Authors

  • X.U. Samatov
  • Maxsud Keldiyorov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.33294

Abstract

Hozirgi kunda yurtimizda migratsiyaning kuchayishi, ya’ni chet davlatlarda mavsumiy ish uchun ketish kuchayotgani va ularni oldini olish to’g’risida.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1222

O’ZBEKISTONDA MEHNAT MIGRATSIYASINING SOTSOLOGIK TAHLILI

X.U.Samatov

Ilmiy rahbar

Keldiyorov Maxsud

Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti, Samarqand filiali Kompyuter

Injeniring fakulteti, KI-21-03 guruh talabasi.

Telefon raqam:+998930821503.

Elektron pochta manzili:

Keldiyorovmaxsud613@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.11317857

Annotatsiya.

Hozirgi kunda yurtimizda migratsiyaning kuchayishi, ya’ni chet davlatlarda

mavsumiy ish uchun ketish kuchayotgani va ularni oldini olish to’g’risida.

Kalit so’zlar:

Migratsiya, iqsodiyot, migrat, jamiyat, taraqiyot, ijtimoiy-iqtisodiy.

SOCIOLOGICAL ANALYSIS OF LABOR MIGRATION IN UZBEKISTAN

Abstract.

Currently, there is an increase in migration in our country, i.e., an increase in

the number of people leaving for seasonal work in foreign countries, and about their prevention.

Key words:

Migration, economy, migrate, society, development, socio-economic.

СОЦИОЛОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ТРУДОВОЙ МИГРАЦИИ В УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация.

О росте миграции в нашей стране сегодня, т.е. увеличении выездов на

сезонные работы в зарубежные страны и их предотвращении.

Ключевые слова:

Миграция, экономика, миграция, общество, развитие, социально-

экономическое.

Jamiyat va davlat o'zgarishlari insonning faollashuviga, insonlarning mehnat no

intellektual ta'minotidan imkoni bo'lgan unumli foydalanishga, barcha mehnatkashlarning ijodiy
kuchlarini to’la ishga solishga hamda shaxs, jamiyat va davlat o'rtasidagi manfaatdorlik va
munosabatlarning mutanosibligini ta'minlashga bog'liqdir.

Jamiyat taraqqiyoti ijtimoiy fanlar oldiga juda katta vazifalarni qo'ymoqdaki, ularsiz

jamiyatni o'rganish, yangilanish jarayonlarining istiqbollarini rivojlantirish va ilmiy-nazariy
asoslarini mumkin emas. Jamiyat taraqqiyoti no barqarorlikni ta'minlashda beshta tamoyilni
vujudga keltiradi.

Jahon xoʻjaligi rivojlanib, mamlakatlararo integratsion aloqalar kuchayib borgan sayin,

mehnat migratsiyasi ham tobora intensivlashib bormoqda. Rivojlangan mamlakatlar va iqtisodiy
qoloq mamlakatlar oʻrtasidagi farqlarning uzluksiz chuqurlashib borayotgani ham ushbu
jarayonlarni jadallashtirishga kuchli taʼsir koʻrsatmoqda.

Chunki mehnat migratsiyasi kishilik jamiyati taraqqiyotining hozirgi bosqichida

migratsiyaning oʻziga munosib ish va yuqori daromad topish maqsadida amalga oshirilgan alohida
turi boʻlib, iqtisodiyoti ogʻir ahvolda boʻlgan kam rivojlangan mamlakatlarda bandlik va ish
haqinig oʻtkir muammolarini hal etishning asosiy vositalaridan biriga aylandi. Tabiiyki, siyosiy
mustaqillikka erishgan, lekin ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda oʻtmishdan qolgan merosning ogʻir
muammolarini uzil-kesil hal etish zaruratiga duch kelgan Oʻzbekiston ham XX asrning fenomeni
– mehnat migratsiyasi jarayonlaridan chetda qolish imkonini topolmadi.[2, 142-bet]


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1223

Akademik M.Muhammedovning mehnat migratsiyasi: sabab va oqibatlari haqida

fikrlari quyidagicha:

Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotiga oʻtish bilan bogʻliq tub oʻzgarishlar birinchi navbatda

mehnat munosabatlariga benihoya kuchli taʼsir koʻrsatdi. Natijada iqtisodiy islohotlar jarayonida
bozor munosobatlariga asoslangan iqtisodiy tizimga xos, uning ajralmas qismi va doimiy yoʻldoshi
boʻlgan ishsizlik fenomeni yuzaga keldi. Iqtisodiyotda kechgan obyektiv jarayonlar oqibatida
minglab, millionlab kishilar ishsiz qoldi, oʻzlarining daromad manbaidan ajraldi. Endigina
mustaqillikka erishgan yosh Respublikada kasbiy taʼlim tizimi mamlakatda shiddat bilan
shakllananib borayotgan bozorning real talablaridan kelib chiqqan holda malakali mutaxassislar
tayyorlash va qayta atyyorlash tizimiga hali moslashib ulgurmagan edi. Natijada mehnat bozorida
ishchi kuchi taklifi va unga talab oʻrtasida keskin tarkibiy disbalans yuzaga keldi va bozor
munosabatlari oʻrnashib borgan sayin tobora chuqurlashib bordi. Bularning hammasi ish haqi oila
daromadining yakkayu-yagona manbai boʻlgan yollanma ishchilar uchun haqiqiy fojiaga aylandi,
ularni yuzaga kelgan tang vaziyatdan chiqish, oilani taʼminlash choralarini izlashga majbur qildi.

Oʻzbekistonda ishsizlikning yuzaga kelishi va keskin tus olishining hamda sobiq

ittifoqdosh respublikalariga nisbatan yana-da asoratliroq kechishining inkor etib
boʻlmaydigan oʻziga xos jihatlari va chuqur sabablari bor edi. Bular qatoriga quyidagilarni
kiritish mumkin:

Sobiq sovet tizimidan meros boʻlib qolgan ijtimoiy sohaning beoʻxshovligi; sovetlar

hukumatining sunʼiy yaratilgan, lekin ish haqi oʻta past, turmush darajasini taʼminlashning xalqaro
standartlariga batamom mos kelmaydigan ish oʻrinlari tashkil etish vositasida aholining toʻla
bandligini taʼminlash siyosati;

sovetlar imperiyasining yemirilishi oqibatida respublikalararo lateral (gorizontal) iqtisodiy

aloqalarning izdan chiqishi;

murakkab demografik vaziyat;
oila tarkibida boqimandalar ulushining kattaligi;
bozor munosabatlariga oʻtish davri qiyinchiliklari taʼsiri ostida ishlab chiqarish mutlaq

hajmining qisqarishi;

iqtisodiyotda chuqur tarkibiy oʻzgarishlarning sodir boʻlishi;
eksport tarkibida xomashyo resurslari ulushining yuqoriligi;
bozor iqtisodiyotiga oʻtish jarayonida ekstensiv omillarning intensiv omillarga almashuvi

natijasida ishchi kuchi nisbiy ortiqchaligining yuzaga kelishi va hokazolar.

Iqtisodiy islohotlar jarayonida Oʻzbekiston bir vaqtning oʻzida bir nechta oʻtish davrini

boshidan kechirdi.

Birinchidan,

qaramlikdan mustaqillikka oʻtish, buning oqibatida imperiyaning

yemirilishi hamda yaxlit organizm tarkibida koʻp yillik vertikal va gorizontal iqtisodiy
aloqalarning izdan chiqishi natijasida ittifoq koʻlamidagi koʻplab yirik-yirik korxonalarning
yopilib ketishi yoki ogʻir holatga tushib qolishi.

Ikkinchidan,

bir iqtisodiy tizimdan boshqasiga

oʻtish, iqtisodiyotdagi chuqur tarkibiy oʻzgarishlar, talabning keskin qisqarishi va hokazolar.

Uchinchidan,

boqimandalik kayfiyatidan ishbilarmonlik va tadbirkorlik faoliyatiga oʻtishning

muqarrarligi.

Qadim zamonlarda bir buyuk faylasuf oʻtish davrida yashash azoblaridan meni

Yaratganning oʻzi asrasin, degan ekan. Bir yoʻla bir nechta murakkab oʻtish jarayonlarini boshidan


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1224

kechirgan Oʻzbekiston iqtisodiyotida qanchalik ogʻir, qanchalik murakkab vaziyat yuzaga
kelganligini, kun boʻyi ter toʻkib oilasini arang tebratayotgan oddiy ishchi uchun naqadar ayanchli
boʻlganligini toʻla tasavvur qilish uchun juda kuchli iqtisodchi boʻlish shart emas. Mantiqiy
tafakkur va aql-idrok bilan vaziyatni oqilona baholashning oʻzi kifoya qiladi.

Darhaqiqat, Oʻzbekiston mustaqillikka erishgan davrda qishloq xoʻjaligi milliy

iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlaridan biri boʻlib, unda jami iqtisodiyotda band boʻlgan aholining
1/3 qismi ijtimoiy foydali mehnat bilan band edi, hozir esa u 26 foizgacha tushdi. Shu davr
mobaynida qishloq aholisi tarkibida mehnat resurslarining 1,6-martaga koʻpayganligini ham
hisobga olsak, qishloq joylarda mehnat bozorida ishchi kuchi taklifi va unga boʻlgan talab
oʻrtasidagi nomutanosiblikning yana-da chuqurlashganligini koʻramiz va ishsizlik darajasining
oshib borishi tabiiy jarayon ekanligiga amin boʻlamiz. Umuman qishloq xoʻjaligida band boʻlgan
aholi sonining tobora qisqarib borishi va jami iqtisodiyotda band aholi sonidagi ulushining
pasayishi jahon xoʻjaligi tarkibida roʻy berayotgan global tendensiyalarga xos boʻlib, nazarimizda
Oʻzbekistonda ham ushbu jarayonlar kelgusida jadallashishi muqarrar.

Iqtisodiy jihatdan rivojlangan Gʻarb davlatlarida ushbu koʻrsatkich 3-5 % atrofida ekanligi,

Germaniyada esa 2% dan ham pastligi fikrimizning yorqin dalilidir. Bu shuni anglatadiki, gʻarb
dehqoni 20-33 kishini, nemis dehqoni 50 kishini, oʻzbek dehqoni esa atigi 4 kishini qishloq
xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlaydi.

Kelajakda fermer xoʻjaliklari moliyaviy ahvolining yaxshilanib borishi natijasida qishloq

xoʻjaligining moddiy-texnika bazasi rivojlanadi va bandlik darajasining qisqarish jarayonlari
yana-da jadallashadi va ushbu omil taʼsirida mehnat bozoridagi vaziyat yana-da keskinlashadi.

Ish izlab xorijga chiqqan mehnat migrantlariga nisbatan davlat va jamiyatning, qolaversa,

har bir Oʻzbekiston fuqarosining munosabatini shakllantirishda masalaning yuqorida zikr etilgan
jihatlarini albatta inobatga olish lozim. Shundagina ular tanlagan yoʻlga adolat yuzasidan, oqilona
baho berish imkoniyatiga ega boʻlamiz. Afsuski, ayrimlar mehnat migrantlarini qanoatsizligi,
yengil-yelpi hayotga moyilligi, goʻyoki yurtimizdagi qiyinchiliklarga dosh bermasdan, oson
yoʻllar bilan moʻmay daromad topish maqsadida vatanini tark etganlikda aybdor qilib koʻrsatishga
urinadilar. Aslida ham shundaymi?

Mustaqillikning dastlabki yillarida mamlakatda erkin bozor iqtisodiy munosabatlarini

shakllantirish hamda oʻtish davrining tabiiy qiyinchiliklari oqibatida yuzaga kelgan va tobora avj
olib borayotgan ishsizlikning oldini olish, imkon qadar uning koʻlamini jilovlashning, yaʼni
ishsizlik muammosini oqilona hal qilishning ikki yoʻli bor edi.

Birinchi yoʻl –

bu mamlakatda koʻplab yangi ish oʻrinlarini yaratish va oʻtish davri

qiyinchiliklari hamda tizimli oʻzgarishlar oqibatida barcha ishdan boʻshaganlarni yangidan
yaratilgan ish oʻrinlariga joylashtirish. Muammoning yechimi sifatida davlat iqtisodiy
islohotlarning dastlabki bosqichlaridayoq kichik va xususiy tadirkorlikka keng yoʻl ochib berish,
unga imtiyozlar berish, qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirishning tezkor choralarini koʻrish
siyosatini tutdi. Lekin, endigina mustaqillikka erishgan va oʻtish davri inqirozini boshidan
kechirayotgan mamlakatda ishsizlik muammosini uzil-kesil hal etishda davlatning moliyaviy
imkoniyatlari benihoya cheklangan edi. Boz ustiga xalqimizda tadbirkorlik bilan shugʻullanish va
uning hisobidan daromad topish tajribasi hali shakllanmagan edi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1225

Ikkinchi yoʻl –

aholiga boshqa mamlakatlarga chiqib, tirikchilik qilishlari, oilasini boqish

uchun imkoniyat yaratib berish, aniqrogʻi mehnat migratsiyasiga yoʻl ochib berishdan iborat
edi.Respublikamiz uchun bozor iqtisodiyotiga oʻtish jarayonida ana shunday mashaqqatli va
beqaror vaziyatda ishsiz qolganlarning bir qismi, aniqrogʻi nomigagina bandlikda boʻlib, maosh
olib yurganlar yoki ishdan boʻshab, ishsizlar toifasiga mansub boʻlganlar mana shu ikkinchi yoʻlni
tanlashga majbur boʻlishdi.

migratsiyasining kelib chiqish sabablari qanchalik murakkab, uning ildizlari qanchalik

chuqur boʻlmasin, davlatimizning, xalqimizning, qolaversa har birimizning unga nisbatan
munosabatimiz, uning kelajagiga nisbatan aniq strategiyamiz shakllanmogʻi lozim. Mehnat
migrantlari yana qancha vaqt begona yurtlarda muhojirlikda yashab, oila tebratishi kerak degan
hayotiy savolga aniq javob mana shu strategiyada oʻz aksini topmogʻi lozim.[1, 1-bet]

1. Mehnat migratsiyasining sabablari
Iqtisodiy omillar
- Ishsizlik va kam maosh: Ko'plab odamlar o'z vatandagi ish topish qiyinligi yoki past

maosh tufayli boshqa davlatlarga ketishadi.

- Yuqori maosh: Boshqa davlatlarda yuqori maosh va yaxshiroq yashash sharoitlari uchun

migratsiya qilishadi.

Ijtimoiy omillar
- Oila va do'stlar: Ba'zida oilaviy aloqalar yoki do'stlar orqali boshqa davlatga ko'chish

qaror qilinadi.

- Yashash sharoitlari: Yaxshiroq ta'lim, tibbiyot xizmatlari va xavfsizlik kabi sharoitlar

ham migratsiya sabablaridan biridir.

Siyosiy omillar
- Siyosiy beqarorlik: Urush, qurolli mojarolar yoki siyosiy ta'qiblar sababli odamlar boshqa

davlatlarga ko'chib o'tishadi.

- Hukumat siyosatlari: Ba'zi davlatlar o'z fuqarolariga chet elda ishlashga ruxsat berish

uchun maxsus siyosatlar yuritishadi.

2. Migratsiyaning ijtimoiy ta'sirlari
O'z vatanidagi ta'sirlar
- Demografik o'zgarishlar: Ishchi kuchining kamayishi, aholi sonining pasayishi.
-Iqtisodiy ta'sirlar: Migrantlar tomonidan yuboriladigan pul (remittances) o'z vatani

iqtisodiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

-Ijtimoiy ta'sirlar: Oilalarning ajralishi, bolalar va qariyalarga g'amxo'rlik qilish

muammolari.

Qabul qiluvchi davlatdagi ta'sirlar
-Ijtimoiy integratsiya: Migrantlarning qabul qiluvchi jamiyatga moslashish jarayoni.
-Iqtisodiy ta'sirlar: Migrantlarning qabul qiluvchi davlat iqtisodiyotiga qo'shgan hissasi.
-Madaniy o'zgarishlar: Migrantlar qabul qiluvchi davlat madaniyatiga qanday ta'sir

ko'rsatadi va ularning madaniyati qanday qabul qilinadi.

3. Migratsiyaning ijtimoiy strukturadagi o'rni
Mehnat bozoridagi rol


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1226

- Past malakali ishlar: Migrantlar ko'pincha past maoshli va past malakali ishlarni

bajarishadi.

- Malakali ishlar: Ba'zi migrantlar yuqori malakali va yuqori maoshli ishlarni ham

bajarishlari mumkin.

Migrantlar huquqlari va himoyasi
- Huquqiy himoya: Migrantlarning qabul qiluvchi davlatda huquqiy himoyasi va ularning

huquqlari qanday himoyalanganligi.

- Ijtimoiy himoya: Migrantlarning ijtimoiy himoya tizimlari va xizmatlardan foydalanish

imkoniyatlari.

4. Sotsiologik tahlil usullari
Tadqiqot usullari
- Anketalar: Migrantlar va ularning oilalari bilan anketalar o'tkazish.
- Intervyular: Migrantlar, ish beruvchilar va hukumat vakillari bilan chuqur intervyular

o'tkazish.

- Statistik tahlil: Migratsiya bilan bog'liq statistik ma'lumotlarni tahlil qilish.
- Etno-grafik tadqiqotlar: Migrantlar jamiyatiga chuqur kirib borish va ularning kundalik

hayotini kuzatish.

Nazariy yondashuvlar
-Struktur-funksionalizm: Migratsiyaning jamiyatdagi strukturalarga va funksiyalarga

qanday ta'sir qilishini o'rganish.

- Konflikt nazariyasi: Migratsiyaning ijtimoiy tengsizlik va ijtimoiy ziddiyatlarga qanday

ta'sir qilishini tahlil qilish.

-Simvolik

interaksionizm:

Migrantlarning

o'zaro

munosabatlari

va

ijtimoiy

identifikatsiyasini o'rganish.

Xulosa

Mehnat migratsiyasi murakkab va ko'p qirrali jarayon bo'lib, u turli ijtimoiy, iqtisodiy va

siyosiy omillar bilan bog'liq. Sotsiologik tahlil bu jarayonning turli jihatlarini chuqur tushunishga
va uni boshqarish uchun samarali strategiyalar ishlab chiqishga yordam beradi. Migratsiyaning
sabablarini, ta'sirlarini va ularning ijtimoiy strukturalardagi o'rnini o'rganish orqali jamiyatlarda
ijobiy o'zgarishlarga erishish mumkin.

REFERENCES

1.

M.Muhammedov

https://kun.uz/news/2020/09/15/mehnat-migrantlari-muammo-jiddiy-

lekin-yechimi-yoq-emas-ikkinchi-
maqola?q=%2Fnews%2F2020%2F09%2F15%2Fmehnat-migrantlari-muammo-jiddiy-
lekin-yechimi-yoq-emas-ikkinchi-maqola

2.

Sotsiologiyaga kirish

References

Most read articles by the same author(s)

X.U. Samatov, Jasur Xayitmurodov, ISLOMDA MUSTAHKAM OILA QURISH TAMOYILLARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

X.U. Samatov, Dilshodbek Tojiboyev, O’ZBEKISTONDA DIN VA DAVLAT MUNOSABATLARINING HUQUQIY ASOSLARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

X.U. Samatov, Urolbek Sobirov, DINNING IJTIMOIY XAYOTDAGI O’RNI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

X.U. Samatov, Saidburxoniddin Omanullayev, VIRTUAL O’YINLARNING INSON ONGIGA TA’SIRINI O’RGANISH: KENG QAMROVLI TAHLIL , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

X.U. Samatov, Sardor Sattorov, O'ZBEKISTONDA OILA INSTITUTLARNING MUSTAHKAMLASHNING IJTIMOIY-IQTISODIY ASOSLARI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

X.U. Samatov, Asqar Ziyotov, DINSHUNOSLIK VA MA’NAVIY QADRIYATLAR , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

X.U. Samatov, Shahriyor Qayumov, DINIY BILIMLARNI YOSHLARGA YETKAZISHNING AHAMIYATI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

X.U. Samatov, Zarnigor Xudoyberdiyeva, YOSHLAR TARBIYASIDA ISLOMIY AN'ANALAR VA ULARNING SHAKLLANTIRISH MEZONLARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

X.U. Samatov, Jamshid Ramazonov, IJTIMOIY TARMOQLAR FAOLIYATIGA INSONLARNING MUNOSABATI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

X.U. Samatov, Azimjon Fayzullayev, IJTIMOIY TENDENSIYALARNI O‘RGANISH:SOTSIOLOGIK TAHLIL , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

1 2 3 > >>