251
YURIDIK TEXNIKUMLAR FAOLIYATINING HUQUQIY MEXANIZMLARI
Ubaydullayev Ilxomjon Raxmatovich
Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi
“Mutaxassislik fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi, 2-darajali yurist.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11180319
Annotatsiya.
Ushbu maqolada mamlakatimizda taʼlimga qaratilayotgan eʼtibor,
professional taʼlim muassasalari, xususan yuridik texnikumlari faoliyatini tashkil etish bilan
bog‘liq meʼyoriy hujjatlar, o‘qitishning kredit-modul tizimiga o‘tkazilishi, yuridik
texnikumlarning o‘quv va ilmiy faoliyatlariga bevosita TDYUning, boshqa tashkiliy masalalariga
hududiy adliya boshqarmalarining masʼul etib belgilanganligi borasida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
taʼlim, tarbiya, malakali kadrlar tayyorlash,
professional taʼlim, kreativ,
intellektual-ijodiy va
kommunikativ kompetentlik, kredit-modul, huquqiy mexanizm.
LEGAL MECHANISMS OF ACTIVITY OF LEGAL TECHNICAL SCHOOLS
Abstract.
This article reflects on the focus on education in our country, on regulatory
documents related to the organization of activities of professional educational institutions, in
particular legal equipment, on the transfer of training to a credit-modular system, on the direct
establishment of TSUL for educational and scientific activities of legal equipment, on the
responsibility of Regional Justice Departments for other organizational issues.
Key concepts:
education, upbringing, training of qualified personnel, professional
education, creative, intellectual-creative and communicative competence, credit-modular, legal
mechanism.
ПРАВОВЫЕ МЕХАНИЗМЫ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ЮРИДИЧЕСКИХ ТЕХНИКУМОВ
Аннотация.
B данной статье рассматриваются акцент на образование в нашей
стране, нормативные акты, связанные с организацией деятельности профессиональных
образовательных учреждений, в частности юридических техникумов, перевод обучения на
кредитно-модульную систему, установление ответственности ТГЮУ за учебную и
научную деятельность юридических техникумов, территориальных управлений юстиции
за другие организационные вопросы.
Ключевые понятия:
образование, воспитание, подготовка квалифицированных
кадров, профессиональное образование, креативная, интеллектуально-творческая и
коммуникативная компетентность, кредитно-модульный, правовой механизм.
252
Yurtimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab taʼlim-tarbiya tizimini
rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, farzandlarimizning jahon andozalari talablariga
xos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, ham jismonan, ham maʼnavan
yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishlarini taʼminlash, farzandlarimizning qobiliyat va isteʼdodi,
intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ular qalbida ona vatanga sadoqat va fidoyilik
tuyg‘ularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi va izchil davom ettirilmoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning salmoqli qismini taʼlim tizimidagi
islohotlar tashkil etayotganligi juda quvonarli, albatta. Bu taʼlim sohasining barcha bosqichlarini
zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlarda o‘z aksini
topmoqda.
So‘ngi yillarda taʼlim sohasining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil
etish va modernizatsiya qilish bo‘yicha qonun, qator farmon va qarorlar qabul qilindi.
Jumladan, taʼlim tizimida qabul qilingan eng muhim hujjatlardan biri bu – “Taʼlim
to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi bo‘ldi. Mazkur Qonunga asosan taʼlim
sohasidagi asosiy prinsiplar, taʼlim tizimi, turlari va shakllari aniq belgilab qo‘yildi.
Avvalo, O‘zbekiston Respublikasining Yangi tahrirda qabul qilingan Konsitutsiyasining
51-53-moddalarida davlatning taʼlimga eʼtibori konstitutsion normalar bilan mustahkamlab
qo‘yilganini alohida taʼkidlash lozim. Bu esa o‘z navbatida, mamlakatimizda sifatli taʼlim
xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori
malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
Ushbu islohotlar asnosida kasb-hunar taʼlimi sohasida ham davlat siyosati o‘zgardi,
xalqaro andozalarga mos professional taʼlim tizimi joriy etildi. Prezidentimizning 2019 yil 6
sentyabrdagi “Professional taʼlim tizimini yana-da takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni mazkur islohotlarning yana bir poydevoriga aylandi.
1
Mazkur Farmon bilan texnikumlarda umumiy o‘rta maʼlumotga ega bo‘lgan shaxslarga
kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yildan kam bo‘lmagan
muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt
asosida taʼlim berilishi, bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha
kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy taʼlim muassasalarida 2-kursdan o‘qishni
davom ettirish huquqiga ega bo‘lishi belgilab qo‘yildi.
1
Z.Xudoyberdiyev. Malaka va innovatsion o‘zgarishlar samarali professional taʼlim tizimiga keng yo‘l ochmoqda.
253
Natijada ushbu yo‘nalishlarda tahsil olayotganlar nafaqat zarur bilimlarni
o‘zlashtirishmoqda, munosib kasb egasi bo‘lishga intilmoqda, balki ular boshqalarga ham o‘rnak
bo‘lgan holda, jamiyatga o‘zlaridagi ko‘nikma va tajribani uyg‘unlashtirgan intellektual kapital
bilan kirib borishlari uchun mustahkam zamin yaratildi.
Mutaxassislarni kasbiy jihatdan tayyorlash borasida xorijiy mamlakatlarda amalda bo‘lgan
taʼlim mazmunini bevosita o‘rganishi shuni ko‘rsatdiki, G‘arb mamlakatlarida asosiy o‘rinni
mutaxassisning kompetentlik malaka darajasi egallaydi. Respublikamizning milliy taʼlim tizimi
mohiyatiga ko‘ra taʼlim mazmunining minimal talablari bilim, ko‘nikma va malakaga asoslanadi.
2
Professional taʼlim tizimidagi islohotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yana-
da takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3666-son Qarori
3
bilan
yangi islohotlarga qadam qo‘yildi. Xususan, kasb-hunar kollejlari va akademik litseyni
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga aylantirildi hamda yuridik
texnikumlarning o‘quv-metodik jarayonini muvofiqlashtirish, ularga amaliy jihatdan va axborot-
resurslari masalalasida ko‘maklashish Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan, ularning
faoliyatiga rahbarlik qilish va nazoratni tashkil etish hamda tashkiliy-kadrlar bazasini
mustahkamlash esa hududiy adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshirilishi belgilab berildi.
Yuridik texnikumlarni zarur o‘quv va sport uskunalari, kompyuter texnikasi va axborot-
resurs fondlari bilan jihozlash xarajatlari taʼlimga ajratiladigan byudjet mablag‘lari, shuningdek
Adliya vazirligining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi, yuridik
texnikumlarga qabul qilish har bir hududning “yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha professional
maʼlumotga ega bo‘lgan kadrlarga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan kvotalar, mutaxassislik va kasblari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan
o‘tkaziladigan test sinovlari asosida amalga oshirilishi eʼtirof etildi.
Bundan tashqari professional taʼlim tizimida to‘g‘ridan to‘g‘ri yuridik texnikumlar
faoliyatini borasida amalga oshirilgan islohotlarni mustahkamlovchi huquqiy asosi sifatida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 oktyabr “O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha
2
R.Haydarov O‘qituvchining kasbiy kompetentligini takomillashtirish.
https://docviewer.yandex.ru/view/.
3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yana-da
takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son Qarori.
254
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 677-son qarori
4
ni ham keltirish o‘rinlidir. Mazkur qaror bilan yuridik
texnikumlar ustavlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish, yuridik texnikumlarning shtat jadvallari va xarajatlar smetalari, taʼlim berishning kredit-
modul tizimi sharoitida pedagog xodimlarning tarkibi mehnatini meʼyorlashtirish, ish vaqtini faqat
o‘quv tadbirlariga asoslangan holda amalga oshirish, shuningdek pedagog xodimlar tomonidan
o‘quv-uslubiy, tashkiliy-metodik, maʼnaviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarni bajarishni
rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi pedagog xodimlarning shaxsiy ish rejasidagi tadbirlar ro‘yxati
va ularning minimal soatlarini TDYU tomonidan tasdiqlanishi, yuridik texnikumlarda bir
o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan o‘quvchilar soni nisbati normativlari va yuridik texnikumlarda
o‘quv yuklama hajmi, texnikumlarda pedagog xodimlarning shaxsiy ish rejasidagi tadbirlar
ro‘yxati va ularning minimal soatlarini tasdiqlanishi, yuridik texnikumlarda o‘quv jarayonini
kredit-modul tizimini joriy etish bilan bog‘liqning huquqiy mexanizmlari belgilab berildi.
Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizda professional taʼlim tizimi samaradorligini
oshirish, yoshlarimizni kasbga yo‘naltirish, ayniqsa huquqshunoslik sohasida professional
kadrlarni tayyorlash, ularni mustaqil, kreativ fikrlaydigan, intellektual-ijodiy va kommunakativ
kompetentli mutaxassislar qilib o‘qitish, taʼlim-tarbiya berish uchun jahon andozalari talablariga
javob beradigan huquqiy mexanizmlar yaratilgan. Yoshlarimiz esa, o‘z navbatida, ushbu
yaratilgan sharoitlardan samarali va maksimal darajada foydalanishlari, kelgusida huquqshunoslik
fanlarining ilmiy salohiyatini rivojlanishi uchun ko‘proq ilmiy izlanishlar masalasiga intilishlari
lozim.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
faoliyatini yana-da takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2018
yil 13 apreldagi PQ-3666-son Qarori. lex.uz›docs/3681790.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligi yuridik texnikumlari faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi 2020 yil 30 oktyabr 677-son qarori. lex.uz›docs/-5075894.
4
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari
faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
2020 yil 30 oktyabr 677-son qarori.
255
4.
Z.Xudoyberdiyev. Malaka va innovatsion o‘zgarishlar samarali professional taʼlim
tizimiga keng yo‘l ochmoqda. https://xs.uz/uzkr/post/malaka-va-innovatsion-ozgarishlar-
samarali-professional-talim-tizimiga-keng-jol-ochmoqda.
5.
R.Haydarov
O‘qituvchining
kasbiy
kompetentligini
takomillashtirish.
https://docviewer.yandex.ru/view/.
