ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1191
SOG'LIQNI SAQLASH SOHASIDA XUSUSIY SEKTOR FAOLIYATIGA
INSONLARNING MUNOSABATI
X.U. Samatov
Ilmiy rahbar:
Mardiyev Murodjon
Toshkent Axborot Texnologiyasi Universiteti
Samarqand filiali Kompyuter injiniring fakulteti
AT-servis 21-07-guruh talabasi
Telefon raqam: +998940060856.
Elektron pochta manzili:
https://doi.org/10.5281/zenodo.11317106
Annotatsiya
. Bu maqola, sog'liqni saqlash sohasida xususiy sektor faoliyatiga
insonlarning munosabatini ta'kidlaydi. Maqola ommaviy xizmatlar va xususiy sektor
faoliyatlarining sog'liqni saqlashga qanday ta'sir ko'rsatishi va insonlar uchun qanday muhim
bo'lishi haqida ma'lumotlar taqdim etadi. Ushbu maqolada, ommaviy va xususiy sektorlar
orasidagi munosabatlarni o'rganish uchun ilmiy tadqiqotlar, statistika ma'lumotlar va soha
mutaxassislarining fikrlari murojaat qilingan. Maqola, insonlarning sog'liqni saqlash
xizmatlaridan foydalanish darajasini oshirish, ularning shaxsiy ehtiyojlariga qanday javob berish
orqali yuqori sifatli xizmatlarni taqdim etish va sodiq hamkorlik orqali ko'rsatilayotgan qadamni
ta'kidlaydi. Bu maqola, sog'liqni saqlash sohasidagi xususiy sektor faoliyatining, insonlarning
hayoti va sog'liqini ta'minlashda katta ahamiyatga ega bo'lganini ko'rsatadi.
Kalit so’zlar
: Sog’liq, xususiy sektor, sog'liq, tibbiy, stomatologiya, laboratoriya tashxisi,
terapiya, fizioterapiya, nevrologiya, muassasa.
PEOPLE'S ATTITUDES TOWARDS PRIVATE SECTOR ACTIVITIES IN THE FIELD
OF HEALTH CARE
Abstract.
This article highlights the public response to private sector activities in health
care. The article provides information on how public services and private sector activities affect
health and how they matter to people. This article examines the relationship between the public
and private sectors using scientific research, statistical data, and the opinions of industry experts.
The article highlights the strides being made in increasing people's access to health services,
providing high-quality services by responding to their individual needs, and committed
partnerships. This article shows that the activities of the private sector in the field of health care
are of great importance in ensuring the lives and health of people.
Key words:
Health, private sector, health, medical, dentistry, laboratory diagnosis,
therapy, physiotherapy, neurology, institution.
ОТНОШЕНИЕ НАСЕЛЕНИЯ К ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ЧАСТНОГО СЕКТОРА В
ОБЛАСТИ ЗДРАВООХРАНЕНИЯ
Аннотация.
В данной статье рассматривается реакция общества на
деятельность частного сектора в сфере здравоохранения. В статье представлена
информация о том, как государственные услуги и деятельность частного сектора влияют
на здоровье и какое значение они имеют для людей. В данной статье рассматриваются
взаимоотношения государственного и частного секторов с использованием научных
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1192
исследований, статистических данных и мнений экспертов отрасли. В статье
освещаются успехи, достигнутые в расширении доступа людей к медицинским услугам,
предоставлении высококачественных услуг путем реагирования на их индивидуальные
потребности и преданном партнерстве. В данной статье показано, что деятельность
частного сектора в сфере здравоохранения имеет большое значение в обеспечении жизни
и здоровья людей.
Ключевые слова:
Здравоохранение, частный сектор, здравоохранение, медицина,
стоматология, лабораторная диагностика, терапия, физиотерапия, неврология,
учреждение.
Insonlarning sog'liqni saqlash sohasida xususiylashtirilgan sektor faoliyati juda muhimdir.
Bu soha, insonlar uchun sog'likni saqlash, davolanish bilan bog'liq masalalar bilan
shug'ullanadi. Insonlarning sog'ligi, ularning faoliyati va umrini uzaytirishga qaratilgan tadbirlar
bilan bog'liqdir. Bundan tashqari insonlarni sog'lomlashdirish, kasalliklardan himoya qilish va
davolanishning muhim yo'llarini o'rganish va ulardagi yangi yo'llarni izlashga yo'l ochadi.
Yurtimizning barcha hududlarida xususiy tibbiyot muassasalari tarmog‘i faoliyatini
kengaytirish uchun qulay sharoitlar yaratilgan, ularning faoliyatini tartibga solingan holda
insonlarga sifatli tibbiy xizmat ko’rsatilmoqda. Xususiy tibbiyot muassasalarining tashxis qo‘yish
va davolash bo‘yicha zamonaviy yuqori texnologiyali usullarni keng qo‘llagan holda, keng aholi
qatlamlari, jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga yuqori malakali tibbiy yordam
ko‘rsatishga qaratilgan xizmatlar ko‘rsatiladi.
Oxirgi yillarda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasini tubdan isloh qilish va
takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish doirasida tibbiyot sohasining xususiy sektorini
barqaror rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu sohaga mamlakatimiz sog‘liqni
saqlash tizimining davlat sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan ko‘rsatilayotgan keng turdagi
tibbiyot xizmatlarini sifat jihatidan yuksaltirish va yanada to‘ldirishga xizmat qiladigan muhim
tarkibiy qism sifatida qaralmoqda. Umuman olganda, mamlakatimizda tibbiyot sohasining xususiy
sektori faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonunida
mamlakatimizda sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
Xususiy tibbiyot muassasalari faoliyatini tartibga solish va litsenziyalash tizimi faoliyat
yuritmoqda. Ularga barcha turdagi soliqlar va qator majburiy to‘lovlar, shuningdek, chetdan olib
kelinadigan yangi tibbiy asbob-uskunalar uchun bojxona to‘lovlaridan ozod etish bo‘yicha
imtiyozlar berilayotir.
So‘nggi 6 yilda mamlakatimizda xususiy tibbiyot muassasalari soni 2 barobar ko‘payib,
3,5 mingtaga yetdi. Ularni yuqori texnologiyali tibbiyot texnikasi bilan jihozlash darajasi 3 barobar
oshdi. Ayniqsa, stomatologiya, laboratoriya tashxisi, terapiya, fizioterapiya, nevrologiya va
boshqa sohalarga ixtisoslashgan xususiy tibbiyot muassasalari rivojlangan. Shu bilan birga,
davlatimiz rahbari sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan uchrashuvlarida sog‘liqni saqlash
tizimida xususiy sektorni rivojlantirishga hamon yetarlicha e’tibor qaratilmayotganini ta’kidladi.
Bu boradagi tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, xususiy tibbiyot muassasalari faoliyatiga oid
qonunchilikda mavjud cheklovlar ular tomonidan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat turlarini
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1193
kengaytirish va sifatini yanada yaxshilashga, ayniqsa, tor ixtisoslikdagi tibbiyot sohalariga ilg‘or
davolash usul va texnologiyalarini joriy qilishga to‘sqinlik qilmoqda. Ayniqsa, xususiy tibbiyot
subyektlarining qishloq joylarda rivojlanishi darajasi qoniqarsiz holatda, ularning uchdan bir
qismidan ziyodi Toshkent shahri va viloyatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Shu munosabat bilan qabul
qilingan qarorga muvofiq, sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirishning
asosiy yo‘nalish va vazifalari qatorida xususiy tibbiyot muassasalari tashxis qo‘yish va
davolashning zamonaviy yuqori texnologiyali usullarini keng qo‘llagan holda sifatli tibbiy
xizmatlar ko‘rsatishi uchun zarur sharoitlar yaratish, ularning moddiy-texnik bazasini
mustahkamlash hamda ularga kredit ajratish va moliyaviy yordam ko‘rsatish, xususiy tibbiyot
sohasiga xorijiy investitsiyalar va malakali mutaxassislarni jalb qilish, tibbiy xizmatlar eksportini
kengaytirish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish bozori infratuzilmasini rivojlantirish belgilangan.
Insonlarga sifatli tibbiy xizmat ko’rsatish uchun qarorlar yangilanmoqda, ayni paytgacha
xususiy tibbiyot muassasalariga 177 turdagi tibbiy xizmatlarning atigi 50 tasiga ruxsat etilgan
bo‘lib, qolganlari taqiqlangan edi. Yangilangan qarorga binoan, endi ularga tibbiy xizmatlarning
deyarli barcha turlarini ko‘rsatishga ruxsat berildi. Ruxsat etilgan tibbiy xizmat turlariga
kardiojarrohlik, neyrojarrohlik, mikrojarrohlik, onkologiya, anesteziologiya va reanimatologiya,
gelmintologiya, intervitsion kardiologiya, immunobiologik va immunoferment tashxis qo‘yish,
qon-tomir, torakal va abdominal jarrohlik va tibbiyot sohasida talab yuqori bo‘lgan boshqa
yo‘nalishlar kiritildi. Shuni qayd etish lozimki, agar avval qabul qilingan qonunchilik hujjatlarida
xususiy tibbiyot muassasalari shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari tasdiqlangan bo‘lsa,
endi faqat davlat sog‘liqni saqlash muassasalari amalga oshirishi mumkin bo‘lgan va xususiy
tibbiyot muassasalari uchun taqiqlangan ayrim cheklangan faoliyat turlari tasdiqlanmoqda.
Ushbu faoliyat turlari aholi hayoti, salomatligi va sanitariya-epidemiologik holatiga katta
xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan, jumladan, o‘ta yuqumli, xavfli va karantin kasalliklarga tashxis
qo‘yish va davolash, toksikologik, venerik va ruhiy xastaliklar, chaqaloqlar va 1 yoshgacha
bo‘lgan bolalar kasalliklari va patologiyasini davolash, tug‘ruqni qabul qilish va homiladorlikni
to‘xtatish, organlarni ko‘chirish, qon donorligini tashkil etish va boshqa o‘ziga xos yo‘nalishlar
bilan bog‘liqdir. Alohida ta’kidlash lozimki, taqdim etilgan soliq imtiyozlari xususiy tibbiyot
muassasalarining moddiy-texnik bazasini sezilarli darajada mustahkamlash imkonini beradi.
Bo‘shagan mablag‘lar ularni zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash, ularga
servis-texnik xizmat ko‘rsatish, tibbiyot maqsadlari uchun ehtiyot qismlar, inventar va boshqa
buyumlar xarid qilish, yangi bino va inshootlarni qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilishga
maqsadli yo‘naltiriladi.
Xususiy tibbiyot sektorga yaratib berilayotgan imkoniyatlar qishloq joylarda va chekka
tumanlarda tibbiyot sohasida xususiy sektorni jadal rivojlantirish maqsadida qarorda qishloq
joylarda tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasida tashkil etiladigan yangi mikrofirmalar va kichik
korxonalar davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab 10 yil muddatga yagona soliq to‘lovidan
ozod etilishi ko‘zda tutilgan. Dasturda xususiy tibbiyot muassasalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish va
kengaytirish uchun ularni bino va xonalar bilan ta’minlashga doir amaliy chora-tadbirlar ko‘zda
tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni
rivojlantirish davlat qo‘mitasiga foydalanilmayotgan binolar, obyekt va xonalarni, ayniqsa,
sog‘liqni saqlash tizimida tugatilayotgan muassasalarning davlat mulki bo‘lgan obyektlarini
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1194
aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatadigan tadbirkorlik subyektlariga “nol” qiymatida belgilangan
tartibda bepul sotish, bunda mulkdorlar investitsiya kiritish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha
majburiyatlarni zimmasiga olishini ta’minlash vazifasi topshirildi. Shu bilan birga, kichik
tadbirkorlik subyektlari, jumladan, xususiy tibbiyot muassasalariga davlat mulkini ijaraga
olishning maksimal muddatini amaldagi normalarga muvofiq 5 yildan 10 yilgacha uzaytirish
ko‘zda tutilgan. Bunda sog‘liqni saqlash muassasalarining davlat mulkidan foydalanish uchun
ijara to‘lovining eng kam stavkasini 20 foizga qisqartirish nazarda tutilgan.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tibbiyotning xususiy sohasiga, ayniqsa, yuqori malakali
xorijiy mutaxassislarni jalb qilish va xorijiy kapital ishtirokida qo‘shma tibbiyot muassasalari
tashkil etish orqali ilg‘or xalqaro tajribani joriy etishni kengaytirishga doir chora-tadbirlar ko‘zda
tutilgan. Xususiy tibbiyot muassasalarida ishlashga jalb etiladigan xorijlik shifokorlar va
zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalariga xizmat ko‘rsatadigan texnik mutaxassislar tuzilgan
mehnat shartnomalari doirasida olinadigan daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxslar daromad solig‘i
hamda yagona ijtimoiy to‘lovlardan ozod etilishi belgilangan.
Xulosa
Insonlarning sog'liqni saqlash sohasidagi xususiy sektor faoliyatiga munosabati insonlar
uchun keng imkoniyatlar yaratadi va ularning sog'ligini muhofaza qilishga yordam beradi. Bu yo'l
orqali odamlar sog'likli va mukammal hayot yitishtirishi mumkin. Insonlarning sog'likni saqlash
sohasida xususiylashtirilgan sektor faoliyatiga munosabat o'rnatish juda muhimdir. Bu soha
insonlar uchun yaxshi hayot sharoitini ta'minlashda katta ahamiyatga ega.
Sog'lom odam - sog'lom jamiyatning asosiy temeli bo'ladi va bu maqsadga erishuvchi
harakatlarga e'tibor berilishi kerak.
REFERENCES
1.
https://lex.uz/ru/docs/-3150309#-3150317
2.
https://president.uz/oz/lists/view/371
