Authors

  • Mohichehra Xudayberdiyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.60360

Keywords:

“Munozara” Abdurauf Fitrat Mijmar Hurriyat Chig’atoy adabiyoti Mahmudxo’ja Behbudiy ma’rifatparvarlik g’oyalari.

Abstract

Ushbu maqolada buyuk ma’rifatparvar, jadidchilik harakatining mashhur vakillaridan biri Abdurauf Fitratning “Munozara’’(Hindistonda bir farangi ila buxoroli bir mudarrisning jadid maktablari xususida qilg’on munozasi) asarida ilgari surilgan ma’rifatparvarlik g’oyalari, “usuli Qadim” va “ usuli jadid” maktabining bir biridan farqi, yangi jadid maktabining afzalliklari, Buxoro amirligining siyosiy-iqtisodiy manzarasi, aholining ijtimoiy turmush tarzi, ta’limi- tarbiyaviy ahvoli xususida so’z boradi. Zero bu ulug’ adiblar ijodining mohiyati jamiyat va millatni yuksaltirishga xizmat qilgan. Abdulla Avloniy, Mahbudxo’ja Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho’lpon, Usmon Nosir kabi fidoiy adiblar qatorida, ehtimol, ularning oldingi safida Abdurauf Fitrat ham o’z elining aqli va qalb ko’ziga aylangan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

297

YANGI MILLIY UYG’ONISH DAVRI VA UYG’ONISH ADABIYOTINING BUYUK

VAKILI ABDURAUF FITRATNING “MUNOZARA” ASARIDA MA’RIFATPARVARLIK

G’OYALARI TALQINI

Xudayberdiyeva Mohichehra Alisher qizi

Buxoro davlat universiteti Tarix-Yuridik fakulteti

Yurisprudensiya yo'nalishi 3-kurs 5/2 guruh talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14644605

Annotatsiya. Ushbu maqolada buyuk ma’rifatparvar, jadidchilik harakatining mashhur

vakillaridan biri Abdurauf Fitratning “Munozara’’(Hindistonda bir farangi ila buxoroli bir

mudarrisning jadid maktablari xususida qilg’on munozasi) asarida ilgari surilgan

ma’rifatparvarlik g’oyalari, “usuli Qadim” va “ usuli jadid” maktabining bir biridan farqi, yangi

jadid maktabining afzalliklari, Buxoro amirligining siyosiy-iqtisodiy manzarasi, aholining ijtimoiy

turmush tarzi, ta’limi- tarbiyaviy ahvoli xususida so’z boradi. Zero bu ulug’ adiblar ijodining

mohiyati jamiyat va millatni yuksaltirishga xizmat qilgan. Abdulla Avloniy, Mahbudxo’ja

Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho’lpon, Usmon Nosir kabi fidoiy adiblar qatorida,

ehtimol, ularning oldingi safida Abdurauf Fitrat ham o’z elining aqli va qalb ko’ziga aylangan.

Kalit so’zlar: “Munozara”, Abdurauf Fitrat, Mijmar, Hurriyat, Chig’atoy adabiyoti,

Mahmudxo’ja Behbudiy, ma’rifatparvarlik g’oyalari.

ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ИДЕЙ ПРОСВЕЩЕНИЯ В ПРОИЗВЕДЕНИИ "ДЕБАТА"

АБДУРАУФА ФИТРАТА, ВЕЛИКОГО ПРЕДСТАВИТЕЛЯ ПЕРИОДА НОВОГО

НАЦИОНАЛЬНОГО РЕНЕССАНСА И ЛИТЕРАТУРЫ РЕНЕССАНСА.

Аннотация.

В данной статье рассматриваются идеи просветительства,

выдвинутые Абдурауфом Фитратом, великим просветителем и одним из известных

представителей модернистского движения, в произведении «Мунозара» (диспут фаранга

в Индии с мударрисом из Бухары о современных школах). ), «древний метод» и «отличие

«современной» школы, преимущества новой «джадидской» школы, политические и

экономические условия Бухарского эмирата. Речь идет о ландшафте, социальном образе

жизни населения, образовательной ситуации. Потому что суть творчества этих великих

писателей служила возвышению общества и нации. Абдурауф Фитрат стал умом и

сердцем своего народа среди самоотверженных писателей, таких как Абдулла Авлони,

Махбудходжа Бехбуди, Абдулла Кадири, Абдулхамид Чолпан, Усман Насир.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

298

Ключевые слова: «Дискуссия», Абдурауф Фитрат, Миджмар, Хуррият,

Чигатайская литература, Махмудходжа Бехбуди, Идеи Просвещения.

EXPLANATION OF ENLIGHTENMENTAL IDEAS IN THE WORK "DEBATE" BY

ABDURAUF FITRAT, A GREAT REPRESENTATIVE OF THE NEW NATIONAL

REVIVAL AND REVIVAL LITERATURE

Abstract. This article discusses the ideas of enlightenment put forward in the work of

Abdurauf Fitrat, one of the great enlighteners and famous representatives of the Jadid movement,

“Munozara” (a debate between a Farangi and a Bukhara teacher about Jadid schools in India),

the difference between the “usuli Qadim” and “usuli Jadid” schools, the advantages of the new

Jadid school, the political and economic landscape of the Bukhara emirate, the social lifestyle of

the population, and the educational and upbringing situation. After all, the essence of the work of

these great writers served to elevate society and the nation. Along with such selfless writers as

Abdulla Avloni, Mahbudkhoj Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cholpon, and Osman Nasir,

perhaps in their forefront, Abdurauf Fitrat also became the eye of the mind and heart of his people

Keywords: "Munozara", Abdurauf Fitrat, Mijmar, Hurriyat, Chigatay literature,

Mahmudkhoj Behbudi, Enlightenment ideas.

KIRISH:

Jadidchilik yoki jadidizm (arabcha jadīd — yangi) – xix asr oxiri xx asr

boshida turkiston, kavkaz, qrim, tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy,

maʼrifiy harakat. Jadidchilik dastlab, xix asrning 80-yillarida qrimda vujudga keldi. Xix asrning

90-yillaridan oʻrta osiyoda tarqaldi. Jadidchilik avval madaniyat sohasidagi harakat sifatida

faoliyat yuritgan. Bu oqim vakillari taraqqiyot uchun kurashish, turkiy tillarni rivojlantirish, shu

tillardagi adabiyotni boyitish, dunyoviy ilmlarni oʻrganish, fan yutuqlaridan foydalanish hamda

ayollar va erkaklar tengligi uchun kurashishga chaqirishgan. Keyinchalik jadidchilar panturkizm

gʻoyalarini targʻib qilishgan. Jadidchilik yoki jadidizm (arabcha: jadīd — yangi) – xix asr oxiri

xx asr boshida turkiston, kavkaz, qrim, tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-

siyosiy, maʼrifiy harakat[1]. Jadidchilik dastlab, xix asrning 80-yillarida qrimda vujudga keldi.

XX asrning 90-yillaridan oʻrta osiyoda tarqaldi. Abdurauf fitrat 1886-yili islomiy

madaniyatning markazlaridan biri buxoroda tavallud topgan. Otasi abdurahimboy zamonasining

ma’rifatli boylaridan, onasi bibijon esa o’qimishli, o’z bolasi taqdirida muhim rol o’ynagan

ayollardan bo’lgan. Darvoqe, fitrat

yuqorida tilga olingan anketada onasining ismini bibijon

sifatida tilga olgan. Adibning boshqa qarindosh -avlodlari ham uning to’la ismi mustafbibi


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

299

bo’lganini unutib, bibijon ismi bilan yodlab yurishadi. Abdurahimboy ko’proq savdo ishlari bilan

band bo’lgani sababli yosh abduraufning tarbiyasi ziyrak va zukko onasi mustafbibining qo’lida

bo’lgan. Abdurauf dastlab eski maktabda, so’ngra buxorodagi mashhur “mir arab” Madrasasida

tahsil ko’rgan bo’lsada, ilmga chanqoqligi, “kitob shaydosi” bo’lganligi bois, mustaqil mutolaa

orqasida aksar madrasadoshlaridan ancha ilg’orlab ketgan edi.

Fitrat 1909-1913 yillarda Turkiyada o’qib ijod etgan. Turkiyada ijod etgan asarlari. U

Turkiyada “Munozara”, “Sayha”, “Yurt qayg’usi” nomli kitoblarini chop etgan.

Fitrat 1912-yil 11-martda Buxorolik yoshlar Kogondagi maktab egasi Liviy(yaxudiy)ning

moddiy yordamida “Buxoroi sharif”, o’sha yilning 14-iyulida esa turkiy tilda “Turon” gazetasini

nashr etishga muvaffaq bo’ldilar. Buxoro amirining 1917-yil 7-aprel farmoni (Manifesti)dan keyin

Fitrat Samarqandga ko’chib borib, “Hurriyat” gazetasiga muharrirlik qiladi. Gazeta moddiy

jihatdan og’ir ahvolda qolgach, muharrirlik lavozimini Muhammadqul O’rinboy o’g’liga

topshiradi.

Fitrat hayoti va faoliyatining Toshkent davrida ro’y bergan eng muhim voqeasi “Chig’atoy

gurungi”ning O’zbekistondagi birinchi adabiy uyushma sifatida tuzilishidir. O’tgan asrning 20-

yillarida yaratilgan adabiyotshunoslik va tilshunoslikka oid asarlarida “Chig’atoy adabiyoti”,

“Chig’atoy tili” atamalari ko’p uchraydi. Fitrat “Chig’atoy adabiyoti” degan maqolasida O’rta

Osiyodagi turkiy tillarida yaratilgan adabiyotning “Chig’atoy adabiyoti”- deb atalishi

Chingizxonning o’g’li Chig’atoy nomi bilan bog’liqligini e’tirof etgan.

Fitratning bu uyushmani tuzishdan maqsadi, birinchidan, tarqoq holda yashayotgan ilm va

ijod ahlini birlashtirish, ikkinchidan, shoir va yozuvchilarning yangi asarlarini tinglab, muhokama

qilish, uchinchisidan, davrning adabiy- ma’rifiy hayotida faol ijod etish, to’rtinchisidan, musiqa

va teatr ishlarini jonlantirish, beshinchidan, lug’at tarkibi va grammatik tuzilishi murakkab bo’lgan

o’zbek adabiy tilini isloh qilish, arab va fors so’zlarini qadimiy turkiy so’zlar bilan almashtirish,

rus tilidan kirib kelishi mumkin bo’lgan so’zlarning o’zbekcha muqobilini ishlash, xullas, yangi,

zamonaviy o’zbek adabiy tilini yaratish edi.

Abdurauf Fitrat bo’lib, bu so’z tug’ma iste’dod, insonga alloh bergan yaratuvchilik

qobiliyati ma’nolarini anglatadi. Zamondoshlarining guvohlik berishicha, talabalik yillari

Mijmar

(Cho’g’don, xushbo’y narsalar solib tutatiladigan idish ma’nosida) taxallusi bilan ham g’azallar

bitgan

1

.

1909-yil “Jamayti xayriya’’ ning ko’magi bilan Istanbulga o’qishga borgan.

Fitratning

singlisi Mahbuba Rahim qizining eslashicha, uning ukasi Abdurahnon (o’sha paytda Kogon


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

300

bosmaxonasida harf teruvchi bo’lib, ishlagan) akasiga moddiy jihatdan yordam berib turgan. Fitrat

Istanbul universitetida o’qish bilan birga u yerdagi “Doru-l-voizin” (Voizlar- ma’ruza qiluvchilar)

madrasasida ham dars bergan. Bu madrasa Buxoro va Turkistondan o’qishga borgan yoshlarni

universitet ta’limiga tayyorlash bilan ham mashg’ul bo’lgan. B.Qosimov ishlarida G’ozi Olim

Yunusov bilan Hamza ham bir muddat Istanbuldagi “Doru-l- voizin” madrasasida o’qiganligi

haqida xabar beriladi

2

.

ASOSIY QISM:

«Usuli jadida» maktablarni nafligi va fununi zamoniya tahsilining

buxoriylar uchun luzumi to‘g‘risida farangiy afandi ila mudarris Buxoriy janoblarini oralarida

bo‘lgan bahs va suhbat — «Munozara» ismida bir risola shaklinda forsiy tilg‘a tab’ va nashr

bo‘lubdur. Bizda ko‘zdin kechurdukki, haqiqatan buxoriylar uchun nofe’dur. Farangiy va mudarris

tilidan bu muhim bahslik risolani tahrir etuvchi vahmi zoing‘a arzi tashakkur qilarman. Inshoollo,

bu risola buxoriylarni uyg‘onmoqig‘a bois bo‘lub, «Munozara» muharririni rahmat ila yod

etarlar.Va al-on bu risola turki tilinda janob muallim hamshahrimiz Hoji Muin afandi tarafidan

tarjima va ushbu gazit ila nashr bo‘lub turubdur.

Va ammo bizni fikrimizcha, Buxoro uchun eng muhim bir bahsni farangiy afandi faromush

etibdurlar. Va ul eng muhim bahs buxoriylarni ruscha o‘qumoq va rus madaniyatidin nafbardor

bo‘lmoqg‘a targ‘ib etmoqdin iborat edi. Xayr, balki farangiy afandi faromush etmay, ehtimolki,

buxoriylarni taajjublari qo‘zg‘olmasun va «Munozara» risolasidin umid etilgon manfaati

ma’naviya favt bo‘lmasun tavhimi-la ruscha o‘qumoq bahsidin ko‘z yumgandur, deb zan qilarmiz.

Va-lo farangiy afandini natijai ma’lumotig‘a nazaran o‘rischa o‘qumoqg‘a tarafdordur, deb istidlol

qilinadur va har bir ko‘zi ochuq kishi-da buxoriylarni ruscha o‘qumsqlarini, albatta lozim bilur.

Buxoriy qarindoshlarimizni ruscha o‘qumoqlari to‘g‘risida muxtasaran biroz yozmoqni biz

munda kerak bilduk va umid qilamizki, «Munozara» noshiri ikkinchi tab’ina ruscha o‘qumoq

luzumini ham risolag‘a olmoq etdirsa. Rusiya davlati —100 milyun xalqlik va yer yuzini qaviy

davlatlaridin biri. Buxoro hukumati ani himoyasig‘a va aning uchun buxoriylarni ruscha

o‘qumoqlari o‘zlari uchun lozim va foe’dir. Buxoriylarni savdo ishlari Rusiya iladurki, tijorat

ishlarini taraqqiy qildirmoq uchun, albatta, ruschag‘a ehtiyoji tomalari bordur.

Fitrat deyarli 17 yoshidan boshlab avvaliga diniy, so’ngra badiiy ijod va ilmiy tadqiqot ishi

bilan jiddiy shug’ullanadi. Buxoriy qarindoshlarimizni ruscha o‘qumoqlari to‘g‘risida muxtasaran

biroz yozmoqni biz munda kerak bilduk va umid qilamizki, «Munozara» noshiri ikkinchi tab’ina

ruscha o‘qumoq luzumini ham risolag‘a olmoq etdirsa.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

301

Rusiya davlati — 100 millyon xalqlik va yer yuzini qaviy davlatlaridin biri. Buxoro hukumati

ani himoyasig‘a va aning uchun buxoriylarni ruscha o‘qumoqlari o‘zlari uchun lozim va foe’dir.

Buxoriylarni savdo ishlari Rusiya iladurki, tijorat ishlarini taraqqiy qildirmoq uchun, albatta,

ruschag‘a ehtiyoji tomolari bordur.

Buxoroda tilgirof, po‘chta, temur yo‘li va bonk va mol, anjomaning hamli va naqliva optek,

do‘qtur va hifzil sihata teyishli ishlar va lavozimoti madaniya va zamoniya va xorijag‘a

mutaalliq barcha mavod kofaruslar vositasi-la joriy bo‘lurki, bul to‘g‘rilardan ruschag‘a buxoriylarni

ehtiyojlari shadiddur.

Rusiya ila tijorati bor har bir buxoriy va Buxoroni har bir hukumat doiralarini ruschaga bor

ehtiyojini har kimdan avval buxoriylarni o‘zlari iqror edarlar. Kishi yo‘qligidin al-on Buxoro

hukumatini xidmatidagi tarjimonlar kafkaziy va turkistoniylardin iboratdur. Buxoriylarni ruscha

o‘qumoqlari uchun dalil lozim bo‘lsa, faqat Rusiyani... jihatidin Buxorog‘a hamsoyaligi eng oliy

dalildur. Holbuki, Buxoro davlatimizni himoyasida, ya’ni hovuchindadur. Nasora va majus

davlatlarini aytmay qo‘yduk. Bul vaqt Usmonli islom davlati katta maktablarig‘a ruscha o‘qutadur va

Rusiyag‘a talaba yuboradur. Turk qarindoshlarimizni har biri Rusiya musulmonlarini ruscha

o‘qumoqg‘a tashviq etarlar. Hatto, Istanbul shayxulislomi hazratlari Rusiya musulmonlarini ruscha

o‘qumoqg‘a buyuradurlar.

Chunonchi, o‘tgan sana Samarqand hojilaridan ikki nafar mudarris shayxulislom janoblarini

xizmatlariga musharraf bo‘lub ekanlarki, usuli jadid va ruschani luzumidin bayon etib,

Turkistoniylarg‘a ruscha o‘qumoqg‘a tashviq etmoqg‘a buyurubdurlar. Misrdin, Shom va

Arabistondin, Istanbuldin va Erondin Rusiya maktablarig‘a talaba kelganda, Buxorodin na uchun

talaba kelmaydur? Buni sababi buxoriylarni g‘aflati va zamondin xabarsizligi deyurlar. Bul joyg‘a

buxoriylar u qadar kaholat etdilarki, hatto, rasmiy doiralarida birorta tarjimonlari yo‘qdur.

Xo‘b, Buxoroda usuli jadidani qo‘ymaganlaridek, ruschani-da ulamo qo‘ymadilar deduk. Ey,

shogirdlarni Samarqandda, Turkistonda va yo doxiliy Rusiyag‘a na uchun yuborilmaydur?

Samarqandda Buxorodin gado, o‘g‘ri, qimori, juvon-bachcha kelar. Hatto, deyurlarki,

fohishalar ham kelur, bularg‘a ulamo bir shay demas va xabardor bo‘lmas. Talabag‘a tamoman mone’

bo‘lurlar. Yo‘q, bul joyg‘a ulamog‘a yopishmoq kerak emas, balki boshqalarg‘a lozumdur.

Buxoroniig muhtaram hukmronlarina, Buxoroning tujjori kiromiga biz min g‘ayri hadarz

qilarmizki, ruscha o‘qutmaqni muborak fikrlarig‘a keltirsalar, Rusiya davlati Buxoroning faqat bir

hamsoyasi emas, balki homiysi, vasiy va murabbiyi davlatidur. Aning uchun ruscha bilmoq va rus oliy

va katta maktablarig‘a kirmoq buxoriylarni hayoti va saodati uchun alramdu.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

302

Ikki milyo‘n buxoriylardin nisfi asr zarfida bir nafar tarjimon chiqmaganligi buxoriylarni

loqaydliklarig‘a dalil bo‘lur. Bu nimadan kelur? Albatta, Buxoro ila Rusiya orasidagi munosabatni

bilmaslikdin kelur. Binobarin, Rusiya ila Buxoro beyindagi munosabati siyosiyani har zamon aholig‘a

bildirmoq kerakdur. Biz siyosiy kishi emas va illo bul to‘g‘ridagi fikrimizni ochiq suratda yozarduk.

Shu qadar bilarmanki, rasman Buxoro hukmati Rusiya davlatini himoyatig‘adur. Buxoroning bosh

hukmroni ma’nan baoliy amir hazratlarini amoratlari Rusiyadavlati tarafidin tasdiq qilinadur.

Buxoroni xorijiya ishlari Rusiya davlati tarafidin ijro qilinadur.

Xorijiya davlatlari, masalan, Eron, Afg‘on va yo Usmonli davlatlari-la Buxoro hukumatini xat

va xabar qilmog‘i lozim kelsa, Rusiya davlati vositasi-la muomala qiladur. Buxoro ahli xorijiyag‘a

chiqmoqchi bo‘lsa, Rusiya rahol hukumatini ruxsati lozimdur. Buxoro uchun boj va po‘shlina Rusiya

davlatini ixtiyori ila bo‘lur.

Bilmoq kerakki, o‘ruscha o‘qumoq ila kishi kofir bo‘lmaydur va yo o‘ruslar bizg‘a dinlarini

ta’lim qil-maydur. Masalan, bukun Samarqand muxtalif maktablarig‘a yuzdin ziyod musulmon bolasi

bor va alarni hech birig‘a nasoro dinini ta’lim qilinmaydur. Samar-qand e’dodiy gimnoziyo maktabini

bukun undin ziyoda musulmon bolasi bor. U jum.ladin biri manim o‘g‘lim-dur. Va na vaqtki,

bolalarg‘a nasoro dinini ta’lim berarlar, g‘ayri ruslarni, xoh musulmon va yo yahud va hatto, armani

bo‘lsun, maktabdin chiqoradurlar. Hatto, nasoro aqidasini ta’limi vaqtida yoshirin maktabda qolgan

g‘ayrirus shogirdg‘a jazo beriladur. G‘ayriruslar ruscha o‘qugandan ilmi dunyoviy va hayog-qa

mutaalliq funun o‘quydurlar va har bir musulmon-da rumcha va yo farangcha shuni o‘qivdur.

Buxoroni o‘rta millati uchun avomcha so‘ylayinki, turklar, ibroniylar, turkistoniylar, qozoniy, o‘run-

burg‘iy va kafkoziylar hamchunonki, ruscha o‘qusalar ham kofir bo‘lmaydilar. Buxoriylar ham ruscha

o‘qugan ila kofir bo‘lmaydurlar.

Afg‘on hukumati ila inglis davlati orasida munosabati siyosiya mavjud va ham hamsoyadur.

Oni uchun afg‘onlar Hindiston inglisig‘a va nufusi Angliyada o‘z nafii uchun talaba yuboradur.

Holbuki, hech bir afg‘on inglis bo‘lgan yo‘q. Inchunun, buxoriylar-da Turkiston ustig‘a va yo

Rusiyag‘a o‘z naflari uchun talaba yuborsalar, xotirjam bo‘lsunlarki, o‘rus bo‘lmaydurlar. Shuni-da

yozayin, buxoriy qarindoshlarimiz bilsunlarki, bu so‘zlarni biz musulmonligimiz uchun va Buxoroni

taraqqiysini xohlaganimiz uchun yozarmiz. Gumon qilinmasunki, o‘ruslar bizg‘a yozdiradur.

Xulosa: “Munozara” asari Buxoro amirligida ta’qiqlab qo’yilishiga qaramasdan, turli

yo’llar bilan Buxoroga olib kelinib, keng tarqaladi. Dastlab “Munozara” asari 1911-yilda Hoji

Muin Shukrulloh o’g’li tarjimasida “Turkiston viloyatining gazetasi”da, bosib chiqilgan,

keyinchalik esa, 1913- yilda Behbudiy so’zboshisi bilan alohida kitob holida nashr qilingan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

303

Dastlab, bu asar teatrlarda ayrim qismlari tushurilgan holda sahnalashtiradi. Munozara asari

Buxoro amirligi va Rossiya hukumati tomonidan ta’qiq qilinishiga qaramasdan butun

Turkiston o’lkasida, sharq va g’arb mamlakatlarida ham keng tarqalgan va mashhur bo’lgan.

Xalqning ko’zi ochilishida muhim rol o’ynaydi.

REFERENCES

1.

Fitrat. A. Adabiyot qoidalari. Adabiyot muallimlari va havaslilari uchun qo’llanma/

Nashrga tayyorlovchi H. Boltaboev. -Toshkent:O’qituvchi,1995.

2.

Boltayev.H. Fitrat va jadidchillik. - T.,A. Navoiy npmidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi

nashriyoti.2007-140-b

3.

Fitrat. Tanlangan asarlari. Ijild. - T., Ma’naviyat.200-47-95b

4.

Mahmudxo’ja Behbudiy “Munozara’’ haqida. -” Turkiston viloyati” gazetasi-1911-y.29-

sentabr 73-son.

References

Fitrat. A. Adabiyot qoidalari. Adabiyot muallimlari va havaslilari uchun qo’llanma/ Nashrga tayyorlovchi H. Boltaboev. -Toshkent:O’qituvchi,1995.

Boltayev.H. Fitrat va jadidchillik. - T.,A. Navoiy npmidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti.2007-140-b

Fitrat. Tanlangan asarlari. Ijild. - T., Ma’naviyat.200-47-95b

Mahmudxo’ja Behbudiy “Munozara’’ haqida. -” Turkiston viloyati” gazetasi-1911-y.29-sentabr 73-son.

Most read articles by the same author(s)

Mohichehra Xudayberdiyeva, JADIDLAR: MILLIY O‘ZLIK, ISTIQLOL VA DAVLATCHILIK G‘OYALARI. ADBURAUF FITRAT- BIRINCHI O‘ZBEK PROFESSORLARIDAN BIRI. , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 2 (2025): Modern science and research

Mohichehra Xudayberdiyeva, FITRATNING MA’RIFIY-AXLOQIY VA TARBIYAVIY QARASHLARI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 12 (2024): Modern science and research

Mohichehra Xudayberdiyeva, JINOIY ODIL SUDLOV FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH: AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLAR VA RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 6 (2024): Modern science and research

Mohichehra Xudayberdiyeva, YOSHLAR MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISHDA TA’LIM-TARBIYA BERISH TIZIMINI SIFAT JIHATIDAN YANGI BOCHQICHGA OLIB CHIQISH , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 6 (2024): Modern science and research

Mohichehra Xudayberdiyeva, O‘ZBEKISTONDA GENDER TENGLIK: UCHINCHI RENESSANS, XALQARO TAJRIBA VA STRATEGIYA MASALALARI TAHLILI. , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 6 (2024): Modern science and research

Mohichehra Xudayberdiyeva, TA’LIM TIZIMI -MA’DANIY VA MA’NAVIY RIVOJLANISHNING ENG MUHIM POYDEVORI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 6 (2024): Modern science and research

Mohichehra Xudayberdiyeva, YANGI MILLIY UYG’ONISH DAVRI VA UYG’ONISH ADABIYOTINING BUYUK VAKILI ABDURAUF FITRATNING “MUNOZARA” ASARIDA MA’RIFATPARVARLIK G’OYALARI TALQINI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 4 (2025): Modern science and research

Mohichehra Xudayberdiyeva, THE FOUNDER OF THE INDEPENDENCE OF UZBEKISTAN, A PROMINENT STATEMAN WHO DETERMINED THE WAY OF INDEPENDENT DEVELOPMENT OF THE COUNTRY , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 9 (2024): Modern science and research international scientific journal

Mohichehra Xudayberdiyeva, DOLZARB ISSUES OF FIGHTING THE CRIME OF HUMAN TRAFFICKING , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 9 (2024): Modern science and research international scientific journal

Mohichehra Xudayberdiyeva, YANGI O’ZBEKISTONDA DEMOKRATIK O’ZGARISHLAR, IMKONIYATI CHEKLANGAN INSONLAR UCHUN CHEKSIZ IMKONIYATLAR YARATISH ULAR YASHAB TURGAN JAMIYATNING BURCHIDIR. , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 6 (2024): Modern science and research