Authors

  • Ilxomjon Ubaydullayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.63260

Keywords:

ekologiya atrof-muhit jinoyat kriminalistik tavsif tergov tergovni tashkil etish rejalashtirish.

Abstract

Ushbu tezisda muallif tomonidan bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblangan ekologiya sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurash borasida muhim ahamiyat kasb etadigan jinoyatlarning kriminalisik jihatlari hamda ayrim tergov masalalari xususida fikr yuritilgan.

background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

393

EKOLOGIYA SOHASIDAGI JINOYATLARNING KRIMINALISTIK JIHATLARI

Ubaydullayev Ilxomjon Raxmatovich

Farg‘ona viloyat yuridik texnikumi

“Mutaxassislik fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi, 2-darajali yurist.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14728034

Annotatsiya. Ushbu tezisda muallif tomonidan bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri

hisoblangan ekologiya sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurash borasida muhim ahamiyat kasb etadigan

jinoyatlarning kriminalisik jihatlari hamda ayrim tergov masalalari xususida fikr yuritilgan.

Kalit so‘zlar: ekologiya, atrof-muhit, jinoyat, kriminalistik tavsif, tergov,

tergovni tashkil etish,

rejalashtirish.

КРИМИНАЛИСТИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ЭКОЛОГИЧЕСКИХ ПРЕСТУПЛЕНИЙ

Аннотация.

В данном тезисе автор раскрывает криминальными аспектами преступлений

и некоторыми следственными вопросами, имеющими важное значение в борьбе с преступностью

в сфере экологии, которая считается одной из актуальных проблем современности.

Ключевые понятия:

экология, окружающая среда, преступность, характеристика

преступления, расследование, организация расследования, планирование.

FORENSIC ASPECTS OF ENVIRONMENTAL CRIMES

Abstract.

In this thesis, the author thought about the criminal aspects of crimes and some

investigative issues, which are important in the fight against crime in the field of ecology, which is

considered one of the urgent issues of today.

Key concepts:

ecology, environment, crime, criminal description, investigation, organization of

investigation, planning.

Maʼlumki, 2022 yilning 20 dekabr kuni Muhtaram Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston halqiga murojaat qildi. Ushbu murojaatnoma butun O‘zbekiston

halqi tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Ushbu murojaatnomada kelgusi 2023 yilda davlat va

jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar va islohotlarning ustuvor

yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshqa sohalar singari bugungi kunning nafaqat

O‘zbekistonda, balki jahon miqyosida global muammolardan biriga aylangan ekologiya sohasidagi

yechimini kutayotgan muammolarga ham alohida e’tibor qaratib, “Hozirgi vaqtda butun dunyoda bo‘lgani

kabi O‘zbekistonda ham jiddiy ekologik muammolar paydo bo‘lmoqda. Aksariyat hududlarimizda tuproq

tarkibi buzilib, unumdor yerlar qisqarib borayotgani, cho‘llanish, suv yetishmasligi, qurg‘oqchilik, aholini

toza ichimlik suvi bilan taʼminlash shular jumlasidandir”

1

,- deya taʼkidladi.

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga

Murojaatnomasi 2022-yil 20-dekabr. https://review.uz/oz/post/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-
mirziyoyevning-2023-yil-uchun-murojaatnomasi.


background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

394

Bunday ustivor vazifalardan kelib chiqib, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, milliy boyliklarimiz

hisoblangan barcha tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, ularni ehtiyot qilish, saqlash,

mazkur sohada sodir etiladigan huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish hamda qarshi kurashda

fuqarolar o‘zlarining konstitutsiyaviy burchlariga so‘zsiz rioya qilishlari, huquqni muhofaza qilish

organlari ham o‘z vazifalariga vijdonan yondoshmoqlari lozim.

Dunyoning tabiiy manzarasi o‘z ranglari boyligini shiddat bilan va tiklab bo‘lmas tarzda yo‘qotib

borayapti. Agar biologik rang-baranglik hozirgidek o‘ta jadallik bilan yo‘qolib boraversa, hech kim

hozircha ekologik va maʼnaviy halokatlar miqyosini taxminan ham baholay olmaydi.

2

Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytish mumkinki, yuzaga kelgan holat faol maqsadga yo‘naltirilgan

aralashuvni, hech bo‘lmasa ekologik vaziyatning barqarorligini taʼminlashga qaratilgan aniq choralar

ko‘rilishini talab qiladi. Shu munosabat bilan ekologiya sohasidagi huquqbuzarlik va jinoyatlarga umumiy

va huquqiy baho berish ham o‘zgardi. Atrof muhitni muhofaza qilishda ekologiya sohasidagi jinoyatlarga

qarshi kurashga katta eʼtibor berilmoqda.

Sodir etiladigan barcha jinoyatlar maʼlum bir ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiladi. Bugungi fan

- texnika kundan kunga jadal surʼatda taraqqiy etib, jinoyatlarning ham yangicha ko‘rinishlari paydo

bo‘layotgan davrda jinoyatlarni tez va to‘liq ochish, ularning oldini olish uchun jinoiy ish yuzasidan

tergovni tashkil etish, rejalashtirish, tezkor - qidiruv xodimlari bilan hamkorlik, o‘tkaziladigan tergov

harakatlarining taktik usullarini, umuman, jinoyatlarning tergov qilish uslubiyotlarini ham ilmiy - amaliy

jihatdan takomillashtirib borish talab qilinadi.

Shu sabab ekologiya sohasidagi jinoyatlarning ham sodir etilishiga qarshi kurash masalasi yangi

asrning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Yaqin vaqtlargacha ham sayyoramizning tabiiy boyliklari

behisob, tabiiy muhitning zahiralaridan har qancha foydalanish mumkin degan fikr mavjud edi. Sanoat,

qishloq xo‘jaligi, fan - texnikaning jadal surʼatlarda rivoj topib borishi makon va zamonda tobora kuchayib

borayotgan ifloslanish jarayoni va tabiatga bo‘lgan antropogen salbiy taʼsirlar ushbu fikrning noto‘g‘riligini

ko‘rsatdi. Bugungi kunga kelib insoniyat barcha mavjud tabiiy boyliklarning uchdan bir qismini sarflab

bo‘ldi. Qisqa vaqt ichida atrof - muhitni himoya qilish muammosi bugungi va kelajak avlodning hayoti va

sog‘lig‘iga aloqador bo‘lgan umuminsoniy global muammolardan biriga aylandi.

Zero O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida aynan shu masalaga alohida modda ajratilib

(50-modda), unda fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majbur ekanliklari

burch sifatida belgilab qo‘yildi

3

. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish

to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi insonning yashash uchun qulay atrof tabiiy muhitga ega bo‘lish

huquqi va bu muhitni saqlab qolish borasidagi burchi deb nomlanib, unda O‘zbekiston Respublikasi aholisi

o‘z salomatligi va kelajak avlodning salomatligi uchun qulay tabiiy muhitda yashash, o‘z salomatligini atrof

muhitning zararli taʼsiridan muhofaza qilish huquqiga ega ekanligi, ana shu maqsadda O‘zbekiston

2

O.Narzullayev Hayvonot dunyosi obyektlarini huquqiy muhofaza qilish. “Toshkent davlat yuridik instituti

axborotnomasi”. 2006. №2. 106-bet.

3

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023-y.


background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

395

Respublikasi aholisi tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha jamoat tashkilotlariga birlashish, atrof tabiiy

muhitning ahvoli hamda uni muhofaza qilish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga doir axborotlarni

talab qilish va olish huquqiga ega ekanligi, shu sababli ham O‘zbekiston Respublikasi aholisi tabiiy

resurslardan oqilona foydalanishi, tabiat boyliklariga ehtiyotlik bilan munosabatda bo‘lishi, ekologiya

talablariga rioya etishi shart ekanligi qatʼiy ko‘rsatib qo‘yilgan.

4

Ekologiya sohasidagi jinoyatlar ijtimoiy xavfli, fuqarolarning keng tarqalgan huquqqa xilof

harakatlaridan biri bo‘lib, ularni sodir etish yoki sodir etilishiga yo‘l qo‘yish insoniyat yashab turgan

muhitning yomonlashuviga, kelajak hayot tarzining pasayishiga, o‘limning, kasalliklarning ko‘payishiga,

aholi genofondining buzilishi, nosog‘lom va nochor ekologik hududlarning paydo bo‘lishi, tabiiy

resurslarning tiklanmaydigan darajada tanazzulga uchrashi, yer usti va osti suvlari sifatining yomonlashuvi,

radioaktiv ifloslanishning tarqalishi, atmosfera havosining ifloslanishi va iqlim o‘zgarishi xavfini, oziq-

ovqat mahsulotlari tarkibining buzilishini, umuman, nosog‘lom ekologik sharoit - ijtimoiy tanglikning

o‘sishini keltirib chiqaradi.

Xorij olimlari tomonidan ham bu turdagi jinoyatlarning latentlik darajasi yuqori ekanligi

taʼkidlanadi.

5

Ekologiya sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashning hozirgi ahvoli haqida so‘z yuritganda,

bu fikrlariga qo‘shilish o‘rinlidir.

Bundan tashqari, “...ekologik jinoyatlarni sodir etgan aybdorlarga nisbatan aksariyat hollarda

maʼmuriy jazo qo‘llash bilan kifoyalanib qolinadi. Albatta masalaga bunday yondashish ekologik

muammolarning yanada keskinlashuviga, uning tirik mavjudotlar uchun xavfi yanada oshishiga, ekologik

jinoyatlarni sodir etishning yanada ko‘payishiga olib keladi”.

6

Har bir jinoyat ishlari bo‘yicha tergov jarayonini samarali olib borish uchun tergovchi va

surishtiruvchilarga, avvalo, tergov qilinayotgan turdagi jinoyatlarning batafsil kriminalistik tavsifini bilish

talab qilinadi. Bu haqda prof. G.Abdumajidovning fikrlariga eʼtibor qaratish o‘rinlidir: “Jinoyatlarning

kriminalistik tavsifi jinoyat va jazo to‘g‘risidagi qonunda belgilab qo‘yilgan ijtimoiy jihatdan xavfli

g‘ayrihuquqiy qilmishlarning ko‘rib chiqilayotgan turlari eng muhim tomonlari to‘g‘risidagi

umumlashtirilgan daliliy maʼlumotlardan hamda ularga asoslangan ilmiy xulosalar va tavsiyalar tizimidan

iborat bo‘ladi. Kriminalistik tavsiflarni bilish jinoyat ishlarini tez, har tomonlama va xolisona tergov

qilishni tashkil etish uchun zarurdir”.

7

Albatta barcha jinoyatlarni muvaffaqiyatli tergov qilish hamda fosh etishda ularning, shu jumladan

ekologiya sohasidagi jinoyatlarning ham kriminalistik jihatlariga alohida eʼtibor qaratish, sinchkovlik bilan

o‘rganish talab etiladi.

4

O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrdagi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni.

https://lex.uz/docs/107115.

5

Интернет: www.law.isv.ru

6

M.B.Usmonov Ekologik jinoyatlarni baholash “Hayot va qonun”. 2001. №2-3. 36-bet.

7

Kriminalistika. Darslik. 2-jild. “Adolat”. -T.: 2003. 13-bet.


background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

396

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

2.

O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrdagi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni.

https://lex.uz/docs/107115.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga

Murojaatnomasi 2022-yil 20-dekabr. https://review.uz/oz/post/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-

shavkat-mirziyoyevning-2023-yil-uchun-murojaatnomasi.

4.

O.Narzullayev Hayvonot dunyosi obyektlarini huquqiy muhofaza qilish. “Toshkent davlat yuridik

instituti axborotnomasi”. 2006. №2. 106-bet.

5.

Kriminalistika. Darslik. 2-jild. “Adolat”. -T.: 2003. 13-bet.

6.

M.B.Usmonov Ekologik jinoyatlarni baholash “Hayot va qonun”. 2001. №2-3. 36-bet.

7.

Интернет: www.law.isv.ru.

References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrdagi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni. https://lex.uz/docs/107115.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi 2022-yil 20-dekabr. https://review.uz/oz/post/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-2023-yil-uchun-murojaatnomasi.

O.Narzullayev Hayvonot dunyosi obyektlarini huquqiy muhofaza qilish. “Toshkent davlat yuridik instituti axborotnomasi”. 2006. №2. 106-bet.

Kriminalistika. Darslik. 2-jild. “Adolat”. -T.: 2003. 13-bet.

M.B.Usmonov Ekologik jinoyatlarni baholash “Hayot va qonun”. 2001. №2-3. 36-bet.

Интернет: www.law.isv.ru.

Most read articles by the same author(s)

Ilxomjon Ubaydullayev, Samandar Pirxonov, CRIMINALISTIC DESCRIPTION OF CRIMES IN THE FIELD OF ECOLOGY , Modern Science and Research: Vol. 2 No. 10 (2023): Modern science and research

Ilxomjon Ubaydullayev , EKOLOGIYA SOHASIDAGI JINOYATLARNING KRIMINALISTIK JIHATLARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 1 (2025): Modern science and research

Ilxomjon Ubaydullayev, DEVELOPMENT OF COMMUNICATIVE COMPETENCE OF LAW STUDENTS WITH THE HELP OF PEDAGOGICAL INNOVATIONS , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 1 (2024): Modern science and research

Ilxomjon Ubaydullayev, FEATURES OF THE INITIATION OF A CRIMINAL CASE ON CRIMES IN THE FIELD OF ECOLOGY , Modern Science and Research: Vol. 2 No. 10 (2023): Modern science and research

Ilxomjon Ubaydullayev , Zilolaxon Ortiqaliyeva , ASPECTS THAT SHOULD BE CONSIDERED IN THE CONDUCT OF CRIMINAL CASES OF MINORS , Modern Science and Research: Vol. 2 No. 10 (2023): Modern science and research

Ilxomjon Ubaydullayev, LEGAL MECHANISMS OF ACTIVITY OF LEGAL TECHNICAL SCHOOLS , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

Ilxomjon Ubaydullayev, EKOLOGIYA SOHASIDAGI JINOYATLAR YUZASIDAN HODISA JOYINI KO‘ZDAN KECHIRISH , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 1 (2025): Modern science and research

Ilxomjon Ubaydullayev, TRAINING OF CREATIVE-COMPETENT PERSONNEL IN PROFESSIONAL EDUCATION IS A PROBLEM , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 1 (2024): Modern science and research

Ilxomjon Ubaydullayev, Shahzodabonu Shavkatova, COMBATING CRIMES IN THE FIELD OF ECOLOGY IS AN URGENT PROBLEM , Modern Science and Research: Vol. 2 No. 10 (2023): Modern science and research