ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
262
TA’LIM TIZIMI -MA’DANIY VA MA’NAVIY RIVOJLANISHNING ENG MUHIM
POYDEVORI
Xudayberdiyeva Mohichehra Alisher qizi
Buxoro Davlat Universiteti yurisprudensiya yo’nalishi 5/2-guruh.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11547289
Annotatsiya.
Bizga tez moslashuvchan kadrlar kerak. Ular qanday shakllanadi, kim
tayyorlash kerak bunday kadrlarni, universitetlarmi? Butun dunyoda bugungi kunda ta’lim tizimi,
umuman yosh kadrlarni tayyorlash kompetensiya tizimiga o’tgan. Biz bugun kech qolyabmiz bu
sohada. Bugun vazirlik, idora va tashkilotlar talabalar uchun Kompas vazifasini bajarib berishi
lozim, yani yoshlarimiz qayerga borishi kerakligini ko’rsatib berishi lozim. Yoshlar bu kompassiz
xuddi tunnelning ichida qayerga borishni bilmayabti. Institutni tamomlab nima qilishni va qayerga
ishga borishni bilmay yurishibdi. Bugun olayotgan bilimi, ertaga u tashkilotga borganida,
suhbatda kerak bo’ladimi yo’qmi bilmaydi.
Talaba darsga kiryabti, biroq bu o’tilayotgan fan yoki mavzu ertaga iqtisodiyot vazirligida
unga kerak bo’ladimi- yo’qmi yoki ishga kirishda suhbatda undan shu mavzuda so’rashadimi yoki
yo’qmi?
Kalit so’zlar:
Monopoliya, meritokratsiya, ijtimoiy adolat, kopmas, idora tashkilotlar,
vazirliklar, moliyaviy savodxonlik, bozor iqtisodiyoti, moliyani o’rgatuvchi dasturlar, yangi g’oya
va tashabbuslar, Islohotlar, kompetensiya, Harvard.
EDUCATIONAL SYSTEM IS THE MOST IMPORTANT FOUNDATION OF
CULTURAL AND SPIRITUAL DEVELOPMENT
Abstract.
We need flexible personnel. How are they formed, who should train such
personnel, universities? All over the world today, the education system, in general, the training of
young personnel has moved to the competence system. We are late in this area today. Today,
ministries, departments and organizations should fulfill the role of a compass for students, that is,
they should show where our young people should go. Young people do not know where to go
without this compass, just like in a tunnel. After graduating from the institute, they don't know what
to do and where to go to work. He does not know if the knowledge he is getting today will be
needed in the interview tomorrow when he goes to the organization.
The student is going to class, but will he need this subject or topic tomorrow at the Ministry
of Economy, or will he be asked about it in the job interview?
Key Words:
Monopoly, meritocracy, social justice, kopmas, administrative organizations,
ministries, financial literacy, market economy, financial education programs, new ideas and
initiatives, Reforms, competence, Harvard.
СИСТЕМА ОБРАЗОВАНИЯ – ВАЖНЕЙШИЙ ФУНДАМЕНТ КУЛЬТУРНОГО И
ДУХОВНОГО РАЗВИТИЯ
Аннотация.
Нам нужен быстрый гибкий персонал. Как они формируются, кто
должен готовить такие кадры, вузы? Сегодня во всем мире система образования, в целом,
подготовки молодых кадров перешла в компетентностную систему. Сегодня мы опоздали
в этот район. Сегодня министерства, ведомства и организации должны выполнять роль
компаса для студентов, то есть показывать, куда идти нашей молодежи. Молодые люди
не знают, куда идти без этого компаса, как в тоннель. Окончив институт, они не знают,
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
263
что им делать и куда идти работать. Он не знает, понадобятся ли знания, которые он
получает сегодня, на собеседовании завтра, когда он пойдет в организацию.
Студент собирается на занятия, но понадобится ли ему этот предмет или тема
завтра в Минэкономики или его об этом спросят на собеседовании?
Ключевые слова:
Монополия, меритократия, социальная справедливость, копмас,
административные организации, министерства, финансовая грамотность, рыночная
экономика, программы финансового образования, новые идеи и инициативы, реформы,
компетентность, Гарвард.
KIRISH:
Harvard
tadqiqotlariga ko’ra, XXI asrning 20-30 yillarida insonlar uchun eng
kerak bo’ladigan ko’nikmalaridan biri, bu tez moslashuvchanlik ko’nikmasi ekan. Yani
o’zgarishlarga tez moslasha olish
kompetensiyasi
muhim rol o’ynaydi.
Kompetensiya nima? Aynan nima uchun kompetentlik yondashashuvi muhim? Bu oliy
ta’lim tizimi bo’ladimi yoki boshqa soha, barcha uchun muhim. Ushbu javobdan siz nima uchun
qo’rquvni yengib o’ta olmasligimiz sababini xam bilib olasiz. Kompetensiya, bu uchta muhim
xususiyatdan iborat. Bizda xodim kompetentli bo’lishi kerak, deyishadi. Buning o’zi nimaligini
ko’pchilik bilmaydi va tushunmaydi. Komtensiyaning birinchi asosiy xususiyati, bu bilim,
ikkinchisi ko’nikma, va uchinchisi ingiliz tilida “behavior’’, rus tilida “поведение”, ya’ni o’zbek
tilida ko’proq xulq-atvorga to’g’ri keladi. Masalan, ko’pchilik haydovchilik guvohnomasi yo’l
qoidalarini (shablon) yoddan biladi, lekin amaliyotda haydamagan, ko’nikmasi yo’q. yoki ikkinchi
misol, u yoshligidan mashinani uydan olib qochib haydab, ko’chada o’rgangan, lekin yo’l
qoidalarini bilmaydi. U ham ko’p jarimaga tushib yuradi.
Bugun biz uchun muhim narsa, universitetlarni tamomlayotgan yoshlar ham bilimli, ham
ko’nikmaga ega bo’lishsa, ular amaliyotga tez moslashib ketadi. Tasavvur qiling, Toshkent davlat
texnika universitetini rangli metallar mutaxasissligini tamomlayotgan talaba nazariy jihatdan
yaxshi biladi va OKMK (Olmaliq kon-metallurgiya kombinati)ga kelib, unda ko’nikma
shakllanguncha qiynaladi. Agar u ta’lim olish davomida ham nazariy bilim olib, ham amaliyotda
kombinatga kelib qo’li bilan ishlab ko’rib tushungan bo’lsa, o’qishni tamomlab kelib amaliyotga
tez moslashadi va karerasida tez o’zgarishlar bo’ladi. Chunki unda kompetensiyadagi ikkita
element ham bor. Agar uning yoshligidan xarakterida qat’iyat, ya’ni oldiga maqsad qo’yib unga
yetishishni o’rgangan bo’lsa, unda u uch tomonlama rivojlangan bo’ladi. Bizda ba’zida mana shu
joyda uzilish bo’ladi. Ya’ni bilim va ko’nikma bir-birini to’ldirmaydi. Ko’pchilik mana shu ikkita
holat haqida gapiradi. Lekin, aslida, uchinchi xususiyat eng muhimi. Bugungi kunda olimlar
tadqiqot natijalariga ko’ra, xulq-atvorning nechog’li muhim kompetent ekanini isbotlashadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METADALOGIYA
Dunyo tajribasi va amalyoti shuni ko’rsatmoqdaki, inson kapitaliga yo’naltirilgan
mablag’lar boshqa omillarga nisbatan bir necha barobar ko’proq foyda keltiradi. Bugungi kunda
shiddat bilan o’zgarib borayotgan davrda inson kapitaliga investisiya yo’naltirishni ustuvor vazifa
sifatida tanlangan mamlakatlar yuksak taraqqiyotga erishmoqda.
Mazkur yo’nalishda Prezidentimizning 2019-yil 24 va 28 may kunlari ilm-fan va oliy
ta’lim sohasini rivojlantirish bo’yicha oliy talim va ilmiy tadqiqot muassalari rahbarlari,
akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan bo’lgan uchrashuvida to’rtta yo’nalish bo’yicha
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
264
doimiy komissiyalar tuzilib, mazkur komissiyalarning vazifalari, komissiya azolarining ish tartibi
va masuliyati belgilab berildi.
Chunki zamon talablariga javob beradigan, ilg’or fan-texnika, texnologiya yutuqlarini
egallab olgan kadrlarni yetishtirmasdan jamiyatni yuksaltirib bo’lmaydi. O’zbekistonda 1992-yil
2- iyulda “Ta’lim to’g’risida’’gi qonun qabul qilindi. Bu dasturulamal hujjatda ta’lim sohasidagi
davlat siyosatining asosiy tamoyillari, ta’lim tizimi, uning boshqaruv tarkibi, pedagog
xodimlarning burch va mas’uliyatlari aniq belgilab berildi. Mustaqillikning dastlabki yillarida 10
mingdan ortiq xalq ta’limi xodimiga davlat uylari, 22 mingdan ortiq xodimga esa tashkilot va
muassasalar tasarrufidagi uylar bepul xususiylashtirilib berildi. 50 mingdan ortiq pedagog
xodimga shaxsiy qurilish uchun yer maydonlari ajratildi.
1992-yildagi qonun asosida umumiy ta’lim quydagi bosqichlar bo’yicha amalga oshirila
boshlandi.
I bosqich- boshlang’ich ta’lim (1-4-sinf)
II bosqich -asosiy (tayanch) maktab (4-9-sinf)
III bosqich-yuqori o’rta maktab (10-11-sinf)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil dekabrdagi qarori bilan 1-oktabr-
“O’qituvchilar va murabbiylar kuni’’- deb belgilandi hamda bu kun bayram sifatida dam olish kuni
e’lon qilindi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. O’zbekistonda ta’lim sohasidagi siyosat 1997-yil 29-
avgustda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida’’gi yangi tahrirdagi qonun hamda kadrlar tayyorlash
milliy dasturida o’z aksini topdi.
2017-yilgi islohotlar
Ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar, 12 yillik ta’limni
takomillashtirish yo’lidagi tadbirlar kutilgan natijani bermadi. Yig’ilib qolgan muammolar sohani
tub isloh qilishni, dunyoning rivojlangan mamlakatlari tajribasidan foydalanish zarurligini taqazo
qildi. 2017-yil umumta’lim va o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimida tub islohotlar yili bo’ldi.
Xalq qabulxonalari va prezidentning virtual qabulxonasiga tushgan taklif va mulohazalar,
shuningdek, Respublika maktablaridagi bitiruvchilarning ota-onalari o’rtasida o’tkazilgan
so’rovnoma natijalardan kelib chiqib, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 9+3, ya’ni
12 yillik majburiy ta’limdan 11 yillik ta’limga o’tildi. Malaka oshirish tizimi ham tubdan isloh
qilindi. Xalq ta’limi va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari qatorida oliy ta’lim, tarmoq
sohalarida kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlari tamomila yangi bosqichga
ko’tarildi.
Prezidentning 2015-yildagi ’’Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini
qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to’g’risida’’gi farmoniga asosan 15 ta yetakchi oliy ta’lim muassasalari- tayanch oliy o’quv
yurtlari sifatida belgilandi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, yoshlarni lavozimga tayinlash uchun ochiq tanlovlar e’lon
qilinadi. Endi biz ochiq va shaffof mexanizm ishlab chiqishimiz kerak. Yoshlar ham buni his qilishi
kerak. 4-kursda o’qiyotgan talaba bilishi kerak, qaysidir vazirlikka ishga kirmoqchi bo’lsa, o’sha
vazirlik yangi xodimlarni ishga olishda qanday bilim va ko’nikmani talab qilishini. Talaba bir yil
oldin bu talabni bilsa, yil davomida unga tayyorgarlik ko’radi va qo’shimcha bilim olishga harakat
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
265
qiladi. Ya’ni bugun har bir vazirlik va idora yozib qo’yishi kerak. Iqtisodiyot vazirimi, Moliya
vazirligimi bizga 2yildan keyin mana shu sohaga yoki bir yildan keyin mana shunday bilim va
ko’nikmalarga ega bo’lgan xodimlarni olishga ehtiyojimiz bor, deb.
Misol, ham ingliz tilini, ham xitoy tilini bilsa yana ham yaxshi bo’ladi, chunki xitoy bilan
hamkorligimiz oshyapti, deb aytsa, talaba albata harakat qiladi. Ingliz tilini hozirda ko’pchilik
biladi, demak talaba boshqalardan kuchli bo’lish uchun darsdan bekor yurmaslik uchun Xitoy tilini
o’rganishi kerak agar Iqtisodiyot vazirligi bizga ‘’Tahlilni bizga hisob-kitobni yaxshi biladigan”
mutaxasis kerak deb e’lon qilsa, Iqtisodiyot universitetida 3-kursda o’qiyotgan talaba men
iqtisodiyot vazirligida ishlashim uchun tahlili modellashtirishni chuqur o’rganishim kerak ekan,
sonlarni gapirtira olishim lozim buning uchun men qo’shimcha kursga qatnashim kerak, bu dastur
mening o’quv rejamda o’qitilmas ekan, demak, You tubega kirib video darslarni ko’rib o’z ustida
ishlashim kerak deb xulosa chiqadi va harakat qiladi.
Kadr- faqat buyruqni bajaruvchi emas.
Rivojlangan mamlakatlarning tajribasiga nazar
solsak, xoh Janubiy Koreya, xoh Singapur yoki Malayziya bo’lsin, ular uchinchi darajali iqtisodiy
davlatdan birinchi darajaga ko’tarilishiga eng asosiy sabablardan biri kadrlar siyosati bo’lgan.
Siz biror islohotni amalga oshirmoqchisiz, katta rejalar tuzdingiz, kim uni amalga oshiradi?
Albatta, kadrlar.
Kadrlar islohotlarni faqatgina ‘’pastga” yetkazuvchi emas. Unga nimadir qo’shib, yechim
taklif etib, yecha olmaganini “tepaga” to’g’ri talqin qilib bera oladigan shaxsdir. Shunda u
rahbariyat bilan xalq o’rtasida ko’prik vazifasini bajarib bergan bo’ladi.
Islohotning natijasi qanday bo’lishi kerak?
Islohot natijasida kimningdir muammosi hal bo’lishi kerak.
Xalqimizning dunyoqarashi to’rt -besh yil avvalgidan keskin farq qiladi. Odamlarning
talabi, ehtiyoji o’zgaryapti. Demak, har bir kadrning ish uslubi shundan kelib chiqib o’zgarishi
kerak. To’rt yil avvalgi davlat xizmatchisi o’sha vaqtdagi xizmatlari, dunyoqarashi bilan hozir
ishlay olmaydi. Bunga, birinchidan, rahbariyat, ikkinchisidan, xalq, uchinchisidan, OAV yo’l
qo’ymaydi.
Odamlar bugun natija ko’rishi uchun bizdan nostandart fikrlash, kreativlik, masalaga
o‘zgacha yondashish, tizimli fikrlash talab etilyapti. Demak o’zgarishimiz darkor.
O‘zgarish nimadan boshlanadi? O‘zgarish, avvalombor, fikrlashimizdan boshlanadi.
Fikrlashni, ishga munosabatni o’zgartirsak bo’ldi, natija o’z o’zidan bo’ladi. Oddiy misol, Koreya
mo’jizasi insonlarning va davlat xizmatchilarining biror-bir muammoga munosabatini birgalikda
o’zgartirishlarida bo’lgan.
XULOSA
Yuqorida kadrlarning muhimligini aytdik. Kadrlarni qanday qilib bugungi zamonga
moslashtirib tayyorlash kerak? Prezidentimizning rahbarga kadrlarga nisbatan e’tirozlarini va
ularni tayyorlash bo’yicha bergan takliflarini o’rganib chiqdik.
Prezidentimizning 2017-yildagi farmoniga asosan, akademiya magistiraturasining har bir
tinglovchisi xorijiy mamlakatga borib, bir oy malaka oshirib kelishi yo’lga qo’yilgan. Ularni chet
elga o’qishga yuborishdan maqsad- u yerda odamlar qanday yashayotganini o’z kozi bilan ko’rib
kelsin.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
266
Ular xalq bilan qanday muloqot qilyapti, iqtisodiy tizim qanday, investorlarni jalb qilish
uslubi qanday- shu kabi masalalarni o’rganib kelyapti. Tinglovchilar malaka oshirib
qaytishganidan so’ng taassurotlarini so’rasangiz, ular ‘’qiladigan ishimiz ko’p ekan’’ degan
javobni aytadi. Ularning dunyorashida o’zgarish bo’lganligini sezasiz.
Bugungi kunda Markaziy bank, Moliya va Xalq ta’limi vairliklari tizimiga xorijda malaka
oshirgan kadrlar kirib kelganini ko’rishimiz mumkin. Ular o’sha joyda katalizator vazifasini
bajarib beryapti. masalaning ikkinchi tomoniga qaraydigan bo’lsak, o’zimizning oliy ta’lim ham
chet el o’qitish tizimiga o’tishi kerak. Hamma ham xorijda o’qib kelolmaydi-ku.
Ta’lim muassalarimiz xalqaro top mingtaliklar ro’yxatiga kirishni boshlashi lozim. Bu esa
xorijiy tajribani o’rganib, zamonaviy ta’lim mos bo’lgan yangi tizimni joriy etishni talab qiladi.
Faqat bitta tizimga bog’lanib qolmay, yangiliklarni joriy etish vaqti keldi. dunyoda change
management- o’zgarishlarni boshqarish, foresight – kelajakni to’g’ri ko’ra olish kabi yangi fanlar
joriy etilyapti, to’rtinchisi, sanoat inqilobi ro’y bermoqda. Ta’lim muassalarimiz bularga tayyormi?
Tayyor emaslarini tayyorlash, tayyorlarini esa yanada kuchaytirish kerak.
Shaxsning kadr bo’lib shakllanishiga oliy ta’lim tizimi asos bo’ladi. Biroq bizda hali ham
diplom uchun o’qish yoki o’tish bali qaysi ta’lim tizimida bo’lsa, shu yo’nalishga o’qishga kirish
holatlari uchrab turadi.
Bu bosqichda ko’nikma 50, ta’lim 30 va tarbiya 20% bo’lishi lozim. Bunda masullar 60%
-davlat va 40% oila hisoblanadi.
Nima uchun aynan ko’nikma ko’proq bo’lishi lozim? Sababi, Konfutsiy aytganidek, “Men
nimaniki eshitsam, unutaman, nimaniki ko’rsam, eslab qolaman va nimaniki bajarsam,
tushunaman.’’
“Top ming’’ talikka kirgan universitetlar deyarli ananaviy maruzalaridan voz kechishgan.
Videomaruzalardan foydalaniladi. Talabalarda ko’proq trening shaklida ko’nikmalar
rivojlantiriladi.
Shuningdek, Garvard olimlarning tadqiqotiga ko’ra, xxi asrda kadrlardan ko’proq yumshoq
ko’nikmalar talab qilinadi. Eskicha boshqaruv rejimida ishlayotgan kadrlar o’zidan avvalgi
ustozidan o’rgangan, ustozi o’zidan oldingi ustozidan o’rgangan. Qarabsizki, bir nechta avlod
ustozlaridan o’rgangan bir xil boshqaruv tizimida ishlamoqda. To’g’ri, bazilar o’z ustida ishlab,
kitob o’qimoqda, butun dunyo boshqa tendensiyadan ketmoqda ekan-ku, deb o’zgarmoqda. Lekin
bu judda ozchilikni tashil etadi.
REFERENCES
1.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni “O’zbekiston- 2030” strategiyasi to’g’risida.
2.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 2022-2026-yillarga mo’ljallangan yangi
O’zbekistonning taraqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili’’da amalga
oshirishga oid davlat dasturi to’g’risida.
3.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim
tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida.
4.
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan senat tomonidan 2020yil
7-avgustda ma’qullangan O’zbekiston Respublikasining Ta’lim to’g’risidagi qonuni.
