ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
176
XALQ CHO
ʻ
LGULARI ORKESTRIDA AFG
ʻ
ON RUBOBI CHOLGʻUSINING TUTGAN
O
ʻ
RNI
Yoʻldashev Abbos Baxrom oʻgʻli
Oʻzbekiston davlat konservatoriyası Nukus filialı 4-bosqich talabasi.
Abatbaeva Rano Allambergenovna
Ilmiy rahbar.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13830078
Annotatsiya. Ushbu maqolada Oʻzbek xalq cholg’ulari orkestrida Afgʻon rubobining
tutgan oʻrni haqida soʻz yurutiladi va albatta afgʻon rubobing tarixi haqida va sozlanishlari
aplikaturalari haqida soʻz yurutiladi. Bu maqolada afgʻon rubobining xalq cholgʻulari orkestrida
tutgan oʻrni, uning tarixi, xususiyatlari va ahamiyati haqida toʻliq ma’lumot beriladi.
Kalit soʻzlar: orkestr, konsert, risola, musiqa, arxеologiya, miniatyura, konservatoriya,
g‘ijjak, rubob, nay va sunray.
THE PLACE OF THE AFGHAN RUBOBI IN THE FOLK INSTRUMENT ORCHESTRA
Abstract. This article will talk about the role of the Afghan rhubarb in the orchestra of
Uzbek folk instruments and will definitely talk about the history of Afghan rhubarb and about the
applicatures of the tuning. This article provides a comprehensive overview of the role of the
Afghan rhubarb in the orchestra of folk instruments, its history, characteristics and significance.
Key words: Orchestra, concert, brochure, Music, Archaeology, miniature, Conservatory,
fiddle, rubob, flute and sunray.
МЕСТО АФГАНСКОГО РУБОБИ В ОРКЕСТРЕ НАРОДНЫХ ИНСТРУМЕНТОВ
Aннотация. в этой статье рассказывается о роли афганского ревеня в оркестре
узбекских народных инструментов и, конечно же, об истории афганского ревеня и его
настройках. В этой статье будет подробно рассказано о роли афганского ревеня в
оркестре народных инструментов, его истории, особенностях и значении.
Ключевое словa: Оркестр, концерт, брошюра, музыка, археология, миниатюра,
консерватория, скрипка, ревень, флейта и солнце.
Oʻzbek xalq musiqa madaniyatida cholgʻu asboblarining oʻrni juda muhimdir. Har bir asbob oʻziga
xos xususiyatlarga, tovush ranglariga va ijro uslublariga ega. Afgʻon rubobi, albatta, Oʻzbekiston va boshqa
Markaziy Osiyo mamlakatlarining xalq musiqasi to‘plamida muhim rol oʻynaydi. Oʻzbеk xalq cholgʻulari va
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
177
musiqa ijrochiligi san’ati koʻp asrlik o’tmishga borib taqaladi. Oʻzbеkiston musiqa cholgʻulari dunyoning
qadimiy cholgʻulari sirasiga kiradi. Oʻrta Osiyoning turli joylaridan, arxеologik qazilmalar orqali topilgan,
haykaltaroshlik asarlari ushbu cholgʻularning qadimiy va oʻrta asrlarga tеgishli koʻrinishlarini saqlab qolgan.
XX asrning 30-yillari oxirlaridan boshlab yurtimizda orkestr ijrochiligiga sezilarli e’tibor berila
boshlandi. 1948-yilda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi qoshida tashkil qilingan afgʻon rubobining tarixi
afgʻon rubobi, asosan Afgʻoniston hududida paydo boʻlgan va keyinchalik qoʻshni mamlakatlarga, shu
jumladan Oʻzbekistonga tarqalgan. Rubob asbobi temir, yogʻoch va choʻpon moʻynasidan tayyorlangan
boʻlib, uning tasvirlari qadimgi parchalar va miniatyuralardan bilinadi. Rubobning maʻlum boʻlgan eng
qadimiy xillari miloddan avvalgi davrga borib taqaladi. Boz ustiga, rubobning bugungi kunda ham oʻzgarib,
rivojlanib borayotgan turli formalari mavjud.
Cholg‘u musiqa ijrochilik san’ati o‘zbek xalqining boy musiqa madaniyatida salmoqli o‘rin tutadi.
O‘rta Osiyoda yashagan buyuk olim, faylasuf Abu Nasr Farobiyning musiqa haqidagi risolasida
shunday deb yozgan: "Kishi ovoziga yaqin tovush chiqaradigan cholg‘u sozlar-g‘ijjak, rubob, nay va
surnaydir, ushbu
1
cholg‘ular inson ovoziga juda yaqinligini ta’kidlaydi. Qolaversa, cholg‘u sozlar ashulaga
ham jo‘r bo‘ladi, ashulaning boshlang‘ich musiqasini va uning orasidagi cholg‘u qismlarini hosil qiladi".
Farobiyning bergan ta’riflari hozirgi davrga qadar saqlanib, rivojlanib kelmoqda. Al-Farobiy (X asr)
o‘z davridagi musiqa cholg‘ularini tavsiflar ekan, rubobda bir-biridan farq qiladigan ijroga erishish
mumkinligini, uning afzalliklaridan bir deb hisoblagan. Unda baland va mayin chalish imkoni mavjud.
Darvesh Ali (XVII asr) “Musiqa haqida risola” asarida musiqa cholg‘usining tuzilishi bayon qilar
ekan “Rubob-torli musiqa asbobi”.
Xalq cholgʻulari orkestri – bu turfa xil musiqiy asboblardan iborat boʻlib, uning asosiy maqsadi xalq
musiqasini saqlash va rivojlantirishdir. Afgʻon rubobi ushbu orkestrning ajralmas qismi hisoblanadi.
Ularning birortasi ham rubobsiz toʻliq qaramasligini bilamiz. Rubobning ohanglari va ritmlari
orkestrning umumiy muvofiqligini taʻminlaydi. Rubobning orkestrda tutgan oʻrni ko'p jihatdan uning
melodik hususiyatlari bilan bog‘liq. Rubob, an’anaviy tarzda, yoqimli va izchil ohanglari bilan tinglovchilarni
maftun qiladi. Ayniqsa, folklor musiqasi ijrosida rubob oʻzi uchun yaratilgan an’anaviy melodiyalarni yorqin
tarzda aks ettiradi.
Bugungi orkestr ijrochilarining nafaqat texnik imkoniyatlari, balki ularning umumiy va
musiqiy madaniyati yuqori professional darajaga ko’tarildi. Texnik mukammallik hamda
orkestrning har bir sozandasi tomonidan ijro etilayotgan materialni umumiy qamrab olinishi
ma’nosidagi orkestr ijrosining sifati sezilarli darajada o’sdi. Bu kabi o’zgarishlar yurtimizning
1
Al-Farobiy (Musiqiy cholg‘u tarixi) kitobidan 27-bet
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
178
chekka hududlarida ham o’z natijasini ko’rsata boshladi. Surxon vohasining Termiz shahrida
musiqa bilim yurti
2
tashkil etilishi musiqa san’atining yanada keng ko’lamli rivojlanishining yangi
bosqichiga ko’tarilshi edi. 1961-yilda asli Buxorolik bo’lgan bir necha ustozlar Termiz musiqa
bilim yurtining tashkil etilishi va faoliyatida katta jonbozlik ko’rsatganlar. Ular Buxoro shahridan
Termiz shahriga ko’chib keldilar va uzoq yillar vohada musiqa san’atini rivojiga o’zlarining
munosib hissalarini qo’shdilar. Dastlab bilim yurtida qashqar rubob va bayan sinfi, 1962-yilda esa
nay, chang, g’ijjak sinflari sal keyinroq dutor, rubob prima va afg’on rubob sinflari ochildi. Orkestr
sinfini ochilishida Termizdagi Mannon Uyg’ur nomli musiqali drama teatrida faoliyat olib
borayotgan aralash orkestrning ham bir muncha ta’siri borligini eslash joizdir. Aralash orkestr deb
atashimizning sababi orkestrda faqatgina o’zbek xalq cholg’ulari emas, balki damli cholg’ular ham
tarkibda mavjud edi. Termizda xalq cholg’ulari orkestrini tashkil etish va konsert faoliyatini yo’lga
qo’yish masalalari biroz mushkulot tug’dirardi, chunki rahbar - dirijyorlar hamda xalq cholg’ulari
orkestri tarkibini to’liq tashkil etuvchi sozandalar etishmasdi. Yillar davomida Termiz musiqa
bilim yurti faoliyati ham rivojlana bordi: Dirijyorlik fani, orkestr fani, xalq cholg’ularida ijrochilik
sinflari va boshqa yo’nalishdagi fanlar ham o’qitila boshlandi. Xalq cholg’ulari orkestrini sifatli
va rang-barang ijrosini ta’minlash uchun musiqachilar uzoq yillar izlanishlar olib borishdi.
Orkestrni partitura cholg’ular bo’yicha tashkil etish juda muhimdir, chunki har bir soz
tovushi orkestr ijrosida katta ahamiyat kasb etadi. Bu juda muhim masala bo’lib, uning yechimini
topish rahbar - dirijyor zimmasidagi vazifa hisoblanadi. Termiz musiqa bilim yurtida bas ovozlari
o’rnini turli yo’llar bilan to’ldirib, orkestr kamchiliklarini bartaraf etishga harakat qilinar edi.
Yo’gon ovozlar o’rni ba’zan akkordeon, ba’zida esa damli cholg’ular (goboy, klarnet, saksofon,
tuba) bilan to’ldirilardi. 1980-85-yillarda dutor bas va dutor kontrabaslar, 1990-yillardan g’ijjak
kontrabas ham xalq cholg’ulari tarkibida paydo bo’ldi. Qashqar rubobi ijrochilarini dutor bas va
dutor kontrabas cholg’usini chalish ko’nikmalarni o’zlashtirishlarini inobatga olib, texnik va hajm
jihatdan uncha murakkab bo’lmagan asarlar tanlaganlar. Vaqt o’tgan sari musiqa san’atida ayniqsa
cholg’u ijrochiligida qilingan mehnatlar o’z samarasini ko’rsata boshladi, xalq cholg’ulari
orkestrida partitura talabi bo’yicha barcha cholg’ular deyarli mavjud edi.(qo’shnay, nay pikkolo
va ksilafonlar bundan mustasno) Agar biz akademik cholg’u ijrochiligi va orkestr ijrochiligi
tarixiga nazar tashlasak, qisqa davr ichida ulkan yutuqlarni qo’lga kiritganimizga amin bo’lamiz.
1940-2021-yillar davomida milliy musiqamizga xos bo’lgan monodik tuzilmadan polifonik yoki
gomofonik tuzilmani mukammal o’zlashtirganligimiz, chet el va qardosh xalqlar musiqasini
2
Abatbaeva, R. "KOMPOZITOR NAJIMADDIN MUXAMMEDDINOV DÓRETIWSHILIGINDE ERTEK JANRÍ (Toǵız tońqıldaq bir shińkildek
ertegi tiykarında)."
Вестник музыки и искусства
1.2 (2023): 46-51.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
179
maromiga etkazib ijro qila olishimiz shu bilan birga milliy cholg’ularimizning oiladosh turlarini
is’temolda mahorat bilan qo’llanilishi yutuqlarimiz namunasidir
Afgʻon rubobining musiqiy xususiyatlari juda boy va rang-barang. Uning tovushi, odatda, batafsil va
chuqur boʻlib, turli melodik xususan ritmik chiziqlarga ega. Bir nechta choʻplarga ega boʻlgan rubob, koʻplab
muqaddas va xalq an’analarini ifodalashda yordam beradi. Rubob unutilmas musiqiy xotiralarni va his-
tuygʻularni tuhfa etadi, bu esa oʻz navbatida, xalq cholg‘usiga ichki chuqurlik va melankoli kiritadi.
Afgʻon rubobi, shuningdek, xalq musiqa madaniyatimizda madaniy musiqiy meros sifatida muhim
ahamiyatga ega. Uning nafaqat Oʻzbekiston, balki Afgʻoniston, Tojikiston va boshqa Markaziy Osiyo
mamlakatlaridagi musiqiy tizimlarida o‘rni beqiyos. Rubob, odatda, qiyosiy muqaddas joylarda raqslar va
marosimlar davomida ijro etiladi, uning ahamiyati va ma'naviyati beqiyosdir. Rubob, shuningdek, ijrochilar
va musiqashunoslar orasida ham oʻz oʻrniga ega. U jamoaviy muhitda ijro etilishi mumkin, bu esa xalq
madaniyatini oʻzida mujassam etadi. Orkestrda rubobning ishtiroki, koʻplab ijodkorlar uchun ilhom manbai
hisoblanadi, bu esa xalq musiqasining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa qilib aytganda, afgʻon rubobi Oʻzbek xalq cholg'ulari orkestrida oʻziga xos va muhim oʻrin
tutadi. U nafaqat musiqiy asbob sifatida, balki xalqning madaniy merosi sifatida ham ajralmas qismdir.
Afgʻon rubobi xalq musiqasining rang-barangligini, chuqurligini va uning samimiyligini ifodalovchi
vosita boʻlib, kelajak avlodlar uchun bu merosni saqlab qolish muhimdir. Qolaversa, afgʻon rubobining
orkestrda oʻz oʻrnini saqlab qolishi, xalq musiqamizni rivojlantirish va takomillashtirish borasidagi say-
harakatlarimizda asosiy tarkibiy qismga aylanadi. Naqshinkor va bezakli ohanglar rubob bilan namoyon
boʻlib, bizning madaniyatimizni saqlab qolishda davom etadi. Bugungi kunda qoraqalpoq musiqa san’atida
bu cholgʻuga boʻlgan qiziqishlar yosh talantli ijrochilar orasida koʻpayib kelmoqda. Shulardan Omonbay
Karimov, Sardor Bazarbaev, Sardor Sotimov Jumladan oʻzim ham shu musiqa cholgʻu asbobda ijro qilaman.
REFERENCES
1.
Usmonov. Q "Boshlang‘ich rubob darsligi" Toshkent- 2004.
2.
Abatbaeva Rano Historical Image of" Alpamys" In Karakalpak Music (Example in the
Works of Nazhimaddin Muhammeddinov) 2023/6/13 Best Journal of Innovation in Science,
Research and Development 138-144 2-tom
3.
Abatbaeva, R. "QORAQALPOQ MUSIQA SAN’ATIDA SYUITA JANRINING
RIVOJI."
Вестник музыки и искусства
1.3 (2024): 28-37.
4.
GAIPOVA, Mohigul, and Rano ABATBAEVA. "BETAKROR OVOZ SOHIBASI BAG
‘DAGUL JAQSIMURATOVA."
Journal of Culture and Art
2.3 (2024): 130-134.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
180
5.
Abatbaeva,
R.
"KOMPOZITOR
NAJIMADDIN
MUXAMMEDDINOV
DÓRETIWSHILIGINDE ERTEK JANRÍ (Toǵız tońqıldaq bir shińkildek ertegi
tiykarında)."
Вестник музыки и искусства
1.2 (2023): 46-51.
6.
YOʻLDASHEV, Abbos, and Rano ABATBAEVA. "USTOZIM NESIPBAY ALEKEEV
TURSINBAEVICHNING IJODIGA BIR NAZAR."
Journal of Culture and Art
1.3 (2023):
123-129.
7.
Gulbahor, YO‘LDOSHEVA, and Rano ABATBAEVA. "MUSIQA SAN’ATIDA DAMLI
CHOLGʻULARNING AHAMIYATI."
Journal of Culture and Art
2.3 (2024): 97-101.
8.
Yo‘ldosheva, Gulbahor, and Rano Abatbaeva. "QORAQALPOQ MUSIQA
MADANIYATIDA MUSIQALI DRAMA JANRINING SHAKLLANISHI."
Modern
Science and Research
3.6 (2024).
9.
Abatbaeva, R. "QORAQALPOQ MUSIQA SAN’ATIDA SYUITA JANRINING
RIVOJI."
Вестник музыки и искусства
1.3 (2024): 28-37.
10.
Matimuratov, S. "QARAQALPAQ KÓRKEM ÓNERINDE XOSH HAWAZ BÚLBÚL
TAMARA DOSHUMOVANÍŃ TUTQAN ORNÍ."
Вестник музыки и искусства
1.3
(2024): 95-99.
