O‘ZBEKISTONDA GENDER TENGLIK: UCHINCHI RENESSANS, XALQARO TAJRIBA VA STRATEGIYA MASALALARI TAHLILI.

Annotasiya

Hayot shiddat bilan o’zgarayotgan davrda jamiyat ham taraqqiy etar ekan, insonlar ham zamon bilan hamnafas bo’lishga harakat qilishadi. Bu ayollarga ham tegishlidir. Endilikda ayollar faqat uy-ishlari, bola tarbiyasi bilan shug’illanib, “yo oila, yo ish”, - degan fikrlar gender tengligiga to’sqinlik qiladi. Shu jumladan gender tengligi nafaqat insonning asosiy huquqi, balki tinch, faravon va barqaror dunyo uchun zarur poydevordir. So‘nggi o‘n yilliklarda gender tenglik masalalarida rivojlanish kuzatilmoqda: Ko’proq qizlar maktabga boryapti, ko’proq ayollar parlamentda va rahbarlik lavozimlarida ishlamoqda, gender tenglikni oshirish uchun qonunlar isloh qilinmoqda.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Xudayberdiyeva, M. (2024). O‘ZBEKISTONDA GENDER TENGLIK: UCHINCHI RENESSANS, XALQARO TAJRIBA VA STRATEGIYA MASALALARI TAHLILI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 3(6). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/34871
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Hayot shiddat bilan o’zgarayotgan davrda jamiyat ham taraqqiy etar ekan, insonlar ham zamon bilan hamnafas bo’lishga harakat qilishadi. Bu ayollarga ham tegishlidir. Endilikda ayollar faqat uy-ishlari, bola tarbiyasi bilan shug’illanib, “yo oila, yo ish”, - degan fikrlar gender tengligiga to’sqinlik qiladi. Shu jumladan gender tengligi nafaqat insonning asosiy huquqi, balki tinch, faravon va barqaror dunyo uchun zarur poydevordir. So‘nggi o‘n yilliklarda gender tenglik masalalarida rivojlanish kuzatilmoqda: Ko’proq qizlar maktabga boryapti, ko’proq ayollar parlamentda va rahbarlik lavozimlarida ishlamoqda, gender tenglikni oshirish uchun qonunlar isloh qilinmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

779

O‘ZBEKISTONDA GENDER TENGLIK: UCHINCHI RENESSANS, XALQARO

TAJRIBA VA STRATEGIYA MASALALARI TAHLILI.

Xudayberdiyeva Mohichehra Alisher qizi

Buxoro Davlat Universiteti yurisprudensiya yo’nalishi 5/2-guruh.

https://doi.org/10.5281/zenodo.12170846

Annotatsiya.

Hayot shiddat bilan o’zgarayotgan davrda jamiyat ham taraqqiy etar ekan,

insonlar ham zamon bilan hamnafas bo’lishga harakat qilishadi. Bu ayollarga ham tegishlidir.
Endilikda ayollar faqat uy-ishlari, bola tarbiyasi bilan shug’illanib, “yo oila, yo ish”, - degan
fikrlar gender tengligiga to’sqinlik qiladi. Shu jumladan gender tengligi nafaqat insonning asosiy
huquqi, balki tinch, faravon va barqaror dunyo uchun zarur poydevordir.

So‘nggi o‘n yilliklarda gender tenglik masalalarida rivojlanish kuzatilmoqda: Ko’proq

qizlar maktabga boryapti, ko’proq ayollar parlamentda va rahbarlik lavozimlarida ishlamoqda,
gender tenglikni oshirish uchun qonunlar isloh qilinmoqda.

Kalit so’zlar:

Gender tenglik, qonun, narmativ- huquqiy hujjatlar, konstitutsiya, gender-

huquqiy ekspertizasi instituti.

GENDER EQUALITY IN UZBEKISTAN: THE THIRD RENAISSANCE, ANALYSIS OF

INTERNATIONAL EXPERIENCE AND STRATEGIC ISSUES.

Abstract.

In the era of rapid changes in life, society is also developing, and people try to

keep up with the times. This also applies to women. Now women are only engaged in housework
and raising children, and the thoughts of "either family or work" hinder gender equality. Including
gender equality is not only a basic human right, but also a necessary foundation for a peaceful,
prosperous and stable world.

Recent decades have seen progress in gender equality: More girls are attending school,

more women are in parliament and in leadership positions, and laws are being reformed to
improve gender equality.

Key words:

Gender equality, law, normative-legal documents, constitution, institute of

gender-legal expertise.

ГЕНДЕРНОЕ РАВЕНСТВО В УЗБЕКИСТАНЕ: ТРЕТИЙ РЕНЕССАНС, АНАЛИЗ

МЕЖДУНАРОДНОГО ОПЫТА И СТРАТЕГИЧЕСКИЕ ВОПРОСЫ.

Аннотация.

В эпоху стремительных перемен в жизни общество также

развивается, и люди стараются идти в ногу со временем. Это касается и женщин. Сейчас
женщины занимаются только домашним хозяйством и воспитанием детей, а мысли «либо
семья, либо работа» препятствуют гендерному равенству. Включение гендерного
равенства является не только основным правом человека, но и необходимой основой
мирного, процветающего и стабильного мира.

В последние десятилетия наблюдается прогресс в обеспечении гендерного

равенства: все больше девочек посещают школу, больше женщин занимают должности в
парламенте и на руководящих должностях, а законы реформируются для улучшения
гендерного равенства.

Ключевые слова:

Гендерное равенство, закон, нормативно-правовые документы,

конституция, институт гендерно-правовой экспертизы.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

780

KIRISH:

Zamonaviy dunyoda gender tenglik siyosati

Bugungi kunda gender tenglik BMT, PI, boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilot va

tuzilmalar, davlatlar siyosatining eng muhim yo'nalishlaridan biridir. Chunki bu inson qadri,
erkinliklari va manfaatlarini kafolatlash, global miqyosda va davlatlar barqaror taraqqiyotini
ta'minlash, tinchlik va xotirjamlikni o'rnatishning asosiy talablari hamda zaruriy shartlaridan
hisoblanadi. Ushbu sohada birgina BMT doirasida qator xalqaro shartnomalar, xususan, Inson
huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi, Iqtisodiy,
ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktlar, Xotin-qizlarni kamsitishning barcha
shakllariga barham berish to'g'risidagi konventsiya, Pekin deklaratsiyasi va Harakatlar platformasi
kabi o'nlab xalqaro hujjat qabul qilingan. Ular gender tenglik va adolat tamoyillarini o'zida aks
ettirishi, o'zaro bog'liqligi, bir-birini taqozo etishi va to'ldirishi hamda hayotiyligi bilan ajralib
turadi. Bunda

Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to'g'risidagi

konventsiya

umume'tirof etilgan

ayollar huquqlarini himoya qilish va gender tengligiga

erishish borasidagi “jahonning global konstitutsiyasi” sanaladi

. erkaklar va xotin-qizlar

huquqlarini to'la amalga oshirishni ta'minlaydigan, gender tenglikka asoslangan konstitutsiyani
ishlab chiqish gender tengsizlikni bartaraf etishga yordam beradi hamda davlat va jamiyat
hayotining barcha jabhalarida ayollar huquq va manfaatlarini himoya qilishga huquqiy asos
yaratadi. Parlamentlararo ittifoq tomonidan 2012 yilda qabul qilingan

“Genderga nisbatan

sezuvchan parlamentlar uchun harakatlar rejasi”

ning hayotga tatbiq etilayotgani

mamlakatlarda va global miqyosda gender siyosatni rivojlantirish va gender tenglikka erishishga
xizmat qilmoqda. Shu o'rinda

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish a

ssambleyaning

“parlamentda ayollar ko'pchilikni tashkil etgan dunyodagi ilk davlat – Ruandada” o'tkazilgani,
“Parlamentlararo ittifoqning gender tenglik va genderga nisbatan sezgir parlamentlarni
yaratishdagi ahamiyati”ni yuqori baholaganini ta'kidlash joiz.

Uning so'zlariga ko'ra,

“ayollar jamiyat hayotida etakchi rollarni egallasa, ijroiya va

qonun chiqaruvchi organlar ham ko'proq mas'uliyatli bo'ladi”

. Hali-hanuz dunyoda biror

mamlakat gender masalalarni to'la hal qilgan, deb bo'lmaydi. Shuning uchun PIning 145-
assambleyasi asosiy hujjati bo'lmish

Kigali rezolyutsiyasida ta'kidlanganidek,

dunyo

mamlakatlari darajasida va global miqyosda gender siyosatni rivojlantirish, “genderga nisbatan
adolatli va gender siyosatni qo'llab-quvvatlovchi jamiyatni shakllantirish”, qarorlar qabul qilishda
siyosiy institutlar tomonidan ayollar xizmat qiladigan tashkilotlarda xotin-qizlarning ovozlarini
inobatga olishni ta'minlashda gender sezuvchan parlamentlar ishini yo'lga qo'yish va ularni
baholashda quyidagi yo'nalishlarga alohida e'tibor qaratildi. Xususan, gender masalalarni inobatga
olgan holda parlament tuzilmatuzilmalarini takomillashtirish. Tushunish, uni parlament
faoliyatining asosiy tamoyillariga aylantirish va amaliyotda qo'llay bilish.

Jamiyat va davlat hayotida gender tenglikni ta'minlash strategiyasini rivojlantirish, gender

masalalarni inobatga oluvchi byudjetni shakllantirish va gender auditini amalga oshirish.

Jamiyatdagi gender tenglikka nisbatan munosabatni doimiy monitoring qilish, o'rganib

borish, tegishli tadqiqotlarni amalga oshirish va tavsiyalar tayyorlash. Gender tenglik siyosatining
hayotga tatbiq etilish holati va xotin-qizlarning davlat boshqaruvi organlaridagi vakilligi va
ishtirokini ta'minlash alohida ahamiyatga egaligini ko'rsatmoqda. Mamlakatimizni 2017-2021-
yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi doirasida


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

781

o‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga
qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari
qabul qilindi. Shuningdek, inson huquqlarini ta’minlash, davlat organlarining hisobdorligi va
ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli,
aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga
oshirildi. So‘nggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo
etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi.

Jahon miqyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot

natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi yillarda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida
xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va
tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol
fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilangan.

ASOSIY QISM: Global gender tenglik va Konstitutsiya

Bugungi kunda gender tenglikni ta'minlashda tegishli masalalarning dunyo

konstitutsiyalarida aks ettirilishi,

“gender masalalarga sezgir konstitutsiyalar”

qabul qilinishi

tendentsiyalari namoyon bo'lmoqda. Albatta, O'zbekiston ham ushbu yo'nalishdan jahon
hamjamiyati bilan birga qadam tashlamoqda. Sohaga oid dunyo konstitutsionalizmini o'rganish
xalqaro majburiyatlarga muvofiq xotin-qizlar va erkaklar o'rtasidagi tenglik tamoyilini amalga
oshirish yo'lidagi birinchi qadam sifatida gender tenglik tamoyilini konstitutsiyalarga
kiritilayotganidan

dalolat

beradi.

Bunda

gender

nuqtai

nazardan

konstitutsiyaviy

islohotlarning asosiy vazifasi, xususan, quyidagilarni tashkil qiladi.

Birinchidan,

Konstitutsiyaga umume'tirof etilgan printsip va normalarni kiritish. Bugungi

kunda dunyo konstitutsiyalarining

98 foizi

tenglik va kamsitilmaslik,

94 foizi

zo'ravonlikdan

himoya qilish,

86 foizi

xotin-qizlarning ta'lim olishi,

85 foizi

ijtimoiy xizmatlardan foydalanish

kafolati,

44 foizi

diskriminatsiyaga qarshi choralar va

12 foizi

xotin-qizlar huquqlari bo'yicha

alohida qoidalarni o'z ichiga oladi;

ikkinchidan,

barcha jabhada xotin-qizlarning konstitutsiyaviy

nazorat va islohotlar jarayonlarida to'liq va teng ishtirok etishini ta'minlash lozim;

uchinchidan,

konstitutsiyani yangilashda jahon davlatlarining gender omillarni, ayniqsa, “kamsituvchi
konstitutsiyaviy qoidalarga” barham berish borasidagi ijobiy tajribasini inobatga olish kerak.

Shu bilan birga, xotin-qizlar huquqlariga oid konstitutsiyaviy normalar tenglik va

kamsitilmaslikning umumiy tamoyillari bilangina chegaralanmay, ayollarning o'ziga xos huquq va
erkinliklarini ham qamrab olishi lozim. Ular ta'lim, sog'liqni saqlash, fuqarolik, saylanadigan va
tayinlanadigan organlarda ishtirok etish kabi sohalarni ham nazarda tutishi zarur. Bunda
konstitutsiyaviy islohotlar, xususan, quyidagi vazifalarni hal etishni ko'zlaydi.

Erkaklar va ayollar o'rtasidagi tenglikni ta'minlash uchun vaqtinchalik maxsus

choralarni hayotga tatbiq etish

. Xususan,

Gretsiya Konstitutsiyasining

116-moddasida

“erkaklar va ayollar o'rtasidagi tenglikni ta'minlashga qaratilgan ijobiy chora-tadbirlarni qabul
qilish jinsga ko'ra kamsitish hisoblanmaydi. Davlat real hayotdagi tengsizliklarni, xususan, ayollar
zarariga barham berish choralarini ko'radi”, deb belgilab qo'yilgan. Bundan tashqari, 22-
moddaning 1-bandida “Barcha ishchilar, jinsi yoki boshqa xususiyatlaridan qat'i nazar, teng
qiymatdagi ish uchun teng haq olish huquqiga ega”, deb ko'rsatilgan bo'lsa, o'sha 116-moddada
“Vazirlikning normativ xarakterdagi qarorlari, shuningdek, 22-moddaning 1-bandi qoidalariga zid


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

782

bo'lgan ish haqini belgilovchi jamoa shartnomalari yoki hakamlik sudlarining qarorlari ushbu
Konstitutsiya kuchga kirgan kundan boshlab uch yildan kechiktirmay almashtirilgunga qadar o'z
kuchida qoladi”, deyilgan.

Avstriya Konstitutsiyasining

7-moddasida bunday qayd etilgan:

“Federatsiya, shtatlar va munitsipalitetlar erkaklar va ayollarning de-fakto tengligini qo'llab-
quvvatlaydi. Ayollar va erkaklarning de-fakto tengligini ta'minlashga, xususan, real hayotdagi
tengsizliklarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarga ruxsat etiladi”.

Gender masalalarni inobatga olgan byudjetlar ishlab chiqilishini ta'minlash.

Avstriya Konstitutsiyasining

13-moddasida: “Federatsiya, shtatlar va munitsipalitetlar

byudjet tuzishda ayollar va erkaklarning teng maqomini ta'minlashga intiladilar”, deya belgilab
qo'yilgan. Qonuniylik, demokratiya, ochiqlik va oshkoralik gender tenglikni ta’minlashning asosiy
tamoyillaridir, gender strategiyasi doirasida gender tenglik tushunchasi jamiyat hayoti va
faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, madaniyat, ta’lim, ilm-
fan, sport munosabatlarida xotin-qizlar va erkaklarning huquq hamda imkoniyatlarining tengligini
anglatadi.

So‘nggi yillarda amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar natijasida O‘zbekiston

Respublikasida jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida xotin-qizlar hamda erkaklar
uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya
qilish masalalari bo‘yicha mustahkam huquqiy asoslar yaratildi. Jumladan, “Xotin-qizlar va
erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi qonuni qabul qilindi. Davlat va jamoat tashkilotlari tizimida 1 300 nafardan ortiq,
shu jumladan vazirlik va idoralarda 45 nafar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasida 39 nafar, mahalliy davlat hokimiyati organlarida
207 nafar ayol rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining 32 foizi,

Senati a’zolarining hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, mahalliy Kengashlar
deputatlarining qariyb 25 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Gender tenglikni ta’minlash masalasi
davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, parlament yuqori palatasida Xotin-qizlar va gender tenglik
masalalari qo‘mitasi, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila
masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi, Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda
imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahat-kengashlari, Respublika xotin-qizlar
jamoatchilik kengashi tashkil etildi. O‘zbekiston tarixida birinchi marta milliy parlamentda xotin-
qizlar soni Birlashgan Millatlar Tashkilotining tavsiyalariga mos darajaga yetdi. Mamlakatimiz
parlamenti xotin-qizlar soni bo‘yicha dunyodagi 190 ta milliy parlamentlar o‘rtasida 37-o‘ringa
ko‘tarildi.

Shuningdek, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va O‘zbekiston Xalq

demokratik partiyasi a’zolarining 49 foizini, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi
a’zolarining 46 foizini, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi va O‘zbekiston Ekologik partiya
a’zolarining 41 foizini xotin-qizlar tashkil qiladi. Islohotlarning barcha bosqichlarida
O‘zbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat keng qamrovli masalalarni o‘z ichiga
oladi. Aholi daromadlarini tizimli ravishda oshirib borish, bandlik va mehnat munosabatlarini
shakllantirish, aholining ayrim toifalarini, shu jumladan tadbirkor va fermer xotin-qizlarni ijtimoiy
himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash borasida qo‘shimcha kafolatlar berildi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

783

Xususan, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish

maqsadida imtiyozli kreditlar ajratish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Tijorat banklari mikrokredit
bazasi mijozlarining 30 foizidan ortig‘ini xotin-qizlar tashkil etmoqda. Tijorat banklari mablag‘lari
hisobidan 172 mingdan ortiq xotin-qizlarga 4,9 trillion so‘m miqdorida kreditlar ajratildi. Buning
natijasida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan xotin-qizlar soni bir yilda 45 ming nafarga
ko‘paydi. 2019-yildan boshlab aholining ish bilan ta’minlanishi va yangi ish o‘rinlari yaratilishi
davlat buyurtmasi asosida amalga oshirish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga vaqtincha mehnat guvohnomalarini berish va ularning

ish stajini qayd etish tartibi joriy etildi. Natijada norasmiy sektorda band bo‘lgan xotin-qizlarning
ulushi 27 foizga yetdi. Respublikaning chekka hududlarini rivojlantirish, qishloqlarni
obodonlashtirish, qishloqlarda yashovchi xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlash
orqali kambag‘allikni qisqartirishga ham alohida e’tibor qaratildi. Qishloq xo‘jaligining turli
sohalarida 1,5 milliondan ortiq xotin-qizlar mehnat qiladi. Tadbirkorlik subyektlarining 20 foiziga,
shu jumladan fermer xo‘jaliklarining 7,3 foiziga ayollar rahbarlik qiladi. 2017-yildan boshlab
sog‘liqni saqlash tizimida tub o‘zgarishlar amalga oshirilib, aholining reproduktiv salomatligini
mustahkamlash, fuqarolarni sog‘lom farzandlar tug‘ilishiga ongli va mas’uliyatli munosabatda
bo‘lishga o‘rgatish, xotin-qizlar va erkaklarning reproduktiv huquqlarini amalga oshirishda teng
imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Gender tenglikni rag‘batlantirish
va unga erishish uchun ommaviy axborot vositalari faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Zamonaviy ijtimoiy va siyosiy faol xotin-qizlar imidjini aks ettiruvchi, xotin-qizlar va

erkaklar uchun yaratilgan imkoniyatlarni yorituvchi radioeshittirishlar va teleko‘rsatuvlar soni
ko‘paydi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini
izchil amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida mamlakatimizda
O‘zbekistonning 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va
vazifalari qabul qilingan. Mazkur vazifalar doirasida gender tenglikni ta’minlash hamda barcha
xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy
hamda boshqa sohalarda zarur choralar belgilab olingan. Barqaror rivojlantirish sohasidagi milliy
maqsadlar va vazifalarning amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha Parlament komissiyasi
faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Mehnat migratsiyasiga doir masalalarni tartibga solish O‘zbekiston
uchun alohida ahamiyat kasb etdi. Jumladan, 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro
Migratsiya Tashkilotiga a’zo bo‘ldi. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni
qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq hamda manfaatlarini himoya qilish maqsadida Bandlik
va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida maxsus jamg‘arma tashkil etildi. Shu bilan birga,
xotin-qizlarning davlat va jamiyat qurilishidagi ishtirokini kengaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy, ta’lim,
sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda jiddiy e’tibor talab etadigan masalalar
mavjud. Jumladan, xotin-qizlarning erkaklar bilan teng darajada davlat va jamiyat boshqaruviga
oid dolzarb masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishdagi ishtiroki yetarlicha ta’minlanmayapti,
ularni hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir ishlarga jalb qilish holati sustligicha
qolmoqda. Xotin-qizlarning davlat hokimiyati va boshqaruvidagi faoliyati to‘g‘risida jamiyatdagi
salbiy qarashlar esa ularning siyosiy jarayonlarda o‘z g‘oyalarini ilgari surishiga to‘sqinlik
qilmoqda. Aksariyat hollarda xotin-qizlarga iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lmagan va haq
to‘lanmaydigan uy xo‘jaligi ishlari yuklatilmoqda. Ta’limda xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

784

keskin tafovutlar kuzatitilib, bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim o‘qituvchilarining 70 foizdan
ortig‘ini ayollar tashkil etmoqda. Ta’limning pedagogika va gumanitar fanlar (filologiya,
pedagogika, psixologiya, madaniyat va san’at) yo‘nalishlarida tahsil olayotgan xotin-qizlar ulushi
68 foizni tashkil etsa, muhandis-texnik (axborot texnologiyalari, energetika, injeneriya) va
huquqshunoslik sohalarida ularning ulushi hamon kamligicha (24 foiz) qolmoqda. Respublika
hududlarida, ayniqsa qishloq joylarida sog‘liqni saqlash xizmatlari sifatining pastligi, xususiy
tibbiy xizmatlarning rivojlanmaganligi, er va xotin o‘rtasida oilani rejalashtirish bo‘yicha tibbiy
madaniyatning yetarli emasligi onalar va go‘daklar o‘limlarining saqlanib qolishiga sabab
bo‘lmoqda. Tashqi va ichki migratsiyaning gender jihatlari, uning xotin-qizlar hamda erkaklarga,
ularning oilasi, farzandlariga ta’siri bo‘yicha tadqiqotlar yetarlicha olib borilmayapti, mazkur
sohada aholi uchun yaratilgan imkoniyatlar, xotin-qizlarning huquqlari, mehnat migrantlarini
himoya qilish mexanizmlari to‘g‘risida targ‘ibot-tashviqot ishlari lozim darajada tashkil
qilinmayapti. Qolaversa, media mahsulotlarining gender ekspertizasi o‘tkazilmayapti, ommaviy
axborot vositalarida oila va jamiyatdagi xotin-qizlar va erkaklarning rolini aks ettirishda an’anaviy
qarashlar mavjud, bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida xotin-qizlarning jamiyat
rivojiga qo‘shayotgan hissasi yetarli darajada yoritilmayapti.

Yuqoridagi kabi muammo va kamchiliklarning saqlanib qolinishi nafaqat inson huquq va

erkinliklarini to‘laqonli ta’minlash imkoniyatini cheklabgina qolmasdan, mamlakatning xalqaro
maydondagi imidjiga, uning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rniga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Gender strategiyasining asosiy maqsadi

— irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi,

e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar xotin-qizlar va erkaklarning haqiqiy
tengligini ta’minlashdan iborat. Gender strategiyasining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi.

Xotin-qizlarning yer va mulkka nisbatan egalik qilish imkoniyatlarini kengaytirish, jamiyat

hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, madaniyat,
ta’lim, ilm-fan hamda sport munosabatlarida xotin-qizlarning erkaklar bilan teng ishtirok
etishlarini qo‘llab-quvvatlash, qaror qabul qilishda ularning yetakchilik qilishlari uchun teng
imkoniyatlarni yaratish, xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish, ularning jamiyatdagi o‘rni
bilan bog‘liq salbiy qarashlarni o‘zgartirish. Aholi bandligi sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun
kafolatlangan teng huquq hamda imkoniyatlarni, shuningdek, munosib ish o‘rinlarini yaratish,
ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, xotin-qizlarning tijorat banklaridan kredit olishga bo‘lgan
imkoniyatlarini kengaytirish, xotin-qizlar va erkaklarni butun umri davomida o‘qishga bo‘lgan
imkoniyatlarini rag‘batlantirish, ularning oilani rejalashtirish borasidagi tibbiy madaniyatini
oshirish va reproduktiv salomatligini mustahkamlash, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini
yuksaltirishga qaratilgan. Saylov huquqlarini amalga oshirishda xotin-qizlar va erkaklar uchun
teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur:

Yurtimizda o‘rta va o‘rta maxsus ma’lumotga ega xotin-qizlar va erkaklar uchun mehnat

bozorida munosib ish o‘rinlarining hamda kafolatlangan mehnat sharoitlarining yaratilishimiz
kerak,chunki o‘zini o‘zi band qilgan xotin-qizlar va erkaklarni qo‘llab-quvvatlash, bunday
shaxslar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat turlarini kengaytirish, aholining o‘zini o‘zi band
qilishga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirishimiz kerak deb o’ylayman.Qishloq joylarida xotin-
qizlar uchun munosib ish o‘rinlarini yaratish, bir turdagi mehnat uchun xotin-qizlar va


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

785

erkaklarning mehnatiga teng haq to‘lash, ishsiz xotin-qizlarni o‘zini o‘zi band qilish orqali
bandligini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rsak maqsadga muvofiqdir.

Xotin-qizlar va erkaklarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishda davlat

organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va
fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarini
mustahkamlashimiz, tazyiq va zo‘ravonlik holati qayd etilgan oilalar, ish joylari, jazoni ijro etish
muassasalari va boshqa obyektlarning hisobini yuritish, shuningdek tazyiq va zo‘ravonlik sodir
etishga moyil bo‘lgan yoki uni sodir etgan g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli shaxslarni aniqlash, ularga
profilaktik ta’sir ko‘rsatish hamda xulq-atvorini o‘zgartirish tizimini va choralarini
takomillashtirish, Shu o’rinda mamlakatimizda oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasi
sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash bo’yicha bir
qator ishlar amalga oshirilmoqda. Erta nikoh, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh, erta tug‘ruq,
oilaviy ajralishlarning yuzaga kelish sabablari hamda shart-sharoitlarini tahlil qilish, bu borada
ilmiy, amaliy hamda fundamental tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, hamda asrlar davomida
shakllangan milliy qadriyatlar, ijobiy urf-odatlar va an’analar asosida oilalarni mustahkamlash,
oilaviy ajralishlarning oldini olishda davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasida
ijtimoiy sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda
bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirishda xotin-qizlar
bilan bir qatorda erkaklarning mas’uliyati hamda rolini oshirishimiz kerak. Shu o’rinda oilalarni
yoshlarning axloqiy negizlarini buzishga olib keladigan, oilaviy qadriyatlarni inkor etadigan,
axloqsizlikni targ‘ib qiladigan, shuningdek ota-onasiga va oilaning boshqa a’zolariga nisbatan
hurmatsizlik munosabatini shakllantiradigan, jinslardan birining ustunligi g‘oyasiga asoslangan
noto‘g‘ri tasavvurlardan himoya qilish.

Respublika va hududlar kesimida genderga oid vaziyatni tahlil qilish hamda uning

monitoringini yuritish maqsadida xotin-qizlar va erkaklarning norasmiy mehnat bozori sektoridagi,
shuningdek hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ishtiroki, ularning davlat tomonidan
kafolatlangan imkoniyatlardan foydalanish holati yuzasidan statistik ma’lumotlarni tizimli
yuritishimiz hamda jamiyat hayotining barcha sohalarida xotin-qizlar va erkaklarning holatini aks
ettiradigan statistik axborotni yig‘ishni, unga ishlov berishni, uni to‘plashni, saqlashni, tahlil va
e’lon qilishga oid chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashimiz darkordir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Biz bu yo’nalishdagi vazifalarni bajaradigan bo’lsak, albata o’ylagan natijalarimizni qo’lga

kiritamiz. Yuqori va quyi tizimdagi davlat organlarining rahbarlik lavozimlariga xotin-qizlarni
tayinlash amaliyoti kengaytirish, siyosiy partiyalarni rag‘batlantirish orqali xotin-qizlar saylov
jarayonlariga keng jalb qilish, aholi bandligi sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun kafolatlangan
teng huquq hamda imkoniyatlar, shuningdek ular uchun munosib ish o‘rinlari yaratiladi, ijtimoiy
himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan, ayniqsa qishloq joylardagi oilalar ish bilan ta’minlanadi,
ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarning samaradorligi oshiriladi, o‘zini o‘zi band
qilgan shaxslar ko‘lami kengayadi. Xotin-qizlar va erkaklarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik
holatlarining oldini olish tizimi takomillashtiriladi, jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan shakllangan
salbiy qarashlar darajasini kamaytirish, azaldan ma’naviyat, madaniyat beshigi bo‘lgan Ko‘hna


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

786

Sharq o‘z bag‘rida ming-minglab daholarni, donishmand, allomalarni yetishtirdi. Bu zamin
tuprog‘ida ne-ne kashfiyotlar tug‘ilmadi deysiz.

Bu ajib maskan quchog‘ida qanchadan-qancha asrlarga tatigulik shoh asarlar yaratildi,

mangulikka yuz tutdi. Insoniyat uchun, bani-bashar uchun ruhiy tuganmas ozuqa manbaini o‘tadi.
Albatta, har qaysi davrda ma’rifatli jamiyat har qanday mafkuraviy jamiyatdan ustun bo‘lib
kelgan.

Dunyoning ko`plab rivojlangan davlatlari qatorida O`zbekiston Respublikasida ham

ayollar va bolalarga bo`lgan e`tibor - ularning jamiyatdagi va davlat boshqaruvidagi o`rnini
mustahkamlashning davlat siyosati darajasigacha ko`tarilayotganida namoyon bo`lmoqda. Har
qanday jamiyatning rivojlanishida muhim ro`l kasb etadigan tarbiya masalasi oiladan shakllanadi.

Oila esa o`z navbatida, undagi er-hotin, ota-ona bilan farzand o`rtasidagi munosabatlarning

maskanidir. Shunday ekan bir –biriga bog`liq bo`lgan munosabatlar zamirida jamiyatni tashkil
qiluvchi shaxs shakllanadi. Tarbiya va ayolning oiladagi o`rni masalasida ko`plab uzundan uzoq
isbotini allaqachon amalda k`orasatayotgan misollarni kelrirish mumkin. Xususan, O`zbekiston
Respublikasining gender tengligi bo`yicha olib borayotgan siyosati, davlat boshqaruvida xotin-
qizlarga ko`plab imkoniyat eshiklarini ochadi.

Gender strategiyasi doirasida gender tenglik tushunchasi jamiyat hayoti va faoliyatining

barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, madaniyat, ta’lim, ilm-fan, sport
munosabatlarida xotin-qizlar va erkaklarning huquq hamda imkoniyatlarining tengligini anglatadi.


REFERENCES

1.

’’2030-Yilga qadar O’zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini
tasdiqlash’’ haqidagi O’zbekiston Respublikasi oliy majlisi senatining qarori.

2.

”Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari’’ to’g’risidagi
O’zbekiston Respublikasining qonuni.

3.

2030-yilga qadar O’zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasining
2021-2022-yildagi ijrosi hamda uni amalga oshirish bo’yicha 2023-yilga mo’ljallangan
chora -tadbirlarni tasdiqlash” haqidagi O’zbekiston Respublikasi oliy majlisi senatining
qarori.

Bibliografik manbalar

’’2030-Yilga qadar O’zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash’’ haqidagi O’zbekiston Respublikasi oliy majlisi senatining qarori.

”Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari’’ to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasining qonuni.

2030-yilga qadar O’zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasining 2021-2022-yildagi ijrosi hamda uni amalga oshirish bo’yicha 2023-yilga mo’ljallangan chora -tadbirlarni tasdiqlash” haqidagi O’zbekiston Respublikasi oliy majlisi senatining qarori.