Authors

  • X.U. Samatov
  • Sardor Sattorov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.33282

Abstract

Ushbu maqolada respublikamizda oila institutlarining ahamiyati va uni mustahkamlashning zarur chora-tadbirlari yoritilgan. Jumladan Ularning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy jihatdan qo’llash va oila institutlarining jamiyatdagi o’rnini oshirish masalalari ko’rsatib o’tilgan. Bunday chora-tadbirlardan yana biri oila kodeksining mustahkamlanganligi.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1177

O'ZBEKISTONDA OILA INSTITUTLARNING MUSTAHKAMLASHNING IJTIMOIY-

IQTISODIY ASOSLARI

X.U. Samatov

Ilmiy rahbar.

Sattorov Sardor

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti,

Samarqand filiali Kompyuter injineringi fakulteti.

KI 21-04 guruh talabasi.

Telefon raqami: +998990767475.

Elektron pochta manzili:

sattorovsardor@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.11315789

Annotatsiya.

Ushbu maqolada respublikamizda oila institutlarining ahamiyati va uni

mustahkamlashning zarur chora-tadbirlari yoritilgan. Jumladan Ularning ijtimoiy-iqtisodiy,
ma’naviy jihatdan qo’llash va oila institutlarining jamiyatdagi o’rnini oshirish masalalari
ko’rsatib o’tilgan. Bunday chora-tadbirlardan yana biri oila kodeksining mustahkamlanganligi.

Kalit so’zlar:

Oila kodeksi, oila institutlarini mustahkamlash konsepsiyasi, Oila

pedagogikasi, nikoh, Ayol va jamiyat instituti.

SOCIO-ECONOMIC FOUNDATIONS OF STRENGTHENING OF FAMILY

INSTITUTIONS IN UZBEKISTAN

Abstract.

This article describes the importance of family institutions in our republic and

the necessary measures to strengthen them. In particular, the issues of their socio-economic,
spiritual application and increasing the position of family institutions in society are shown.
Another such measure is the strengthening of the family code.

Key words:

Family Code, the concept of strengthening family institutions, Family

pedagogy, marriage, Institute of Woman and Society.

СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ УКРЕПЛЕНИЯ ИНСТИТУТОВ

СЕМЬИ В УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация.

В данной статье описывается значение институтов семьи в нашей

республике и необходимые меры по их укреплению. В частности, показаны вопросы их
социально-экономического, духовного применения и повышения позиции институтов семьи
в обществе. Еще одна такая мера – усиление семейного кодекса.

Ключевые слова:

Семейный кодекс, концепция укрепления институтов семьи,

семейная педагогика, брак, институт женщины и общества.

Shaxs ma’naviyatini rivojlantirishning omillari va vositalari ko‘p. Shulardan biri

farzandining ota-onaga va ota-onaning farzandiga farzandiga bo’lgan munosabat masalasidir .

O‘zbek xalqinining eng qadimiy davrlardan boshlab hozirga qadar davom etib kelayotgan,

o‘z ahamiyatini hech qachon yo’qotmaydigan ajoyib qadriyatlaridan biri – ota-onani farzandlar
tomonidan yuksak darajada e’zozlash izzat-ikromini, hurmatini joyiga qo‘yishdan iboratdir.

Farzand uchun dunyoda ota-onadan ko‘ra mehribon, aziz va mo‘tabar zot yo’q. Ota-ona

farzandlarning suyanchig’i, bitmas – tuganmas boyligidir.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1178

Ota-ona o‘z farzandidan hech narsani ayamaydi. Ularning tabiat ato etgan buyukliklari

ham ana shunda. O‘zbek xalqi odob-axloqi bo‘yicha, keksalarning, ota-onaning oldidan salom
bermasdan o‘tishi gunoh hisoblanadi.[1]

Tanishingizni biror noqulay holatda ko’rib qolsangiz o’zingizni ko’rmaslikka olganingiz

va ko’rganingizni boshqalarga aytmaganingiz ma’qul.

Jismoniy kamchiligi bo‘lgan - duduqlanib gapiradigan, qulog’i yaxshi eshitmaydigan,

oqsoqlanib yuradigan va shu singari kishilarni xatto orqasidan bo’lsa ham mazax qilish va mayna
qilish o‘ta orsizlik hisoblanadi. Bunday kishilarga aksincha sertakalluflik bilan, raxmdillik bilan
muomilada bo’lish kerak.

Rahmdillikni nazokat tuyg’usi boshqarishi lozim.
Oila – nikohga yoki tug’ishganlikka asoslangan kichik guruh. Uning a’zolari ro‘zg’orning

birligi, o‘zoro yordami va ma’naviy ma’suliyati bilan bir-biriga bog’langan.

Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari – inson zotini davom ettirishdan, bolalarni

tarbiyalashdan, oila a’zolarining turmush sharoitini va bo’sh vaqtini samarali uyushtirishdan
iboratdir. Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa bo‘lsada, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy,
iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlar bilan bilan belgilanadi va ular ta’sirida o’zgarib boradi.[2]

Bugungi kunda Respublikamizda oila institutlarining ahamiyati juda katta. Oilalarning

buzilishini oldini olish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo’llash davlatimiz ilgari surayotgan
g’oyalardan biri hisoblandi. Jumladan oilalarda moliyaviy muammolarning kamayishiga
qaratilgan qaror va konsepsiyalar yaqqol misol bo’la oladi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini

tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi 1-Prezidentining qarori(2018-yil 27-iyun)

O‘zbekistonda oilani rivojlantirishga global darajada Birlashgan Millatlar Tashkilotining

Barqaror taraqqiyot maqsadlari doirasida, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
doirasida qaraladi.

Shu bilan birga, ushbu sohada davlat siyosatini muvaffaqiyatli olib borishni to‘xtatib

turuvchi bir qator tizimli muammo va kamchiliklar oila institutini mustahkamlash sohasidagi
islohotlarni to‘liq ro‘yobga chiqarishga va belgilangan maqsadlarga erishishga to‘sqinlik
qilmoqda.

Birinchidan, tegishli idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda monitoring

qilishning ta’sirchan tizimi mavjud emas, oilani rivojlantirish masalalari bo‘yicha davlat,
fuqarolik jamiyati institutlari va xususiy sector hamkorligi past darajada;

Ikkinchidan, oila institutini mustahkamlash sohasidagi ilmiy tadqiqotlar ixtisosligi tor,

hozirgi hayot voqeligidan uzilib qolgan, ilmiy tadqiqotlar natijalari amaliyotga sust joriy
etilmoqda;

Uchinchidan, oilaning demografik rivojlanishida o‘zgarishlar yuz bermoqda, oila

ajralishlari soni o‘smoqda, mazkur sohada salbiy tendensiyalar va muammolar sabablarini
asoslovchi tadqiqotlar yetishmayapti;

To‘rtinchidan, oilada, ta’lim muassasalarida madaniy-tarixiy meros salohiyatidan sust

foydalanilmoqda, milliy mentalitetimizga yot bo‘lgan g‘oya va qarashlar ta’sirining oldini olish
borasidagi ishlar samarasiz;


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1179

Beshinchidan, oila institutini mustahkamlashning qonunchilik asoslari mukammal emas,

huquqni qo‘llash amaliyotini va ilg‘or xorij amaliyotini o‘rganish asosida oilani himoya qilish va
qo‘llab-quvvatlash sohasida mustahkam huquqiy asos mavjud emas;

Oltinchidan, mutaxassislar yetishmaydi va kadrlar malakasi past darajada, ta’lim tizimida

mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni prognozlashtirish mexanizmi yo‘lga qo‘yilmagan, oila
institutini mustahkamlash va rivojlantirish bo‘yicha o‘quv dasturlari mukammal emas.

Oila institutini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, bu

jarayonda davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolarning yaqin hamkorligini
hamda faol rolini ta’minlash maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi birinchi
Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini
mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–
5325-son farmoniga muvofiq: oila institutini mustahkamlashning institutsional va huquqiy
asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish;

zamonaviy oilani mustahkamlash va rivojlantirish masalalari bo‘yicha fundamental,

amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish;

demografik rivojlanishni rag‘batlantirish va oila farovonligi darajasini oshirish; oilaning

tarbiyaviy-ta’lim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda an’anaviy oilaviy qadriyatlarni saqlash,
oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash; oilalarga ta’sirchan metodik, konsultativ va amaliy
yordam ko‘rsatishning samarali tizimini yaratish.

Keyingi vaqtlarda mamlakatimiz ijtimoiy hayotida ayollar mavqeini o‘z o‘rnigaqo‘yishga

yo‘naltirilgan nodavlat tashkilotlari ham yuzaga kela boshladi. SHu jihatdan 1997 yili Toshkentda
«Ayol va jamiyat» instituti tashkil topishi bilan bog‘liqbo‘lgan masalalarni bayon etmoq lozim.

Adliya boshqarmasi ro‘yhatidan o‘tkazilgan bu institutning tadqiqotchilik va siyosiy ta’lim

bo‘limlari mavjud.

Mamlakatimizda oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofazaqilish davlatimiz siyosatining

ustivor o‘nalishlaridan biri ekan, uquyidagi asosiy yunalishlarni o‘z ichigaqamrab oladi:

—oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish, oila manfaatlari huquqiy

himoyaqilinishini ta’minlash, onalik va bolalik huquqlarini muhofazaqilish;

—oilaning ijtimoiy manfaatlarini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, oila

a’zolarining sog‘ligini muhofazaqilish va ta’lim darajasini oshirish uchun shart-sharoitlarni
yaxshilash;

—oilaning iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, oilaning

daromadlarini, oila a’zolarining ish bilan ta’minlash darajasini oshirish, ro‘zg‘or yumushi va
turmush sharoitlarini yaxshilash, kam ta’minlangan oilalarni davlat tomonidanqo‘llab-quvvatlash;

—oilaning ma’naviy-ahloqiy asoslarini va madaniy manfaatlarini takomillashtirsh uchun

shart-sharoitlar yaratish; oilaning sog‘lom, aql-zakovatli yosh avlodni tarbiyalashdagi rolini
oshirish har tomonlama kamol topgan avlodni tarbiyalashda oila va jamiyatning vazifalarini
takomillashtirish;

— oila muammolarini ilmiy va ijtimoiy tadqiq, etish, oila, xotin-qizlar va bolalarning

iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini ko‘rsatuvchi statistika hisobotini to‘plash va takomillashtirish. [3]

Oila - bu sotsial institutdir. Oila jamiyat o‘lchovlari nuqtai nazaridan va nikoh

munosabatlariga ta’siri qilishi va tashkiloti.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1180

Oila kichik sotsial guruhlardan iborat bo‘lib, uning a’zolari nikoh yoki qarindoshlik

rishtalarining ma’naviy mas’uliyati bilan o‘zaro bog‘liq. Bu esa inson avlodini yaratilishi
jamiyatning ham jismoniy, ham ma’naviy tiklanishi bilan bolanadi.

Nikoh - erkak va ayol orasidagi munosabatlarning tarixan o‘zgaruvchan formasi bo‘lib,

jamiyatning vositasida jinsiy hayotini tartibga soladi va uyushtiriladi, ota-onalik burchi va
huqularini yo‘lga qo‘yadi. Oila va nikoh tushunchalari nima anglatadi?

Bu masalada olimlar turli fikrlarni bildiradilar. Monogomiya (yakka nikohlik) ni

birlamchiligi va doimiyligini tan oluvchi olimlar, oila va nikoh orasidagi farqni faqat rasmiy
darajada borligini ta’kidlashadi. Masalan, nemis faylasufi G.Gegel «Nikoh faqat oila
tushunchasining bevosita ta’siridir», - deb ta’kidlanagan. Ushbu qarashning asossizligi shundan
iboratki, oila va nikoh tarixan bir paytda paydo bo‘lmaganligidadir.

Rossiyalik etnograf olim L.Ya. Shterbergning yozishicha, erkak va ayol orasidagi jinsiy

munosabatni (doimiy bo‘lsa) nikoh, deb atash uchun u, jamiyat tomonidan rasmiy tasdiqlangan va
tomonlar to‘la teng huquqli bo‘lishi kerak. Tarixda erkak va ayol orasidagi munosabatlarning
jamiyat tomonidan tan olinishi, bu «jinsiy muloqotdan ota-ona va farzandlar, shuningdek, bobo va
nevaralarning ongli chiqib ketishi» bo‘ladi. Bu sanksiya odamlarning jinsiy hayoti faqat ularning
tabiati aniqlangan nikohgacha holati bilan va nikoxning ijtimoiy boshqari hamda jinslararo
boshqaruv orasidagi tarixiy chegarasi bo‘ldi. Nikohning paydo bo‘lishi xali oila paydo
bo‘lganligini anglatmagan, chunki bu bosqichdagi nikoh, faqat erkak va ayollarning goh-goh
qo‘shilib turishini anglatgan xolos.[4]

Xulosa

Xulosa qilib aytganda Respublikamizda oila institutlarining rag’batlantirilishi juda kata

yutuqlarga erishishda asosiy tamoyil hisoblanadi. Chunki farzandlar birinchi tarbiyani oilasidan
oladi. Bolalarning yaxshi tarbiya topishi oila institutlarining asosiy vazifasi hisoblanadi. Bir bolaga
yeti qo’shni ota-ona deganidek, Oila, mahalla institutlarining o’rni beqiyos.

REFERENCES

1.

Ma’naviyat asoslari – o’quv qo’llanma . T.A.Qodiriy no midagi xalq merosi
nashriyoti.”O‘AJBNT” markazi 2002. Muallif:S.Husanov, J.Ramatov 192-bet

2.

”Tarbiya “ kitobi (ota-onalar va murabbiylar uchun ensiklopediya ) “O’zbekiston Milliy
ensiklopediyasi “ Davlat ilmiy nashriyoti” Toshkent-2010 321-bet

3.

O‘zbekiston Respublikasida oila institutinimustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining Qarori(2018-yil 27-iyun)

4.

Sotsiologiya fanidan maruzalar matndan.2023 yil TATU Samarqand filiali.


References

Ma’naviyat asoslari – o’quv qo’llanma . T.A.Qodiriy no midagi xalq merosi nashriyoti.”O‘AJBNT” markazi 2002. Muallif:S.Husanov, J.Ramatov 192-bet

”Tarbiya “ kitobi (ota-onalar va murabbiylar uchun ensiklopediya ) “O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi “ Davlat ilmiy nashriyoti” Toshkent-2010 321-bet

O‘zbekiston Respublikasida oila institutinimustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining Qarori(2018-yil 27-iyun)

Sotsiologiya fanidan maruzalar matndan.2023 yil TATU Samarqand filiali.

Most read articles by the same author(s)

X.U. Samatov, Jasur Xayitmurodov, ISLOMDA MUSTAHKAM OILA QURISH TAMOYILLARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

X.U. Samatov, Dilshodbek Tojiboyev, O’ZBEKISTONDA DIN VA DAVLAT MUNOSABATLARINING HUQUQIY ASOSLARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

X.U. Samatov, Urolbek Sobirov, DINNING IJTIMOIY XAYOTDAGI O’RNI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

X.U. Samatov, Saidburxoniddin Omanullayev, VIRTUAL O’YINLARNING INSON ONGIGA TA’SIRINI O’RGANISH: KENG QAMROVLI TAHLIL , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

X.U. Samatov, Asqar Ziyotov, DINSHUNOSLIK VA MA’NAVIY QADRIYATLAR , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

X.U. Samatov, Shahriyor Qayumov, DINIY BILIMLARNI YOSHLARGA YETKAZISHNING AHAMIYATI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

X.U. Samatov, Zarnigor Xudoyberdiyeva, YOSHLAR TARBIYASIDA ISLOMIY AN'ANALAR VA ULARNING SHAKLLANTIRISH MEZONLARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

X.U. Samatov, Jamshid Ramazonov, IJTIMOIY TARMOQLAR FAOLIYATIGA INSONLARNING MUNOSABATI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

X.U. Samatov, Azimjon Fayzullayev, IJTIMOIY TENDENSIYALARNI O‘RGANISH:SOTSIOLOGIK TAHLIL , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

X.U. Samatov, Odiljon Tilloyev, SOCIOLOGICAL ANALYSIS OF VIEWS ON COMPUTER GAMES , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

1 2 3 > >>