Authors

  • X.U. Samatov
  • Jasur Xayitmurodov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.86725

Keywords:

Islom oila nikoh er-xotin munosabatlari hurmat mas’uliyat sabr murosa farzand tarbiyasi halollik Qur’on Hadis dindorlik axloqiy tamoyillar jamiyat barqarorligi.

Abstract

Ushbu maqolada Islom dinida mustahkam oila qurishning asosiy tamoyillari yoritib berilgan. Jumladan, nikohning diniy ahamiyati, er-xotin o‘rtasidagi hurmat va mas’uliyat, to‘g‘ri tanlov, farzand tarbiyasi, halol mehnat va moliyaviy baraka kabi jihatlar tahlil qilingan. Qur’on oyatlari va Hadislar asosida oilaviy munosabatlarda mehr, sabr, murosa va axloqiy qadriyatlarning tutgan o‘rni ko‘rsatib berilgan. Maqola oila barqarorligini ta’minlashda islomiy tamoyillarga amal qilishning zarurligini asoslab beradi.

background image

247

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

ISLOMDA MUSTAHKAM OILA QURISH TAMOYILLARI

X.U. Samatov

Ilmiy rahbar.

Xayitmurodov Jasur

Toshkent Axborot Texnologiylari Universiteti

Samarqand filiali Kompyuter injiniring fakulteti DI 24-07 gruhi talabasi.

Telefon raqam: +998948394544

Elktron pochta manzili:

jxayitmuradov9@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15379540

Annotatsiya. Ushbu maqolada Islom dinida mustahkam oila qurishning asosiy

tamoyillari yoritib berilgan. Jumladan, nikohning diniy ahamiyati, er-xotin o‘rtasidagi hurmat
va mas’uliyat, to‘g‘ri tanlov, farzand tarbiyasi, halol mehnat va moliyaviy baraka kabi jihatlar
tahlil qilingan. Qur’on oyatlari va Hadislar asosida oilaviy munosabatlarda mehr, sabr, murosa
va axloqiy qadriyatlarning tutgan o‘rni ko‘rsatib berilgan. Maqola oila barqarorligini
ta’minlashda islomiy tamoyillarga amal qilishning zarurligini asoslab beradi.

Kalit so‘zlar: Islom, oila, nikoh, er-xotin munosabatlari, hurmat, mas’uliyat, sabr,

murosa, farzand tarbiyasi, halollik, Qur’on, Hadis, dindorlik, axloqiy tamoyillar, jamiyat
barqarorligi.

PRINCIPLES OF BUILDING A STRONG FAMILY IN ISLAM

Abstract. This article explores the key principles of building a strong family in Islam. It

analyzes aspects such as the religious significance of marriage, mutual respect and
responsibility between spouses, appropriate partner selection, child upbringing, honest labor,
and financial blessings. Based on verses from the Qur'an and Hadiths, the article highlights the
importance of love, patience, mutual understanding, and moral values in family relationships.

The article emphasizes the necessity of adhering to Islamic principles to ensure family

stability and harmony.

Keywords: Islam, family, marriage, spousal relationships, respect, responsibility,

patience, compromise, child upbringing, honesty, Qur'an, Hadith, piety, moral principles, social
stability.

ПРИНЦИПЫ ПОСТРОЕНИЯ КРЕПКОЙ СЕМЬИ В ИСЛАМЕ

Аннотация. В данной статье рассматриваются основные принципы построения

крепкой семьи в исламе. Анализируются такие аспекты, как религиозное значение брака,
взаимное уважение и ответственность между супругами, правильный выбор партнёра,
воспитание детей, честный труд и финансовое благополучие. На основе аятов из Корана
и хадисов подчеркивается важность любви, терпения, взаимопонимания и нравственных
ценностей в семейных отношениях. Статья обосновывает необходимость соблюдения
исламских принципов для обеспечения стабильности и гармонии в семье.

Ключевые слова: Ислам, семья, брак, взаимоотношения супругов, уважение,

ответственность, терпение, компромисс, воспитание детей, честность, Коран, хадисы,
набожность, нравственные принципы, стабильность общества.


Oila inson hayotining ajralmas bo‘lagi bo‘lib, har bir jamiyatning sog‘lom rivojlanishi

bevosita oilaning barqarorligiga bog‘liq. Aynan oilada inson ilk tarbiyani oladi, axloqiy fazilatlar
shakllanadi va ijtimoiy muhitga moslashadi.


background image

248

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Islom dini oilaning ahamiyatiga juda katta e’tibor beradi. Qur’on oyatlari va Rasululloh

(s.a.v.)ning hadislarida oila qurish, er-xotin o‘rtasidagi munosabatlar, farzand tarbiyasi va
mas’uliyat haqida ko‘plab hikmatli ko‘rsatmalar berilgan.

Bugungi kunda ajralishlar ko‘payib, oilaviy nizolar ortib borayotgan bir paytda, islomiy

tamoyillarga asoslangan oilaviy hayotning ahamiyati yana-da ortmoqda. Oila jamiyatning
poydevori bo‘lib, u nafaqat shaxsiy baxtni, balki butun xalqning farovonligini ta’minlaydi.

Islomda oila qurish mas’uliyatli va muqaddas bir jarayon deb qaraladi, chunki oila

jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlarini bog‘lovchi muhim institut sifatida qaraladi. Oilaning
jamiyatdagi o‘rni shuningdek milliy va diniy an’analarni davom ettirish bilan ham bog‘liqdir.

Har bir oila o‘zining farzandlari orqali millatning ma’naviy merosini saqlaydi va

rivojlantiradi. Oila milliy o‘zlikni, an’ana va urf-odatlarni kelgusi avlodlarga etkazuvchi uzluksiz
zanjirdir. Shu sababli, har bir oilaning mas’uliyati – nafaqat o‘z a’zolari farovonligini ta’minlash,
balki jamiyatga foydali kishilarni yetishtirishdan iboratdir. Oilaviy qadriyatlar mustahkam
bo‘lgan jamiyatda adolat, mehr-muruvvat va birdamlik kuchayadi.

Islom dinida fuqarolar o‘rtasidagi oila va nikoh munosabatlari muqaddas sanalib

kelingan. Oila jamiyatning negizi bo‘lganidan islomda oilaga katta e’tibor berilib, oilani qanday
tashkil etish, uning boshlig‘i va a’zolarining huquqlari, farzandlar tarbiyasi, bir so‘z bilan
aytganda, oilaviy hayotning barcha masalalari atroflicha hal etilgan. Er-xotinning o‘zaro
munosabati oila mustahkamligining garovi bo‘lganligi uchun islomda er-xotinning tinch-totuv
yashashiga alohida e’tibor qaratiladi. Jumladan, Niso surasining 19-oyatida erkaklarga ayollar
bilan kelishib, tinch-totuv yashashning zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan. Islom dinida:

“Ayollarga yaxshi munosabatda bo‘lgan erkaklar insonlarning eng yaxshilari deb

hisoblanadi”

Shuningdek, Qur’oni karimga ko‘ra, oilaviy bahslar paydo bo‘lganida, ularni er-xotinlar

tomonidan oqilona va odilona hal qilinishi maqsadga muvofiqligi ta’kidlanadi. Oilaning asosini
nikoh tashkil etadi. Shuning uchun nikoh masalasiga islom dinida o‘ta mas’uliyat bilan
yondashiladi. Islom dinida oila munosabatlarida ruxsat etilgan va ta’qiqlangan xatti-harakatlar,
ya’ni, faqat halol ishlar bilan shug‘ullanishga, harom ishlardan saqlanishga da’vat etiladi.

Ma’lumki, oila nikoh tuzilishidan boshlanadi. Nikoh tushunchasi shariatda shunday

shartnoma-bitim sifatida ta’riflanadiki, unga muvofiq nikohga kirgan xotin erkak uchun begona,
ta’qiqlangan bo‘lmaydi. Islomda oilaning barqarorligi hamma narsadan ustun qo‘yiladi, shu bois
mustahkam oila qurishga barcha musulmonlar tomonidan katta ahamiyat beriladi. Islomda nikoh

Allohga xush keladigan amallardan sanaladi va unga har bir kishi haqli ekanligi

ta’kidlanadi.

Islom huquqiga ko‘ra nikohning haqiqiyligi quyidagi to‘rt shartning uyg‘unligi,

chunonchi: 1) bevosita monelik qiluvchi holatlarning yo‘qligi; 2) muayyan shaxslarning roziligi;
3) mahrning belgilanishi; 4) rasmiy qoidalarga rioya etilishi bilan belgilanadi. Nikohning
birinchi bosqichi - kelishish, unashtirish (xitba) bo‘lib, unda kuyov o‘zi yoki vakili orqali
kelinning otasi, vasiysi yoxud ishonchli kishisiga taklifini aytadi. Erning ayolga ajratadigan
mulki (mahr) va nikoh shartnomasi (sig‘a)ga kiruvchi boshqa shartlar xususida ham shu vaqtda
kelishib olinadi. Ikkinchi va uchinchi bosqichlar - kelinni kuyov xonadoniga uzatish (zifof) va
to‘y tantanalari (urs, valima). Bular oldinma-ketin bo‘lishi ham mumkin, chunki, agarda kelin
hali balog‘at yoshiga yetmagan go‘dak bo‘lsa, uni uzatish to 13-15 yoshga to‘lmaguncha
kechiktiriladi. Valima vaqtida sig‘a aytiladi va mahr yoki uning bir qismi (sadoq) to‘lanadi.


background image

249

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Mana shu barcha bosqichlarda, faqat kelinga qilingan sarf-xarajatlarni (mut’a) hisobga

olmaganda, nikoh hech qanday oqibatsiz to‘xtatilishi mumkin. So‘nggi bosqich - amalda er-xotin
bo‘lish (nikoh). Nikoh ahdi qoidasini bo‘lg‘usi er yoki xotin yoxud ularning ishonchli vakillari
o‘qishlari lozim. Nikoh ahdi o‘qilganidan so‘ng nikoh amalga oshgan hisoblanadi. Nikohning
zaruriy shartlariga mahr to‘lash, ayolni boqish va unga uning oilasining mavqeiga qarab
muomala qilish, erlik vazifalarini ado etish va farzandlarini boqish kiradi.

O‘zbek oilasida farzandlarni tarbiyalashda halollik bilan birga mardlik, jasurlik, aqllilik,

bilimdonlik, xususan, ularni kasb-hunarli bo‘lishlariga e’tibor qaratilgan. Shariatdagi oila va
nikoh bo‘limlarining falsafiy mazmunicha, oila jamiyatning bir kichik bo‘g‘ini, ajralmas
qismidir. Shuning uchun shariatda oila bilan bog‘liq masalalar: oila qurish tartibi, nikohlash
qoidalari, balog‘atga etganligini aniqlash, erkak va ayol roziligi, mol-mulkka egaligi, er-xotin,
ota-ona va bolalar odobi, taomlarda halol va haromni ajrata olish kabi ko‘pgina masalalar o‘z
ifodasini topgan. Asrlar davomida musulmonlar shaxs va jamiyat munosabatlarini o‘rnatishda
shariatning oila va nikoh haqidagi talablariga rioya qilib kelganlar. Hozirgi mustaqillik davrida
ham diniy e’tiqodi bo‘lgan kishilar hayotida ularning ta’siri bor, albatta. Zero, oila va nikoh
masalasi har bir jamiyatning ijtimoiy munosabatlar tizimida faqat iqtisodiy, maishiy va huquqiy
masalalarnigina qamrab olmasdan, shu bilan birga jamiyat va shaxs uchun o‘ta muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan ma’naviy-axloqiy masala hamdir. Bu narsa islomiy qadriyatlarning ilk
manbalari - Qur’on va hadislarda yorqin o‘z ifodasini topgan. Chunonchi, Qur’onning «Niso» va
«Taloq» suralari masalasiga bag‘ishlangani, shuningdek boshqa suralarda ham bir necha
oyatlarning oilaviy-maishiy masalalarga bag‘ishlanganligi bundan dalolat beradi. Jumladan,
«Niso» surasida oila qurish qat’iy nikoh asosida bo‘lishini ta’kidlab shunday deyiladi: «Ey
mo‘minlar, sizlar uchun xotinlarni majburiy holda meros qilib olish durust emasdir» (4: 19).
Musulmon huquqshunosligining eng nufuzli manbai «Hidoya» da ham oila va nikoh
masalalariga juda katta e’tibor berilgan bo‘lib, uning ikki kitobi – «Nikoh kitobi» va «Taloq
kitobi» bevosita ushbu masalalarni yoritishga bag‘ishlangan. Ma’lumki, oila jamiyatning birinchi
va birlamchi zarrasidir. Jamiyat ana shu kichik zarralardan tashkil topadi. Lekin u shunchaki
zarra emas, tirik vujudlar ittifoqidir. Oila faqat er va xotinning o‘zidan iborat emas. Oila er-xotin,
ularning farzandlari, eng yaqin tug‘ishganlardan iborat kishilar guruhidir. Oila odamlarning
tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy munosabatlariga asoslangan ijtimoiy birligidir. «Hidoya»
asarida oila va nikoh masalalaridagi ana shu munosabatlarning hamma tomonlari adolat nuqtai-
nazaridan yondashilib yoritiladi. Adolatning asosiy mezonlari sifatida insof va diyonat,
haromdan xazar, poklik kabi ezgu tushunchalar ko‘zda tutiladi. «Hidoya» da ta’kidlanishicha,
nikohdan maqsad er-xotinning faqat bir-birlariga nisbatan maishiy va moddiy huquqlarini rasmiy
ta’kidlashdangina iborat bo‘lib qolmasdan, eng avvalo, nikohlanganlarning axloqiy va ma’naviy
poklanishi uchun zamin tayyorlashdir. «…Nikohdan ko‘zda tutilgan maqsad iffatli va pokiza
bo‘lib yurishdir»; Shariatda oila va nikoh masalasida chiqarilgan hukmlarning ma’naviy va
huquqiy ahamiyati yana shundaki, ularda Qur’on oyatlarini asos qilib olingan holda nikoh ahdini
tuzuvchi har ikki tomonning, xususan ayolning er tanlash huquqining daxlsizligi nikohning
shartlaridan biri deb hisoblanadi. Chunonchi, «Hidoya» da shunday yoziladi: «…oqila, hur
ayolning nikohi xoh u qiz bo‘lsin, xoh juvon bo‘lsin, valiysiz ham o‘zining roziligi bilan
bog‘lanaveradi… Nikoh joizligining sababi shundan iboratki, bu masalada kelishicha, ayol
o‘zining xolis haqqida foydalangan, chunki u oqila oq-qorani ajrata oladigan bo‘lgani uchun o‘z
xohishicha foydalanishga haqli. Shuning uchun ayol mol-mulkni tasarruf etishga ham, o‘zi
uchun er tanlashga ham haqqi bor… Shuning uchun uni majburlashga hech kimning haqqi


background image

250

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

yo‘q». Shariatda xususan «Hidoya» da oila va nikoh masalasida katta ma’rifiy-tarbiyaviy
ahamiyatga ega bo‘lgan hukmlardan biri ayolning nikoh to‘g‘risida o‘zining qanday haq-
huquqlarga ega ekanligi haqidagi bilimga ega bo‘lishining zarurligidir: «Nikohning asl mohiyati
haqida ilm bo‘lishligi shart qilinadi. Chunki qiz bola faqat ilm bo‘lgandagina tasarruf eta oladi.

Bu dunyo ilm olish dunyosi, bunda johillik uzr bo‘lolmaydi». Marg‘inoniyning bu hukmi

hozirgi davrimiz uchun ham ma’rifiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lish bilan birga ijtimoiy
ahamiyatga ham ega. Zero, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida huquqiy bilimga, huquqiy
madaniyatga ega bo‘lish fuqarolik jamiyati va demokratik davlat barpo etishning ob’yektiv
zaruriyatiga aylanib bormoqda. Oilaviy munosabatlar jamiyatda o‘ta muhim ahamiyatga ega
bo‘lgan ijtimoiy munosabatlardan biri bo‘lganligi tufayli ham bu masalada ayniqsa ayolning
huquqiy bilimga ega bo‘lishi nihoyatda muhimdir. Shariat ahkomlarida, xususan «Hidoya»da
oila va nikoh masalasida chiqarilgan hukmlarning katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan
tomonlaridan yana biri – erkak va ayolning ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy va aqliy jihatlardan
mumkin qadar bir-birlariga teng bo‘lishlariga e’tibor qaratishdir. Marg‘inoniyning «Hidoya»
asarida oila va nikoh masalasida chiqargan shar’iy hukmlarining mohiyatini tahlil qilib xulosa
qilish mumkinki, masala eng avvalo yuksak hulq-atvor, ma’naviy poklik, insoniy qadriyatlar
nuqtai-nazaridan hal qilinadi. Erkak va ayol o‘rtasidagi munosabat muayyan qonun-qoidalarga
tayangan holda oilani mustahkamlash, uning axloqiy pokligi va halolligini ta’min qilishga
qaratilgandir. Respublikamiz mustaqillikka erishgach, milliy va diniy qadriyatlarni tiklashga,
xususan, xotin-qizlar huquqi va ularning jamoat ishlarida tutgan mavqeini ko‘tarishga katta
e’tibor berildi.

Islom dinida er va xotinlarning huquq va majburiyatlari belgilab berilgan bo‘lib, bu

huquq va majburiyatlarga quyidagilar tegishlidir.

Xotinning er zimmasidagi haqqi erning o‘ziga ham, moliga ham tegishli bo‘lib, xotinning

eri zimmasidagi mahr va nafaqa singari moliyaviy va shaxsiy haqlari mavjuddir. Bu haq-
huquqlar quyidagilardan iboratdir:

1. Er xotiniga xushfe’l bo‘lishi, u bilan yaxshi muomala qilishi, birga farovon hayot

o‘tkazishi, unga ozor etkazmasligi kerak. Hadislarda aytilganidek, «Sizlarning eng yaxshilaringiz
xotinlariga yaxshilaringizdir».

2. Er xotinning ozorini ko‘tarishi, u g‘azablanganida va jahli chiqqanida muloyim

bo‘lishi, uning xatolarini kechirishi kerak. Bunday qilish islom dinida sunnat amal bo‘lib
hisoblanadi.

3. Erkak ayolini qizg‘anishi, uning or-nomusini saqlashi kerak.
4. Er xotinning o‘ziga alohida joy qilib berishi, unda erning yaqinlaridan hech kim

bo‘lmasligi kerak.

5. Er xotinga berishi lozim bo‘lgan mahrni qancha bo‘lsa-da, to‘la berishi kerak. Mahr

tanho xotinning haqqidir.

6. Er xotinining oziq-ovqat va kiyim-bosh kabi ehtiyojlarini isrof etmay, yetarli

ta’minlashi kerak.

7. Er xotiniga diniy masalalarda bosh maslahatchi hisoblanadi.
8. Er xotinini to‘g‘ri yo‘lga solish uchun odob o‘rgatishi zarur bo‘lib, bu odob o‘rgatish

bosqichma-bosqich olib boriladi. Avvalo pand-nasihat, ogohlantirish, targ‘ib qilish orqali odob
o‘rgatiladi.

9. Er o‘z xotinining iffatini saqlashi lozimdir.


background image

251

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

10. Er xotinni na so‘z bilan va na fe’li bilan so‘kib, ayblab, haqoratlab, yomonlab pastga

urmasligi, uning jismi-yu xulqini, oilasi-yu yaqinlarini kamsitmasligi kerak. Zero, bu musulmon
axloqiga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi.

11. Er xotinini yaxshi ko‘rsa, juda hurmatlashi lozim, yomon ko‘rsa, zulm qilmasligi

kerak.

Xulosa shuki Islom dinida oila muqaddas maskan sifatida e’tirof etilib, uning

mustahkamligi jamiyat barqarorligining asosi sifatida qaraladi. Qur’on oyatlari va Hadislar
asosida oilaviy hayotning har bir jihatiga alohida e’tibor berilgan — to‘g‘ri tanlov, nikohning
ahamiyati, er-xotin o‘rtasidagi hurmat va mas’uliyat, sabr, murosa, halollik, farzand tarbiyasi
kabi masalalar batafsil tartibga solingan. Bugungi kunda oilaviy ajralishlar va nizolar ko‘payib
borayotgan bir paytda, islomiy tamoyillarga amal qilish har qachongidan ko‘ra muhimroq bo‘lib
bormoqda. Oila a’zolarining bir-biriga nisbatan mehribon, sabrli, hurmatli va halol bo‘lishi —
mustahkam, baxtli va Allohning roziligiga sazovor bo‘lgan oilani yaratishga olib keladi. Demak,
har bir musulmon inson islomiy qadriyatlarga asoslangan oila qurishga intilishi zarurdir, zero,
mustahkam oila — mustahkam jamiyat poydevoridir.

REFERENCES

1.

Qur’oni Karim. (2020). (O‘zbek tilidagi tarjimasi va tafsiri). Toshkent: Hilol Nashr.

2.

https://kun.uz/news/2022/01/12/er-xotin-masuliyati-va-burchi-islomda-oilaviy-

munosabatlar-haqida?q

3.

Ahmad Lutfiy Kazonchi. Saodat asri qissalari. – Toshkent: «Movarounnahr», 2018.

4.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Oila — muqaddas maskan. — Toshkent:

«Hilol-Nashr», 2013.

References

Qur’oni Karim. (2020). (O‘zbek tilidagi tarjimasi va tafsiri). Toshkent: Hilol Nashr.

Ahmad Lutfiy Kazonchi. Saodat asri qissalari. – Toshkent: «Movarounnahr», 2018.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Oila — muqaddas maskan. — Toshkent: «Hilol-Nashr», 2013.

Most read articles by the same author(s)

X.U. Samatov, Dilshodbek Tojiboyev, O’ZBEKISTONDA DIN VA DAVLAT MUNOSABATLARINING HUQUQIY ASOSLARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

X.U. Samatov, Urolbek Sobirov, DINNING IJTIMOIY XAYOTDAGI O’RNI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

X.U. Samatov, Saidburxoniddin Omanullayev, VIRTUAL O’YINLARNING INSON ONGIGA TA’SIRINI O’RGANISH: KENG QAMROVLI TAHLIL , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

X.U. Samatov, Sardor Sattorov, O'ZBEKISTONDA OILA INSTITUTLARNING MUSTAHKAMLASHNING IJTIMOIY-IQTISODIY ASOSLARI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

X.U. Samatov, Asqar Ziyotov, DINSHUNOSLIK VA MA’NAVIY QADRIYATLAR , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

X.U. Samatov, Shahriyor Qayumov, DINIY BILIMLARNI YOSHLARGA YETKAZISHNING AHAMIYATI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

X.U. Samatov, Zarnigor Xudoyberdiyeva, YOSHLAR TARBIYASIDA ISLOMIY AN'ANALAR VA ULARNING SHAKLLANTIRISH MEZONLARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

X.U. Samatov, Jamshid Ramazonov, IJTIMOIY TARMOQLAR FAOLIYATIGA INSONLARNING MUNOSABATI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

X.U. Samatov, Azimjon Fayzullayev, IJTIMOIY TENDENSIYALARNI O‘RGANISH:SOTSIOLOGIK TAHLIL , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

X.U. Samatov, Odiljon Tilloyev, SOCIOLOGICAL ANALYSIS OF VIEWS ON COMPUTER GAMES , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

1 2 3 > >>