamning hayotiy yo’nalishlarini diqqat bilan o’rganishi.
2.
Xarakteri va hulqidagi og’ishganlik sabablarini o’rganish.
3.
Ijobiy yo’nalishga, o’zgarishga ta’sir etuvchi hayotiy ko’nikmalarni tanlash.
Tarbiyaviy faoliyat samaradorligini aniqlsh masalasi murakkab masaladir. Hech qachon
tarbiya natijalarini o’tqazilgan tadbirlar, ishtirok etgan tarbiyalanuvchilar soni bilan belgilab
bo’lmaydi. Tarbiyaviy ish samaradorligi tarbiyalanuvchilarning tarbiyalanganlik darajasi bilan
baholanadi.
Xulosa.
Prizidentimiz farmonlarida belgilab qo’yilganidek tarbiyachilarni maxoratini oshirishni
uchun “Metodik mahorat kuni” “Metodik mahorat soatlari” da kengroq fikr olishlari, malaka,
2024
DECEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 10
219
mahorat almashinishlari juda katta pedagagik bilimlarni oshishishiga zamindir. Bugungi kunni
bolasini oldi qochdi, eskirgan metodlar bilan aldashimiz, ularni jahon mamlakatlarini o’qitish
tizimidan foydalanmasligimiz o’zimiz va kelajagimiz uchun juda katta qiyinchiliklarni keltirib
chiqaradi. Bolalik kattalikning, kommillikni poydevoridir. Shunday ekan biz tarbiyachilar
zamonaviy bilimlarni, zamonaviy kasblarni, zamonaviy texnalogiyalar asosida tushuntira
olishimiz lozimdir. Buning uchun albatta ilg’or pedagog kreativ, izlanuvchan, yetarlicha bilim va
malakalarni egallamog’i kerak. Fanlar aro integratsiyalab, qiziqarli, mazmunli tushuntira olish
mahoratini egallab borishi maqsadga muvofiqdir. Bolalik barcha istedodlarni nomoyon bo’lish,
kurtak otib kelayotgan davr hisoblanadi. Pedagog tarbiyachi har bir bolani qiziqishlarini aniqlagan
holda individual yondashib rivojlantiradi. Biz tarbiyachilar bolalarning qiziqish va ehtiyojlarini
chuqur his etgan holda, vaziyatni hisobga mavzu tanlashimiz, uni tayyorlash va o’tqazishda
o’quvchilarni keng ko’lamda jalb etib, har bir bolani hohish istaklari keskin rad etmasdan, yana
ham o’ylab ko’r, qiziqarliroq yo’llarini ham izlab topib ko’rsang boladi deyishimiz o’rinlidir.
Tarbiyachini ijodkor bo’lishi, bolalarbi ham ijodiy faoliyat yuritishga jalb qiladi. Har bir
tarbiyalanuvchilarimizda o’zini va boshqalarni hurmat qilishga o’rgatishimiz ham muhimdir.
Shundagina mashg’ulot jarayonida adolatli o’yinlar, ahil jamoa shakillanadi.
REFERENCES
1.
Musurmanova, A., Jumaniyozova, M. T., Isaqulova, N. J., & Jumaev, A. (2018). General
Pedagogy.
2.
Musurmonova O, Baubekova G. Uzbek folk pedagogy. Tashkent. 2000;320.
3.
Артыкова, Д. М. (2016). Интегрированная оценка факторов риска формирования
синдрома первичного" пустого" турецкого седла. Вестник Совета молодых учёных
и специалистов Челябинской области, 3(3 (14)), 4-6.
4.
Shagazatova, B. X., Artikova, D. M., Ahmedova, F. S., Mitxaydarova, F. S., & Ahmedova
Sh, A. (2023). ENDOKRINOLOGIYA MUTAXASSISLIGI BO'YICHA KLINIK
REZIDENTLARNI O'QITISHDA «CASE»-USULI (Doctoral dissertation, Ўзбекистон,
Тошкент).
5.
Артикова, Д. М., Мирхайдарова, Ф. С., Ахмедова, Ф. Ш., & Артиков, А. Ф. (2023).
Изучение инсулинового ответа на введение пиримидиновых нуклеотидов у
пациенток с ожирением и синдромом поликистозных яичников (Doctoral dissertation,
Ўзбекистон, Тошкент).
2024
DECEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 10
220
6.
Джамолдинова, О. (2015). Cовершенствование педагогических механизмов
реализации принципов преемственности и непрерывности в развитии культуры
здоровой жизни молодежи. Каталог авторефератов, 1(1), 1-84.
7.
Jamoldinova, O. R. (2015). Improving the pedagogical mechanisms for the implementation
of the principles of continuity and continuity in the development of a culture of healthy
living among young people.
8.
Ismailova, Z. K., Jamoldinova, O. R., Khimmataliev, D. O., Khakimov, J. O., & Daminov,
O. O. (2020). Use of the art of management in improving the teaching skills and
pedagogical techniques of the modern teacher. Solid State Technology, 258-267.
9.
Шагазатова, Б. Х., Мирхайдарова, Ф. С., Артикова, Д. М., Ахмедова, Ф. Ш., &
Кудратова, Н. А. (2019). Особенности течения сахарного диабета у вич-
инфицированных больных.
10.
Мусурмонова, О., & Жамолдинова, О. (2010). Миллий истиқлол ғояси ва маънавият
асослари фани ёшларнинг соғлом турмуш маданиятини ривожлантиришда муҳим
омил. Халқ таълими.–Тошкент, (1), 4-11.
