Authors

  • X.U. Samatov
  • Zarnigor Xudoyberdiyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.86698

Keywords:

Islomiy an’analar yoshlar tarbiyasi axloq ma’naviyat Qur’on Hadis diniy qadriyatlar tarbiya usullari oila jamiyat mas’uliyat ilm.

Abstract

Yoshlar tarbiyasi har bir jamiyatning kelajagini belgilab beruvchi eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada yosh avlodni ma’naviy, axloqiy va ruhiy jihatdan kamolga yetkazishda islomiy qadriyatlar, diniy an’analar va urf-odatlarning o‘rni chuqur tahlil qilinadi. Islom dini doimo inson axloqini yuksaltirish, halollik, poklik, sabr-toqat, ota-onaga hurmat, ilm olish kabi qadriyatlarga urg‘u bergan. Maqolada Qur’oni karim va hadisi shariflar asosida islomiy tarbiya metodlari, yoshlar ongini shakllantirishdagi asosiy vositalar va ularning zamonaviy sharoitda qanday qo‘llanilishi muhokama qilinadi. Shuningdek, maqolada islomiy an’analarni yoshlar tarbiyasiga tatbiq etishda samarali yondashuvlar, muhitning roli va tarbiyaning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi haqida fikr yuritiladi.

background image

234

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

YOSHLAR TARBIYASIDA ISLOMIY AN'ANALAR VA ULARNING

SHAKLLANTIRISH MEZONLARI

X.U. Samatov

Ilmiy rahbar: Falsafa fanlar doktori dotsenti

Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti

Samarqand filiali Kompyuter injiniring fakulteti DI_24-07 guruhi talabasi

Xudoyberdiyeva Zarnigor Bobojonovna

Elektron pochta manzili

:

xudoyberdiyevazarnigor084@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15379478

Annotatsiya. Yoshlar tarbiyasi har bir jamiyatning kelajagini belgilab beruvchi eng

muhim omillardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada yosh avlodni ma’naviy, axloqiy va ruhiy
jihatdan kamolga yetkazishda islomiy qadriyatlar, diniy an’analar va urf-odatlarning o‘rni
chuqur tahlil qilinadi. Islom dini doimo inson axloqini yuksaltirish, halollik, poklik, sabr-toqat,
ota-onaga hurmat, ilm olish kabi qadriyatlarga urg‘u bergan. Maqolada Qur’oni karim va
hadisi shariflar asosida islomiy tarbiya metodlari, yoshlar ongini shakllantirishdagi asosiy
vositalar va ularning zamonaviy sharoitda qanday qo‘llanilishi muhokama qilinadi. Shuningdek,
maqolada islomiy an’analarni yoshlar tarbiyasiga tatbiq etishda samarali yondashuvlar,
muhitning roli va tarbiyaning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi haqida fikr yuritiladi.

Kalit so‘zlar:Islomiy an’analar, yoshlar tarbiyasi, axloq, ma’naviyat, Qur’on, Hadis,

diniy qadriyatlar, tarbiya usullari, oila, jamiyat, mas’uliyat, ilm.

ISLAMIC TRADITIONS IN YOUTH EDUCATION AND THE CRITERIA FOR

THEIR FORMATION

Abstract. The upbringing of youth is one of the most important factors determining the

future of any society. This article analyzes the role of Islamic values, religious traditions, and
customs in the spiritual, moral, and psychological development of the younger generation. Islam
has always emphasized the importance of honesty, purity, patience, respect for parents, and the
pursuit of knowledge. The article explores Islamic educational methods based on the Qur'an and
Hadith, the main tools in shaping youth consciousness, and how these methods are applied in the
modern world. It also discusses effective approaches to instilling Islamic traditions in youth, the
role of environment, and step-by-step educational strategies.

Keywords: Islamic traditions, youth education, morality, spirituality, the Qur’an, Hadith,

religious values, educational methods, family, society, responsibility, knowledge.

ИСЛАМСКИЕ ТРАДИЦИИ В ВОСПИТАНИИ МОЛОДЕЖИ И КРИТЕРИИ

ИХ ФОРМИРОВАНИЯ

Аннотация. Воспитание молодежи является одним из важнейших факторов,

определяющих будущее любого общества. В данной статье анализируется роль
исламских ценностей, религиозных традиций и обычаев в духовном, нравственном и
психологическом развитии подрастающего поколения. Ислам всегда придавал большое
значение таким качествам, как честность, чистота, терпение, уважение к родителям и
стремление к знаниям. В статье рассматриваются исламские методы воспитания на
основе Корана и хадисов, основные средства формирования сознания молодежи и их
применение в современных условиях. Также обсуждаются эффективные подходы к
внедрению исламских традиций в воспитание молодежи, роль среды и поэтапные
стратегии воспитания.


background image

235

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Ключевые слова: Исламские традиции, воспитание молодежи, нравственность,

духовность, Коран, хадисы, религиозные ценности, методы воспитания, семья,
общество, ответственность, знания.


KIRISH

Bugungi globallashuv davrida axborot oqimining haddan ziyod kuchaygani, internet,

ijtimoiy tarmoqlarning keng yoyilgani sababli, yoshlarning ma’naviy olami ko‘plab tahdidlarga
duch kelmoqda. O‘zligini yo‘qotish, begona g‘oyalar, g‘arblik madaniyat ta’sirida milliy
qadriyatlardan uzoqlashish holatlari uchramoqda. Shu sababli yosh avlodni barkamol qilib
tarbiyalash, ularning dunyoqarashi, axloqiy fazilatlarini to‘g‘ri shakllantirish — bugungi kunning
eng muhim vazifasidir. Islom dini — tinchlik, mehr-oqibat, adolat va halollik dini bo‘lib, yoshlar
tarbiyasida ulkan o‘rin tutadi. Asrlar davomida ajdodlarimiz Qur’on va Hadis asosida
farzandlarini tarbiyalab, ularni jismoniy, ruhiy va ma’naviy jihatdan sog‘lom etib voyaga
yetkazganlar. Islomiy an’analar orqali yoshlar axloqiy jihatdan yuksak, ijtimoiy mas’uliyatli va
ilmga chanqoq insonlar sifatida shakllanadi. Mazkur maqolada yoshlar tarbiyasida islomiy
an’analarning ahamiyati, ular qanday shakllanadi, qaysi mezonlar asosida yosh avlodga
singdiriladi, degan savollarga ilmiy asosda javob beriladi.

ASOSIY QISM

Islomiy an’analar — bu musulmon jamiyatlarida asrlar davomida shakllanib kelgan,

Qur’on va Hadisga asoslangan, ijtimoiy hayotni tartibga soluvchi odatlar, qadriyatlar, axloqiy
me’yorlar majmuasidir. Bu an’analar orasida: Ota-onaga bo‘lgan hurmat, to‘g‘rilik va
rostgo‘ylik, halollik, odob-axloq, mehr-oqibat, zakot berish, yetim-esirlarni himoya qilish, ilm
olish va ilmga hurmat, jamoatga foyda keltirish kabi qadriyatlar mavjud.

Ajdodlarimiz ilm, odob va dinni uyg‘unlashtirib, o‘z bolalarini «ilmli bo‘l, lekin odobsiz

bo‘lma», deb tarbiyalaganlar.

Islomiy tarbiyaning yoshlar uchun foydasi Islomiy tarbiya yosh avlodni quyidagicha

shakllantiradi: Axloqiy fazilatlarni rivojlantiradi: sabr, shukr, halollik, rostgo‘ylik, insof,
vafodorlik.

Mas’uliyat hissini oshiradi: o‘z oilasi, jamiyati va ummati oldidagi burchini anglaydi.
Ilmga muhabbat uyg‘otadi: Hadisda aytilgan: "Ilm olish har bir musulmon erkak va

ayolga farzdur."

Nafs ustidan nazoratni kuchaytiradi: harom va halol tushunchasini yaxshi tushunadi.
Yomon odatlardan saqlaydi: ichkilik, qimor, beodoblik, g‘iybat, yolg‘on — har biri

Islomda qoralangan.

Islomiy tarbiyaning shakllanish mezonlari Islomiy tarbiya muayyan mezonlar asosida

amalga oshiriladi.

a) Ilmga asoslangan tarbiya: Qur’on va Hadisni tushunishga asoslangan tarbiya eng

mukammal tarbiya sanaladi. Bolaga Alloh sevgisi, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hayoti, sahobalar
namunasi misolida tarbiya beriladi.

b) Amaliy o‘rnak orqali tarbiya: Farzand ota-onaning amallariga qarab ulg‘ayadi.
Ustozlar, jamiyat yetakchilari ibrat bo‘lishi lozim.
c) Muhit mezoni: Yoshlar qanday muhitda ulg‘aymoqda? Do‘stlar kim? Uydagi tarbiya

qanday? Mahalla, maktab, universitetda qanday ruhiyat hukm surmoqda?

d) Vaqt va bosqich: Islomiy tarbiya bosqichma-bosqich, yoshga mos, sabr bilan amalga

oshiriladi. Zorlamasdan, tushuntirish orqali.


background image

236

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

e) Texnologiya va media bilan uyg‘unlik: Bugungi kunda media vositalari islomiy ruhda

bo‘lishi, yoshlar orasida diniy-ma’naviy kontentlar ko‘paytirilishi kerak. Islomiy tarbiyani
kuchaytirish yo‘llari oila ichida diniy suhbatlar o‘tkazish,bolalarga diniy kitoblar, bolalar uchun
yozilgan hadislar va suralar berish,masjid va mahallalarda yoshlar uchun diniy-ma’rifiy tadbirlar
tashkil qilish,diniy bloglar, kanallar, ijtimoiy tarmoqlarda yoshlar uchun foydali sahifalarni
rivojlantirish, ustoz-shogird tizimini jonlantirish.

Ma'naviyatimizning o'zagi milliy - an'analarimiz oila bag'rida, mahalla ostonasida

shakllanib kamol topgan bo'lib, asrlar davomida ajdodlarimizdan avlodlarga meros sifatida etib
kelgan urf odatlarimiz, qadriyatlarimiz, an'analarimiz ham milliyligimiz ramzi bo'lib, katta
qadrga ega dir. Yoshlar jamiyatning eng katta va harakatchan qismi hisoblanadi. Shuning uchun
ham ularni har doim kuzatib, nazorat qilish zamonning dolzarb masalalari qatoriga kiradi.Hozirgi
davrda taraqqiyotimiz uchun xavfli bo'lgan, yoshlar ma'naviyatiga salbiy ta'sir etuvchi, yoshlarni
dushmanlik ruhida tarbiyalaydigan buzg'unchi g'oyalarga qo'shimcha ta'sirlar sifatida quyidagi
vositalardan ham foydalanilmoqda, bular: internet, sputnik aloqalari, badiiy adabiyot, gazeta va
jurnallar, san'at (tasviriy san'at, haykaltaroshlik, kino, seriallar, musiqa, raqs) orqali salbiy ta'sir
o'tkazishdir. Bunday tahdidlarning turlari, ularning xususiyatlari ba'zan oshkora va ba'zan o'ta
maxfiy, ichki, yashirin bo'ladi, bu maqsadlarni bilish va o'z vaqtida anglash hamda unga qarshi
javob berish uchun, yoshlar yuksak ma'naviyatli, g'oyaviy ongli, ma'naviy barkamol bo'lishlari
shart. Faqat shunday yoshlargina bunday ta'sirlardan himoyalanishga qodir bo'ladi. Hozirgi
kundagi mavjud bo'lgan mazkur mafkuraviy va ma'naviy xurujlarning maqsad va mohiyatini o'z
vaqtida anglab oladigan va ularga qarshi o'z fikri va mustaqil dunyoqarashiga ega bo'lgan
barkamol avlodni tarbiyalashda milliy qadriyatlarning o'rni beqiyosdir. Milliy qadriyatlar insonni
o'z-o'zini anglashi, milliy g'ururga ega bo'lishi, o'z millati va uning tarixi bilan faxrlanuvchi,
yuksak ideallarga intiluvchi va mehnatsevar, iymonli va insofli, o'tmish ajdodlar va keksalarga
nisbatan izzat-hurmatli hamda yurt taqdirini o'z taqdiri bilan bir deb hisoblovchi shaxs bo'lib
etishishi uchun xizmat qiladi. Yoshlar faolligini ta'minlashning yana bir muhim yo'nalishi ular
ongida milliy urf-odat va an'analarni shakllantirishdir. Milliy urf-odatlar hayotimizning har bir
sohasiga singib ketgan bo'lib, bu urf-odatlar bizni aynan qaysi xalq vakili ekanligimizni
ko'rsatuvchi izoh, ya'ni, bizning kim ekanligimizni isbotlovchi dalil hisoblanadi.

Chunki, ma'naviy barkamol yoshlarni o'ziga xos bo'lgan milliy urf-odatlar xayr-saxovat,

mehroqibat, muruvvat, andisha, or-nomus, sharm-hayo, iffat, bosiqlik, ulug'vorlik, sabrlilik kabi
ma'naviy fazilatlar, mehmondo'stlik, bag'rikenglik, bolajonlilik, oqko'ngillilik, mehnatkashlik
kabi milliy qadriyatlar aynan urf-odat an'analarda qaror topadi. Shunday ekan, milliy
qadriyatlarga hurmat bilan qarash millatning o'ziga hurmat bilan qarashning asosiy belgisidir.

Ming yillar mobaynida shakllangan milliy qadriyatlarimiz hozirgi davrda yaratilgan

madaniyma'naviy boyliklar bilan qo'shilib, taraqqiyotimizni tezlatadi, g'oyaviy va ma'naviy
poklanishni ta'minlashga ko'maklashadi. Qadriyatlarning barcha turlari insonning ayniqsa,
yoshlarning farovon hayot kechirishi, erkin yashashi, ma'naviy-axloqiy kamol topishi uchun
xizmat qiladigan vositalar bo'lib hisoblanadi. Yoshlarimizning ma'naviy tarbiyasida beparvolik
va va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar o'zibo'larchilikka tashlab qo'yilsa, o'sha erda
ma'naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi. Yoki aksincha, qayerda xushyorlik va jonkuyarlik,
yuksak aqlidrok va tafakkur xukmron bo'lsa, o'sha erda ma'naviyat qudratli kuchga aylanadi.

Oldimizdagi turgan ezgu maqsadlarimiz-mamlakatimizning buyuk kelajagi xam, ertangi

kunimiz, erkin va faravon xayotimiz xam, O'zbekiston HHI asrda jaxon xamjamiyatidan qanday
o'rin egallashi xam – bularning barchasi, avvalambor yosh avlod, unib – o'sib kelayotgan


background image

237

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

farzandlarimiz qanday insonlar bo'lib voyaga etishiga bog'liqdir. Yoshlar tarbiyasida doimo ogoh
va sergak bo'lish, hamda milliy qadriyatlarimizni ularning ongiga singdirish biz ota onalarning
burchimizdir”-degan. Odiljon Narzullayev Yangiyo'l tuman “Imom sulton” jome masjidi Imom
xatibi

Qur’oni Karimdagi ko’plab oyatlarda ham farzand tarbiyasi haqida keltirlgan;

1. Luqmon surasi, 13-19-oyatlar
(13-oyat):

"Ey o‘g‘ilcham! Allohga shirk keltirma. Albatta, shirk — katta zulmdir."

Tarbiyadagi asosiy tamoyil — aqidani to‘g‘rilash.

Bolaga avvalo Allohga shirk

keltirmaslikni o‘rgatish lozim.

(14-oyat):

"Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik..."

Yoshlarni ota-onaga hurmat qilishga o‘rgatish — islomiy tarbiyaning muhim qismi.
2. Isro surasi, 23-24-oyatlar

"Parvardigoring faqat Unga ibodat qilishingizni va ota-onangizga yaxshilik qilishingizni

amr etdi..."

Kattalarga hurmat, xulq-odob tarbiyasida asosiy mezonlardan biri.
3. Tahrim surasi, 6-oyat

"Ey mo‘minlar! O‘zlaringizni va oilalaringizni do‘zaxdan saqlang..."

Ota-onalarning farzandlar tarbiyasidagi mas’uliyati.

4. Ankabut surasi, 45-oyat

"...Namoz insonni fahsh (uyatsiz) va yomon ish(lar)dan qaytarur."

Namozni yoshligidan o‘rgatish — yomon ishlardan saqlovchi vosita.
5. Nisa surasi, 9-oyat

"O‘zlaridan keyin ojiz bolalar qolishidan qo‘rqadiganlar, (ular haqida) qanday qo‘rqishsa,

(o‘zlarining) taqvoga asoslangan so‘z aytishlari lozim."

Yosh avlod haqida g‘amxo‘rlik qilish, yaxshi tarbiya berish musulmon ota-

onalarning vazifasidir.

6. Ahqof surasi, 15-oyat

"Insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik. Onasi uni mashaqqat bilan ko‘tarib

yurdi va tug‘di..."

Farzand tarbiyasida onaning o‘rni, hurmat va ehtirom tuyg‘ularini shakllantirish.
7. A’rof surasi, 31-oyat

"Ey Odam bolalari! Har masjidga borganingizda ziynatingizni taqing..."

Tozalik va poklik — yoshlarda odob va madaniyatni shakllantiruvchi islomiy

qadriyat.

8. Hujurot surasi, 11-12-oyatlar

"Bir-biringizni masxara qilmang... yomon gumon qilmang... bir-biringizni kovlamang..."

Axloqiy tarbiya: odob, tilni ehtiyot qilish, g‘iybatdan saqlanish — yoshlar orasida

muhim tarbiyaviy jihatlar.

9. Furqon surasi, 63-oyat

"Rahmonning bandalari — yer yuzida xokisor yuradiganlardir..."

Tavoze, kamtarlik — yoshlarda shakllanishi kerak bo‘lgan islomiy xulq.
10. Mujodala surasi, 11-oyat

"Alloh sizlardan iymon keltirganlarni va ilm berilganlarni daraja bilan yuksaltirur."

Ilm olishga rag‘bat — yoshlarni bilimli, mas’uliyatli qilib tarbiyalashga undovchi

asos.


background image

238

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

XULOSA

Yosh avlod — millatning kelajagi. Ularning tarbiyasi qanday bo‘lsa, ertangi jamiyat ham

shunday bo‘ladi. Islomiy an’analar yoshlarni nafaqat ma’naviy barkamol etib voyaga yetkazadi,
balki ularni jamiyat uchun foydali, axloqiy jihatdan toza, ijtimoiy mas’uliyatli shaxs sifatida
shakllantiradi. Islom dini bu yo‘lda eng mukammal manbadir.Bugungi kunda yoshlarni diniy
tarbiya orqali yuksaltirish, ular orasida Qur’on va Hadis asosida yashashni targ‘ib qilish, islomiy
qadriyatlarni qadrlashga o‘rgatish nafaqat ota-ona, balki jamiyatning ham umumiy burchidir.

Tarbiyada sabr, donolik, muhabbat va ilmu amal birligi muhim. Ana shundagina biz

yuksak axloqli, sog‘lom fikrli va millatga sodiq yoshlarni yetishtira olamiz.

REFERENCES

1.

Qur’oni Karim.

2.

Imom Buxoriy. Al-Jome’ as-sahih.

3.

Zarifov M. va boshqalar. “Islom ma’naviyati asoslari”, Toshkent: O‘zbekiston
musulmonlari idorasi, 2020.

4.

Rahmatov A. “Tarbiyaning pedagogik asoslari”, Toshkent: “O‘zbekiston”, 2019.

5.

Abduqodirov A., Rustamova D. “Islom tarixi”, Toshkent: TDPU nashriyoti, 2021.

6.

“Sahih Muslim” hadislar to‘plami.

References

Qur’oni Karim.

Imom Buxoriy. Al-Jome’ as-sahih.

Zarifov M. va boshqalar. “Islom ma’naviyati asoslari”, Toshkent: O‘zbekiston musulmonlari idorasi, 2020.

Rahmatov A. “Tarbiyaning pedagogik asoslari”, Toshkent: “O‘zbekiston”, 2019.

Abduqodirov A., Rustamova D. “Islom tarixi”, Toshkent: TDPU nashriyoti, 2021.

“Sahih Muslim” hadislar to‘plami.

Most read articles by the same author(s)

X.U. Samatov, Jasur Xayitmurodov, ISLOMDA MUSTAHKAM OILA QURISH TAMOYILLARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

X.U. Samatov, Dilshodbek Tojiboyev, O’ZBEKISTONDA DIN VA DAVLAT MUNOSABATLARINING HUQUQIY ASOSLARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

X.U. Samatov, Urolbek Sobirov, DINNING IJTIMOIY XAYOTDAGI O’RNI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

X.U. Samatov, Saidburxoniddin Omanullayev, VIRTUAL O’YINLARNING INSON ONGIGA TA’SIRINI O’RGANISH: KENG QAMROVLI TAHLIL , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

X.U. Samatov, Sardor Sattorov, O'ZBEKISTONDA OILA INSTITUTLARNING MUSTAHKAMLASHNING IJTIMOIY-IQTISODIY ASOSLARI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

X.U. Samatov, Asqar Ziyotov, DINSHUNOSLIK VA MA’NAVIY QADRIYATLAR , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

X.U. Samatov, Shahriyor Qayumov, DINIY BILIMLARNI YOSHLARGA YETKAZISHNING AHAMIYATI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

X.U. Samatov, Jamshid Ramazonov, IJTIMOIY TARMOQLAR FAOLIYATIGA INSONLARNING MUNOSABATI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

X.U. Samatov, Azimjon Fayzullayev, IJTIMOIY TENDENSIYALARNI O‘RGANISH:SOTSIOLOGIK TAHLIL , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

X.U. Samatov, Odiljon Tilloyev, SOCIOLOGICAL ANALYSIS OF VIEWS ON COMPUTER GAMES , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

1 2 3 > >>