ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
242
ODAM SAVDOSI JINOYATIGA QARSHI KURASHNING DOLZARB MASALALARI
Xudayberdiyeva Mohichehra Alisher qizi
Buxoro davlat universiteti Tarix-Yuridik fakulteti
Yurisprudensiya yo’nalishi 3-kurs 5/2 guruh talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13822171
Annotatsiya. Dunyo xalqlarining jiddiy muammosiga aylangan odam savdosiga qarshi
kurash barchaning e’tiborida qolmoqda. Jinoyatchilikning bu mudhish turiga qarshi kurashish va
uning oldini olish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining bir qator tavsiyaviy va majburiy
xarakterga ega bo’lgan hujjatlari qabul qilingan. Xususan, “Odam savdosiga va uchinchi
shaxslar tomonidan tanfurushlikdan foydalanishga qarshi kurash to’g’risida’’gi Konventsiya
(1949 yil), “Qullik va qul savdosini, qullikka o’xshash institutlar va odatlarni bekor qilish
to’g’risida”gi qo’shimcha konventsiya (1956 yil), “Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi
kurash haqida”gi konventsiyani to’ldiruvchi“ Odamlar, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosini
to’xtatish, oldini olish va uning uchun jazo to’g’risida”gi bayonoma(2000yil) shu toifadagi
xalqaro huquqiy hujjatlar hisoblanadi. Afsuski, dunyo bo’ylab shuncha keng qamrovli amaliyot,
tegishli targ’ibot-tashviqot olib borilishiga qaramay. Har yili millionlab insonlar “zamonaviy
qullik”, ya’ni odam savdosi qurboniga aylanmoqda. Ular orasida ayollar, qizlar, keksalar hatto
yosh bolalar ham borligi judayam achinarli. Ushbu jinoyatning rivojlanishiga turtki bo’layotgan
asosiy omillardan biri odamlarning chet elga borish va ishga joylashish haqida yetarli
ma’lumotga ega emaslidir.
Kalit so’zlar: Odam savdosi, jinsiy ekspluatatsiya, huquqiy madaniyat, huquqiy ong.
DOLZARB ISSUES OF FIGHTING THE CRIME OF HUMAN TRAFFICKING
Abstract. The fight against human trafficking, which has become a serious problem of the
peoples of the world, remains in everyone's attention. In order to combat and prevent this terrible
type of crime, a number of recommendatory and mandatory documents of the United Nations have
been adopted. In particular, the Convention for the Suppression of Trafficking in Persons and the
Exploitation of Slavery by Third Parties (1949), the Convention on the Abolition of Slavery and
the Slave Trade, and Institutions and Customs Similar to Slavery. Additional Convention (1956),
Protocol on Suppression, Suppression and Punishment of Trafficking in Persons, Especially
Women and Children, supplementing the Convention on Combating Transnational Organized
Crime (2000) ) are international legal documents of this category. Unfortunately, despite such a
wide-ranging practice and appropriate propaganda being carried out around the world. Every
year, millions of people become victims of "modern slavery", that is, human trafficking. It is very
sad that there are women, girls, old people and even young children among them. One of the main
factors driving the development of this crime is that people do not have enough information about
going abroad and getting a job.
Key words: Human trafficking, sexual exploitation, legal culture, legal consciousness.
ДОЛЗАРБ ВОПРОСЫ БОРЬБЫ С ПРЕСТУПЛЕНИЕМ ТОРГОВЛИ ЛЮДЬМИ
Аннотация. Борьба с торговлей людьми, ставшая серьезной проблемой народов
мира, остается в центре внимания. В целях борьбы и предотвращения этого страшного
вида преступлений принят ряд рекомендательных и обязательных документов ООН. В
частности, Конвенция о пресечении торговли людьми и эксплуатации рабства третьими
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
243
лицами (1949 года), Конвенция об упразднении рабства и работорговли и Дополнительная
конвенция об институтах и обычаях, сходных с рабством (1956 года). Протокол о
пресечении, пресечении и наказании за торговлю людьми, особенно женщинами и детьми,
дополняющий Конвенцию о борьбе с транснациональной организованной преступностью
(2000 г.)), являются международно-правовыми документами данной категории. К
сожалению, несмотря на такую широкую практику и соответствующую пропаганду,
которая ведется во всем мире. Ежегодно миллионы людей становятся жертвами
«современного рабства», то есть торговли людьми. Очень печально, что среди них есть
женщины, девушки, старики и даже маленькие дети. Одним из основных факторов,
способствующих развитию этой преступности, является отсутствие у людей
достаточной информации о выезде за границу и устройстве на работу.
Ключевые слова: Торговля людьми, сексуальная эксплуатация, правовая культура,
правосознание.
KIRISH
Bugungi kunda dunyoda odam savdosini uchta keng tarqalgan turi mavjud bo’lib, bular:
jinsiy ekspluatatsiya (foxishabozlik), majburiy mehnat va odam a’zolarini sotishdir. Jinsiy
ekspluatatsiya uchun asosan ayollar (shu jumladan qizlar) sotiladi. Ma’lumotlarga ko’ra
ayollarning 72 foizi shu maqsadda sotilar ekan. Tashvishlanarlisi, odam savdosi jinoyatidan
jabrlanganlarning 80 foizi ayol va bolalardir. Har yili dunyo bo’yicha 600-800 ming nafar ayol va
bolalar aldov yo’li bilan xorijiy mamlakatlarga olib ketilib, sotib yuborilmoqda. Majburiy
mehnatga jalb qilinganlarning asosiy qismini esa erkaklar tashkil qilar ekan. Bu ko’rsatgich 85,7
foizni tashkil qilishi odam savdosidan jabr ko’rgan erkaklarning aksariyati majburiy mehnat orqali
amalga oshirilishini ko’rish mumkin. Bu jinoyatlarning asosiy sababi, tag zamiriga nazar
tashlasak, ma’naviy qashshoqlik, ochlik, dunyoga haddan tashqari hirs qo’yish va nafsiga qul
bo’lishlikni ko’ramiz. Mana shunday iflos, jirkanch jinoyat bizning mamlakatimizni ham chetlab
o’tmayopti.
Afsuski, fuqarolarimiz ham odam savdosi qurboniga aylanmoqda, buni ommaviy axborot
vositalarini ko’rib, eshitib turibmiz. Bularning barchasi davlatimiz va jamiyatimiz tomonidan
ushbu illatga qarshi qat’iy choralar ko’rishni, odam savdosiga jalb etilgan va undan jabr ko’rgan
hamyurtlarimizni muhofaza etishni dolzarb vazifa qilib qo’ymoqda. Huquq ustuvor bo’lgan
davlatimizda inson huquqlarini, qonunlar himoyasini amalga oshiruvchi organlar borki, bu kabi
illatlarni fosh etishda kechayu-kunduz tinmay ishlashmoqdalar. 2013-yil 30-iyul kuni BMT
tomonidan Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni deb e’lon qilindi. O‘zbekiston
respublikasining odam savdosiga qarshi kurash bo’yicha qonun hujjatlarini o’rganish va takliflar
tayyorlash borasida bevosita Adliya vazirligi tashabbusi bilan shu kunga qadar ushbu qonunning
qabul qilishi bilan hukumatimizning ayrim qarorlariga o’zgartirishlar kiritildi. Masalan, Vazirlar
Mahkamasining 1993yil 19- avgustdagi 423- sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston
Respublikasida boj yig’imlari tariflariga izohlarning 6-bandiga, Vazirlar Mahkamasining 1999yil
12-apreldagi 171-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik
to’g’risidagi nizomning 4-bandlariga tegishli tartibda o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Odam
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
244
savdosi bilan shug’ullanuvchi yirik jinoyatchi tashkilotlarning yildan yilga kuchayib
borayotganligi ham ko’pchilikka sir emas.
Birlashgan millatlar tashkilotidan olingan ma’lumotlarga ko’ra ayollarning tovar sifatidagi
dunyoviy savdosi ko’lami yiliga 12 milliard dollarga baxolanayotgan bo’lsa, har yilli odam
savdogarlari qo’liga ikki millionga yaqin insonlar tushayapti. Butun dunyoda hozirda odam
savdosi jinoyati turli ko’rinishlarda: insonlarni kamsitish, ularning huquqlarini tan olmaslik,
erkinliklarini poymol qilgan holda turli maqsadlarda foydalanish, qul sifatida majburan sotib
yuborish, foxishabozlikda foydalanish va boshqa shakllari ko’plab uchramoqda.
ASOSIY QISM
Inson insonni sotishi naqadar ayanchli va jirkanch holat ekanligini hammamiz bilamiz.
Ammo, ming afsuski oramizda shunday qabih ishlarni qiladigan nobakor insonlar ham
mavjud.
Odam savdosi o’zi nima?
Odam savdosi- kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud majburlashning boshqa
shakllaridan foydalanish, o’ g’irlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiste’mol qilish yoki
vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning
roziligini olish uchun to’lovlar yoki manfaatdor etish evaziga og’dirib olish yo’li bilan odamlardan
foydalanish maqsadida ularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish. Odam
savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari
ham amalga oshiradi. Ammo davlatimiz tomonidan ushbu jinoyatchilikka qarshi ko’plab qonunlar
chiqishiga qaramasdan, ayrim insonlar tomonidan odam savdosi bilan bog’liq jinoyatlar uchrab
turibdi. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, odam savdosiga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun
hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi muqarrar.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi birinchi qismi dispozitsiyasi
mazmuniga ko’ra, odam savdosi deganda, odamni olish-sotish yoki odamni ekspluatatsiya qilish
maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish tushuniladi.
Biroq, shunday bo’lsada, hali-hanuz odam savdosiga chek qo’yilmadi. Odam savdosi bilan
shug’ullanuvchilar zamonga monan ish yuritishni boshladilar. Hozirda rivojlanib borayotgan
ijtimoiy tarmoqlar ularning ov quroliga aylangan desak mubolag’a bo’lmaydi. Jumladan, “chet
elda ishlash”, “davolanish’’ hamda “arzon turizm” sarlavhalari bilan odamlarni aldab xorijda sotib
yuborish holatlari mavjud. Xalqimizda bir gap bor: kasalni davolagandan ko’ra uning oldini olgan
afzal. Shunday ekan, siz-u biz bunday odamfurushlarning qarmog’iga ilinmasligimiz uchun avvalo
o’z huquqlarimizni bilishimiz, huquqshunoslar bilan maslahatlashib chet el safariga otlanishimiz
lozim. Shuni unutmaylik, tuzoq hech qachon oshkora joyga qo’yilmaydi.
XULOSA.
Odam savdosi faqatgina O’zbekiston Respublikasining muammosi sifatida
qarashimiz noto’g’ri bo’ladi, chunki hozirgi kunda odam savdosi bilan bog’liq jinoyatlar ko’plab
mamlakatlarda keng tarqalib butun dunyo hamjamiyatini havotirga solmoqda. Eng achinarlisi,
odam savdosi bilan bog’liq jinoyatchilikning keng quloch yozilishiga: aholining ijtimoiy
himoyaga muhtoj qatlamlari-ishsiz yurgan fuqarolar, turmush hayotida ko’p qiyinchilikka
uchragan ayollar va ota-onasining e’tibori va qaramog’idan chetga qolgan voyaga yetmagan
shaxslarning go’yoki ularning muommolarini hal qilgan kabi ko’rinib, o’zlarining g’arazli
maqsadlarida foydalanayotganligi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
245
Xulosa o’rnida shuni alohida qayd etib o’tish kerakki, odam savdosiga qarshi kurash
borasida aholining turli qatlamlari, ayniqsa, ayollar va voyaga yetmagan shaxslarga odam savdosi
kabi illatning farovon turmush- hayotimizga soladigan xavfli va salbiy oqibatlari to’g’risida
tushuntirish ishlarini olib borish, ya’ni, aholining gavjum joylarida, mahallalarda, turli xil ta’lim
muassasalarida, davlat idoralari, korxona, muassasa, tashkilotlarda targ’ibot va tashviqot ishlarini
olib borish, keng tushuntirish ishlarini amalga oshirish, ularda huquqiy ong va huquqiy
madaniyatini oshirish asosiy vazifalardan biridir.
REFERENCES
1.
“2020 yil 17 avgustda “Odam savdosiga qarshi kurashish to’g’risida”gi O’RQ-633-sonli
O’zbekiston Respublikasi qonuni.
2.
“Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash haqida”gi konventsiya
3.
“Qullik va qul savdosini, qullikka o’xshash institutlar va odatlarni bekor qilish to’g’risida”gi
qo’shimcha konventsiya (1956 yil)
