Authors

  • X.U. Samatov
  • Odiljon Tilloyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.33002

Abstract

Through this article, we have thought about the relationship to computer games and the effects of computer games on people.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

790

KOMPYUTER O’YINLARGA BO’LGAN QARASHLARNING SOTSIOLOGIK

TAHLILI

X.U. Samatov

Ilmiy rahbar.

Tilloyev Odiljon

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Samarqand filiali Kompyuter injineringi fakulteti DI 21-10-guruhi talabasi.

Telefon raqami: +998934225043

Elektron pochta manzili:

tilloyevodil@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.11236112

Annotatsiya.

Bu maqola orqali biz hozirgi kunda kompyuter o’yinlarga bo’lgan

munosabatlar va kompyuter o’yinlarning insonlarga ta’sirlari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so’zlar:

kompyuter o’yinlari, mualliflik huquqi, farzand tarbiyasi.

SOCIOLOGICAL ANALYSIS OF VIEWS ON COMPUTER GAMES

Abstract.

Through this article, we have thought about the relationship to computer games

and the effects of computer games on people.

Key words:

computer games, copyright, child education.

СОЦИОЛОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ВЗГЛЯДОВ НА КОМПЬЮТЕРНЫЕ ИГРЫ

Аннотация.

В этой статье мы задумались об отношении к компьютерным играм

и влиянии компьютерных игр на людей.

Ключевые слова:

компьютерные игры, авторское право, образование детей.

Zamon rivojlanib o’zining cho’qqi nuqtasini axtarib borar ekan, bu biz insonlar uchun o’z

ta’sirini o’tkazmay qolmaydi. Biz har qanday holatda yoki ko’rinishda jamiyat bilan o’zaro
munosabat – ta’sirga kirishamiz. Mana shu ta’sirlar doirasida inson o’zligini yuqotib qo’yishi hech
gap emasday tuyilib qolmoqda. Insonlarga bugungi kunda birinchi darajali ehtiyojidan tashqari
juda ko’plab narsalar kerak bo’lmoqda. Bizga endilikda birinchi zaruriy omillardan tashqari
ikkilamchilari ham muhim hisoblanmoqda va avvalari juda oddiy ko’ringan narsalar ham zarurat
darajasiga chiqmoqda. Odamlar internetga gadjetlarga berilib borishida katta o’rin egallayotgan
omillardan biri bu - o’yinlardir.

XXI raqamli texnologiyalar asri bo’lishga ulgurdi deb haqli ravishda ayta olamiz. Biz

hozirda bir necha klik orqali ovqat buyurtma qilishimiz, taksi chaqirishimiz, chipta xarid qilishimiz
mumkin bo’lib qolmoqda. Bizga endi avvalgi kabi qayerga borishimizni taksiga tushuntirish shart
bo’lmay qoldi. Bunday omillar esa bizni insonlar bilan o’zaro aloqalaramizni yanada susaytirib
qo’ymoqda. Mana shunday aloqalarni susaytirib borayotgan omillardan yana biri sifatida
kompyuter o’yinlarni olish mumkin. Muntazam o’yin o’ynash davomida inson o’zining
jamiyatdan uzilayotganligini sezmay qolishi hech gap emas.

Kompyuter o’yinlari bizga qayerdan kelib qolgan degan savolga javob izlasak? Birinchi

kompyuter o‘yini «Space War» bo‘lgan. Keng ko‘lamdagi foydalanuvchilar dan farqli, bu o‘yinni
o‘ynash imkoniyati faqat o‘tgan asrning 60-yillarida kompyuterda ish olib boruvchi dasturchilarda
bo‘lgan, xolos. O‘yinning mazmuni shundan iborat ediki, ekran bo‘ylab qarama-qarshi uchayotgan
2 ta kosmik kema bir-biriga hujum qilishi va kim birinchi bo‘lib otib tushirishi zarur edi. O‘xshash


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

791

o‘yinlarni o‘yin avtomatlari joylashgan xonalarda uchratish mumkin edi. 1971-yili Nolan Bashnell
«Computer Space» deb nomlangan eng birinchi kompyuter o‘yinini yaratadi, lekin shu yilning
o‘zidayoq omma orasida katta qiziqish uyg‘otmaganligi sababli tezda unutiladi, muvaffaqiyat
qozonmaydi. Yangi o‘yinni yaratishdan oldin Nolan Bashnell «ATARI» deb nomlagan shaxsiy
kompaniyasiga asos soladi. Ishni 1972-yilda yaratilgan «Pong» o‘yinidan boshlashga to‘g‘ri
keladi. U hisobdagi uchinchi o‘yin edi, ammo o‘zining taniqliligi bilan «Birinchi kompyuter
o‘yini» hisoblanar edi. O‘yinning mazmuni shundan iborat ediki, ekranning ikkala tomonida
yuqori yoki pastga harakatlanuvchi tayoqchalar uchib kelayotgan g‘ishtchalarni xuddi tennis
o‘yiniga o‘xshash holda qaytarishi lozim edi. To‘rt yildan so‘ng Nolan o‘zining «ATARI»
kompaniyasini 26 million dollarga sotadi. Shu yilning o‘zida Stiv Jobs va Stiv Voznyak o‘z ish
faoliyatini kompyuter o‘yinlarini yaratish bo‘yicha sinab ko‘rmoqchi bo‘ladilar. Mashhurlikni esa
ularga «Arconoid» deb nomlangan o‘yin keltiradi.

Bunday samimiy va quvnoq o’yinlar albatta o’z davri uchun qiziqarli bo’lgan. Ammo

haqiqiy industriya bo’lib shakllansih uchun kamlik qilar edi. Buning uchun esa kompyuterlar kuchi
oshib borgandan keyingin erishila boshlandi. To’g`rirog`i kompyuterlarga kuchliroq videokarta
qo’yilish boshlangandan. Endi odamlar faqatgina oq-qora emas, balki ranglardan bahramand
bo’lishi mumkin edi. Bu sabablar bilan 2000-yillarga kelib o’yinlar kichik jamoalar tomonidan
emas, balki butun boshli studiyalarda chiqarilib, unga yuzlab odamlar yaratilishiga hissa
qo’shishgan. Bu davrga kelib studiyalar bahslashishga kirishishdi. Endi ular foydalanuvchi
e’tiborini o’zida ushlab qolish uchun har qanday murakkab ko’ringan o’yinni yaratib bera olar edi.

Aynan shu sabab bo’ldiki o’yinlar turlari ko’paygandan ko’paydi. Poyga, urush, qurolli

poyga, ochiq olam, simulyator janrlari shakllandi. O’yin ishlab chiquvchilar o’rtasidagi bahslar
o’yinlarni butun iqtosidiyot darajasiga olib chiqdi. Eng katta franshizalar yaratildi. Eng
mashhurlari misolida quyidagilarni keltirishim mumkin: Call of duty, Counter Strike, Assasin
Creed, Far Cry, Grand theft auto, Mafia, Need for speed. Bunday o’yinlar bir necha qismli filmlar
kabi har yili yangi qismlari chiqarildi. Bu esa har yili foydalanuvchilarning bu o’yinlarni sotib
olishga majbur etar edi. O’yinlar rivojlanish tarixini o’rganar ekanmiz, karantin davrini yodga
olmay o’tish joiiz emas. Chunki aynan karantinda odamlar bo’sh vaqtlarini o’tkazish uchun
o’yinlarga kirishdi. Bu esa industriya uchun kattagina foyda olib keldi. Tarix sahnasiga VR kirib
kelishi bilan u uchun o’yinlar yaratila boshlandi. VR o’yinlar bu to’liq sifatdagi kelajak
o’yinlaridir.

O’yin ishlab chiquvchilar o’yinlarga donat tizimini qo’shish orqali o’z maanfatlarini

ko’zlasalarda, bu o’yinchilar uchun o’yindagi predmetlarga egalik qilish imkoniyatini beradi. Bu
esa o’z navbatida o’zining zararli tomonlarini ko’rsatmay qolmadi. Odamlar juda ko’p pulni
o’yinlarga sarflashdi.

O’yin ishlab chiquvchilar o’yinlari rivoji uchun turnirlar o’tkazishadi. Wikipedia.org ning

bergan ma’lumotlariga ko’ra Valve kompaniyasi Dota o’yini bo’yicha 2021-yilda umumiy yutuq
qiymati 40 mln dollarga teng chempionat o’tkazadi. Bu chempionatda Team Spirit jamoasi
birinchi o’rinni qo’lga kiritib 3 mln dollarga egalik qiladi. Bu raqamlar shuni bildiradiki o’yinlar
iqtisodiyot uchun ham ajralmas bo’lakdir. Birgina Minecraft o’yini 2020-yilda 1.1 mlrd dollar
foyda olib kelgan.

Kompyuter o’yinlari zararlari


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

792

Bu keltirilgandan shuni aytish mumkinki, bu barcha o’yinlar inson sog`lig`i uchun katta

xavf tug`diradi. Yosh bola olamni reallikcha qabul qilishi qiyinlashadi. Ko’p internetda
o’tkazilgan vaqt kishida atrofdan uzilib qolish hissini yuzaga keltiradi. Bularning bari kompyuter
qaramligiga olib keladi. Bu esa eng katta xavflardan biri hisoblanadi. Tabiiy ravishda kompyuter
o’yinlari hech qanday foyda olib kelmaydi, qachonki kompyuter oldida soatlab o’tirilsa. Bu
umurtqa pog`onasi kasalliklariga olib kelishi tibbiyot tomonidan tasdiqlangan. Enga katta
xavflardan yana biri bu ko’z nuriga xavf. Kompyuter oldida o’tirganda deyarli hech kim ko’z
mashqlarini bajarmaydi. Bu keyinchalik charchoq, bosh og`rig`i keltirib chiqaradi.

Kompyuter o’yinlarining foydali tomonlari

Kompyuter o’yinlari bolalar uchun foydali ta’sirlarga ham ega. Ko’pchilik bunga ishona

olmaydi. Ko’plab syujetlar, qahramonlar, yangi xaritalar bolada dunyoqarashni kengaytiradi.

Undagi yangi kashfiyotlarga bo’lgan qiziqishni oshiradi. Mening Assasins Creed o’yinini

o’ynab keyin tarixga qiziqib qolgan tanishim bunga yaqqol misol bo’la oladi. O’yinlardagi pozitiv
kayfiyat insonga ruh bag’ishlasa, qahramon boshiga tushgan qayg`u o’yinchini ham o’ylantirib
qoladi. Bu esa turli xil emotsiyalarni sinab ko’rish uchun imkoniyat. O’yinlar o’ynash orqali
boladagi dunyoqarash, eslab qolish qobiliyati, xotira, mantiq shakllanadi. Kompyuter o’yinlari
kompyuter bilan ishlash tezlgini oshirishga katta xizmmat ko’rsatadi. O’yinlar ortidan
kompyuterlarga keyin esa dasturlashga qiziqish paydo bo’ladi. Yana shuni ham eslab o’tish joizki
kompyuter o’yinlarini ta’lim jarayoniga tas’is etish katta muvaffaqiyatga olib keladi.

Tengdoshlarim o’rtasidagi kompyuter o’yinlariga munosabat

Kompyuter o’yinlari tengdoshlarimga qanchalik ta’sir o’tkazishini tahlil qilish maqsadida

Google formsda 7 ta savoldan iborat so’rovnoma o’tkazdim. Bu so’rovnomada 60 kishi ishtirok
etdi. Uning natijalari quyidagicha:

1)Yoshingiz nechada?

10-18 yosh oralig`i – 8,3%
18-30 yosh oralig`i – 90%

30

yoshdan katta – 1,7%

2)Kompyuter o'yin o'ynab turasizmi?

Ha ba'zan – 43,3%
Doimo o'ynab boraman – 28,3%
Yo'q umuman o'ynamayman – 28,3

3)

Qanday o'yinlar o'ynab turasiz?

Faqat telefonda vaqt o'tkazish uchunboshqotirma o'yinlar yoki Time Killerlar –

35%

Telefonda professional tarzda o'ynabboraman – 15%

Kompyuterda o'ynayman – 21,7%

Kamdan - kam o'yin o'ynayman yoki umuman o'ynamayman – 35%

4)

O'yinlar uchun kun davomida qancha vaqt ajratasiz?

30 daqiqadan kamroq – 40 %

1 soatgacha – 15%

1 - 2 soat – 33,3%

2 -3 soat – 8,3%


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

793

3 soatdan ko'p – 3,3%

5)

O'yinlar agar pulli bo'lsa ularni sotib olish uchun pul sarflagan bo'lar

edingizmi?

Ha albatta – 1,7%

O'yin turiga qaragan bo'lar edim – 36,7%

Yo'q hech qachon – 61,7%

6)

O'yin o'ynashga bo'lgan fikringiz qanday?(Bir nechta variant)

O'yinlarni juda zararli va bekorchilik deb hisoblayman. – 30%

O'yinlar odamlarni tajovuzkor qilibqo'yadi – 8,3%

Buni normal holat deb qabul qilaman – 61,7%

O'yinlarni foydali deb bilaman – 26,7%

7)

Sizga qanday turdagi va janrdagi o'yinlar yoqadi yoki ko'payishini xohlagan

bo'lar edingiz? (Bir nechta variant)

Poyga o'yinlari (Transportlarga asoslangan) – 31,7%

Harbiy o'yinlar (Taktika va qurollar fizikasiga asoslangan o'yinlar) – 43,3%

Simulyator o'yinlar – 25%

Musobaqa ko'rinishidagi o'yinlar – 35%

Strategik o'yinlar – 30%

Rolli o'yinlar (Personajni boshqarish bilan syujet boradigan o'yinlar) – 20%

Horror o'yinlar (Qo'rqinchli o'yinlar) – 6,7%

Boshqotirma o'yinlar – 53,3%

So’rovnomadan shunday xulosaga kelamizki, mening tengdoshlarim, o’yinlarga

katta qiziqish bildirishmas va ko’p vaqt sarflashmas ekan. O’yin o’ynash normal holat ekanligi
ko’pchilik uchun ayon ekan. Yoshlar eng katta qismi 30 daqiqadan kamroq vaqt o’yin o’ynashlari
ham quvonarli hol albatta. O’yin turlariga esa ko’pchilikning qarashlari o’zgacha ekan. O’yin
turlariga bo’lgan qiziqishning eng katta qismi boshqotirma o’yinlarga to’g`ri kelishi ham kishini
xursand qiladi.

So’rovnamada ahamiyatga molik yana bir band bor ediki bu ham bo’lsa, o’yinlar uchun

pul sarflagan bo’lar edingizmi savoli. Mening fikrimcha aksincha bo’lishi kerak edi. Lekin meni
hayratga solar darajadagi bu natija ya’ni 61,7% odam o’yin uchun pul sarflashni joiz ko’rmas ekan.

Biz tushunishimiz kerakki, o’yinlar ham har qanday boshqa san’at asari kabi mualliflik

huquqiga. Muallif bu uchun qancha oylarini kerak bo’lsa yillarini sarf etgan. Biz esa uni shunchaki
asarni sotib olibgina unga moddiy ko’mak bera olamiz. Ertaga adabiyotchi kitobidan foyda
olmasa, qo’shiqchi qo’shib aytib qorin to’qlolmasa, u pul topish ilinjida boshqa ish bilan
shug`ullana boshlaydi. Bu esa bizni kelajakdagi ehtimoliy buyuk san’at asarlaridan mahrum etadi.

Bizning birgina kichik qadamimiz orqali butun butun xalqimiz uchun xizmat qilgan

bo’lamiz. Youtubening monetizatsiya tizimi O’zbekistonda ishlamayotganligi sababi ham aynan
shunda deb bilaman. O’yinlarni sotib olish orqali esa mualliflik huquqi himoyalangan hisoblanadi.

Xulosa

Kompyuter o’yinlari xotiramiz va miyamiz uchun juda foydalidir. O’yinlar bizdagi

fikrlash, tasavvur qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Kompyuter insonga yomon ta’sirga ham
egadir. Hattoki kompyuter monitorining noto’g`ri joylashuvi ham sog`liq uchun xavfdir.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

794

Kompyuter o’yinlarini doimiy o’ynaydiganlar sport bilan shug`ullanishni kanda

qilmasliklari lozim. Kerakli vaqtda ko’z mashqlarini qilish va tog`ri o’tirish orqali kompyuterni
inson do’stiga aylantirish mukindir.

Shuni tushunib yetishimiz kerakki, kompyuter o’yinlari zararli ham foydali ham emas.
Ularni shunchaki dam olish maqsadida film ko’rish yoki do’stlar bilan suhbatlashish

o’rniga kun tartibiga kiritish mukin. Yana shuni aytish mumkinki bolaga istaganingcha o’yna
deyish ham o’ynama deyish ham noto’g`ri. Oltin o’rtalikni topa bilish lozim. Zero asalning ham
ozi shirindir!


REFERENCES

1.

Wikipedia.org

sayti

Компьютерные игры maqolasi.

2.

“Негативное влияние компьютерных игр” Чумпурова И. Г maqolasi.

3.

«Компьютерные игры – хорошо или плохо?»

Филатова Вероника Романовна. [20]

2013-2014.

4.

nkj.ru

sayti.

5.

Informatika: umumiy o’rta ta’lim maktablarining 5-sinf o’quvchilari uchun darslik /
D.Kamolitdinovna. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2016. 72-bet

6.

Степанова М. Как обеспечить безопасное общение с компьютером. // Народное
образование. – 2003, № 2. – С.145-151.

References

Wikipedia.org sayti Компьютерные игры maqolasi.

“Негативное влияние компьютерных игр” Чумпурова И. Г maqolasi.

«Компьютерные игры – хорошо или плохо?» Филатова Вероника Романовна. [20] 2013-2014.

nkj.ru sayti.

Informatika: umumiy o’rta ta’lim maktablarining 5-sinf o’quvchilari uchun darslik / D.Kamolitdinovna. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2016. 72-bet

Степанова М. Как обеспечить безопасное общение с компьютером. // Народное образование. – 2003, № 2. – С.145-151.

Most read articles by the same author(s)

X.U. Samatov, Jasur Xayitmurodov, ISLOMDA MUSTAHKAM OILA QURISH TAMOYILLARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

X.U. Samatov, Dilshodbek Tojiboyev, O’ZBEKISTONDA DIN VA DAVLAT MUNOSABATLARINING HUQUQIY ASOSLARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

X.U. Samatov, Urolbek Sobirov, DINNING IJTIMOIY XAYOTDAGI O’RNI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

X.U. Samatov, Saidburxoniddin Omanullayev, VIRTUAL O’YINLARNING INSON ONGIGA TA’SIRINI O’RGANISH: KENG QAMROVLI TAHLIL , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

X.U. Samatov, Sardor Sattorov, O'ZBEKISTONDA OILA INSTITUTLARNING MUSTAHKAMLASHNING IJTIMOIY-IQTISODIY ASOSLARI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

X.U. Samatov, Asqar Ziyotov, DINSHUNOSLIK VA MA’NAVIY QADRIYATLAR , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

X.U. Samatov, Shahriyor Qayumov, DINIY BILIMLARNI YOSHLARGA YETKAZISHNING AHAMIYATI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

X.U. Samatov, Zarnigor Xudoyberdiyeva, YOSHLAR TARBIYASIDA ISLOMIY AN'ANALAR VA ULARNING SHAKLLANTIRISH MEZONLARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

X.U. Samatov, Jamshid Ramazonov, IJTIMOIY TARMOQLAR FAOLIYATIGA INSONLARNING MUNOSABATI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

X.U. Samatov, Azimjon Fayzullayev, IJTIMOIY TENDENSIYALARNI O‘RGANISH:SOTSIOLOGIK TAHLIL , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

1 2 3 > >>