ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
237
O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGINING ASOSCHISI, MAMLAKAT MUSTAQIL
TARAQQIYOT YO‘LINI BELGILAB BERGAN ATOQLI DAVLAT ARBOBI
Xudayberdiyeva Mohichehra Alisher qizi
Buxoro davlat universiteti Tarix-Yuridik fakulteti
Yurisprudensiyayo’nalishi 3-kurs 5/2 guruh talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13822155
Annotatsiya. Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon
qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori
bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Bu hayot juda tez-
boshdagi do’ppini bir aylantirguncha o’tadi- ketadi. Shu qisqa fursatda inson xalq uchun, Vatan
uchun, o’z farzandlari va kelgusi nasllar uchun savobli ishlar qilib ulgurishi kerak. Oliyjanob
xalqimizning ezgu tasavvur va tushunchasiga ko’ra, har bir odam dunyoga kelib, uchta xayrli ishni
ado etishi kerak. Birinchisi, sog’lom va oqil farzand tarbiyalab voyaga yetkazish, Ikinchisi, o’z
oilasi, farzandlari uchun imorat qurish, Uchinchisi, kelajakni o’ylab, yaxshi niyat bilan daraxt
o’tqazish. Bu insoniy intilishlarda millatimizning barkamol avlod haqidagi orzu-umidlari o’z
aksini topgan. Qisqasi, o’zbekning hamma orzu-havaslari, hayotining mazmunida farzandlarining
kelajagi, baxt-u saodati bilan bog’liq maqsadlarni ko’ramiz. Vatan hissi, Vatan tuyg’usi barcha
narsadan qadrliroqdir.
Kalit so’zlar: komil inson, tarbiya, davlat siyosati, inson, xalq, barkamol avlod, istiqlol.
THE FOUNDER OF THE INDEPENDENCE OF UZBEKISTAN, A PROMINENT
STATEMAN WHO DETERMINED THE WAY OF INDEPENDENT DEVELOPMENT
OF THE COUNTRY
Abstract. We have declared the education of a perfect person as a priority area of state
policy. When we say a perfect person, we understand, first of all, educated, enlightened people
who have a high consciousness, who can think independently, and whose behavior is an example
to others. This life goes by very quickly. In this short time, a person should manage to do
meritorious deeds for the people, for the Motherland, for his children and future generations. Your
Excellency, according to the good imagination and understanding of our people, every person
should perform three good deeds when he comes into the world. The first is to raise a healthy and
intelligent child, the second is to build a building for one's family and children, and the third is to
think about the future and plant trees with good intentions. The hopes and dreams of our nation
for a perfect generation are reflected in these human aspirations. In short, we see goals related to
the future and happiness of children in the meaning of life and dreams of Uzbeks. The feeling of
the Motherland, the feeling of the Motherland is more valuable than everything.
Key words: perfect person, education, state policy, human, nation, perfect generation,
independence.
ОСНОВАТЕЛЬ НЕЗАВИСИМОСТИ УЗБЕКИСТАНА, ВЫДАЮЩИЙСЯ
ГОСУДАРСТВЕННЫЙ ДЕЯТЕЛЬ, ОПРЕДЕЛИВШИЙ ПУТЬ НЕЗАВИСИМОГО
РАЗВИТИЯ СТРАНЫ
Аннотация. Мы объявили воспитание совершенного человека приоритетным
направлением государственной политики. Когда мы говорим «совершенный человек», мы
понимаем, прежде всего, образованных, просвещенных людей, обладающих высоким
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
238
сознанием, способных мыслить самостоятельно и поведение которых является примером
для других. Эта жизнь проходит очень быстро. За это короткое время человек должен
успеть сделать достойные дела для народа, для Родины, для своих детей и будущих
поколений. Ваше Превосходительство, по хорошему воображению и пониманию нашего
народа, каждый человек, придя в мир, должен совершить три добрых дела. Первое –
вырастить здорового и умного ребенка, второе – построить дом для своей семьи и детей,
третье – думать о будущем и с добрыми намерениями сажать деревья. Надежды и мечты
нашей нации об идеальном поколении отражены в этих человеческих стремлениях. Словом,
в смысле жизни и мечтах узбекистанцев мы видим цели, связанные с будущим и счастьем
детей. Чувство Родины, чувство Родины дороже всего.
Ключевые слова: совершенный человек, образование, государственная политика,
человек, нация, совершенное поколение, независимость.
KIRISH: Bugun barchamizning ildizimizni chambarchas bog’laydigan bir tushuncha
borki, bu- mustaqil O‘zbekistondir! Kerak bo’lsa, O‘zbekistonning istiqloli va istiqboli uchun
hammmamiz jonimizni fido qilamiz, O‘zbekistonimiz, asriy zulmatdan xalos bo’lgan jabrdiyda
Vatanimiz biz uchun hamma narsadan ulug’roq va ustunroqdir. Har qanday mamlakatning
taraqqiyoti va dunyodagi obro’- e’tibori, avvalo, shu el-yurtda qaror topayotgan tinchlik-
osoyishtalikka, shu yerda yashaydigan barcha millat va ellatlarning totuvligiga bog’liq. Shu
ma’noda, eng katta boyligimiz- bu mamlakatimizdagi tinchlik, millatlar va fuqarolar totuvligidir,
deb doimo faxr -u g’urur bilan takrorlaymiz. Shu ma’noda bizga mustaqillikni hadya qilgan davlat
arbobi haqida qanchalar gapirsak shunchalar oz! Birinchi prezidentimiz mustaqil davlatimiz
asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o’zbek xalqining fidoyi, sadoatli farzandi sifatida
xotiramizda mangu yashaydi. 25 yil davomida o’zbekiston prezidenti bo’lgan Islom
Abdug’aniyevich Karimovning vafoti haidagi xabarni ko’p millatli xalqimiz chuqur qayg’u bilan
qabul qildi. Birinchi prezident mamlakatimizning har bir fuqarosi uchun qadrdon va aziz kishiga
aylangan edi. Islom Karimov o’zining ko’p qirrali siyosiy faoliyati hamda oliyjanob insoniy
fazilatlari bilan Vatanimizning ko’p asrlik tarixida o’chmas iz qoldirdi. Birinchi prezident
O‘zbekiston xalqi uchun yangi davlatni barpo etishdek tarixiy qaror qabul qildi hamda milliy
tiklanishning o’tish davridagi mas’uliyatni va mashaqqatni zimmasiga oldi. Sobiq tuzumdan
ajralib chiqqan boshqa davlat rahbarlaridan farqli o’laroq, Islom Karimov o’z xalqini qurbonlarsiz
va “rangli’’ inqiloblarsiz milliy taraqqiyot yo’liga boshladi. Islom Abdug’aniyevich Karimov
1938- yil 30- yanvarda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug’ilgan. Millati -o’zbek. Oliy
ma’lumotli. Mehnat faoliyatini 1960-yilda Toshkent qishloq xo’jalik mashinasozligi zavodida
boshlagan. 1966- yilda O‘zbekiston SSR Davlat plan komitetiga ishga o’tib bosh mutaxassislikdan
respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi o’rinbosarigacha bo’lgan yo’lni bosib o’tdi.
1989- uilning iyunidan boshlab O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi
lavozimlarida ishlagan. 1996-yil 26- martda bo’lib o’tgan umumxalq referendumi yakunlariga
ko’ra, I. Karimovning prezidentlik vakolati 2000- yilga qadar uzaytirildi. 2000-yil 9- yanvarda
muqobillik asosida o’tgan saylov natijalariga ko’ra, Kostitutsiyaga kiritilgan o’zgarishlarga
muvofiq, I. Karimov 7 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. Shu
boisdan, birinchi prezidentimiz Islom Karimov bugungi jadallik bilan rivojlanayotgan dunyoda
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
239
ro’y berishi mumkin bo’lgan barcha jarayonlarning kelajakka bo’lgan ta’sirini oldindan aniq
tahlillar asosida belgilab beruvchi, nafaqat o’z millati va butun Markaziy Osiyo xalqlarining
ertangi farovon kunlarga bo’lgan ishonchini belgilovchi, dunyo yetakchilari orasida birinchilardan
bo’lib insoniyatni bugungi kunda asr vabosi deya atalayotgan terrorizm, ekstiremizm,
giyohvandlik kabi illatlar ta’siridan ogohlantirgan buyuk siymo edi.Shu bilan birga, Islom
Karimovning mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat barpo etish yo’lidagi sa’y- harakatalari
va bevosita tashabbuslari bilan milliy parlamentarizmga va ko’p partiyaviylik tizimiga asos
solindi. 25yil davomida ushbu sohaning huquqiy asoslari yaratilib, parlament va siyosiy
partiyalarning jamiyatda, fuqarolarning hayotida tutgan roli oshdi. ASOSIY
QISM:
Birinchi
prezidentimiz Islom Karimov Vatanimizni mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, halokat
yoqasiga kelib qolgan yurtimizni qayta tikladi. Istiqlolimiz asoschisi g’oyat qaltis va tahlikali bir
vaziyatda og’ir qiyinchiliklar va sinovlarga qaramay, tarixan qisqa davrda O‘zbekistonni jadal va
barqaror sur’atlar bilan rivojlanayotgan zamonaviy demokratik davlatga aylantirdi.Davlatimiz
rahbari Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom
Abdug’aniyevich Karimov xotirasini abadiylashtirish to’g’risida”gi hamda “O‘zbekiston
Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug’aniyevich
Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash to’g’risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash,
xalqimizning mustaqillik yillarida erishgan barcha olamshumul yutuq va natijalari Birinchi
Prezidentimiz faoliyati bilan uzviy bog’liq ekanligini, Islom Karimov nafaqat O‘zbekiston, balki
jahon miqyosida ham katta hurmat va obro‘-e’tibor qozongan ulkan shaxs hamda arbob bo’lganini
keng jamoatchilik, ayniqsa, yoshlarga yetkazishga qaratilgan. Shuningdek, mustaqillika erishilgan
paytdan boshlab O’ zbekiston Islom Karimov rahbarligida Markaziy Osiyodagi asosiy davlat
sifatida mustahkam qaror topdi, ham ichki siyosatda, ham xalqaro maydonda katta
muvaffaqiyatlarga erishdi, o’zini mintaqadagi va umuman, jahondagi xavfsizlikning faol tarafdori
sifatida namoyon qildi. Islom karimovning mamlakatimiz hayotida tutgan o’rni judda ulkan.
O’tmish davrining qiyinchiliklari, o’zligini topayotgan davlat mafkurasini yaratish, tinchligini
saqlash va millatlararo totuvlikni ta’minlash kabi muhim vazifalar bu insonning yelkasiga yuk
bo’lib tushgani, umrining oxiriga qadar bu ishalarni sharaf bilan uddalab o’tganini tan olishimiz
kerak. 1989-yilda Islom Karimov O’zbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy qo’mitasining
birinchi kotibiga aylangan. Karimov savet respublikalari rahbarlari orasida birinchi bo’lib (1990-
yil 24- mart), “prezident” titulini olgan. Taqqoslash uchun SSSR rahbari Mixali Gorbachyov 1990-
yil 15- martda prezident deb atala boshlangan. Qozog’iston birinchi kotibi Nursulton Nazarboyev
esa bir oy o’tib, 1990- yil 24- apreldan prezident bo’lgan. Islom Karimov 4 marotaba (1990, 2000,
2007 va 2015- yillarda) prezidentlik saylovlarida g’alaba qozongan. 1999-yil fevral oyida
Toshkentda Islom Karimov hayotiga suiqasd uyushtiriladi. Vazirlar Mahkamasi yig’ilishi bo’lib
o’tadigan hukumat binosi yaqinida avtomobil portlatiladi. Portlash oqibatida 16 kishi halok
bo’ladi, yuzdan ortiq inson jarohatlanadi. Karimovning o’zi portlashdan jabrlanmagan. Prezident
televideniyedagi chiqishida ushbu portlash radikal islom vakillari tomonidan uyushtirish uchun
tashkillashtirilganini aytgan. Karimov Afg’oniston masalasida AQSH va Yevropa mamlakatlari
bilan hamkorlik qilgan va yaqin aloqalar o’rnatgan. 2005-yilgi Andijon voqealaridan so’ng
Karimov va G’arb o’rtasidagi munosabatlar sovuqlashgan. Natijada Islom Karimov Rossiya va
Xitoy bilan aloqalarga katta e’tibor qarata boshlagan. Islom Karimov davlat rahbari sifatida rasmiy
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
240
tashrif bilan 125 marotaba xorijiy davlatlarga borgan. Islom Karimov saylovlar borasida
rekordlarga ega. 2007- yilgi prezidentlik saylovlarida Karimov 91% saylovchi ishtirok etgan
birinchi turda 90,76% ovoz olgan va bu bilan dunyo rekordlaridan birini o’rnatgan. Karimovning
25 yillik prezidentlik davrida uning xastalanganligi haqida hech qachon rasmiy xabar berilmagan.
Islom Abdug’aniyevich Markaziy Osiyoda yadro qurolidan holi hududni yaratish
tashabbuskori bo’lgan. Islom Karimov shaxmat o’ynashni yoqtirgan va ba’zida soatlab shaxmat
stoli oldida o’tirgan. Karimovni Ispaniya qiroli “Fuqarolik xizmatlari uchun’’ordeni bilan
taqdirlangan. Islom Karimov O‘zbekiston davlatini 27 yil- 1989- yil 23- iyunda birinchi kotib
bo’lganda 2016-yil 2-sentabr, vafotiga qadar, mustaqil O‘zbekiston Respublikasini 25 yil (1991-
yil 31-avgustdan) boshqargan. O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti 2016- yil 2-
sentabr kuni 78 yoshida vafot etdi va 3-sentabr kuni Samarqand shahrida dafn etildi. Hayotda
o’zidan biron-bir iz, yaxshi nom qoldirish tuyg’usi odamni kuch qudratga to’lgan, navqiron
paytida ham, keksaygan chog’ida ham tark etmaydi. Hayotga muhabbat, hayotga tashnalik hissi
odamzot qalbidan bir umr o’chmaydi.
XULOSA: Mustaqil davlat asoschisi, bosh me’mori. Butun umrini iymon va e’tiqod,
poklik va halollik, ilm va ma’rifat, adolat va diyonat yo’lida fido etgan zotlarning mo’tabar xoklari
makon topgan zamingina muqaddasdir. Agar shunday insonlar bo’lmasa, ular dahosining nafasi
sezilib turmasa, har qanday zamin oddiy tuproq bo’lib qolaveradi. Islom Karimov ham shunday
dahollardan biri edi. O’zbekiston xalqi birinchi prezidentimizni doim yaxshi so’zlar hamda ona
Vatanimizning rivojiga ulkan hissalarini, komil insonliklarini ko’z yoshlari bilan eslashadi. Xalq
bunday Vatanparvar insonni unutishi albata qiyin!Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab har bir
sohaga ulkan e’tibor qaratildi shu bilan bir qatorda ta’lim sohasida ham tub burilish yuz berdi.
Yildan yilga yoshlarga ko’rsatiladigan e’tibor ortib bordi. Jumladan, jahonning sanoqli
mamlakatlaridagina mavjud majburiy 12 yillik bepul ta’lim tizimi yaratildi. Bir qancha oliy ta’lim
muassasalarini biz kabi yoshlarni chuqur ta’lim olishi uchun eng ilg’or ta’lim texnologiyalari bilan
jihozlandi. Buning samarasi o’laroq, o’zbek yoshlari xalqaro fan olimpiadalarida g’oliblik
shohsupasiga ko’tarilib kelmoqda. Yurtboshimiz har bir nutqida: “Farzandlarimiz bizdan ko’ra
kuchli, dono, bilimli, va albatta baxtli bo’lishlari shart”-deb takror va takror ta’kidlar edi. Buni biz
kabi yoshlarga bildirilgan yuksak darajali ishonch deb bilaman. Buguni o’tmishidan, ertasi
bugunidan nurafshon bo’lgan yurtda yashayotganimdan fahrlanaman. O‘zbekiston
Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning millat kelajagi yo’lida
ko’rsatgan shijoati taqsinga sazovor. Bu kun tarix zarvaraqlariga oltin harflarda yozildi. Chunki,
1991-yil 1-sentabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb e’lon qilindi. Binobarin,
o’zbek xalqi mustabid zanjirlaridan ozod etilgan edi. Bundan soddadil xalqimizning ko’ksi tog’dek
ko’tarildi. Milliy bayramlarning tiklanishi, din erkinligi, buyuk ajdodlarimiz xotiralari va ularning
qutlug’ qadamjolariga birinchi galda e’tibor qaratilib, xalqimizning qon- qoniga singib ketgan eng
azaliy orzu-umidlari tiklandi. Endi xalqimiz qanday yashashni, zulmatni yorug’likdan ajratishni
bildi. Xalqimizning ma’naviy merosini tiklash va uni yanada kamol topishi uchun keng
imkoniyatlar ochib berish- ajdodlarimizning azaliy orzusi emasmidi? Shu jumladan mustaqillik
yillarida ma’naviy poklanish haqida gap ketganda O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishining
ahamiyati kattadir. 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili
haqida’’gi qonun milliy ongning rivojlanishida, mamlakat mustaqilligining mustahkamlanishida,
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
241
madaniy merosning tiklanishi va jamiyatning ma’naviy yangilanishida, madaniy merosning
tiklanishi va jamiyatning ma’naviy yangilanishida muhim rol o’ynaydi. Sobiq sho’rolar davridagi
ta’lim tizimiga to’xtaladigan bo’lsak, u davrlarda hatto O‘zbekistonning o’zining milliy ta’lim
tizimi joriy etilmagani ayanchli holatdir. Asosan ta’lim tizimi sobiq markazning hukmron mafkura
manfaatlariga bo’ysundirilgan edi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng, barcha
sohalarda tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. Ayniqsa, ta’lim sohasiga katta e’tibor qaratildi.
Ta’lim-tarbiya tizimi takomillashgani sayin odamlarning ma’naviyati, ongi, tafakkur
doirasi shakllanib, yuksalib bordi. Ta’lim tizimini har tamonlama, shaklan va mazmunan isloh
qilish, yangilash lozim edi. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov yurtimizni boshqarishda beshta
tamoyilga asoslangan. Jumladan birinchi tamoil- iqtisodning mafkuradan to’la xoli bo’lishi.
Ikkinchisi -davlat -bosh islohotchi, ya’ni biz o’tish davrida iqtisodning boshqarilishi
tarafdorimiz. Uchinchi tamoyil-qonunning ustuvorligi. To’rtinchi-kuchli ijtimoiy siyosat. Chunki
bizda aholining 48-50 foizini 18 yoshgacha bo’lgan bolalar tashkil qiladi. Beshinchi tamoil- barcha
siyosiy va ijtimoiy jarayonlarga bosqichma -bosqich o’tishdir. Hammamiz shu tuproqning suvini
ichganmiz, non-tuzini yeganmiz. Hammamiz o’zimizni o’zbek sanaymiz. O’zbekligimizdan
faxrlanamiz, g’ururlanamiz. Xalqqa va Vatanga sadoqat ota-onaga sadoqatdan boshlanadi. Ota-
onasi rozi insondan Xudo ham rozi. O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom
Abdug’aniyevich Karimov o’zbek xalqining qalbida aziz, abadiy va barhayotdir.
REFERENCES
1.
Yoshlarimiz-xalqimizning ishonchi va tayanchi/ I. Karimov. - T.: “Ma’naviyat”,
2006.-96
b.
2.
”O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li”/ I. karimov.-T. : 1992.
3.
Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch/. I. A. Karimov, -T. : “Ma’naviyat”, 2008-yil nashri
