Authors

  • Mohichehra Xudayberdiyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.68540

Keywords:

“Hind ixtilochilari” sentimentalizm “Rahbari najot” romantizm oqimi Naturalizm oqimi Realizm oqimi.

Abstract

Jadidlar xalqni boshi berk ko‘chadan olib chiqishning yagona to‘g’ri yo‘li nafaqat ma’rifatda, ta’limda, siyosatda balki turkiy xalqlarning birligida deb bilganlar. Jadidlar yangi zamonni ilm-ma’rifat asosiga qurilgan ilg‘or jamiyatni orzu qilgan millat oydinlari edilar. Bu borada Abdurauf Fitrat haqida gapirganda odatda hamma olimlarimiz alohida e’tibor bilan gapirishadi. Sababi jadid ijodkorlarimiz juda ko‘p ular hamma sohada ilg‘or, lekin Abdurauf Fitrat olimlik faoliyati bilan birga ham nasr, ham nasl, ham dramaturgiyada eng yuqori bosqichlarda ijod qilgan ijodkorlardan biridir. Xususan ularni olimlik faoliyatlari diqqatga sazovor. Chunki biz o‘zbek adabiyoti tarixi haqida gapirganimizda albata Fitratga murojaat qilamiz.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

902

JADIDLAR: MILLIY O‘ZLIK, ISTIQLOL VA DAVLATCHILIK G‘OYALARI.

ADBURAUF FITRAT- BIRINCHI O‘ZBEK PROFESSORLARIDAN BIRI.

Xudayberdiyeva Mohichehra Alisher qizi

Buxoro davlat universiteti Tarix-Yuridik fakulteti

Yurisprudensiya yo‘nalishi 3-kurs 5/2 guruh talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14929795

Annotatsiya.

Jadidlar xalqni boshi berk ko‘chadan olib chiqishning yagona to‘g’ri yo‘li

nafaqat ma’rifatda, ta’limda, siyosatda balki turkiy xalqlarning birligida deb bilganlar. Jadidlar

yangi zamonni ilm-ma’rifat asosiga qurilgan ilg‘or jamiyatni orzu qilgan millat oydinlari edilar.

Bu borada Abdurauf Fitrat haqida gapirganda odatda hamma olimlarimiz alohida e’tibor

bilan gapirishadi. Sababi jadid ijodkorlarimiz juda ko‘p ular hamma sohada ilg‘or, lekin Abdurauf

Fitrat olimlik faoliyati bilan birga ham nasr, ham nasl, ham dramaturgiyada eng yuqori

bosqichlarda ijod qilgan ijodkorlardan biridir. Xususan ularni olimlik faoliyatlari diqqatga

sazovor. Chunki biz o‘zbek adabiyoti tarixi haqida gapirganimizda albata Fitratga murojaat

qilamiz.

Kalit so‘zlar:

“Hind ixtilochilari”, sentimentalizm, “Rahbari najot”, romantizm oqimi,

Naturalizm oqimi, Realizm oqimi.

НОВЫЙ ВЕК: ИДЕАЛЫ НАЦИОНАЛЬНОЙ ИДЕНТИЧНОСТИ,

НЕЗАВИСИМОСТИ И ГОСУДАРСТВЕННОСТИ. АДБУРАУФ ФИТРАТ – ОДИН ИЗ

ПЕРВЫХ ПРОФЕССОРОВ УЗБЕКИСТАНА.

Аннотация.

Джадиды считали, что единственный правильный путь вывода

народа из тупика заключается не только в просвещении, образовании и политике, но и в

единстве тюркских народов. Джадиды были интеллектуалами, мечтавшими о новом

времени, о прогрессивном обществе, основанном на знаниях и просвещении. Говоря об

Абдурауфе Фитрате в этом контексте, все наши ученые обычно уделяют ему особое

внимание. Причина в том, что среди джадидов было много писателей, которые были

передовыми в разных областях, но Абдурауф Фитрат был одним из немногих, кто достиг

высот в нескольких дисциплинах — науке, прозе, поэзии и драматургии. В частности, его

научная деятельность заслуживает особого внимания. Когда мы говорим об истории

узбекской литературы, мы неизбежно обращаемся к Фитрату.

Ключевые слова:

"Индийские революционеры", Рационализм, Сентиментализм,

Романтизм, Символизм, Модернизм, Реализм, Натурализм, Футуризм, Алтай.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

903

JADIDS: IDEALS OF NATIONAL IDENTITY, INDEPENDENCE AND STATESHIP.

ADBURAUF FITRAT - ONE OF THE FIRST UZBEKISTAN PROFESSORS.

Abstract.

The Jadids believed that the only correct way to lead the people out of a dead-

end was not only through enlightenment, education, and politics but also through the unity of

Turkic peoples. The Jadids were intellectuals who dreamed of a new era, a progressive society

built on the foundations of knowledge and enlightenment. When speaking about Abdurauf Fitrat

in this regard, all our scholars usually pay special attention to him. The reason is that while there

were many Jadid writers who were pioneers in various fields, Abdurauf Fitrat was one of the few

who excelled in multiple disciplines—science, prose, poetry, and dramaturgy. In particular, his

scholarly activities are noteworthy. When we talk about the history of Uzbek literature, we

inevitably turn to Fitrat.

Keywords:

"Indian Revolutionaries", Rationalism, Sentimentalism, Romanticism,

Symbolism, Modernism, Realism, Naturalism, Futurism, Altai.

KIRISH: Abdurauf Fitrat adabiyotimiz tarixida shoir va olim, nosir va dramaturg,

o‘qituvchi va ma’rifatparvar sifatida muhim o‘rin egallaydi. U 1886-yilda Buxoroda ziyoli

oilasida tug’ilgan bo‘lib, Buxoro, Istanbul madrasalarda va dorulfunlarida o‘qiydi. U arab,

fors, turk tillarini mukammal bilganligi tufayli sharqning buyuk allomalari ijodini yaxshi

o‘zlashtiradi. Adibning otasi savdogarchilik bilan shug’ullangan bo‘lib, 1918-yilgacha

Qashqarda turib qoladi, u asosan onasi Musafobibi tarbiyasida bo‘lib, uda Navoiy, Uvaysiy,

Zebiniso, Fuzuliy kabi shoirlar g’azallarini birinchi bo‘lib tinglagan. Fitrat 1909-yilda

Turkiyaga o‘qishga borib 1913- yilgacha Istanbul dorulfunida o‘qiydi. Turkiyada tashkil

bo‘lgan Buxoro talimi maorifi uyushmasida faollik ko‘rsatgan. Behbudiy asos slogan jadid

usulidagi maktablar takomiliga xizmat etgan. Uning ilk to‘plami 1911-yilda “Sayxa(

Chorlov)” nomi bilan chop etiladi. Yirik olim, adabiyotshunos sifatida ham bir qancha

asarlar yozgan. Jumladan “Adabiyot qoidalar”, “Eski o‘zbek adabiyoti namunalari” kabi

ilmiy asarlari adabiyotshunoslik fani tarixida muhim ro‘l o‘yaydi. Shuning uchun Umar

Xayyom, Firdavsiy, Navoiy, Bedil haqidagi tadqiqotlari ham adabiyotimiz tarixini

o‘rganishdagi muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Ahmad Yassaviy, Sulaymon, Boqir Qomiy

kabi 10 dan ortiq adabiyot vakillari haqida maqolalar yozgan. Fitrat ayni chog’da olim,

ulkan pedagog, xalq maorifi tashkilotchisi sifatida ham faoliyat ko‘rsatgan. “O‘zbek tili

darsligi”, “O‘zbek tili sarfi, grammatikasi” kabi kitoblari esa 1925-1930-yillarda 5 marta


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

904

chop etiladi. U ana shu ishlari uchun o‘zbek olimlar o‘rtasida birinchilardan bo‘lib professor

degan yuksak ilmiy unvonga sazovor bo‘lgan. Abdurauf Fitrat hayoti va adabiy faoliyati

ziddiyatlarga o‘ta boyligi bilan ajralib turardi. 1991-yil 25-sentabrda Abdurauf Fitratga

O‘zbek dramaturgiyasini rivojlantirishdagi realistik adabiy tanqidchilik hamda

adabiyotshunoslik maktabiga asos solishdagi xizmatlari uchun Alisher Navoiy nomidagi

Respublika davlat mukofoti berildi.

ASOSIY QISM:

Jadidchilik harakati o‘tgan asrning boshlarida Markaziy Osiyo hududida

keng tarqalgan ma’rifiy harakat bo‘lib, uning asosiy maqsadi millatni uyg’otish, ilm-ma’rifatga

chorlash va mustaqillikka erishish edi. Ushbu harakatning eng yetuk vakillaridan biri Abdurauf

Fitrat bo‘lib, u o‘z asarlari va faoliyati orqali milliy o‘zlikni anglash, istiqlol g’oyalarini ilgari

surish hamda davlatchilik masalalarini targ’ib qilgan. Jadidlar xalqni jaholat va qoloqlikdan

chiqarish uchun zamonaviy ta’lim tizimini joriy etish zarurligini tushungan edilar. Fitrat o‘z

asarlarida millatni uyg’otish uchun ona tilida ta’lim berish, islomning asl mohiyatini tushuntirish

va milliy madaniyatni rivojlantirish masalalariga alohida urg’u bergan. Uning “Hind ixtilochilari”,

“Rahbari najot” kabi asarlari milliy o‘zlikni anglashga chaqiruvchi muhim asarlar hisoblanadi.

Jadidlar mustaqillik g’oyalarini ilgari surib, xalqning siyosiy ongini oshirishga harakat qilganlar.

Fitrat ham bu borada faol ish olib borib, Turkiston mustaqilligini himoya qilgan. U Rossiya

imperiyasi mustamlakachiligiga qarshi chiqib, xalqni o‘z taqdirini o‘zi belgilashga chaqirgan.

Fitratning istiqlol haqidagi fikrlari uning siyosiy qarashlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Fitrat

Turkistonning mustaqil davlat sifatida shakllanishi uchun ta’lim, iqtisod va madaniyatning

rivojlanishi zarur deb hisoblagan. U davlat boshqaruvi, huquqiy islohotlar va adolat tamoyillari

haqida ko‘plab ilmiy asarlar yozgan. Fitrat o‘z davrining ilg’or ziyolilaridan biri bo‘lib, birinchi

o‘zbek professorlaridan biri sifatida ilm-fan rivojiga katta hissa qo‘shgan.

Mumtoz adabiyotda ijodkorning mahorati nimani tasvirlagini bilan emas, qanday

tasvirlagani bilan o‘lchangan. Demakki, ijodkorning mahorati uning tasvir uslubi bilan bog’liq.

Abdurauf Fitrat mumtoz poetika ilmining bilimdoni sifatida aruz, mumtoz qofiyaning nazariy

asoslarini o‘rganish barobarida ilmi badi’ va uning badiiy adabiyotdagi o‘rni masalasida ham o‘z

pozitsiyasidan kelib chiqqan holda nazariy fikrlarini, xulosalarini taqdim etgan. Olimning

“Adabiyot qoidalari” darsligida badiiy san’atlar va ularning badiiy matndagi ishtiroki ijodkor

uslubining xususiy holi sifatida keltiriladi. Fitrat badiiy san’atlarni ijodkorning tasvir uslubi

ekanligini ta’kidlab, sifatlash, o‘xshatish, istiora, kinoya, majoz, jonlantirish, so‘rash, mubolag’a,

undash, qarshilik, qaytish, kesish, burilish kabi tasvir vositalarini baytlar asosida tushuntiradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

905

Agar e’tibor qilinsa, Fitrat badiiy san’atlarni nomlashda turkiy so‘zlarning ishlatilishiga

alohida e’tibor qaratgan, arabiy, forsiy nomlar o‘rniga xususiyatidan kelib chiqqan holda alohida

nomlashni afzal ko‘rgan, ularning ta’rifini berishda ham soddalikdan foydalangan. Badiiy

san’atlarning imkoniyatini ochib berish maqsadida mumtoz ijodkorlar baytlari va shu bilan

birgalikda zamondosh ijodkorlar ijodiga ham murojaat qilgan.

Abdurauf Fitrat yirik nazariyotchi olim sifatida adabiy oqimlar, ularning o‘ziga xos

xususiyatlari borasida ham o‘z qarashlarini taqdim qilgan. Olim “Adabiyot qoidalari” asarida

klassitsizm, taqlidiy klassitsizm, soxta klassitsizm, ratsionalizm, sentimentalizm, romantizm,

simvolizm, modernizm, realizm, naturalizm, futurizm kabi adabiy oqimlar ularning istilohiy

ma’nolari, mohiyati, adabiy oqimga kiruvchi asarlari borasida umumiy xulosalarni keltiradi. Bu

ilmiy xulosalar adabiy oqimning mohiyatini anglatuvchi umumiy qarashlardan iborat.

Fitrat dastlab klassitsizm oqimi xususida to‘xtaladi. Olim klassitsizmni yunon olim Arastu

bilan bog’lab tushuntiradi. Dastlab Arastu tomonidan ijodkorlar ma’lum darajaga bo‘linib, tahlil

qilingan bo‘lib, Fitrat yunon olimi tomonidan darajaga ajratilgan shoirlar klassik shoirlar, ularning

asarlari klassik asarlar deb nomlanganini, keyinchalik bu atama butun adabiyot dunyosiga shu nom

bilan tarqalgani va klassitsizm oqimi shaklida mumtoz asarlarni o‘z ichiga olishini ta’kidlaydi.

Olim klassitsizm oqimi vakillari va manbalari sifatida Sa’diyning “Guliston”,

Firdavsiyning “Shohnoma”, Nizomiyning “Xamsa” asarlarini keltiradi. Xamsachilik an’anasi

asosida yozilgan asarlarni, xususan, Navoiyning “Xamsa”si va fors adabiyotidagi asarlarga

taqlidan yozilgan asarlarni taqlidiy klassitsizm oqimi namunasi sifatida taqdim etadi.

Fitrat soxta klassitsizm oqimi xususida to‘xtalar ekan, adabiyot olamida bu oqimga asos

bo‘lgan adabiy jarayonni keltiradi. Yunon klassitsizm davri miloddan oldingi davrlarga to‘g’ri

keladi. Ma’lumki, adabiy oqim va asarlarning yuzaga kelishida ijtimoiy hayotning ta’siri juda katta

va tabiiyki, asarlarda ham ayni davr muhiti aks etadi. Oradan XV asr vaqt o‘tib, yunon adabiyotida

miloddan oldingi davr manbalaridan ta’sirlanib yozilgan asarlar yaratila boshlandi. Olim

Yevropaliklarning yunon klassik adabiyotiga taqlidan yozilgan bu kabi asarlarini soxta klassitsizm

sifatida baholaydi. Chunki yevropaliklar oradagi XV-XVI asrlik masofani, davriy o‘zgarishlarni

hisobga olmagan holda soxta usulda ularga taqlid qilganlar. Bu holat bizning adabiyotimizda ham

ko‘zga tashlanadi. Fitrat bunday asarlar sirasiga eron adabiyotiga tushunmasdan, anglanmasdan

taqlid qilib yozilgan asarlarni kiritadi.

“Adabiyot qoidalari” asarida ratsionalizm oqimi xususida batafsil to‘xtalinadi. Bu oqim

vakillari va manbalarida aql ustunlik qiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

906

Bu oqim vakillari va manbalarining maqsadi xalqni bilimli va savodli qilishni maqsad

qilishgan. Demakki, didaktik ruhdagi asarlar ratsionalizm oqimi manbalari sanaladi. Fitrat bunday

asarlarning yorqin namunasi sifatida Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Ahmad

Yugnakiyning “Hibatul haqoyiq”, Navoiyning “Mahbub ulqulub”, “Hayrat ul-abror” asarlarini

keltiradi. Fitrat “oqartirish” oqimining asosiy vakillari sifatida o‘z zamonasining jadidlari:

Behbudiy, Avloniy, Tavallo, Xo‘ja Muin kabi ijodkorlarni sanab o‘tadi. Demak, olim ratsionalizm

oqimining asosiy maqsadi sifatida xalqni “oqartirish”, insonlarni fikriy tarbiya qilishni nazarda

tutgan.

Fitrat e’tibor qaratgan adabiy oqimlardan biri sentimentalizm oqimidir. Bu oqim vakillari

“aqliyun oqimi”ga, ratsionalizmga qarshi qo‘yiladi. Bu oqimning o‘ziga xos xususiyati his-tuyg’u

bo‘lib, Fitrat uni hissiyun falsafasi deb ataydi. Olim bu oqim vakillari tasavvuf maslagida bo‘lgan

shoirlar ekanligiga ishora qiladi, Ahmad Yassaviyni bu oqim vakili sifatida ko‘rsatish

mumkinligini ta’kidlaydi.

“Adabiyot qoidalari” asarida romantizm oqimi istilohiga batafsil to‘xtalinadi. Fitrat bu

oqimni har qanday qayddan ozod oqim ekanligini, ko‘ngul, tuyg’u ongdan, tajribadan yuqori

qo‘yilishini asosiy xususiyati sifatida keltiradi. Olim Cho‘lpon ijodini romantizim oqimining

namunasi sifatida yuqori baholaydi.

Fitrat darsligida haqiqiylikka asoslanuvchi realizm oqimini izohlar ekan, Botu ijodiyoti

romantizmdan qutulib, realizm oqimiga o‘tayotganini ta’kidlaydi. Fitrat zamonasining ilg’or olimi

sifatida yigirmanchi asarning boshlarida kirib kelgan yangi oqimlar to‘g’risida ham ma’lumotlar

keltiradi. Xususan, Italiyada maydonga kelgan futurizm oqimi borasida ilmiy xulosalarini taqdim

qiladi. Bu oqim vakillari harakat va tezlikka o‘zlariga asos qilib oladi. Ular vaznda ozodlik

tarafdori bo‘lib, jumla tuzishda nahv qoidalarini inkor qiladilar, bu qoidalarda qutulishni istaydilar,

sifatlar, tinish belgilari, ko‘makchilardan foydalanmaydilar. She’rda raqam ishlatishni ma’qul

ko‘radilar. Fitrat bu oqimning yorqin vakili sifatida Oltoyni e’tirof etadi.

Fitrat adabiy oqimlar xususida to‘xtalar ekan, yuzaga kelgan oqimlarning aksariyati boshqa

bir oqimdan ajratilib chiqqanligini asoslaydi. Xususan, modernizm oqimini yangi romantizm

oqimi nomi bilan keltiradi. Bu oqimning asosiy xususiyati sifatida ijtimoiy harakatlar va fanniy

tushunishga qarshi oqim ekanligiga ishora qiladi. Naturalizm oqimi xususida to‘xtalganda, bu

oqimning realizmdan ajralib chiqqanini ta’kidlab, realizm bilan farqli jihatlarini ko‘rsatadi.

Realizm oqimi hayotni, turmushni tasvirlashga asoslansa, naturalizm faqatgina tabiatni tasvir

etishga tayanishini qiyoslab tushuntiradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

907

Fitrat “Adabiyot qoidalari” asarida simvolizm oqimiga atroflicha to‘xtaladi. Mutasavvuf

ijodkorlar uchun bu oqim juda maqbul oqim ekanligini ta’kidlaydi. Chunki bu oqimning o‘ziga

xos xususiyati ramzlarga asoslanish bo‘lib, tasavvufdagi atamalar o‘z ramziy mazmun va

mohiyatga ega.

Ko‘rinib turibdiki, Fitrat nafaqat mumtoz adabiyot namunalarini tadqiqqa tortgan

adabiyotshunos, balki mumtoz poetika va adabiyot nazariyasi bilan shug’ullangan qomusiy olim

sifatida adabiyotshunoslikda o‘z o‘rniga ega. Adabiyot tarixida istalgan mavzu va nazariyaga oid

tadqiqotlarni Fitrat ijodiyotidan topsa bo‘ladi. Demakki, Fitrat adabiyotshunoslikni keng ko‘lamda

tadqiq etgan olimdir.

Abdurauf Fitrat zamonasining yirik olimi sifatida adabiyotshunoslikning barcha

yo‘nalishlarida izlanishilar olib borgan. Fitrat matnshunos, manbashunos, tilshunos, lug’atshunos,

adabiyotshunos, nazariyotchi sifatida bir qancha ilmiy risola va maqolalar yaratdiki, bu ilmiy

merosda aks etgan ilmiy xulosalarning aksariyati bugungi kun tadqiqotlari uchun asos vazifasini

o‘tamoqda. Garchi oradan bir qancha vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, olim tomonidan olib borilgan

tadqiqotlar hali hanuz o‘z ilmiy ahamiyatini yo‘qotgan emas.

Abdurauf Fitrat garchi adabiyotshunoslikka oid qarashlarini maxsus tadqiqot yoki maqola

shaklida yozmagan bo‘lsa-da, olimning bu boradagi ilmiy xulosalari adabiyot tarixida yashab, ijod

etgan shoirlar ijodiyoti tahliliga bag’ishlangan ilmiy maqolalarida, ularning manbalari va matniy

tadqiqiga bag’ishlangan ilmiy risola, majmualarida o‘z aksini topgan. Aslida Fitratning har bir

yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqotlari alohida tadqiqot uchun material bo‘la oladi. Fitratning tahrir va

tahlil uslubi alohida tadqiqqa muhtoj. Olimning matnshunoslik va manbashunoslikdagi xizmatlari

beqiyos, ularni bir butunlikda taqdim qilish adabiyotshunosligimiz oldidagi asosiy vazifalardan

biridir.

XULOSA:

Vatanimizning bir bo‘lagi sanalgan jadidchilik harakatlari nomoyondalari

haqida to‘xtalib o‘tsak. Ulardan biri shoir, yozuvchi, jurnalist va o‘zbek tarixchisi Abdurauf Fitrat.

20-yillarning ikkinchi yarmidan yurtda vaziyat murakkablashadi, hokimiyat tepasiga mustahkam

o‘rnashgan Savet hukumati, xalqning erkin fikrlashini cheklay boshlaydi. Jadidchilik harakati

qoralanib, taqib ostiga olinadi. Fitratni millatchillikda ayblab, xalq dushmani deb atay boshlashadi.

Tinmsiz ayblovlardan so‘ng 1937-yil 24-aprel kuni jadidchi hibsga olinadi. Do‘sti Fayzulla

Xo‘jayevning fitratga qo‘yilgan yolg’on ayblovlariga qarshi kurashishlariga qaramay u otuvga

e’lon qilinganlar ro‘yxatiga kiritiladi.

Fitrat shu yilning 4-oktabrda yuzlab ziyollilar qatori Bo‘suv qirg’og’ida qatl qilindi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

908

Ajablanarlisi uni o‘limga mahkum qilish to‘g’risidagi sud qarori 1938-yili 5-oktabrida bir

kundan keyin imzolandi.

Fitrat o‘z g’oyalariga, qarashlariga huriyyat haqidagi xayollariga sodiq qoldi. Garji bu

sodiqlik uning hayotiga teng bo‘lsada. Sho‘ro hukumati xalqni doimiy nazoratda ushlash uchun

shunchaki, millat ziyollilarini yo‘q qilishdi. Ammo, istiqlol g’oyasi, mustamlaka millat qaridan

butunlay yo‘q bo‘lib, qolmadi. Jadidchi Abdurauf Fitrat tarix har zamonlarda inom etadigan yetuk

ullomo edi. Bugungi ozod va faravon kunlarda u qoldirgan adabiy meros ilm ahli tomonidan

chuqur o‘rganilmoqda.

1956-

yilga kelib, u oqlandi, oqlandiyu qariyb yana 35 yildan so‘nggina mustaqillik davri

sharofati bilan u haqidagi haqiqatni aytib va yozish imkoniyati tug’ildi. Abdurauf hayoti va adabiy

faoliyati zidiyatlarga o‘ta boyligi bilan ajaralib, turardi. 1991- yil 25- sentabrda Abdurauf Fitratga

adabiyotshunoslik maktabiga asos solishidagi xizmatlari uchun, Alisher Navoiy nomidagi

O‘zbekiston Respublikasidagi davlat mukofoti berildi, Mustaqillik ordeni berildi. 1996- yilli

Abdurauf Fitrat tavolludining 110 yilligi mamlakat miqiyosida keng nishonlandi.

REFERENCES

1.

Fitrat. A. Adabiyot qoidalari. Adabiyot muallimlari va havaslilari uchun qo‘llanma/ Nashrga

tayyorlovchi H. Boltaboev.-Toshkent:O‘qituvchi,1995.

2.

Boltayev.H. Fitrat va jadidchillik.- T.,A. Navoiy npmidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi

nashriyoti.2007-140-b

3.

Fitrat. Tanlangan asarlari. Ijild.- T., Ma’naviyat.200-47-95b

4.

Mahmudxo‘ja Behbudiy “Munozara’’ haqida.-” Turkiston viloyati” gazetasi-1911-y.29-

sentabr 73-son.

References

Fitrat. A. Adabiyot qoidalari. Adabiyot muallimlari va havaslilari uchun qo‘llanma/ Nashrga tayyorlovchi H. Boltaboev.-Toshkent:O‘qituvchi,1995.

Boltayev.H. Fitrat va jadidchillik.- T.,A. Navoiy npmidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti.2007-140-b

Fitrat. Tanlangan asarlari. Ijild.- T., Ma’naviyat.200-47-95b

Mahmudxo‘ja Behbudiy “Munozara’’ haqida.-” Turkiston viloyati” gazetasi-1911-y.29-sentabr 73-son.

Most read articles by the same author(s)

Mohichehra Xudayberdiyeva, FITRATNING MA’RIFIY-AXLOQIY VA TARBIYAVIY QARASHLARI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 12 (2024): Modern science and research

Mohichehra Xudayberdiyeva, JINOIY ODIL SUDLOV FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH: AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLAR VA RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 6 (2024): Modern science and research

Mohichehra Xudayberdiyeva, YOSHLAR MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISHDA TA’LIM-TARBIYA BERISH TIZIMINI SIFAT JIHATIDAN YANGI BOCHQICHGA OLIB CHIQISH , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 6 (2024): Modern science and research

Mohichehra Xudayberdiyeva, O‘ZBEKISTONDA GENDER TENGLIK: UCHINCHI RENESSANS, XALQARO TAJRIBA VA STRATEGIYA MASALALARI TAHLILI. , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 6 (2024): Modern science and research

Mohichehra Xudayberdiyeva , YANGI MILLIY UYG’ONISH DAVRI VA UYG’ONISH ADABIYOTINING BUYUK VAKILI ABDURAUF FITRATNING “MUNOZARA” ASARIDA MA’RIFATPARVARLIK G’OYALARI TALQINI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 1 (2025): Modern science and research

Mohichehra Xudayberdiyeva, TA’LIM TIZIMI -MA’DANIY VA MA’NAVIY RIVOJLANISHNING ENG MUHIM POYDEVORI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 6 (2024): Modern science and research

Mohichehra Xudayberdiyeva, YANGI MILLIY UYG’ONISH DAVRI VA UYG’ONISH ADABIYOTINING BUYUK VAKILI ABDURAUF FITRATNING “MUNOZARA” ASARIDA MA’RIFATPARVARLIK G’OYALARI TALQINI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 4 (2025): Modern science and research

Mohichehra Xudayberdiyeva, THE FOUNDER OF THE INDEPENDENCE OF UZBEKISTAN, A PROMINENT STATEMAN WHO DETERMINED THE WAY OF INDEPENDENT DEVELOPMENT OF THE COUNTRY , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 9 (2024): Modern science and research international scientific journal

Mohichehra Xudayberdiyeva, DOLZARB ISSUES OF FIGHTING THE CRIME OF HUMAN TRAFFICKING , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 9 (2024): Modern science and research international scientific journal

Mohichehra Xudayberdiyeva, YANGI O’ZBEKISTONDA DEMOKRATIK O’ZGARISHLAR, IMKONIYATI CHEKLANGAN INSONLAR UCHUN CHEKSIZ IMKONIYATLAR YARATISH ULAR YASHAB TURGAN JAMIYATNING BURCHIDIR. , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 6 (2024): Modern science and research