ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
183
RESPUBLIKAMIZDA MUSIQA MAKTABLARINING YOSHLAR TA’LIM-
TARBIYASIDAGI OʻRNI.
AMUDARYO TUMANI 9-SON MUSIQA MAKTABI MISOLIDA.
Qodirova Zilola Rajabboyevna
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali 3-kurs talabasi.
Rano Abatbaeva Allambergenovna
Ilmiy rahbar.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13788913
Annotatsiya. Ushbu maqolada amudaryo tumani mangʻit shahrida joylashgan 9-sonli
Bolalar musiqa va san’at maktabining kelib chiqish tarixi, bugungi kunda oʻrta ta’lim va musiqa
maktablarda oʻqitilish tizimi shu davrgacha roʻy bergan va kiritilib kelayotgan oʻzgarishlar
hamda hozirgacha erishilgan yutuqlari haqidagi ma’lumotlar yoritib berilgan.
Kalit soʻzlar: Teatr, ansambl, baxshi, musiqa, san’at, ashula, raqs, doston, konsert, latifa,
lazgi, tanovor, shashmaqom, fortepiano, royal.
THE ROLE OF MUSIC SCHOOLS IN YOUTH EDUCATION IN OUR REPUBLIC IN
THE EXAMPLE OF MUSIC SCHOOL NUMBER 9 OF
AMUDARYA DISTRICT.
Abstract. In this article, the history of the origin of the Children's Music and Art School
No. 9 located in the city of Mangit, Amudarya district, information about the changes that have
occurred and are being made in the system of secondary education and training in music schools
today, and the achievements achieved so far. explained.
Key words: Theater, ensemble, performance, music, art, song, dance, epic, concert,
anecdote, lazgi, tanovor, shashmaqom, piano, piano
РОЛЬ МУЗЫКАЛЬНЫХ ШКОЛ В ОБРАЗОВАНИИ МОЛОДЕЖИ В НАШЕЙ
РЕСПУБЛИКЕ НА ПРИМЕРЕ МУЗЫКАЛЬНОЙ ШКОЛЫ №9
АМУДАРЬИНСКОГО РАЙОНА.
Аннотация. В данной статье представлена история возникновения Детской
музыкально-художественной школы №9, расположенной в городе Мангит Амударьинского
района, информация об изменениях, произошедших и осуществляемых в системе среднего
образования и обучения. в музыкальных школах сегодня, и достижения, достигнутые к
настоящему времени.
Ключевые слова: Театр, ансамбль, спектакль, музыка, искусство, песня, танец,
эпос, концерт, анекдот, лазги, тановор, шашмаком, фортепиано, фортепиано.
Ulardir Amuning asl yulduzi,
Kelajak osmonin yorugʻ yulduzi,
Vatanga ma’naviy iforlar sochgan,
Elim, yurtim, degan har oʻgʻil-qizi,
Tiladim: yoʻllari boʻlsin charogʻon,
Boshidan nur sochsin quyoshli osmon.
Ulardir orzular qanotlarida
Dunyoga tik boqqan hur Oʻzbekiston!
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
184
Robiya YOʻLDOSHEVA
Qadim Xorazm va Qoraqalpoq zaminining ajib sir-sinoatlarini, ildizlari olis ming
yilliklarga borib taqaluvchi ikki buyuk xalqning urf-odat va an’analarini, madaniyati, tarixi va
umummilliy qadiryatlarini oʻzida mujassam etgan oʻlmas, boqiy san’ati hamon dunyo xalqlarini
oʻziga rom etib kelmoqda. Xususan, Qilichboy va Mangʻit masqarabozlik, baxshichilik san’atining
oʻziga hos yumoristik hususiyatlari bilan uygʻunlashib ketgan qoraqalpoqlarning ajoyib afsonasi
– “Oʻmirbek laqqi latifalari” zamonlar osha sayqallanib, bugungi davr san’ati sahnalaridan
tushmay kelayotganining oʻzi san’atsevar xalqimizning yaratgan bebaho durdonalarining qadri,
yosh avlod ta’lim-tarbiyasida tutgan oʻrni buyukligidandir.
Men har gal Mangʻit shahridagi 9-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi oldidan oʻtar
ekanman, bu goʻzal maskanda san’at sir-sinoatlarini oʻrganib kelayotgan yosh san’atga shinavanda
bolalarning chiqishlariga guvoh boʻlganimda koʻnglimdan bir oʻy kechadi: “dunyoda musiqa,
san’at boʻlmasa, insoniyat manqurtlarga aylanib qolarmidi, yaxshiyamki san’at bor, musiqa
bor…”
Darhaqiqat ushbu goʻzal olamda musiqa va san’atning borligi uchun biz barcha
goʻzalliklardan hayratlanishni, zavqlanishni bilamiz, quvonch va shodlik hissini tuyib yashaymiz.
Oʻzbek milliy san’atining afsonasiga aylangan “Lazgi”, “Tanavor”, “Shashmaqom”
Qoraqalpoq xalqining esa “Qizmunayim”, “Dembermes” singari milliy kuylarining bir necha
daqiqalik ohanglariga butun Qoraqalpoq kengliklarini, oʻziga xos milliy mentalitetini singdira
olgan qoraqalpoq simfoniyalarida, milliy kuylarida xalqimizning qudratli qalbi mujassamlashgan.
“Ana shunday jozibali ohanglar sehrini tuyib ulgʻayganimiz uchun farzandlarimiz ham
san’atsevar, intiluvchan” - deydi 9-sonli bolalar musiqa va san’at maktamizning direktori,
Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat hodimi Yoʻldashboy Abdalov.
Oʻquvchilarimiz orasida oʻz san’atini saodati hamda buyuk imkoniyat deb biluvchi
iqtidorli bolalar koʻp. Pedagogika jamoamiz esa juda ahil deb takidlab oʻtdi maktab direktori u
bilan qurgan suhbatimizda.
Yosh avlodning musiqa va san’at turlariga qiziqishi va qobiliyatini rivojlantirish, ijtimoiy
faolligini oshirish, ularni xalqimiz an’analariga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash va milliy
san’atimiz durdona asarlarini oʻrganishga jalb etish borasida tumanimizda shu kabi Bolalar musiqa
va san’at maktablari oʻqitilish tizimiga va oʻquvchilarni ushbu bilim dargohlariga jalb qilish uchun
barcha shart-sharoitlar yaratilib kelmoqda. Oʻquvchilar milliy va jahon musiqasi, tasviriy san’at
va raqs san’atining yuksak na’munalaridan bahramand boʻlib, ularni oʻrganishlariga pedagog
murabbiylar sidqidildan intilishib xizmat qilib kelishmoqda va bugungi kunda ushbu musiqa
maktabidan el-yurt xizmatidagi va hurmatidagi koʻplab san’at ahli yetishib chiqmoqda.
Oʻtgan asrning 68-yilida tashkil etilgan mazkur musiqa va san’at ilm dargohini oʻtgan yillar
davomida yuzlab yoshlar bitirib chiqib, hozirda Oʻzbekistonning turli hududlarida oʻqib ta’limini
davom ettirib kelmoqdalar.
Hayoti va ish faoliyati ushbu bilm maskani bilan bogʻliq boʻlgan Usmon Ahmedov,
Gulmirza Rahmatullayev, Gulmirza Nurmatov, Shukurullo Gulmanov, Hamza Bobojonov kabi
elimiz sevgan san’atkorlarimiz boshlab bergan ulugʻ va sharafli san’at yoʻlida fidoyilik koʻrsatib
kelayotgan 9-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi nafaqat bugungi Amudaryo tumani, balki
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
185
Qoraqalpogʻiston va Oʻzbekiston Respublikasi madaniyati va san’ati sohasi rivojiga munosib hissa
qoʻshib kelayotgan nufuzli ta’lim maskanlaridan biri boʻlib hisoblanadi.
Hozirda ushbu 9-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida 251-nafar oʻquvchilar 12-ta
yoʻnalish boʻyicha ta’lim-tarbiya olib kelishmoqda. Ularga 43 nafar oʻqituvchilar musiqa va san’at
sirlarini oʻrgatib, ta’lim berib kelmoqda.
Ularning 10 nafari oʻz mutaxassisliklari boʻyicha oliy, 30 nafari oʻrta maxsus ma’lumotga
ega. 3 nafar oʻqituvchi esa oʻrindoshlik asosida faoliyat yuritishadi. Oʻquvchilar iqtidorlariga koʻra
xalq cholgʻulari, fortepiano, torli cholgʻular, estrada xonandaligi, an’anaviy cholgʻuchilik,
baxshichilik, xoreografiya, tasviriy san’at yoʻnalishlariga qamrab olinib, oʻz iste’dotlarini
rivojlantirishga, namoyon etishga toʻla shart-sharoitlar yaratilgan.
Keyingi yillarda zarur mutahasislar ishga qabul qilinganligi tufayli teatr va an’anaviy
baxshichilik, amaliy san’at yoʻnalishlari ham tashkil etildi. Barcha yoʻnalishlar boʻyicha sinf
xonalarda 10 ta fortepiano, 2 ta royal, musiqa asboblari hamda solfedjio xonalarida elektron
doskalarning mavjudligi oʻquvchi yoshlarning oʻzlari tanlagan yoʻnalishlar boʻyicha chuqur bilm
olishlariga imkon yaratmoqda. Bu esa ushbu maktab oʻquvchilarining erishayotgan yutuqlarida
yaqqol namoyondir.
Shaxsan Prezidentimizning yuksak e’tibori va koʻrsatmalari bilan mamlakatimizda bolalar
musiqa va san’at maktablarini jahon andozalari darajasidagi ta’lim-tarbiya maskanlariga
aylantirish borasidagi tizimli chora-tadbirlari tufayli 9-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi
uchun yangi zamonaviy oʻquv binosi qurib berildi.
1990-yildan bunyod etilgan muassasa binosi 2015-yilda qayta rekanstruksiya qilinib,
binoning barcha sinfxonalari, isitish tarmoqlari yangidan jihozlandi. Muassasaning ichki devorlari,
shifti havo oʻtkazuvchanliik hususiyatiga ega qoplamalar bilan qoplandi, pollarga esa laminat
toʻshaldi. Energiya tejovchi chiroqlar oʻrnatilib, 150 oʻringa moʻljallangan tantanalar zali ovoz
kuchaytirgichlar, rangli yorugʻlik tarqatuvchi moslamalar, ekran-proektorlar bilan ta’minlanib
oʻzbek musiqa cholgʻulari jamlanmasi, harakatlarni yozib turuvchi vidiokameralar bilan toʻliq
jihozlandi.
Shunisi e’tiborga munosibki, 12 ta yoʻnalish- fortepiano, xalq chulgʻulari, torli-kamonli
cholgʻular, bayan-akkardeon, an’anaviy xonandalik va baxshichilik, tasviriy san’at, xoreografiya,
estrada xonandaligi, teatr san’ati, an’anaviy ijro yoʻnalishlarida ta’lim olayotgan oʻquvchilar har
2 yilda bir marotaba oʻtkaziladigan M. Qori Yoqubov nomidagi, M. Ashrafiy nomidagi koʻrik-
tanlovlarning doimiy ishtirokchilari va gʻoliblaridir. Ushbu muossasa oʻquvchilaridan Doniyor
Rahimboyev, Javlonbek Hayitboyev, Nurxon Doʻsboyev, Sharofiddin Saparboyev, Azizbek
Soatboyev, Abror Adilboyev, Zilola Qodirova, Hakimbek Sobirov va Sherzodbek Rajabovlar
2020-2021 yilda boʻlib oʻtgan M.Qori Yoqubov nomidagi koʻrik tanlovning Qoraqalpogʻiston
Respublikasi bosqichida oʻz yoʻnalishlari boʻyicha faxrli 1-oʻrinni, Jamshidbek Saliyev, Jasur
Oʻrinboyevlar 2-oʻrinni, Joʻrabek Sidabdullayev 3-oʻrinni egallashdi. Mazkur koʻrik-tanlovning
Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida maktabning 2 nafar oʻquvchisi 3-oʻrin sohiblari boʻlishdi.
Shuningdek “Bolalar musiqa va san’at maktablari ansambl va orkestrlari” Respublika
koʻrik-tanlovida maktabning bir yoʻla uchta ansambli faol ishtirok etib, Xurshid Tajiboyev
rahbarligidagi “Xalq cholgʻulari orkestri” faxrli 1-oʻrinni, an’anaviy maqom ansambllari esa faxrli
2-oʻrinni egallashdi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
186
Maktab oʻquvchilari deyarli har yili oʻtkaziladigan “Kamalak yulduzlari” koʻrik-tanlovi,
san’at yoʻnalishidagi koʻrik-tanlovlarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichlarida doimiy
ravishda 1-,2-,3-oʻrinlarni egallab kelishmoqda. Bugungi kunda Xoreografiya sinfi oʻquvchisi
Gulira’no va Guliruxsora Oʻrinboyevalar hamda tasviriy san’at yoʻnalishining a’lochi, iqtidorli
oʻquvchisi Bahoroy Hidoyatovalarning nomlari san’at va tasviriy san’at shinavandalariga yaxshi
tanish boʻlib qolgan.
“Maktabimizda oʻqish istagini bildirayotgan oʻquvchi-yoshlar, hamda farzandlarining
qiziqish va iqtidorlarini qoʻllab-quvvatlayotgan ota-onalar safi yil sayin oshib bormoqda” -deydi
mamnuniyat bilan maktab direktori Yoʻldoshboy Abdalov. 2023-2-24-oʻquv yilida 12 ta yoʻnalish
boʻyicha 1-sinflarga 69 nafar iqtidorli bolalarni qabul qildik.
Ayni paytda 170 nafar oʻquvchi musiqa yoʻnalishida, 72 nafari san’at yoʻnalishida tahsil
olib olmoqda. Barcha yoʻnalishlar boʻyicha umumiy 242 nafar bolalar musiqa va san’at sirlarini
puxta oʻrganib kelishmoqdalar.
Muossasada oʻziga xos qat’iy tartib-intizomga asoslangan ma’naviy muhitning mavjudligi
har bir oʻquv yili uchun belgilangan oʻquv rejasining muvaffaqiyatli amalga oshishini
ta’minlamoqda. Ochiq darslar hamda har bir chorak boʻyicha oʻquvchilarning hisobot
kansertlarida ota-onalarning ham ishtiroki belgilangan rejaviy dars-mashgʻulotlarining sifatli
amalga oshirilishida muhim omil boʻlib kelmoqda.
“Oʻquvchilarimiz hamma narsaga rejalashtirilgan dars-mashgʻulotlarini uzviy ravishda
oʻzlashtirish bilan bir qatorda barcha davlat tadbirlarida ham faol ishtirok etishga ulgurishadi” -
deya mamnunligini yashirmaydi Y. Abdalov. Musiqa va san’at bilan shugʻillanayotgan oʻquvchi-
yoshlar oʻzlari ta’lim olayotgan maktablarida ham juda faol va intiluvchandirlar.
San’atsevar bolalarning bilim va iqtidoridan quvonib soʻzlayotgan Y. Abdalovning
fikirlarini tinglar ekanman, hurmatli Prezidentimizning: “umumta’lim maktablarini bitirib
chiqayotgan yoshlarimiz hech boʻlmasa bitta cholgʻu asbobini chalib bilishlari kerak, san’atga
oshno boʻlgan insonning qalbi toza boʻladi, Vatanimiz kelajagi uchun shunday tozaqalb,
intiluvchan yoshlar kerak…” degan soʻzlarini esladim.
Darvoqe, qalbi toza, intiluvchan yoshlarda xalqparvarlik, vatanparvarlik tuygʻulari kuchli
boʻladi. Modomiki, uchinchi Renessans sari qadam qoʻyayotgan ekanmiz, har bir yoshning qalbida
ana shunday goʻzal tuygʻularni uygʻotishimiz, ularni haqiyqiy vatanparvar, xalqparvar qilib
tarbiyalashimiz zarur.
9-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida, nazarimda ana shunday yoshlar tahsil
olishmoqdalar. Atroflari mevali va manzarali daraxtlar bilan qurshalgan bebaho, obod oʻquv
maskanining har bir sinfxonasida qadim va hamisha navqiron, nafosatli, jozibali va oʻlmas
ohanglarga yanada goʻzal sayqallar berib, berilib kuy ijro etayotgan sozanda bolalar,
“Shashmaqom”, “Tanovor” va “Dembermes” singari kuylarning dillarni oʻzgartiruvchi
ohanglariga joʻrnavoz boʻlib kuylayotgan shinavanda bolalar, oromijon “Lazgi”,
Qoraqalpoqlarning “Olti qiz” raqslari sehrini ajib jilvalari bilan vujudlarga singdirishga
intilayotgan sochlari jamalak qizaloqlar, tasviriy san’atning jilvakor ranglariga har birimizni
maftun etmoqqa qodir musavvir bolalarning orzu-intilishlaridan koʻngillar yuksaladi.
Havaslar, hayratlar ogʻushida ijodkor bolalar davrasida qolgimiz keladi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
187
Xulosa tariqsida shuni aytish kerakki yurtimizda yaratilayotgan imkoniyatlar va ulardan
unumli foydalanish bugungi kundagi yosh avlodlarning san’at sohasiga boʻlgan qiziqishlari
beixtiyor ularning iqtidorlaridan, kamolot sari dadil qadamlaridan, ruhlanamiz va yosh boshidan
el-yurtga ma’naviyat ulashishga intilayotgan san’atsevar bolajonlarni kelajakda yurtimiz
madaniyatini dunyolarga tanitadi diya ishonamiz.
REFERENCES
1.
K.Nurjonov, Gʻ.Xoʻjaniyozov “Amudaryo” TOSHKENT-2004. “ABU ALI IBN
SINO NOMIDAGI TIBIYYOT NASHRIYOTI”.
2.
Qodirbergan Hoji Jumamurod oʻgʻli “Mangʻitlik Hofiz” TOSHKENT “NOSHIR”-
2016.
3.
Pirmat Shermuhammedov “Yurtning Teran Tomirlari” TOSHKENT-2005.
4.
Robiya Yoʻldosheva “Adashganlar Qissasi”. “SAN’AT JURNALI” nashriyoti
TOSHKENT.
5.
“Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi 25-yanvar, 2024-yil. 1-2 son. 4-bet ‘Madaniyat va
san’at ta’limi’ Robiya Yoʻldosheva “VATANGA MA’NAVIY NUR SOCHMOQQA
INTILGAN BOLALAR MASKANI”.
6.
www.amunews.uz sayti, 17.04.2023 Ikromjon Siytimov,
7.
tuman Madaniyat va turizm boʻlimi mudiri. Maqola, “XALQQA MADANIY
XIZMAT KOʻRSATISH SIFATI OSHMOQDA”.
8.
Abatbaeva Rano Historical Image of" Alpamys" In Karakalpak Music (Example in the
Works of Nazhimaddin Muhammeddinov) 2023/6/13 Best Journal of Innovation in
Science, Research and Development 138-144 2-tom
9.
Abatbaeva, R. "QORAQALPOQ MUSIQA SAN’ATIDA SYUITA JANRINING
RIVOJI." Вестник музыки и искусства 1.3 (2024): 28-37.
10.
GAIPOVA, Mohigul, and Rano ABATBAEVA. "BETAKROR OVOZ SOHIBASI
BAG ‘DAGUL JAQSIMURATOVA." Journal of Culture and Art 2.3 (2024): 130-
134.
11.
Abatbaeva,
R.
"KOMPOZITOR
NAJIMADDIN
MUXAMMEDDINOV
DÓRETIWSHILIGINDE ERTEK JANRÍ (Toǵız tońqıldaq bir shińkildek ertegi
tiykarında)." Вестник музыки и искусства 1.2 (2023): 46-51.
12.
YOʻLDASHEV, Abbos, and Rano ABATBAEVA. "USTOZIM NESIPBAY
ALEKEEV TURSINBAEVICHNING IJODIGA BIR NAZAR." Journal of Culture
and Art 1.3 (2023): 123-129.
13.
Gulbahor, YO‘LDOSHEVA, and Rano ABATBAEVA. "MUSIQA SAN’ATIDA
DAMLI CHOLGʻULARNING AHAMIYATI." Journal of Culture and Art 2.3 (2024):
97-101.
14.
Yo‘ldosheva, Gulbahor, and Rano Abatbaeva. "QORAQALPOQ MUSIQA
MADANIYATIDA MUSIQALI DRAMA JANRINING SHAKLLANISHI." Modern
Science and Research 3.6 (2024).
15.
Abatbaeva, R. "QORAQALPOQ MUSIQA SAN’ATIDA SYUITA JANRINING
RIVOJI." Вестник музыки и искусства 1.3 (2024): 28-37.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
188
16.
Matimuratov, S. "QARAQALPAQ KÓRKEM ÓNERINDE XOSH HAWAZ
BÚLBÚL TAMARA DOSHUMOVANÍŃ TUTQAN ORNÍ." Вестник музыки и
искусства 1.3 (2024): 95-99.
