Authors

  • Mohichehra Xudayberdiyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.34935

Abstract

Sudning asosiy vazifalari fuqarolarning O’zbekiston Respublikasi va boshqa qonunlari, xalqaro munosabatlarida, shuningdek inson huquqlari to’g’risidagi xalqaro hujjatlarida kafolatlangan huquqlari hamda erkinliklarini, davlat va jamiyat manfaatlarini, yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgandir. So’nggi yillarda mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqaro va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali ta’minlash hamda sudyalar hamjamiyati rolini oshirish bo’yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Amalga oshirilgan ishlar natijasida odil sudlov jarayonida inson huquqlarini himoya qilish darajasi yangi bosqichga chiqdi. Xususan, nohaq ayblangan 2,3 mingga yaqin kishi oqlandi, adashib jinoyat yo’liga kirib qolgani sababli ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinishi mumkin bo’lgan 3,5 mingdan ortiq yoshlar va xotin qizlarga mahalla va jamoatchilik kafilliklari asosida yengilroq jazolar tayinlanib, o’z oilalari bag’rida qoldirildi, inson huquqlarini qo’pol tarzda buzgan 60 nafar huquq- targ’ibot organi xodimlari jinoiy javobgarlikka tortildi. Shu bilan birga, sud himoyasini ta’minlashdagi ortiqcha byurokratik to’siqlar saqlanib qolayotganligi, sud qarorlarini qayta ko’rishning bir-birini takrorlovchi bosqichlari mavjudligi, investorlar huquqlarining sud himoyasida bo’lishi yetarli darajada tashkil etilmaganligi va boshqa bir qator kamchiliklar sud organlarining amaldagi tuzilishini zamon talablari va xalqaro standartlarga muvofiq qayta ko’rib chiqishni taqozo etmoqda.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

862

JINOIY ODIL SUDLOV FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH: AMALGA

OSHIRILGAN ISLOHOTLAR VA RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI

Xudayberdiyeva Mohichehra Alisher qizi

Buxoro davlat universiteti Tarix-Yuridik fakulteti

Yurisprudensiya yo’nalishi 2-kurs 5/2 guruh talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.12510684

Annotatsiya.

Sudning asosiy vazifalari fuqarolarning O’zbekiston Respublikasi va boshqa

qonunlari, xalqaro munosabatlarida, shuningdek inson huquqlari to’g’risidagi xalqaro
hujjatlarida kafolatlangan huquqlari hamda erkinliklarini, davlat va jamiyat manfaatlarini,
yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari va qonun bilan
qo’riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini

ta’minlashga qaratilgandir.

So’nggi yillarda mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqaro va

tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini
kuchaytirish, odil sudlovni samarali ta’minlash hamda sudyalar hamjamiyati rolini oshirish
bo’yicha izchil ishlar olib borilmoqda.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida odil sudlov jarayonida inson huquqlarini himoya

qilish darajasi yangi bosqichga chiqdi.

Xususan, nohaq ayblangan 2,3 mingga yaqin kishi oqlandi, adashib jinoyat yo’liga kirib

qolgani sababli ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinishi mumkin bo’lgan 3,5 mingdan
ortiq yoshlar va xotin qizlarga mahalla va jamoatchilik kafilliklari asosida yengilroq jazolar
tayinlanib, o’z oilalari bag’rida qoldirildi, inson huquqlarini qo’pol tarzda buzgan 60 nafar
huquq- targ’ibot organi xodimlari jinoiy javobgarlikka tortildi.

Shu bilan birga, sud himoyasini ta’minlashdagi ortiqcha byurokratik to’siqlar saqlanib

qolayotganligi, sud qarorlarini qayta ko’rishning bir-birini takrorlovchi bosqichlari mavjudligi,
investorlar huquqlarining sud himoyasida bo’lishi yetarli darajada tashkil etilmaganligi va
boshqa bir qator kamchiliklar sud organlarining amaldagi tuzilishini zamon talablari va xalqaro
standartlarga muvofiq qayta ko’rib chiqishni taqozo etmoqda.

Kalit so’zlar:

Qonun ustuvorligi, ijtimoiy adolat, fuqarolarning tinchligi, fuqarolarning

totuvligini ta’minlash, yuridik shaxslar, davlat va jamoat manfaatlari, xalqaro shartnomalar,
birinchi instansiyasi, apellatsiya instansiyasi, kassatsiya instansiyasi, taftish instansiyasi,
apellatsiya muddatlari, jinoyat ishlari bo’yicha sudlarda odil sudlovni amalga oshirishga
ko’maklashuvchi

organlari,

advakaturada

malaka

imtihoni

soddalashtirilganligi,

prokurorlarning ixtisoslashtirilgan korpusi, sudyalar korpusi.

IMPROVING CRIMINAL JUSTICE ACTIVITIES: IMPLEMENTED REFORMS

AND DEVELOPMENT TRENDS

Abstract.

The main tasks of the court are to protect the rights and freedoms of citizens

guaranteed by the laws of the Republic of Uzbekistan and other laws, international relations, as
well as international documents on human rights, the interests of the state and society, the rights
and interests of legal entities and individual entrepreneurs protected by law. is to do.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

863

The activity of the court is aimed at ensuring the rule of law, social justice, civil peace and

harmony.

In recent years, consistent work has been carried out in our country to further improve the

judicial system, strengthen measures to reliably protect the rights and legal interests of citizens
and entrepreneurs, ensure effective justice and increase the role of the community of judges.

As a result of the actions taken, the level of protection of human rights in the judicial

process reached a new level.

In particular, about 2.3 thousand people who were unjustly accused were acquitted, and

more than 3.5 thousand young people and women who could have been sentenced to imprisonment
due to mistakenly entering the path of crime were given lighter sentences based on community and
community guarantees. z were left in the bosom of their families, 60 employees of human rights
organizations who grossly violated human rights were brought to criminal responsibility.

At the same time, excessive bureaucratic obstacles in providing court protection remain,

there are repeated stages of review of court decisions, insufficient organization of investors' rights
in court protection, and a number of other shortcomings affect the current structure of judicial
bodies. requires revision in accordance with modern requirements and international standards.

Key words:

Rule of law, social justice, peace of citizens, ensuring harmony of citizens,

legal entities, state and public interests, international agreements, first instance, appeal instance,
cassation instance, inspection instance, appeal periods, criminal cases bodies assisting in the
implementation of justice in the courts, simplification of the qualification exam in the bar,
specialized corps of prosecutors, corps of judges.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ УГОЛОВНО-ПРАВОВОЙ

ДЕЯТЕЛЬНОСТИ: ПРОВЕДЕННЫЕ РЕФОРМЫ И ТЕНДЕНЦИИ РАЗВИТИЯ

Аннотация.

Основными задачами суда являются защита прав и свобод граждан,

гарантированных законами Республики Узбекистан и другими законами, международными
отношениями, а также международными документами по правам человека, интересами
государства и общества, правами. и интересы юридических лиц и индивидуальных
предпринимателей, охраняемые законом.

Деятельность суда направлена на обеспечение верховенства закона, социальной

справедливости, гражданского мира и согласия.

В последние годы в нашей стране ведется последовательная работа по

дальнейшему совершенствованию судебной системы, усилению мер по надежной защите
прав и законных интересов граждан и предпринимателей, обеспечению эффективного
правосудия и повышению роли судейского сообщества.

В результате предпринятых действий уровень защиты прав человека в судебном

процессе вышел на новый уровень.

В частности, были оправданы около 2,3 тысяч человек, несправедливо обвиненных,

а более 3,5 тысяч молодых людей и женщин, которые могли быть приговорены к лишению
свободы из-за ошибочного вступления на путь преступления, получили более мягкие
наказания на основании общественных и общественных гарантий. остались в кругу своих
семей, 60 сотрудников правозащитных организаций, грубо нарушивших права человека,
были привлечены к уголовной ответственности.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

864

В то же время сохраняются излишние бюрократические препятствия в

обеспечении судебной защиты, повторяются этапы пересмотра судебных решений,
недостаточная организация прав инвесторов при судебной защите и ряд других
недостатков требуют пересмотра действующей структуры судебных органов. в
соответствии с современными требованиями и международными стандартами.

Ключевые слова:

Верховенство права, социальная справедливость, мир граждан,

обеспечение согласия граждан, юридических лиц, государственные и общественные
интересы, международные договоры, первая инстанция, апелляционная инстанция,
кассационная инстанция, проверочная инстанция, сроки апелляции, органы по уголовным
делам, оказывающие помощь в осуществление правосудия в судах, упрощение
квалификационного экзамена в адвокатуру, специализированные корпуса прокуроров,
корпуса судей.


“Sud binosiga kelgan har bir inson O’zbekistonda adolat borligiga ishonib chiqib ketishi

kerak”

SH.Mirziyoyev

KIRISH: Davlatimiz rahbari bundan uch yil oldin ayni mavzuda sudyalar korpusi bilan

uchrashuv o’tkazib, jumladan, “Sudyalar ongida - adolat, tilida-haqiqat va dilida – poklik ustuvor
bo’lishi shart’’, deya ta’kidlagandi. O’sha yig’ilishda Prezidentimiz qadimgi zamon faylasufi
Sitseronning “Erkin bo’lishni xoxlasang, qonunning quliga aylan’’- degan hikmatli so’zlari
mag’zini chaqib, sud-huquq sohasi mas’ullariga atroflicha tushuntirib bergandi. Haqiqatdan ham,
so’nggi yillarda sud-huquq sohasida amalga oshirilgan islohotlar amaliy natijasini bermoqda. Bu
yo’nalishda yangi qabul qilingan qonunlar, joriy etilayotgan ta’sirchan aniq mexanizmlar, miqdori
tobora ortib borayotgan oqlov hukmlari – bu kabi ijobiy holatlar yurtdoshlarimizda adolat, baxtli
hayot va kelajakka ishonchni yanada mustahkamlamoqda.

Sud – huquq sohasida erishilayotgan samaralar xalqaro ko’lamda ham e’tirof etilmoqda.
Jumladan, yaqinda BMTning inson huquqlari bo’yicha oliy komissalari, shuningdek

AQSH davlat departamenti o’z hisobotlarida O’zbekistonda amalga oshirilayotgan shiddatli
o’zgarishlar, xususan, diniy e’tiqod erkinligini ta’minlash va odam savdosiga barham berish
borasidagi islohotlarga ijobiy munosabat bildirdi.

Ammo, qonunlarning qabul qilinishi, o’z-o’zidan, odil sudlov sifatini oshirishga olib

kelmasligi bor gap. Shuning uchun Yurtboshimiz sudyalarning atigi 14 foizi, ya’ni 147 nafarini
ayollar tashkil etishini inobatga olgan holda, gender tenglikka e’tibor qaratish lozim. Sud
statistikasi oshkoraligini ta’minlash ham bugungi kunning muhim vazifasidir. Sudlar va huquqni
muhofaza qiluvchi organlar tomonidan inson huquqlari bo’yicha xalqaro shartnomalar normalarini
qo’llash amaliyotini kengaytirish davr talabidir. Dastlabki amaliy qadamlardan biri – sud zalida
temir panjaralardan foydalanishning bekor qilinishi bo’lib, bu ham insonparvarlik tamoyili amalda
ekanligini ko’rsatadi. Sudyalar, umuman, yuristlarning xalqaro huquq sohasi bo’yicha savodsizligi
eng katta muammolardandir. Ayrim sudyalar qaror chiqarishda faqat sud majlisida tekshirilgan
dalillarga asoslanmasdan, tergov materiallariga bog’lanib qolayotganligi hamda bunday holatlar
qonun, sud va davlat obro’siga putur yetkazadi. Bundan buyon sud majlislarini audioyozuvdan
foydalangan holda majburiy qayd etish tizimini joriy etish zarur. Toki odil sudlov xalqning ko’z


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

865

o’ngida ochiq-oshkora amalga oshirilib, adolat qaror topishi shart. Salohiyatsiz, yani bilimsiz,
tajribasiz va uquvi yo’q sudya tobe va qaram sudyadan ko’ra ham xavfliroqdir. Shu ma’noda, sud
hamjamiyatining madaniyatini yuksaltirish muhim ahamiyatga ega.

TADQIQOD VA NATIJALAR: Davlatimiz rahbari sud tizimini “Bir sud-bir instansiya”

tamoilli asosida qayta ko’rib chiqish, “nazorat tartibida ishlarni ko’rish” amalyotidan voz kechish,
yerga bo’lgan huquqlar kafolatini kuchaytirish, odil sudlov va korrupsiya reytingini joriy etish,
advakatlar rolini kuchaytirish bo’yicha ishlarni amalga oshirilganligi hech kimga sir emas. Yana
bir muhim masala--huquq-targ’ibot idoralarida ishlarning tergovga aloqadorligi buzilib ketgan.

Xususan, shunday jinoyat turlari borki, ularni har qanday tergov idorasi tergov qilishi

mumkin bo’lsa, ayrim moddalar esa qaysi tergov organiga mansubligi qonunda ko’rsatilmagan.

Shuningdek, 2018-2019 yillarda birinchi instansiya sudlarida jami 192ta jinoyat ishi

bo’yicha 307 nafar shaxs oqlangan bo’lsa-da, hech qaysi holatda prokuror ayblovdan voz
kechmagan. Shu bois tergov jarayonidagi xatolar sud majlisida aniqlansa, prakuror sudning
tugashini kutib o’tirmasdan, o’z tashabbusi bilan ayblovdan voz kechadigan tartib joriy etilishi
lozimligi qayd etildi. Biroq, joriy yilda aholidan kelib tushgan murojaatlarning 8 mingdan ziyodi
yoki 44 foizida sudlarda ishlar to’liq va xolis ko’rilmayotgani, uzoq muddat cho’zilayotgani
bildirish lozim. Bizga ma’lumki, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog’liq bo’lmagan muqobil jazo
turlarini qo’lashni kengaytirish orqali qamoq tariqasidagi jinoiy jazo tugatiladi. Shu o’rinda,
jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxslarni ushlab turish muddati 72 soatdan 48 soatga
qisqartirildi. Qamoqqa olish va uy qamog’i tarzidagi ehtiyot choralarini qo’llashning, shuningdek
dastlabki tergovning eng ko’p muddati 1yildan 7 oyga qisqartirildi. Pochta-telegraf jo’natmalarini
xatlab qo’yish va eksgumatsiya qilish uchun sanksiya berish huquqi sudlarga o’tkazildi. Sudlarga
qamoqqa olish yoki uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llash rad etilganda muqobil ehtiyot
choralarini qo’llash huquqi beriladi. Tergovning to’liq emasligini sud muhokamasi jarayonida
to’ldirish mexanizmlarini joriy etish orqali sud tomonidan jinoyat ishini qo’shimcha tergov
yuritishga qaytarish instituti bekor qilinadi. Fuqarolik ishi bo’yicha sud qarorini nazorat tartibida
qayta ko’rib chiqish muddati 3yildan 1yilga qisqartirildi. Viloyat darajasidagi sudlar tamonidan
jinoyat va fuqarolik ishlarini nazorat tartibida ko’rib chiqish instituti tugatilib, tegishli sud raislari
va prokurorlarning nazorat tartibida protest keltirish bo’yicha vakolatlari bekor qilinadi.

Mamlakatimizda sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash, malakali kadrlarni

tanlash, sudyalik kasbiga tayyorlash va tayinlash tizimini takomillashtirish, shuningdek,
fuqarolarning odil sudlovga bo’lgan ishonchini oshirish bo’yicha izchil ishlar olib borilmoqda.

Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar xodimlari tomonidan gumon

qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchidan ariza, tushuntirish yoki ko’rsatuvlar olishni mazkur
jinoyat ishini yurituvida bo’lgan surishtiruvchi, tergovchi, prakuor yoki sudyaning yozma
ruxsatiga asosan va faqat himoyachi ishtirokida amalga oshirish. Jinoyat sodir etishda gumon
qilinayotgan shaxsni ushlab turish muddatini u haqiqatda ushlangan vaqtdan boshlab hisoblash,
shaxs amalda ushlangan yoki uni jinoyat ustida ushlash bilan bog’liq tezkor tadbir amalda
yakullangan yoxud gumon qilinuvchi deb e’tirof etilganligi haqidagi qaror unga ma’lum qilingan
paytdan boshlab u bilan bog’liq protsessual harakatlarni o’tkazishdan oldin uning advakat bilan
xoli uchrashishi ta’minlanishi shartligini belgilash, aybiga iqrorlik bo’yicha kelishuv institutini
joriy qilish. Bunda, ayrim jinoyatlar toifalari bo’yicha shaxs aybini bo’yniga olish to’g’risida arz


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

866

qilgan, chin ko’ngildan pushaymon bo’lgan, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan va
keltirilgan zararni bartaraf qilgan hollarda surishtiruv va dastlabki tergov organlari bilan yozma
kelishuv tuzilishi hamda unga nisbatan sud tamonidan O’zbekistan Respublikasi Jinoyat kodeksi
maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan eng ko’p jazoning yarmidan ko’p
bo’lmagan miqdori va muddatigacha jazo tayinlash.

NATIJALAR MUHOKAMASI: Shu o’rinda, president Sh.Mirziyoyevning “Adolat bu-

davlatchilikning mustahkam poydevoridir”, degan so’zlarini eslab o’tish maqsadga muvofiq. Zero,
bugun mamlakatda olib borilayotgan barcha sohalardagi islohotlar, demokratik o’zgarishlar ortga
qaytmaydigan tarzda tus olmoqda. Buni, o’z navbatida, xalqaro hamjamiyat ham e’tirof etmoqda.

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi

qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlanguniga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan
aniqlanguniga qadar aybsiz hisoblanadi.

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o’zining aybsizligini isbotlab berishi

shart emas.

Aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan

bo’lsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozim. Qonun
qo’llanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar ham gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki
sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi kerak. Bu tushunchalarni biz aybsizlik prezumpsiyasi deb
ataymiz.

BMT maxsus ma’ruzachisi president Shavkat Mirziyoev o’z lavozimini bajarishga

kirishgan paytdan boshlab amalga oshirgan muhim ishlar qatorida, jumladan, sud hokimiyati
mustaqilligini mustahkamlash va huquqshunoslarning o’z kasbiy faoliyatini yanada erkin
bajarishini ta’minlashga qaratilgan islohotning 8ta amaliy natijasini birma-bir sanab o’tgan.

Birinchi natija-sud hokimiyati va sudlar xizmatini tashqi siyosiy bosimlardan muhofaza

qilish borasida keng vakolatlarga ega bo’lgan konstitutsiyaviy organ sifatida sudyalar oliy
kengashi tashkil etilgan.

Ikkinchi natija- Sud tizimi qayta tuzilgan, xususan, Oliy xo’jalik sudiga tegishli vazifalar

Oliy sud tasarrufiga o’tkazilgan, mamuriy ishlar bo’yicha sudlarning yangi tizimi yaratilgan
hamda Adliya vazirligi zimmasidagi sudlar faoliyatining ma’muriy jihatlari bilan bo’g’liq ayrim
ma’muriy va texnik funksiyalar Oliy sud huzurida yangi tashkil etilgan sudlar faoliyatini
ta’minlash bo’yicha department ixtiyoriga berilgan.

Uchinchi natija- prokurorlarga nisbatan munosabatda sudyalar mustaqilligining o’ziga xos

ko’rsatkichi sifatida, jinoyat ishlari bo’yicha oqlov hukmlari miqdori izchil ortib bormoqda.

To’rtinchi natija- sudyalik lavozimlariga nomzodlarni saralash va tayinlashning yangi

tartib tamoillari joriy etilgan.

Beshinchi natija- sudyalar almashtirilmasligi kafolatlarini mustahkamlash bo’yicha amaliy

choralar ko’rilgan.

Oltinchi natija – sudyalarni birlamchi va uzluksiz tayyorlash tizimini mustahkamlashga

qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirilgan, shu jumladan, sudyalar oliy kengashi huzurida
sudyalar oliy maktabi ochilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

867

Yettinchi natija- sudlar chiqargan qarorlar Oliy sud veb-saytida muntazam ravishda e’lon

qilib borilmoqda va odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlarini osonlashtirish hamda bu boradagi
shaffoflikni oshirishga qaratilgan elektron tartib-taomillar bosqichma- bosqich tatbiq etilmoqda.

Sakkizinchi natija- korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha siyosat sohasida bir qator juda

muhim islohotlar amalga oshirilgan, xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun
qabul qilingan va bunday choralarni amalga oshirish uchun ta’sirchan mexanizmlar yaratilgan.

XULOSA: Sud hokimiyati davlat hokimiyatining boshqa tarmoqlaridan haqiqatdan ham

mustaqil bo’lishga erishish hamda sudyalar, prokurorlar va advakatlar o’z kasbiy faoliyatini hech
qanday asossiz aralashuvlar va bosimlarsiz, erkin amalga oshirishlarini ta’minlash uchun hali juda
ko’p ishlar qilish kerak bo’ladi.

Birinchi tavsiya: islohotlarni davom ettirish, xususan, sud islohotlarini xalqaro

standartlarga mos ravishda amalga oshirish.

Ikkinchi tavsiya: sudlar faoliyatiga boshqa hech qanday organlarning aralashmasligiga

erishish.

Uchinchi tavsiya: sudyalar oliy kengashi vakolatlarini kengaytirish.
To’rtinchi tavsiya: oliy yuridik ta’limni rivojlantirish.
Beshinchi tavsiya: sud tizimida gender tenglikni, ya’ni ayol sudyalar ham ishlashini

ta’minlash va nogironlar odil sudlov imkoniyatlaridan boshqalar bilan teng asosda foydalanishlari
uchun zarur sharoitlar yaratish. Ushbu tavsiyalarning aksariyati o’tgan qisqa davrda amalga
oshirilgan va oshirilmoqda.

REFERENCES

1.

Sudlar to’g’risidagi qonun “Toshkent yuridik adabiyotlar publish 2022 (5-bet)

2.

O’zbekiston Respublikasining Jinoyat Prossessual kodeksi “Adolat” huquqiy axborot
markazi 2019 (9-bet)

3.

“Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchini
oshirish chora-tadbirlari” to’g’risidagi PF-5482-son 13.07.2018

4.

“Sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash hamda sud tizimida korrupsiyaning
oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari” to’g’risidagi PF-6127-son
07.12.2020

5.

“Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish bo’yicha qo’shimcha
chora-tadbirlar’’to’g’risidagi PF-12-son 16.01.2023.

6.

“2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasi rivojlantirishning harakatlar strategiyasi”
Sh.Mirziyoyev.

7.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (10-bet)

8.

“Sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini
yanada kuchaytirish chora-tadbirlari” to’g’risidagi PF-6041-son 10.08.2020.

9.

“Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir
qo’shimcha chora-tadbirlar” to’g’risida PF-6034-SON 24.07.2020

10.

O’zbekiston Respublikasi Kanstitutsiyasi “O’zbekiston-Toshkent” 2023.

References

Sudlar to’g’risidagi qonun “Toshkent yuridik adabiyotlar publish 2022 (5-bet)

O’zbekiston Respublikasining Jinoyat Prossessual kodeksi “Adolat” huquqiy axborot markazi 2019 (9-bet)

“Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchini oshirish chora-tadbirlari” to’g’risidagi PF-5482-son 13.07.2018

“Sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari” to’g’risidagi PF-6127-son 07.12.2020

“Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar’’to’g’risidagi PF-12-son 16.01.2023.

“2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasi rivojlantirishning harakatlar strategiyasi” Sh.Mirziyoyev.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (10-bet)

“Sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari” to’g’risidagi PF-6041-son 10.08.2020.

“Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar” to’g’risida PF-6034-SON 24.07.2020

O’zbekiston Respublikasi Kanstitutsiyasi “O’zbekiston-Toshkent” 2023.

Most read articles by the same author(s)

Mohichehra Xudayberdiyeva, JADIDLAR: MILLIY O‘ZLIK, ISTIQLOL VA DAVLATCHILIK G‘OYALARI. ADBURAUF FITRAT- BIRINCHI O‘ZBEK PROFESSORLARIDAN BIRI. , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 2 (2025): Modern science and research

Mohichehra Xudayberdiyeva, FITRATNING MA’RIFIY-AXLOQIY VA TARBIYAVIY QARASHLARI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 12 (2024): Modern science and research

Mohichehra Xudayberdiyeva, YOSHLAR MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISHDA TA’LIM-TARBIYA BERISH TIZIMINI SIFAT JIHATIDAN YANGI BOCHQICHGA OLIB CHIQISH , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 6 (2024): Modern science and research

Mohichehra Xudayberdiyeva, O‘ZBEKISTONDA GENDER TENGLIK: UCHINCHI RENESSANS, XALQARO TAJRIBA VA STRATEGIYA MASALALARI TAHLILI. , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 6 (2024): Modern science and research

Mohichehra Xudayberdiyeva , YANGI MILLIY UYG’ONISH DAVRI VA UYG’ONISH ADABIYOTINING BUYUK VAKILI ABDURAUF FITRATNING “MUNOZARA” ASARIDA MA’RIFATPARVARLIK G’OYALARI TALQINI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 1 (2025): Modern science and research

Mohichehra Xudayberdiyeva, TA’LIM TIZIMI -MA’DANIY VA MA’NAVIY RIVOJLANISHNING ENG MUHIM POYDEVORI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 6 (2024): Modern science and research

Mohichehra Xudayberdiyeva, YANGI MILLIY UYG’ONISH DAVRI VA UYG’ONISH ADABIYOTINING BUYUK VAKILI ABDURAUF FITRATNING “MUNOZARA” ASARIDA MA’RIFATPARVARLIK G’OYALARI TALQINI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 4 (2025): Modern science and research

Mohichehra Xudayberdiyeva, THE FOUNDER OF THE INDEPENDENCE OF UZBEKISTAN, A PROMINENT STATEMAN WHO DETERMINED THE WAY OF INDEPENDENT DEVELOPMENT OF THE COUNTRY , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 9 (2024): Modern science and research international scientific journal

Mohichehra Xudayberdiyeva, DOLZARB ISSUES OF FIGHTING THE CRIME OF HUMAN TRAFFICKING , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 9 (2024): Modern science and research international scientific journal

Mohichehra Xudayberdiyeva, YANGI O’ZBEKISTONDA DEMOKRATIK O’ZGARISHLAR, IMKONIYATI CHEKLANGAN INSONLAR UCHUN CHEKSIZ IMKONIYATLAR YARATISH ULAR YASHAB TURGAN JAMIYATNING BURCHIDIR. , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 6 (2024): Modern science and research