Authors

  • X.U. Samatov
  • Elshodbek Ashurov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.33004

Abstract

Cinematography has become an integral part of society's life, and its influence is significantly manifested in various directions. This article analyzes the impact of cinema on society, taking into account cultural, social and economic aspects. Stories and images spread through cinema expand people's worldview, influence their values and behavior. Also, the film industry contributes to economic growth and enhances cultural exchange. The article examines the positive and negative effects of film art, and considers the issues of social responsibility towards film makers and viewers. The article contributes to a deeper understanding of the interrelationships between the art of cinema and society and provides important insights into the field.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

801

KINO SOHASINING JAMIYATGA TASIRI SOTSIOLOGIK TAHLILI

X.U. Samatov

lmiy rahbar.

Ashurov Elshodbek

Toshkent Axborot Texnologiyasi Universiteti

Samarqand filiali Kompyuter injiniring fakulteti DI21-11-guruh talabasi.

Telefon raqam: +998904780910

Elektron pochta manzili:

elshodashurov807@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.11236246

Annotatsiya.

Kino san'ati jamiyat hayotining ajralmas qismiga aylangan bo’lib, uning

ta'siri turli yo’nalishlarda sezilarli darajada namoyon bo’ladi. Ushbu maqola kinoning jamiyatga
ta'sirini madaniy, ijtimoiy va iqtisodiy jihatlarni hisobga olgan holda tahlil qiladi. Kino orqali
tarqatiladigan hikoyalar va tasvirlar insonlarning dunyoqarashini kengaytiradi, ularning
qadriyatlari va xatti-harakatlariga ta'sir ko’rsatadi. Shuningdek, kino sanoati iqtisodiy o’sishga
hissa qo’shadi va madaniy almashinuvni kuchaytiradi. Maqolada kino san'atining ijobiy va salbiy
ta'sirlari o’rganilib, kino yaratuvchilari va tomoshabinlar oldidagi ijtimoiy mas'uliyat masalalari
ko’rib chiqiladi. Maqola kino san'ati va jamiyat o’rtasidagi o’zaro aloqalarni chuqurroq
anglashga yordam beradi va bu sohaga oid muhim fikr-mulohazalarni taqdim etadi.

Kalit so’zlar:

Kino, animatsion film, reklama, psixologiya, mafkura, ong, multifilm, Netflix,

Disney, Pixar.

SOCIOLOGICAL ANALYSIS OF THE IMPACT OF THE FILM INDUSTRY ON

SOCIETY

Abstract.

Cinematography has become an integral part of society's life, and its influence

is significantly manifested in various directions. This article analyzes the impact of cinema on
society, taking into account cultural, social and economic aspects. Stories and images spread
through cinema expand people's worldview, influence their values and behavior. Also, the film
industry contributes to economic growth and enhances cultural exchange. The article examines
the positive and negative effects of film art, and considers the issues of social responsibility
towards film makers and viewers. The article contributes to a deeper understanding of the
interrelationships between the art of cinema and society and provides important insights into the
field.

Keywords:

Cinema, animated film, advertisement, psychology, ideology, mind, cartoon,

Netflix, Disney, Pixar.

СОЦИОЛОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ВЛИЯНИЯ КИНОИНДУСТРИИ НА

ОБЩЕСТВО

Аннотация.

Кинематография стала неотъемлемой частью жизни общества, и ее

влияние существенно проявляется в различных направлениях. В данной статье
анализируется влияние кино на общество с учетом культурных, социальных и
экономических аспектов. Рассказы и образы, распространяемые посредством
кинематографа, расширяют мировоззрение людей, влияют на их ценности и поведение.
Кроме того, киноиндустрия способствует экономическому росту и расширяет
культурный обмен. В статье рассматриваются положительные и отрицательные


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

802

эффекты

киноискусства,

а

также

рассматриваются

вопросы

социальной

ответственности перед кинематографистами и зрителями. Статья способствует более
глубокому пониманию взаимосвязи между искусством кино и обществом и дает важное
представление об этой области.

Ключевые слова:

Кино, анимационный фильм, реклама, психология, идеология,

разум, мультфильм, Netflix, Disney, Pixar.

Bugungi murakkab jadallik bilan rivojlanayotgan zamonda ma’naviyat qaysidir ma’noda

ortda qolayotgandek bo’lmoqda. Kelajak avlodimizning qalbi va ongini turli zararli g’oya va
mafkuralardan saqlash, himoya qilishimiz zarur. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti
Islom Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida globallashuv tobora avj
olib boryotgan zamonaviy dunyoda bo’layotgan mafkuralarga baho berar ekan, “… bugungi
zamonaviy mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko’proq kuchga ega ” va xavfliroq
ekanligini takidlab o’tgan. Inson miyasida bo’shliq bo’lmaydi, bo’shliq paydo bo’ldimi albatta
to’ldiriladi. Farzandlarimiz sevib tomosha qilayotgan kino va multifilmlar uning ongiga, dunyo
qarashiga o’z tasirini ko’rsatadi.

Inson kino tomosha qilib ajoyib hissiyotlarga ega bo’lishi mumkin. Kino bu siz tomosha

qilib madaniy hordiq oladigan san’atdir. Ba’zida filmlar sizning qiziqishingizni, orzularingizni,
kasbingizni ham tanlashda turtki bo’lishi mumkin. Sizga notanish bo’lgan millatlarni o’rganishga,
dunyoni ko’rishga yordam beradi. Filmlar eng yaxshi reklama vositasi. Gollivud suratga olayotgan
filmlar orqasidan har yili millionlab turistlar Amerikaga tashrif buyuradi. Gollivud kinolari deyarli
dunyoning barcha joylarida namoyish etiladi va uni ko’rgan har qanday inson Amerikaga borish
istagi to’g’iladi. Amerikaga borish bo’lsa mayli, ularning madaniyatini ham qabul qila boshlaydi.

Bu maqolada asosan Amerika kinolarining muaffaqiyati va ular targ’ib etadigan mafkuralar

haqida gap boradi. Amerika kinolari global bozorda kata ahamiyatga ega. Ularning yuqori sifatli
filmlari dunyo bo’ylab millionlar darajada sotiladi va bu kino sanoatining moliyaviy o’sishi va
ishtirokchisiga aylantiradi. Bir nechta filmlar o’z mahsulotlarini olib kelgan joylarda turistlar
sonini oshirishi mumkin. Masalan, filmlarda ko’rsatilgan qadimiy joylar, shaharlar yoki
mamlakatlar turistlar uchun qiziqtirish va uni sayohatga chaqirish mumkin. Katta budjetli filmlar
ishlab chiqarish uchun ko’p miqdorda moliyaviy mablag'lar sarflanadi. Bu esa ishlab chiqarish,
o’qitish, turizm va boshqa sohalar uchun yangi ish o’rinlarining yaratilishiga olib keladi. Amerika
kinolari sanoati o’zaro aloqalar va texnologiyalar o’rtasida yangi innovatsiyalarni olib kelishi
uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Bu esa sanoatning rivojlanishi va o’zining o’ziga xos usullari
va texnologiyalarni yaratishiga olib keladi.

1895-yilda aka-uka Lyumerlar tomonidan dunyoga ilk marta qisqa metrajli film taqdim

etilgan, asli poydevorini Edison qo’ygan. Asosan mablag‘ olib keluvchi tasviriy vosita deb
qaralgan, lekin yillar o’tib kino san’at sifatida katta ta’sir doirasini kengaytirdi. 40-yillargacha kino
san’atmi yo sanoat, degan tortishuvlar bo’lgan bo’lsa, 40-yillardan keyin uning san’at ekani e’tirof
etildi. Kino erkin san’at sohasidir.Kino ma’rifatning o’sishiga olib keladi. Kino orqali insonlar
turli jamiyatlar, madaniyatlari, va mamlakatlarning hayotini o’rganish va tushunish imkoniyatiga
ega bo’ladi. Bu, o’z navbatida, jamiyatdagi tajribalar va g'oyalar orqali insonlar orasidagi
munosabatlar haqida ko’proq ma'lumot olish imkoniyatini beradi. Kino va seriallarning insonlarga


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

803

tasirini avvalo o’zimiz filmlardan boshlasak . 2005-yillarda efirga ketgan “Sardor” tele-sereali,
insonlarga butun hayoti davomida shug’ullanadigan kasbini topishga katta yordam bergan. Shu
yillardagi xarbiy xizmatchilardan suhbat olib borilganda ko’pchiligi shu serial sababli xarbiy
xizmatga yozdirganini aytib o’tgan. Undan tashqari 2008-yillarda efirga ketgan “Esmiralda” va
“Jumong” seriallari ham jamiyatga katta tasir ko’rsatgan. Meksika seriali tufayli ko’plab insonlar
o’z farzandlariga “Esmiralda” ismini qo’yishni boshlagan. “Jumong” seriali tufayli qanchadan
qancha bolalar ko’zlarini chiqargan.

Kino nafaqat yoshlarga balki kattalarga ham o’z tasirini ko’rsata oladi. Korealik mashhur

rejissor Bong Jun Xoning “Parazitlar” filmi davlatda keskin norozilik bo’lishiga sabab bo’lgan.

Sababi shuki bu filmda jamiyatdagi tabaqalanish, davlat siyosati va uy-joy qurilishidagi

muommolar haqida gap boradi. Bu film efirga ketganiga ko’p bo’lmasdan Seul ko’chalarida
noroziliklar bo’lib o’tadi. Shundan so’ng Seul mamuriyati har bir oilaga uch yarim million
vongacha bo’lgan 1500 ta podvalni ta’mirlash dasturini boshladi. Mablag’lar isitish tizimlarini
yaxshilash, pol qoplamalarini almashtirish, ventilyatorlar, oynalar va yong’in signalizatsiyasi
davlat tomonidan taminlab berildi. Bundan tashqari ishsizlikni qisqartirish uchun byudjetdan
milliardlab pul ajratilgan. Birgina filmning davlat va jamiyatga ko’rsatgan ijobiy tasiri edi. Lekin
har doim ham kino va seriallar jamiyatga ijobiy tasir qilavermaydi. Bunga misol qilib Amerika
kino ijodkorlari tomonidan ko’pincha so’ratga olinadigan Iroq va Vyetnamdagi voqealarni bir
tomonlama ya’ni dengiz orti mamlakati har doim haq qilib ko’rsatiladi. Shunday kinolardan biri
bo’lgan “Dovullar hukmdori”dir. Bu filmda Islom dinini yomon Musulmonlarni jangari qilib
ko’rsatadi.Bunday filmdan keyin Islom dinidan xabari bo’lmagan insonlar barcha dindorlar yovuz
degan fikrlarga olib keladi.

Kino sohasi yuqorida aytib o’tilganidek eng samarali reklama roliki vazifasini ham

bajaradi. Bunga misol qilib Netflix tomonidan suratga olingan “Qirolichaning yurishi” serialidir.

Ushbu serial ekran yuzini ko’rgandan keyin dunyo bo’ylab shaxmat to’plamlari sotilishi 4

barobarga oshgan. Shaxmat kitoblari savdosi esa Yevropada 50%ga, Osiyoda 70% gacha ko’tarilib
rekord natijani qayd etgan. Buni aynan shu serial bilan bog’lashdi. Serialda bosh qahramon ayol
kishi bo’lganligi uchun erkaklarga qaraganda ayollar ko’proq shaxmat saytlaridan ro’yxatdan
o’tilgan ekan. Birgina serial dunyo bo’ylab shaxmat industriyasiga kuchli tasir qila oldi. Bunday
reklamalar vaqat kino yoki seriallarda emas multfilmlarda ham uchrab turadi.

Pixarning ijod namunalaridan biri bo’lgan “Nemoni izlab” multfilmi bolajonlarning shu

multifilmdagi qahramonlar bo’lgan Masxarabos baliqlarning savdosi ortib ketishiga sabab
bo’lgan. Professor Karen Burke da Silva boshchiligidagi Finders universiteti tadqiqoti
masxarabozlar oilasini uzoq muddatli saqlashga e’tibor qaratgan holda ushbu muommoni hal
qilish ustida ishlamoqda.

“Dunyodagi biz kabi dengiz biologlari Nemoni yovvoyi tabiatda yo’qotishimizdan

xavotirda. Anemon baliqlar deb ham ataladigan masxaraboz baliqlar yashash joylarini
yo’qotishdan aziyat chekmoqda, chunki global isish tufayli marjon riflari kamayib bormoqda.” –
deydi professor Burke da Silva. Aslida bu animatsion film marjon baliqlarining akfareumlarda
saqlashini yaxshilikka olib kelmasligini ko’rsatgan edi. Animatsion filmlar ham ba’zida
prapakanda maqsadida qo’llanilishi mumkin. Disney ishlagan “Mikki Mous Arabistonda”
multfilmi hozirgacha ko’plab mamlakatlarda taqiqlangan. Bunga sabab qilib jamiyatning asosiy


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

804

dindor qatlami bo’lgan musulmonlarning Islom dinini masxara qilish deb baholangan. Bunday
multfilmlarning ba’zilari hattoki Amerikada ham taqiqlab qo’yilgan. Bunga sabab jamiyatda
norozolik va tartibsizliklarni keltirib chiqarishning oldini olish uchundir. Bunga yana bir misol
1967-yilda Disney tomonidan suratga olingan “Jungli kitobi” nomli multfilm haligacha jamiyat
ichida irqchilik g’oyalarini tatbiq etishda aybdor deb topil moqda.

Kinoning ijtimoiy, siyosiy, madaniy mohiyati mavjud, va ularning jamiyatga tasiri

kengroqdir. Ular insonlarning o’ylash, xayol qilish va muomala qilish usullarini o’zgartirishi
mumkin. Kino orqali namoyish etiladigan qadriyatlar va ideallar ko’pincha tomoshabinlarning o’z
hayotlariga, qarashlariga va xatti-harakatlariga ta'sir ko’rsatadi. Bu ta'sir nafaqat ijobiy, balki
salbiy bo’lishi ham mumkin, chunki ayrim filmlar stereotiplar va noto’g'ri tasavvurlarni
mustahkamlashi mumkin. Shu sababli, kino yaratish jarayonida ijtimoiy mas'uliyatni unutmaslik
muhimdir.

Xulosa:

Kino san’at asaridir. Toliqqan vaqt qulay o’tirib o’zingiz yoqtirgan yo’nalishda

filmni tanlab mazza qilib dam olish kerak. Albatta buning uchun o’z qarashingiz, mustaqil fikrga
ega bo’lgan bo’lishingiz kerak deb hisoblayman. Hamma har xil yo’nalishdagi filmlarga qiziqadi
va bo’sh vaqtida ko’rishga harakat qiladi. Nima bo’lganda ham kinolar bizning yurish turishimizga
xatti-harakatimizga salbiy tasir qilmasligi zarur.


REFERENCES

1.

https://kun.uz3

2.

https://www.youtube.com

3.

https://www.wikipedia.org/

4.

https://uzpedia.uz/pedia/kinoshunoslik




References

Most read articles by the same author(s)

X.U. Samatov, Jasur Xayitmurodov, ISLOMDA MUSTAHKAM OILA QURISH TAMOYILLARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

X.U. Samatov, Dilshodbek Tojiboyev, O’ZBEKISTONDA DIN VA DAVLAT MUNOSABATLARINING HUQUQIY ASOSLARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

X.U. Samatov, Urolbek Sobirov, DINNING IJTIMOIY XAYOTDAGI O’RNI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

X.U. Samatov, Saidburxoniddin Omanullayev, VIRTUAL O’YINLARNING INSON ONGIGA TA’SIRINI O’RGANISH: KENG QAMROVLI TAHLIL , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

X.U. Samatov, Sardor Sattorov, O'ZBEKISTONDA OILA INSTITUTLARNING MUSTAHKAMLASHNING IJTIMOIY-IQTISODIY ASOSLARI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

X.U. Samatov, Asqar Ziyotov, DINSHUNOSLIK VA MA’NAVIY QADRIYATLAR , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

X.U. Samatov, Shahriyor Qayumov, DINIY BILIMLARNI YOSHLARGA YETKAZISHNING AHAMIYATI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

X.U. Samatov, Zarnigor Xudoyberdiyeva, YOSHLAR TARBIYASIDA ISLOMIY AN'ANALAR VA ULARNING SHAKLLANTIRISH MEZONLARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

X.U. Samatov, Jamshid Ramazonov, IJTIMOIY TARMOQLAR FAOLIYATIGA INSONLARNING MUNOSABATI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

X.U. Samatov, Azimjon Fayzullayev, IJTIMOIY TENDENSIYALARNI O‘RGANISH:SOTSIOLOGIK TAHLIL , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

1 2 3 > >>