Authors

  • Gulbahor Yo‘ldosheva
  • Rano Abatbaeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.34766

Abstract

Ushbu maqolada musiqali drama asarlarning paydo boʻlishi, ilk teatrlarning tashkil topishi, turli hududlarda teatr san’atining ravnaq topishi haqida soʻz boradi. Mahmud Behbudiy, Abdirauf Fitrat, Abdullo Avloniy, Hamza Hakim-zoda Niyoziy, Muhiddin Qori Yoqubov, Mannon Uygʻur, Gʻulom Zafariy, Toʻxtasin Jalilov, Halima Nosirova, Komil Yashin, Mirshohid Miroqilov, Tamara xonim, Mukarrama Turgʻunboeva, Nurxon Yoʻldoshxojayeva, Tursunoy Saidazimova, Usta Olim Komilov, Lutfixonim Sarimsoqova, Tolibjon Sodiqov va boshqa koʻplab fidokor san’atkorlar yaratgan durdona asarlarning sharxlari keltirilgan, shu qatorda qoraqalpoq musiqa san’atida musiqali drama janrida yaratilgan asarlarga ham toʻxtalib oʻtilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

551

QORAQALPOQ MUSIQA MADANIYATIDA MUSIQALI DRAMA JANRINING

SHAKLLANISHI

Gulbahor Yo‘ldosheva Quwanishbay qizi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali 2-bosqich talabasi.

Rano Abatbaeva

Ilmiy maslahatchi

.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11670369

Annotatsiya.

Ushbu maqolada musiqali drama asarlarning paydo boʻlishi, ilk teatrlarning

tashkil topishi, turli hududlarda teatr san’atining ravnaq topishi haqida soʻz boradi. Mahmud
Behbudiy, Abdirauf Fitrat,

Abdullo Avloniy, Hamza Hakim-zoda Niyoziy, Muhiddin Qori

Yoqubov, Mannon Uygʻur, Gʻulom Zafariy, Toʻxtasin Jalilov, Halima Nosirova, Komil Yashin,
Mirshohid Miroqilov, Tamara xonim, Mukarrama Turgʻunboeva, Nurxon Yoʻldoshxojayeva,
Tursunoy Saidazimova, Usta Olim Komilov, Lutfixonim Sarimsoqova, Tolibjon Sodiqov va boshqa
koʻplab fidokor san’atkorlar yaratgan durdona asarlarning sharxlari keltirilgan, shu qatorda
qoraqalpoq musiqa san’atida musiqali drama janrida yaratilgan asarlarga ham toʻxtalib oʻtilgan.

Kalit soʻzlar:

musiqa, drama, davriya, janr, teatr, opera, balet, sonata, leyttema,

xromatika, komediya, miniyatyura, operetta.

THE FORMATION OF THE MUSICAL DRAMA GENRE IN THE MUSIC CULTURE

OF KARAKALPAK

Abstract.

This article talks about the emergence of musical and dramatic works, the

creation of the first theaters and the development of theatrical art in different regions. Mahmud
Behbudi, Abdirauf Fitrat, Abdullah Avloni, Hamza Hakim-zoda Niazi, Muhiddin Kori Yagubov,
Mannon Uygur, Gulom Zafari, Tokhtasin Jalilov, Halima Nasirova, Kamil Yashin, Mirshahid
Mirotsilov, Mrs. Tamara, Mukarrama Turgunboeva, Nurkhan Yoldoshkhodzhaeva, Tursunoy
mova, Usta Reviews are presented of masterpieces created by Olim Komilov, Lyutfikhan
Sarimsokova, Talibjon Sodikov and many other dedicated artists, as well as works created in the
musical and dramatic genre of Karakalpak music.

Key words:

music, drama, era, genre, theater, opera, ballet, sonata, leitme, chromatics,

comedy, miniature, operetta.

ФОРМИРОВАНИЕ ЖАНРА МУЗЫКАЛЬНОЙ ДРАМЫ В МУЗЫКАЛЬНОЙ

КУЛЬТУРЕ КАРАКАЛПАК

Аннотация.

В данной статье говорится о возникновении музыкально-

драматических произведений, создании первых театров и развитии театрального
искусства в разных регионах. Махмуд Бехбуди, Абдирауф Фитрат, Абдулла Авлони, Хамза
Хаким-зода Ниязи, Мухиддин Кори Ягубов, Маннон Уйгур, Гулом Зафари, Тохтасин
Джалилов, Халима Насирова, Камиль Яшин, Миршахид Мироцилов, госпожа Тамара,
Мукаррама Тургунбоева, Нурхан Ёлдошходжаева, Турсуной мова, Уста Представлены
рецензии на шедевры, созданные Олимом Комиловым, Лютфиханым Саримсоковой,
Талибжоном Содиковым и многими другими самоотверженными артистами, а также
произведения, созданные в музыкально-драматическом жанре каракалпакской музыки.

Ключевые слова:

музыка, драма, эпоха, жанр, театр, опера, балет, соната,

лейтме, хроматика, комедия, миниатюра, оперетта.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

552

Respubikamiz madaniy hayotida musiqali drama va komediya teatrlarining faoliyati

muhim ahamiyat kasb etadi. Musiqali drama va komediya teatrlari va balet, operetta, drama,
miniyatyura, yoshlar, bolalar va qoʻgʻirchoq

teatrlari kabi mamlakatimizda yashayotgan barcha

millat vakillarining ma’naviy yuksalishiga barakali hissa qoʻshib kelmoqda.

XX asr boshlarida oʻlkamizda yuzaga kelgan musiqali drama tarixiy ahamiyatga molik

sharafli yoʻlni bosib oʻtdi. Mazkur sohaning etakchi dargohi boʻlmish Muqimiy nomli poytaxt
teatri hamda viloyat teatrlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi teatrlarining aksariyatining oʻziga
xos yaratilgan sahna asarlari xalqimizning madaniy va ma’naviy boyligi hisoblanadi. Turli
davrlarda yaratilgan o

ʻ

nlab musiqali sahna asarlar teatr tarixida va bugungi kunda ham mumtoz

merosimiz sifatida ardoqlanib kelinmoqda. Musiqali teatr o

ʻ

z vaqtida respublikamiz madaniy

hayotining faol markazlaridan biri sifatida xalqimizning ezgu niyatlarini badiiy vositalar bilan
ifodalashda katta yutuqlarni qoʻlga kiritdi.

Ijtimoiy hayotning dolzarb masalalarini yoritishda,

xalqimizni yangi zafarlarga chorlashga kelishida musiqali teatr jamoatchiligi ulkan hissa
qoʻshishga muyassar boʻldi.

Mana shunday vazifalarni amalga oshirishida, musiqali teatr

poydevorini qurishda, uning rivojlanishi va kamol topishida o

ʻ

zbek xalqining is’tedodli adabiyot

va san’at vakillari katta hissa qoʻshganlar. Ular orasida Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdirauf Fitrat,

Abdullo Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Muhiddin Qori Yoqubov, Mannon Uygʻur, Gʻulom
Zafariy, Toʻxtasin Jalilov, Halima Nosirova, Komil Yashin, Mirshohid Miroqilov, Tamara xonim,
Mukarrama Turgʻunboeva, Nurxon Yoʻldoshxojayeva, Tursunoy Saidazimova, Usta Olim
Komilov, Lutfixonim Sarimsoqova, Tolibjon Sodiqov va boshqa koʻplab fidokor san’atkorlarni
nomlarini aytip oʻtish mumkin.

Oʻzbek teatrining poydevorini qurush va uning ravnaq topishida boshqa millat

san’atkorlari N.Mironov, V.Uspenskiy, A.Kozovskiy, G.Mushel, R.Glier, S.Vasilenko,
B.Nadejdin, B.Gienko, G.Sobitovlar hissa qo

ʻs

hganlar. Ushbu kompozitorlar

nafaqat ovzbek xalq

merosini balkim, qoraqalpoq musiqasining rivojlanishga ham katta hissa qoʻshgan insonlardir.

Ular o

ʻ

zbek va qoraqalpoq musiqa merosini oʻrganib va oʻzbek bastakorlari bilan

hamkorlikda musiqali spektakllar yaratishgan. Ular sahna asarlarining va klavir partituralarini
yozishda, oʻzbek xalq kuylarini simfonik orkestrga moslashtirishda va milliy kompozitorlarni
tarbiyalashda koʻmaklashganlar.

Bu davrda yangi avlod dramaturg va kompozitorlari dadil qadamlar bilan ijod sohasiga

kirib kelgan. Ular orasida dramaturglardan Sobir Abdullo, Uygʻun(Otaqoʻziyev), Shukur Sa’dullo

,

Turob Toʻla, Shuhrat, Husniddin Sharipov, Ramz Bobojon va boshqalar, bastakor va
kompozitorlardan esa Poʻlatjon Rahimov, Manas Leviyev, Doni Zokirov, Olimjon Halimov, Sobir
Boboev, Ibrohim Hamroev, Fattax Nazarov, Ikrom Akbarov,

Matniyoz Yusupov, Sulton Haytboev

va boshqalarni keltirib oʻtsak boʻladi.

Oʻzbekiston zaminida bunyodga kelgan musiqali drama va

komediya teatr san’atining turli davrlari, xilma-xil musiqali spektakllar, ayrim dramaturg va
bastakorlarning ijodi toʻgʻrisida musiqashunos, teatrshunos va adabiyotshunoslar tomonidan
koʻplab taqriz, maqola va kitoblar ham yaratilgan, lekin ularning aksariyati rus tilida yaratilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

553

Masalan: musiqashunos E.Romanovskayaning «Музыкальный театр Узбекистана»

maqolasida Oʻzbekistonda musiqali teatrning shakllanishi “Halima, “Purtana”, “Farxoda va
Shirin”, “Layli va Majnun”, “Gulsara” musiqali dramalari misolida koʻrsatib berilgan

1

.

Musiqashunos V.Belyayev «Узбекский музыкальный театр в Москве» maqolasida

“Farxod va Shirin”, “Gulsara” spektakllari tahlil qiladi

2

. Tetatrshunos “Советская музыка”,

F.Joʻravening «Сценарий историко-музыкальной драмы» “Gusara” maqolasida mazkur
spektaklning turli davrlarda yuzaga kelgan sahnaviy hayoti toʻgʻrisida ma’lumotlar berilgan.
Musiqashunos K.Olimboevaning «Узбекская музыкальная драма» tadqiqotida musiqali teatr
rivojlanishining asosiy yoʻnalishlari va ayrim asarlarining ilmiy tahlillari berilgan

3

. Kompozitor

etnogrof-olim V.Uspenskiy “Научное наследие” maqolasida musiqali spektakllar yaratish
borasidagi oʻz tajribalarini aytib oʻtgan. Mana shu davrlarda yaratilgan musiqali dramalardan
“Ravshan va Zulxumor”, “Muqimiy”, “Nurxon”, “Vatan ishqi”, “Oltin koʻl”, “Toshbolta oshiq”,
“Ajab savdolar”, “Kimga toʻy, kimga aza”, “Qizil durrali nozik niholim”, “Toshkentning nozanin
malikasi” asarlarining tahliliga bagʻishlangan “Узбукская музыкальная драма”, “Некоторые
проблемы узбекской музыкальной драмы”, “Узбекская музыкальная драма и комедия”
ilimiy maqolalari hamda mazkur sohada chuqur iz qoldirgan yetuk kompozitor Manas Leviev
ijodiga bagʻishlangan monografiyani qayd etish mumkin

4

.

1991-yildan boshlab mustaqillik yillarda respublikamizning madaniy va ijtimoiy hayotida,

musiqa, teatr sohasida juda katta oʻzgarishlar roʻy berdi. Drama soʻzi yunoncha atama boʻlib,
(Drama-harakat, fikr toʻqnashuv harakati) dialog va monolog badiiy soʻz va sahna harakati orqali
tuziladi

5

. Boshqacha qilib aytganda drama jamiyat tuzumlaridagi nuqsonlar, insonlarning

munosabatlarida yuz beradigan muammolar, ziddiyatlar, qarama-qarshi gʻoya va fikrlar, turli
yaxshi va yomon hatti-harakatlar kabilar bilan bogʻliq boʻlgan adabiy sahnaviya asardir. Tarixiy
manbalarning ma’lumot berishicha, antik dunyoda, she’r va musiqa ohangini sintez qilish, turli
marosimlarda qoʻshiq va madhiyalar aytish, hamma xalqlarda keng qoʻllangan boʻlsa-da, lekin
dramaga ovoz va cholgʻu musiqani kiritish va ularni bir-biriga bogʻlash orqali sahna asarni ta’sir
kuchini boyitish eng avval yunon (Ellada) davlatida eramizdan avval V-VI asrlarda keng
rivojlangan edi. Qadimgi yunonda “Dionis”, “Orfey” afsonalari ifodalashda va yozuvchi-
dramaturg, “tragediya” janrining asoschilari: Esxil, Sofokl va Evripidlarning fojiaviy sahna
asarlarida soʻz, musiqa va sahna harakati san’atlari muhim rol oʻynagani haqida juda koʻp
ma’lumotlar mavjuddir. Bu esa monumental va ommaviy sahna asarlar yaratishda olamshumul
ahamiyatga ega boʻlish bilan bir qatorda insoniyatning eng ulkan yutuqlaridan biridir”.

Ma’lumki antik dunyoda, qadimgi yunon davlatida turli ilm-fan, falsafa, estetika, etika

masalalari, badiiy adabiyot, musiqa va boshqa san’at turlari mukammal ravishda taraqqiy etib
kelgusida jahon madaniyatiga sezilarli ta’sir koʻrsatdi. Bu oʻrinda Oʻrta Osiyo xalqlari ham chetda
qolmadi. Iskandar Zulqarnaynning (IV e.a.) Oʻrta Osiyoga qilgan yurishi natijasida buyuk yunon
madaniyati namunalari bu erga kirib kelgan edi. Lekin ular kelgunga qadar oʻzbek qoraqalpoq va

1

Romanovskaya.E “Muzikalniy teatr Uzbekistana” Jurnal “Sovetskaya musika”, №4, 1937

2

Belyayev.V “Uzbekskiy muzikalniy teatr v Moskve”. Jurnal “Sovetskaya musika”, №6, 1937

3

“Jabborov.A “Musiqiy drama va komediya janrlari Oʻzbekiston kompozitorlarining ijodida”FTDK DITAF

“Toshkent-2000, b-7


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

554

boshqa Oʻrta osiyo xalqlarning hayoti, mehnati, yashash tarsi, tabiyati, diniy, falsafiy tafakkuri
bilan bogʻliq: turli-tuman afsonalar, ogʻzaki va yozma adabiyot, xilma-xil janrli musiqa va raqs
san’atlari, turli marosimlarga bagʻishlangan tomosha-oʻyinlar, tasviriy va haykaltaroshlik
san’atlari miloddan avvalgi va kelgusi asrlarda tarqqiyot etganlari toʻgʻrisida grek, xitoy, hind,
arman tarixchilari va sayyohlari, arxeologik qazishmalar, kelgusi asrlarda bunyodga kelgan tarixiy
va nazariy ilmiy manbalar muhim ma’lumotlar beradilar. Shuni eska olsak boʻladi, Turkiston
xalqlarining musiqa madaniyati va boshqa san’atlar rivojlanishi bosqinchilarining madaniyati va
san’atidan yuqori turar edi. Bu kurashlar haqida, ayniqsa, turli afsonalar va qahramonlik
dostonlarda turkey xalqlarning oʻz mustaqilliklari uchun olib brogan mardonavor jangler,
qahramonlar jasoratlari soʻz va musiqa san’atlarida ifodalangan. Vatanga boʻlgan muhabbati
toʻgʻrisidagi hikoya qiluvchi doston haqida Xitoy tarixchisi Chjan Tsyan ma’lumot beradi, yunon
tarixchisi Gerodat (484-425), “Tarix”

6

kitobida masagetlarning yoʻlboshchisi Tumaris jasorati

haqida, Rustam obrazi va uning janglari, malika Taxminaga boʻlgan muhabbati, tanimagan otasi
koʻlida qatl qilingan oʻgʻli Suhrobning oʻlimi toʻgʻrisida hikoya qiluvchi doston va qovshiqlar
mustaqil marosim tomoshalariga aylanib kelgan.

Oʻrta Osiyoga Islom dini kirib kelgunga qadar (yani eramizni VIII asrga) qadar, bu oʻlka

xalqlari antik dunyoga va kelgusi feodal tuzumlaridan ham, madaniyat va san’at taraqqiyotida faol
ishtirok etib, uning xazinasiga ilm-fan, me’morchilik (arxitektura), tasviriy va haykaltaroshlik
san’atlari, ogʻzaki va yozma badiiy adabiyot, musiqa va raqs san’atlarida juda boy madaniy meros
yaratib qoldirganliklari haqida turli arxeologik qazilmalarda tarixiy va ilmiy manbalarda dalolat
beradi.

Somoniylar (IX-X), Qoraxoniylar (XI-XII), va Xorazm (XI-XIII) davlatlarida ilm-fanga,

adabiyotga, tarixga, san’atga, Yunon va arab ma’anaviyatlariga qiziqish yana avj oldi. Savdo-
sotiqlar tiklanib, hunarmandchilik shaharlar keng ravnaq topdi. Dunyoviy ilimlar bilan Islom
dinshunoslik limi han keng miqosda rivojlandi. Bu davrning ma’naviyatining enh muhim
xususiyati va yutugʻi shubdaki, u har bir sohada oʻz davri uchun yangi kashfiyot yaratgan kata
qomusiy olim-mutaffakkirlarni, shoir va san’atkorlarni voyaga etkazdi. Ularning ijodiy faoliyatlari
orqali tabiyatshunoslik, tibbiyot, astronomiya, matematika ilmlari, falsafa, ahloq, estetika,
pedagogika, huquq, adabiyot, san’atning juda koʻp turlari ana shu zaminda taraqqiy etdi.

Madaniy-ma’naviymerosimizning ulkan qismi, tarixda Uygʻonish davri deb nom olgan,

davrning mahsulidir.

Oʻrta Osiyoda, oʻzbek va tojik xalqlari, shu ikki Uygʻonish (IX-XII va XV asr oʻrtalaridan

XVI asrgacha) davrda ilm-fan, adabiyot va san’atda kata olamshumul yutuqlarga ega boʻlsada,
lekin kelgusi XVI asrlardan to XX asrgacha, turli sabablarga koʻra bu oʻlkada madaniyatning
hamma sohalarida ijodiyot asta sekin soʻnib bordi. Tarixdan ma’lumki, Ovropa mamlakatlarida
Uygʻonish davri XV asrdan boshlandi va kelgusi asrlarda ilm-fan, adabiyot, san’at turlari, shu
jumladan teatr san’atining hamma tarmoqlari va usullari taraqqiy etdi.

Oʻzbek “xalq teatri”da asosan yozma dramaturgiya boʻlmasa ham, lekin bunday teatr

san’atkorlari tarixni va oʻz davrlaridagi xalq hayotini, jamiyatdagi va ayrim jamoalardagi
muammo va ikir-chikirlarni yaxshi oʻrganib, hayotdagi ayrim shaxsarni, amaldorlarni, mullalarni,

6

Гафуров.Б.Г. Книга «Тожиклар» нашр. «Ирфон». Душанба, 1998,87.б


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

555

boylarni, mirshablarni, zargarlarni, mualliflarni, savdogarlarni va boshqa kasb egalarini
nuqsonlarini, yomon hatti-harakatlarini, tovlamachiliklarini fosh qilishga harakat qilar edilar.
Shuning uchun xalqqa koʻrsatadigan tomoshalarning tarixini va ish faoliyatini oʻrganish uchun
1936-yilda, Hamza nomidagi san’atshunoslik institutining bir guruh ilmiy xodimlari
A.L.Troitskaya rahbarligida tashkil qilingan ekspeditsiya natijasida

7

xalq tomosha va teatrlari

toʻgʻrisidagi juda koʻp va turli ma’lumotlar toʻplangandir.

Musiqali teatr, yani musiqali drama, opera, musiqali komediya, operetta kabi janrlar

qachon va qayerda bunyodga kelgan degan savol tugʻiladi, ma’lumki, Italiyada XIV asrni
oxirlarida Florentsiya shahrida istiqomat qilgan graf Jovanni Bardi di Vernioni tashabbusi bilan,
uning saroyida, bir guruh shoirlar, sozanda va xonanda musiqachilar, aktyorlar, rassomlar doimiy
ravishda yigʻilib oʻz san’atlari bilan oʻrtoqlashar edilar. Ular qadimgi Yunon teatrini qaytdan tilash
niyatida Esxil, Sofokl va Evripidlarning drama va tragediyalariga murojat qildilar, lekin bu
dramaturglarni asarlariga oʻz davrida kiritilgan musiqalar XVI asrga qadar etib kelmagani sababli,
yangi musiqa bastalaydilar. Qizigʻi shundaki, bu toʻda a’zolari oʻtkazgan ijodiy tajribalari
birinchilardan boʻlib, kelgusida yangi uslubli musiqali teatr va musiqali drama, opera, musiqali
komediya janrlarini bunyodga kelishiga sabab boʻladi deb oʻylashmagan edilar.

Shunday qilib, Italiyada XIV-XVII asrlardan yangi uslubli musiqali sahna janri paydo

boʻldi. Uni avval “Musiqalidrama” (drama per music), va kelgusi asrdan boshlab “Opera”
(itayancha-opera-soʻz, harakat, ijod) deb atadilar. Bu ikki atamani ma’nosi bir boʻlsa ham, lekin
ularni bir-biridan asosiy farqi quyidagicha: “Musiqali drama”da ishtirok etuvchi personajlar
spektakl mazmunidagi dialoglarni oddiy soʻz iboralari bilan, monologlar: ariya, arioza, qoʻshiq,
romans va boshqa ovozli musiq sadolari orqali ijro etadilar. Shunda ba’zi bir asarlarda ishtirok
etuvchi erkaklar va xotin-qizlar ovozlarining farqlanish turlarini oldindan partituraga kiritiladi,
ba’zi-bir asarlarda umuman bular koʻrsatilmaydi. Shuning uchun artistlar qanday tabiiy ovozga
ega boʻlsalar shunday ijro qilishadilar. operada ishtirok etuvchi personajlar, asosan, dialoglarni-
Rechitativ (ital.recitativo, yoki recitare-ifodali oʻqish san’ati) orqali ijro qiladi. Rechitativ ikki xil
boʻladi: 1-rechitativ secco-quruq, tez, musqia joʻrligida soʻlarni burro-burro aytish. 2-rechitativ
accom-ohangli, yani musiqa jovrligida soʻzlarni ohang (choʻzib) bilan aytis. Bulardan tashqari
musiqali drama bilan opera janrlarini farqlarini ajratish qoida uslublari, albatta, koʻp. Lekin, yana
bir asosiy farqardan biri shundaki, operada ishtirok etuvchi xotin-qizlar ovozi: koloroturali-
soprano, soprano, metso-soprano, alt: erkaklar ovozi: tenor, baritone, bas vas bas-profundo kabi
ovozlarga boʻlingan holda operani partiturasiga yoziladi va musiqa asarni har bir koʻrinishida yoki
padasida ariya, ariyoza, qoʻshiq, xor, balet va rechitativlar toʻxtovsiz ijro etiladi. Bularni
hammasini operada musiqali dramaturgiya birlashtiradi. Musiqali dramada esa ishtirok etuvchi
personajlarni soʻz-dialoglari musiqa bilan almashtirilgan holda ijro etiladi. Aytish mumkinki,
“Musiqali drama” va “Opera”larni, bir-biridan farq qiluvchi koʻrsatilgan ayrim alomatlari
boʻlsada, lekin ularning tuzulishlari bir xildir. Shuning uchun bu uslubdagi musiqali teatr va
janrlarni tuzilishi hamma davlatlarda birxildir, lekin ularning ichki hayoti, musiqiy til iboralari,
ishtirok etuvchi personajlarning xarakterlari, tafakkuri, milliy ruh bilan sugʻorilgan boʻladi.

7

Троицкая.А.Л. Макола «Из истории народного театра и цирка в Узбекистане». Журнао «Советская

этнография», №3, 1948, стр.71


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

556

Ovropa va Rossiyada buyodga kelgan opera va balet teatrlar, asarlar va ularni yaratgan

kompozitorlar hamda dramaturglar toʻgʻrisida tarixiy manbalar mavjud. Ular orqali har bir
musiqali teatrning yoki musiqali sahna asarni alohida-alohida bosib oʻtgan yoʻlini va musiqiy
xususiyatlarini partitura yoki sahna, plastinkalar, kinofilmlar, audio va videokassetalar orqali
tanishish, oʻrganish mumkin.

Musiqali teatrlar Ovropa mamlakatlarida va Rossiyada avval podshohlar, gertsoglar,

dvoryanlar, knyazlar va yirik vakillar saroylarida paydo boʻlgan, keyinchalik saroy ahliga xizmat
qildi. XVII asrdan boshlab kata shaharlarda ham musiqali teatrlar qad koʻtara boshladi. Bu
teatrlardan “Musiqali drama”, “Opera-seriya”, “Opera-buffa”, “Opera-balet”, “Musiqali
komediya” kabi janrlardagi musiqali sahna asarlar paydo boʻldi. XIX asrga kelib Ovropa
davlatlarida va Rossiyada opera, balet va operetta san’ati avj ola boshladi. Klassik asarlar va ularni
yaratuvchi kompozitorlar erishib chiqa boshladi. XX asrda bu an’ana davom etib kelmoqda.

Evropa uslubidagi milliy teatr va dramaturgiyani yaratishda, M.Behbudiy va uning

fikrdoshlari, safdoshlari ergashganlar, oʻz ijodiy faoliyatlarida izlandilar, turli mavzularda sahna
asarlarini yozdilar, ijrochi artistlarni ham tarbiyaladilar va teatrda yangi asarlarni tomoshabinlarga
namoish qila boshladilar. Masalan: 1913-yildan to 1917-yilning fevral inqilobiga qadar sahna
yuzini koʻrgan asarlar haqida M.Rahmonov “Hamza va oʻzbek teatrida quyidagi misollarni
keltiradi: “Teatr dramaturgiyasini yaratishda tanilgan jadid dramaturglari Behbudiy, Nuratulla
Qudratullla, Abdulla Badriy, v.b. kabi oʻsayotgan milliy burjuazyaning gʻoyalarini oldinga
suruvchi bir necha kata-kichik original pyesalar yozib, yangi yashkil topayotgan jadid teatrlariga
taqdim etgan edilar.

Xalq talantlilarni rivojlandirishga g

ʻ

amxoʻrlik qilib, havaskorlar toʻgaragini, “Qizil

shayxana”, “Qizil oʻtovlar”, qozoq san’atkorlarining truppalarini tashkil qildi. Xalqimizning
asrlardan beri shakllanib kelayotgan milliy urf-odatlari bilan musiqa merosini yig

ʻ

ishga e’tibor

qaratilib, kontsertlar, musiqiy spektakllar qoʻyishga harakat qildilar. Bu davrda O

ʻ

rta Osiyo

respublikalari singari qoraqalpoq musiqa tarixida yangi janr dunyoga keldi.

Dastlabki davrlarda

xalq musiqasini qayta ishlash: qoʻshiqlar, soz cholgʻular cholish, xalq kuylarini musiqiy
spektakllarga qayta ishlash protseslari a’lohida koʻzga tashlana bolshlagan edi. Koʻp qirrali hunari
bilan koʻzga tashlangan aktyor, dramturg, rejissyor, musiqa ustasi va melodist A.Oʻtepov bilan
taniqli baxshi-melodist J.Shamuratov ham boshqa kompozitorlardan massalik qoʻshiqlar yaratish
bilan pyesalarga kuy tanlashga ijodiya tajribalari “Tenin tapqan qiz”, “Guman”, “Xorliqtan azat”
va boshqa pyesalari alohida ahamiyat kasb etadi.

1925-yili Toʻrtkulda “Tan nuri” nomli truppa

tashkil topadi. 1926-yili yanvar oyidan boshlap bu jamoa Qoraqalpoq truppasi deb nomlanib,
keyinchalik 1991-yilga qadar K.S.Stanislavskiy nomidagi Davlat teatrining negizini paydo qildi.
1991-yildan boshlab Bedaq nomidagi Qoraqalpoq musiqali teatri maqomi berildi. “Tan
nuri”truppasi ilk artislari To

ʻ

rtkuldagi qishloq pedtexnikumi talabalari va havaskorlardan toʻgarak

sifatida

tashkil topgan edi. Ular orasida qoraqalpoq adabiyoti vakillaridan: Q.Auezov, S.Majitov,

A.O

ʻ

tepov, A.Begimov, J.Aymurzaev, K.Ubaydullaev, T.Bekimbetov, A.Shamuratova,

T.Raxmanova, G.Shiraziyeva, S.Jumaniyazov va boshqalar ovozalarining mahoratlarini
ko

ʻ

satishgan. 1925-yillari bu jamoaning repetuari qisqa aktli spektakl, intermediya va boshqa

asarlardan iborat edi. Bundan boshqa qoraqalpoq va klassik kuylari “Bozatau”, “Shimbay”,
“Galgalay”, “Ne dag

kuylari bilan “Nar iydirgen”

,

“Nama basi”, “Qara jorgʻa”, “Ariuxan”


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

557

kuylariga bir ovozli xorlar, deklomatsiya, hazil soʻzli sheʻrlar aytilgan.

Teatr o

ʻ

zining dastlabki

oʻn yillik davomida Q.Auezovning “Tilek jolinda”, A.Oʻtepovning “Jezdejan”, “Zindan”, “Ashiq
zari”, “Shaleke bay”, “Guman”, “Tenin tapqan qiz”, S.Majitovning “Ernazar ala koʻz” singari
musiqiy pyesalari va intermediyalarini sahnaga chiqishiga imkon berdi. Xalq kuylarini pyesaga
tanlab olish taniqli dramaturg, rejissyor va artist A.O

ʻ

tepovning hissasi juda kattadir. U yaratgan

“Jezdejan”, “Nem qaldi”, “Zindan”, “Yar kelipti”, “Koʻshege shiqsam” intermediyalari bilan
kuylari ommaviy xalqni spektakl koʻrishga qiziqishkarini uygʻotdi. Shu davr mavzusida yozilgan
“Tilek jolinda”, “Tenin tapqan qiz” musiqali dramali pyesalarining teatr sahnasida paydo boʻlishi
juda kata ahamiyatga ega boʻldi. Teatr sahnasida taniqli Ozarbayjon kompozitor
U.Gadjibekovning “Arshin mol alan”(1934), Oʻzbek kompoziroti G.Zafariyniny “Halima”(1934),
T.Sodiqov va R.Glierning “Gulsara” (1936), “Layli va Majnun” (1937) pyesalarini
sahnalashtirishi teatr san’atining gullashiga va yana qardosh xalqlar bilan a’loqalarni kuchaytti.

Bu asarlar qoraqalpoq musiqa madaniyatining mukammallashib va rivojlanishida oʻzining

yordamini berdi deb oʻylayman. Qardosh xalqlardan olingan bu pyeasalarning prozalik boʻlimi
qoraqalpoq tiliga tarjima qilinib, musiqiy-poetik tomonini Ozarbayjon va oʻzbek tillarida ijro
qilinar edi (deb ma’lumot beradi Adambaeva.T).

A.Oʻtepovning pyesalarga kuy tanlashdagi mohirligini davom ettiruvchi melodist-

kompozitor

J.Shamuratov edi. U.A.Begimovning “Bul kim”,(1935), S.Majitovning

“Bagʻdagul”(1935), M.Daribaevning “Koʻklen batir”(1939) pyesalariga kuy-qoʻshiqlar tanlagan
va V.Tumanyan bilan birgalikda musiqalar yaratdi. Ushbu asar ijrosida ansambli, xor, uvertyura,
ariyalar, raqs kuylari barchasi xalqniing qulogʻiga singip ketgan klassik va xalq kuylarini melodic-
intanatsion nolalari bilan chiroy bagʻishlab oʻz oʻrniga qulay qilib foydalangan edi.

REFERENCES

1.

Romanovskaya.E “Muzikalniy teatr Uzbekistana” Jurnal “Sovetskaya musika”, №4,
1937

2.

Belyayev.V “Uzbekskiy muzikalniy teatr v Moskve”. Jurnal “Sovetskaya musika”,
№6, 1937

3.

Троицкая.А.Л. Макола «Из истории народного театра и цирка в Узбекистане».
Журнао «Советская этнография», №3, 1948, стр.71

4.

Абатбаева Р. Қорақалпоқ композитлорлик ижодиётига бир назар “Yangi
O‘zbekiston taroqqiyotida madaniyat va san’atning o‘rni” mavzusidagi respublika
ilmiy-amaliy konferenstiyasi 2023-yil 23-fevral. 342-347-bet

5.

Abatbaeva R. N.Muxammeddinovning “Ajiniyaz” operasida tarixiy obrazlarni
ifodalanishi “CURRENT ISSUES OF IMPROVING PERFORMING MUSICAL ART
SKILLS: TRADITIONS AND MODERNETTY” 10.05.2022 Nukus. b.146-151

6.

Абатбаева У. А. Арт-Педагогические И Арт-Терапевтические Технологии,
Методы Пребывания В Образовании, Формы И Инструменты //Miasto
Przyszłości. – 2023. – Т. 40. – С. 496-498.

7.

Abdullo S. The Polyphonic Genre in the Work of Rodion Shchedrin //Vital Annex:
International Journal of Novel Research in Advanced Sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 6.
– С. 146-149.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

558

8.

Абатбаева Р.А. РОЛЬ БАЛЕТА «АЙЖАМАЛ» В КАРАКАЛПАКСКОМ
ИСКУССТВЕ Донецкие чтения 2022: образование, наука, инновации, культура и
вызовы современности. С-5-7.

9.

АБАТБАЕВА Р. КОМПОЗИТОР НАЖИМАДДИН МУХАММЕДДИНОВ
ИЖОДИДА ТАРИХИЙ СИЙМОЛАР //Journal of Culture and Art. – 2023. – Т. 1. –
№. 1. – С. 60-66.

10.

Abatbaeva, R. (2023). BALLAD GENRE BY COMPOSER NAJIMADDIN
MUHAMMEDDINOV. Modern Science and Research, 2(10), 340–343.

References

Romanovskaya.E “Muzikalniy teatr Uzbekistana” Jurnal “Sovetskaya musika”, №4, 1937

Belyayev.V “Uzbekskiy muzikalniy teatr v Moskve”. Jurnal “Sovetskaya musika”, №6, 1937

Троицкая.А.Л. Макола «Из истории народного театра и цирка в Узбекистане». Журнао «Советская этнография», №3, 1948, стр.71

Абатбаева Р. Қорақалпоқ композитлорлик ижодиётига бир назар “Yangi O‘zbekiston taroqqiyotida madaniyat va san’atning o‘rni” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferenstiyasi 2023-yil 23-fevral. 342-347-bet

Abatbaeva R. N.Muxammeddinovning “Ajiniyaz” operasida tarixiy obrazlarni ifodalanishi “CURRENT ISSUES OF IMPROVING PERFORMING MUSICAL ART SKILLS: TRADITIONS AND MODERNETTY” 10.05.2022 Nukus. b.146-151

Абатбаева У. А. Арт-Педагогические И Арт-Терапевтические Технологии, Методы Пребывания В Образовании, Формы И Инструменты //Miasto Przyszłości. – 2023. – Т. 40. – С. 496-498.

Abdullo S. The Polyphonic Genre in the Work of Rodion Shchedrin //Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced Sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 6. – С. 146-149.

Абатбаева Р.А. РОЛЬ БАЛЕТА «АЙЖАМАЛ» В КАРАКАЛПАКСКОМ ИСКУССТВЕ Донецкие чтения 2022: образование, наука, инновации, культура и вызовы современности. С-5-7.

АБАТБАЕВА Р. КОМПОЗИТОР НАЖИМАДДИН МУХАММЕДДИНОВ ИЖОДИДА ТАРИХИЙ СИЙМОЛАР //Journal of Culture and Art. – 2023. – Т. 1. – №. 1. – С. 60-66.

Abatbaeva, R. (2023). BALLAD GENRE BY COMPOSER NAJIMADDIN MUHAMMEDDINOV. Modern Science and Research, 2(10), 340–343.