Authors

  • X.U. Samatov
  • Lochin Abdixoliqov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.33003

Abstract

In this article, decisions about public transport, history, activities and processes that take place in cases of their use are discussed.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

795

JAMOAT TRANSPORTLARI FAOLIYATINING TASHKIL ETILISHI VA UNING

IJTIMOIY TA’SIRINING SOTSIALOGIK TAHLILI.

X.U. Samatov

Ilmiy rahbar.

Abdixoliqov Lochin

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnalogiyalari universiteti

Samarqand filiali kompyuter injineringi fakulteti.

Telefon raqam: +998903945079

Elektron pochta manzili:

Lochinabduxoliqov@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.11236168

Annotatsiya.

Ushbu maqolada jamoat transportlari to’g’risida qarorlari, tarixi, faoliyati

va ulardan foydalanish holatlarida ruy beradigan jarayonlar haqida suz yuritilgan.

Kalit so’zlar:

jamoat transportlari, avtobuslar tramvaylar, qarorlar, qoidalar.

SOCIOLOGICAL ANALYSIS OF THE ORGANIZATION OF PUBLIC

TRANSPORT ACTIVITIES AND ITS SOCIAL IMPACT.

Abstract.

In this article, decisions about public transport, history, activities and processes

that take place in cases of their use are discussed.

Key words:

public transport, buses, trams, decisions, rules.

СОЦИОЛОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ОРГАНИЗАЦИИ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

ОБЩЕСТВЕННОГО ТРАНСПОРТА И ЕЕ СОЦИАЛЬНОГО ВОЗДЕЙСТВИЯ.

Аннотация.

В данной статье рассматриваются решения, история, деятельность

и процессы, происходящие в случаях их использования в сфере общественного транспорта.

Ключевые слова:

общественный транспорт, автобусы, трамваи, решения,

правила.

Kirish.

Zamonaviy dunyo kundan-kunga rivojlanib bormoqda va shuga yarasha talab va takliflar

ham ortgan. Bunday talablardan biri bu manzilga sog’ omon va vaqtida yetib borish uchun
transport vositalaridan foydalanish. Anashu manzilimizga olib boradigan vositalardan biri bu
jamoat transportlaridir. Jamoat transportlarisiz hayotimizni tasavvur qilish qiyin. Buni birgina
karantin kuchaygan davrlarida yana-da chuqur his qildik, desak, xato boʻlmaydi. Hammamiz
yaxshi bilamizki karantin vaqtida jamoat transportlari sig’imi oraliq masofa saqlash hisobiga
qisqartirildi. Zero, hammaning ham shaxsiy avtomobili boʻlavermaydi. Jamoat tansportlarining
tarixiga qaraydigan bo’lsak, dunyodagi ilk jamoat transporti 1662-yil 18-martda Fransiya Parijda
paydo boʻlgan. Bu ot qoʻshilgan sakkiz oʻrinli arava boʻlgan va “omnibus” ya’ni “hamma uchun”
deb nomlangan. Keyinchalik, boshqa shaharlarda ham turli xil dizayndagi koʻp oʻrinli yoʻlovchi
ot aravalari — omnibuslardan foydalana boshlashgan. XIX asrga kelib, omnibuslar ommaviy
mashhurlikka erishgan.

Asosiy qism.

O’zbekiston hududida ilk bor Tashkil etilgan jamoat transportlari 1947-yil 5-noyabrda

tashkil etilgan Toshkentr trallebuslari edi. Qariyib 63 yil xizmat kursatgan bu transport vositasi
2010-yil 1- mayda bekor qilingan. O’zbekistonda etirof etiladiga yana bir narsa bu jamoat


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

796

transportlari narxlari hisoblanadi. Biron-bir davlatni solishtirish uchun ko’plab davlatlarga borib
kurgan yokida shu davlat to’g’risida ma’lumotga ega bo’lish kerak. YouTube tarmog’ida “Орёл
и решка” nomi ostida bir jamoa faoliyat olib boradigan, ko’plab davlatlarda bulgan bu jamoa ham
O’zbekistondagi jamoat transportlari narxini alohida takidlab utgan edi. Hamda shu yili 29-mart
sanasida Buyuk Britaniyaning bir vaqtda O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va
Turkmanistondagi elchisi hisoblangan Alan Hemsing Toshkentda jamoat transporti bo’lgan
avtobusda kurininsh berdi. Ekofaol Mutabbar Xushvaqtova tomonidan e’lon qilingan videoda
janob elchi jamoat transporti qulay va arzonligini, shuningdek ekalogiya ifloslanishini ham
kamaytirishini aytib utadi.

So‘nggi yillarda aholiga avtotransport xizmati ko‘rsatishni yaxshilash, jamoat transporti

yo‘nalishlari tarmog‘ini kengaytirish va harakat tarkibini zamonaviy, ekologik toza avtobuslar
bilan yangilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi
Prizidenti tomonidan “

Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O’zbekiston Respublikasi Prizidentining 16.02.2023 yildagi PQ-59-son Qaroriga ko’ra,
shuningdek, 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasiga
muvofiq:

- Transport vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining muntazam shahar avtobus

yo‘nalishlarida cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida
tashkil etish va moliyalashtirish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risidagi taklifi
ma’qullansin.

- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar

hokimliklari Transport vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda:

a) shaharlarda avtobus yo‘nalishlarining yangi tarmog‘i joriy etilishini, avtomatlashtirilgan

to‘lov tizimi va avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmatining bosqichma-bosqich yo‘lga
qo‘yilishini:

2023-yil 1-martgacha — Toshkent shahrida;
2023-yil 1-avgustgacha — Andijon, Samarqand, Namangan, Qarshi va Urganch

shaharlarida;

2024-yil 1-iyungacha — Nukus shahri va boshqa viloyatlar markazlarida ta’minlasin;
b) muntazam shahar avtobus yo‘nalishida cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar

tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimining bosqichma-bosqich
ishga tushirilishini:

2023-yil 15-apreldan boshlab — Toshkent shahrida;
2024-yil 1-yanvardan boshlab — Andijon, Samarqand, Namangan, Qarshi va Urganch

shaharlarida;

2024-yil 1-iyundan boshlab — Nukus shahri va boshqa viloyatlar markazlarida

ta’minlasin;
- Quyidagilar:
2023-yil 15-apreldan boshlab Toshkent shahrida;

2024-yil 1-yanvardan boshlab Andijon, Samarqand, Namangan, Qarshi va Urganch

shaharlarida;


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

797

2024-yil 1-iyundan boshlab Nukus shahri va boshqa viloyatlar markazlarida avtobus

yo‘nalishlarini tashuvchilarga mazkur qarorda nazarda tutilganidan boshqacha tartibda biriktirish
taqiqlansin.

-Jamoat transportidan foydalanishda yo‘lovchilar uchun qulay tariflarni joriy etish hamda

elektron to‘lovlarni ommalashtirish maqsadida shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:

bir soat ichida bir yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan boshqasiga o‘tish sonidan kelib

chiqqan holda imtiyozli va bepul tariflar qo‘llaniladi;

yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan foydalanishda, uning turidan qat’iy nazar, kunlik, bir,

uch va olti oylik, yillik cheklangan va cheklanmagan tarif rejalari joriy etiladi;

yo‘nalishlarda yo‘lkira haqini to‘lashda elektron to‘lov tizimidan foydalanishni

rag‘batlantiruvchi tariflar belgilanadi.

Toshkent shahar hokimligi mazkur banddan kelib chiqqan holda yangi tariflarni ishlab

chiqib, xalq deputatlari shahar Kengashida va jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazsin hamda
2023-yil 1-apreldan boshlab amaliyotga joriy etsin.

- Transport vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “O‘zavtosanoat” AJ,

“O‘zmilliybank” AJ hamda “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan Xitoy Xalq Respublikasining
yirik avtobus ishlab chiqaruvchilari bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida:
Toshkent shahri jamoat transporti uchun 200 ta 18 metrli va 500 ta 12 metrli tabiiy gazda
ishlaydigan avtobuslar hamda 300 ta 12 metrli elektrobuslar;
Nukus shahri va viloyat markazlari jamoat transporti uchun jami 1000 ta tabiiy gazda
ishlaydigan avtobuslarni xarid qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishilganligi ma’lumot uchun qabul
qilinsin. O'zbekiston respublikasida jamoat transportlarini tartibga solish ularda foydalanish va
qulayliklarni oshirish masalalariga qaratilgan mazkur qaror 21 banddan iborat.

Joriy yilda Toshkentda avtomabilsiz kun aksiyasi o'tkazildi. Bundan asosiy maqsad

ekologiyani asrash bo'lsada, ko’plab amaldorlar va boshqalarning jamoat transportlaridan
foydalanishi natijasida bunday aksiyalarga va xalqqa xizmat kursatish uchun jamoat transportlari
qanchalik tayyor yoki tayyormasligi, hamda bu borada qanday kamchiliklar mavjud va qilinishi
kerak bulgan ishlarni aniqlab olishga ko’mak berdi.

Jamoat transportlarini Samarqand shahri misolida ko'rib chiqamiz. Bugungi kunda

tramvaylarni O'zbekiston hududida faqatgina Samarqand shahrida uchratishimiz mumkin. 1907-
yilda hukumat maʼmuriyati Samarqandda tramvay harakatini ochishga qaror qildi. Ularning
fikriga koʻra, tramvay nafaqat yoʻlovchi transporti, balki temir yoʻl stansiyasidan omborlarga yuk
tashishni ham amalga oshirishi kerak edi. Buning uchun maxsus ochiq vagonlar buyurtma
qilingan. Dastlab Samarqand vokzalidan shahar markaziga temir yoʻl qurishga qaror qilindi. Biroq
yuzaga kelgan moliyaviy muammolar, keyin esa boshqa holatlar shahar hokimligiga dolzarb
transport muammosini hal qilishga toʻsqinlik qildi. SSSR tuzilganidan keyin 1924-yilda
Samarqand Oʻzbekiston SSR poytaxti boʻldi. Shu munosabat bilan mahalliy hokimliklar temir yoʻl
vokzalidan shahar markaziga qisqa vaqt ichida tor oʻlchamli temir yoʻl qurishga qaror qildi. Ish
jadal sur’atlar bilan davom etdi va oʻsha yilning kuzida yakunlandi. Liniyaning ochilishi Oktyabr
inqilobining navbatdagi yilligiga toʻgʻri keldi. 1924-yil 7-noyabrda inqilobiy marshlar sadolari
ostida birinchi poyezd tantanali ravishda yoʻlga chiqdi. Ochiq va yopiq yoʻlovchi vagonlari
boʻlgan parovozdan iborat poyezd vokzaldan Siyob bozorigacha harakat qilgan. Mahalliy aholi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

798

tomonidan kuku deb atalgan bu bugʻ mashinasi uzoq vaqt ishlamadi. 1930-yilda Oʻzbekiston SSR
poytaxti Samarqanddan Toshkentga koʻchirildi va tez orada tor pogʻonali temir yoʻlda harakat
toʻxtatildi. 1942-yilda sobiq tor temir yoʻl yoʻnalishi boʻylab yoʻlovchi va yuklarni vokzaldan
Siyob bozorigacha olib borishga xizmat qilgan keng oʻlchovli temir yoʻl liniyasi qurildi. 1947-
yilga kelib Siyob bozori hududida tramvay deposi qurildi, liniya elektrlashtirildi, sidinglar yasaldi
va Toshkentdan eski tramvay harakat tarkibi sotib olindi. 1947-yil 1-mayda elektr tramvayining
tantanali ochilishi boʻlib oʻtdi. Dastlab liniyada tramvay va poyezdlar birga harakat qilgan. 1973-
yil 28-avgust Samarqand tramvayining soʻnggi ish kuni edi. Xizmat toʻxtatilgandan soʻng,
tramvay liniyasi va depo demontaj qilindi va harakat tarkibi bekor qilindi.

2016-yil 5-oktyabr kuni Oʻzbekistonning oʻsha paytdagi Prezidenti vazifasini bajaruvchi

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifi chogʻida shahar tramvay tarmogʻini qayta tiklash
taklifini bildirgan edi. Prezident sayloviga bir oy qolganda ish boshlandi. Qurilish jarayonida baʼzi
binolar buzildi. 2017-yil 23-martdan shahar koʻchalarida tramvaylar qatnovi boshlandi. Shunday
qilib, tramvay Samarqandda avvalgi yopilganidan 43 yil 6 oy 25 kun oʻtib paydo boʻldi. 2017-yil
15-aprel kuni esa birinchi tramvay qatnovlaridan biriga chiqqan Oʻzbekistonning yangi Prezidenti
Mirziyoyev ishtirokida rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. 2017-yil 23-may kuni Samarqand
tramvayining temir yoʻl vokzalidan Siyob bozorigacha boʻlgan ikkinchi tramvay liniyasida
qurilish ishlari boshlandi. 2017-yil 3-avgustda esa 2-liniya yoʻnalishi (Vokzal – Siyob bozori)
qurilishi yakunlandi. 2018-yil mart oyida liniya ishga tushdi. Hozirgi vaqtda Samarqand shahrida
ikkita tramvay liniyalari mavjud va doimiy holatda faoliyat olib bormoqda.

Samarqand shahrida jamoat transportlari sifatida faoliyat olib borayotgan transportlar

sirasiga tramvaylarni, avtobuslarni, mikroavtobuslarni va yana yunalishli raqamlangan damas
rusumli yengil avtomabillarni kiritishimiz mumkin. Samarqand turizim shahri bulishiga
qaramasdan hozirgi kunda ham zamonaviy avtobuslardan ko’ra ko’proq “Isuzi NP26” rusumidagi
avtobuslarni uchratishimiz mumkin. Bunga sabab 2006-yil 30-oktabrda qayta tashkil etilgan
avtobus va yuk avtomabillarini ishlab chiqaruvchi “SamAvto” MCHJ Ayni Samarqanda ekanligi
ham bulishi mumkin. Bu rusumdagi avtobuslarda qish fasli uchun isitish moslamalari bilan
jihozlangan, ammo yoz faslida avtobuslarni avtobus oynalarini ochish orqali shamollarishadi.

Lekin shahar avtobuslari birin ketin bosqichma-bosqich zamonaviy avtobus va

elektrabuslarga almashtirilmoqda. Lekin bazi yunalishlar katta avtobuslarga emas avvalgisidan
katta bulmagan avtobuslarga almashtirilishi mumkin. Chunki bazi avtobuslarning yunalishlar
shahar tashqarisida, shaharning chekka qismlaridan, mahallalarning ichidan o’tgan bo’lib, bu
yullarning bazilari juda tor, bir yunalish harakatlansa qarama-qarshi yunalishdagilar tuxtab
turishiga to’g’ri keladigan yullar ham mavjud. Ba’zi avtobus liniyalari juda uzun bulib deyarli
tumanlargacha boradi va bunday avtobus liniyalari juda gavjum bekatlarda odamlarning
avtobuslarga sig’masdan qolib ketadigan holatlari ham tez-tez uchrab turadi. Bunday liniyalarning
oraliq vaqtlari urtacha 20 minut yokida bundan ham ko’proq bulishi mumkin. Samarqand
shahridagi bazi yunalishlarda harakatlanuvchi avtobuslarning harakat yunalishlari bir-biriniki
bilan deyarli bir xil yokida katta qismi o’xshash va asosan odamlar tez almashadigan ya’ni asosiy
bekatlari bir xil bo’lganlari ham mavjud. Bunday holatlar o’z navbatida avtobuslarning “kim
uzarga” harakatlanishiga yokida yulovchi talashib o’zaro janjallarga olib kelishi mumkin Lekin
ularning oxirgi yoki boshlanish bekatlari har xil. Ularning quvib utish maqsadida bazi bekatlarga


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

799

tuxtamasdan harakatlanishi natijasida yulovchilarning manzilga vaqtida yetib bormasdan
keyingisini kutishiga sabab bulishi mumkin. Avtobuslar faqat ko’proq yulovchi olish emas balki
olmaslik maqsadida ham bazi bekatlarga tuxtamasdan utishlari, bu bekatdan tez ketishlari va
yulovchilarning bir qismini olib ketishlari, bir necha marotaba esa konduktirlarning “biz bu
bekatgacha boramiz” deya yolg’on ishlatgan holatlari ruy bergan. Bunday holat talabalar bilan
ko’p marotaba sodir buladi. Chunlki ular avtobus yunalishining oldinroq bekatidan chiqib deyarli
oxirgi bekatgacha avtobusni tuldirib borishadi natijada yulovchilar ko’p almashadigan gavjum
bekatlarda avtobusga yulovchi olishga joy qolmaydi. Avtobus haydovchilari uchun yulovchilar tez
tez tushib chiqishlari ko’proq foydaliroq bulib, shu sababdan ular bunday harakat qilishlari
mumkin. Bunday holatlar ko’pincha uqish kunlari kunning ertalabki va ikkinchi qismida ruy
beradi. Qolgan vaqtlarda esa odatiy kurinishda davom etadi. Avtobuslar bazi bekatlarga
tuxtashmasa bu bekatlarda albatta aniq tuxtaydi. Bunday shoxbekatlardan biri Dahbet va Rudakiy
kuchlari chorrahasidadir. Bu yerda shaharning turli joylariga harakatlanuvchi deyarli barcha
avtobuslar tuxtashadi. Ko’plab avtobuslarning zamonaviy katta avtobuslarga almashtirilganligini
inobatga olsak bu bekatlar biroz kichikdek tuyuladi. Avtobuslar bazi hollarda piyodalar utish
joyini yopib quygan holatda holatda tuxtashadi. Bunday holatlar ya’ni bekatlarning kichikligi
avtobuslarning ko’pligi boshqa harakat qatnashchilari uchun xavfli holatlarni keltirib chiqarishi,
o’zaro kelishmovchilik, kayfiyatning buzilishi va tirbandlikka sabab bulishi mumkin. Bunday
bekatlarda yulovchilarni tushirishda ko’pchilik shu yerda tushganligi bois va konduktir bittaligi
sababli faqat bitta oldi tomon eshigini ochib shu yerdan tushishadi. Bunday holat turli noqulaylikni
keltieib ciqarishi mumkin, ammo “besh qul barobar emas” deganlaridek ikkala tomondan ham
tushirishsa odamlar orasidan yul haqqini bermasdan ketib qolgan holatlar ham bulgan. Elektron
tulov tizmi joriy etilgandan sung ko’pchilik plastik kartalar orqali to’lashga utgan. Lekin
avtobuslardagi elektiron tulov tizimi orqali to’lash aparati avtobusning old eshi tomonda
joylashgan. Orqa tomondagi yulovchilar odamlar orasidan utishga yokida avtobusdan tushib old
tomonga chiqib to’lashiga to’g’ri keladi. Konduktirlar avvalroq yul haqqini yig’ib olishayotganda
bazida plastik kartalarni ham olishadi va bir vaqtda bir qancha yulovchidan olingan plstik kartalar
ularning bir xilligi bois almashib ketish xavfini oshiradi. Elektiron tulov tizmining noto’g’ri
dasturlanganligi bois belgilangan miqdordan ko’p pul yechib olishiga sabab buladi va bunday holat
ham uchragan.

Jamiyatda qonun-qoidalar jamiyat hayoti va faoliyatini tartibga solib turadi. Lekin shunday

qonun-qoidalar va odob axloq normalari mavjudki ular hech qayerda yozilmagan, ular jamiyatda
shakillangan qoidalardir. Bunday qoidalar Jamoatchilik transportlarida ham mavjud. Bunday
qoidalardan biri ayollar oldi tomondan erkaklar orqa tomondan avtobusga chiqishi va shu
tomonlarda manziligacha harakatlanishidir. Bunday yozilmagan qoidalarni bilmasdan yokida
ataylab teskari tomondan chiqib olib, konduktirlar ularga boshqa tarafdan chiqishi kerakligini
aytishsa ular bilan tortishadigan, erkaklar orasida ketadigan ayollar, ayollar orasida ketadigan
erkaklar ham, urindiqqa utirish maqsadida aytilishiga qatamasdan ataylabdan orqaga chiqib
oladigan ayollar ham ucharab turadi. Bundan tashqari Jamoat transportlarida baland ovozda video
tomosha qilib ketadiganlar, atrofa nazar tashlamasdan boshqalarning chiqishi uchun o’zlari ularga
aytilmagunicha kerakli tartibda joylashmaydiganlar, boshqalarga halaqit bergan holda o’zaro
yokida telefonda gaplashib ketadigan yulovchilarni ham tez-tez uchratib turamiz.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

800

Xulosa.

Avtobus stansiyalari o’zaro kelishgan holda qat'iy va aniq jadval tuzib olishi kerak, bu

o’zaro quvib utish, tashlab ketish va o’zaro kelishmovchiliklarning oldini oladi. Tartibli harakatni
yo'lga quyish va jamoatchilika qulay xizmatni taqdim etish uchun qulay va tushunarli interfeysli
mobil ilova ishlab chiqilib undan foydalanilsa, ko’pchilik uchun manfaatli bular edi. Odob-axloq
qoidalariga amal qilish har kimning o’ziga va vijdoniga bog’liq. Har kim o’zini isloh qilsa jamiyat
yaxshilanib boraveradi.

REFERENCES

1.

https://yuz.uz/uz/news/ilk-jamoat-transporti-qanday-bolgan

2.

https://kun.uz

3.

https://lex.uz/docs/-6386205

4.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Samarqand_tramvaylari

References

Most read articles by the same author(s)

X.U. Samatov, Jasur Xayitmurodov, ISLOMDA MUSTAHKAM OILA QURISH TAMOYILLARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

X.U. Samatov, Dilshodbek Tojiboyev, O’ZBEKISTONDA DIN VA DAVLAT MUNOSABATLARINING HUQUQIY ASOSLARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

X.U. Samatov, Urolbek Sobirov, DINNING IJTIMOIY XAYOTDAGI O’RNI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

X.U. Samatov, Asqar Ziyotov, DINSHUNOSLIK VA MA’NAVIY QADRIYATLAR , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

X.U. Samatov, Saidburxoniddin Omanullayev, VIRTUAL O’YINLARNING INSON ONGIGA TA’SIRINI O’RGANISH: KENG QAMROVLI TAHLIL , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

X.U. Samatov, Sardor Sattorov, O'ZBEKISTONDA OILA INSTITUTLARNING MUSTAHKAMLASHNING IJTIMOIY-IQTISODIY ASOSLARI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

X.U. Samatov, Shahriyor Qayumov, DINIY BILIMLARNI YOSHLARGA YETKAZISHNING AHAMIYATI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

X.U. Samatov, Zarnigor Xudoyberdiyeva, YOSHLAR TARBIYASIDA ISLOMIY AN'ANALAR VA ULARNING SHAKLLANTIRISH MEZONLARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

X.U. Samatov, Jamshid Ramazonov, IJTIMOIY TARMOQLAR FAOLIYATIGA INSONLARNING MUNOSABATI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

X.U. Samatov, Odiljon Tilloyev, SOCIOLOGICAL ANALYSIS OF VIEWS ON COMPUTER GAMES , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

1 2 3 > >>