ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1024
SPORTNING JAMIYATGA TA’SIRI: SOTSIOLOGIK TAHLILI.
X.U. Samatov
Ilmiy rahbar.
Qodirov Navro’zbek Kenja o’g’li
TATU Samarqand fililali, Kompyuter injiniring fakulteti,
Dasturiy injiniring yo‘nalishi 3-kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11285034
Annotatsiya.
Ushbu maqolada sotsiologik nuqtayi nazardan jamiyatning turli
jabhalaridagi e’tiborga molik Sportning jamiyatga taʼsiri va sportga berilayotgan e'tibor.
Shuningdek jamiyatda kuzatilayotkan sport toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlar oʻrganiladi
Kalitso‘zlar:
Sotsiologiya, sport, shaxmat, sportning ommaga ta’siri, sog'liqni saqlash,
odamlar o'rtasidagi munosabatni kuchaytirish, ishonch, sabr, boks.
IMPACT OF SPORT ON SOCIETY: SOCIOLOGICAL ANALYSIS.
Abstract.
In this article, from a sociological point of view, the influence of sports on society
and the attention paid to sports in various aspects of society. Also, statistical information about
sports observed in society is studied.
Key words:
Sociology, sports, chess, the impact of sports on the public, health care,
strengthening relationships between people, trust, patience, boxing
ВЛИЯНИЕ СПОРТА НА ОБЩЕСТВО: СОЦИОЛОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ.
Аннотация.
В данной статье с социологической точки зрения изучается влияние
спорта на общество и внимание, уделяемое спорту в различных сферах жизни общества.
Также изучаются статистические данные о спорте, наблюдаемые в обществе.
Ключевые слова:
Социология, спорт, шахматы, влияние спорта на общество,
здравоохранение, укрепление отношений между людьми, доверие, терпение, бокс.
O’zbekistonda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa, yosh avlodning
jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug'ullanishi uchun zamon talablariga mos
shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini
tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga
yo'naltirilgan keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Sport musobaqalari orqali yoshlarda o'z
irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo'lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik,
ona Vatanga sadoqat tuyg'ularini his qiladi.
Sportning jamiyatga ta'siri, siyosiy tashkilotlar uchun yo'l ochish, milliy identifikatsiya va
xalqaro aloqalar tuzish, diplomatiya va xalqaro muloqotlarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga
ega bo'lishi mumkin. Bir nechta sport tadbirlari, mamlakatlar o'rtasidagi siyosiy o'yinlar sifatida
ishlatiladi va sport muxlislari diplomatiya va siyosiy muloqotlarni o'rganish va rivojlantirishda
muhim rol o'ynayadi. Sportning katta tadbirlari, misol uchun olimpiadalar, futbol turnirlari va
boshqa sport turlari, turizmni rivojlantirish, mehmondo'stlik aloqalari, transport sohasini
boshqarish va yuqori tekshiruv standartlarini ta'minlash uchun iqtisodiy investitsiyalarni jalb
qilishga imkon beradi. Bu sportning jamiyat va iqtisodiyot o'rtasidagi o'zaro aloqalarini yanada
kuchaytiradi. O’zbekistonimiz sportchilari ko’plab yutuqlarga erishgan,O’zbekistonda sportning
ko’plab yo’nalishlari rivojlangan bunga ko’plab misol keltirishimiz mumkin, masalan
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1025
boks,futbool,tenis,shaxmat va hakazolarni misol keltirishimiz mumkin, shu quyidagi sport
turlarining hammasida yuksak yutuqlarga erishgan,boksda hamyurtimiz Bahodir Jalalov jahon
chempioni bo’lgan bunga yurtimizda sportchilarga yaratib berilayotgan imkoniyatlarning samarasi
bo’ladi. Yurtimizda sportga bo’lgan e’tibor juda katta sport to’g’risida ko’plab qonunlar ishlab
chiqilgan. Oʻzbekiston Respublikasining „Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida“ gi qonuni
jismoniy madaniyat va sportni aholining keng qatlamlari manfaatlariga xizmat qilish, jismoniy
tarbiya uchun asosiy shartlardan biri boʻlgan ommaviylik va qulaylikni taʼminlash.Davlatimiz
raxbari Prezidentimiz Mamlakatimizda sportga yaratib berilgan sharoitlar tufayli aholi o‘rtasida
bu harakat ommalashmoqda. Yoshlarni jismoniy tarbiya bilan doimiy shug‘ullanib kelmoqda va
ko‘plari buni kasb sifatida tanlamoqda.
Davlatimiz rahbari har doim sog‘lom turmush tarzi, yoshlar bandligi, olimpiya va
paralimpiya harakati masalalariga alohida e’tibor qaratib keladi. Shu yil 23-may kuni bo‘lib o‘tgan
videoselektor yig‘ilishida sport ta’limini rivojlantirish, sohaga ilmiy yondashuvlarni tatbiq etish
vazifasi qo‘yilgan edi.Maʼlumki, joriy yil 5 mart kuni davlatimiz rahbarining “Jismoniy tarbiya va
sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
farmoni qabul qilingan edi. Farmonga muvofiq, ilgarigi davlat qoʻmitasi va uning hududiy
boʻlinmalari negizida Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashkil etilib,
uning vazifa va vakolatlari kengaytirildi. Sportchilarni tanlab olish – seleksiya ishlarini
takomillashtirish boʻyicha yangi tizim joriy etilib, bu oʻzining dastlabki natijalarini bera boshladi.
Professional sportchilarimiz xalqaro musobaqalarda ulkan yutuqlarga erishmoqda.
Avgust-sentyabr oylarida Indoneziyada oʻtkazilgan Osiyo oʻyinlarida sportchilarimiz 21 ta
oltin, 24 ta kumush va 25 ta bronza – jami 70 ta medalni qoʻlga kiritdi. Mamlakatimiz oltin
medallar soni boʻyicha 5-oʻrinni egallagani oʻzbek sporti tarixida eng yaxshi natija boʻldi. Bugun
mustaqil dunyoqarashi, mustahkam eʼtiqodi, fuqarolik pozitsiyasiga ega, dunyo hamjamiyatida
yuz bergan voqea-hodisalarga munosabat bildira oladigan jismonan va maʼnan sogʻlom avlodni
tarbiyalash asosiy vazifamiz etib belgilandi. Mamlakatda jismoniy tarbiya va sportning
ommaviyligini taʼminlash, yoshlar ongiga sogʻlom turmush tarzini singdirish, buni aholi oʻrtasida
keng targʻib qilish, sportchi yoshlarda Vatanga daxldorlik, elparvarlik tuygʻularini kamol toptirish
ham ayni kun talabiga aylandi. Gap shu haqda ketar ekan, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan
beshta muhim tashabbusning ikkinchi yoʻnalishi doirasida amalga oshirilgan ishlarni eslash oʻrinli
boʻladi, albatta. Bu borada Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tomonidan
tizimli ravishda amaliy ishlar olib borilmoqda. Oʻzbekiston xokkey boʻyicha Sovet Ittifoqi milliy
terma jamoasi tarkibida boʻlgan „Humo Toshkent“ professional xokkey jamoasi 2019 yilda tashkil
etilgan bo‘lib, kelajakda Yevroosiyo oliy ligasi bo‘lmish Kontinental Xokkey Ligasi (KHL)ga
qo‘shilish maqsadini ko‘zlagan. Humo 2019-20-yilgi mavsumda ikkinchi darajali Oliy xokkey
ligasiga (VHL) qoʻshiladi. Humo oʻz oʻyinlarini Humo muz gumbazida oʻynaydi, uning narxi 175
million yevrodan oshadi; jamoa ham, arena ham oʻz nomini baxt va erkinlik ramzi boʻlgan
afsonaviy Huma qushidan olgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
raisligida 31-oktabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqarish tizimini takomillashtirish,
ommaviy sportni rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni tanlash va tarbiyalash, sohani malakali
kadrlar bilan mustahkamlash hamda zamonaviy sport inshootlarini barpo etish masalalariga
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1026
bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Prezidentning
Davlat maslahatchisi, tegishli vazirlik va qo‘mitalar rahbarlari ishtirok etdi.
Xulosa: Sog'lom turmush tarzini shakllantirish hamda turli xil kasalliklarning oldini
olishning asosiy yo'li to'g'ri tashkil etilgan jismoniy harakat, madaniyati, sport, hamda sog'likni
saqlash tizimidir. Jismoniy harakat odamning butun organizmidagi a'zo va tizimlar ishini
normallashtiradi, buzilgan fiziologik faoliyatlarning tiklanishiga yordam beradi, aqliy va jismoniy
faollikni oshiradi. Mahalliy jismoniy tarbiya va sport harakatining eng yaxshi anʼanalarini saqlab
qolish va tiklash, aholining barcha qatlamlarini faol jismoniy tarbiya va sportga maksimal
darajada jalb etishga qaratilgan va har kuni sport tadbirlariga qo’shilib,ularda qatnashishga
intilayotganlar soni ortib bormoqda. Ayni paytda mamlakatimizda sog’lom turmush tarziga faol
qiziqish shakllantirilmoqda. Yangi yuqori samarali jismoniy tarbiya, sogʻlomlashtirish va sport
texnologiyalarini izlashni davom ettirish zarur.
REFERENCES
1.
https://yuz.uz/uz/news/soglom-millat-galabaga-intellektual-yuksalishga-qodir-
2.
https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekistonda_sport
3.
https://president.uz/oz/lists/view/1190
4.
https://olamsport.com/oz/news/jismoniy-tarbiya-va-ommaviy-sportni-yanada
rivojlantirish-chora-tadbirlari-togrisida
5.
https://zenodo.org/records/8195360
