BALLAD GENRE BY COMPOSER NAJIMADDIN MUHAMMEDDINOV

HAC
Google Scholar
To share
Abatbaeva, R. (2023). BALLAD GENRE BY COMPOSER NAJIMADDIN MUHAMMEDDINOV. Modern Science and Research, 2(10), 340–343. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24360
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, Nadzhimiddin Muhammeddinov, one of the famous creators who contributed to the development of Karakalpak musical culture of the 20th century, including the development of composition and compositional art, explores the composer’s work in the ballad genre “Ballad”, created by the composer and the first performers of Nareste", the history of the creation of the work and its modernity. talk about its importance today.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

340

KOMPOZITOR NAJIMADDIN MUXAMMEDDINOV IJODIDA BALLADA

JANRI

Abatbaeva Rano Allambergenovna

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali

“Umumkasbiy va ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta oʻqituvchisi

abatbaevarano35@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.8429564

Annotatsiya.

Ushu maqolada XX asr qoraqalpoq musiqa madaniyati rivoji, jumladan

bastakorlik va kompozitorlik san’ati rivojiga oʻz hissasini qoʻshgan taniqli ijodkorlardan biri
Najimaddin Muxammeddinov ijodida ballada janri haqida kompozitor yaratgan “Nareste haqida
ballada” nomli asarining tahlili va ilk ijrochilari, asarning yaratilish tarixi uning bugungi
kundagi ahamiyati haqida soʻz boradi.

Kalit soʻzlar:

kompozitor, musiqa, ballada, janr, skripka, fortepiano, vokal, deklomatsiya,

san’at, shoir, pyesa, dramatizim, fuga.

BALLAD GENRE BY COMPOSER NAJIMADDIN MUHAMMEDDINOV

Abstract.

In this article, Nadzhimiddin Muhammeddinov, one of the famous creators who

contributed to the development of Karakalpak musical culture of the 20th century, including the
development of composition and compositional art, explores the composer’s work in the ballad
genre “Ballad”, created by the composer and the first performers of Nareste", the history of the
creation of the work and its modernity. talk about its importance today.

Key words:

composer, music, ballad, genre, violin, piano, vocals, recitation, art, poet, play,

dramatism, fugue.

ЖАНР БАЛЛАДЫ КОМПОЗИТОРА НАДЖИМАДДИНА

МУХАММЕДДИНОВА

Аннотация.

В данной статье Наджимиддин Мухаммеддинов, один из известных

творцов, внесший вклад в развитие каракалпакской музыкальной культуры XX века, в том
числе в развитие композиции и композиционного искусства, исследует творчество
композитора в жанре баллады «Баллада», созданное композитором и первыми
исполнителями Наресте», история создания произведения и его современность. говорить
о его важности сегодня.

Ключевые слова:

композитор, музыка, баллада, жанр, скрипка, фортепиано, вокал,

декламация, искусство, поэт, пьеса, драматизм, фуга.

Musiqa san’ati boshqa san’at turlari singari koʻp asrlar mobaynida turli xalqlarda turlicha

rivojlanib keldi. XX asrning 30-40-yillariga qadar ilgari qoraqalpoq musiqa san’atida boʻlmagan
har xil professional janrlarning rivojlanishi bilan moslashishi vatanimiz tarixida boʻlgan voqealar
bilan uygʻunlashib ijro qilina boshlagan. Ayniqsa, ikkinshi jahon urush va uning oqibatida
mustaqilligimizning yutuqlari haqida koʻp gina san’at asarlari paydo boʻldi.

XX asr qoraqalpoq musiqa madaniyati rivoji, jumladan bastakorlik va kompozitorlik

san’ati rivojiga oʻz hissasini qoʻshgan taniqli ijodkorlardan biri Qoraqalpogʻiston Davlat arbobi,
kompozitor va pedagog, Najimaddin Muxammeddinov nomi alohida oʻrin tutadi.
N.Muxammeddinov musiqasida yorqin oʻziga xosli, milliyik, optimistik kuy, ajralmas hayotiy
energiya, dunyoni idrok etishning toʻla tuygʻusi bilan ifodalanadi. Kompozitorning ijodida turli


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

341

janrlar oʻz aksini topgan ijodkorning oʻz usuli va mohiyati bilan shularning orasida xalq uchun
ofat keltirgan jahon urushiga qarshi yozilgan “Nareste” nomli balladasini aytib oʻtsak maqsadga
muvofiqdir

1

. Ballada-frantsuz va italyan tillarida egallayman degan ma’noni anglatadi.

2

Ballada

musiqa san’atida hikoya qiluvchi xarakteridagi qoʻshiqqa yoki cholgʻu pyesasiga, dramatik yoki
lirodramatik turidagi uygʻun qurilmaga bagʻishlab yaratilgan asarga aytiladi.

Ballada xalqimizning ulugʻ shoiri, Oʻzbekiston qahramoni I.Yusupovning soʻziga

“Nareste” nomli balladasiga yaratgan kuyi huddi bir-birini jipslashtirib sintemental noziklik bilan
boshlanib, urushga, qaygʻu-hasratga qarshi yomon koʻruvchi tuygʻularni uygʻotuvchi hodisalarni
bayon qilganida, uning musiqiy zabardast, yerni tebratuvchi nola ohaglari, dramatizm borgan sari
hayqiradigan dramatizmga aylanadi. Urush qirgʻinlar unga qarshi xalqning qudratli otlanishlari
singari katta optimistik tragediyani gavdalantirgan.

Gʻazabli otga mingan bu ballada, kompozitor tomonidan yaratilgan musiqiy estalik-haykal,

begunoh ketgan goʻdaklarga bagʻishlangan-fashizmga lanat oʻqini otgan hasratli onaning xotira
va qadirlash kunlari “Hasratli ona” haykalining yonida eslashning oʻzi ham martlikdir.

Ballada dastlab skripkaning oynadek tiniq, oʻzgacha noziklik bilan ijro qilib turgan lirik

kuyi bilan boshlanadi. Kuyning ijrosiga keyin violonchel, fortepiano cholgʻulari qoʻshilib, ushbu
musiqiy trioning joʻrligi fonida ilk bora taniqli qoʻshiqchi Oʻzbekiston xalq artisti Bayram
Matchanov tomonidan ijro qilingan. Balladani qoʻshiqchi toʻlqinli nolalarini, kuchli dramatizm
bilan deklamatsiyalab maromiga etkazib ijro qilgan. Hozirgi kunda 2022-yil kompozitorning 85
yoshga toʻlgan yubeley kontsertida Respublika koʻrik tanlovlar sohibi Furqat Embergenov
tomonidan ijro qilib kelindi. Cholgʻu partiyasini Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali
talabalari Artıqbaev Allambergen skripkada, Kaniyazov Damir alt cholgʻusida, Jumabaev Bunyod
fortepiano, violonchelda Sherimbetov Xayrullo ijro qilishdi. Asar fortepiano, birinchi va ikkinchi
skripkalar, violonchel va ovoz uchun yozilgan boʻlib asarning boshlanishi ya’ni kirish qismida 2/4
oʻlchamda c-moll tonalligida cholgʻu asboblari boshlab beradi 14 takt davomida bunda ohangni
birinchi skripka ijro qilib keyin deklomatsiya bilan ovoz ijosi davom ettiradi. Fortepiano partiyada
akkordli fakturada garmoniyani ushlab turgan holda skripkalar toʻlqinlanib mavj urib dramatizmni
kuchaytirib ohangga joʻr boʻlishadi.

Muallif ushbu asarnida soʻz qudratiga urgʻu berib, uni maromiga etkazib ijro qilish uchun

Italyan operalari singari dramatizatsiyalangan rechitativ uslubini mohirona qoʻllagan. Kompozitor
asarning ijrosida ansamblga ham solistga ham erkinlik berib, qudrati yetganicha oʻzida bor
talantini bilimini barcha imkoniyati bor xususyatlari bilan ovozini ishga qoʻshib, avjini qoʻyib
yubormasdan yetganicha choʻza olgan. Rus kompozitori P.I.Chaykovskiyning “Oʻzingning oʻy-
hayollaringni cholgʻu orqali toʻliq yetkaza olmagan joyda faqat musqia orqali gina har tomonlama
yakuniga yetkazish mumkin”

3

, deganiday shoirning soʻzini kompozitor musiqa tili bilan yanada

rivojlantirib koʻrsatgan. Ushbu ballada orqali qoraqalpoq musiqa an’anasida oldin boʻlmagan
yangi qoʻshiq turini yangicha ohang, yangicha uslub va ijro bilan boyitdi. Ballada shoir va
kompozitorning tarixda boʻlgan voqealarning kuchli tuygʻularini ikkita ijodkorning mehnat

1

АБАТБАЕВА, Рано. "КОМПОЗИТОР НАЖИМАДДИН МУХАММЕДДИНОВ ИЖОДИДА ТАРИХИЙ

СИЙМОЛАР." Journal of Culture and Art 1.1 (2023): 60-66.

2

Энциклопедический музыкальный словарь. Издательство «Советская энциклопедия». М.1996.стр.37

3

Глебов Игорь (Асафьев).. айковский.МУЗО, НКП., 1919 г. Стр-3


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

342

mahsuli asosida chuqur falsafiy oʻy-hayollaridan yaralgan hikmatli vasiyatlariga aylangan.
Qoʻshiqning asosiy mazmuni dunyoga kiyimsiz kelgan oppoq momiqday pok goʻdakning
ulugʻligini tariflashga qaratilgan. Lekin goʻdaklarning tagʻdiriga bir xil gʻamxoʻrlik qilinyabdimi?
Shoir ham kompozitor ham, ijro qilgan qoʻshiqchi solist ham bu yovuzlikka - yoʻq! yoʻq! hammasi
emas!, deb hammasi birdaniga ohanglarini koʻtarib, qargʻish otgan fashizmga lanat tamgʻasini
bosadi.

Ushbu odamlaring barchasi rostdan ham,
Bola boʻlganmi?-deb savol qoʻyaman,
yoʻq-yoʻq, barchasi emas! Faqat yaxshilar.
Agar ular ularday bola boʻlganda,
Yurmasmidi ushbu bolalar oʻlmasdan,
Ming-ming bolalarning botinkalari shunda,
Osventsimda yotmas edi kiyilmasdan,
Degan qoʻshiq qatorlarga kelganda musiqa sekin-asta rivojlanib kuchli dramatik avj oladi.

Ushbu dramatizm uch marotaba takrorlanib musiqiy obrazlarda qolib, solist tomoniga oʻsha fonda
ogʻir salmoqli aytilgan ilk qaygʻuli xursinish aralash lirik obraz yana takrorlanadi.

Shunday qilib, uning umumiy xarakteri qaygʻuli drama shaklida yaratilgan boʻlsa ham,

uning eng oxirgi akkordi shodlik tinchlik, kelajakka ishonch bilan yakunlanadi. Bunda
kompozitorning mahoratida musiqiy tili ijrochilarning maromiga yetkazib ijro qilishi juda
ahamiyatlidir.

Yangi qoʻshiq-bu insonning axti, quvonchi deyiladi xalq aforizmlarida. Haqiqiy

qoʻshiqchi-yuqori darajadagi ijrochi, ijodkor, dono pedagog, tarbiyachi va yangi hayotning
yutuqlarini yuksaltiruvchi, maslahatchidir. Kompozitorning koʻtarinki qahramonlik marshlaridan
boshlab, yurakdan chiqqan lirik kuy-qoʻshiqlariga qadar insonni oʻziga tortuvchi imotsional
mavhum kuchlarni anglatadi. Mana shunday ajoyib insonning ongiga tasir qiladigan qoʻshiqlarni
N.Muxammeddinov juda koʻp yaratgan.

Barcha yaratgan asarlari har qanday xarakterda yozilgan boʻlishiga qaramastan oʻzining

milliyligi, nolasi, musiqiy tili, miqdori va oʻlchami boʻlib, yuraklarga toʻsiqsiz beixtiyor
oʻrnalashib oladi. Kompozitor ijodini talabalik davridan tinmasdan mehnat qilib sonata, fuga,
prelyudiya, pyesa va fortepiano uchun variatsiyalarni yaratgan, unga “ Yor qarashi koʻrinmaydi
koʻzimga” va boshqa atamalardagi xalq kuylarini mavzu qilib olib oʻzining fantaziyasi bilan
boyitib qayta ishlaydi.

Xulosa qilib aytganda bu “Nareste haqida ballada”si kompozitor Kompozitor

Najimmaddin Muxammeddinovning ballada janriga murojaati optimistik kuy, ajralmas hayotiy
energiya, dunyoni idrok etishning toʻla tuygʻusi bilan ifodalanadi. “Nareste” misolida milliy
shaklu shamoyilini yo‘qotmagan holda musiqiy dramatik janr qoidalariga muvofiq oʻsha davrning
insonga ta’sirini mana shunday musiqa ohangi orqali yetkazib berib yangi hayotga yoʻl izlab uni
topa olishdek imkonini soʻz va musiqa ifodasida koʻrsatib bergan.

Ijodkorning turli qarashlari orqali ijod mahsuli yaratilib nafaqat musiqamiz balki,

izlanuvchi talaba yoshlar ushun ham xazina boyligi boʻlib xizmat qiladi. Keyingi ijodi da yangidan
yangi asarlar kutib ijodiga omadlar tilab qolamiz.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

343

REFERENCES

1.

Alimov Á. Adambaeva T. “Ataqlı sazgerler” “Qaraqalpaqstan”-Nókis. B-22.

2.

АБАТБАЕВА, Рано. "КОМПОЗИТОР НАЖИМАДДИН МУХАММЕДДИНОВ
ИЖОДИДА ТАРИХИЙ СИЙМОЛАР." Journal of Culture and Art 1.1 (2023): 60-66.

3.

Allambergenovna, Abatbaeva Rano. "THE MANIFESTATION OF EUROPEAN AND
NATIONAL TRADITIONS IN THE OPERA" GULAYIM"." International Journal of
Philosophical Studies and Social Sciences 2.2 (2022): 185-187.

4.

Абатбаева,

Рано

Алламбергеновна.

"ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН

МУСИҚА

МАДАНИЯТИНИ

РИВОЖЛАНИШИДА

МАШХУР

БАСТАТОР

Н.

МУҲАММЕДДИНОВНИНГ ЎРНИ." Oriental Art and Culture 3.1 (2022): 648-653.

5.

Энциклопедический

музыкальный

словарь.

Издательство

«Советская

энциклопедия». М.1996.стр.37

6.

Глебов Игорь (Асафьев).. айковский.МУЗО, НКП., 1919 г. Стр-3

7.

Камалова Д. Э. Баспасөзде новелланың жанрлық өзгешелиги (Жанровые
особенности новеллы в прессе) [Genre features of the novel in print] / Д. Э. Камалова
//Материалы республиканское научно-практической конференции. – Нукус. Наука.
2019. – С. 18-21.

8.

Kaмалова,Д. Э.Роль художественной детали в каракалпакских новеллах[The Role
of Artistic Detail in Karakalpak Novels]. // Донецкие чтения 2021: образование,
наука, инновации, культура и образы современности: Материалы VI
Международной научной конференции. –Донецк: Изд-во ДонНУ. 2021. –с. 139-142.

9.

Алланбаев Р. О. ПРОЦЕСС ОБНОВЛЕНИЯ ТРАДИЦИЙ В СОВРЕМЕННОМ
УЗБЕКСКОМ ОПЕРНОМ ТЕАТРЕ //Проблемы современной науки и образования.
– 2021. – №. 3 (160). – С. 71-74.

10.

Камалова Д.Э. Баспасөзде новелланың жанрлық өзгешелиги (Жанровые
особенности новеллы в прессе) [Genre features of the novel in print] // Материалы
республиканское научно-практической конференции. – Нукус. Наука. 2019.


References

Alimov Á. Adambaeva T. “Ataqlı sazgerler” “Qaraqalpaqstan”-Nókis. B-22.

АБАТБАЕВА, Рано. "КОМПОЗИТОР НАЖИМАДДИН МУХАММЕДДИНОВ ИЖОДИДА ТАРИХИЙ СИЙМОЛАР." Journal of Culture and Art 1.1 (2023): 60-66.

Allambergenovna, Abatbaeva Rano. "THE MANIFESTATION OF EUROPEAN AND NATIONAL TRADITIONS IN THE OPERA" GULAYIM"." International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences 2.2 (2022): 185-187.

Абатбаева, Рано Алламбергеновна. "ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН МУСИҚА МАДАНИЯТИНИ РИВОЖЛАНИШИДА МАШХУР БАСТАТОР Н. МУҲАММЕДДИНОВНИНГ ЎРНИ." Oriental Art and Culture 3.1 (2022): 648-653.

Энциклопедический музыкальный словарь. Издательство «Советская энциклопедия». М.1996.стр.37

Глебов Игорь (Асафьев).. айковский.МУЗО, НКП., 1919 г. Стр-3

Камалова Д. Э. Баспасөзде новелланың жанрлық өзгешелиги (Жанровые особенности новеллы в прессе) [Genre features of the novel in print] / Д. Э. Камалова //Материалы республиканское научно-практической конференции. – Нукус. Наука. 2019. – С. 18-21.

Kaмалова,Д. Э.Роль художественной детали в каракалпакских новеллах[The Role of Artistic Detail in Karakalpak Novels]. // Донецкие чтения 2021: образование, наука, инновации, культура и образы современности: Материалы VI Международной научной конференции. –Донецк: Изд-во ДонНУ. 2021. –с. 139-142.

Алланбаев Р. О. ПРОЦЕСС ОБНОВЛЕНИЯ ТРАДИЦИЙ В СОВРЕМЕННОМ УЗБЕКСКОМ ОПЕРНОМ ТЕАТРЕ //Проблемы современной науки и образования. – 2021. – №. 3 (160). – С. 71-74.

Камалова Д.Э. Баспасөзде новелланың жанрлық өзгешелиги (Жанровые особенности новеллы в прессе) [Genre features of the novel in print] // Материалы республиканское научно-практической конференции. – Нукус. Наука. 2019.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов