Authors

  • Ilxomjon Ubaydullayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.62194

Keywords:

ekologiya atrof-muhit jinoyat kriminalistik tavsif tergov tergovni tashkil etish rejalashtirish.

Abstract

Ushbu tezisda muallif tomonidan bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblangan ekologiya sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurash borasida muhim ahamiyat kasb etadigan jinoyatlarning kriminalisik jihatlari hamda ayrim tergov masalalari xususida fikr yuritilgan.

background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

324

EKOLOGIYA SOHASIDAGI JINOYATLARNING KRIMINALISTIK JIHATLARI

Ubaydullayev Ilxomjon Raxmatovich

Farg‘ona viloyat yuridik texnikumi

“Mutaxassislik fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi, 2-darajali yurist.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14684658

Annotatsiya. Ushbu tezisda muallif tomonidan bugungi kunning dolzarb masalalaridan

biri hisoblangan ekologiya sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurash borasida muhim ahamiyat

kasb etadigan jinoyatlarning kriminalisik jihatlari hamda ayrim tergov masalalari xususida fikr

yuritilgan.

Kalit so‘zlar: ekologiya, atrof-muhit, jinoyat, kriminalistik tavsif, tergov,

tergovni tashkil

etish, rejalashtirish.

КРИМИНАЛИСТИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ЭКОЛОГИЧЕСКИХ ПРЕСТУПЛЕНИЙ

Аннотация.

В данном тезисе автор раскрывает криминальными аспектами

преступлений и некоторыми следственными вопросами, имеющими важное значение в

борьбе с преступностью в сфере экологии, которая считается одной из актуальных

проблем современности.

Ключевые понятия:

экология, окружающая среда, преступность, характеристика

преступления, расследование, организация расследования, планирование.

FORENSIC ASPECTS OF ENVIRONMENTAL CRIMES

Abstract.

In this thesis, the author thought about the criminal aspects of crimes and some

investigative issues, which are important in the fight against crime in the field of ecology, which

is considered one of the urgent issues of today.

Key concepts:

ecology, environment, crime, criminal description, investigation,

organization of investigation, planning.

Maʼlumki, 2022 yilning 20 dekabr kuni Muhtaram Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston halqiga murojaat qildi. Ushbu

murojaatnoma butun O‘zbekiston halqi tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Ushbu

murojaatnomada kelgusi 2023 yilda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga

oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar va islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshqa sohalar singari bugungi kunning nafaqat

O‘zbekistonda, balki jahon miqyosida global muammolardan biriga aylangan ekologiya


background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

325

sohasidagi yechimini kutayotgan muammolarga ham alohida e’tibor qaratib, “Hozirgi vaqtda

butun dunyoda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham jiddiy ekologik muammolar paydo bo‘lmoqda.

Aksariyat hududlarimizda tuproq tarkibi buzilib, unumdor yerlar qisqarib borayotgani,

cho‘llanish, suv yetishmasligi, qurg‘oqchilik, aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash shular

jumlasidandir”

1

,- deya taʼkidladi.

Bunday ustivor vazifalardan kelib chiqib, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, milliy

boyliklarimiz hisoblangan barcha tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, ularni

ehtiyot qilish, saqlash, mazkur sohada sodir etiladigan huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish

hamda qarshi kurashda fuqarolar o‘zlarining konstitutsiyaviy burchlariga so‘zsiz rioya qilishlari,

huquqni muhofaza qilish organlari ham o‘z vazifalariga vijdonan yondoshmoqlari lozim.

Dunyoning tabiiy manzarasi o‘z ranglari boyligini shiddat bilan va tiklab bo‘lmas tarzda

yo‘qotib borayapti. Agar biologik rang-baranglik hozirgidek o‘ta jadallik bilan yo‘qolib boraversa,

hech kim hozircha ekologik va maʼnaviy halokatlar miqyosini taxminan ham baholay olmaydi.

2

Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytish mumkinki, yuzaga kelgan holat faol maqsadga

yo‘naltirilgan aralashuvni, hech bo‘lmasa ekologik vaziyatning barqarorligini taʼminlashga

qaratilgan aniq choralar ko‘rilishini talab qiladi. Shu munosabat bilan ekologiya sohasidagi

huquqbuzarlik va jinoyatlarga umumiy va huquqiy baho berish ham o‘zgardi. Atrof muhitni

muhofaza qilishda ekologiya sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashga katta eʼtibor berilmoqda.

Sodir etiladigan barcha jinoyatlar maʼlum bir ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiladi.

Bugungi fan - texnika kundan kunga jadal surʼatda taraqqiy etib, jinoyatlarning ham

yangicha ko‘rinishlari paydo bo‘layotgan davrda jinoyatlarni tez va to‘liq ochish, ularning oldini

olish uchun jinoiy ish yuzasidan tergovni tashkil etish, rejalashtirish, tezkor - qidiruv xodimlari

bilan hamkorlik, o‘tkaziladigan tergov harakatlarining taktik usullarini, umuman, jinoyatlarning

tergov qilish uslubiyotlarini ham ilmiy - amaliy jihatdan takomillashtirib borish talab qilinadi.

Shu sabab ekologiya sohasidagi jinoyatlarning ham sodir etilishiga qarshi kurash masalasi

yangi asrning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Yaqin vaqtlargacha ham sayyoramizning

tabiiy boyliklari behisob, tabiiy muhitning zahiralaridan har qancha foydalanish mumkin degan

fikr mavjud edi. Sanoat, qishloq xo‘jaligi, fan - texnikaning jadal surʼatlarda rivoj topib borishi

makon va zamonda tobora kuchayib borayotgan ifloslanish jarayoni va tabiatga bo‘lgan

antropogen salbiy taʼsirlar ushbu fikrning noto‘g‘riligini ko‘rsatdi.

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi

2022-yil 20-dekabr. https://review.uz/oz/post/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-2023-yil-
uchun-murojaatnomasi.

2

O.Narzullayev Hayvonot dunyosi obyektlarini huquqiy muhofaza qilish. “Toshkent davlat yuridik instituti

axborotnomasi”. 2006. №2. 106-bet.


background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

326

Bugungi kunga kelib insoniyat barcha mavjud tabiiy boyliklarning uchdan bir qismini

sarflab bo‘ldi. Qisqa vaqt ichida atrof - muhitni himoya qilish muammosi bugungi va kelajak

avlodning hayoti va sog‘lig‘iga aloqador bo‘lgan umuminsoniy global muammolardan biriga

aylandi.

Zero O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida aynan shu masalaga alohida modda

ajratilib (50-modda), unda fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga

majbur ekanliklari burch sifatida belgilab qo‘yildi

3

. Bundan tashqari, O‘zbekiston

Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi insonning

yashash uchun qulay atrof tabiiy muhitga ega bo‘lish huquqi va bu muhitni saqlab qolish

borasidagi burchi deb nomlanib, unda O‘zbekiston Respublikasi aholisi o‘z salomatligi va kelajak

avlodning salomatligi uchun qulay tabiiy muhitda yashash, o‘z salomatligini atrof muhitning

zararli taʼsiridan muhofaza qilish huquqiga ega ekanligi, ana shu maqsadda O‘zbekiston

Respublikasi aholisi tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha jamoat tashkilotlariga birlashish, atrof

tabiiy muhitning ahvoli hamda uni muhofaza qilish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga doir

axborotlarni talab qilish va olish huquqiga ega ekanligi, shu sababli ham O‘zbekiston Respublikasi

aholisi tabiiy resurslardan oqilona foydalanishi, tabiat boyliklariga ehtiyotlik bilan munosabatda

bo‘lishi, ekologiya talablariga rioya etishi shart ekanligi qatʼiy ko‘rsatib qo‘yilgan.

4

Ekologiya sohasidagi jinoyatlar ijtimoiy xavfli, fuqarolarning keng tarqalgan huquqqa

xilof harakatlaridan biri bo‘lib, ularni sodir etish yoki sodir etilishiga yo‘l qo‘yish insoniyat yashab

turgan muhitning yomonlashuviga, kelajak hayot tarzining pasayishiga, o‘limning, kasalliklarning

ko‘payishiga, aholi genofondining buzilishi, nosog‘lom va nochor ekologik hududlarning paydo

bo‘lishi, tabiiy resurslarning tiklanmaydigan darajada tanazzulga uchrashi, yer usti va osti suvlari

sifatining yomonlashuvi, radioaktiv ifloslanishning tarqalishi, atmosfera havosining ifloslanishi va

iqlim o‘zgarishi xavfini, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibining buzilishini, umuman, nosog‘lom

ekologik sharoit - ijtimoiy tanglikning o‘sishini keltirib chiqaradi.

Xorij olimlari tomonidan ham bu turdagi jinoyatlarning latentlik darajasi yuqori ekanligi

taʼkidlanadi.

5

Ekologiya sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashning hozirgi ahvoli haqida so‘z

yuritganda, bu fikrlariga qo‘shilish o‘rinlidir.

Bundan tashqari, “...ekologik jinoyatlarni sodir etgan aybdorlarga nisbatan aksariyat

hollarda maʼmuriy jazo qo‘llash bilan kifoyalanib qolinadi.

3

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023-y.

4

O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrdagi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni.

https://lex.uz/docs/107115.

5

Интернет: www.law.isv.ru


background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

327

Albatta masalaga bunday yondashish ekologik muammolarning yanada keskinlashuviga,

uning tirik mavjudotlar uchun xavfi yanada oshishiga, ekologik jinoyatlarni sodir etishning yanada

ko‘payishiga olib keladi”.

6

Har bir jinoyat ishlari bo‘yicha tergov jarayonini samarali olib borish uchun tergovchi va

surishtiruvchilarga, avvalo, tergov qilinayotgan turdagi jinoyatlarning batafsil kriminalistik

tavsifini bilish talab qilinadi. Bu haqda prof. G.Abdumajidovning fikrlariga eʼtibor qaratish

o‘rinlidir: “Jinoyatlarning kriminalistik tavsifi jinoyat va jazo to‘g‘risidagi qonunda belgilab

qo‘yilgan ijtimoiy jihatdan xavfli g‘ayrihuquqiy qilmishlarning ko‘rib chiqilayotgan turlari eng

muhim tomonlari to‘g‘risidagi umumlashtirilgan daliliy maʼlumotlardan hamda ularga asoslangan

ilmiy xulosalar va tavsiyalar tizimidan iborat bo‘ladi. Kriminalistik tavsiflarni bilish jinoyat

ishlarini tez, har tomonlama va xolisona tergov qilishni tashkil etish uchun zarurdir”.

7

Albatta barcha jinoyatlarni muvaffaqiyatli tergov qilish hamda fosh etishda ularning, shu

jumladan ekologiya sohasidagi jinoyatlarning ham kriminalistik jihatlariga alohida eʼtibor

qaratish, sinchkovlik bilan o‘rganish talab etiladi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

2.

O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrdagi “Tabiatni muhofaza qilish

to‘g‘risida”gi qonuni. https://lex.uz/docs/107115.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va

O‘zbekiston

xalqiga

Murojaatnomasi

2022-yil

20-dekabr.

https://review.uz/oz/post/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-

2023-yil-uchun-murojaatnomasi.

4.

O.Narzullayev Hayvonot dunyosi obyektlarini huquqiy muhofaza qilish. “Toshkent davlat

yuridik instituti axborotnomasi”. 2006. №2. 106-bet.

5.

Kriminalistika. Darslik. 2-jild. “Adolat”. -T.: 2003. 13-bet.

6.

M.B.Usmonov Ekologik jinoyatlarni baholash “Hayot va qonun”. 2001. №2-3. 36-bet.

7.

Интернет: www.law.isv.ru.

6

M.B.Usmonov Ekologik jinoyatlarni baholash “Hayot va qonun”. 2001. №2-3. 36-bet.

7

Kriminalistika. Darslik. 2-jild. “Adolat”. -T.: 2003. 13-bet.

References

REFERENCES

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrdagi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni. https://lex.uz/docs/107115.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi 2022-yil 20-dekabr. https://review.uz/oz/post/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-2023-yil-uchun-murojaatnomasi.

O.Narzullayev Hayvonot dunyosi obyektlarini huquqiy muhofaza qilish. “Toshkent davlat yuridik instituti axborotnomasi”. 2006. №2. 106-bet.

Kriminalistika. Darslik. 2-jild. “Adolat”. -T.: 2003. 13-bet.

M.B.Usmonov Ekologik jinoyatlarni baholash “Hayot va qonun”. 2001. №2-3. 36-bet.

Интернет: www.law.isv.ru.

Most read articles by the same author(s)

Ilxomjon Ubaydullayev, Samandar Pirxonov, CRIMINALISTIC DESCRIPTION OF CRIMES IN THE FIELD OF ECOLOGY , Modern Science and Research: Vol. 2 No. 10 (2023): Modern science and research

Ilxomjon Ubaydullayev, DEVELOPMENT OF COMMUNICATIVE COMPETENCE OF LAW STUDENTS WITH THE HELP OF PEDAGOGICAL INNOVATIONS , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 1 (2024): Modern science and research

Ilxomjon Ubaydullayev, FEATURES OF THE INITIATION OF A CRIMINAL CASE ON CRIMES IN THE FIELD OF ECOLOGY , Modern Science and Research: Vol. 2 No. 10 (2023): Modern science and research

Ilxomjon Ubaydullayev , Zilolaxon Ortiqaliyeva , ASPECTS THAT SHOULD BE CONSIDERED IN THE CONDUCT OF CRIMINAL CASES OF MINORS , Modern Science and Research: Vol. 2 No. 10 (2023): Modern science and research

Ilxomjon Ubaydullayev, LEGAL MECHANISMS OF ACTIVITY OF LEGAL TECHNICAL SCHOOLS , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

Ilxomjon Ubaydullayev, EKOLOGIYA SOHASIDAGI JINOYATLAR YUZASIDAN HODISA JOYINI KO‘ZDAN KECHIRISH , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 1 (2025): Modern science and research

Ilxomjon Ubaydullayev, TRAINING OF CREATIVE-COMPETENT PERSONNEL IN PROFESSIONAL EDUCATION IS A PROBLEM , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 1 (2024): Modern science and research

Ilxomjon Ubaydullayev, Shahzodabonu Shavkatova, COMBATING CRIMES IN THE FIELD OF ECOLOGY IS AN URGENT PROBLEM , Modern Science and Research: Vol. 2 No. 10 (2023): Modern science and research

Ilxomjon Ubaydullayev, EKOLOGIYA SOHASIDAGI JINOYATLARNING KRIMINALISTIK JIHATLARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 1 (2025): Modern science and research