ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1411
O‘ZBEKISTONDA JAMOATCHILIK FIKRINING SOTSIOLOGIK TAHLILI
X.U. Samatov
Ilmiy raxbar:
Ismoilov Lazizxon
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Samarqand
filiali Kompyuter injineringi fakulteti
KI 21-04 guruh talabasi.
Telefon raqam: +998992627757
Elektron pochta manzili:
zokirxonismoilov-gt7hk.@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.11396629
Annotatsiya. Ushbu maqolada Respublikamizda jamoatchilik fikrining sotsiologik tahlili
falsafiy jihatdan yoritib o‘tiladi. Shuningdek bu maqolada insonning shaxsiy mentalitenti va
davlatdagi o’rni haqida mulohazalar berilib o‘tiladi va falsafiy jihatdan talqin etiladi.
Kalit so’zlar: Jamoatchilik fikri tushunchasi, iqtisodiy tashkilotlar, ijtimoiy tartib, tarixiy
boylik, g’oya, madaniy hayot.
SOCIOLOGICAL ANALYSIS OF PUBLIC OPINION IN UZBEKISTAN
Abstract. In this article, the sociological analysis of public opinion in our Republic will be
covered philosophically. Also, in this article, reflections on the personal mentality of a person and
his place in the state are given and philosophically interpreted.
Key words: Concept of public opinion, economic organizations, social order, historical
wealth, idea, cultural life.
СОЦИОЛОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ОБЩЕСТВЕННОГО МНЕНИЯ В
УЗБЕКИСТАНЕ
Аннотация. В данной статье социологический анализ общественного мнения в
нашей республике будет освещен с философской точки зрения. Также в данной статье
даны и философски осмыслены размышления о личностном менталитете человека и его
месте в государстве.
Ключевые слова: Концепция общественного мнения, экономические организации,
социальный порядок, историческое богатство, идея, культурная жизнь.
Har bir davlatda jamoatchilik fikri muhim sanaladi. jumladan madaniy hayot,etnik tuzilma
maslalari,iqtisodiy qarorlarda,tarixiy boyliklarni asrash masalalarida muhim ahamiyatga ega.
sotsiologik tahlil O‘zbekistonda jamiyatning o'zini anglash, boshqa jamiyatlar bilan solishtirish
va o'zaro ta'sirini o'rganishda yordam beradi. bu siyosiy va iqtisodiy rivojlanishning kuzatilishi va
muvofiqlashishi uchun muhimdir.
Jamoatchilik fikri tushunchasi ma’no-mazmun nazaridan “jamoa”, ”jamoatchilik”,”fikr”
so’zlarining mantiqiy maqsadli uyg’unlashuvi mahsulidir.Jamoatchilik fikrini teran va tog’ri
anglamoq uchun yuqoridagi tarkib yasovchi so’z-terminlar mohiyatini avval boshidan anglab
olmoq muhimdir.hozir va o‘tmishda ,vatanimiz yohud xorijiy mamlakatlar tadqiqotchilari bu
terminlar mazmuniga turlicha talqin berishib ,ularga maqsadidan kelib chiqadigan ma’no yuklatib
kelishgan.[1]
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1412
“Jamoatchilik fikri” atamasi inglizcha “public opinion” so‘z birik-malaridan olingan bo‘lib, u
xvii asrda dastlab angliyada qo‘llanilga, keyinchalik bu atama boshqa mamlakatlarga ham o‘tib, xviii
asr oxirida keng tarqalgan.
Jamoatchilik fikri ijtimoiy ong shakllari, masalan, fan yoki mafkuradan noaniqligi bilan
farq qiladi. chunki fikrning o‘zida u yoki bu holatga nis-batan taxminiy, ehtimoliy og‘ish bo‘lgani
uchun ham ko‘pincha insonlar ongida vujudga keladigan o‘tkinchi, o‘zgaruvchan fikr-mulohaza,
his-tuyg‘ular mavjud bo‘ladi. lekin bu jamoatchilik fikri bilan hisoblashmas-lik kerak, degan emas.
Jamoatchilik fikrini sotsiologik tadqiq etishning predmeti – bu jamoat-chilik fikrining
ijtimoiy mohiyati, uning jamiyat hayotining turli tomon-lariga ta’siri, shakllanishi, ifodalanishi va
amal qilishi mexanizmlari masalasidir.
Jamoatchilik fikri 3 turda ifodalanishi mumkin:
1) Jamoatchilik fikrining stixiyali ifodalanishi;
2) Siyosiy institutlar tashabbusiga ko‘ra biror-bir qonunni muhokama qilish jarayonida
jamoatchilik fikrining bildirilishi;
3) Maxsus sotsiologik tadqiqotlar yordamida jamoatchilik fikrining aniqlanishi.
Jamoatchilik fikriga ta’sir qilish 2 yo‘l bilan amalga oshiriladi:
1) Manipulyatsiya qilish;
2) ilmiy shakllantirish.
Jamoatchilik fikri o‘z tabiatiga ko‘ra dinamik xususiyatga ega ijtimoiy hodisadir. u
jamiyatda uzoq yillab statik holatda yashab keluvchi passiv ijtimoiy fikrlardan, eng avvalo,
maqsadning konkretligi, ijtimoiy fikr real-moddiy kuchga aylanib borishiga, qatnashchilarning
potensial va real soni nisbati, masalani hal etish quvvati-hosilasiga ko‘ra farqlanib turadi. ayni
chog‘da u jamiyatda muayyan maqsadlarga erishish yo‘lida intiluvchi turli xil amorf yig‘inlardan
ham farq qiladi.[2]
Mustaqil davlatchilik sharoitida jamoatchilik fikrining ijtimoii ahami-yati yanada muhim
e’tibor kasb eta boshladi. uning amaliy ahamiyati fao-liyat sarhadlari kengayib, jamiyat hayotida
ko‘rsatadigan ta’sir ko‘lamlari keskin ortdi.
Mazkur ijtimoiy hodisaning mustaqillik sharoitidagi yangi vazifa va yo‘nalishlari
prezidentimiz i.karimovning qator asarlarida ilgari surilgan katta nazariy masalalar mazmunidan
yanada oydinlashadi. shu asosda jamoatchilik fikrining bugungi dolzarb yo‘nalishlari qatorida
quyidagilarni ko‘rsatish joiz:
– o‘zbek xalqining bir yarim asr davomida mahrum etilgan o‘z haq-huquqlarini o‘zi
belgilash orzusini amalgam oshirish bilan bog‘liq;
– ijtimoiy harakat yo‘nalishi;
– har tomonlama mustahkam demokratik, huquqiy davlat va erkin fu-qarolik jamiyatining
barpo etilishi, barqaror bozor iqtisodiyoti oshkora tashqi siyosatni amalga oshirish bilan bog‘liq
ijtimoiy – siyosiy harakat yo‘nalishi.
mazkur bosh yo‘nalishlar mamlakat ichki va tashqi siyosati bobida quyidagi masalalarni
o‘z ichiga oladi;
– o‘zbek xalqining milliy, hududiy, hissiy-emotsional va an’anaviy o‘ziga xosliklaridan
kelib chiquvchi xalq demokratiyasi tamoyillarining ijtimoiy siyosiy hayot mazmunidan keng o‘rin
olishi;
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1413
– ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida qonun ustuvorligini ta’min-lash, kishilar o‘rtasida
qonun-qoidalar va an’analarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish, qonun oldida hammaning teng
huquqliligini ta’minlash, aholi turli qatlamlari xavfsizligi va osoyishtaligini ta’minlash, qonun-
qoi-dalar, an’analarga nisbatan mustahkam ichki intizom fazilatlarini qaror toptirish;
– vatanga muhabbat va insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish;
– O‘zbekiston hududida tug‘ilib o‘sgan va bu zaminga mehr qo‘ygan har bir fuqaroda
milliy o‘ziga xosligidan qat’iy nazar, yuksak vatanpar-varlik tuyg‘ularini shakllantirish;
– mamlakatimizda O‘zbekistonliklar uchun yagona davlatchilik barpo etilganligini nazarda
tutib, o‘zbekistondan tashqarida yashovchi har bir o‘zbek uchun bu davlat uning uchun ham ona
vatan ekanligini keng targ‘ib-tashviq qilish, vatandan o‘zga davlatlarda yashovchi har bir o‘zbek
O‘zbekiston obro‘sini yuksaltirishga mas’ul ekanligini tushuntirish.
– mamlakatimizda yashovchi boshqa millat vakillariga hurmatda bo‘-lish, o‘zbek tili
to‘g‘risidagi qonunni va o‘zbek tilini o‘zlashtirishlariga ko‘maklashish, milliy va huquqiy
cheklanishlardan yuqori bo‘lish;
– umuminsoniy qadriyatlar asosidagi axloqiy-estetik qarashlar ustuvorligini ta’minlash,
hech qanday mafkura, siyosiy qarashlar va nuqtayi nazarlarning ustun ijtimoiy mavqe egallashiga
yo‘l qo‘ymaslik;
– haqiqiy demokratiya ko‘zgusi hisoblanuvchi ko‘p partiyaviylik tarti-botini joriy etishni
qo‘llab-quvvatlash, ayni chog‘da davlat tuzumini, mav-jud hokimiyatni zo‘rlik va kuch bilan
o‘zgartirishni mo‘ljallovchi, o‘zbekiston davlat suvereniteti, mamlakat yaxlitligi va daxlsizligiga
rahna so-luvchi, milliy, diniy, irqiy yohud hududiy ayirmachilikka undovchi, mam-lakat
konstitutsiyasiga xilof ish yurituvchi barcha partiyalar, uyushma va ijtimoiy harakatlar
faoliyatlarini qat’iyan cheklashni yoqlash.
–
gumanizm g‘oyalariga sadoqat, inson shaxsi va turmush tarzi bilan bog‘liq
masalalarda ijtimoiy himoya vositalarini keng qo‘llash, shaxsning haq-huquqlari, insoniy g‘ururi,
or-nomusini hurmatlash, inson haq-huquq-lari to‘g‘risidagi xalqaro deklaratsiya talablariga rioya
qilish;
– xalq ma’naviyati va an’anaviy axloqiy qarashlarini tiklash, milliy merosni asrash, ehtiyot
qilib avlodlarga etkazish choralarini ko‘rish, qadi-miy tarixiy yodgorliklarni ta’mirlash,
o‘zbekistonda asrlar davomida yara-tilgan beqiyos san’at asarlarini izlab topish va qaytarish chora-
tadbirlarini ko‘rish;
– o‘zbek tilining o‘zbekiston xalqlarini o‘zaro hamjihatlikka undov-chi va uyushtiruvchilik
rolini keng targ‘ib etish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun talablarini to‘la bajarish, o‘zbekiston
xalqlari, madaniyatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga da’vat etish;
– so‘z, din va fikr erkinligini ta’minlash, islom va boshqa dinlar inson-ning ma’naviy
shakllanish manbalari ekanligi, diniy e’tiqod davlat tomo-nidan hurmat qilinishi, mo‘min-
musulmonlarning muqaddas haj safar-lariga keng imkoniyatlar yaratilishi;
– har bir fuqaroga umumiy ta’lim, maxsus bilimlar va oliy ma’lumot olishi uchun teng
shart-sharoitlarning yaratilishi, mafkura va milliy feti-shizmdan holi bo‘lgan yangi demokratik
maorif konsepsiyasining ishlab chiqilishi;
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1414
–
ilmiy, ijtimoiy, badiiy va boshqa ijodiyot turlarining takomili uchun yetarli shart-
sharoitlarning yuzaga keltirilishi, iqtidorli yoshlarga keng yo‘l ochilishi, intellektual mulk
himoyasi xususida qarorlar qabul qilinishi.
Mazkur masalalar yuzasidan davlat muassasalari, ishlab chiqarish va jamoat tashkilotlarida
obro‘-e’tiborli shaxslar ko‘magida quyidagi yo‘na-lishlarda yalpi jamoatchilik fikrini
shakllantirish maqsadga muvofiqdir:
–
ezgulik yo‘lida xizmat qiluvchi shaxslar, mehnat ilg‘orlari, pir-u ba-davlat insonlar
obro‘-e’tiborini oshirishga qaratilgan ijobiy jamoatchilik fikrini shakllantirish;
– ijtimoiy munosabatlarda totalitar tuzum sharoitida shakllangan ijti-moiy zararli odatlar,
salbiy xususiyatlarni jamoatchilik fikri orqali tartibga solish;
– O‘zbekiston Respublikasining insonparvar ichki va tashqi siyosatini yalpi qo‘llab-
quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik fikrini shakllantirish[3].
O‘zbekistonning ko'pgina jamoatchilik tarkibi o‘zbeklar, ruslar, qirg'izlar, tojiklar,
xorazmlar, qozog'uzlar, ukraynaliklar, va boshqalar kabi etnik guruhlaridan iborat. bu etnik
guruhlar o'rtasidagi munosabatlar va ularning o‘zaro aloqalari sotsiologik tahlil jarayonida
o'rganiladi.
O‘zbekistonning madaniy hayoti shunchaki qismlar bo‘yicha farq qiladi. shahar va qishloq
hududlari, shaharlar, kasabalar, va qishloq aholisi o'rtasidagi farqlar sotsiologik tahlil jarayonida
e'tibor bilan olinadi. shu bilan birga, madaniy hayotning o'zgarishi va qadriyatlarining yangilanish
jarayoni ham ko'rib chiqiladi.
O‘zbekistondagi iqtisodiy tashkilotlar, masalan, korxonalarni va korporativ strukturani o'z
ichiga oladi. sotsiologlar bu tashkilotlar o'rtasidagi faollik, mehnat munosabatlari, ish tartibi, va
ish o'rtasidagi o'zgarishlarni o'rganishadi. [4]
Huquqiy muammolar, huquqiy tartib, fuqarolik huquqi, jinoiy va jazolar, shuningdek,
ijtimoiy tartibni ta'minlash va saqlashdagi amalga oshirishlarni o'z ichiga oladi.
Tarixiy boyliklar, o'zbekistonning o'tmishi, mustaqilligi, va milliy identifikatsiyasi
sotsiologik tahlilning muhim qismi hisoblanadi. shu bilan birga, milliy g'oyalar, bayroq va ramzlar,
davlat tadbirlari ham sotsiologik tahlil jarayonida o'rganiladi
Xulosa
Xulosa qilib aytganda O‘zbekistonda jamoatchilik fikri 1-o’rinda turadi. chunki har bir
qaror va farmonlar senat va partiyalar o’rtasida muhokama qilinadi va ma’qullanadi. Har bir
yangilik xalq tomonidan har xil talqin qilinadi, har bir vaziyatga har xil talqin qilinadi.
REFERENCES
1.
Sotsiologiya darslik kitobi. “Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti” Toshkent-
2002 166-bet.
2.
The importance of folk applied art in the formation of youth creative maqolasi. Muallif:
Akhmedov Mukhomod-umar Bakhridinovich (2022)
3.
Use of addie model components in the zdevelopment of public open online course digital
learning resources conference zone. Muallif Bagbekova Laylo Kadirbergenovna. (2022)
4.
AIM.uz maqola jurnalidan
