Authors

  • Rayhon Saidova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.42078

Keywords:

contemporary literature Uzbek poetry poetry theory poetry and poet poetry technique poet embodiment process of creation subject and form.

Abstract

This scientific article is a poem in modern Uzbek literature-it will be devoted to the study of artistic-aesthetic views on poetic issues and artistic interpretations of the topic. It features prominent representatives of Uzbek poetry Rauf Parfi, Asqar Mahkam, Shavkat Rahmon, Mirzo Kenjabek, creating in a style that has given rise to young creators with their own voice. In particular, the poetry of poets such as Benazir Muhammad, Gozabegim, Jontemir, Shahriyor Shavkat, Najmiddin Ermatov, Suhrob Ziyo-his views on poetry, his interpretations of the world of poetry and the life of the poet are revealed. At the same time, thoughts related to the topic are subjected to comparative analysis with the points of view of other performers and scientists.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

247

YANGI DAVR OʻZBEK ADABIYOTIDA SHE'R KONSEPTI, SHOIR SIYMOSI

TASVIR VA TALQINLARI

Saidova Rayhon Bekmurodovna

Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Zarmed universiteti o’qituvchisi.

E-mail:

malikau494@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.13832713

Annotatsiya. Ushbu ilmiy maqola zamonaviy o‘zbek adabiyotida she’r-u shoirlik

masalalari haqidagi badiiy-estetik qarashlar va mavzuning badiiy talqinlari tadqiqiga
bag’ishlanadi. Unda o‘zbek she’riyatining taniqli vakillari Rauf Parfi, Asqar Mahkam, Shavkat
Rahmon, Mirzo Kenjabek boshlab bergan uslubda ijod qilib, o’z ovoziga ega yosh ijodkorlar
xususida so’z boradi. Jumladan, Benazir Muhammad, Go’zalbegim, Jontemir, Shahriyor Shavkat,
Najmiddin Ermatov, Suhrob Ziyo singari shoirlarning she’r-u shoirlikka doir qarashlari, she’r
olami va shoir siymosi xususidagi talqinlari ochib beriladi. Shu bilan birga mavzuga tegishli
fikrlar boshqa ijorkorlar va olimlar nuqtai nazarlari bilan qiyosiy tahlil etiladi.

Kalit so’zlar: zamanaviy adabiyot, o‘zbek she’riyati, she’riyat nazariyasi, she’r va shoirlik,

she’r texnikasi, shoir timsoli, ijod jarayoni, mavzu va shakl.

POEM CONCEPT, IMAGE AND INTERPRETATIONS OF THE POET'S

IMAGE IN UZBEK LITERATURE OF THE NEW ERA

Abstract. This scientific article is a poem in modern Uzbek literature-it will be devoted to

the study of artistic-aesthetic views on poetic issues and artistic interpretations of the topic. It
features prominent representatives of Uzbek poetry Rauf Parfi, Asqar Mahkam, Shavkat Rahmon,
Mirzo Kenjabek, creating in a style that has given rise to young creators with their own voice. In
particular, the poetry of poets such as Benazir Muhammad, Gozabegim, Jontemir, Shahriyor
Shavkat, Najmiddin Ermatov, Suhrob Ziyo-his views on poetry, his interpretations of the world of
poetry and the life of the poet are revealed. At the same time, thoughts related to the topic are
subjected to comparative analysis with the points of view of other performers and scientists.

Keywords: contemporary literature, Uzbek poetry, poetry theory, poetry and poet, poetry

technique, poet embodiment, process of creation, subject and form.

СТИХОТВОРНАЯ КОНЦЕПЦИЯ, ОБРАЗ И ТРАКТОВКИ ОБРАЗА ПОЭТА

В УЗБЕКСКОЙ ЛИТЕРАТУРЕ НОВОЙ ЭПОХИ

Аннотация. Данная научная статья посвящена исследованию художественно-

эстетических взглядов на вопросы поэзии в современной узбекской литературе и
художественных интерпретаций темы. В нем рассказывается о молодых творческих
людях, обладающих собственным голосом, работающих в стиле, начатом известными
представителями узбекской поэзии Рауфом Парфи, Аскаром Махкамом, Шавкатом
Рахманом, Мирзо Кенджабеком. В частности, раскрываются взгляды на поэзию таких
поэтов, как Беназир Мухаммад, Гозалбегим, Жонтемир, Шахрияр Шавкат, Нажмиддин
Эрматов, Сухроб Зия и их интерпретации мира поэзии и личности поэта. При этом
мнения, относящиеся к теме, анализируются сравнительно с точками зрения других
ижорцев и ученых.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

248

Ключевые слова: современная литература, узбекская поэзия, теория поэзии, Поэзия

и поэтика, техника поэзии, образ поэта, творческий процесс, тема и форма.


Umuman badiiy adabiyotning har bir davrda “yangi libos” tanlashi ijtimoiy-iqtisodiy yoki

madaniy hayot sharoitining oʻzgarishi yoxud adabiyot evrilishlari natijasida yuzaga keladi. Biron
ijodkor yangi uslubni shakllantirishi uchun unga aynan tashqi hayot omili ta'sir qilishi shart emas,
albatta, adabiy aloqalar ta'sirida ham, oʻz ijodiy tafakkuri yangilanishlari orqasidan ham oʻz
olamida yangi olam paydo qilishi mumkin.

Shoirlik avvalo – iste'dod, iste'dod esa ilohiylikka doxildir. Shu bois “badiiy ijodning

asosini (90 %) mehnat, bir qisminigina iste'dod tashkil qiladi”, - degan qarashlarga qoʻshilib
boʻlmaydi. Chunki katta iste'dodga ega boʻlmasdan katta ijodkor boʻlishi mumkin emas. Bizning
nazarimizda, badiiy ijod va adabiyotning barcha qirralari ichida she'r va shoirlik masalasida an'ana,
davomiylik hech bir davrda toʻxtagan emas. Chunki she'riyatda mazmun va shakl, qahramon, vazn
va boshqa koʻplab masalalar oʻzgarishi mumkin, biroq uning ijodkori shoir oʻzgarmasdir. Oʻtgan
zamonlarda olam va odam haqida Alisher Navoiy yoki Bobur tuygan hislar bugungi kun kun
shoirlari uchun ham begona emasdir. Shoirlikning mohiyatini, ijodiy yoʻnalishini aks ettirgan shu
she'rda ifodalangani kabi chin shoir zamon bilan, zamona bilan bir davrda yashagandek umr
kechiradi. Shu ma'noda XX asr oʻzbek she'riyatining oʻzgarish yoʻnalishlari, tashqi shakllari va
hissiy ifoda usullari jadidlar davri bilan bogʻliq boʻlib hisoblanadi.

Bu davr adabiy nazariyasini ham Fitrat kabi adabiyotshunoslar ishlab chiqqan edi.
Abdurauf Fitratning “Adabiyot qoidalari” kitobida har uchala adabiy tur va janrlar haqida

hamda yangi kirib kelayotgan janrlarga toʻxtalib oʻtish barobarida badiiy ijodda shakl va mazmun
qanday boʻlishi kerak? degan bahsli munozara savollarga javob berilgan edi. Birgina she'r haqida
quyidagi fikrlarga e'tibor bering: “

Biz ham she'rni “vazn” va “qofiya”dan iborat (deb) bilib

turgʻancha chin she'rgʻa yaqinlasha olmaymiz. Talabimiz qilgʻan kabi “sharob, jom, xumor, hol,
xat, qosh, koʻz, gul, bulbul” singari oʻn-oʻn besh soʻzni bilgili vazn tizib, “ol, hol, xol” kabi
soʻzlarni “qofiya” qilarmiz-da, oʻzlarimizni she'r yozgʻan atab oʻtub ketarmiz. Holbukim, she'r
boshqa, “qofiya” bilan “vazn” boshqadir

”. Bundan koʻrinib turibdiki, Fitrat she'r masalasida

“qoidasevar”likni emas, balki badiiy pafosni ustun qoʻyadi. Bu davr va hayot oʻzgarishlari bilan
bogʻliq, chunki Fitrat yashagan zamonlarda ijtimoiy va adabiy muhitda, insonlar botinida oʻzgacha
bir koʻtarilish, yuksalish yuz bergan edi. Ayni jarayon she'r badiiyatida ham pafosni, koʻtarinki
ruhni talab qilardi. Bundan ma'lum boʻladiki, she'r va shoirlik mumtoz davr adabiyotida ma'rifat,
koʻngil va ruh ozodligi kabi mavzular atrofida aylangan boʻlsa, jadid davrida millat va inson
hurligi gʻoyalari ichra birlashdi.

Shuni aytish kerakki, she'rdan inson qalbiga shakl emas, hissiyot koʻchib oʻtadi.
Adabiyotshunos Qozoqboy Yoʻloshev Rauf Parfining “Shoir” she'ri misolida: “Chin she'r

hayajon demakdir. Oʻzgani hayajonga solgan ruhiy muvozanatdan chiqargan shoirgina haqiqiy
ijodkordir. Chunki u hayajondan yaraladi va hayajon yaratadi. “Shoir” she'ridagi “Oxiri oʻldirar
meni hayajon” satri ana shu holatning ifodasi”, - degan fikrlari ham masalaga oydinlik kiritadi.

Chunonchi ulugʻ ijodkor Erkin Vohidovning: “

She'r shoir qalbida tugʻilgan hayotiy

tuygʻularni ifoda qiladi va shu bilan oʻquvchi yuragini rom qiladi. Shoir oʻzi yonmasa,
boshqalarni yondirolmaydi, qalb hislarida otash boʻlmasa, boshqa qalblarga harorat berolmaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

249

Bu sehrli otashsiz har qanday she'riy jimjimalardan, badiiy vositalardan, mahoratdan naf

yoʻq

”, - degan fikrlari buni ham tasdiqlaydi. She'rni har bir shoir oʻzicha tushunadi, talqin qiladi,

ichki dunyosilarini she'rga koʻchiradi. Shoir she'riyatga hayotining ajralmas qismi, mazmuni deb
munosabatda boʻladi, lirik qahramonlariga oʻz badiiy-hissiy tafakkurini singdiradi.

She'rdan ayru tonglarim
Yaldo tuniday zim-ziyo,
She'r bilan tunlar charogʻon
Xurshidi tobon qadar.

Erkin Vohidov she'r inson umrining tongini yoritguvchi quyosh va tunning charogʻon

mohitoboni boʻlmogʻi kerakligini aytadi. U she'r va shoir masalasiga juda jiddiy faoliyat sifatida
qaragan, qator maqolalarida ijod va adabiyotga qanday munosabatda boʻlmoq kerakligini uqtiradi.

Tarix jarayonlaridan kelib chiqib aytish kerakki, ijodkor qismati balki dunyodagi eng ogʻir

va sharafli kadardir. Gap shundaki, shoirning she'rlari uning olam va odam haqidagi badiiy-estetik
konsepsiyasi hosilasidir. Ana shu konsepsiyada ijodkor mahorati va xarakter xususiyatlari bir
qadar oydinlashadi. Gap shundaki, Alloh tomonidan yuqtirilgan iste'dodga barcha ijodkorlar
birlamchi omil sifatida qarashadi, iste'dodgina quyma tabiiy satrlar berishini qayd etishadi.

Shoirlik da'vo qilgan hol faqatgina iste'dod boʻlmogʻi darkor. Bu xususda shoir Erkin

Vohidov: “Barcha iste'dodlar kabi shoirlik iste'dodi ham tugʻma boʻladi va bolalikdan oʻzini
namoyon etadi. Bu kunduzdek ravshan, haqiqatning oʻzidek ayon. Tugʻma iste'dod egasi
boʻlmagan, she'riyatga havas tufayli adabiyotga kirib qolganlar umr boʻyi havaskor boʻlib
qoladilar” - deydi. Shoirda asl iste'dod boʻlmasa, ming chiransin aql va tafakkur kuchi bilan
yuraklarni zabt eta oladigan biron zalvorli asar yarata olmaydi, yozganlari taqliddan chiqmaydi.

Iste'dod yuragidan oʻtkazib yozadi, oʻzini va oʻzligini she'rda koʻradi, goʻyok shoir obrazi

murakkab hayotli she'rdir. She'r azaldan haqiqat bilan yonma-yon keladi. Kechmishning yolgʻoni
boʻlmaydi, nima boʻlgan boʻlsa ham oʻtmish - bu oʻtib boʻlingan haqiqatdir. Ayni shu xususiyatini
Erkin Vohidov she'rga soladi:

Oʻyin ermak emas she'r ham, shaxmat ham –

Aqllar kurashi, tuygʻular jangi.
Bu jangda qoʻyilgan har bitta qadam
Odil-u haq boʻlsin, goʻzal va yangi.

Bunda biz oʻsha Alisher Navoiyning she'r va shoirlik bilan bogʻliq qarashlaridagi shaxmat

tamsilini xotirdan oʻtkazishimiz kerak. Demak, she'r va shoirlik haqidagi mumtoz talqinlar
zamonaviy badiiy-estetik qarashlarda ham chuqur iz qoldirgan. Buni she'riyatdagi shakl va
mazmun, badiiy pafos, janr va vazn kabilar singari shoirlikdagi ilhom, mahorat, mehnat va boshqa
holatlar talqinida ham koʻramiz. Bundan koʻrinadiki, davrlar she'r va shoirlikka bergan iymon,
halollik, ezgulik, mahorat, did kabi qat'iy baholarda oʻzgarmasdir. Masalan, Munisning: “

She'r ul

tigʻi dudamdurkim, jahonni fath etar, Chekmayin lashkar gar olsa ilkiga har podshoh

”, – degan

talqinlari barcha davrlar uchun birdek ahamiyatlidir. Erkin Vohidov toʻrt jildlik saylanmasidan
biriga aynan “She'r dunyosi” nomini bergan. Barcha davrlarda haqiqiy shoir she'rlarida yashagani
kabi haqiqiy ijodkorning she'rlari ham shu shoirlar bilan birgalikda xalqning yuragida yashaydi.

Aytish lozimki, zamonaviy adabiyotda she'r va shoirlik tushunchalari zamon adabiyoti

talablari va ijtimoiy muhit ta'siri bilan shoirlar ijodida ramziy ma'no kasb eta boshladi. Asr boshida


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

250

butun xalq adabiyotga qiziqib, uning ta'sir kuchi bilan onglarda evrilishlarga yuz bergan boʻlsa,
bugunga kunga kelib she'r va shoirlik darajasi oʻzgardi. Xuddi adabiyot klassisizmdan
modernizmga oʻtgani kabi badiiy uslublar oʻzgarishi bilan boshqa qirralarni ochib berdi. Qaysidir
shoir oʻz kasbidan asr oʻrtalarida gʻurur tuygan boʻlsa, asr oxiri va mustaqillikdan keyingi adabiy
jarayonda insonlarning adabiyotga boʻlgan munosabati va adabiyotning zamon insonlari
xarakterini ochish vazifasida bir qancha yangilanishlar boʻldi. Misol uchun Erkin Vohidovning
“Gʻazal sevgan qiz” kabi she'rlarida ham she'r va shoirlarga muhabbatning aksini koʻrish mumkin.

Unda shoir “Oʻlmas shoirlarning oʻlmas qalami” misrasi bilan shoirlik maqomi naqadar

buyuk hodisaligini tasvirlaydi. Shoir obrazida dunyo tashvishlarini elkasiga olgan bir qahramon
gavdalanishi, insoniyat uchun doimo yaxshilikni sogʻinguvchi, ularni toʻgʻri yoʻlga boshlovchi,
adolatpesha, qoʻrquv bilmas fazlatlariga ega lirik qahramonlar dunyoga keldi. Masalan, Erkin
Vohidov “Salbiy hayajon” she'rida chin shoirdan hamma narsani soʻrash mumkin, lekin yozishni,
soʻzlashni, haqsizlik qarshisida “koʻrk kar” boʻlish matlabini soʻramaslikni aytadi:

Har inson zotida oʻzggacha matlab,
Har inson zotida oʻzgacha qismat.
Mendan har narsani qiling-u talab
Koʻr-u kar boʻlmoqni soʻramang faqat.

Chunki, shoirning qoʻlidan beparvolik kelmaydi, shoir jonkuyar va haqparast insondir.
Ulugʻ mutafakkir shayx Xoʻja Ahrori Vali “islom - xalq manfaati bilan yashash” deb ta'lim

bergani kabi “shoirlik ham ham xalq dardi bilan umr kechirish”dir. Qadimdan bugungi kunlarga
qadar she'r va shoirlik maqomi haqida turli fikrlar bildirilib kelingan boʻlsa-da, chin she'r va shoir
darajasi xususida qarashlar mushtarakdir. Bu qarashlarda Haq yoʻlidagi she'r va shoir maqomi
yuksak oʻrinni zabt etadi. Erkin Vohidovning oʻzi ham she'rlarida aks etgani kabi shoirlikni yuksak
maqom deb bilar edi.

Axir bizga azal orzu – yaratmak,
Oʻzga bir jahon-u, oʻzga bir inson.

Yaxshilik shoirning azaliy orzusi. Choʻlpon istaganiday har bir shoir oʻz xalqini “dengiz”

kabi “olov” kabi koʻrishni istaydi. Shoir she'rlarida oʻz obrazini yaratibgina qolmay, xalq timsolini
ham ifoda etadi. Shoir dardi xalqniki va aksincha xalq dardi shoirniki boʻladi. Bu borada shoir
Mirzo Kenjaboev Erkin Vohidovga shunday savol bergan: “She'r va shoirlik xususida bugungi
yozuvchining burchi va vazifalari toʻgʻrisida siz nimalar deb oʻylaysiz? Erkin Vohidov: “Shoir,
avvalo, oʻzining hayoti yoʻq ekanligiga tan berishi kerak. Shoirning dardi – xalqning dardi.

Tomchida quyosh aks etganiday, shoir – iste'dod gavharida koʻringan xalqning yuragi. U

oʻzining pinhoniy yuragida shu gavharni ehtiyot qilishi kerak. Agar har bir soʻzi xalqning,
davrning nidosi boʻlsa, u shoir baxtli, uning nomini birov bilmasa-da, bir baytini el bilsa, bu yaxshi
gap”, - deb javob beradi.

Atoqli olim Ozod Sharafiddinov “Talant – xalq mulki” deganda, albatta, haq edi. Shoirni

bunyodga keltirgan omil xalq dardidir. Shoir darddan yaralgan, desak adashmaymiz. Chunki,
barcha davr va xalqlarda she'r va shoirlik haqida gap ketganda “dard” tushunchasini xotirga
keltiradi. Erkin Vohidov bugungi kun shoiri qanday boʻlishi kerakligi haqida: “U bizga nihoyatda
ulkan boʻlib koʻrinadigan, ammo sayyoralar ichida nuqtadek kichik koʻrinadigan er dardi bilan
yashamogʻi shart. Bu kichik nuqtaning hasratlari koʻp”, - deydi. She'r shoirga in'om etilgan


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

251

iste'dod mevasi. Ana shu meva hosil beraversa, xalq undan bahramand boʻlaveradi. Bu mevalar
turfa boʻlishi kerakki, turfa inson unda oʻz dardini topishi lozim. Bu hissiy jarayondan hissiyotga
ulanib ketuvchi vaziyatdir. Yozuvchi mavzu tanlab yozishi mumkin, shoir unday qilolmaydi. Erkin
Vohidov she'r mavzusi rang-barang boʻlishi borasida gapirganda haq edi. Shoir hatto yozganini
tushuntirib berolmasligi ham mumkin, ammo minglab insonlar dard oʻziniki boʻlsa, uni yangilab
olaveradi.

Boshqacha aytilganda, “She'r gulxonada yoki yoʻl chetida oʻstirilgan gul emaski, qidirib

oʻtirmay yoqqanini uzib olinsa. She'r qadam etmagan daralarda ungan chaman, qancha kezsang,
shuncha nodir chechaklarga duch kelasan”. She'rda ramziy ifodalarni tahlil qilish mumkin, ammo
undagi hissiyotni talqin qilishga ehtiyoj boʻlmaydi. She'r bu zavq-shavqdir. Shoir “dunyo ekan”
deb boshlanuvchi she'rida ana shu zavqni sevgi bera olishini aytadi:

Sevgi butun borimni olib,
She'r zavqini qoldirdi faqat.
Yoki shu zavq tufayli:
“Gullar menga oshiq bulbulning,
She'r daftari boʻlib koʻrindi”, – deydi.

1.

Bizning fikrimizcha, jadid adabiyoti vakillari Fitrat, Choʻlponlar she'riyat orqali

xalqning ongini yuksaltirishga, yuragida botirlik uygʻotishga harakat qilgan boʻlsa, Erkin Vohidov
va unga zamondosh shoirlar ijtimoiy muhit moʻ'tadilligi sababli ham mavzu qirralarini
oʻzgartirishgan edi. Bunda oʻzgartirishgan deyish ham nooʻrinroq, chunki she'r mavzularini muhit
dunyoga keltiradi. Bu shoirlarning ham ixtiyorida emas, hamma oʻzining yashash muhitidan,
ijtimoiy muammolar yoxud hodisalardan ta'sirlanib she'r yozadi. Erkin Vohidov she'r elkasiga chin
goʻzallikni, quvonchni, inja tuygʻularni yukladi. Bu davr xalqi shoirni koʻproq quvonch
bagʻishlovchi, nekbin shoir sifatida koʻrdi. Erkin Vohidov 60-yillar avlodining chin shoiri edi.

Uning she'r va shoirlik haqidagi fikrlari ham chin shoir qanday boʻlishi lozimligini eslatib

turadi. Bu shoirlikda mardlik, she'rlarda esa jasorat bor edi. U yoshlarga oʻzidan katta she'riy meros
bilan birga ma'naviy tarbiya ham qoldirdi. Qanchadan-qancha yosh ijodkorlarning shoir boʻlib
shakllanishida oʻz hissasini qoʻshdi. U she'riyatni hayoti deb bilardi, undan tashqarida nafas yoʻq,
zero, shoir degani shunday boʻlishini, she'ri unga nafas berishini yaxshi tushunardi va anglatardi.

REFERENCES

1.

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси фаолиятини янада такомиллаштириш чора-
тадбирлари тўғрисида // Ўзбекистон адабиёти ва санъати, 2018 йил, № 6 апрел № 15
(4465)

2.

Абу Наср Фаробий. Шеър санъати. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1979. –186 б.

3.

Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar (Darslik va o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy maqola va
tadqiqotlar). - Toshkent: “Manaviyat”, 2009 yil

4.

Валихўжаев Б. Ўзбек адабиётшунослиги тарихи. – Тошкент: Ўзбекистон, 1993. – 191
б.

5.

Erkin Vohidov. Hayot va she’riyat haqoda.

www.kh-davron.uz

6.

Erkin Vohidov. Shoiru She’ru Shuur (Adabiy o‘ylar). - T.: “Yosh gvardiya” nashriyoti,
1987 yil


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

252

7.

Erkin Vohidov. Umrim daryosi (Saylanma, 3-jild). – Toshkent: “Sharq”, 2001 yil

8.

Ҳаққулов И.Ч. Шеърият - руҳий муносабат. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1989.
– 240 б.

9.

Mirzo Kenjabek. Yoshlarga dil so‘zlarim. (yosh ijodkorlarga samimiy tavsiyalar). – T.:
“Adabiyot”, 2021. –B.8

10.

Ibrohim Haqqul, Ergash Ochilov. Ishq va hayrat olami. - T.: “O’zbekiston” 2016. - B.
127

11.

Qozoqboy Yo’ldosh. Milliy ruh suvratlari. “Abdulla Oripov ijodining ilmiy-ma’rifiy
ahamiyati” mavzuidagi respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi materiallari. - T.: 2020.
B.13

12.

Asqar Mahkam. Ruhoniyat va so‘z.

www.kh-davron.uz

13.

Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar (1-jild). – T.: “G`afur G`ulom” nashriyoti. 2000.

14.

Nurboy Jabborov saboqlari telegram o‘zani.


References

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси фаолиятини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида // Ўзбекистон адабиёти ва санъати, 2018 йил, № 6 апрел № 15 (4465)

Абу Наср Фаробий. Шеър санъати. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1979. –186 б.

Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar (Darslik va o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy maqola va tadqiqotlar). - Toshkent: “Manaviyat”, 2009 yil

Валихўжаев Б. Ўзбек адабиётшунослиги тарихи. – Тошкент: Ўзбекистон, 1993. – 191 б.

Erkin Vohidov. Hayot va she’riyat haqoda. www.kh-davron.uz

Erkin Vohidov. Shoiru She’ru Shuur (Adabiy o‘ylar). - T.: “Yosh gvardiya” nashriyoti, 1987 yil

Erkin Vohidov. Umrim daryosi (Saylanma, 3-jild). – Toshkent: “Sharq”, 2001 yil

Ҳаққулов И.Ч. Шеърият - руҳий муносабат. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1989. – 240 б.

Mirzo Kenjabek. Yoshlarga dil so‘zlarim. (yosh ijodkorlarga samimiy tavsiyalar). – T.: “Adabiyot”, 2021. –B.8

Ibrohim Haqqul, Ergash Ochilov. Ishq va hayrat olami. - T.: “O’zbekiston” 2016. - B. 127

Qozoqboy Yo’ldosh. Milliy ruh suvratlari. “Abdulla Oripov ijodining ilmiy-ma’rifiy ahamiyati” mavzuidagi respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi materiallari. - T.: 2020. B.13

Asqar Mahkam. Ruhoniyat va so‘z. www.kh-davron.uz

Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar (1-jild). – T.: “G`afur G`ulom” nashriyoti. 2000.

Nurboy Jabborov saboqlari telegram o‘zani.

Most read articles by the same author(s)

Rayhon Saidova , FURQAT'S "POET AND POETRY EXAMINATION" , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 9 (2024): Modern science and research international scientific journal

Rayhon Saidova, INTERPRETATIONS OF THE ISSUE OF ACCOUNTABILITY IN THE CREATION OF AHMAD YASSAVI , Modern Science and Research: Vol. 2 No. 10 (2023): Modern science and research

Rayhon Saidova, MALOMAT BULBULI NAVOIY , Modern Science and Research: Vol. 2 No. 10 (2023): Modern science and research

Rayhon Saidova, PROBLEMS OF POETRY IN UZBEK LITERATURE, CHARACTERISTICS OF EXPRESSION AND INTERPRETATION AND GENRE TYPOLOGY , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 9 (2024): Modern science and research international scientific journal

Rayhon Saidova, ILLUMINATION OF THE IDEA OF BLAME IN UZBEK LITERATURE (IN THE WORKS OF CREATORS OF THE XI-XVI CENTURIES) , Modern Science and Research: Vol. 2 No. 10 (2023): Modern science and research

Rayhon Saidova, INTERPRETATIONS OF REPRESENTATION AND REPRESENTATION IN NAVOY'S "NASAYIM UL-MUHABAT" TAZKIRA , Modern Science and Research: Vol. 2 No. 10 (2023): Modern science and research

Rayhon Saidova , LITERARY INTERPRETATION OF POETRY AND POETIC SENTIMENTS IN MODERN UZBEK LITERATURE , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 7 (2025): Modern Science and Research international scientific journal

Rayhon Saidova , ARTISTIC AND AESTHETIC INTERPRETATIONS OF POETRY ISSUES IN THE CREATIVITY OF ALISHER NAVOI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 7 (2025): Modern Science and Research international scientific journal